KLOTRIMAZOL AKRIXIN maz 1%

KLOTRIMAZOL AKRIXIN maz 1% o'xshash dorilari



KLOTRIMAZOL AKRIXIN maz 1% qo'llanmasi
Kamdan-kam hollarda mahalliy allergik reaksiyalar (preparat surtilgan joylarda qizarish, achishish, qichishish, sanchish) kuzatiladi.
Homiladorlik va laktatsiya davrida qo‘llanilishi
Klinik va eksperimental tadqiqotlarda Klotrimazol-Akri® preparatining homiladorlik davrida yoki laktatsiya davrida qo‘llanilishi ayol yoki homila (bola) sog‘lig‘iga salbiy ta'sir ko‘rsatishi aniqlanmagan. Biroq, preparatni tayinlashning maqsadga muvofiqligi masalasi shifokor bilan maslahatlashgandan so‘ng individual ravishda hal qilinishi kerak.
Klotrimazol-Akri® preparatini emizish davrida bevosita sut beziga surtish mumkin emas.
Agar davolash boshlangandan 4 hafta o'tgach klinik yaxshilanish kuzatilmasa, tashxisni tasdiqlash va kasallikning boshqa sababini istisno qilish uchun mikrobiologik tekshiruv o'tkazish zarur.
Agar preparatni qo'llashda yuqori sezuvchanlik yoki ta'sirlanish rivojlansa, davolashni to'xtatish va boshqa terapiyani tanlash kerak.
Preparatni ko'z sohasidagi teriga surtish tavsiya etilmaydi.
Klotrimazolga yoki yordamchi moddalarga yuqori sezuvchanlik, homiladorlik (I trimestr), 2 yoshgacha bo'lgan bolalar.
Ehtiyotkorlik bilan:
Laktatsiya davri, homiladorlik (II va III trimestr).
Preparatni mahalliy qo'llashda boshqa dori vositalari bilan salbiy o'zaro ta'sirlar noma'lum.
Nistatin bilan bir vaqtda qo'llanilganda preparat faolligi pasayishi mumkin.
Kattalarga boshqa ko'rsatmalar bo'lmasa, surtmani kuniga 2-3 marta yupqa qatlam bilan oldindan tozalangan va quruq zararlangan teri joylariga surtish tavsiya etiladi. Kaft o'lchamidagi sirt maydoni uchun bir martalik doza - uzunligi 5 mm bo'lgan surtma ustuni. Muvaffaqiyatli davolash uchun surtmani muntazam ravishda qo'llash muhimdir.
Terapiya davomiyligi individual bo'lib, kasallikning og'irligi va lokalizatsiyasiga bog'liq. To'liq tuzalishga erishish uchun surtma bilan davolashni yallig'lanishning o'tkir simptomlari yoki sub'ektiv shikoyatlar yo'qolganidan keyin darhol to'xtatmaslik kerak.
Terapiya davomiyligi o'rtacha 4 hafta bo'lishi kerak.
Kepaklanuvchi temiratki asosan 1-3 hafta ichida, eritrazma esa 2-4 hafta ichida tuzaladi.
Oyoq terisining zamburug'li kasalliklarida terapiyani kasallik simptomlari bartaraf etilgandan keyin taxminan 2 hafta davom ettirish tavsiya etiladi.
2 yoshdan oshgan bolalarda preparat yuqorida ko'rsatilgan dozalarda qo'llaniladi.
Klotrimazol boshqa chiqarish shakllari


KLOTRIMAZOL AKRIXIN maz 1% analoglari






















