KONTROLOK tabletkalari 40mg N14

KONTROLOK tabletkalari 40mg N14 o'xshash dorilari


KONTROLOK tabletkalari 40mg N14 qo'llanmasi
Bir tabletka quyidagini saqlaydi:
faol modda: natriy pantoprazoli seskvigidrati 45,10 mg (pantoprazolu 40,00 mg ga teng);
yordamchi moddalar: suvsiz natriy karbonati, mannitol, krospovidon, povidon K90, kalьtsiy stearati, tozalangan suv***;
qobiq tarkibi: gipromelloza 2910, povidon K25, titan dioksidi (E171), tmir (III)
oksidi sariq (E 172), propilenglikolь, tozalangan suv***;
ichakda eruvchan qoplamaning tarkibi: metakril kislotasi va etakrilatning sopolimeri
(1:1) 30% dispersiya**, trietiltsitrat, tozalangan suv***
Opacode S-1-16530 jigarrang siyohlarning tarkibi: izopropil spirti***, shellak glazurь 45%, temir (III) oksidi qizil (E172), temir (III) oksidi qora (E172), temir (III) oksidi sariq (E172), propilenglikolь, n-butil spirti***, kontsentratsiyalangan ammiak eritmasi.
-joriy nashr;
**- dispersiyaning tarkibi: metakril kislotasi va etilakrilatning sopolimeri - 14.13 mg, natriy laurilsulьfati – 0.10 mg, polisorbat 80 – 0.33 mg; ***- ishlab chiqarish jarayonida olib tashlanadi.
Pantoprazol pariyetal hujayralarining proton pompasiga o'ziga xos ta'sir ko'rsatish yo'li orqali me'dada xlorid kislotasi sekretsiyasini sekinlashtiruvchi o'rindoshli benzimidazol hisoblanadi.
Pariyetal hujayralarning nordon muhitida pantoprazol o'zining faol shakli - siklik sulьfenamidga aylanadi, u yerda u N+, K+-ATFaza fermentini yoki me'dada xlorid kislotasi hosil bo'lishining yakuniy bosqichini bostiradi. Ingibitsiya qilish jarayoni dozaga bog'liq va kislota sekretsiyasining ham bazaliga, ham rag'batlantirilganiga ta'sir ko'rsatadi. Ko'pchilik patsiyentlarda simtomatikasining yo'qolib ketishiga 2 haftadan keyin erishiladi. Proton pompasi ingibitorlari va N2 retseptorlarining boshqa holatidagi kabi pantoprazol bilan davolash me'da kislotaliligining pasayishiga olib keladi, bu mutanosib ravishda gastrin chiqarilishini oshishiga olib keladi. Gastrin
darajasini oshishi qaytariluvchan. Pantoprazol hujayrali retseptorning darajasiga nisbatan fermentni distal bog'laganligi tufayli, boshqa moddalar (atsetilxolin, gistamin, gastrin) tomonidan rag'batlantirilishiga qaramay, bu birikma xlorid kislotasining sekretsiyasiga ta'sir ko'rsatishi mumkin. Pantoprazol peroral yoki vena ichiga qabul qilinishidan qat'iy nazar samarasibir xil.
Pantoprazol och qoringa gastrin qiymatini oshiradi. Qisqa muddatli davolashda ko'pgina holatlarda gastrin darajalari me'yorning yuqori chegarasidan oshmaydi. Uzoq muddatli davolashda ko'pgina holatlarda gastrin darajasi ikki barobariga oshadi. Biroq uning ahamiyatli oshishi faqat yagona holatlarda qayd etilgan. Natijada, uzoq muddatli davolashda yagona holatlarda me'dada o'ziga xos endokrin hujayralar sonining biroz yoki mo''tadil oshishi kuzatilgan (adenomatoid giperplaziya). Shunga qaramay, hozirgi kungacha o'tkazilgan tadqiqotlarga ko'ra, hayvonlarda o'tkazilgan tajribalarda topilgan me'daning xatarli o'simtalari (atipik giperplaziya) yoki xatarli kasalliklari o'tmishdoshlarining paydo bo'lishi odamlarda qayd etilmagan.
Pantoprazol bilan 1 yildan oshiq uzoq muddatli davolashni endokrin parametrlariga va qalqonsimon bezga bo'lgan ta'sirini to'liq istisno qilib bo'lmaydi.
Antisekretor dori vositalari bilan davolash paytida kislota sekretsiyasini pasayishiga javoban zardobli gastrinning darajasi ko'tariladi. Shuningdek, me'da kislotaliligini pasayishi tufayli xromogranin A (CgA) ko'tariladi. Xromogranin A (CgA) darajasini oshishi neyroendokrin yangi o'simtalarning tadqiqotiga ta'sir ko'rsatishi mumkin.
Mavjud chop etilgan ma'lumotlarga ko'ra, proton pompasi ingibitorlari bilan davolashni xromogranin A (CgA) ning tadqiqotidan 5 kun-2 hafta oldin to'xtatish kerak. Bu proton pompa ingibitorlari bilan davolash sababli oshgan xromogranin A (CgA) darajasini me'yorga kelishiga imkon beradi.
So'rilishi
Pantoprazol tez so'riladi va qon plazmasida maksimal kontsentratsiyasiga 40 mg doza bir marta peroral qabul qilinganidayoq erishiladi. O'rtacha qon plazmasida 2-3 mkg/ml maksimal kontsentratsiyasiga qabul qilingandan so'ng 2.5 soatdan keyin erishiladi, va ko'p marotaba qabul qilingandan keyin doimiy bo'lib qoladi. Mazkur preparat bir yoki ko'p marta qabul qabul qilinganida farmakokinetikasi o'zgarmaydi. 10-80 mg dozalar diapazonida pantoprazolning farmakokinetikasi peroral qabul qilinganida qanday bo'lsa, vena ichiga yuborilishida ham shunday chiziqli bo'lib qolaveradi.
Mutloq biokiraolishligi taxminan 77% ni tashkil qiladi. Preparatni ovqat bilan birga qabul qilinishi AUC ga, zardobning maksimal kontsentratsiyasiga, demak, bioerishimliligiga ta'sir qilmaydi. Preparatni ovqat bilan qabul qilinishi faqat vaqtinchalik ushlab qolinishini variabelligini oshiradi.
Taqsimlanishi
Pantoprazolni zardobli oqsillar bilan bog'lanish darajasi taxminan 98% ni tashkil qiladi. Taqsimlanish hajmi 0,15 l/kg ga yaqin.
Biotransformatsiyasi
Moddajigardadeyarli to'liqmetabolizatsiyalanadi.Metabolizmningasosiy yo'li sulьfatbilan keyinchalik kon'yugatsiyasi bilan CYP2C19 yordamida demetillanishi hisoblanadi, metabolizmning boshqa yo'llari CYP3A4 ni oksidlanishini o'z ichiga oladi.
Metabolizmi
Yarim chiqarilish davri taxminan 1 soatni va klirensi- taxminan 0,1 l/s/kg ni tashkil
qiladi. Pantoprazolni pariyetal hujayralarning proton nasoslari bilan o'ziga xos bog'lanishi tufayli, yarim chiqarilish davri preparatning yanada uzoqroq ta'siri (kislota sekretsiyasini ingibirlanishi) bilan korrelyatsiyalanmaydi.
Pantoprazol metabolitlarining asosiy chiqarilish yo'li (taxminan 80%)- buyraklar orqali, qolgani axlat bilan chiqariladi. Zardob va siydikda asosiy metabolit sulьfat
bilan bog'liq bo'lgan dismetilpantoprazol hisoblanadi. Asosiy metabolitning yarim chiqarilish davri (taxminan 1,5 soat), pantoprazolnikidan unchalik ko'p emas. Patsiyentlar uchun ta'rif/patsiyentlarning alohida guruhlari
CYP2C19 izofermentining (sekin metabolizatorlar deb ataluvchi) funktsional faolligi past bo'lgan shaxslarda pantoprazolning metabolizmi, ehtimol, asosan CYP3A4 izofermenti orqali amalga oshiriladi. Pantoprazolning 40 mg dozasi bir marta qabul qilinganidan keyin "kontsentratsiya-vaqt" egri chizig'i ostidagi maydon funktsional faol CYP2C19 izofermentiga (tez metabolizatorlar) ega bo'lgan shaxslarga nisbatan sekin metabolizatorlarda 6 barobariga yuqori bo'lgan. Plazmada maksimal kontsentratsiyalarning o'rtacha qiymatlari taxminan 60%ga ko'tarilgan. Ko'rsatilgan xususiyatlari pantoprazolning dozasiga ta'sir qilmaydi.
Buyrak funktsiyasining buzilishi mavjud bo'lgan patsiyentlarda (jumladan, dializda bo'lgan patsiyentlarda) pantoprazol dozasini pasaytirish talab etilmaydi. Bunday patsiyentlar uchun, sog'lomlar kabi, yarim parchalanish davri qisqa bo'ladi. Pantoprazolning faqat oz miqdorigina dializga duchor bo'lishi mumkin. Pantoprazolning asosiy metaboliti biroz yanada sekinroq yarim chiqarilish davriga (2-3 soat) ega bo'lishiga qaramasdan, uning ekskretsiyasi hali ham tez bo'lib qolaveradi, va shuning uchun bog'lanish akkumulyatsiyasi sodir bo'lmaydi.
Jigar sirrozi (Chayld bo'yicha A va V sinfi) bo'lgan patsiyentlar uchun pantoprazolning yarim parchalanish vaqti 7-9 soatgacha oshishi va AUC qiymatlari 5-7 martaga o'sishiga qaramasdan, zardobda maksimal kontsentratsiyasi sezilmas darajada oshadi - sog'lom patsiyentlarga nisbatan 1,5 martaga.
Keksa odamlarda AUC va Cmax ni sezilmas darajada oshishi yanada yoshroq shaxslarning tegishli ko'rsatkichlariga nisbatan klinik ahamiyatli hisoblanmaydi.
20 mg va 40 mg dozada pantoprazol 5-16 yoshli bolalarda bir marta qabul qilinganida, AUC va Cmax qiymatlari kattalardagi tegishli qiymatlar chegarasida bo'lgan. 2-16 yoshdagi bolalarda pantoprazolning 0,8 yoki 1,6 mg/kg dozasi bir marta vena ichiga yuborilganida, pantoprazolning klirensi va patsiyentning yoshi yoki tana massasi o'rtasida ahamiyatli aloqa bo'lmagan. AUC va taqsimlanish hajmi kattalar ishtirokidagi tadqiqotlar davomida olingan ma'lumotlarga mos kelgan.
Ta'sir mexanizmi
Pantoprazol pariyetal hujayralarda proton pompalarini spetsifik blokada qilish yo'li bilan me'dada xlorid kislotasi sekretsiyasini ingibitsiya qiluvchi o'rin almashingan benzimidazoldir.
Pantoprazol kislotali muhitda pariyetal hujayralarda faol shaklga aylanadi, shu yerda u pantoprazol H+, K+-ATFaza fermentini, ya'ni me'dada xlorid kislotasini ishlab chiqarilishining yakunlovchi bosqichini ingibitsiya qiladi. Ingibitsiya qilishi dozaga bog'liq bo'lib, kislotaning bazal sekretsiyasiga ham, rag'batlantiruvchi sekretsiyasiga ham ta'sir ko'rsatadi. Ko'pchilik patsiyentlarda simptomlar 2 hafta ichida o'tib ketadi. Proton pompasining boshqa ingibitorlari va N2-retseptorlarining ingibitorlari bilan bo'lgani kabi, pantoprazol bilan davolash me'dada kislotalik darajasini pasaytiradi va shu yo'l bilan kislotalik darajasini kamayishiga proportsional ravishda gastrin miqdorini oshiradi. Gastrinni oshishi qaytuvchan xarakterga ega. Pantoprazol hujayra retseptorlaridan uzoqda bo'lgan fermentlar bilan bog'langani tufayli, u xlorid kislotasi sekretsiyasini uni boshqa moddalar (atsetilxolin, gistamin, gastrin)
tomonidan rag'batlantirishidan qat'iy nazar, susaytiradi. Preparatning ta'siri peroral qabul qilinganida va vena ichiga yuborilganida bir xil bo'ladi.
Pantoprazolni och qoringa qabul qilish fonida gastrin darajasi oshadi. Qisqa vaqt qo'llanganda ko'pchilik hollarda normaning yuqori chegarasidan oshmaydi. Uzoq vaqt davomida davolanganda gastrin darajasi ko'pchilik hollarda ikki marta oshadi. Ayrim hollarda gastrinni xaddan tashqari oshishi qayd etilgan. Buning natijasi sifatida uzoq vaqt davomida davolanganda kam hollarda me'daning spetsifik endokrin hujayralari sonini biroz yoki o'rtacha (oddiydan to adenomatoz giperplaziyaga qadar) oshishi qayd etilgan. Shunga qaramay, shu kunga qadar o'tkazilgan tadqiqotlarga muvofiq, hayvonlarda o'tkazilgan tajribalarda topilgan kartsionoid prekursorlari (atipik giperplaziya) yoki me'da kartsinoidining shakllanishi odamlarda kuzatilmagan.
Hayvonlarda o'tkazilgan tadqiqotlarning natijalariga ko'ra, pantoprazol bilan bir yildan ortiq bo'lgan uzoq muddat davolashning qalqonsimon bezning endokrin parametrlariga ta'sirini to'la istisno qilib bo'lmaydi.
Antisekretor preparatlar bilan davolash vaqtida, xlorid kislotasini ishlab chiqarilishini pasayishiga javoban zardobda gastrin miqdori oshadi. Shuningdek me'daning kislotali muhitini pasayishi tufayli, Xromogranin A (CgA) darajasini oshishi kuzatiladi. Xromogranin A (CgA) darajasini oshishi neyroendokrin o'smalarni tekshirish natijalariga ta'sir ko'rsatishi mumkin (interferentsiya).
Hozirgi vaqtda mavjud dalillar bilan chop etilgan ma'lumotlar, Xromogranin A (CgA) ni o'rganish yuzasidan tekshirishdan 5 kundan 2 haftagacha bo'lgan muddat davomida proton nasosi ingibitorlarini qabul qilishni to'xtatib turishni tavsiya etadi. Bu Xromogranin
(CgA) darajasini referens ko'rsatkichlargacha qaytarishga imkon beradi, bu ko'rsatkichlarni soxta oshishi proton nasosi ingibitorlarini qabul qilinganda kuzatilishi mumkin.
14 tabletkadan polietilen plyonkadan va alyumin folьgadan konturli yacheykali qadoqqa joylashtiriladi.
1 yoki 2 ta konturli yacheykali o'ram davlat va rus tillardagi tibbiyotda qo'llanilishiga doir yo'riqnoma bilan birga karton qutiga joylashtiriladi.
Quyida ularning uchrashish tez-tezligi bilan kuzatilgan nojo'ya reaktsiyalar keltirilgan:
juda tez-tez ( 1/10); tez-tez (ot1/00 do1/10); tez-tez emas (ot1/1000 do1/100);
kam hollarda (ot 1/10000 do 1/1000); juda kam hollarda ( 1/10000); noma'lum (mavjud ma'lumotlar bo'yicha baholash imkoni yo'q).
Qon tomir va limfatik tizimlar tomonidan buzilishlar
Kam hollarda: Agranulotsitoz
Juda kam hollarda: Trombotsitopeniya, leykopeniya, pantsitopeniya
Immun tizimi tomonidan buzilishlar
Kam hollarda: Yuqori sezuvchanlik (shu jumladan anafilaktik reaktsiyalar va anafilaktik shok).
Moddalar almashinuvi va ovqatlanish tomondan buzilishlar
Kam hollarda: Giperlipidemiya va lipidlar darajasini oshishi (triglitseridlar, xolesterin), tana massasini o'zgarishi
Tez-tezligi noma'lum: Giponatriyemiya, gipomagniyemiya, gipokalьtsiyemiya1, gipokaliyemiya
Psixika tomonidan buzilishlar
Tez-tez emas: Uyquning buzilishi
Kam hollarda: Depressiya (jumladan zo'rayishi)
Juda kam hollarda: Dezoriyentatsiya (jumladan zo'rayishi)
Tez-tezligi noma'lum: Gallyutsinatsiyalar, ongning chalkashligi (ayniqsa bunga moyil patsiyentlarda, shuningdek, davolashdan oldin ushbu simptomlar mavjud bo'lganda ularni kuchayishi)
Nerv tizimi tomonidan buzilishlar
Tez-tez emas: Bosh og'rig'i, bosh aylanishi
Kam hollarda: Ta'mni buzilishi
Ko'rish organlari tomonidan buzilishlar
Kam hollarda: Ko'rishni buzilishi/ko'rishni xiralashishi
Me'da-ichak yo'llari tomonidan buzilishlar
Tez-tez: Me'da tubining bezli poliplari (xatarsiz)
Tez-tez emas: Diareya, ko'ngil aynishi/qusish, qorin dam bo'lishi va meteorizm, qabziyat, og'iz qurishi, qorindagi diskomfort va og'riqlar
Jigar va safro chiqarish yo'llari tomonidan buzilishlar
Tez-tez emas: Jigar fermentlari faolligini oshishi (transaminazalar, gamma-glyutamiltranspeptidazalar)
Kam hollarda: Bilirubin darajasini oshishi
Tez-tezligi noma'lum: Gepatotsellyulyar shikastlanishlar, sariq kasalligi, jigar-hujayrali yetishmovchilik
Teri va teri osti to'qimalari tomonidan buzilishlar
Tez-tez emas: Toshma, ekzantema, qichishish
Kam hollarda: Eshakemi, Kvinke shishi
Tez-tezligi noma'lum: Stivens-Djonson sindromi, Layell sindromi, multishaklli eritema, yorug'likka sezuvchanlik, o'tkir osti terili qizil yugurik.
Skelet-mushak va ulovchi to'qimalar tomonidan buzilishlar
Tez-tez emas: Tos, bilak yoki umurtqa sinishi
Kam hollarda: Artralgiya, mialgiya
Tez-tezligi noma'lum: Mushaklar spazmi 2
Buyrak va siydik chiqarish yo'llari tomonidan buzilishlar
Tez-tezligi noma'lum: Interstitsial nefrit (buyrak yetishmovchiligigacha ehtimolli zo'rayishi bilan)
Reproduktiv tizim va sut bezlari tomonidan buzilishlar
Kam hollarda: Ginekomastiya
Umumiy buzilishlar
Tez-tez emas: Asteniya, charchoqlik va lohaslik
Kam hollarda: Tana haroratini oshishi, periferik shishlar 1gipomagniyemiya tufayli gipokalьtsiyemiya
2 elektrolit muvozanatni buzilishi natijasi sifatida kuzatilishi mumkin.
Jigar yetishmovchiligi
Jigar funktsiyasini buzilishi og'ir bo'lgan patsiyentlarda Kontrolok preparatini qabul qilishda, ayniqsa uzoq vaqt davomida, jigar fermentlari darajasini muntazam nazorat qilish tavsiya etiladi. Jigar fermentlari darajasi oshganda preparatni qo'llashni to'xtatish lozim.
Majmualangan davolash
Majmualangan davolashda tegishli mahsulotning qisqacha tavsifiga amal qilish lozim.
Me'da raki
Pantoprazolga bo'lgan simptomatik javob me'daning xatarli yangi o'simtalarini yashirishi va tashxisni kechiktirishi mumkin.
Xavotirli simptomlar bo'lganida (masalan, vaznni ahamiyatli behosdan tushishi, qaytariluvchi qusish, disfagiya, qon aralash qusish, kamqonlik yoki melena) va me'da yarasi mavjud bo'lganida yoki unga shubha bo'lganida, xatarli jarayonni istisno qilish lozim.
To'g'ri davolashga qaramasdan simptomlar saqlanib tursa, keyinchalik tekshiruv o'tkazishni ko'rib chiqish kerak.
OITV proteazasi ingibitorlari bilan birgalikda qo'llanilishi
Ularning bioerishimliligi pasayishi tufayli, absorbtsiyasi me'da ichi rN-muhitiga bog'liq bo'lgan OITV proteazasi ingibitorlari (atazanavir kabi) bilan birgalikda pantoprazolni qo'llash tavsiya etilmaydi.
V12 vitaminining so'rilishiga ta'siri
Zollinger-Ellison sindromi va uzoq muddatli davolashni talab etuvchi gipersektorli holatlari bo'lgan patsiyentlarda pantoprazol, me'dada kislota sekretsiyasini bloklovchi
boshqa preparatlar kabi, gipo- yoki axlorgidriya sababli V12 vitaminini (tsianokobalamin) so'rilishini pasaytirishi mumkin. Buni organizmida mazkur vitamin zaxirasi past bo'lgan patsiyentlarni davolashda, yoki V12 vitamini tanqisligini rivojlanish xavfining omili bo'lgan patsiyentlarni uzoq davolashda, shuningdek tegishli klinik simptomlarni kuzatishda hisobga olish zarur.
Preparatni uzoq muddatli qo'llanilishi
Preparat uzoq muddat qo'llanilganida, ayniqsa 1 yildan ortiq, patsiyentlar muntazam nazorat ostida bo'lishlari kerak.
Bakteriyalar sababli me'da-ichak tizimi infektsiyalari
Me'da kislotaliligining pasayishi odatda me'da-ichak tizimida mavjud bo'lgan me'da
bakteriyalari sonini oshiradi. Kislotalilikni pasaytiruvchi preparatlar bilan davolash Salmonella, Campylobacteryoki C.difficile kabi mikroorganizmlar tomonidan chaqiriladigan me'da-ichak infektsiyalarning rivojlanish xavfiga olib keladi.
Gipomagniyemiya
Uch oydan 1 yilgacha davr mobaynida proton pompa ingibitorlarini qabul qilgan patsiyentlarda gipomagniyemiyaning og'ir shaklini rivojlanishi haqida xabar berilgan. Gipomagniyemiyaning charchoqlik, tetaniya, deliriy, tirishishlar, bosh aylanishi va qorinchali aritmiya kabi jiddiy ko'rinishlari sezilmasdan boshlanishi va ular o'tkazib yuborilishi mumkin. Gipomagniyemiyasi bo'lgan ko'pchilik patsiyentlarda magniy bilan o'rindosh davolash buyurilgandan keyin va proton pompa ingibitorlari bekor qilingandan keyin yaxshilanish kuzatilgan.
Uzoq muddatli davolash talab etiladigan patsiyentlarda yoki proton pompa ingibitorlarini digoksin yoki gipomagniyemiyani chaqirishi mumkin bo'lgan preparatlar (masalan, diuretiklar) bilan birgalikda qabul qilayotgan patsiyentlarda proton pompa ingibitorlari bilan davolashni boshlashdan oldin va vaqti-vaqti bilan davolash paytida magniy darajasini o'lchash tavsiya etiladi.
Suyaklar sinishi
Proton pompa ingibitorlari, ayniqsa ular katta dozalarda va uzoq vaqt (>1 yil) qo'llanilayotgan bo'lsa, ko'proq keksa yoshlilarda yoki xavfning boshqa omillarini mavjudligida tos suyagi, bilak suyaklari yoki umurtqani sinish xavfini ahamiyatsiz oshirishi mumkin. Kuzatuv tadqiqotlari ma'lumotlarining ko'rsatishicha, proton pompa ingibitorlari sinishlarning umumiy xavfini 10-40% ga oshirishi mumkin ekan. Ayrim xavflar, shuningdek, xavfning boshqa omillari bilan bog'liq bo'lishi mumkin. Osteoporoz rivojlanishi xavfi mavjud bo'lgan patsiyentlar amaldagi klinik tavsiyalarga ko'ra davolanishlari kerak va D vitamini va kalьtsiyning yetarli miqdorini iste'mol qilishlari kerak.
O'tkirosti tizimli qizil yugurik (TQYu)
Proton pompa ingibitorlari juda kam hollarda o'tkir osti TQYu bilan bog'liq. Shikastlanish yuzaga kelsa, ayniqsa terining quyoshdan himoyalanmagan sohalarida, va agar ular artralgiya bilan kuzatilsa, patsiyent darhol tibbiy yordamga murojaat qilishi kerak. O'tkir osti TQYu proton nasosi ingibitorlari bilan oldingi davolashdan keyin boshqa proton nasosi ingibitorlari bilan o'tkir osti TQYu xavfini oshirishi mumkin.
Laborator ko'rsatkichlarning natijasiga ta'siri
Xromogranin A (CgA) darajasini oshishi endokrin yangi o'simtalarga nisbatan tekshiruvga to'sqinlik qilishi mumkin. Bu to'sqinlikka yo'l qo'ymaslik uchun, xromogranin A (CgA) ni tekshirishdan 5 kun oldin Kontrolok preparati bilan davolashni to'xtatish lozim. Agar xromogranin A (CgA) darajasi va gastrin darajasi boshlang'ich tekshiruvdan keyin me'yorga kelmasa, tahlillarni proton pompa ingibitorlari bilan davolash to'xtatilgandan keyin 14 kun o'tib takrorlash lozim.
Bolalar
Mazkur yosh guruhida xavfisizligi va samaradorligi borasida ma'lumotlar yetarli emasligi tufayli, Kontrolokni 12 yoshgacha bo'lgan bolalarda qo'llanilishi tavsiya etilmaydi. Bugungi kunda 18 yoshgacha bo'lgan bolalar va o'smirlarda me'da yarasida, va N.Pylori eradikatsiyasi va Zollinger-Ellison sindromida Kontrolok preparatini qo'llash bo'yicha erishimli ma'lumotlar mavjud emas.
Transport vositalarini yoki potentsial xavfli mexanizmlarni boshqarish qobiliyatiga dori vositasi ta'sirining xususiyatlari.
Kontrolok transport vositasini boshqarish qobiliyatiga ta'sir ko'rsatmaydi yoki ahamiyatsiz ta'sir ko'rsatadi.
Bosh aylanishi va ko'rish qobiliyati buzilishi tufayli transport vositalarini va diqqatni jamlashni talab etuvchi boshqa mexanizmlarni boshqarishdan voz kechib turish lozim.
Kattalar va 12 yoshdan oshgan bolalar uchun: reflyuks-ezofagit Kattalarga: antibakterial preparatlar bilan majmuada Helicobacter pylori ni eradikatsiyasi me'da va o'n ikki barmoqli ichakning yarali kasalligi Zollinger-Ellison sindromi yoki patologik me'dali gipersekretsiya bilan tafsiflanadigan boshqa holatlarda qo'llanadi.
preparatning faol komponentlariga, o'rindosh benzimidazollarga va yordamchi moddalarning har qandayiga bo'lgan o'ta yuqori sezuvchanlik
pantoprazolni atazanavir bilan birga qo'llanilishi
12 yoshgacha bo'lgan bolalar.
homiladorlik va laktatsiya davrida qo'llash mumkin emas.
rN-bog'liqlik absorbtsion farmakokinetika bilan dori vositalari.
So'rilishi rN-bog'liqli bo'lgan, masalan, ketokonazol, itrakonazol, pozakonazol kabi azollarning ayrim hosilalari va erlotinib kabi boshqa preparatlar bilan bir vaqtda qabul qilishda e'tibor qaratish lozim.
OITV proteazasi ingibitorlari
Ularning bioerishimliligi ahamiyatli pasayganligi tufayli so'rilishi rN-bog'liqli bo'lgan OITV proteazasi ingibitorlari (masalan, atazanavir) bilan birga pantoprazolni qo'llash tavsiya etilmaydi.
OITV proteazasi ingibitorlarini va proton pompasi ingibitorlarini birgalikda qo'llash zarur bo'lgan holatda, sinchkov klinik nazoratni o'tkazish tavsiya etiladi (masalan, virusli yuklamani aniqlash). Bunday holatlarda pantoprazolning dozasi kuniga 20 mg dan oshmasligi kerak. Shuningdek,OITV proteazasi ingibitorlari dozasiga tuzatish kiritish talab etilishi mumkin.
Kumarinli antikoagulyantlar (varfarin yoki fenprokumon)
Pantoprazol fenprokumon yoki varfarin bilan birga qo'llanilganda, oxirgilarning farmakokinetikasiga ta'siri aniqlanmagan. Shunga qaramay, shuni ta'qidlash joizki, proton pompa ingibitorlarini varfarin yoki fenprokumon bilan birga qabul qilgan patsiyentlarda XMN va protrombin vaqtning oshgan holatlari ma'lum. XMN va protrombin vaqtning oshishi patologik qon ketishlarga va hattoki o'limga olib kelishi mumkin. Pantoprazol va varfarin yoki fenprokumon qabul qilayotgan patsiyentlar, XMN va protrombin vaqtning oshishini o'z vaqtida aniqlash maqsadida shifokorning nazorati ostida bo'lishlari kerak.
Metotreksat
Metotreksat yuqori dozalarda (masalan, 300 mg) proton pompa ingibitorlari bilan birga qo'llanilganda, ayrim patsiyentlarning qonida metotreksat darajasi oshganligi haqidagi xabarlar mavjud. Shuning uchun, metotreksatni yuqori dozalari qo'llanilganida, masalan, xatarli yangi o'simtalari va psoriazi bo'lgan patsiyentlarda, pantoprazolni vaqtinchalik bekor qilish masalasini ko'rib chiqish zarurati paydo bo'lishi mumkin.
Dorilarning o'zaro ta'sirining boshqa tadqiqotlari
Pantoprazol R450 sitoxromining fermentli tizimi yordamida jigarda faol metabollanadi. Metabolizmning asosiy yo'li CYP2C19 izofermenti yordamida demetillanishi hisoblanadi, metabolizmning boshqa yo'llari orasida esa CYP3A4 izofermenti yordamida oksidlanishi qayd etiladi.
Maxsus tadqiqotlar Kontrolokni kofein, karbamazepin, diazepam, etanol, diklofenak, glibenklamid, naproksen, metoprolol, nifedipin, fenitoin, piroksikam, teofillin, tarkibida levonorgestrel va etinilestradiol mavjud bo'lgan oral kontratseptivlar bilan klinik ahamiyatli o'zaro ta'sirini aniqlamadi..
Pantoprazolni xuddi o'sha ferment tizimi yordamida metabollanadigan boshqa dori preparatlari yoki moddalar bilan o'zaro ta'sirini istisno qilib bo'lmaydi.
Turli tadqiqotlarning natijalari shuni ko'rsatadiki, pantoprazol CYP1A2 (masalan, kofein, teofillin), CYP2C9 (masalan, piroksikam, diklofenak, naproksen), CYP2D6 (masalan, metoprolol), CYP2E1 (masalan, etanol) izofermentlari yordamida metabollanadigan faol moddalarning metabolizmiga ta'sir ko'rsatmas ekan. Pantoprazol digoksinning r-glikoproteinbog'liqli absorbtsiyasini buzmaydi.
Antatsidlar bilan birgalikda qo'llanilganida o'zaro ta'siri topilmagan. Klaritromitsin, amoksitsillin, kabi antibiotiklar, metronidazol bilan birga bir vaqtda qo'llanilganida o'zaro ta'siri aniqlanmagan.
CYP2C19 ni ingibirlovchi yoki indutsiyalovchi preparatlar
Fluvoksamin kabi CYP2C19 izofermenti faolligi ingibitorlari pantoprazolning tizimli ta'sirini oshirishi mumkin. Pantoprazolning yuqori dozalari bilan uzoq vaqt davolanuvchi, yoki buyrak yetishmovchiligi bo'lgan patsiyentlarga Kontrolok dozasini pasaytirishi kerak bo'lishi mumkin.
Rifampitsin va qizilpoycha (Hypericum perforatum) kabi CYP2C19 va CYP3A4 izofermentlari faolligining induktorlari plazmada ushbu fermentli tizimlar yordamida metabollanadigan PPI kontsentratsiyasini pasaytirishi mumkin.
Sariq rangli plyonka qobig'i bilan qoplangan, oq rangdan deyarli oq rangacha yadroli, oval, ikki tomoni qavariq tabletkalar. Tabletkaning bitta tomonida jigarrang siyohlar bilan "R40" bosilgan.
Ichakda eruvchan Kontrolok tabletkalarini chaynash yoki tishlash mumkin emas, ularni butunlay yutib, yetarli miqdordagi suyuqlik bilan ichiladi. Preparatni ovqatdan 1 soat oldin qabul qilish kerak.
Reflyuks-ezofagit
Kattalar va 12 yoshdan oshgan bolalarga kuniga 1 tabletka buyuriladi, zarurat bo'lganida dozani kuniga 2 tabletkagacha oshirish mumkin.
Tavsiya etiladigan davolash kursi 4 hafta, zarurat bo'lganida davolashni yana 4 haftagacha uzaytirish mumkin.
Katta yoshdagilar
Helicobacter pylori eradikatsiyasi
Quyidagi majmualar tavsiya etilgan:
1. Kontrolok 40 mg dan sutkada 2 marta + amoksitsillin 1000 mg dan sutkada 2 marta
klaritromitsin 500 mg dan sutkada 2 marta
2. Kontrolok 40 mg dan sutkada 2 marta + metronidazol 400-500 mg dan sutkada 2 marta (yoki 500 mg tinidazol) + klaritromitsin 250-500 mg dan sutkada 2 marta
3. Kontrolok 40 mg dan sutkada 2 marta + amoksitsillin 1000 mg dan sutkada 2 marta
metronidazol 400-500 mg dan sutkada 2 marta (yoki 500 mg tinidazol). Majmualangan davolash holatida H. pylori ning eradikatsiyasi uchun ikkinchi tabletka kechki ovqatdan 1 soat oldin qabul qilinishi kerak.
Majmualangan davolash 7 kun davomida o'tkaziladi va yana 7 kunga uzaytirilishi mumkin (davolashning umumiy davomiyligi 2 hafta).
O'n ikki barmoqli ichak va me'da yarasida preparatni dozalash bo'yicha tavsiyalar ko'rib chiqilgandan keyingina keyingi davolashni o'tkazish mumkin.
H. pylori ga salbiy natija bo'lgan patsiyentlarda Kontrolok bilan monodavolashda quyidagi dozalar qo'llanilishi mumkin:
Me'daning yarali kasalligini davolash
Sutkada 40 mg dan, ayrim holatlarda, shu jumladan davolash samarali bo'lmaganida, sutkada 80 mg gacha Kontrolokni buyurish mumkin. Me'da yarasini davolash uchun davolash kursi 4 hafta. Agar bu yetarli bo'lmasa, odatda keyingi 4 hafta davomida yaxshilanishga erishiladi.
O'n ikki barmoqli ichak yarasini davolash
Sutkada 40 mg dan, ayrim holatlarda, shu jumladan davolash samarali bo'lmaganida, sutkada 80 mg gacha Kontrolokni buyurish mumkin, tuzalishga davolashning keyingi 2 haftasi mobaynida erishish mumkin. Agar davolashning 2 haftasi yetarli bo'lmasa, barcha holatlarda yaxshilanishga keyingi 2 hafta mobaynida erishiladi.
Zollinger-Ellison sindromi va boshqa patologik gipersekretor holatlar Zollinger-Ellison sindromini va boshqa patologik gipersekretor holatlarini uzoq vaqt davolash uchun, davolashni sutkalik 80 mg dozadan boshlash kerak (40 mg dan 2 ta Kontrolok® tabletkasi). Keyin, zarurat tug'ilganida, me'da kislotaliligini ko'rsatkichlariga qarab, dozani oshirish yoki tushirish mumkin.
Kuniga 80 mg dan yuqori bo'lgan dozani bo'lib, kuniga ikki marta qabul qilish lozim. Pantoprazol dozasini vaqtinchalik 160 mg dan oshirish mumkin, lekin u kislotalilikni nazoratiga erishish uchun talab etiladigandan uzoq davom etmasligi kerak. Zollinger-Ellison sindromida va boshqa patologik gipersekretor holatlarida davolashning davomiyligi cheklanmagan, va davolashning muddatlari klinik zaruratga qarab belgilanishi mumkin.
Patsiyentlarning maxsus guruhlari
Jigar funktsiyasi buzilishi jiddiy bo'lgan patsiyentlarda pantoprazolning 20 mg dozasini oshirmaslik kerak (20 mg pantoprazolning 1 tabletkasi). Shu munosabat bilan, patsiyentlarning mazkur guruhida 40 mg dozada pantoprazolni qo'llash talab etilmaydi. Pantoprazol bilan davolash paytida, ayniqsa preparat uzoq vaqt qo'llanilganida, jigar fermentlarining darajasini muntazam nazorat qilib turish kerak. Jigar fermentlarining darajasi oshsa, davolash to'xtatilishi kerak.
Keksa yoshdagi patsiyentlarda va buyraklar funktsiyasi buzilgan patsiyentlarda dozaga tuzatish kiritish talab etilmaydi.
Bolalar
Mazkur yosh guruhida xavfisizligi va samaradorligi borasida ma'lumotlar yetarli emasligi tufayli, Kontrolokni 12 yoshdan kichik bo'lgan bolalarda qo'llanilishi tavsiya etilmaydi.
Simptomlari: noma'lum.
2 daqiqa davomida vena ichiga 240 mg gacha tizimli ekspozitsiyasi yaxshi ko'tariladi. Pantoprazol qon oqsillari bilan yaxshi bog'lanishi tufayli dializ o'tkazilmaydi. Davolash: dozani oshirib yuborilishiga shubha bo'lsa, qo'llab turuvchi va simptomatik davolashni o'tkazish tavsiya etiladi. Preparat gemodializ orqali chiqarilmaydi.
Homiladorlik
Homiladorlar to'g'risidagi ma'lumotlar (300 dan 1000 tagacha homiladorlardan olingan ma'lumotlarining natijalari) sonining ko'p emasligi Kontrolok® preparatida feto/neontal toksiklik va malьformatsiyani keltirib chiqarish qobiliyati mavjud emasligidan dalolat beradi.
Hayvonlarda o'tkazilgan tadqiqotlar reproduktiv toksiklikni ko'rsatgan.
Ehtiyot chorasi sifatida, homiladorlik davrida Kontrolok® preparatini qo'llamagan ma'qul.
Laktatsiya davrida
Hayvonlarda o'tkazilgan tadqiqotlar pantoprazol ko'krak sutiga ajralib chiqishini ko'rsatdi. Bugungi kunda odamlarda pantoprazol ko'krak sutiga ajratilib chiqishi to'g'risidagi ma'lumotlar yetarli emas, ammo odamlarda ko'krak sutiga preparat ajratilib chiqarilishi haqida xabar berilgan. Yangi tug'ilgan chaqaloqlar/go'daklar uchun xavfni shuningdek istisno qilib bo'lmaydi. Demak, emizishdan voz kechish yoki Kontrolok® preparati bilan davolashni bekor qilish/davolashdan saqlanish haqida qaror qabul qilinayotganida bola uchun emizishdan keladigan foydani va ayol uchun Kontrolok® preparati bilan davolashdan keladigan foydani qiyoslash zarur.
Fertillik
Hayvonlarda o'tkazilgan tadqiqotlarda pantoprazolni reproduktiv faoliyatga salbiy ta'siri to'g'risidagi ma'lumotlar yo'q.
Xususiyatlar KONTROLOK tabletkalari 40mg N14
KONTROLOK tabletkalari 40mg N14 boshqa chiqarish shakllari
KONTROLOK tabletkalari 40mg N14 analoglari













