Apteka.uz
SavatKirish
Bosh sahifa  / Dori vositalari  / Antibiotiklar  / LEVOFLOKSASIN 0,005/ML infuziya uchun eritma 100ml N1

LEVOFLOKSASIN 0,005/ML infuziya uchun eritma 100ml N1

Retseptli
Mahsulot haqida tafsilotlar
Ishlab chiqarilgan joyi:Rossiya Federatsiyasi
Kategoriya:Antibiotiklar
Faol modda:Levofloksasin
Ishlab chiqaruvchi:Krasfarma, PAO
ATX kodi:J01MA12 Левофлоксацин
Barcha Levofloksatsin dorilari
Mavjud emas
Dorixonadan topish
To‘lov va yetkazib berish usullari Toshkentda
Olib ketish
Ertaga yoki keyinroq 0 ta dorixonadan
Dorixonada karta yoki naqd to‘lov
Yetkazib berish
2 soat ichida yoki ertaga, yetkazib berish narxi onlayn dorixonada ko‘rsatilgan tarif bo‘yicha. Onlayn yoki kuryerga to‘lov

LEVOFLOKSASIN 0,005/ML infuziya uchun eritma 100ml N1 haqida qo'llanma

Farmakokinetikasi

500 mg vena ichiga (v/i) 60 daqiqa davomida infuziya qilingandan so'ng qon plazmasidagi maksimal konsentratsiya (Smax) - 6,2 mkg/ml. V/i bir marta va ko'p marta yuborilganda o'sha doza yuborilgandan so'nggi taxminiy taqsimlanish hajmi 89-112 l ni, Smax - 6,2 mkg/ml ni, yarim chiqarilish davri (Т1/2) - 6,4 soatni tashkil qiladi.

Plazma oqsillari bilan bog'lanishi - 30-40%. Organlar va to'qimalarga yaxshi kirib boradi: o'pka, bronxlar shilliq qavati, balg'am, siydik-tanosil tizimi organlari, polimorf yadroli leykotsitlar, alveolyar makrofaglar.

Jigarda kichik qismi oksidlanadi va/yoki dezasetillanadi.

Buyrak klirensi umumiy klirensning 70% ini tashkil qiladi. Т1/2 - 6-8 soat.

Organizmdan asosan buyraklar orqali kalavachalar filtratsiyasi va naychalar sekretsiyasi yo'li bilan chiqariladi. Levofloksatsinning 5% dan kamrog'i metabolitlar ko'rinishida ekskretsiya qilinadi. Siydik bilan o'zgarmagan holda 24 soat ichida 70% va 48 soat ichida - 87% chiqariladi; axlatda 72 soat ichida ichga qabul qilingan dozaning 4% aniqlanadi.

Nojo'ya samaralari

Ovqat hazm qilish tizimi tomonidan: ko‘ngil aynishi, qusish, diareya (sh.j. qonli), ishtahaning pasayishi, qorinda og‘riqlar, soxtamembranoz kolit; "jigar" transaminazalari faolligining oshishi, giperbilirubinemiya, gepatit, disbakterioz.

Yurak-qon tomir tizimi (YQTT) tomonidan: arterial qon bosimining (AB) pasayishi, Q-T intervalining uzayishi, tomir kollapsi, taxikardiya, o‘ta kam hollarda - hilpillovchi aritmiya.

Moddalar almashinuvi tomonidan: gipoglikemiya (ishtahaning oshishi, terlash, asabiylik, qaltirash).

Nerv tizimi tomonidan: bosh og‘rig‘i, bosh aylanishi va/yoki garangsish, holsizlik, uyquchanlik, uyqusizlik, paresteziyalar, bezovtalik, qo‘rquv, gallyutsinatsiyalar, ongning chalkashishi, depressiya, harakat buzilishlari, talvasalar.

Sezgi a'zolari tomonidan: ko‘rish, eshitish, hid bilish, ta'm bilish va taktil sezuvchanlikning buzilishi.

Tayanch-harakat aparati tomonidan: artralgiya, mialgiya, miasteniya, paylarning uzilishi, rabdomioliz, tendinit.

Siydik chiqarish tizimi tomonidan: giperkreatininemiya, interstitsial nefrit.

Qon yaratish a'zolari tomonidan: eozinofiliya, gemolitik anemiya, leykopeniya, neytropeniya, agranulotsitoz, trombositopeniya, pantsitopeniya, gemorragiyalar.

Allergik reaksiyalar: qichishish, teri va shilliq qavatlar shishi, eshakemi, xavfli ekssudativ eritema (Stivens-Djonson sindromi), toksik epidermal nekroliz (Layell sindromi), bronxospazm, anafilaktik shok, allergik pnevmonit, vaskulit.

Boshqalar: porfiriyaning kuchayishi, fotosensibilizatsiya, turg‘un isitma, superinfektsiya rivojlanishi.

Mahalliy reaksiyalar: og‘riq, yuborish joyida qizarish, flebit.

Maxsus ko‘rsatmalari

Davolash vaqtida teri qoplamalari shikastlanishini (fotosenzibilizatsiya) oldini olish uchun quyosh va sun'iy UB-nurlanishdan saqlanish zarur.

Shuni yodda tutish kerakki, anamnezida bosh miya shikastlanishi (insult, og'ir travma) bo'lgan bemorlarda tirishishlar rivojlanishi mumkin.

Xinolonlar, shu jumladan levofloksatsin bilan terapiya olgan bemorlarda kamdan-kam hollarda anafilaksiyagacha bo'lgan darhol turdagi o'ta yuqori sezuvchanlik reaktsiyalari qayd etilgan. Agar levofloksatsindan keyin teri qichishishi yoki darhol turdagi o'ta yuqori sezuvchanlikning boshqa belgilari paydo bo'lsa, preparatni yuborishni to'xtatish kerak.

Soxtamembranoz kolitga shubha qilinganda levofloksatsinni darhol bekor qilish va tegishli davolashni boshlash kerak. Bunday hollarda ichak motorikasini susaytiruvchi dori vositalarini qo'llash mumkin emas.

Preparat qo'llanilganda kamdan-kam kuzatiladigan tendinit (birinchi navbatda, Axill payining yallig'lanishi) paylarning uzilishiga olib kelishi mumkin. Keksa yoshdagi bemorlar tendinitga ko'proq moyil bo'ladilar. Glyukokortikosteroidlar bilan davolash paylarning uzilishi xavfini oshiradi. Tendinitga shubha qilinganda levofloksatsin bilan davolashni darhol to'xtatish va shikastlangan payni tegishli davolashni boshlash, masalan, unga tinch holatni ta'minlash kerak.

Glyukoza-6-fosfatdegidrogenaza yetishmovchiligi bo'lgan bemorlar ftorxinolonlarga eritrotsitlarning parchalanishi (gemoliz) bilan reaktsiya bildirishlari mumkin. Shu munosabat bilan, bunday bemorlarni levofloksatsin bilan davolashni katta ehtiyotkorlik bilan o'tkazish kerak.

Transport vositalarini va boshqa mexanizmlarni boshqarish qobiliyatiga ta'siri:

Levofloksatsinning bosh aylanishi yoki karaxtlik, uyquchanlik va ko'rish buzilishlari kabi nojo'ya ta'sirlari reaktsiyalar tezligini va diqqatni jamlash qobiliyatini yomonlashtirishi mumkin, bu esa ushbu qobiliyatlar alohida ahamiyatga ega bo'lgan vaziyatlarda (masalan, avtomobilni boshqarishda, mashina va mexanizmlarga xizmat ko'rsatishda, beqaror holatda ishlarni bajarishda) ma'lum bir xavfni tug'diradi.

Qo'llanilishi mumkin bo'lmagan holatlar

-gipersezuvchanlik (shu jumladan xinolonlar guruhining boshqa preparatlariga);

-epilepsiya;

-ilgari xinolonlar bilan davolashda paylarning shikastlanishi;

-bolalar va o'smirlar (18 yoshgacha);

-homiladorlik;

-laktatsiya davri;

-uzaygan Q-T oralig'i;

-gipokaliemiya;

-IA sinfi (xinidin, prokainamid) yoki III sinfi (amiodaron, sotalol) antiaritmik preparatlarni qabul qilish.

Ehtiyotkorlik bilan:

Buyrak funksiyasining yo'ldosh pasayishi ehtimoli yuqoriligi sababli keksa yoshdagi shaxslarga, glyukoza-6-fosfatdegidrogenaza yetishmovchiligida.

Dori vositalarining o'zaro ta'siri

Preparat siklosporin T1/2 ni oshiradi.

0,9% natriy xlorid eritmasi, 5% dekstroza eritmasi, 2,5% dekstrozali Ringer eritmasi, parenteral oziqlantirish uchun kombinatsiyalangan eritmalar bilan mos keladi.

K vitamini antagonistlari bilan bir vaqtda qo'llanilganda qon ivish tizimini nazorat qilish zarur.

Simetidin va naychalar sekretsiyasini bloklovchi dori vositalari chiqarilishni sekinlashtiradi.

Preparat eritmasini geparin va ishqoriy reaktsiyaga ega eritmalar (masalan, natriy gidrokarbonat eritmasi bilan) bilan aralashtirish mumkin emas.

Gipoglikemik preparatlar: qonda glyukoza kontsentratsiyasini qat'iy nazorat qilish zarur, chunki ularni levofloksatsin bilan bir vaqtda qo'llashda giper- va gipoglikemiya ehtimoli mavjud.

Nosteroid yallig'lanishga qarshi preparatlar (NYQPV) va teofillin: levofloksatsin bilan qo'llanilganda tirishishga tayyorgarlikni oshiradi.

Glyukokortikosteroidlar (GKS): paylar uzilishi xavfini oshiradi.

Dozirovkasi

DozalashVena ichiga, tomchilab, sekin.

500 mg (100 ml infuzion eritma) yuborish davomiyligi kamida 60 daqiqani tashkil qilishi kerak, sutkasiga 1-2 marta. Davolash davomiyligi kasallikning turi va kechishining og'irligiga bog'liq, davolash kursi 7-14 kun. O'tkir yallig'lanish simptomlari kamayganidan va harorat normallashganidan so'ng levofloksatsin bilan terapiya yana kamida 48-72 soat davomida davom ettiriladi. Bemorning holatiga qarab bir necha kunlik davolashdan so'ng, ikkala yuborish yo'lining ekvivalentligini hisobga olgan holda, preparatni ichga xuddi shu dozada qabul qilishga o'tish mumkin.

Buyrak funksiyasi normal bo'lgan bemorlarda preparatni dozalash (kreatinin klirensi > 50 ml/min)

Ko'rsatmalar Sutkalik doza Kurs davomiyligi

Shifoxonadan tashqari pnevmoniya 500 mg dan sutkasiga 1-2 marta 7-14 kun

Siydik chiqarish yo'llarining asoratlangan infeksiyalari (shu jumladan pielonefrit) 250 mg sutkasiga 1 marta (kasallik og'ir kechganda dozani oshirish kerak) 7-10 kun

Siydik chiqarish yo'llarining asoratlanmagan infeksiyalari 250 mg sutkasiga 1 marta 3 kun

Bakterial prostatit 500 mg sutkasiga 1 marta 28 kun

Septitsemiya/bakteriemiya 500 mg dan sutkasiga 1-2 marta 10-14 kun

Intraabdominal infeksiya 500 mg sutkasiga 1 marta (anaerob floraga ta'sir qiluvchi antibakterial preparatlar bilan kombinatsiyada). 7-14 kun

Silning dori vositalariga chidamli shakllarini kompleks davolash 500 mg dan sutkasiga 1-2 marta 3 oygacha

Buyrak funksiyasi buzilgan bemorlarda preparatni dozalash (kreatinin klirensi < 50 ml/min)

Kreatinin

klirensi, ml/min Vena ichiga yuborish uchun dozalar

250 mg/24 soat 500 mg/24 soat 500 mg/12 soat

Boshlang'ich doza 250 mg Boshlang'ich doza 500 mg Boshlang'ich doza 500 mg

50-20 Keyin 125 mg/24 soat Keyin 250 mg/24 soat Keyin 250 mg/12 soat

19-10 Keyin 125 mg/48 soat Keyin 125 mg/24 soat Keyin 125 mg/12 soat

<10

(shu jumladan gemodializ va doimiy ambulator peritoneal dializ) Keyin 125 mg/48 soat Keyin 125 mg/24 soat Keyin 125 mg/24 soat

Gemodializ yoki doimiy ambulator peritoneal dializdan so'ng qo'shimcha dozalarni yuborish talab etilmaydi.

Jigar funksiyasi buzilgan bemorlarda dozani to'g'irlash talab etilmaydi.Dozani oshirib yuborishBelgilari: oshqozon-ichak buzilishlari (ko'ngil aynishi), oshqozon-ichak trakti (OIT) shilliq qavatining eroziv shikastlanishlari, Q-T intervalining o'zgarishi, ongning chalkashishi, bosh aylanishi, tirishishlar.

Davolash: simptomatik terapiya, dializ samarasiz, o'ziga xos antidot noma'lum.
Diqqat: ushbu sahifadagi preparat tavsifi rasmiy yo‘riqnomaning soddalashtirilgan va to‘ldirilgan versiyasidir. Ma’lumot faqat tanishish maqsadida taqdim etilgan va o‘z-o‘zini davolash uchun qo‘llanma sifatida foydalanilmasligi kerak. LEVOFLOKSASIN 0,005/ML infuziya uchun eritma 100ml N1 preparatini qabul qilishdan oldin albatta shifokor bilan maslahatlashing

LEVOFLOKSASIN 0,005/ML infuziya uchun eritma 100ml N1 o'xshash dorilari

SEF-OD kapsulalar  400mg N5
Retseptli
SEF-OD kapsulalar 400mg N5
Pokiston
Ishlab chiqaruvchi:
CCL Pharmaceuticals (Pvt) Ltd
•105 ta dorixonada bor
Narxi
51 000 so'm dan
AVIFLOKS tabletkalari 500mg N5
Retseptli
AVIFLOKS tabletkalari 500mg N5
Hindiston
Ishlab chiqaruvchi:
Avantika Medex Pvt. Ltd.
•29 ta dorixonada bor
Narxi
9 400 so'm dan
AZIDIAR 500 tabletkalari 500mg N3
Retseptli
AZIDIAR 500 tabletkalari 500mg N3
Hindiston
Ishlab chiqaruvchi:
Isshaan Healthcare Pvt. Ltd, Indiya proizvedeno: Lincoln Pharmaceuticals Ltd.
•9 ta dorixonada bor
Narxi
14 500 so'm dan
BISEPTOL tabletkalari 120mg N20
Retseptli
BISEPTOL tabletkalari 120mg N20
Polsha
Ishlab chiqaruvchi:
Adamed Pharma S.A
Narxi
25 900 so'm dan

Levofloksatsin boshqa chiqarish shakllari

LEVOFLOKSASIN kapsulalar  250mg N10
Retseptli
LEVOFLOKSASIN kapsulalar 250mg N10
Belarusiya
Ishlab chiqaruvchi:
Belmedpreparati RUP
•5 ta dorixonada bor
Narxi
10 000 so'm dan
LEVOFLOKSASIN kapsulalar  250mg N10
Retseptli
LEVOFLOKSASIN kapsulalar 250mg N10
O'zbekiston
Ishlab chiqaruvchi:
Radiks, NPP
•5 ta dorixonada bor
Narxi
10 000 so'm dan
LEVOFLOKSASIN tabletkalari 500 mg N10
Retseptli
LEVOFLOKSASIN tabletkalari 500 mg N10
Rossiya Federatsiyasi
Ishlab chiqaruvchi:
Promomed Rus,OOO proizvedeno Bioximik, AO
•28 ta dorixonada bor
Narxi
18 000 so'm dan
LEVOFLOKSASIN kapsulalar  500mg N10
Retseptli
LEVOFLOKSASIN kapsulalar 500mg N10
O'zbekiston
Ishlab chiqaruvchi:
Radiks, NPP
•79 ta dorixonada bor
Narxi
15 640 so'm dan
LEVOFLOKSASIN eritma 100 ml 5 mg/ml N1
Retseptli
LEVOFLOKSASIN eritma 100 ml 5 mg/ml N1
Qozog’iston
Ishlab chiqaruvchi:
Kelun-Kazpharm TOO, (Kelun-Kazfarm)
•46 ta dorixonada bor
Narxi
6 000 so'm dan
LEVOFLOKSASIN eritma 100ml N1
Retseptli
LEVOFLOKSASIN eritma 100ml N1
Belarusiya
Ishlab chiqaruvchi:
Belmedpreparati RUP
•2 ta dorixonada bor
Narxi
7 609 so'm dan

LEVOFLOKSASIN 0,005/ML infuziya uchun eritma 100ml N1 analoglari

SIGNISEF ko'z tomchilari 5ml 0,5%
Retseptli
SIGNISEF ko'z tomchilari 5ml 0,5%
Hindiston
Ishlab chiqaruvchi:
Sentiss Farma Pvt. Ltd.
•31 ta dorixonada bor
Narxi
63 000 so'm dan
OFTAKVIKS ko'z tomchilari 5mg 0,5%
Retseptli
OFTAKVIKS ko'z tomchilari 5mg 0,5%
Finlyandiya
Ishlab chiqaruvchi:
Santen Oy
•26 ta dorixonada bor
Narxi
90 900 so'm dan
LEVOFLOKSASIN eritma 100ml N1
Retseptli
LEVOFLOKSASIN eritma 100ml N1
Belarusiya
Ishlab chiqaruvchi:
Belmedpreparati RUP
•2 ta dorixonada bor
Narxi
7 609 so'm dan
ALFAFLOKS ANT infuziya uchun eritma 100ml 5mg/ml
Retseptli
ALFAFLOKS ANT infuziya uchun eritma 100ml 5mg/ml
Italiya
Ishlab chiqaruvchi:
Bioindustria Laboratorio Italiano Medicinali S.P.A.
•17 ta dorixonada bor
Narxi
72 000 so'm dan
VELKUIN infuziya uchun eritma 100ml 0,5% N1
Retseptli
VELKUIN infuziya uchun eritma 100ml 0,5% N1
Hindiston
Ishlab chiqaruvchi:
Unosourse Pharma LTD, Indiya proizvedeno: Acums Drugs & Pharmaceuticals Ltd
•19 ta dorixonada bor
Narxi
30 000 so'm dan
LEVOMAK tabletkalari 250mg N5
Retseptli
LEVOMAK tabletkalari 250mg N5
Hindiston
Ishlab chiqaruvchi:
Macleods Pharmaceutical Ltd
•1 ta dorixonada bor
Narxi
62 000 so'm dan
ELFLOKS eritma 100ml
ELFLOKS eritma 100ml
O'zbekiston
Ishlab chiqaruvchi:
Samarkand England Ecomedical, SP OOO
•1 ta dorixonada bor
Narxi
22 400 so'm dan
LEVOYAPS ko'z tomchilari 5ml 5mg / ml N1
Retseptli
LEVOYAPS ko'z tomchilari 5ml 5mg / ml N1
Bolgariya
Vakil:
VEGAPHARM
Ishlab chiqaruvchi:
Belinda Laboratories LLP, Velikobritaniya proizvedeno: Balkanpharma-Razgrad AD
•58 ta dorixonada bor
Narxi
61 900 so'm dan
AVIFLOKS tabletkalari 500mg N5
Retseptli
AVIFLOKS tabletkalari 500mg N5
Hindiston
Ishlab chiqaruvchi:
Avantika Medex Pvt. Ltd.
•29 ta dorixonada bor
Narxi
9 400 so'm dan
LEVODEKS eritma 100ml 500mg/100ml
Retseptli
LEVODEKS eritma 100ml 500mg/100ml
Hindiston
Ishlab chiqaruvchi:
Ultra Laboratoires Pvt. Ltd.
•11 ta dorixonada bor
Narxi
33 000 so'm dan
LEVOFLON inyeksiya uchun eritma 100ml 500mg/100ml
Retseptli
LEVOFLON inyeksiya uchun eritma 100ml 500mg/100ml
Hindiston
Ishlab chiqaruvchi:
SR Pharmaceutical Ind. Pvt. Ltd., Indiya proizvedeno: Aishwariya Healthcare
•9 ta dorixonada bor
Narxi
58 500 so'm dan
LEVOFORD infuziya uchun eritma 100ml 5mg/ml N1
Retseptli
LEVOFORD infuziya uchun eritma 100ml 5mg/ml N1
Hindiston
Ishlab chiqaruvchi:
Oxford Laboratories Pvt. Ltd
•14 ta dorixonada bor
Narxi
49 800 so'm dan

LEVOFLOKSASIN 0,005/ML infuziya uchun eritma 100ml N1 haqida savollar

LEVOFLOKSASIN 0,005/ML infuziya uchun eritma 100ml N1 haqida fikr-mulohazalar

Reyting 0, 0 ta sharh asosida

Alifbo bo'yicha dori vositalar ro'yxati

scroll-top

Biz portalimiz ishini takomillashtirish maqsadida cookie-fayllardan foydalanamiz. Ishni davom ettirar ekansiz, ulardan foydalanishga rozilik bildirgan bo‘lasiz. Batafsil