Apteka.uz
SavatKirish

LEVOFLOKSASIN 0,25 tabletkalari N10

Retseptli
Mahsulot haqida tafsilotlar
Ishlab chiqarilgan joyi:Rossiya Federatsiyasi
Kategoriya:Antibiotiklar
Faol modda:Levofloksasin
Ishlab chiqaruvchi:Bioximik AO
ATX kodi:J01MA12 Левофлоксацин
Barcha Levofloksatsin dorilari
Mavjud emas
Dorixonadan topish
To‘lov va yetkazib berish usullari Toshkentda
Olib ketish
Ertaga yoki keyinroq 0 ta dorixonadan
Dorixonada karta yoki naqd to‘lov
Yetkazib berish
2 soat ichida yoki ertaga, yetkazib berish narxi onlayn dorixonada ko‘rsatilgan tarif bo‘yicha. Onlayn yoki kuryerga to‘lov

LEVOFLOKSASIN 0,25 tabletkalari N10 qo'llanmasi

Farmakokinetikasi

So'rilishi

Levofloksatsin ichga qabul qilingandan so'ng tez va deyarli to'liq so'riladi. Bir vaqtda ovqat qabul qilish levofloksatsin absorbsiyasiga kam ta'sir qiladi. Ichga qabul qilinganda mutlaq biokiraolishligi 99-100% ni tashkil qiladi. 500 mg levofloksatsin bir marta qabul qilingandan so'ng qon plazmasidagi maksimal konsentratsiya (Smax) 1-2 soat ichida erishiladi va 5,2±1,2 mkg/ml ni tashkil qiladi. Levofloksatsin farmakokinetikasi 50 dan 1000 mg gacha dozalar oralig'ida chiziqli xususiyatga ega. Preparat 500 mg sutkada 1 yoki 2 marta qabul qilinganda qon plazmasidagi levofloksatsin konsentratsiyasining muvozanat holatiga 48 soat ichida erishiladi.

Preparat 500 mg sutkada 1 marta ichga qabul qilinganda 10-kuni levofloksatsinning Smax i 5,7±1,4 mkg/ml ni, qon plazmasidagi levofloksatsinning minimal konsentratsiyasi (navbatdagi dozani qabul qilishdan oldingi konsentratsiya) (Cmin) esa 0,5±0,2 mkg/ml ni tashkil qilgan.

Levofloksatsin preparati 500 mg sutkada 2 marta ichga qabul qilinganda 10-kuni Smax 7,8±1,1 mkg/ml ni, a Cmin - 3,0±0,9 mkg/ml ni tashkil qilgan.

Taqsimlanishi

Qon zardobi oqsillari bilan bog'lanishi 30-40 % ni tashkil qiladi. Preparat 500 mg bir marta va takroriy qabul qilingandan so'ng levofloksatsinning taqsimlanish hajmi o'rtacha 100 l ni tashkil qiladi, bu levofloksatsinning inson organizmi organlari va to'qimalariga yaxshi kirib borishini ko'rsatadi.

Bronxlar shilliq qavati, epitelial qoplam suyuqligi, alveolyar makrofaglarga kirib borishi

Preparat 500 mg bir marta ichga qabul qilingandan so'ng bronxlar shilliq qavati va epitelial qoplam suyuqligidagi levofloksatsinning maksimal konsentratsiyalariga 1 soat yoki 4 soat ichida erishilgan va mos ravishda 8,3 mkg/g va 10,8 mkg/ml ni tashkil qilgan, bunda qon plazmasidagi konsentratsiyaga nisbatan bronxlar shilliq qavati va epitelial qoplam suyuqligiga penetratsiya koeffitsientlari mos ravishda 1,1-1,8 va 0,8-3 ni tashkil qilgan.

Preparat 500 mg ichga 5 kun qabul qilingandan so'ng preparatning oxirgi qabulidan 4 soat o'tgach levofloksatsinning o'rtacha konsentratsiyalari epitelial qoplam suyuqligida 9,94 mkg/ml ni va alveolyar makrofaglarda - 97,9 mkg/ml ni tashkil qilgan.

O'pka to'qimasiga kirib borishi

500 mg levofloksatsin ichga qabul qilingandan so'ng o'pka to'qimasidagi maksimal konsentratsiyalar taxminan 11,3 mkg/g ni tashkil qilgan va preparat qabul qilinganidan 4-6 soat o'tgach erishilgan, qon plazmasidagi konsentratsiyaga nisbatan penetratsiya koeffitsientlari 2-5 bo'lgan.

Alveolyar suyuqlikka kirib borishi

Preparat 500 mg sutkada 1 yoki 2 marta 3 kun qabul qilingandan so'ng alveolyar suyuqlikdagi levofloksatsinning maksimal konsentratsiyalariga preparat qabul qilinganidan 2-4 soat o'tgach erishilgan va mos ravishda 4,0 va 6,7 mkg/ml ni tashkil qilgan, qon plazmasidagi konsentratsiyalarga nisbatan penetratsiya koeffitsienti 1 bo'lgan.

Suyak to'qimasiga kirib borishi

Levofloksatsin son suyagining ham proksimal, ham distal qismlarida kortikal va g'ovaksimon suyak to'qimasiga yaxshi kirib boradi, penetratsiya koeffitsienti (suyak to'qimasi/qon plazmasi) 0,1-3. 500 mg preparat ichga qabul qilingandan so'ng son suyagining proksimal qismi g'ovaksimon suyak to'qimasidagi levofloksatsinning maksimal konsentratsiyalari taxminan 15,1 mkg/g ni tashkil qilgan (preparat qabul qilinganidan 2 soat o'tgach).

Orqa miya suyuqligiga kirib borishi

Levofloksatsin orqa miya suyuqligiga yomon kiradi.

Prostata bezi to'qimasiga kirib borishi

Preparat 500 mg sutkada 1 marta 3 kun davomida ichga qabul qilingandan so'ng, prostata bezi to'qimasidagi levofloksatsinning o'rtacha konsentratsiyasi 8,7 mkg/g ni, prostata bezi/qon plazmasi konsentratsiyalarining o'rtacha nisbati 1,84 ni tashkil qilgan.

Siydikdagi konsentratsiyalar

150, 300 va 600 mg levofloksatsin dozasi ichga qabul qilingandan 8-12 soat o'tgach siydikdagi o'rtacha konsentratsiyalar mos ravishda 44 mkg/ml, 91 mkg/ml va 162 mkg/ml ni tashkil qilgan.

Metabolizmi

Levofloksatsin arzimas darajada metabolizmga uchraydi (qabul qilingan dozaning 5 %). Uning metabolitlari demetillevofloksatsin va N-oksid levofloksatsin bo'lib, ular buyraklar orqali chiqariladi. Levofloksatsin stereokimyoviy barqaror hisoblanadi va xiral o'zgarishlarga uchramaydi.

Chiqarilishi

Ichga qabul qilingandan so'ng levofloksatsin qon plazmasidan nisbatan sekin chiqariladi (yarim chiqarilish davri (Т1/2) - 6-8 soat). Chiqarilishi, asosan, buyraklar orqali (qabul qilingan dozaning 85 % dan ortig'i). 500 mg bir marta qabul qilingandan so'ng levofloksatsinning umumiy klirensi 175±29,2 ml/daqiqani tashkil qilgan.

Levofloksatsin vena ichiga yuborilganda va ichga qabul qilinganda uning farmakokinetikasida sezilarli farqlar mavjud emas, bu ichga qabul qilish va vena ichiga yuborish o'zaro almashinuvchan ekanligini tasdiqlaydi.

Alohida guruh pasientlarda farmakokinetikasi

Levofloksatsin farmakokinetikasi erkaklar va ayollarda farq qilmaydi. Keksa yoshdagi pasientlarda farmakokinetika yosh pasientlardagidan farq qilmaydi, kreatinin klirensidagi (KK) farqlar bilan bog'liq farmakokinetika farqlari bundan mustasno.

Buyrak yetishmovchiligida levofloksatsin farmakokinetikasi o'zgaradi. Buyrak funksiyasi yomonlashishi bilan buyraklar orqali chiqarilish va buyrak klirensi kamayadi, Т1/2 esa ortadi.

500 mg Levofloksatsin preparati bir marta ichga qabul qilingandan so'ng buyrak yetishmovchiligidagi farmakokinetika

KK (ml/daq)
Buyrak klirensi (ml/daq) 13 26 57

Т1/2 (soat) 35 27 9

Nojo'ya samaralari

Quyidagi nojo‘ya ta'sirlar ularning yuzaga kelish tez-tezligining quyidagi gradatsiyalariga muvofiq taqdim etilgan: juda tez-tez (>1/10); tez-tez (>1/100, 1/1000, 1/10000,
Yurak tomonidan buzilishlar

Kam hollarda: sinusli taxikardiya, yurak urishini his qilish.

Tez-tezligi noma'lum: QT intervalining uzayishi, qorincha ritmining buzilishi, qorincha taxikardiyasi, «piruet» turidagi polimorf qorincha taxikardiyasi, ular yurak to‘xtashiga olib kelishi mumkin («Dozadan oshib ketish», «Maxsus ko‘rsatmalar» bo‘limlariga qarang).

Tomirlar tomonidan buzilishlar

Kam hollarda: qon bosimining pasayishi.

Qon va limfa tizimi tomonidan buzilishlar

Tez-tez emas: leykopeniya (periferik qonda leykotsitlar sonining kamayishi), eozinofiliya (periferik qonda eozinofillar sonining ortishi).

Kam hollarda: neytropeniya (periferik qonda neytrofillar sonining kamayishi), trombositopeniya (periferik qonda trombositlar sonining kamayishi).

Tez-tezligi noma'lum: pantsitopeniya (periferik qonda barcha shaklli elementlar sonining kamayishi), agranulotsitoz (periferik qonda granulotsitlar sonining yo‘qligi yoki keskin kamayishi), gemolitik anemiya.

Nerv tizimi tomonidan buzilishlar

Tez-tez: bosh og‘rig‘i, bosh aylanishi.

Tez-tez emas: uyquchanlik, tremor, disgevziya (ta'mning buzilishi).

Kam hollarda: paresteziya, talvasalar («Maxsus ko‘rsatmalar» bo‘limiga qarang).

Tez-tezligi noma'lum: periferik sensor neyropatiya, periferik sensor-motor neyropatiya («Maxsus ko‘rsatmalar» bo‘limiga qarang), diskineziya, ekstrapiramidal buzilishlar, agevziya (ta'm bilishning yo‘qolishi), parosmiya (hid sezishning buzilishi, ayniqsa ob'ektiv mavjud bo‘lmagan hidni sub'ektiv sezish), shu jumladan hid bilishning yo‘qolishi; hushdan ketish, xavfsiz bosh miya ichki gipertenziyasi.

Ko‘rish a'zosi tomonidan buzilishlar

Kam hollarda: ko‘rishning buzilishi, masalan ko‘rinayotgan tasvirning xiralashishi.

Tez-tezligi noma'lum: ko‘rishning o‘tkinchi yo‘qolishi, uveit.

Eshitish a'zosi va labirint buzilishlari

Tez-tez emas: vertigo (o‘z tanasining yoki atrofdagi narsalarning og‘ishi yoki aylanishi hissi).

Kam hollarda: quloqlarda jaranglash.

Tez-tezligi noma'lum: eshitishning pasayishi, eshitishning yo‘qolishi.

Nafas olish tizimi, ko‘krak qafasi a'zolari va ko‘ks oralig‘i tomonidan buzilishlar

Tez-tez emas: hansirash.

Tez-tezligi noma'lum: bronxospazm, allergik pnevmonit.

Me'da-ichak yo‘llari tomonidan buzilishlar

Tez-tez: diareya, qusish, ko‘ngil aynishi.

Tez-tez emas: qorinda og‘riq, dispepsiya, meteorizm, qabziyat.

Tez-tezligi noma'lum: gemorragik diareya, u juda kam hollarda enterokolit, shu jumladan soxtamembranoz kolit («Maxsus ko‘rsatmalar» bo‘limiga qarang), pankreatit, stomatit belgisi bo‘lishi mumkin.

Buyrak va siydik chiqarish yo‘llari tomonidan buzilishlar

Tez-tez emas: qon zardobida kreatinin kontsentratsiyasining oshishi.

Kam hollarda: o‘tkir buyrak yetishmovchiligi (masalan, interstitsial nefrit rivojlanishi oqibatida).

Teri va teri osti to‘qimalari tomonidan buzilishlar

Tez-tez emas: teri toshmasi, teri qichishishi, eshakemi, gipergidroz.

Tez-tezligi noma'lum: toksik epidermal nekroliz, Stivens-Djonson sindromi, ekssudativ ko‘p shaklli eritema, fotosensibilizatsiya (quyosh va ultrabinafsha nurlanishga yuqori sezuvchanlik) reaksiyalari («Maxsus ko‘rsatmalar» bo‘limiga qarang), leykotsitoklastik vaskulit.

Teri va shilliq qavatlar tomonidan reaksiyalar ba'zida preparatning birinchi dozasidan keyin ham rivojlanishi mumkin.

Skelet-mushak tizimi va biriktiruvchi to‘qima tomonidan buzilishlar

Tez-tez emas: artralgiya, mialgiya.

Kam hollarda: paylarning shikastlanishi, shu jumladan tendinit (masalan, axill payi), soxtaparalitik miasteniyasi (myasthenia gravis) bo‘lgan bemorlarda ayniqsa xavfli bo‘lishi mumkin bo‘lgan mushak zaifligi («Maxsus ko‘rsatmalar» bo‘limiga qarang).

Tez-tezligi noma'lum: rabdomioliz, payning uzilishi (masalan, axill payi). Bu nojo‘ya ta'sir davolash boshlanganidan keyin 48 soat ichida kuzatilishi mumkin va ikki tomonlama xarakterga ega bo‘lishi mumkin («Maxsus ko‘rsatmalar» bo‘limiga ham qarang), boylamlarning uzilishi, mushaklarning yorilishi, artrit.

Moddalar almashinuvi va oziqlanish tomonidan buzilishlar

Tez-tez emas: anoreksiya.

Kam hollarda: gipoglikemiya, ayniqsa qandli diabet bilan og‘rigan bemorlarda (gipoglikemiyaning mumkin bo‘lgan belgilari: «bo‘ri» ishtahasi, asabiylik, terlash, qaltirash).

Tez-tezligi noma'lum: giperglikemiya, gipoglikemik koma («Maxsus ko‘rsatmalar» bo‘limiga qarang).

Infektsion va parazitar kasalliklar

Tez-tez emas: zamburug‘li infektsiyalar, patogen mikroorganizmlar rezistentligining rivojlanishi.

Umumiy buzilishlar

Tez-tez emas: asteniya.

Kam hollarda: pireksiya (tana haroratining ko‘tarilishi).

Tez-tezligi noma'lum: og‘riq (shu jumladan bel, ko‘krak va oyoq-qo‘llarda og‘riq).

Immun tizimi tomonidan buzilishlar

Kam hollarda: angionevrotik shish.

Tez-tezligi noma'lum: anafilaktik shok, anafilaktoid shok. Anafilaktik va anafilaktoid reaksiyalar ba'zida preparatning birinchi dozasidan keyin ham rivojlanishi mumkin.

Jigar va o‘t chiqarish yo‘llari tomonidan buzilishlar

Tez-tez: qonda «jigar» fermentlari (masalan, alaninaminotransferaza (ALT), aspartataminotransferaza (AST)) faolligining oshishi, qonda ishqoriy fosfataza (IF) va gamma-glutamiltransferaza (GGT) faolligining oshishi.

Tez-tez emas: qonda bilirubin kontsentratsiyasining oshishi.

Tez-tezligi noma'lum: og‘ir jigar yetishmovchiligi, shu jumladan o‘tkir jigar yetishmovchiligi rivojlanishi holatlari, ba'zida fatal oqibat bilan, ayniqsa og‘ir asosiy kasalligi bo‘lgan bemorlarda (masalan, sepsisli bemorlarda) («Maxsus ko‘rsatmalar» bo‘limiga qarang); gepatit, sariqlik.

Ruhiy buzilishlar

Tez-tez: uyqusizlik.

Tez-tez emas: bezovtalik hissi, xavotir, ongning chalkashishi.

Kam hollarda: ruhiy buzilishlar (masalan, gallyutsinatsiyalar, paranoyya), depressiya, ajitatsiya (qo‘zg‘alish), uyqu buzilishlari, dahshatli tushlar.

Tez-tezligi noma'lum: o‘ziga zarar yetkazish bilan kechuvchi xulq-atvor buzilishi bilan ruhiyatning buzilishi, shu jumladan o‘z joniga qasd qilish fikrlari va o‘z joniga qasd qilishga urinishlar.

Barcha ftorxinolonlarga tegishli boshqa mumkin bo‘lgan noxush ta'sirlar

Juda kam hollarda: porfiriyasi bo‘lgan bemorlarda porfiriya xurujlari (juda kam uchraydigan moddalar almashinuvi kasalligi).

Maxsus saqlash sharoitlari

Ko'k yiringli tayoqcha (Pseudomonas aeruginosa) chaqirgan gospital infektsiyalar majmuaviy davolashni talab qilishi mumkin.

Ajratib olinadigan mikroorganizmlar shtammlarining orttirilgan rezistentligi tarqalishi geografik mintaqaga qarab va vaqt o'tishi bilan o'zgarishi mumkin. Shu munosabat bilan muayyan mamlakatda preparatga rezistentlik haqida ma'lumot talab etiladi. Og'ir infektsiyalarni davolash uchun yoki davolash samarasiz bo'lganda qo'zg'atuvchini ajratib olish va uning levofloksatsinga sezgirligini aniqlash bilan mikrobiologik tashxis qo'yilishi kerak.

Mehnat qobiliyatini yo'qotish (nogironlik) va ftorxinolonlarni qabul qilish bilan bog'liq potentsial qaytmas jiddiy nojo'ya reaktsiyalar

Ftorxinolonlarni, shu jumladan levofloksatsinni qo'llash mehnat qobiliyatini yo'qotish va organizmning turli tizimlari tomonidan qaytmas jiddiy nojo'ya reaktsiyalar rivojlanishi bilan bog'liq bo'lgan, ular bir vaqtning o'zida bitta bemorda rivojlanishi mumkin. Ftorxinolonlar chaqirgan nojo'ya reaktsiyalar tendinitlar, paylar uzilishi, artralgiya, mialgiya, periferik neyropatiyani, shuningdek nerv tizimi tomonidan nojo'ya ta'sirlarni (gallyutsinatsiyalar, xavotir, depressiya, uyqusizlik, bosh og'riqlari va ong chalkashishi) o'z ichiga oladi. Ushbu reaktsiyalar levofloksatsin bilan terapiya boshlangandan keyin bir necha soatdan bir necha haftagacha bo'lgan davrda rivojlanishi mumkin. Ushbu nojo'ya reaktsiyalarning rivojlanishi har qanday yoshdagi yoki oldindan mavjud bo'lgan xavf omillari bo'lmagan bemorlarda qayd etilgan. Har qanday jiddiy nojo'ya reaktsiyalarning birinchi belgilari yoki simptomlari paydo bo'lganda levofloksatsin qo'llashni darhol to'xtatish kerak. Ushbu jiddiy nojo'ya reaktsiyalarning har qandayi qayd etilgan bemorlarda ftorxinolonlarni, shu jumladan levofloksatsinni qo'llashdan saqlanish kerak.

Metitsillin-rezistent oltin stafilokokk

Metitsillin-rezistent oltin stafilokokk ftorxinolonlarga, shu jumladan levofloksatsinga rezistent bo'lishi ehtimoli yuqori. Shuning uchun levofloksatsin metitsillin-rezistent oltin stafilokokk chaqirgan aniqlangan yoki taxmin qilingan infektsiyalarni davolash uchun tavsiya etilmaydi, agar laboratoriya tahlillari ushbu mikroorganizmning levofloksatsinga sezgirligini tasdiqlamagan bo'lsa.

Tirishishlar rivojlanishiga moyilligi bo'lgan bemorlar

Boshqa xinolonlar kabi, levofloksatsin tirishishlarga moyilligi bo'lgan bemorlarda katta ehtiyotkorlik bilan qo'llanilishi kerak. Bunday bemorlarga markaziy nerv tizimining oldingi shikastlanishlari, masalan insult, og'ir kalla-miya travmasi bo'lgan bemorlar; bosh miyaning tirishishga tayyorgarligi bo'sag'asini pasaytiruvchi preparatlar, masalan fenbufen va unga o'xshash boshqa nosteroid yallig'lanishga qarshi preparatlarni yoki tirishishga tayyorgarlik bo'sag'asini pasaytiruvchi boshqa preparatlarni, masalan teofillinni bir vaqtda olayotgan bemorlar kiradi ("Boshqa dori vositalari bilan o'zaro ta'siri" bo'limiga qarang).

Soxtamembranoz kolit

Levofloksatsin bilan davolash vaqtida yoki undan keyin rivojlangan diareya, ayniqsa og'ir, o'jar va/yoki qon aralash diareya Clostridium difficile chaqirgan soxtamembranoz kolit simptomi bo'lishi mumkin. Soxtamembranoz kolit rivojlanishiga shubha qilinganda levofloksatsin preparati bilan davolashni darhol to'xtatish va darhol spesifik antibiotikoterapiyani (ichga vankomitsin, teykoplanin yoki metronidazol) boshlash kerak. Ichak peristaltikasini tormozlovchi preparatlar mumkin emas.

Tendinit va paylar uzilishi

Xinolonlar, shu jumladan levofloksatsin qo'llanilganda kamdan-kam kuzatiladigan tendinit paylarning uzilishiga, shu jumladan axill payining uzilishiga olib kelishi mumkin. Ushbu nojo'ya ta'sir davolash boshlangandan keyin 48 soat ichida rivojlanishi mumkin va ikki tomonlama bo'lishi mumkin. Keksa yoshdagi bemorlar tendinit rivojlanishiga ko'proq moyil bo'ladilar. Paylar uzilishi xavfi glyukokortikosteroidlarni bir vaqtda qabul qilishda ortishi mumkin. Tendinitga shubha qilinganda Levofloksatsin preparati bilan davolashni darhol to'xtatish va shikastlangan payni tegishli davolashni boshlash, masalan, uning yetarli immobilizatsiyasini ta'minlash kerak ("Qo'llash mumkin emas" va "Nojo'ya ta'siri" bo'limlariga qarang).

Bundan tashqari, transplantatsiyadan keyingi bemorlarda tendinitlar rivojlanish xavfi yuqori, shuning uchun ushbu toifadagi bemorlarga ftorxinolonlarni tayinlashda ehtiyotkorlikka rioya qilish tavsiya etiladi. Buyrak funktsiyasi buzilgan bemorlarda sutkalik dozani kreatinin klirensiga asoslanib to'g'irlash kerak.

Sibir yarasini havo-tomchi yo'li bilan yuqtirishda qo'llanilishi

Levofloksatsinni odamda ushbu ko'rsatma bo'yicha qo'llash Bacillus anthracis ning unga sezgirligi bo'yicha in vitro tadqiqotlarda va hayvonlarda o'tkazilgan eksperimental tadqiqotlarda olingan ma'lumotlarga, shuningdek odamda levofloksatsinni qo'llashning cheklangan ma'lumotlariga asoslangan. Davolovchi shifokorlar sibir yarasini davolash bo'yicha umumiy harakatlar bilan ishlab chiqilgan nuqtai nazarni aks ettiruvchi milliy va/yoki xalqaro hujjatlarga murojaat qilishlari kerak.

O'ta yuqori sezuvchanlik reaktsiyalari

Levofloksatsin jiddiy, potentsial fatal o'ta yuqori sezuvchanlik reaktsiyalarini (angionevrotik shish, anafilaktik shok), hatto boshlang'ich dozalar qo'llanilganda ham chaqirishi mumkin ("Nojo'ya ta'siri" bo'limiga qarang). Bemorlar preparat qabul qilishni darhol to'xtatishlari va shifokorga murojaat qilishlari kerak.

Og'ir bullyoz reaktsiyalar

Levofloksatsin qabul qilinganda Stivens-Jonson sindromi yoki toksik epidermal nekroliz kabi og'ir bullyoz teri reaktsiyalari kuzatilgan ("Nojo'ya ta'siri" bo'limiga qarang). Teri yoki shilliq qavatlar tomonidan qandaydir reaktsiyalar rivojlanganda bemor darhol shifokorga murojaat qilishi va uning maslahatigacha davolashni davom ettirmasligi kerak.

Jigar va o't chiqarish yo'llari tomonidan buzilishlar

Levofloksatsin qo'llanilganda jigar nekrozi rivojlanishi, shu jumladan fatal jigar yetishmovchiligi rivojlanishi holatlari haqida xabar berilgan, asosan og'ir asosiy kasalliklari, masalan, sepsisi bo'lgan bemorlarda ("Nojo'ya ta'siri" bo'limiga qarang). Bemorlar anoreksiya, sariqlik, siydikning to'q rangga kirishi, qichishish va qorinda og'riq kabi jigar shikastlanishi belgilari va simptomlari paydo bo'lganda davolashni to'xtatish va shoshilinch shifokorga murojaat qilish zarurligi haqida ogohlantirilgan bo'lishlari kerak.

Buyrak yetishmovchiligi bo'lgan bemorlar

Levofloksatsin asosan buyraklar orqali chiqarilishi sababli, buyrak funktsiyasi buzilgan bemorlarda buyrak funktsiyasini majburiy nazorat qilish, shuningdek dozalash rejimini to'g'irlash talab etiladi ("Qo'llash usuli va dozalari" bo'limiga qarang). Keksa yoshdagi bemorlarni davolashda ushbu guruhdagi bemorlarda ko'pincha buyrak funktsiyasi buzilishlari qayd etilishini yodda tutish kerak ("Qo'llash usuli va dozalari" bo'limiga qarang).

Fotosenzibilizatsiya reaktsiyalari rivojlanishini oldini olish

Garchi levofloksatsin qo'llanilganda fotosenzibilizatsiya juda kam rivojlansa-da, uning rivojlanishini oldini olish uchun bemorlarga davolash vaqtida va levofloksatsin bilan davolash tugagandan so'ng 48 soat davomida alohida zaruratsiz kuchli quyosh yoki sun'iy ultrabinafsha nurlanishga (masalan, solyariylarga tashrif buyurish) duchor bo'lmaslik tavsiya etiladi.

Superinfektsiya

Boshqa antibiotiklar qo'llanilganda bo'lgani kabi, levofloksatsinni qo'llash, ayniqsa uzoq vaqt davomida, unga sezgir bo'lmagan mikroorganizmlar (bakteriyalar va zamburug'lar)ning kuchli ko'payishiga olib kelishi mumkin, bu odamda normal sharoitda mavjud bo'lgan mikroflora o'zgarishini chaqirishi mumkin. Natijada superinfektsiya rivojlanishi mumkin.

Shuning uchun davolash jarayonida bemorning holatini takroran baholash va davolash vaqtida superinfektsiya rivojlanganda tegishli choralar ko'rish shart.

QT intervalining uzayishi

Ftorxinolonlar, shu jumladan levofloksatsin olayotgan bemorlarda QT intervalining uzayishi juda kam holatlari haqida xabar berilgan.

Ftorxinolonlar, shu jumladan levofloksatsin qo'llanilganda QT intervali uzayishining ma'lum xavf omillari bo'lgan bemorlarda ehtiyotkorlikka rioya qilish kerak: to'g'irlanmagan elektrolit buzilishlari (gipokaliemiya, gipomagniemiya) bo'lgan bemorlarda; tug'ma QT intervali uzayishi sindromi bo'lgan; yurak kasalliklari (yurak yetishmovchiligi, miokard infarkti, bradikardiya) bo'lgan; QT intervalini uzaytirishi mumkin bo'lgan dori preparatlarini, masalan IA va III sinf antiaritmik vositalar, tritsiklik antidepressantlar, makrolidlar, neyroleptiklarni bir vaqtda qabul qilayotgan bemorlarda.

Keksa yoshdagi bemorlar va ayol jinsidagi bemorlar QT intervalini uzaytiruvchi preparatlarga sezgirroq bo'lishlari mumkin. Shuning uchun ularda ftorxinolonlarni, shu jumladan levofloksatsinni ehtiyotkorlik bilan qo'llash kerak ("Ehtiyotkorlik bilan", "Qo'llash usuli va dozalari", "Nojo'ya ta'siri", "Dozani oshirib yuborilishi" va "Boshqa dori vositalari bilan o'zaro ta'siri" bo'limlariga qarang).

Glyukoza-6-fosfatdegidrogenaza tanqisligi bo'lgan bemorlar

Glyukoza-6-fosfat degidrogenaza latent yoki namoyon bo'lgan tanqisligi bo'lgan bemorlarda xinolonlar bilan davolashda gemolitik reaktsiyalarga moyillik mavjud, buni levofloksatsin bilan davolashda e'tiborga olish kerak.

Gipo- va giperglikemiya (disglikemiya)

Boshqa xinolonlar qo'llanilganda bo'lgani kabi, levofloksatsin qo'llanilganda giperglikemiya va gipoglikemiya rivojlanishi holatlari kuzatilgan, odatda peroral gipoglikemik preparatlar (masalan, glibenklamid) yoki insulin preparatlari bilan bir vaqtda davolanayotgan qandli diabeti bo'lgan bemorlarda. Gipoglikemik koma rivojlanishi holatlari haqida xabar berilgan. Qandli diabeti bo'lgan bemorlarda qondagi glyukoza kontsentratsiyasi monitoringi talab etiladi ("Nojo'ya ta'siri" bo'limiga qarang).

Periferik neyropatiya

Ftorxinolonlar, shu jumladan levofloksatsin qabul qilayotgan bemorlarda sensor va sensor-motor periferik neyropatiya qayd etilgan, uning boshlanishi tez bo'lishi mumkin. Agar bemorda neyropatiya simptomlari paydo bo'lsa, levofloksatsinni qo'llash to'xtatilishi kerak. Bu qaytmas o'zgarishlar rivojlanishi mumkin bo'lgan xavfni minimallashtiradi.

Soxta paralitik miasteniya (myasthenia gravis) zo'rayishi

Ftorxinolonlar, shu jumladan levofloksatsin nerv-mushak o'tkazuvchanligini bloklovchi faollik bilan tavsiflanadi va soxta paralitik miasteniyasi bo'lgan bemorlarda mushak kuchsizligini kuchaytirishi mumkin. Noxush reaktsiyalar, shu jumladan o'pkaning sun'iy ventilyatsiyasini o'tkazishni talab qilgan o'pka yetishmovchiligi va o'lim holati qayd etilgan, ular soxta paralitik miasteniyasi bo'lgan bemorlarda ftorxinolonlarni qo'llash bilan assotsiatsiyalangan. Aniqlangan soxta paralitik miasteniya tashxisi bo'lgan bemorda levofloksatsinni qo'llash tavsiya etilmaydi ("Nojo'ya ta'siri" bo'limiga qarang).

Psixotik reaktsiyalar

Xinolonlar, shu jumladan levofloksatsin qo'llanilganda psixotik reaktsiyalar rivojlanishi haqida xabar berilgan, ular juda kam hollarda suitsidal fikrlar va o'ziga zarar yetkazish bilan xulq-atvor buzilishlarigacha rivojlangan (ba'zan levofloksatsinning bir martalik dozasini qabul qilgandan keyin ("Nojo'ya ta'siri" bo'limiga qarang)). Bunday reaktsiyalar rivojlanganda levofloksatsin bilan davolashni to'xtatish va tegishli terapiyani tayinlash kerak. Psixozlari bo'lgan bemorlarga yoki anamnezida ruhiy kasalliklari bo'lgan bemorlarga preparatni ehtiyotkorlik bilan tayinlash kerak.

Ko'rish buzilishlari

Har qanday ko'rish buzilishlari rivojlanganda darhol oftalmolog maslahati zarur ("Nojo'ya ta'siri" bo'limiga qarang).

Laboratoriya testlariga ta'siri

Levofloksatsin qabul qilayotgan bemorlarda siydikda opiatlarni aniqlash soxta musbat natijalarga olib kelishi mumkin, ularni spesifikroq usullar bilan tasdiqlash kerak.

Levofloksatsin Mycobacterium tuberculosis o'sishini ingibitsiya qilishi va keyinchalik silning bakteriologik tashxisi soxta manfiy natijalariga olib kelishi mumkin.

Avtomobilni va potentsial xavfli mexanizmlarni boshqarish qobiliyatiga ta'siri

Levofloksatsinning bosh aylanishi yoki vertigo, uyquchanlik va buzilishlar kabi nojo'ya ta'sirlari psixomotor reaktsiyalar va diqqatni jamlash qobiliyatini pasaytirishi mumkin. Davolash davrida transport vositalarini boshqarishda va diqqatni yuqori jamlashni hamda psixomotor reaktsiyalar tezligini talab qiluvchi boshqa potentsial xavfli faoliyat turlari bilan shug'ullanishda ehtiyotkorlikka rioya qilish zarur.

Qo'llanilishi mumkin bo'lmagan holatlar

- Levofloksatsinga yoki boshqa xinolonlarga, shuningdek Levofloksatsin preparatining har qanday yordamchi moddasiga yuqori sezuvchanlik.

- Epilepsiya.

- Soxta paralitik miasteniya (myasthenia gravis) ("Nojo'ya ta'siri", "Maxsus ko'rsatmalar" bo'limlariga qarang).

- Anamnezda ftorxinolonlarni qabul qilishda paylarning shikastlanishi.

- 18 yoshgacha bo'lgan bolalar va o'smirlar (skelet o'sishi tugallanmaganligi sababli, chunki o'sish tog'aylarining shikastlanish xavfini butunlay istisno qilib bo'lmaydi).

- Homiladorlik (homilada o'sish tog'aylarining shikastlanish xavfini butunlay istisno qilib bo'lmaydi).

- Ko'krak suti bilan emizish davri (bolada suyak o'sish tog'aylarining shikastlanish xavfini butunlay istisno qilib bo'lmaydi).

- Kreatinin klirensi 50 ml/min dan kam bo'lgan bemorlarda dastlabki dozasi 250 mg/24 soat bo'lgan dozalash tartibida qo'llash mumkin emas; kreatinin klirensi 20 ml/min dan kam bo'lgan bemorlarda dastlabki dozasi 500 mg/24 soat va 500 mg/12 soat bo'lgan dozalash tartibida qo'llash mumkin emas; (shu jumladan gemodializda va doimiy ambulator peritoneal dializda) barcha dozalash tartiblari uchun qo'llash mumkin emas.

Ehtiyotkorlik bilan

- Talvasa rivojlanishiga moyil bo'lgan bemorlarda [markaziy asab tizimi (MNS) oldindan shikastlangan bemorlarda, bosh miyaning talvasaga tayyorgarlik bo'sag'asini pasaytiruvchi preparatlarni, masalan, fenbufen, teofillinni bir vaqtda qabul qilayotgan bemorlarda] ("Boshqa dori vositalari bilan o'zaro ta'siri" bo'limiga qarang).

- Glyukoza-6- fosfatdegidrogenazaning latent yoki namoyon bo'lgan yetishmovchiligi bo'lgan bemorlarda (xinolonlar bilan davolashda gemolitik reaktsiyalar xavfi ortadi).

- Buyrak funksiyasi buzilgan bemorlarda (buyrak funksiyasini majburiy nazorat qilish, shuningdek dozalash tartibini to'g'irlash talab etiladi, "Qo'llash usuli va dozalari" bo'limiga qarang).

- QT oralig'i uzayishining ma'lum xavf omillari bo'lgan bemorlarda: keksa yoshdagi bemorlarda; ayol jinsidagi bemorlarda, to'g'irlanmagan elektrolit buzilishlari (gipokaliemiya, gipomagniemiya bilan) bo'lgan bemorlarda; tug'ma QT oralig'i uzayishi sindromi bilan; yurak kasalliklari bilan (yurak yetishmovchiligi, miokard infarkti, bradikardiya); QT oralig'ini uzaytirishga qodir dori vositalarini (IA va III sinf antiaritmik vositalar, tritsiklik antidepressantlar, makrolidlar, neyroleptiklar) bir vaqtda qabul qilishda ("Dozani oshirib yuborish", "Boshqa dori vositalari bilan o'zaro ta'siri", "Maxsus ko'rsatmalar" bo'limlariga qarang).

- Peroral gipoglikemik preparatlarni, masalan, glibenklamid yoki insulin preparatlarini qabul qilayotgan qandli diabeti bo'lgan bemorlarda (gipoglikemiya rivojlanish xavfi ortadi).

- Boshqa ftorxinolonlarga og'ir noxush reaktsiyalari, masalan og'ir nevrologik reaktsiyalari bo'lgan bemorlarda (levofloksatsinni qo'llashda shunga o'xshash noxush reaktsiyalar yuzaga kelish xavfi yuqori).

- Psixozlari bo'lgan yoki anamnezida ruhiy kasalliklari bo'lgan bemorlarda ("Maxsus ko'rsatmalar" bo'limiga qarang).

- Kreatinin klirensi 50-20 ml/min bo'lgan buyrak funksiyasi buzilgan bemorlarda ("Qo'llash mumkin bo'lmagan holatlar" bo'limiga qarang). Keksa yoshdagi bemorlarda, transplantatsiyadan keyingi bemorlarda, shuningdek glyukokortikosteroidlarni birga qo'llashda (tendinitlar va paylar uzilishi rivojlanish xavfi ortadi).

Homiladorlik va ko'krak suti bilan emizish davrida qo'llanilishi

Levofloksatsin preparatini homilador va emizikli ayollarda qo'llash mumkin emas

Dori vositalarining o'zaro ta'siri

Ehtiyotkorlikka rioya qilishni talab qiluvchi o'zaro ta'sirlar

Magniy, alyuminiy, temir va rux saqlovchi preparatlar, didanozin bilan

Rux yoki temir tuzlari (anemiyani davolash uchun dori preparatlari), magniy va/yoki alyuminiy saqlovchi preparatlar (antatsidlar kabi), didanozin (bufer sifatida alyuminiy yoki magniy saqlovchi dori shakllari faqat) kabi ikki valentli yoki uch valentli kationlar saqlovchi preparatlarni Levofloksatsin tabletkalarini qabul qilishdan kamida 2 soat oldin yoki 2 soat keyin qabul qilish tavsiya etiladi.

Kaltsiy tuzlari levofloksatsin ichga qabul qilinganda uning so'rilishiga minimal ta'sir ko'rsatadi.

Sukralfat bilan

Levofloksatsin ta'siri sukralfat (oshqozon shilliq qavatini himoya qilish uchun vosita) bilan bir vaqtda qo'llanilganda sezilarli darajada susayadi. Levofloksatsin va sukralfat olayotgan bemorlarga sukralfatni levofloksatsin qabul qilgandan 2 soat o'tgach qabul qilish tavsiya etiladi.

Teofillin, fenbufen yoki bosh shilliq pardasi tirishishga tayyorgarligi chegarasini pasaytiruvchi nosteroid yallig'lanishga qarshi preparatlar (NYQPV) guruhidagi shunga o'xshash dori vositalari bilan

Levofloksatsinning teofillin bilan farmakokinetik o'zaro ta'siri aniqlanmagan. Biroq, xinolonlar va teofillin, NYQPV va bosh shilliq pardasi tirishishga tayyorgarligi chegarasini pasaytiruvchi boshqa preparatlar bir vaqtda qo'llanilganda bosh miya tirishishga tayyorgarligi chegarasining yaqqol pasayishi mumkin.

Fenbufen bilan bir vaqtda qabul qilinganda levofloksatsin kontsentratsiyasi faqat 13% ga oshadi.

Bevosita bo'lmagan antikoagulyantlar (K vitamini antagonistlari)

Levofloksatsin bilan bevosita bo'lmagan antikoagulyantlar (masalan, varfarin) kombinatsiyasida davolangan bemorlarda protrombin vaqti/xalqaro normallashtirilgan nisbatning oshishi va/yoki qon ketish, shu jumladan og'ir qon ketish kuzatilgan. Shuning uchun bevosita bo'lmagan antikoagulyantlar va levofloksatsin bir vaqtda qo'llanilganda qon ivish ko'rsatkichlarini muntazam nazorat qilish zarur.

Probenetsid va simetidin bilan

Buyrak naychalar sekretsiyasini buzuvchi dori preparatlari, masalan probenetsid va simetidin, va levofloksatsin bir vaqtda qo'llanilganda ehtiyotkorlikka rioya qilish kerak, ayniqsa buyrak yetishmovchiligi bo'lgan bemorlarda.

Levofloksatsin chiqarilishi (buyrak klirensi) simetidin ta'sirida 24% ga va probenetsid ta'sirida 34% ga sekinlashadi. Buyrak funktsiyasi normal bo'lganda bu klinik ahamiyatga ega bo'lishi ehtimoli kam.

Siklosporin bilan

Levofloksatsin siklosporin T1/2 ni 33% ga oshiradi. Ushbu oshish klinik ahamiyatsiz bo'lganligi sababli, siklosporin levofloksatsin bilan bir vaqtda qo'llanilganda uning dozasini to'g'irlash talab etilmaydi.

Glyukokortikosteroidlar bilan

Glyukokortikosteroidlarni bir vaqtda qabul qilish paylar uzilishi xavfini oshiradi.

QT oralig'ini uzaytiruvchi dori preparatlari bilan

Levofloksatsin, boshqa ftorxinolonlar kabi, QT oralig'ini uzaytiruvchi preparatlarni (masalan, IA va III sinf antiaritmik vositalari, tritsiklik antidepressantlar, makrolidlar, neyroleptiklar) olayotgan bemorlarda ehtiyotkorlik bilan qo'llanilishi kerak.

Boshqa kombinatsiyalar

Levofloksatsinning digoksin, glibenklamid, ranitidin va varfarin bilan ehtimoliy farmakokinetik o'zaro ta'sirlarini o'rganish bo'yicha o'tkazilgan klinik-farmakologik tadqiqotlar natijalari shuni ko'rsatdiki, levofloksatsin farmakokinetikasi ushbu preparatlar bilan bir vaqtda qo'llanilganda bu klinik ahamiyatga ega bo'ladigan darajada o'zgarmaydi.

Dozirovkasi

DozalashDozalash rejimi

Levofloksatsin 250 mg yoki 500 mg tabletkalari ichga sutkasiga bir yoki ikki marta qabul qilinadi. Tabletkalarni chaynamasdan va yetarli miqdordagi suyuqlik (0,5 dan 1 stakangacha) bilan yutish kerak. Zarurat bo'lganda 500 mg li tabletkalarni chizig'i bo'ylab sindirish mumkin.

Preparatni ovqatdan oldin yoki ovqatlanishlar orasidagi istalgan vaqtda qabul qilish mumkin, chunki bir vaqtda ovqatlanish preparat so'rilishiga ta'sir qilmaydi ("Farmakokinetika" bo'limiga qarang). Preparatni magniy va/yoki alyuminiy, temir, rux saqlovchi preparatlarni yoki sukralfatni qabul qilishdan kamida 2 soat oldin yoki 2 soat keyin qabul qilish kerak ("Boshqa dori vositalari bilan o'zaro ta'siri" bo'limiga qarang).

Preparat tabletkalarda qabul qilinganda levofloksatsinning bio-kiraolishligi 99-100% ga teng ekanligini hisobga olib, bemorni Levofloksatsin preparatini vena ichiga yuborishdan tabletkalarni qabul qilishga o'tkazishda vena ichiga yuborishda qo'llanilgan o'sha dozada davolashni davom ettirish kerak ("Farmakokinetika" bo'limiga qarang).

Dozalar va davolash davomiyligi

Dozalash rejimi infeksiyaning xususiyati va og'irligi, shuningdek taxmin qilingan qo'zg'atuvchining sezgirligi bilan belgilanadi. Davolash davomiyligi kasallikning kechishiga qarab o'zgaradi.

Buyrak funksiyasi normal bo'lgan bemorlarda tavsiya etilgan dozalash rejimi va davolash davomiyligi (KK > 50 ml/min)

- O'tkir sinusit: 2 tabletka Levofloksatsin 250 mg dan yoki 1 tabletka Levofloksatsin 500 mg dan sutkasiga 1 marta (tegishli ravishda 500 mg levofloksatsin) - 10-14 kun.

- Surunkali bronxitning zo'rayishi: 2 tabletka Levofloksatsin 250 mg dan yoki 1 tabletka Levofloksatsin 500 mg dan sutkasiga 1 marta (tegishli ravishda 500 mg levofloksatsin) - 7-10 kun.

- Shifoxonadan tashqari pnevmoniya: 2 tabletka Levofloksatsin 250 mg dan yoki 1 tabletka Levofloksatsin 500 mg dan sutkasiga 1-2 marta (tegishli ravishda 500-1000 mg levofloksatsin) - 7-14 kun.

- Siydik chiqarish yo'llarining asoratlanmagan infeksiyalari: 1 tabletka Levofloksatsin 250 mg dan sutkasiga 1 marta (tegishli ravishda 250 mg levofloksatsin) - 3 kun.

- Siydik chiqarish yo'llarining asoratlangan infeksiyalari: 2 tabletka Levofloksatsin 250 mg dan sutkasiga 1 marta yoki 1 tabletka Levofloksatsin 500 mg dan sutkasiga 1 marta (tegishli ravishda 500 mg levofloksatsin) - 7-14 kun.

- Pielonefrit: 2 tabletka Levofloksatsin 250 mg dan sutkasiga 1 marta yoki 1 tabletka Levofloksatsin 500 mg dan sutkasiga 1 marta (tegishli ravishda 500 mg levofloksatsin) - 7-10 kun.

- Surunkali bakterial prostatit: 2 tabletka Levofloksatsin 250 mg dan yoki 1 tabletka Levofloksatsin 500 mg dan sutkasiga 1 marta (tegishli ravishda 500 mg levofloksatsin) - 28 kun.

- Teri qoplamalari va yumshoq to'qimalar infeksiyalari: 2 tabletka Levofloksatsin 250 mg dan yoki 1 tabletka Levofloksatsin 500 mg dan sutkasiga 1-2 marta (tegishli ravishda 500-1000 mg levofloksatsin) - 7-14 kun.

- Silning dori vositalariga chidamli shakllarini kompleks davolash: 1 tabletka Levofloksatsin 500 mg dan sutkasiga 1-2 marta (tegishli ravishda 500-1000 mg levofloksatsin) - 3 oygacha.

- Sibir yarasi havo-tomchi yo'li bilan yuqqanda profilaktika va davolash: 2 tabletka Levofloksatsin 250 mg dan yoki 1 tabletka Levofloksatsin 500 mg dan (tegishli ravishda 500 mg levofloksatsin) sutkasiga 1 marta 8 haftagacha.

Buyrak funksiyasi buzilgan bemorlarda dozalash rejimi (KK <50 ml/min)

Levofloksatsin asosan buyraklar orqali chiqariladi, shuning uchun buyrak funksiyasi buzilgan bemorlarni davolashda preparat dozasini kamaytirish talab etiladi (quyidagi jadvalga qarang).

Kreatinin klirensi, ml/min Dozalash rejimi

Boshlang'ich doza 500 mg/24 soat Boshlang'ich doza 500 mg/12 soat

50-20 Keyin 250 mg/24 soat Keyin 250 mg/12 soat

19-10 "Qo'llash mumkin bo'lmagan holatlar" bo'limiga qarang "Qo'llash mumkin bo'lmagan holatlar" bo'limiga qarang

Jigar funksiyasi buzilgan bemorlarda dozalash rejimi

Jigar funksiyasi buzilganda dozalash rejimini to'g'irlash talab etilmaydi, chunki levofloksatsin jigarda faqat sezilmas darajada metabolizmga uchraydi.

Keksa yoshdagi bemorlarda dozalash rejimi

Keksa yoshdagi bemorlar uchun dozalash rejimini to'g'irlash talab etilmaydi, KK 50 ml/min va undan pastga pasayishi holatlari bundan mustasno.

Preparatning bir yoki bir necha dozasini qabul qilishni o'tkazib yuborish

Agar tasodifan preparatni qabul qilish o'tkazib yuborilgan bo'lsa, unda imkon qadar tezroq navbatdagi dozani qabul qilish va keyin Levofloksatsin preparatini dozalashning tavsiya etilgan rejimiga muvofiq qabul qilishni davom ettirish kerak.Dozani oshirib yuborishDozani oshirib yuborish belgilari

Levofloksatsin preparatining o'tkir dozasini oshirib yuborish belgilari markaziy asab tizimi tomonidan simptomlar (ongning buzilishi, shu jumladan ongning chalkashishi, bosh aylanishi va tirishishlar) hisoblanadi.

Preparat postmarketing qo'llanilganda dozani oshirib yuborishda MAT tomonidan samaralar, shu jumladan ongning chalkashishi, tirishishlar, gallyutsinatsiyalar va tremor kuzatilgan. Ko'ngil aynishi va OIT shilliq qavati eroziyalari bo'lishi mumkin. Levofloksatsinning terapevtik dozalaridan yuqori dozalari bilan o'tkazilgan klinik-farmakologik tadqiqotlarda QT intervalining uzayishi ko'rsatilgan.

Dozani oshirib yuborishni davolash

Dozani oshirib yuborish holatida bemorni sinchkovlik bilan kuzatish, shu jumladan elektrokardiogramma monitoringi talab etiladi. Davolash simptomatik. Levofloksatsin tabletkalarining o'tkir dozasini oshirib yuborish holatida oshqozonni yuvish va oshqozon shilliq qavatini himoya qilish uchun antatsidlar yuborish ko'rsatiladi. Levofloksatsin dializ (gemodializ, peritoneal dializ va doimiy peritoneal dializ) orqali chiqarilmaydi. Maxsus antidot mavjud emas.
Diqqat: ushbu sahifadagi preparat tavsifi rasmiy yo‘riqnomaning soddalashtirilgan va to‘ldirilgan versiyasidir. Ma’lumot faqat tanishish maqsadida taqdim etilgan va o‘z-o‘zini davolash uchun qo‘llanma sifatida foydalanilmasligi kerak. LEVOFLOKSASIN 0,25 tabletkalari N10 preparatini qabul qilishdan oldin albatta shifokor bilan maslahatlashing

LEVOFLOKSASIN 0,25 tabletkalari N10 o'xshash dorilari

SEF-OD kapsulalar  200mg N10
Retseptli
SEF-OD kapsulalar 200mg N10
Pokiston
Ishlab chiqaruvchi:
CCL Pharmacetlticals (Pvt.) Limited
•112 ta dorixonada bor
Narxi
59 000 so'm dan

Levofloksatsin boshqa chiqarish shakllari

LEVOFLOKSASIN eritma 100ml 0,5%
Retseptli
LEVOFLOKSASIN eritma 100ml 0,5%
O'zbekiston
Ishlab chiqaruvchi:
Reka-Med Farm, SP OOO
LEVOFLOKSASIN 0,5 N5
Retseptli
LEVOFLOKSASIN 0,5 N5
Rossiya Federatsiyasi
Ishlab chiqaruvchi:
Verteks Aksionernoe Obshestvo
LEVOFLOKSASIN 0,5 tabletkalari N10
Retseptli
LEVOFLOKSASIN 0,5 tabletkalari N10
Rossiya Federatsiyasi
Ishlab chiqaruvchi:
Rafarma, AO
LEVOFLOKSASIN 0,5 tabletkalari N10
Retseptli
LEVOFLOKSASIN 0,5 tabletkalari N10
Rossiya Federatsiyasi
Ishlab chiqaruvchi:
OOO «Ozon»
LEVOFLOKSASIN tomchilar
Retseptli
LEVOFLOKSASIN tomchilar
O'zbekiston
Ishlab chiqaruvchi:
Grace pharma, OOO
LEVOFLOKSASIN eritma 100ml 0,5%
Retseptli
LEVOFLOKSASIN eritma 100ml 0,5%
O'zbekiston
Ishlab chiqaruvchi:
Samarkand England Ecomedical, SP OOO
LEVOFLOKSASIN kapsulalar  250mg N10
Retseptli
LEVOFLOKSASIN kapsulalar 250mg N10
Belarusiya
Ishlab chiqaruvchi:
Belmedpreparati RUP
•4 ta dorixonada bor
Narxi
10 000 so'm dan
LEVOFLOKSASIN kapsulalar  250mg N10
Retseptli
LEVOFLOKSASIN kapsulalar 250mg N10
O'zbekiston
Ishlab chiqaruvchi:
Radiks, NPP
•4 ta dorixonada bor
Narxi
10 000 so'm dan
LEVOFLOKSASIN EKOLEVID 0,5 tabletkalari N5
Retseptli
LEVOFLOKSASIN EKOLEVID 0,5 tabletkalari N5
Rossiya Federatsiyasi
Ishlab chiqaruvchi:
AVVA RUS AO
LEVOFLOKSASIN 0,75 tabletkalari N5
Retseptli
LEVOFLOKSASIN 0,75 tabletkalari N5
Rossiya Federatsiyasi
Ishlab chiqaruvchi:
OOO «Ozon»
LEVOFLOKSASIN 0,25 tabletkalari N5
Retseptli
LEVOFLOKSASIN 0,25 tabletkalari N5
Rossiya Federatsiyasi
Ishlab chiqaruvchi:
OOO «Ozon»
LEVOFLOKSASIN tabletkalari 500 mg N10
Retseptli
LEVOFLOKSASIN tabletkalari 500 mg N10
Rossiya Federatsiyasi
Ishlab chiqaruvchi:
Promomed Rus,OOO proizvedeno Bioximik, AO
•29 ta dorixonada bor
Narxi
18 000 so'm dan
LEVOFLOKSASIN tabletkalari 250 mg N10
Retseptli
LEVOFLOKSASIN tabletkalari 250 mg N10
Rossiya Federatsiyasi
Ishlab chiqaruvchi:
Promomed Rus,OOO proizvedeno Bioximik, AO
LEVOFLOKSASIN kapsulalar  500mg N10
Retseptli
LEVOFLOKSASIN kapsulalar 500mg N10
O'zbekiston
Ishlab chiqaruvchi:
Radiks, NPP
•79 ta dorixonada bor
Narxi
15 500 so'm dan

LEVOFLOKSASIN 0,25 tabletkalari N10 analoglari

LEVOFLOKSASIN TEVA 0,5 tabletkalari N14
Retseptli
LEVOFLOKSASIN TEVA 0,5 tabletkalari N14
Isroil
Ishlab chiqaruvchi:
Teva Farmasevticheskie Predpriyatiya Ltd.
LEVOFLOKSASIN TEVA 0,5 tabletkalari N7
Retseptli
LEVOFLOKSASIN TEVA 0,5 tabletkalari N7
Isroil
Ishlab chiqaruvchi:
Teva Farmasevticheskie Predpriyatiya Ltd.
GLEVO 0,5 N10
GLEVO 0,5 N10
Hindiston
Ishlab chiqaruvchi:
Glenmark Farmasyutikalz Ltd
GLEVO 0,5 N5
GLEVO 0,5 N5
Hindiston
Ishlab chiqaruvchi:
Glenmark Farmasyutikalz Ltd
GLEVO 0,5 tabletkalari N25
GLEVO 0,5 tabletkalari N25
Hindiston
Ishlab chiqaruvchi:
Glenmark Farmasyutikalz Ltd
TAVANIK 0,5 tabletkalari N10
TAVANIK 0,5 tabletkalari N10
Frantsiya
Ishlab chiqaruvchi:
Sanofi Vintrop Industriya
TAVANIK 0,25 tabletkalari N10
TAVANIK 0,25 tabletkalari N10
Frantsiya
Ishlab chiqaruvchi:
Sanofi Vintrop Industriya
FLEKSID 0,005/ML infuziya uchun eritma 100ml N1
Retseptli
FLEKSID 0,005/ML infuziya uchun eritma 100ml N1
Polsha
Ishlab chiqaruvchi:
Polfarma Farmasevticheskiy zavod S.A.
REMEDIA tabletkalari 500mg N10
Retseptli
REMEDIA tabletkalari 500mg N10
Hindiston
Ishlab chiqaruvchi:
Simpeks Farma Pvt Ltd
REMEDIA tabletkalari 500mg N5
Retseptli
REMEDIA tabletkalari 500mg N5
Hindiston
Ishlab chiqaruvchi:
Simpeks Farma Pvt Ltd

LEVOFLOKSASIN 0,25 tabletkalari N10 haqida savollar

LEVOFLOKSASIN 0,25 tabletkalari N10 haqida fikr-mulohazalar

Reyting 0, 0 ta sharh asosida

Alifbo bo'yicha dori vositalar ro'yxati

scroll-top

Biz portalimiz ishini takomillashtirish maqsadida cookie-fayllardan foydalanamiz. Ishni davom ettirar ekansiz, ulardan foydalanishga rozilik bildirgan bo‘lasiz. Batafsil