METRONIDAZOL 0,005/ML 100ml N1

METRONIDAZOL 0,005/ML 100ml N1 o'xshash dorilari



METRONIDAZOL 0,005/ML 100ml N1 qo'llanmasi
Anaerob infeksiyasi bo'lgan bemorlarga 500 mg metronidazol 20 daqiqa davomida vena ichiga yuborilganda qon zardobidagi preparat konsentratsiyasi bir soatdan keyin 35,2 mkg/ml ni, 4 soatdan keyin - 33,9 mkg/ml ni, 8 soatdan keyin - 25,7 mkg/ml ni tashkil qilgan. Preparat yuqori kirib borish qobiliyatiga ega bo'lib, organizmning aksariyat to'qimalari va suyuqliklarida, shu jumladan o'pka, buyraklar, jigar, teri, orqa miya suyuqligi, miya, safro, so'lak, amniotik suyuqlik, absess bo'shliqlari, vaginal sekret, urug' suyuqligi, ko'krak sutida bakteritsid konsentratsiyalarga erishadi. Qon oqsillari bilan bog'lanishi kuchsiz va 10-20% dan oshmaydi. O't hosil bo'lishi normal bo'lganda vena ichiga yuborilgandan so'ng safrodagi metronidazol konsentratsiyasi qon plazmasidagi metronidazol konsentratsiyasidan sezilarli darajada oshishi mumkin.
Metronidazolning chiqarilishi buyraklar orqali - dozaning 63%, preparatning 20% o'zgarmagan holda chiqariladi. Metronidazolning yarim chiqarilish davri 6-7 soatni tashkil qiladi. Buyrak klirensi 10,2 ml/daqiqani tashkil qiladi.
Buyrak funksiyasi buzilgan bemorlarda preparat takroriy yuborilgandan so'ng metronidazolning qon zardobida to'planishi kuzatilishi mumkin. Shuning uchun og'ir buyrak yetishmovchiligi bo'lgan bemorlarda metronidazol qabul qilish tez-tezligini kamaytirish kerak.
Me’da-ichak yo‘llari tomonidan buzilishlar: epigastriyada og‘riqlar, ko‘ngil aynishi, qusish, diareya, glossit, stomatit, og‘izda «metall» ta’mi, ishtaha pasayishi, anoreksiya, og‘iz bo‘shlig‘i shilliq qavati qurishi, qabziyat, pankreatit (qaytuvchan holatlar), til rangi o‘zgarishi/«karash bog‘lagan til» (zamburug‘li mikrofloraning o‘sib ketishi tufayli).
Immun tizimi tomonidan buzilishlar: angionevrotik shish, anafilaktik shok.
Asab tizimi tomonidan buzilishlar: periferik sensor neyropatiya, bosh og‘rig‘i, tirishishlar, bosh aylanishi, entsefalopatiya va o‘tkir osti miyacha sindromi (harakatlar koordinatsiyasi va sinergizmi buzilishi, ataksiya, dizartriya, yurishning buzilishi, nistagm, tremor) rivojlanishi haqida xabar berilgan, ular metronidazol bekor qilingandan so‘ng qaytuvchan hisoblanadi, aseptik meningit.
Ruhiyat buzilishlari: psixotik buzilishlar, shu jumladan ongning chalkashishi, gallyutsinatsiyalar; depressiya, uyqusizlik, ta’sirchanlik, yuqori qo‘zg‘aluvchanlik.
Ko‘rish a’zosi tomonidan buzilishlar: o‘tkinchi ko‘rish buzilishlari, diplopiya, miopiya, predmetlar konturining xiralashishi, ko‘rish o‘tkirligining pasayishi, rang ajratishning buzilishi kabi; ko‘rish nervi neyropatiyasi/nevriti.
Qon va limfa tizimi tomonidan buzilishlar: agranulotsitoz, leykopeniya, neytropeniya, trombotsitopeniya.
Jigar va o‘t chiqarish yo‘llari tomonidan buzilishlar: «jigar» fermentlari (aspartataminotransferaza, alaninaminotransferaza, ishqoriy fosfataza) faolligining oshishi, xolestatik yoki aralash gepatit va jigarning gepatotsellyulyar shikastlanishi rivojlanishi, ba’zan sariqlik bilan kechadi; metronidazolni boshqa antibakterial vositalar bilan kombinatsiyada qabul qilgan bemorlarda jigar transplantatsiyasini talab qiluvchi jigar yetishmovchiligi rivojlanishi holatlari kuzatilgan.
Teri va teri osti to‘qimalari tomonidan buzilishlar: toshma, qichishish, teri giperemiyasi, eshakemi, pustulyoz teri toshmasi, Stivens-Djonson sindromi, toksik epidermal nekroliz.
Buyrak va siydik chiqarish yo‘llari tomonidan buzilishlar: siydikda metronidazolning suvda eruvchan metaboliti mavjudligi tufayli siydikning jigarrang-qizg‘ish rangga bo‘yalishi, dizuriya, poliuriya, sistit, siydik tuta olmaslik, kandidoz.
Umumiy buzilishlar va yuborilgan joydagi buzilishlar: isitma, burun bitishi, artralgiyalar, holsizlik, tromboflebit (yuborilgan joyda og‘riq, giperemiya yoki shish).
Laborator va instrumental ma’lumotlar: elektrokardiogrammada T tishchasining tekislanishi.
Preparatni uzoq muddat qo'llashni periferik qon ko'rsatkichlari nazorati ostida o'tkazish maqsadga muvofiqdir.
Infuziya uchun eritmani v/i yuborish preparatni peroral qabul qilish imkoni bo'lmagan bemorlarga ko'rsatilgan. Aralash infektsiyalarda metronidazol infuzion eritmasini parenteral antibiotiklar bilan kombinatsiyada, preparatlarni o'zaro aralashtirmasdan qo'llash mumkin.
V/i tomchilab yuborilganda boshqa preparatlar bilan aralashtirish mumkin emas. Preparat qo'llanilganda kandidoz zo'rayishi kuzatilishi mumkin.
Terapiya kursi davomida spirtli ichimliklarni iste'mol qilish qat'iyan man etiladi (disulfiramsimon reaktsiya rivojlanishi mumkin: qorinda spazmatik og'riqlar, ko'ngil aynishi, qusish, bosh og'rig'i, yuzga qonning to'satdan quyilishi).
Preparat qo'llanilganda biroz leykopeniya kuzatilishi mumkin, shuning uchun terapiya boshida va oxirida qon manzarasini (leykotsitlar sonini) nazorat qilish maqsadga muvofiqdir.
Leykopeniyada davolashni davom ettirish imkoniyati infektsion jarayon rivojlanishi xavfiga bog'liq.
Ataksiya, bosh aylanishi va bemorlar nevrologik statusining har qanday boshqa yomonlashuvi paydo bo'lishi davolashni to'xtatishni talab qiladi.
Treponemalarni immobilizatsiya qilishi va Nelson testining soxta musbat natijasiga olib kelishi mumkin.
Ayollarda trixomonadali vaginitni va erkaklarda trixomonadali uretritni davolashda jinsiy hayotdan saqlanish zarur. Jinsiy sheriklarni bir vaqtda davolash majburiydir. Trixomoniaz terapiyasidan so'ng hayz ko'rishdan oldin va keyin 3 navbatdagi tsikl davomida nazorat sinamalarini o'tkazish kerak.
10 kundan ortiq terapiya o'tkazilganda - faqat asoslangan hollarda; bemorni qat'iy kuzatish va qonning laboratoriya ko'rsatkichlarini muntazam nazorat qilish sharti bilan. Agar surunkali kasalliklar mavjudligi tufayli uzoqroq terapiya kursi zarur bo'lsa, kutilayotgan samara va asoratlar yuzaga kelishi potentsial xavfi o'rtasidagi nisbatni sinchkovlik bilan o'lchash kerak.
Transport vositalarini va mexanizmlarni boshqarish qobiliyatiga ta'siri:
Markaziy nerv tizimi tomonidan nojo'ya ta'sirlar paydo bo'lganda avtomobilni boshqarishdan va potentsial xavfli mexanizmlar bilan ishlashdan saqlanish kerak.
- Metronidazolga yoki boshqa nitroimidazol hosilalariga yuqori sezuvchanlik;
- markaziy asab tizimining organik shikastlanishlari (shu jumladan epilepsiya);
- jigar yetishmovchiligi (katta dozalar qo'llanilganda);
- leykopeniya (shu jumladan anamnezda);
- homiladorlikning I trimestri,
- laktatsiya davri.
Ehtiyotkorlik bilan:
Buyrak, jigar kasalliklarida (buyrak/jigar yetishmovchiligi) ehtiyotkorlik bilan buyuriladi.
Homiladorlikning II va III trimestrlari - faqat hayotiy ko'rsatmalar bo'yicha.
Homiladorlik va laktatsiya:
Metronidazol yo'ldosh orqali o'tadi, shuning uchun preparatni homiladorlikning birinchi trimestrida tayinlamaslik kerak, keyinchalik faqat preparatni qo'llashdan ona uchun potentsial foyda homila uchun mumkin bo'lgan xavfdan yuqori bo'lgan holdagina qo'llash kerak.
Metronidazol ko'krak sutiga o'tib, unda qon plazmasidagi kontsentratsiyalarga yaqin kontsentratsiyalarga erishganligi sababli, preparat bilan davolash vaqtida ko'krak suti bilan emizishni to'xtatish tavsiya etiladi.
Vena ichiga quyish uchun Metronidazolni boshqa dori preparatlari bilan aralashtirish tavsiya etilmaydi!
In'ektsiya uchun metronidazol qo'llanilganda boshqa dori vositalari bilan o'zaro ta'sir ahamiyatsiz, ammo ba'zi dori preparatlari bilan bir vaqtda qo'llanilganda ehtiyotkorlikka rioya qilish kerak.
Varfarin va boshqa bevosita bo'lmagan antikoagulyantlar. Metronidazol bevosita bo'lmagan antikoagulyantlar ta'sirini kuchaytiradi, bu protrombin hosil bo'lish vaqtining oshishiga olib keladi.
Disulfiram. Bir vaqtda qo'llash turli nevrologik simptomlar rivojlanishiga olib kelishi mumkin, shuning uchun metronidazolni so'nggi ikki hafta davomida disulfiram qabul qilgan bemorlarga tayinlamaslik kerak.
Simetidin metronidazol metabolizmini ingibirlaydi, bu uning qon zardobidagi kontsentratsiyasi oshishiga va nojo'ya hodisalar rivojlanish xavfi oshishiga olib kelishi mumkin.
Jigarda mikrosomal oksidlanish fermentlarini rag'batlantiruvchi preparatlarni (fenobarbital, fenitoin) bir vaqtda qo'llash metronidazol eliminatsiyasini tezlashtirishi mumkin, natijada uning plazmadagi kontsentratsiyasi pasayadi.
Litiy preparatlari bilan uzoq vaqt yuqori dozalarda davolanayotgan bemorlarda metronidazol qo'llanilganda qon plazmasida litiy kontsentratsiyasi oshishi va intoksikatsiya simptomlari rivojlanishi mumkin.
Metronidazolning mikroblarga qarshi ta'siri sulfanilamidlar va antibiotiklar bilan kombinatsiyada kuchayadi.
Metronidazol va siklosporin kombinatsiyalangan holda qo'llanilganda qon plazmasida siklosporin kontsentratsiyasi oshishi kuzatilishi mumkin.
Metronidazol ftoruratsil klirensini kamaytiradi, bu oxirgisining toksikligi oshishini chaqirishi mumkin.
Bir vaqtda qo'llanilganda metronidazol busulfanning plazma kontsentratsiyasini oshirishi mumkin.
Nodepolyarizatsiyalovchi miorelaksantlar (vekuroniy bromid) bilan kombinatsiya qilish tavsiya etilmaydi.
Metronidazol etanol bilan mos kelmaydi (birga qo'llanilganda disulfiramsimon reaktsiyalar rivojlanadi).
Metronidazolni vena ichiga yuborish infeksiyalarning og'ir kechishida, shuningdek preparatni ichga qabul qilish imkoni bo'lmaganda ko'rsatilgan.
Kattalar va 12 yoshdan oshgan bolalar uchun bir martalik doza 500 mg ni tashkil qiladi, vena ichiga uzluksiz (oqim bilan) yoki tomchilab yuborish tezligi - daqiqasiga 5 ml. Yuborishlar orasidagi interval - 8 soat. Davolash kursi davomiyligi individual ravishda belgilanadi. Maksimal sutkalik doza - 4 g dan oshmasligi kerak. Ko'rsatmalarga ko'ra, infeksiya xususiyatiga qarab, metronidazolning peroral shakllari bilan tutib turuvchi terapiyaga o'tish amalga oshiriladi.
12 yoshgacha bo'lgan bolalarga metronidazol tana vaznining 7,5 mg/kg hisobidan 3 qabulda daqiqasiga 5 ml tezlikda yuboriladi.
Kichik tos a'zolari va siydik chiqarish yo'llarida rejali operatsiyadan oldin anaerob infeksiya profilaktikasi uchun kattalar va 12 yoshdan oshgan bolalarga metronidazol infuziyalar ko'rinishida 500-1000 mg dozada, operatsiya kuni va ertasi kuni - 1500 mg/sut dozada (har 8 soatda 500 mg dan) tayinlanadi. 1-2 kundan keyin odatda metronidazolning peroral shakllari bilan tutib turuvchi terapiyaga o'tiladi.
Buyrak funksiyasi (kreatinin klirensi 30 ml/min dan kam) va/yoki jigar funksiyasi yaqqol buzilgan bemorlar uchun metronidazolning sutkalik dozasi 1000 mg; (qabul qilish chastotasi 2 marta).Dozani oshirib yuborishBelgilari: ko'ngil aynishi, qusish, ataksiya, bosh aylanishi, bosh og'rig'i. Metronidazol bilan og'ir o'tkir dozani oshirib yuborishda - tirishishlar, periferik neyropatiya va epileptik xurujlar.
Davolash: o'ziga xos antidot yo'q. Dozani oshirib yuborishni davolash gemodilyutsiya, tutib turuvchi va simptomatik terapiyadan iborat. Og'ir holatlarda gemodializ qo'llaniladi.
Metronidazol boshqa chiqarish shakllari






METRONIDAZOL 0,005/ML 100ml N1 analoglari
























