Apteka.uz
SavatKirish

METRONIDAZOL 0,25 tabletkalari N24

Mahsulot haqida tafsilotlar
Ishlab chiqarilgan joyi:Rossiya Federatsiyasi
Faol modda:Metronidazol
Ishlab chiqaruvchi:Obnovlenie PFK AO
ATX kodi:J02XD01
Barcha Metronidazol dorilari
Mavjud emas
Dorixonadan topish
To‘lov va yetkazib berish usullari Toshkentda
Olib ketish
Ertaga yoki keyinroq 0 ta dorixonadan
Dorixonada karta yoki naqd to‘lov
Yetkazib berish
2 soat ichida yoki ertaga, yetkazib berish narxi onlayn dorixonada ko‘rsatilgan tarif bo‘yicha. Onlayn yoki kuryerga to‘lov

METRONIDAZOL 0,25 tabletkalari N24 qo'llanmasi

Farmakokinetikasi

Ichga qabul qilinganda metronidazol tez va deyarli to'liq so'riladi (1 soat ichida taxminan 80 %). Ovqat qabul qilish metronidazol absorbsiyasiga ta'sir qilmaydi. Biokiraolishligi kamida 80 % ni tashkil qiladi. Metronidazol 500 mg dozada ichga qabul qilingandan so'ng uning qon plazmasidagi konsentratsiyasi 1 soatdan keyin 10 mkg/ml ni, 3 soatdan keyin - 13,5 mkg/ml ni tashkil qiladi. Qon oqsillari bilan bog'lanishi arzimas va 10-20 % dan oshmaydi. Metronidazol to'qimalarga (o'pka, buyraklar, jigar, teri, safro, orqa miya suyuqligi, so'lak, urug' suyuqligi, vaginal sekret), ko'krak sutiga tez kirib boradi va yo'ldosh to'sig'i orqali o'tadi. Metronidazolning taxminan 30-60 % gidroksillanish, oksidlanish va glyukuronlanish yo'li bilan metabolizmga uchraydi. Asosiy metabolit (2-oksimetronidazol) ham protozoyga qarshi va mikroblarga qarshi ta'sir ko'rsatadi.

Metronidazolning 40-70 % buyraklar orqali chiqariladi (o'zgarmagan holda - qabul qilingan dozaning taxminan 35 % i). Yarim chiqarilish davri - 8-10 soat.

Buyrak funksiyasi buzilgan pasientlarda metronidazol kursli qabul qilinganda uning qon zardobidagi konsentratsiyasi oshishi mumkin.

Nojo'ya samaralari

Me’da-ichak yo‘llari tomonidan buzilishlar: epigastriyada og‘riqlar, ko‘ngil aynishi, qusish, diareya, glossit, stomatit, og‘izda «metall» ta’mi, ishtaha pasayishi, anoreksiya, og‘iz bo‘shlig‘i shilliq qavati qurishi, qabziyat, pankreatit (qaytuvchan holatlar), til rangi o‘zgarishi / «karash bog‘lagan til» (zamburug‘li mikrofloraning o‘sib ketishi tufayli). Immun tizimi tomonidan buzilishlar: angionevrotik shish, anafilaktik shok.

Asab tizimi tomonidan buzilishlar: periferik sensor neyropatiya, bosh og‘rig‘i, tirishishlar, bosh aylanishi; entsefalopatiya va o‘tkir osti miyacha sindromi (harakatlar koordinatsiyasi va sinergizmi buzilishi, ataksiya, dizartriya, yurishning buzilishi, nistagm, tremor) rivojlanishi haqida xabar berilgan, ular metronidazol bekor qilingandan so‘ng qaytuvchan hisoblanadi; aseptik meningit.

Ruhiyat buzilishlari: psixotik buzilishlar, shu jumladan ongning chalkashishi, gallyutsinatsiyalar; depressiya, uyqusizlik, ta’sirchanlik, yuqori qo‘zg‘aluvchanlik.

Ko‘rish a’zosi tomonidan buzilishlar: o‘tkinchi ko‘rish buzilishlari, diplopiya, miopiya, predmetlar konturining xiralashishi, ko‘rish o‘tkirligining pasayishi, rang ajratishning buzilishi kabi; ko‘rish nervi neyropatiyasi nevriti.

Qon va limfa tizimi tomonidan buzilishlar: agranulotsitoz, leykopeniya, neytropeniya, trombotsitopeniya.

Jigar va o‘t chiqarish yo‘llari tomonidan buzilishlar: «jigar» fermentlari (aspartataminotransferaza, alaninaminotransferaza, ishqoriy fosfataza) faolligining oshishi. Xolestatik yoki aralash gepatit va jigarning gepatotsellyulyar shikastlanishi rivojlanishi, ba’zan sariqlik bilan kechadi: metronidazolni boshqa antibakterial vositalar bilan kombinatsiyada qabul qilgan bemorlarda jigar transplantatsiyasini talab qiluvchi jigar yetishmovchiligi rivojlanishi holatlari kuzatilgan.

Teri va teri osti to‘qimalari tomonidan buzilishlar: toshma, qichishish, teri giperemiyasi, eshakemi, pustulyoz teri toshmasi, Stivens-Djonson sindromi, toksik epidermal nekroliz.

Buyrak va siydik chiqarish yo‘llari tomonidan buzilishlar: siydikda metronidazolning suvda eruvchan metaboliti mavjudligi tufayli siydikning jigarrang-qizg‘ish rangga bo‘yalishi; dizuriya, poliuriya, sistit, siydik tuta olmaslik, kandidoz.

Umumiy buzilishlar: isitma, burun bitishi, artralgiyalar, holsizlik.

Laborator va instrumental ma’lumotlar: elektrokardiogrammada T tishchasining tekislanishi.

Maxsus saqlash sharoitlari

Davolash davrida etanol qabul qilish mumkin emas (disulfiramsimon reaktsiya rivojlanishi mumkin: qorinda spazmatik og'riqlar, qusish, bosh og'rig'i, yuzga qonning to'satdan quyilishi).

Amoksitsillin bilan kombinatsiyada 18 yoshdan kichik bemorlarda qo'llash tavsiya etilmaydi.

Uzoq muddatli terapiyada periferik qon ko'rsatkichlarini nazorat qilish zarur.

Leykopeniyada davolashni davom ettirish imkoniyati infektsion jarayon rivojlanishi xavfiga bog'liq.

Ataksiya, bosh aylanishi va bemorlar nevrologik statusining har qanday boshqa yomonlashuvi paydo bo'lishi davolashni to'xtatishni talab qiladi.

Treponemalarni immobilizatsiya qilishi va Nelson testining soxta musbat natijasiga olib kelishi mumkin. Siydikni to'q rangga bo'yaydi.

Ayollarda trixomonadali vaginitni va erkaklarda trixomonadali uretritni davolashda jinsiy hayotdan saqlanish zarur. Jinsiy sheriklarni bir vaqtda davolash majburiydir. Davolash hayz ko'rish vaqtida to'xtatilmaydi. Trixomonoz terapiyasidan so'ng hayz ko'rishdan oldin va keyin uch navbatdagi tsikl davomida nazorat sinamalarini o'tkazish kerak.

Metronidazol bemor hayotiga xavf soluvchi og'ir yuqori sezuvchanlik reaktsiyalarini, shu jumladan angionevrotik shish, anafilaktik shok, Stivens-Jonson sindromi, toksik epidermal nekrolizni chaqirishi mumkin. Ushbu reaktsiyalar rivojlangan taqdirda metronidazol bilan terapiyani darhol to'xtatish va tegishli terapiyani boshlash kerak.

Metronidazol qabul qilayotgan bemorlarda psixotik reaktsiyalar (ong chalkashishi, gallyutsinatsiyalar, depressiya) rivojlanishi, o'z sog'lig'iga zarar yetkazish ehtimoli bilan hatto birinchi dozadan keyin ham, ayniqsa anamnezida ruhiy kasalliklari bo'lgan bemorlarda bo'lishi mumkin. Yuqorida tavsiflangan reaktsiyalar paydo bo'lganda preparat qabul qilishni to'xtatish va tegishli choralar ko'rish kerak.

Metronidazol va disulfiram yoki busulfanni bir vaqtda qo'llash tavsiya etilmaydi.

Preparatning transport vositalarini va mexanizmlarni boshqarish qobiliyatiga ta'siri:

Nojo'ya ta'sirlar profilini (bosh aylanishi, o'tkinchi ko'rish buzilishlari va boshqalar) hisobga olib, davolash vaqtida avtomobilni boshqarishdan va diqqatni yuqori jamlashni hamda psixomotor reaktsiyalar tezligini talab qiluvchi boshqa potentsial xavfli faoliyat turlari bilan shug'ullanishdan saqlanish tavsiya etiladi.

Qo'llanilishi mumkin bo'lmagan holatlar

Gipersezuvchanlik, leykopeniya (shu jumladan anamnezda), markaziy asab tizimining (MNS) organik shikastlanishlari (shu jumladan epilepsiya), jigar yetishmovchiligi (katta dozalar tayinlanganda), homiladorlik (I trimestr), laktatsiya davri.

Ehtiyotkorlik bilan:

Homiladorlik (II-III trimestrlar), buyrak/jigar yetishmovchiligi.

Homiladorlik va laktatsiya:

Laktatsiya davrida ko'krak suti bilan emizishni to'xtatish tavsiya etiladi.

Dori vositalarining o'zaro ta'siri

Bevosita bo'lmagan antikoagulyantlar ta'sirini kuchaytiradi, bu protrombin hosil bo'lish vaqtining oshishiga olib keladi.

Disulfiramga o'xshab, etanolni ko'tara olmaslikni chaqiradi.

Disulfiram bilan bir vaqtda qo'llash turli nevrologik simptomlar rivojlanishiga olib kelishi mumkin (tayinlash orasidagi oraliq - kamida 2 hafta).

Simetidin metronidazol metabolizmini ingibirlaydi, bu uning qon zardobidagi kontsentratsiyasi oshishiga va nojo'ya hodisalar rivojlanish xavfi oshishiga olib kelishi mumkin.

Jigarda mikrosomal oksidlanish fermentlarini rag'batlantiruvchi preparatlarni (fenobarbital, fenitoin) bir vaqtda tayinlash metronidazol eliminatsiyasini tezlashtirishi mumkin, natijada uning plazmadagi kontsentratsiyasi pasayadi.

Litiy preparatlari bilan bir vaqtda qabul qilinganda oxirgisining plazmadagi kontsentratsiyasi oshishi va intoksikatsiya simptomlari rivojlanishi mumkin.

Nodepolyarizatsiyalovchi miorelaksantlar (vekuroniy bromid) bilan kombinatsiya qilish tavsiya etilmaydi.

Sulfanilamidlar metronidazolning mikroblarga qarshi ta'sirini kuchaytiradi.

Dozirovkasi

DozalashIchga, ovqatlanish vaqtida yoki ovqatdan keyin, (yoki sut bilan ichib), chaynamasdan.

Trixomoniazda - 250 mg dan sutkasiga 2 marta 10 kun davomida yoki 400 mg dan sutkasiga 2 marta 5-8 kun davomida. Ayollarga qo'shimcha ravishda vaginal shamchalar yoki tabletkalar shaklidagi metronidazolni tayinlash kerak. Zarurat bo'lganda, davolash kursini takrorlash yoki dozani 0,75-1 g/sut gacha oshirish mumkin. Kurslar orasida takroriy nazorat laboratoriya tekshiruvlarini o'tkazish bilan 3-4 hafta tanaffus qilish kerak. Terapiyaning muqobil sxemasi bemorga va uning jinsiy sherigiga bir marta 2 g dan tayinlash hisoblanadi.

2-5 yoshli bolalarga - 250 mg/sut; 5-10 yosh - 250- 375 mg/sut, 10 yoshdan katta - 500 mg/sut. Sutkalik doza 2 qabulga bo'linishi kerak. Davolash kursi - 10 kun.

1 yoshgacha bo'lgan bolalarga - 125 mg/sut dan, 2-4 yosh - 250 mg/sut dan, 5-8 yosh - 375 mg/sut dan, 8 yoshdan katta - 500 mg/sut dan (2 qabulda). Davolash kursi - 5 kun.

Kattalarga: simptomsiz amebiazda (kista aniqlanganda) sutkalik doza - 1-1,5 g (500 mg dan sutkasiga 2-3 marta) 5-7 kun davomida.

Surunkali amebiazda sutkalik doza - 1,5 g 3 qabulda 5-10 kun davomida, o'tkir amebali dizenteriyada - 2,25 g 3 qabulda simptomlar to'xtaguncha.

Jigar absessida - maksimal sutkalik doza - 2,5 g 1 yoki 2-3 qabulda, 3-5 kun davomida, antibiotiklar (tetratsiklinlar) va boshqa terapiya usullari bilan kombinatsiyada.

1-3 yoshli bolalarga - kattalar dozasining 1/4 qismi, 3-7 yosh - kattalar dozasining 1/3 qismi, 7-10 yosh - kattalar dozasining 1/2 qismi.

Yarali stomatitda kattalarga 500 mg dan sutkasiga 2 marta 3-5 kun davomida tayinlanadi; bolalarga bu holda preparat ko'rsatilmagan.

Soxtamembranoz kolitda - 500 mg dan sutkasiga 3-4 marta.

Helicobacter pylory eradikatsiyasi uchun - 500 mg dan sutkasiga 3 marta 7 kun davomida (kombinatsiyalangan terapiya tarkibida, masalan, amoksitsillin bilan kombinatsiyada 2,25 g/sut).

Anaerob infeksiyani davolashda maksimal sutkalik doza - 1,5-2 g.

Infeksion asoratlarning oldini olish uchun - 750-1500 mg/sut dan 3 qabulda operatsiyadan 3-4 kun oldin, yoki bir marta 1 g operatsiyadan keyingi birinchi sutkada. Operatsiyadan 1-2 kun o'tgach (ichga qabul qilishga ruxsat berilganda) - 750 mg/sut dan 7 kun davomida.

Buyrak funksiyasi yaqqol buzilganda (kreatinin klirensi 10 ml/min dan kam) sutkalik doza ikki baravar kamaytirilishi kerak.
Diqqat: ushbu sahifadagi preparat tavsifi rasmiy yo‘riqnomaning soddalashtirilgan va to‘ldirilgan versiyasidir. Ma’lumot faqat tanishish maqsadida taqdim etilgan va o‘z-o‘zini davolash uchun qo‘llanma sifatida foydalanilmasligi kerak. METRONIDAZOL 0,25 tabletkalari N24 preparatini qabul qilishdan oldin albatta shifokor bilan maslahatlashing

METRONIDAZOL 0,25 tabletkalari N24 o'xshash dorilari

FLUASK kapsulalar  150 mg N 1
FLUASK kapsulalar 150 mg N 1
O'zbekiston
Vakil:
Nika Pharm
Ishlab chiqaruvchi:
Nika Pharm
•24 ta dorixonada bor
Narxi
9 300 so'm dan
FUZAR tabletkalari 150mg N1
Retseptli
FUZAR tabletkalari 150mg N1
Hindiston
Vakil:
Farmalife
Ishlab chiqaruvchi:
Scott-Edil Pharmacia Limited
•27 ta dorixonada bor
Narxi
17 000 so'm dan
TRINAZOL krem 15g
Retseptsiz
TRINAZOL krem 15g
Hindiston
Ishlab chiqaruvchi:
Avantika Medex PVT.LTD
Narxi
47 304 so'm dan
METAKANDID eritma 200mg/100 ml 100ml N1
Retseptli
METAKANDID eritma 200mg/100 ml 100ml N1
Hindiston
Vakil:
NUTRIMED
Ishlab chiqaruvchi:
M/S PEK PHARMA
•1 ta dorixonada bor
Narxi
38 000 so'm dan

Metronidazol boshqa chiqarish shakllari

METRONIDAZOL 30,0 gel 1%
METRONIDAZOL 30,0 gel 1%
Rossiya Federatsiyasi
Ishlab chiqaruvchi:
Zelenaya Dubrava, ZAO
METRONIDAZOL tabletkalari 250mg N20
METRONIDAZOL tabletkalari 250mg N20
O'zbekiston
Ishlab chiqaruvchi:
Remedy, SP OOO Uzbeksko-Britanskoe
•116 ta dorixonada bor
Narxi
3 000 so'm dan
METRONIDAZOL tabletkalari 250mg N10
METRONIDAZOL tabletkalari 250mg N10
O'zbekiston
Ishlab chiqaruvchi:
Remedy, SP OOO Uzbeksko-Britanskoe
•3 ta dorixonada bor
Narxi
5 000 so'm dan
METRONIDAZOL 0,5 vaginal suppozitorlar N10
METRONIDAZOL 0,5 vaginal suppozitorlar N10
Rossiya Federatsiyasi
Ishlab chiqaruvchi:
Aveksima Sibir OOO
METRONIDAZOL tabletkalari 250mg N40
METRONIDAZOL tabletkalari 250mg N40
Rossiya Federatsiyasi
Ishlab chiqaruvchi:
Farmstandart-Leksredstva, OAO
METRONIDAZOL 0,25 tabletkalari N20
METRONIDAZOL 0,25 tabletkalari N20
Rossiya Federatsiyasi
Ishlab chiqaruvchi:
OOO «Ozon»
METRONIDAZOL tabletkalari 250mg N20
METRONIDAZOL tabletkalari 250mg N20
O'zbekiston
Ishlab chiqaruvchi:
Remedy, SP OOO Uzbeksko-Britanskoe
•116 ta dorixonada bor
Narxi
3 000 so'm dan
METRONIDAZOL tabletkalari 250 mg N10
METRONIDAZOL tabletkalari 250 mg N10
O'zbekiston
Ishlab chiqaruvchi:
NAVBAHOR SANOAT OOO
•3 ta dorixonada bor
Narxi
5 000 so'm dan
METRONIDAZOL inyeksiya uchun eritma 100ml 500mg/100ml
METRONIDAZOL inyeksiya uchun eritma 100ml 500mg/100ml
Hindiston
Ishlab chiqaruvchi:
Ultra Laboratoires Pvt. Ltd.
•6 ta dorixonada bor
Narxi
3 000 so'm dan
METRONIDAZOL tabletkalari 250 mg N50
METRONIDAZOL tabletkalari 250 mg N50
O'zbekiston
Ishlab chiqaruvchi:
NAVBAHOR SANOAT OOO
METRONIDAZOL 0,5 tabletkalari N20
METRONIDAZOL 0,5 tabletkalari N20
Rossiya Federatsiyasi
Ishlab chiqaruvchi:
OOO «Ozon»
METRONIDAZOL infuziya uchun eritma 100ml 0,5%
METRONIDAZOL infuziya uchun eritma 100ml 0,5%
O'zbekiston
Ishlab chiqaruvchi:
Dentafill Plyus, OOO
•13 ta dorixonada bor
Narxi
4 000 so'm dan
METRONIDAZOL tabletkalari 250 mg N30
METRONIDAZOL tabletkalari 250 mg N30
O'zbekiston
Ishlab chiqaruvchi:
NAVBAHOR SANOAT OOO
METRONIDAZOL infuziya uchun eritma 100ml 0,5%
METRONIDAZOL infuziya uchun eritma 100ml 0,5%
O'zbekiston
Ishlab chiqaruvchi:
Dentafill Plyus, OOO
•13 ta dorixonada bor
Narxi
4 000 so'm dan
METRONIDAZOL SEEM infuziya uchun eritma N1
METRONIDAZOL SEEM infuziya uchun eritma N1
O'zbekiston
Ishlab chiqaruvchi:
Samarkand England Ecomedical, SP OOO

METRONIDAZOL 0,25 tabletkalari N24 analoglari

KLION 0,25 tabletkalari N20
KLION 0,25 tabletkalari N20
Rossiya Federatsiyasi
Ishlab chiqaruvchi:
Gedeon Rixter - Rus ZAO
FLAGIL 0,5 vaginal suppozitorlar N10
FLAGIL 0,5 vaginal suppozitorlar N10
Frantsiya
Ishlab chiqaruvchi:
Yuniter Likvid Manufekchuring
ROZAMET 25,0 krem 1%
Retseptsiz
ROZAMET 25,0 krem 1%
Xorvatiya
Ishlab chiqaruvchi:
YADRAN-GALENSKI LABORATORIY a.o.
METROGIL 0,005/ML eritma 100ml
Retseptsiz
METROGIL 0,005/ML eritma 100ml
Hindiston
Ishlab chiqaruvchi:
Yunik Farmasyutikals Laboratoriez (Otdelnie firmi DjBKemikals end Farmasyutikals Ltd)
5
1 отзывов
Trihopol tabletkalari 0,25g N20
Retseptli
Trihopol tabletkalari 0,25g N20
Polsha
Ishlab chiqaruvchi:
Polfarma Farmasevticheskiy zavod S.A.
•131 ta dorixonada bor
Narxi
20 000 so'm dan
TRIXOPOL tabletkalari 0,5g N10
Retseptli
TRIXOPOL tabletkalari 0,5g N10
Polsha
Ishlab chiqaruvchi:
Polfarma Farmasevticheskiy zavod S.A.
•108 ta dorixonada bor
Narxi
32 900 so'm dan
METRONIDAZOL 0,5 tabletkalari N20
METRONIDAZOL 0,5 tabletkalari N20
Rossiya Federatsiyasi
Ishlab chiqaruvchi:
OOO «Ozon»
METRONIDAZOL 30,0 gel 1%
METRONIDAZOL 30,0 gel 1%
Rossiya Federatsiyasi
Ishlab chiqaruvchi:
Zelenaya Dubrava, ZAO
METRONIDAZOL 0,5 vaginal suppozitorlar N10
METRONIDAZOL 0,5 vaginal suppozitorlar N10
Rossiya Federatsiyasi
Ishlab chiqaruvchi:
Aveksima Sibir OOO
METRONIDAZOL 0,25 tabletkalari N20
METRONIDAZOL 0,25 tabletkalari N20
Rossiya Federatsiyasi
Ishlab chiqaruvchi:
OOO «Ozon»
METRONIDAZOL 0,005/ML 100ml N1
METRONIDAZOL 0,005/ML 100ml N1
Rossiya Federatsiyasi
Ishlab chiqaruvchi:
Biosintez, PAO

METRONIDAZOL 0,25 tabletkalari N24 haqida savollar

METRONIDAZOL 0,25 tabletkalari N24 haqida fikr-mulohazalar

Reyting 0, 0 ta sharh asosida

Alifbo bo'yicha dori vositalar ro'yxati

scroll-top

Biz portalimiz ishini takomillashtirish maqsadida cookie-fayllardan foydalanamiz. Ishni davom ettirar ekansiz, ulardan foydalanishga rozilik bildirgan bo‘lasiz. Batafsil