Apteka.uz
SavatKirish

NALGEZIN FORTE 0,55 tabletkalari N20

Mahsulot haqida tafsilotlar
Ishlab chiqarilgan joyi:Sloveniya
Faol modda:Naproksen
Ishlab chiqaruvchi:KRKA, d.d., Novo mesto, AO
Teglar:Og'riqdan
ATX kodi:M01AE02
Barcha Nalgezin dorilari
Mavjud emas
Dorixonadan topish
To‘lov va yetkazib berish usullari Toshkentda
Olib ketish
Ertaga yoki keyinroq 0 ta dorixonadan
Dorixonada karta yoki naqd to‘lov
Yetkazib berish
2 soat ichida yoki ertaga, yetkazib berish narxi onlayn dorixonada ko‘rsatilgan tarif bo‘yicha. Onlayn yoki kuryerga to‘lov

NALGEZIN FORTE 0,55 tabletkalari N20 qo'llanmasi

Farmakokinetikasi

Me'da-ichak yo'lidan absorbsiya - tez va to'liq, biokiraolishligi - 95% (ovqat qabul qilish so'rilishning to'liqligiga ham, tezligiga ham deyarli ta'sir qilmaydi). Maksimal konsentratsiyaga erishish vaqti - 1-2 soat, plazma oqsillari bilan bog'lanishi >99%, yarim chiqarilish davri - 12-15 soat. Metabolizm - jigarda CYP2C9 ferment tizimi ishtirokida dimetilnaproksengacha. Klirens - 0.13 ml/daq/kg. 98% buyraklar orqali chiqariladi, ulardan 10% o'zgarmagan holda; safro bilan - 0.5-2.5%. Muvozanat konsentratsiyasi preparatning 4-5 dozasi qabul qilinganda aniqlanadi (2-3 kun). Buyrak yetishmovchiligida metabolitlarning to'planishi mumkin.

Farmakologik ta'siri

Og'riq qoldiruvchi Yallig'lanishga qarshi

Nojo'ya samaralari

Nojo‘ya ta’sirlar Nalgezin forte yuqori dozalarda qo‘llanilganda eng ko‘p uchraydi:

- ovqat hazm qilish tizimi tomonidan: qabziyat, qorinda og‘riq, dispepsiya, ko‘ngil aynishi, diareya, yarali stomatitlar, me’da-ichak yo‘llarining eroziv-yarali shikastlanishlari va qon ketishlari, «jigar» fermentlari faolligining oshishi, jigar funksiyasining buzilishi, sariqlik, qon qusish, melena;

- markaziy asab tizimi tomonidan: eshitishning pasayishi, bosh aylanishi, bosh og‘rig‘i, uyquchanlik, depressiya, uyqu buzilishlari, diqqatni jamlay olmaslik, uyqusizlik, holsizlik, mialgiya va mushak holsizligi, reaksiya tezligining sekinlashishi, aseptik meningit, kognitiv disfunksiya;

- teri qoplamalari tomonidan: qichishish, ekximozlar, ko‘p terlash, purpura, alopesiya, fotodermatozlar;

- sezgi a’zolari tomonidan: quloqlarda shovqin, ko‘rishning buzilishi, eshitishning buzilishi;

- yurak-qon tomir tizimi tomonidan: shish, hansirash, yurak urishi, dimlangan yurak yetishmovchiligi, vaskulit,

- siydik-tanosil tizimi tomonidan: glomerulonefrit, gematuriya, interstitsial nefrit, nefrotik sindrom, buyrak yetishmovchiligi, buyrak papillyar nekrozi, hayz siklining buzilishi;

- qon yaratish a’zolari tomonidan: eozinofiliya, granulotsitopeniya, leykopeniya, trombotsitopeniya, aplastik anemiya;

- nafas olish tizimi tomonidan: eozinofil pnevmoniyalar;

- allergik reaksiyalar: teri toshmalari, eshakemi, angionevrotik shish, epidermal nekroz, ko‘p shaklli eritema, Stiven-Djonson sindromi;

- boshqalar: chanqoq, gipertermiya, giperglikemiya, gipoglikemiya, qon ketish vaqtini uzaytiradi, gemolitik anemiya.

Agar siz shunga o‘xshash hodisalarni sezsangiz, preparat qabul qilishni to‘xtating va imkoni boricha shifokorga murojaat qiling.

Maxsus saqlash sharoitlari

Yo'riqnomada ko'rsatilgan dozalarni oshirmang. Oshqozon-ichak trakti (OIT) tomonidan noxush ko'rinishlar rivojlanishi xavfini kamaytirish uchun minimal samarali dozani minimal mumkin bo'lgan qisqa kurs bilan qo'llash kerak. Agar og'riq va isitma saqlanib qolsa yoki kuchaysa, shifokorga murojaat qilish kerak. Bronxial astmasi, qon ivishi buzilishlari bo'lgan bemorlar, shuningdek boshqa analgetiklarga yuqori sezuvchanligi bo'lgan bemorlar Nalgezin forte qabul qilishdan oldin shifokor bilan maslahatlashishlari kerak.

Jigar kasalliklari va buyrak yetishmovchiligi bo'lgan bemorlarga ehtiyotkorlik bilan tayinlash kerak. Buyrak yetishmovchiligi bo'lgan bemorlarda kreatinin klirensi darajasini nazorat qilish zarur. Kreatinin klirensi darajasi 20 ml/daq dan past bo'lganda: naproksenni tayinlash tavsiya etilmaydi. Surunkali alkogolli va boshqa shakldagi tsirrozda bog'lanmagan naproksen kontsentratsiyasi oshadi, shuning uchun bunday bemorlarga pastroq dozalar tavsiya etiladi.

Nalgezin forte boshqa yallig'lanishga qarshi va og'riq qoldiruvchi preparatlar bilan birga qabul qilinmasligi kerak, shifokor tayinlovlari bundan mustasno.

Keksa yoshdagi bemorlarga ham pastroq dozalar tavsiya etiladi.

Jarrohlik aralashuvidan 48 soat oldin naproksen qabul qilishdan saqlanish kerak. 17-kortikosteroidlarni aniqlash zarurati bo'lganda preparatni tekshiruvdan 48 soat oldin bekor qilish kerak. Xuddi shunday, naproksen siydikda 5-gidroksiindolsirka kislotasini aniqlashga ta'sir qilishi mumkin.

Naproksenni qo'llash, prostaglandinlar sintezini bloklovchi boshqa preparatlar kabi, fertillikka ta'sir qilishi mumkin, shuning uchun homilador bo'lishni xohlaydigan ayollarga tavsiya etilmaydi.

Nalgezin forte 550 mg preparatining har bir tabletkasi taxminan 50 mg natriy saqlaydi. Tuz iste'moli cheklanganda buni hisobga olish kerak.

Avtomobil va boshqa mexanizmlarni boshqarish qobiliyatiga ta'siri

Naproksen bemorlarda reaktsiya tezligini sekinlashtiradi. Buni avtomobil haydashda va yuqori diqqatni talab qiluvchi vazifalarni bajarishda hisobga olish kerak.

Qo'llanilishi mumkin bo'lmagan holatlar

•Naproksenga yoki naproksen natriyga gipersezuvchanlik; atsetilsalitsil kislotasi yoki boshqa NYQP qabul qilgandan keyin bronxoobstruksiya, rinit, eshakemi xuruji haqida anamnestik ma'lumotlar bilan (atsetilsalitsil kislotasini o'zlashtira olmaslikning to'liq yoki to'liq bo'lmagan sindromi - rinosinusit, eshakemi, burun shilliq qavati poliplari, astma);

•Aortokoronar shuntlash o'tkazilgandan keyingi davr;

•Oshqozon yoki 12-barmoqli ichak shilliq qavatining eroziv-yarali o'zgarishlari, faol oshqozon-ichakdan qon ketish;

•Ichakning yallig'lanish kasalliklari, zo'rayish fazasida (Nospesifik yarali kolit (NYaK), Kron kasalligi);

•Serebrovaskulyar qon ketish yoki boshqa qon ketishlar va gemostaz buzilishlari;

•Yaqqol jigar yetishmovchiligi yoki faol jigar kasalligi;

•Yaqqol buyrak yetishmovchiligi (kreatinin klirensi 20 ml/min dan kam), shu jumladan tasdiqlangan giperkaliemiya, buyrak kasalligining zo'rayishi;

•Suyak ko'migi qon yaratishining susayishi;

•Homiladorlik, ko'krak suti bilan emizish davri;

•Nalgezin forte bitta tabletkasi 550 mg naproksen saqlaydi, shuning uchun preparat 15 yoshdan kichik bolalar va o'smirlarga tavsiya etilmaydi.

Ehtiyotkorlik bilan: yurak ishemik kasalligi, serebrovaskulyar kasalliklar, dimlangan yurak yetishmovchiligi, dislipidemiya/giperlipidemiya, qandli diabet, periferik arteriyalar kasalliklari, chekish, kreatinin klirensi 60 ml/min dan kam; M IT yarali shikastlanishi rivojlanishi haqida anamnestik ma'lumotlar, Helicobacter pylori infektsiyasi mavjudligi, keksa yosh, NYQPlarni uzoq vaqt qo'llash, alkogolni tez-tez iste'mol qilish, og'ir somatik kasalliklar, quyidagi preparatlar bilan yo'ldosh terapiya: antikoagulyantlar (masalan, varfarin), antiagregantlar (masalan, atsetilsalitsil kislotasi, klopidogrel), peroral glyukokortikoidlar (masalan, prednizolon), serotoninni qayta qamrab oluvchi selektiv ingibitorlar (masalan, tsitalopram, fluoksetin, paroksetin, sertralin). M IT tomonidan noxush hodisalar rivojlanish xavfini kamaytirish uchun minimal samarali dozani minimal darajada qisqa kurs bilan qo'llash kerak. 16 yoshdan kichik bolalarga preparat faqat shifokor tavsiyasi bilan tayinlanadi.

Homiladorlik va laktatsiya davri

Nalgezin forte homiladorlik va emizish davrida qo'llash tavsiya etilmaydi.

Dori vositalarining o'zaro ta'siri

Antikoagulyantlar bilan davolashda naproksen qon ketish vaqtini oshirishi mumkinligini hisobga olish kerak. Preparatni boshqa NYQV bilan bir vaqtda qo'llash mumkin emas (nojo'ya ta'sirlar rivojlanishi xavfi ortadi).

Gidantoinlar, antikoagulyantlar yoki plazma oqsillari bilan sezilarli darajada bog'lanadigan boshqa dori preparatlarini bir vaqtda qabul qilayotgan bemorlar ushbu preparatlarning ta'siri kuchayishi yoki dozasi oshib ketishi belgilarini kuzatib borishlari kerak.

Nalgezin forte preparati propranolol va boshqa beta-adrenoblokatorlarning antigipertenziv ta'sirini kamaytirishi mumkin, shuningdek APF ingibitorlarini qo'llash bilan bog'liq buyrak yetishmovchiligi xavfini oshirishi mumkin. Naproksen ta'siri ostida furosemidning natriyuretik ta'siri ingibitsiya qilinadi. Litiyning buyrak klirensi ingibitsiya qilinishi plazmada litiy konsentratsiyasining oshishiga olib keladi. Probenitsid qabul qilish plazmada naproksen darajasini oshiradi. Siklosporin buyrak yetishmovchiligi rivojlanishi xavfini oshiradi.

Naproksen metotreksat, fenitoin, sulfanilamidlarning ekskretsiyasini sekinlashtiradi va ularning toksik ta'siri rivojlanishi xavfini oshiradi.

Magniy va alyuminiy saqlovchi antatsid preparatlar naproksenning so'rilishini kamaytiradi.

Agar siz boshqa kasalliklar yoki allergiyadan aziyat cheksangiz yoki boshqa dori vositalarini (shu jumladan shifokor reseptisiz beriladigan) qabul qilayotgan bo'lsangiz, davolovchi shifokoringizga xabar berishingiz kerak.

Dozirovkasi

DozalashIchga. Shifokor ko'rsatmalariga qat'iy rioya qiling. Shifokor bilan oldindan maslahatlashmasdan davolashni to'xtatmasligingiz yoki dozani o'zgartirmasligingiz kerak.

Shifokordan preparatdan foydalanish davomiyligini bilib oling.

Tavsiya etilgan terapiya sxemasi:

Og'riqni yengillashtirish uchun ishlatiladigan odatdagi sutkalik doza 1 - 2 tabletkani (550 -1100 mg) tashkil qiladi.

Juda kuchli og'riqlarda va anamnezda oshqozon-ichak kasalliklari bo'lmaganda shifokor sutkalik dozani 3 tabletkagacha (1650 mg) oshirishi mumkin, lekin 2 haftadan ko'p emas. Preparatni isitma tushiruvchi vosita sifatida qo'llashda boshlang'ich doza 1 tabletkani (550 mg) tashkil qiladi, keyin 1/2 tabletkadan (275 mg) har 6-8 soatda qabul qilinadi.

Migren xurujlarining oldini olish uchun 1 tabletkadan (550 mg) kuniga ikki marta tavsiya etiladi. Biroq, agar migren xurujlarining chastotasi, intensivligi va davomiyligi 4-6 hafta ichida kamaymasa, davolashni to'xtatish kerak. Migren xurujining birinchi belgilarida Siz 11/2 tabletka (825 mg), zarurat bo'lganda esa yana 1/2 -1 tabletka (275 - 550 mg) 30 daqiqadan so'ng qabul qilishingiz kerak.

Hayz ko'rishdagi og'riqlar va spazmlarni, BIV (bachadon ichi spirallari) kiritilgandan keyingi og'riqlarni va boshqa ginekologik og'riqlarni (adneksit, tug'ruq analgeziyalovchi va tokolitik vosita sifatida) yengillashtirish uchun preparatni 1 tabletkani (550 mg) tashkil qiluvchi boshlang'ich dozada, keyin 1/2 tabletkadan (275 mg) har 6-8 soatda tayinlash tavsiya etiladi.

Podagraning o'tkir xurujida boshlang'ich doza 1 1/2 tabletkani (825 mg) tashkil qiladi, keyin 8 soatdan keyin 1 tabletka (550 mg), so'ngra xuruj to'xtaguncha har 8 soatda 1/2 tabletka (275 mg).

Revmatoid kasalliklarda (revmatoid artrit, osteoartrit va ankilozlanuvchi spondilit) preparatning odatdagi boshlang'ich dozasi 1 -2 tabletkadan (550-1100 mg), kuniga ikki marta ertalab va kechqurun tashkil qiladi. 1 1/2 (825 mg) -3 tabletkani (1650 mg) tashkil qiluvchi boshlang'ich sutkalik doza yaqqol tungi og'riq va/yoki yaqqol ertalabki qotib qolish bo'lgan bemorlarga, boshqa nosteroid yallig'lanishga qarshi preparatlarning yuqori dozalaridan naproksen natriy bilan davolashga o'tkazilayotgan bemorlarga va og'riq yetakchi simptom bo'lgan bemorlarga tavsiya etiladi. Odatda sutkalik doza 1 tabletka (550 mg) - 2 tabletkani (1100 mg) tashkil qiladi, ikki qabulda tayinlanadi. Ertalabki va kechki dozalar bir xil bo'lmasligi mumkin. Davolovchi shifokor roziligi bilan Siz ularni simptomlarning ustunligiga, ya'ni tungi og'riq va/yoki ertalabki qotib qolishga qarab o'zgartirishingiz mumkin.

Agar Sizda preparatning ta'siri juda kuchli yoki kuchsiz degan taassurot paydo bo'lsa, davolovchi shifokor yoki farmatsevtga xabar bering.Dozani oshirib yuborishPreparatning dozasini sezilarli darajada oshirib yuborish uyquchanlik, dispeptik buzilishlar (jig'ildon qaynashi, ko'ngil aynishi va qusish, qorinda og'riq), holsizlik, quloqlarda shovqin, asabiylashish, og'ir holatlarda - qon aralash qusish, melena, ongning buzilishi, tirishishlar va buyrak yetishmovchiligi bilan tavsiflanishi mumkin.

Nalgezin forte preparatining katta miqdorini tasodifan yoki qasddan qabul qilgan bemorga oshqozonni yuvish va simptomatik terapiyani o'tkazish kerak: faollashtirilgan ko'mir, antatsidlar, H2 retseptorlari blokatorlari, proton pompasi ingibitorlari. Gemodializ samarasiz.
Diqqat: ushbu sahifadagi preparat tavsifi rasmiy yo‘riqnomaning soddalashtirilgan va to‘ldirilgan versiyasidir. Ma’lumot faqat tanishish maqsadida taqdim etilgan va o‘z-o‘zini davolash uchun qo‘llanma sifatida foydalanilmasligi kerak. NALGEZIN FORTE 0,55 tabletkalari N20 preparatini qabul qilishdan oldin albatta shifokor bilan maslahatlashing

NALGEZIN FORTE 0,55 tabletkalari N20 o'xshash dorilari

Bolnol DF eritmasi 3ml 75mg / 3ml N10
Bolnol DF eritmasi 3ml 75mg / 3ml N10
Hindiston
Ishlab chiqaruvchi:
Isshaan Healthcare Pvt. Ltd, Indiya proizvedeno: Lincoln Parenteral Ltd.
•6 ta dorixonada bor
Narxi
30 800 so'm dan
NAKLOFEN suppozitorii 50mg N10
Retseptli
NAKLOFEN suppozitorii 50mg N10
Sloveniya
Vakil:
KRKA
Ishlab chiqaruvchi:
Krka d.d.
NUROFEN tabletkalari 200mg N20
Retseptsiz
NUROFEN tabletkalari 200mg N20
Buyuk Britaniya
Ishlab chiqaruvchi:
Rekitt Benkizer Xelsker Interneshnl Ltd
•92 ta dorixonada bor
Narxi
40 000 so'm dan
TERAFLEKS ADVANS kapsulalar  N120
Retseptsiz
TERAFLEKS ADVANS kapsulalar N120
Germaniya
Vakil:
Bayer
Ishlab chiqaruvchi:
Bayer Consumer Care AG
Narxi
323 000 so'm dan

NALGEZIN FORTE 0,55 tabletkalari N20 xususiyatlari

Nalgezin boshqa chiqarish shakllari

NALGEZIN FORTE tabletkalari 550 mg N10
NALGEZIN FORTE tabletkalari 550 mg N10
Sloveniya
Ishlab chiqaruvchi:
KRKA, d.d., Novo mesto
•119 ta dorixonada bor
Narxi
25 900 so'm dan
NALGEZIN tabletkalari 220 mg N10
Retseptli
NALGEZIN tabletkalari 220 mg N10
Sloveniya
Ishlab chiqaruvchi:
KRKA d.d., Novo mesto

NALGEZIN FORTE 0,55 tabletkalari N20 analoglari

NAPROFF tabletkalari 550mg N10
Retseptli
NAPROFF tabletkalari 550mg N10
Turkiya
Vakil:
Rotapharm
Ishlab chiqaruvchi:
Rotapharm Ilaclari Limited Sirketi
•98 ta dorixonada bor
Narxi
31 900 so'm dan
NAPROFF gel 45g 10%
Retseptsiz
NAPROFF gel 45g 10%
Ruminiya
Ishlab chiqaruvchi:
Rotapharm, Velikobritaniya proizvedeno: S.C. Slavia Pharm S.R.L.
•79 ta dorixonada bor
Narxi
42 300 so'm dan
AKSEN FORT tabletkalari 550mg N10
Retseptli
AKSEN FORT tabletkalari 550mg N10
Turkiya
Ishlab chiqaruvchi:
Ali Raif Ilac San. A.S.
•72 ta dorixonada bor
Narxi
25 000 so'm dan
NAPROFF gel 45g 10%
NAPROFF gel 45g 10%
Turkiya
Vakil:
Rotapharm
Ishlab chiqaruvchi:
Rotapharm Ilacları Limited Sirketi, Tursiya proizvedeno: World Medicine Ilac San. ve Tic. A.S.
•79 ta dorixonada bor
Narxi
42 300 so'm dan

NALGEZIN FORTE 0,55 tabletkalari N20 haqida savollar

NALGEZIN FORTE 0,55 tabletkalari N20 haqida fikr-mulohazalar

Reyting 0, 0 ta sharh asosida

Alifbo bo'yicha dori vositalar ro'yxati

scroll-top

Biz portalimiz ishini takomillashtirish maqsadida cookie-fayllardan foydalanamiz. Ishni davom ettirar ekansiz, ulardan foydalanishga rozilik bildirgan bo‘lasiz. Batafsil