Apteka.uz
SavatKirish

PANTENOL aerozol 58mg 5%

Retseptsiz
Mahsulot haqida tafsilotlar
Ishlab chiqarilgan joyi:Rossiya Federatsiyasi
Kategoriya:Dermatologik
Faol modda:Dekspantenol
Ishlab chiqaruvchi:OAO "Farmstandart-Leksredstva"
Teglar:Chandiqdan
ATX kodi:D03AX03 Декспантенол
Barcha Pantenol dorilari
Mavjud emas
Dorixonadan topish
To‘lov va yetkazib berish usullari Toshkentda
Olib ketish
Ertaga yoki keyinroq 0 ta dorixonadan
Dorixonada karta yoki naqd to‘lov
Yetkazib berish
2 soat ichida yoki ertaga, yetkazib berish narxi onlayn dorixonada ko‘rsatilgan tarif bo‘yicha. Onlayn yoki kuryerga to‘lov

PANTENOL aerozol 58mg 5% haqida qo'llanma

Tarkibi va ishlab chiqarilish shakli

Sirtga qo‘llash uchun aerozol.

Bir ballon quyidagilarni saqlaydi:

faol modda: dekspantenol (D-pantenol) (100% moddaga qayta hisoblanganda) – 2,50 g;

yordamchi moddalar: emulsifikatsiya qiluvchi A tip setostearil spirti (setostearil spirti 80%, natriy setostearilsulfati 7%) – 0,75 g, makrogol glitserilkokoati – 0,50 g, propilenglikol – 5,00 g, metilparagidroksibenzoat (nipagin) – 0,10 g, kaliy digidrofosfati (kaliy monofosfati) – 0,36 g, natriy gidrofosfat dodekagidrati – 0,01 g, suv (tozalangan suv) – 40,78 g, tetraftoretan (xladon 134 a) – 8,00 g.

 

Farmakodinamikasi

Pantoten kislotasining hosilasidir. Organizmda deksapantenol koenzim A ning tarkibiy qismi bo‘lgan pantoten kislotasiga aylanadi va atsetillanish, uglevodlar hamda yog‘ almashinuvi jarayonlarida, atsetilxolin, kortikosteroidlar, porfirinlar sintezida ishtirok etadi, teri va shilliq qavat regeneratsiyasini rag‘batlantiradi, hujayra metabolizmini me’yorlashtiradi, mitozni tezlashtiradi va kollagen tolalarining mustahkamligini oshiradi. Regeneratsiya qiluvchi, metabolik va sust yallig‘lanishga qarshi ta’sir ko‘rsatadi.

 

Farmakokinetikasi

Mahalliy qo‘llanganda teri orqali tez so‘riladi va pantoten kislotasiga aylanadi, plazma oqsillari bilan (asosan beta-globulin va albumin bilan) bog‘lanadi, uning qondagi konsentratsiyasi — 0,5–1 mg/l, qon zardobidagi 100 mkg/l ni tashkil qiladi. Pantoten kislotasi organizmda metabolizmga uchramaydi (Ko-A ga kirishishidan tashqari), o‘zgarmagan holda chiqariladi.

 

Dori shakli

5% sirtga qo‘llash uchun aerozol.

Uzluksiz ta’sirga ega klapani va himoya qalpoqchasi bo‘lgan shisha yoki alyuminli ballonda 58 g.

1 ballon purkagichi va qo‘llash bo‘yicha yo‘riqnomasi bilan karton qutida.

Nojo'ya samaralari

Kam hollarda terining allergik reaksiyalari bo‘lishi mumkin.

 

Maxsus ko‘rsatmalari

Aerozolli ballon bosim ostida bo‘ladi! Shuning uchun uni tushib ketishlardan, zarblardan va bevosita quyosh nurlarining ta’siridan himoyalash lozim. Ballonni qo‘llash tugagandan keyin ochmaslik va yoqmaslik kerak. Preparatni ochiq olov yoki qizigan predmetlar yaqinida sepish mumkin emas.

Homiladorlik va emizish davrida qo‘llanishi

Pantenol Farmstandartni homiladorlik va emizish davrida ko‘rsatmalar bo‘yicha qo‘llash mumkin.

Transport vositalari, mexanizmlarni boshqarish qobiliyatiga ta’siri

Preparat transport vositalari va turli mexanizmlarni boshqarish, shuningdek yuqori diqqat va ruhiy harakat reaksiyalarining tezligini talab qiluvchi potensial xavfli faoliyat turlari bilan shug‘ullanishga ta’sir qilmaydi.

Preparat bolalar ololmaydigan joyda saqlansin va yaroqlilik muddati o‘tgach ishlatilmasin.

Qo'llanilishi

Terining qurishi, teri qoplamalari butunligining buzilishi: mayda shikastlanishlar, kuyishlar (shu jumladan quyoshdan), tirnalishlar, bullyoz dermatit, absess, furunkul, boldirning trofik yaralari, yotoq yaralar, yoriqlar, operatsiyadan keyingi aseptik jarohatlar, yomon bitadigan teri transplantatlari, bachadon bo‘yni eroziyasi, laktatsiya davrida ko‘krakni parvarish qilish (sut bezlari so‘rg‘ichlarining yoriqlari va yallig‘lanishi), emizikli bolalarni parvarish qilish (bichilish)da qo‘llanadi.

Qo'llanilishi mumkin bo'lmagan holatlar

Preparatning komponentlariga yuqori shaxsiy sezuvchanlikda qo‘llash mumkin emas.

 

Dori vositalarining o'zaro ta'siri

Pantenol Farmstandart aerozoli preparatining boshqa dori vositalari bilan o‘zaro ta’siri aniqlanmagan.

Adabiyot ma’lumotlariga ko‘ra, Pantenol Farmstandartni tizimli qo‘llanishi suktsinilxolinning samarasini uzaytirishi mumkin.

Dozirovkasi

Mahalliy shikastlangan sohaga surtiladi. Qo‘llashdan avval aerozol ballonini bir necha marta yaxshilab chayqatiladi va himoyalovchi qalpoq yechiladi. Klapan uchiga kiydirilgan uchlik shikastlangan sohaga keltiriladi va uchlikni sekin bosib, butun shikastlangan soha plyonka bilan qoplanishi uchun preparatni shikastlangan sohaga 10–20 sm masofada 1–2 soniya davomida sepiladi.

 

Dozani oshirib yuborilishi

Preparat dozasini oshirib yuborilish hollari aniqlanmagan. Preparat faqat sirtga qo‘llash uchun mo‘ljallanganligi tufayli, dozani oshirib yuborilish belgilari rivojlanish ehtimoli kam.

Diqqat: ushbu sahifadagi preparat tavsifi rasmiy yo‘riqnomaning soddalashtirilgan va to‘ldirilgan versiyasidir. Ma’lumot faqat tanishish maqsadida taqdim etilgan va o‘z-o‘zini davolash uchun qo‘llanma sifatida foydalanilmasligi kerak. PANTENOL aerozol 58mg 5% preparatini qabul qilishdan oldin albatta shifokor bilan maslahatlashing

PANTENOL aerozol 58mg 5% o'xshash dorilari

BEPANTEN krem 30g 5%
Retseptsiz
BEPANTEN krem 30g 5%
Germaniya
Ishlab chiqaruvchi:
Bayer Consumer Care AG, Shveysariya proizvedeno: GP Grenzach Productions GmbH
•120 ta dorixonada bor
Narxi
69 800 so'm dan
BEPANTEN maz 30g 5%
Retseptsiz
BEPANTEN maz 30g 5%
Germaniya
Vakil:
Bayer
Ishlab chiqaruvchi:
Bayer Consumer Care AG
•125 ta dorixonada bor
Narxi
62 600 so'm dan
GERPEVIR maz 15g 2,5%
GERPEVIR maz 15g 2,5%
Ukraina
Vakil:
Arterium
Ishlab chiqaruvchi:
Kievmedpreparat, PAO
•2 ta dorixonada bor
Narxi
39 000 so'm dan
EKZODERIL® lak 5% 2,5 ml
Retseptsiz
EKZODERIL® lak 5% 2,5 ml
Sloveniya
Ishlab chiqaruvchi:
Vladeles registrasionnogo udostovereniya Sandoz Farmasyutikalz d. d., Verovshkova 57, 1000 Lyublyana, Sloveniya. Proizvoditel Lek Farmasyutikalz d. d., Verovshkova 57, 1526 Lyublyana, Sloveniya.
•3 ta dorixonada bor
Narxi
223 000 so'm dan

PANTENOL aerozol 58mg 5% xususiyatlari

Pantenol boshqa chiqarish shakllari

PANTENOL AEROZOL pena 58 g 50 mg/g N1
Retseptsiz
PANTENOL AEROZOL pena 58 g 50 mg/g N1
Ukraina
Ishlab chiqaruvchi:
Mikrofarm, OOO
•2 ta dorixonada bor
Narxi
56 500 so'm dan
PANTENOL AEROZOL pena 116 g 50 mg/g N1
Retseptsiz
PANTENOL AEROZOL pena 116 g 50 mg/g N1
Ukraina
Ishlab chiqaruvchi:
Mikrofarm, OOO
•2 ta dorixonada bor
Narxi
77 000 so'm dan

PANTENOL aerozol 58mg 5% analoglari

BEPANTEN krem 5% 100g N1
Retseptsiz
BEPANTEN krem 5% 100g N1
Germaniya
Ishlab chiqaruvchi:
GP Grensax Produksions GmbX
•42 ta dorixonada bor
Narxi
118 000 so'm dan
BEPANTEN krem 5% 100g N1
Retseptsiz
BEPANTEN krem 5% 100g N1
Germaniya
Vakil:
Bayer
Ishlab chiqaruvchi:
Bayer Consumer Care AG
•42 ta dorixonada bor
Narxi
118 000 so'm dan
PANTODERM maz 30g 5%
Retseptsiz
PANTODERM maz 30g 5%
Rossiya Federatsiyasi
Ishlab chiqaruvchi:
Akrixin, AO
•104 ta dorixonada bor
Narxi
27 900 so'm dan
BEPANTEN krem 30g 5%
Retseptsiz
BEPANTEN krem 30g 5%
Germaniya
Ishlab chiqaruvchi:
Bayer Consumer Care AG, Shveysariya proizvedeno: GP Grenzach Productions GmbH
•120 ta dorixonada bor
Narxi
69 800 so'm dan
BEPANTEN maz 30g 5%
Retseptsiz
BEPANTEN maz 30g 5%
Germaniya
Vakil:
Bayer
Ishlab chiqaruvchi:
Bayer Consumer Care AG
•125 ta dorixonada bor
Narxi
62 600 so'm dan
BEPANTEN maz 5% 100g N1
Retseptsiz
BEPANTEN maz 5% 100g N1
Germaniya
Vakil:
Bayer
Ishlab chiqaruvchi:
Bayer Consumer Care AG
•91 ta dorixonada bor
Narxi
75 000 so'm dan

PANTENOL aerozol 58mg 5% haqida savollar

PANTENOL aerozol 58mg 5% haqida fikr-mulohazalar

Reyting 0, 0 ta sharh asosida

Ko‘rilgan mahsulotlar

Alifbo bo'yicha dori vositalar ro'yxati

scroll-top

Biz portalimiz ishini takomillashtirish maqsadida cookie-fayllardan foydalanamiz. Ishni davom ettirar ekansiz, ulardan foydalanishga rozilik bildirgan bo‘lasiz. Batafsil