×
×

Mahsulotning ko'rinishi saytdagi rasmdan farq qilishi mumkin.

MIKRAZIM kapsulalar 10000ed N50

Kategoriya:
- Ovqat hazm qilish
Ishlab chiqarilish joyi:
- Rossiya
Faol modda:
Панкреатин
Qadoqda soni:
- 50
Ishlab chiqaruvchi:
- АВВА РУС АО
ATX kodi:
- A09AA02
Noaniqliq haqida habar berish

O'xshash dorilar

KREON kapsulalar 150mg 10000YeD N20 Abbott Laboratories GmbH Germaniya
49 000 s`om dan
UNI FESTAL tabletkalari N100 Combitic Global Caplet Pvt. Ltd. Hindiston
59 900 s`om dan
MEZIM FORTE tabletkalari N20 Berlin-Chemie AG (Menarini Group), Германия произведено: Menarini-Von Heyden GmbH Germaniya
13 500 s`om dan
MIKRAZIM kapsulalar 25000ed N50 АВВА РУС АО Rossiya
230 000 s`om dan
Mahsulot haqida tafsilotlar
Saytda e'lon qilingan ma'lumotlar mutaxassislar uchun mo'ljallangan. O'zingizni-o'zingiz davolash bilan shug'ullanmang. Sog'lig'ingizga zarar bermaslik uchun mutaxassis bilan maslahatlashishga ishonch hosil qiling!
MIKRAZIM kapsulalar 10000ed N50 qo'lanishi bo'yicha ko'rsatmalar

QO‘LLASH BO‘YICHA YO‘RIQNOMA

MIKRAZIM®

MICRAZIM

 

Preparatning savdo nomi: Mikrazim®

Dori shakli: kapsulalar.

Tarkibi:

1 kapsula quyidagilarni saqlaydi:

faol moddalar:                                                        10000 TB                                25000 TB

Pakreatin kukunini saqlovchi ichakda eruvchi   168 mg*                                  420 mg*

pelletlar ko‘rinishida                                           125 mg                                    312 mg

bu:

proteaza                                                                   520 TB                                    1300 TB

amilaza                                                                     7500 TB                                  19000 TB

lipaza                                                                       10000 TB                                25000 TB

faolligiga mos keladi.

* – nominal lipolitik faollikka qayta hisoblaganda.

ichakda eruvchi pellet tarkibiga kiruvchi yordamchi moddalar: metakril kislotasi va etilakrilat sopolimeri [1:1] (30% li dispersiya ko‘rinishida, qo‘shimcha saqlangan polisorbat-80, natriy laurilsulfati) – 25,3 mg/63,2 mg, trietilsitrat – 5,1 mg/12,6 mg, 30% li simetikon emulsiyasini quruq massasi (32,6%) – 0,1 mg/0,3 mg, shu jumladan: dimetikon – 27,8%, cho‘ktirilgan kolloid kremniy – 1,3%, muallaq kolloid kremniy – 0,9%, metilsellyuloza – 2,5%, sorbin kislotasi – 0,1%, suv – 67,4%, talk –
12,6 mg/31,6 mg.

Kapsula qobig‘ining tarkibi:

korpusi: jelatin – 100% gacha, suv – 13-16%

qopqog‘i: jelatin – 100% gacha, suv – 13-16%, puns bo‘yovchisi (ponso 4R) – 0,6666%/0,7999%, xinolin sariq bo‘yovchisi – 0,1000%/0,3166%, patentlangan ko‘k bo‘yovchisi – 0,0200%/0,0053%, titan dioksidi – 1,2999%/2,9574%.

Ta‘rifi: jigarrang qopqoqli tiniq korpusli №2 o‘lchamli qattiq jelatin kapsulalar (10000 TB doza uchun) va to‘q zarg‘aldoq qopqoqli tiniq korpusli №0 o‘lchamli qattiq jelatin kapsulalar (25000 TB doza uchun).

Kapsulalarning ichidagisi: silindrik yoki dumaloq shaklli yoki noto‘g‘ri shaklli, och-jigarrangdan jigarrang rangligacha bo‘lgan, o‘ziga xos hidli pelletlar.

Farmakoterapevtik guruhi: ovqat hazm qiluvchi ferment vosita.

ATX kodi: A09AA02.

Farmakologik xususiyatlari

Mikrazim® – pankreatin pelletlarini saqlovchi kapsulalar. Preparatning tarkibiga ovqatdagi oqsil, yog‘ va uglevodlarni hazm bo‘lishini ta‘minlovchi hayvonlarning me‘da osti bezining tabiiy fermentlari – proteaza, lipaza va amilaza kiradi.

Mikrazim® preparati ichga qabul qilingandan keyin kapsulalar me‘dada tez eriydi, natijada kapsalalardan ichakda eruvchi qobiq bilan qoplangan pankreatin pelletlari ajralib chiqadi. O‘lchami kichikligi tufayli, pelletlar ovqat bilan tez va bir tekis aralashadi va bir vaqtda ovqat luqmasi bilan birga o‘nikki barmoq ichakka, so‘ngra esa ingichka ichakka oson o‘tadi. Ichakda pankreatik fermentlar ajralib chiqib, faol ta‘sir qila boshlaydi va ovqatning oqsillari, yog‘lari va uglevodlarini tez va to‘liq hazm bo‘lishiga yordam beradi.

Pankreatin pelletlarining me‘da ichidagi ovqat mahsulotlari bilan tez aralashib, bir tekis taqsimlanishi, ximus bilan bir vaqtda passaji (harakatlanishi), shuningdek fermentlarning faolligini, ularning ichakdagi ishi boshlangunicha saqlanib qolishi (pelletlarning ichakda eruvchi qobig‘i borligi tufayli), preparatning ovqat hazm qilish bo‘yicha ancha yuqori faolligini hamda ta‘sirini tabiiy ovqat hazm qilish jarayoniga maksimal yaqinlashishini ta‘minlaydi. Mikrazim® ning fermentativ faolligi ichga qabul qilinganidan so‘ng 30 minutdan keyin maksimal namoyon bo‘ladi, bu ta‘sirining tez boshlanishini ta‘minlaydi.

Proteaza, lipaza va amilaza substratlar bilan o‘zaro ta‘sir qilganidan so‘ng ichakning pastki qismlarida faolligini yo‘qotadi va ichakdagi moddalar bilan birga organizmdan chiqariladi.

Mikrazim® me‘da-ichak yo‘llaridan so‘rilmaydi va faqat ingichka ichak ichida ta‘sir qiladi.

Qo‘llanilishi

Me‘da osti bezining tashqi sekretor yetishmovchiligini o‘rinbosar davolash: surunkali pankreatit, pankreatektomiya, nurlanishdan keyingi holat, dispepsiya, mukovissidoz; meteorizm, noinfeksion genezli diareyada qo‘llanadi.

Ovqat hazm bo‘lishini buzilishi (me‘da va o‘nikki barmoq ichak rezeksiyasidan keyingi holat): me‘da-ichak yo‘llarining faoliyati normal bo‘lgan shaxslarda ovqatlanishdagi xatoliklarda, yog‘li ovqatni, katta miqdordagi ovqatni qabul qilish, muntazam ovqatlanmaslik, ovqat hazm qilishni yaxshilash uchun va chaynash faoliyatini buzilishlarida, kam harakatli hayot tarzida, uzoq muddatli immobilizasiyada qo‘llanadi. Remxeld sindromi (gastrokardial sindromi).

Qorin bo‘shlig‘i a‘zolarining rentgenologik tekshirishlari va UTT ga tayyorlashda qo‘llanadi.

Qo‘llash usuli va dozalari

Preparatning dozasi yosh, simptomlarning og‘irligi va parhezning tarkibiga qarab, individual ravishda tanlanadi. Dozani tanlash qayd qilingan Mikrazim® 10000 TB va Mikrazim® 25000 TB dori preparatlari yordamida amalga oshiriladi.

Kapsulalar ichga yetarli miqdordagi ishqoriy bo‘lmagan suyuqlik (suv, meva sharbatlari) bilan birga qabul qilinadi. Agar preparatning dozasi 1 kapsuladan ortiq bo‘lsa, kapsulalarning umumiy miqdorini yarmini bevosita ovqat qabul qilish oldidan, boshqa yarmini esa – ovqatlanish vaqtida qabul qilish kerak. Agar bir martalik doza – 1 kapsula bo‘lsa, uni ovqat vaqtida qabul qilish kerak.

Yutish qiyin bo‘lganida (masalan, bolalar yoki keksa odamlar), kapsulani ochish va pelletlarni, chaynashni talab qilmaydigan ovqatga (masalan, olma pyuresi, yogurt) qo‘shib berish mumkin. Pelletlarni maydalash va chaynash, shuningdek ularni, rN ko‘rsatkichi 5,5 dan yuqori bo‘lgan ovqatga qo‘shish, ularning me‘da shirasining ta‘siridan himoya qiluvchi qobig‘ini yemirilishiga olib keladi. Pelletlarning ovqat yoki suyuqlik bilan har qanday aralashmasi tayyorlangandan keyin darhol qabul qilinishi kerak.

1,5 yoshgacha bo‘lgan bolalar uchun ruxsat berilgan doza – sutkada 50 000 TB ni; 1,5 yoshdan katta bolalar uchun – sutkada 100 000 TB ni tashkil qiladi.

Pankreatinni qabul qilish davomiyligi bir necha kundan (ovqat hazm qilinishini buzilishi) to bir necha oylar yoki yillargacha (uzoq muddatli o‘rinbosar davolash) bo‘lishi mumkin.

Me‘da osti bezining turli xil ekzokrin yetishmovchiligini o‘rinbosar davolash.

Doza tashqi sekretor yetishmovchilikning darajasiga, pasientning shaxsiy ovqat yeyish odatlari va yoshiga qarab, individual ravishda tanlanadi.

Steatoreya (ahlatdagi yog‘ sutkada 15 g dan ortiq)

Ich ketishida, tana vazni kamayganida va parhez jiddiy samara bermaganida – har gal ovqat iste‘mol qilishda 25000 TB dan lipaza buyuriladi. Zarurat bo‘lganida va preparat yaxshi o‘zlashtirilganida doza bir qabul qilishda lipazaning dozasi 30000-35000 TB gacha oshiriladi. Dozani keyingi oshirilishi, ko‘pchilik hollarda davolash natijalarini yaxshilamaydi va tashxisni qayta ko‘rib chiqishni, rasionda yog‘ miqdorini kamaytirishni va/yoki qo‘shimcha proton nasosi ingibitorlari – preparatlarini buyurishni talab qiladi.

Ich ketishlari va tana vaznini kamayishi bilan kechmaydigan kuchsiz namoyon bo‘lgan steatoreyada bir qabul qilish uchun lipaza 10000 dan 25000 TB gacha dozada buyuriladi.

Mukovissidoz.

4 yoshdan kichik bolalar uchun boshlang‘ich hisoblangan dozasi, har bir ovqatlantirishda tana vaznining har kilogrammiga 1000 TB dozadagi lipazani, 4 yoshdan katta bolalar uchun har bir ovqat qabul qilishda har kilogrammga 500 TB lipazani tashkil qiladi. Doza kasallikning og‘irligi, steatoreyaning yaqqolligi va nutritiv statusga qarab, individual ravishda tanlanadi. Ko‘pchilik pasientlar uchun samarani bir maromda saqlab turuvchi doza sutkada tana vaznining har kilogramiga 10000 TB dan oshmasligi kerak.

Nojo‘ya ta‘sirlari

Preparatning komponentlariga allergik reaksiyalar bo‘lishi mumkin. Preparatning katta dozalari ishlatilganida kam hollarda diareya, ko‘ngil aynishi, qabziyatlar, epigastral sohada diskomfort kuzatiladi. Yuqori dozalarda uzoq vaqt qo‘llanganida giperurikozuriya, giperurikemiya rivojlanishi mumkin.

 

Qo‘llash mumkin bo‘lmagan holatlar

Pankreatinni yoki preparatning ayrim komponentlarini individual o‘zlashtiraolmaslik. O‘tkir pankreatitda, surunkali pankreatitni zo‘rayishida qo‘llash mumkin emas.

Dorilarning o‘zaro ta‘siri

Pankreatin temir preparatlari bilan bir vaqtda qo‘llanganida, temirni so‘rilishi pasayishi mumkin.

Maxsus ko‘rsatmalar

Pankreatinning ancha katta dozalari bilan uzoq vaqt davolanayotgan bolalar va kattalar muntazam mutaxassis kuzatuvida bo‘lishlari kerak.

Ferment bilan davolashning samarasizligini asosiy sabablari: fermentlarni o‘n ikki barmoq ichakda, uning ichidagisi bilan oksidlanishi natijasida faolsizlanishi; ingichka ichakning yondosh kasalliklari (gijja invaziyalari, disbakterioz); pasientlar tomonidan tavsiya qilingan davolash tartibini bajarmaslik; o‘z faolligini yo‘qotgan fermentlarni ishlatish hisoblanadi.

Homiladorlik vaqtida va laktasiya davrida qo‘llanishi

Pankreatinni homiladorlik va laktasiya davrida ishlatishning potensial xavflari to‘g‘risida ma‘lumotlar mavjud emas, shuning uchun preparatni homilador va emizikli onalarga faqat, agar davolashdan kutilayotgan samara yuz berishi mumkin bo‘lgan xavfdan ustun bo‘lgan hollardagina buyurish kerak.

Transport vositalari, mexanizmlarni boshqarish qobiliyatiga preparatning mumkin bo‘lgan ta‘siri haqida ma‘lumotlar

Alohida ma‘lumotlar yo‘q.

Preparat bolalar ololmaydigan joyda saqlansin va yaroqlilik muddati o‘tgach qo‘llanilmasin.

 

Dozani oshirib yuborilishi

Simptomlari: siydik kislotasining miqdorini siydikda (giperurikuriya) va qonda (giperurikemiya) oshishi. Bolalarda – qabziyatlar.

Davolash: preparatni bekor qilish, simptomatik davolash.

Chiqarilish shakli

Kapsulalar 10000 TB va 25000 TB.

10 kapsuladan polivinilxlorid plyonka va laklangan bosma alyuminiy folgali kontur uyali o‘ramlarda.

1, 2, 3, 4 yoki 5 kontur uyali o‘ramdan qo‘llash bo‘yicha yo‘riqnomasi bilan birga karton qutida.

Saqlash sharoiti

Namlikdan va yorug‘likdan himoyalangan joyda, 25oS dan yuqori bo‘lmagan haroratda.

 

Yaroqlilik muddati

2 yil.

 

Dorixonalardan berish tartibi

Reseptsiz..

Ulashish:

Fikr qoldirish
Baho:
              
Matnni kiriting

Ismingiz
Fikr-mulohazangiz moderator tekshiruvidan so'ng nashr etiladi

Mahsulot bo'yicha savolingiz bormi?

Savol qoldirish

Mulohazalar

MIKRAZIM kapsulalar 10000ed N50 dori vositasi O'zbekiston dori vositalari reestrida ro'yxatdan o'tganmi?
Ha, preparat O'zbekiston dori vositalari reestrida ro'yxatdan o'tgan.
MIKRAZIM kapsulalar 10000ed N50 dori vositasi ishlab chiqaruvchisi kim va u qaysi davlatda ishlab chiqarilgan?
MIKRAZIM kapsulalar 10000ed N50 dori vositasi АВВА РУС АО tomonidan Rossiya mamlakatida ishlab chiqarilgan.
MIKRAZIM kapsulalar 10000ed N50 dori vositasi resept bo’yicha sotiladimi?
MIKRAZIM kapsulalar 10000ed N50 dori vositasi resept bo'yicha sotiladigan dori

Analoglar
FORTE ENZIM tabletkalari N100
  • Ishlab chiqarilish joyi: Hindiston
  • Faol modda: Панкреатин ko'proq ko'rsatish
  • Ishlab chiqaruvchi: Rusan Pharma Ltd
Narh: 50 000 so'mdan Batafsil
PANZINORM 10000 kapsulalar N84
  • Ishlab chiqarilish joyi: Sloveniya
  • Faol modda: Панкреатин ko'proq ko'rsatish
  • Ishlab chiqaruvchi: Krka d.d.
PANZINORM 10000 kapsulalar N21
  • Ishlab chiqarilish joyi: Sloveniya
  • Faol modda: Панкреатин ko'proq ko'rsatish
  • Ishlab chiqaruvchi: Krka d.d.
Narh: 30 000 so'mdan Batafsil
MEZIM FORTE tabletkalari N80
  • Ishlab chiqarilish joyi: Germaniya
  • Faol modda: Панкреатин ko'proq ko'rsatish
  • Ishlab chiqaruvchi: Berlin-Chemie AG (Menarini Group), Германия произведено: Menarini-Von Heyden GmbH
MEZIM FORTE tabletkalari N20
  • Ishlab chiqarilish joyi: Germaniya
  • Faol modda: Панкреатин ko'proq ko'rsatish
  • Ishlab chiqaruvchi: Berlin-Chemie AG (Menarini Group), Германия произведено: Menarini-Von Heyden GmbH
Narh: 13 500 so'mdan Batafsil
PANKREATIN tabletkalari 25ed N60
  • Ishlab chiqarilish joyi: Rossiya
  • Faol modda: Панкреатин ko'proq ko'rsatish
  • Ishlab chiqaruvchi: Биосинтез, ПАО
Narh: 9 000 so'mdan Batafsil
PANZINORM FORTE 20000 tabletkalari N30
  • Ishlab chiqarilish joyi: Sloveniya
  • Faol modda: Панкреатин ko'proq ko'rsatish
  • Ishlab chiqaruvchi: Krka d.d.
Narh: 59 000 so'mdan Batafsil
PANZINORM FORTE 20000 tabletkalari N10
  • Ishlab chiqarilish joyi: Sloveniya
  • Faol modda: Панкреатин ko'proq ko'rsatish
  • Ishlab chiqaruvchi: Krka d.d.
ENZIREM kapsulalar 25000ed N20
  • Ishlab chiqarilish joyi: O'zbekiston
  • Faol modda: Панкреатин ko'proq ko'rsatish
  • Ishlab chiqaruvchi: Remedy Group СП OOO
ENZIREM kapsulalar 10000ed N20
  • Ishlab chiqarilish joyi: O'zbekiston
  • Faol modda: Панкреатин ko'proq ko'rsatish
  • Ishlab chiqaruvchi: Remedy Group СП OOO
MEZIM FORTE 10000 tabletkalari N20
  • Ishlab chiqarilish joyi: Germaniya
  • Faol modda: Панкреатин ko'proq ko'rsatish
  • Ishlab chiqaruvchi: Berlin Chemie AG (Menarini Group)
Narh: 15 000 so'mdan Batafsil
PANKREATIN tabletkalari 25ed N60
  • Ishlab chiqarilish joyi: Rossiya Federatsiyasi
  • Faol modda: Панкреатин ko'proq ko'rsatish
  • Ishlab chiqaruvchi: Ирбитский ХФЗ,ОАО
Narh: 9 000 so'mdan Batafsil
KREON kapsulalar 300mg 25000YeD N20
Narh: 97 990 so'mdan Batafsil
KREON kapsulalar 150mg 10000YeD N20
Narh: 49 000 so'mdan Batafsil
LAKRIZIM kapsulalar 150mg N10
  • Ishlab chiqarilish joyi: O'zbekiston
  • Faol modda: Панкреатин ko'proq ko'rsatish
  • Ishlab chiqaruvchi: LAXISAM Pharmaceuticals, OOO
ZEMITRA NEO tabletkalari N20
  • Ishlab chiqarilish joyi: O'zbekiston
  • Faol modda: Панкреатин ko'proq ko'rsatish
  • Ishlab chiqaruvchi: Remedy Group,СП,ООО Узбекско-Британское
TRIZIM tabletkalari N20
Narh: 13 400 so'mdan Batafsil
TRIZIM MIKROKAPS kapsulalar 10000ed N20
Narh: 36 000 so'mdan Batafsil
KREAZIM kapsulalar 10000ed N20
  • Ishlab chiqarilish joyi: O'zbekiston
  • Faol modda: Панкреатин ko'proq ko'rsatish
  • Ishlab chiqaruvchi: Nika Pharm, ООО для Neville Servis, ООО
GRESTAL tabletkalari N10
  • Ishlab chiqarilish joyi: O'zbekiston
  • Faol modda: Панкреатин ko'proq ko'rsatish
  • Ishlab chiqaruvchi: Grace pharma, ООО
UNI FESTAL tabletkalari N100
  • Ishlab chiqarilish joyi: Hindiston
  • Faol modda: Панкреатин ko'proq ko'rsatish
  • Ishlab chiqaruvchi: Combitic Global Caplet Pvt. Ltd.
Narh: 59 900 so'mdan Batafsil
KREZAM 10000 kapsulalar N10
  • Ishlab chiqarilish joyi: Gruziya
  • Faol modda: Панкреатин ko'proq ko'rsatish
  • Ishlab chiqaruvchi: GM Pharmaceuticals Ltd, OOO
  • Vakil: GMP
Narh: 24 000 so'mdan Batafsil
MEZZEN FORTE tabletkalari N20
  • Ishlab chiqarilish joyi: Hindiston
  • Faol modda: Панкреатин ko'proq ko'rsatish
  • Ishlab chiqaruvchi: God Gift Laboratory Pvt. Ltd.
Narh: 8 000 so'mdan Batafsil
KARENZIM 10000 kapsulalar 150mg N30
  • Ishlab chiqarilish joyi: Hindiston
  • Faol modda: Панкреатин ko'proq ko'rsatish
  • Ishlab chiqaruvchi: Karan Healthcare (P) Ltd, Индия произведено: Banson Pharmaceuticals Pvt. Ltd
Narh: 66 000 so'mdan Batafsil
PANZINORM 10000 kapsulalar N56
  • Ishlab chiqarilish joyi: Sloveniya
  • Faol modda: Панкреатин ko'proq ko'rsatish
  • Ishlab chiqaruvchi: Krka d.d.
ENZISTAL P tabletkalari N20
  • Ishlab chiqarilish joyi: Hindiston
  • Faol modda: Панкреатин ko'proq ko'rsatish
  • Ishlab chiqaruvchi: Torrent Pharmaceuticals Ltd
Narh: 42 000 so'mdan Batafsil
PANKREATIN FORTE tabletkalari N20
  • Ishlab chiqarilish joyi: Rossiya
  • Faol modda: Панкреатин ko'proq ko'rsatish
  • Ishlab chiqaruvchi: Биосинтез, ПАО
Narh: 5 700 so'mdan Batafsil
MIKRAZIM kapsulalar 25000ed N20
  • Ishlab chiqarilish joyi: Rossiya
  • Faol modda: Панкреатин ko'proq ko'rsatish
  • Ishlab chiqaruvchi: АВВА РУС АО
Narh: 82 000 so'mdan Batafsil
MIKRAZIM kapsulalar 10000ed N20
  • Ishlab chiqarilish joyi: Rossiya
  • Faol modda: Панкреатин ko'proq ko'rsatish
  • Ishlab chiqaruvchi: АВВА РУС АО
Narh: 38 000 so'mdan Batafsil
MIKRAZIM kapsulalar 25000ed N50
  • Ishlab chiqarilish joyi: Rossiya
  • Faol modda: Панкреатин ko'proq ko'rsatish
  • Ishlab chiqaruvchi: АВВА РУС АО
Narh: 230 000 so'mdan Batafsil
Ishlab chiqaruvchining dorilari
EKOFURIL kapsulalar 200mg N16
Narh: 48 000 so'mdan Batafsil
EKOFURIL kapsulalar 100mg N30
Narh: 30 000 so'mdan Batafsil
LAKTOFILTRUM tabletkalari N60
Narh: 63 000 so'mdan Batafsil
EKOZITRIN tabletkalari 500mg N14
EKOZITRIN tabletkalari 250mg N14
Narh: 39 900 so'mdan Batafsil
MIKRAZIM kapsulalar 25000ed N20
  • Ishlab chiqarilish joyi: Rossiya
  • Faol modda: Панкреатин ko'proq ko'rsatish
  • Ishlab chiqaruvchi: АВВА РУС АО
Narh: 82 000 so'mdan Batafsil
MIKRAZIM kapsulalar 10000ed N20
  • Ishlab chiqarilish joyi: Rossiya
  • Faol modda: Панкреатин ko'proq ko'rsatish
  • Ishlab chiqaruvchi: АВВА РУС АО
Narh: 38 000 so'mdan Batafsil
MIKRAZIM kapsulalar 25000ed N50
  • Ishlab chiqarilish joyi: Rossiya
  • Faol modda: Панкреатин ko'proq ko'rsatish
  • Ishlab chiqaruvchi: АВВА РУС АО
Narh: 230 000 so'mdan Batafsil
MOTONIUM tabletkalari 10mg N30
Narh: 30 900 so'mdan Batafsil
EKOMED tabletkalari 500mg N3
EKOKLAV poroshok 25 mg 250 mg+ 62,5 mg
EKOKLAV poroshok 25 mg 125 mg+31,25 mg
EKOKLAV tabletkalari 501 mg+125 mg N15
LAKTOFILTRUM tabletkalari N30
Narh: 65 000 so'mdan Batafsil
FILTRUM STI tabletkalari 0,4g N10
FILTRUM STI tabletkalari 0,4g N50
URSOLIV kapsulalar 250mg N100
EKOMED tabletkalari 250mg N6
  • A
  • B
  • D
  • E
  • F
  • G
  • H
  • I
  • J
  • K
  • L
  • M
  • N
  • O
  • P
  • Q
  • R
  • S
  • T
  • U
  • V
  • X
  • Y
  • Z
  • Ch
  • Sh
  • 0-9