Apteka.uz
SavatKirish

KREZAM 10000 kapsulalar N10

Retseptsiz
Mahsulot haqida tafsilotlar
Ishlab chiqarilgan joyi:Gruziya
Faol modda:Pankreatin
Ishlab chiqaruvchi:GM Pharmaceuticals Ltd, OOO
Vakil:GMP
ATX kodi:A09AA02
Barcha KREZAM dorilari
3 ta dorixonada bor
Narxi 27 000 so'm dan
Dorixonadan topish
To‘lov va yetkazib berish usullari Toshkentda
Olib ketish
Ertaga yoki keyinroq 3 ta dorixonadan
Dorixonada karta yoki naqd to‘lov
Yetkazib berish
2 soat ichida yoki ertaga, yetkazib berish narxi onlayn dorixonada ko‘rsatilgan tarif bo‘yicha. Onlayn yoki kuryerga to‘lov

KREZAM 10000 kapsulalar N10 qo'llanmasi

Tarkibi va ishlab chiqarilish shakli

Krezam 10000 preparatining bir kapsulasi ferment faolligi:

lipaza ---------------------------------- 10000 TB. (Ph.Eur.)

amilaza -------------------------------- 8000 TB. (Ph.Eur.)

proteaza ------------------------------- 600 TB. (Ph.Eur.) boʻlgan 225 mg pankreatin saqlaydi,

Kapsulalar meʼda shirasi taʼsiriga chidamli boʻlgan ichakda eruvchi minimikrosferalarda pankreatin saqlaydi.

Farmakologik ta'siri

Ovqat hazm qilish jarayonlarini yaxshilovchi ferment preparat. Preparatning tarkibiga kiruvchi fermentlar – amilaza, lipaza va proteaza oqsillar, yogʻlar, uglevodlarni parchalanishini yengillashtiradi, bu ularni ingichka ichakdan yanada toʻliq soʻrilishiga olib keladi.

Krezam kapsulalari meʼdada tez eriydi va yuzlab minimikrosferlarni ajratib chiqaradi. Koʻp birlikka ega dozaning prinsipini maqsadi minimikrosferlarni ichakning ichidagi tarkibiy qismi bilan aralashib ketadi va keyinchalik ichakning ichidan ajralib chiqqanidan soʻng, fermentlarning yaxshi taqsimlanishi yuz beradi. Minimikrosferalar ingichka ichakka tushganida ichakda eruvchi qobigʻi eriydi, lipolitik, amilolitik va proteolitik faolligi boʻlgan fermentlarni bilan ajralib chiqishi yuz beradi, bu yogʻlarni, kraxmal va lipidlarni dezintegratsiyasiga olib keladi.

Lipaza – yogʻlarni gidroliz yoʻli bilan yogʻ kislotalari va glitserolgacha, amilaza – uglevodlarni dekstrinlar va qandgacha, proteaza – oqsillargacha parchalaydi.

Maxsus saqlash sharoitlari

Krezam kapsulalarini va/yoki minimikrosferalarni chaynamasdan, yetarli miqdordagi suyuqlik bilan qabul qilish lozim.

Preparat bilan uzoq muddat davolanganda, mukovissidozi boʻlgan bolalar mutaxassisning doimiy nazorati ostida boʻlishlari lozim.

Pankreatin preparatlarining yuqori dozalarini qabul qilayotgan mukovissidozi boʻlgan patsiyentlarga preparat ehtiyotkorlik bilan buyuriladi. Mukovissidozi boʻlgan patsiyentlarda ingichka ichakning taʼsirlanishini istisno qilish maqsadida, ayniqsa agar patsiyent sutkada tana vazniga nisbatan 10000 B/kg (Ph.Eur.) dan yuqori dozalarni qabul qilgan hollarda ehtiyotkorlik choralari sifatida barcha noodatiy simptomlar yoki qorin boʻshligʻidagi oʻzgarishlarni nazorat qilish tavsiya etiladi.

Qo'llanilishi

Quyidagi hollarda meʼda osti bezining ekzokrin funksiyasining yetishmovchiligini davolashda oʻrinbosar terapiya sifatida qoʻllaniladi:

mukovissidoz;
surunkali pankreatit;
pankreatektomiya;
meʼda osti bezi raki;
oʻsma oqibatidagi ichki bezlarning yoʻllarni obstruksiyasi (masalan meʼda osti bezining yoki umumiy oʻt yoʻllarining obstruksiyasi);
Shvaxman-Daymond sindromi;
keksalarda.
Quyidagi hollarda:

xoletsistektomidan keyingi holat;
meʼdani qisman rezeksiyasi (Bilrot-Ι/ΙΙ);
total gastrektomiya;
duodeno- va gastrostaz;
biliar obstruksiya;
xolestatik gepatit;
jigar sirrozi;
ingichka ichakning terminal qismining patologiyasi;
ingichka ichakda bakteriyalarni haddan ziyod oʻsib ketishida ovqat hazm qilish jarayonlarini buzilishini simptomatik davolash uchun qoʻllaniladi.
Shuningdek preparat:

meʼda-ichak yoʻllarining funksiyasi normal boʻlgan patsiyentlarda ovqatlanishda ovqat hazm boʻlishini yaxshilash uchun,
qorin boʻshligʻi aʼzolarini rentgenologik va ultratovush tekshiruvlarini oʻtkazish uchun qoʻllaniladi.

Qo'llanilishi mumkin bo'lmagan holatlar

preparatning komponentlariga yuqori sezuvchanlik;
oʻtkir pankreatit, surunkali pankreatitning zoʻrayish bosqichi;
qonda bilirubin miqdorini oshishi bilan kechuvchi ogʻir jigar kasalliklari;
mexanik sariqlik;
oʻt pufagi empiyemasi;
ichak tutilishida qoʻllash mumkin emas.
Preparatni homiladorlik va laktatsiya davrida qoʻllash xavfsizligi aniqlanmagan.

Dozirovkasi

Preparatning dozasi va davolanish davomiyligi kasallikning ogʻirligi va parhezning tarkibiga qarab, individual ravishda belgilanadi.

Krezam 10000 ning 1 kapsuladan ortiq qabul qilish zarurati boʻlsa, bir kapsulani ovqatdan oldin, qolganlarini – ovqatlanish vaqtida qabul qilinadi.

Kapsulalarni yoki minimikrosferalarni butunligicha, ularni boʻlmasdan va chaynamasdan, yetarli miqdordagi suyuqlik bilan yutish lozim. Yutish qiyin boʻlganida (masalan, kichik yoshdagi bolalar yoki keksa yoshli patsiyentlarda) kapsulalarni ehtiyotkorlik bilan ochiladi, minimikrosferalarni chaynashni talab etmaydigan suyuq ovqatga qoʻshiladi yoki suyuqlik bilan qabul qilinadi va tayyorlanishi bilanoq darhol qabul qilinadi.

Minimikrosferalarni boʻlish yoki chaynash, shuningdek rN 5,5 dan yuqori boʻlgan ovqatlarga qoʻshish, ularning meʼda shirasining taʼsiridan himoya qiluvchi kapsulasini buzilishiga olib keladi.

Minimikrosferalarning ovqat yoki suyuqlik bilan birgalikdagi har qanday aralashmasi saqlanishi mumkin emas va uni tayyorlanishi bilanoq darhol qabul qilish lozim.

Yetarli miqdordagi suyuqlikni doimo qabul qilish, ayniqsa suyuqlik koʻp yoʻqotilganida muhimdir. Suyuqlikni yetarli miqdorda qabul qilmaslik qabziyatga sabab boʻlishi mumkin.

Agar patsiyent Krezamni oʻz vaqtida qabul qilishni unutgan boʻlsa, oʻtkazib yuborilgan dozani ovqatdan keyin darhol qabul qilish mumkin. Kechiktirib qabul qilish maqsadga muvofiq emas. Navbatdagi ovqatni qabul qilish vaqtida preparatning oddiy dozasini qabul qilish lozim. Oʻtkazib yuborilgan dozani oʻrnini bosish uchun ikki barobar dozani qabul qilish mumkin emas.

Mukovissidoz:

Tana vazniga qarab doza individual ravishda belgilanadi.

4 yoshgacha boʻlgan bolalar uchun lipazaning boshlangʻich dozasi 1000 TB. (Ph.Eur.)/kg har bir ovqatlanishda, 4 yoshdan katta bolalar uchun - 500 TB. (Ph.Eur.)/kg har bir ovqatlanishda.

Kasallik simptomlarining yaqqolligiga, steatoreya nazoratining natijalariga qarab va yaxshi ovqatlanish holatini tutib turish uchun dozani aniqlash lozim.

Koʻpchilik patsiyentlarda doza sutkada 10000 TB/kg dan (Ph.Eur.) (lipazaga hisoblab) oshmasligi lozim.

Krezam 10000 kapsulasining ichidagisini bir nechta marta qabul qilishga boʻlish qiyin, davolashni tana vazni kamida 10 kg boʻlgan bolalardan boshlash tavsiya etiladi.



Meʼda osti bezining ekzokrin yetishmovchiligi bilan kechuvchi boshqa holatlarda dozalash tartibi:

Dozalashni ovqat hazm qilishning yetishmovchiligi darajasiga tegishli boʻlgan patsiyentning shaxsiy xususiyatlariga va ovqatdagi yogʻlarning tarkibiga qarab aniqlash kerak.

Ovqatni asosiy qabul qilinishi (tushlik, nonushta yoki kechki ovqat) bilan lipazaning dozasi 20000 dan 75000 TB (Ph.Eur.) gachani tashkil qiladi, yengil tamaddi qilish vaqtida – 5000 dan 25000 TB (Ph.Eur.) gachani tashkil qiladi.

Preparatning oddiy boshlangʻich dozasi ovqatni asosiy qabul qilinishi bilan 10000-25000 TB lipazani tashkil etadi. Biroq, steatoreyani kamaytirish va ovqatlanishni yaxshi holatini tutib turish uchun yanada yuqoriroq dozalar talab etilishi mumkin. Odatiy klinik amaliyotlarga muvofiq patsiyent ovqat bilan kamida 20000-50000 TB (Ph.Eur.) lipaza qabul qilishi lozim.

Diqqat: ushbu sahifadagi preparat tavsifi rasmiy yo‘riqnomaning soddalashtirilgan va to‘ldirilgan versiyasidir. Ma’lumot faqat tanishish maqsadida taqdim etilgan va o‘z-o‘zini davolash uchun qo‘llanma sifatida foydalanilmasligi kerak. KREZAM 10000 kapsulalar N10 preparatini qabul qilishdan oldin albatta shifokor bilan maslahatlashing

KREZAM 10000 kapsulalar N10 o'xshash dorilari

FESTAL draje 200mg N20
FESTAL draje 200mg N20
Hindiston
Vakil:
Sanofi
Ishlab chiqaruvchi:
Sanofi Indiya Limited
Narxi
20 000 so'm dan
PANZINORM FORTE 20000 tabletkalari N30
Retseptsiz
PANZINORM FORTE 20000 tabletkalari N30
Sloveniya
Vakil:
KRKA
Ishlab chiqaruvchi:
Krka d.d.
•14 ta dorixonada bor
Narxi
67 200 so'm dan
PANZINORM 10000 kapsulalar  N56
Retseptsiz
PANZINORM 10000 kapsulalar N56
Sloveniya
Vakil:
KRKA
Ishlab chiqaruvchi:
Krka d.d.
TRIZIM tabletkalari N20
Retseptsiz
TRIZIM tabletkalari N20
O'zbekiston
Vakil:
Nika Pharm
Ishlab chiqaruvchi:
Nika Pharm
•123 ta dorixonada bor
Narxi
17 900 so'm dan

KREZAM 10000 kapsulalar N10 analoglari

PENZITAL tabletkalari N80
PENZITAL tabletkalari N80
Hindiston
Ishlab chiqaruvchi:
Shreya Layf Saensiz Pvt Ltd
PENZITAL tabletkalari N20
PENZITAL tabletkalari N20
Hindiston
Ishlab chiqaruvchi:
Shreya Life Sciences PVT. LTD.
ENZISTAL tabletkalari N80
ENZISTAL tabletkalari N80
Hindiston
Ishlab chiqaruvchi:
Torrent Farmasyutikals Ltd
MIKRAZIM kapsulalar  10000ed N50
Retseptsiz
MIKRAZIM kapsulalar 10000ed N50
Rossiya Federatsiyasi
Ishlab chiqaruvchi:
AVVA RUS AO
MIKRAZIM kapsulalar  25000ed N50
Retseptsiz
MIKRAZIM kapsulalar 25000ed N50
Rossiya Federatsiyasi
Ishlab chiqaruvchi:
AVVA RUS AO
MIKRAZIM kapsulalar  10000ed N20
Retseptsiz
MIKRAZIM kapsulalar 10000ed N20
Rossiya Federatsiyasi
Ishlab chiqaruvchi:
AVVA RUS AO
•90 ta dorixonada bor
Narxi
40 000 so'm dan
MIKRAZIM kapsulalar  25000ed N20
Retseptsiz
MIKRAZIM kapsulalar 25000ed N20
Rossiya Federatsiyasi
Ishlab chiqaruvchi:
AVVA RUS AO
•22 ta dorixonada bor
Narxi
94 000 so'm dan
PANKREATIN FORTE tabletkalari N20
Retseptsiz
PANKREATIN FORTE tabletkalari N20
Rossiya Federatsiyasi
Ishlab chiqaruvchi:
Biosintez, PAO
•53 ta dorixonada bor
Narxi
8 100 so'm dan
ENZISTAL P tabletkalari N20
Retseptsiz
ENZISTAL P tabletkalari N20
Hindiston
Ishlab chiqaruvchi:
Torrent Pharmaceuticals Ltd
MEZIM 20000 tabletkalari N20
Retseptsiz
MEZIM 20000 tabletkalari N20
Germaniya
Ishlab chiqaruvchi:
Berlin-Xemi AG
PANZINORM FORTE 20000 tabletkalari N30
Retseptsiz
PANZINORM FORTE 20000 tabletkalari N30
Sloveniya/Rossiya
Ishlab chiqaruvchi:
KRKA, d.d.,Novo mesto AO/KRKA-RUS, OOO
•14 ta dorixonada bor
Narxi
67 200 so'm dan
PANZINORM FORTE 20000 tabletkalari N10
Retseptsiz
PANZINORM FORTE 20000 tabletkalari N10
Sloveniya/Rossiya
Ishlab chiqaruvchi:
KRKA, d.d.,Novo mesto AO/KRKA-RUS, OOO

KREZAM 10000 kapsulalar N10 narxlari va Toshkentdagi dorixonalardagi mavjudligi

Maks Medico Biznes
Uchtepa tumani, Zulfizar ko'chasi, 119-uy
Du, Se, Ch, Pa, Ju, Sh, Ya | 09:00-18:00
30 000 so'm

KREZAM 10000 kapsulalar N10 haqida savollar

KREZAM 10000 kapsulalar N10 haqida fikr-mulohazalar

Reyting 0, 0 ta sharh asosida

Alifbo bo'yicha dori vositalar ro'yxati

scroll-top

Biz portalimiz ishini takomillashtirish maqsadida cookie-fayllardan foydalanamiz. Ishni davom ettirar ekansiz, ulardan foydalanishga rozilik bildirgan bo‘lasiz. Batafsil