MEZIM FORTE 10000 tabletkalari N20

vqatni hazm qilishga yordam beruvchi vositalar, jumladan fermentlar, ferment preparatlar, polifermentlar (lipaza, proteza va hokazolar)
MEZIM FORTE 10000 tabletkalari N20 haqida qo'llanma
Saqlash shartlari
30°C dan yuqori boʼlmagan haroratda saqlansin.
Ushbu dori vositasini bolalar qoʼli yetmaydigan joyda saqlansin.
Dori preparatlarini kanalizatsiyaga yoki maishiy chiqindilar bilan tashlab yubormang. Kerak boʼlmagan dori preparatini utilizatsiya qilish boʼyicha dorixona xodimi bilan maslahatlashing. Bu choralar atrof-muhit himoyasiga yordam beradi.
Sotish shartlari
Retseptsiz.
Tarkibi va ishlab chiqarilish shakli
Tarkibi:
ichakda eruvchi bir tabletka quyidagilarni saqlaydi:
faol modda:
pankreatin 80 – 111,111 mg:
lipaza faolligi 10 000 TB. Ph. Eur./tabletka
amilaza faolligi kamida 7 500 TB. Ph. Eur./tabletka
proteaza faolligi kamida 375 TB. Ph. Eur./tabletka
yordamchi moddalar: laktoza monogidrati; mikrokristall sellyuloza; suvsiz kolloidli kremniy dioksidi; krospovidon, А turi; magniy stearati (Ph. Eur.); metakril kislota va etilakrilat sopolimeri (dispersiya 1:1), 30%; gipromelloza; trietiltsitrat; titan dioksidi (E 171); talьk; 30% li simetikon emulьsiyasi (quruq massa); makrogol 6000; karmellozaning natriyli tuzi; polisorbat 80; azorubin laki (E 122); natriy gidroksidi.
Chiqarilish shakli
Tabletkalar qattiq, lak bilan qoplangan alyumin folga bilan payvandlangan yumshoq laminatsiyalangan alyumin folgadan tayyorlangan blisterlarga qadoqlanadi.
Аsl qadoq quyidagi miqdordagi tabletkalarga moʼljallangan:
10 tabletka
20 tabletka
50 tabletka
100 tabletka.
Savdoda barcha oʼlchamlardagi qadoqlar boʼlmasligi mumkin.
Farmakodinamikasi
Mezim® forte 10000 preparatida pankreatin saqlanadi. Lipaza, alьfa-amilaza, tripsin va ximotripsinning ekskretor fermentlaridan tashqari pankreatin tarkibida boshqa fermentlar, hamda fermentativ faollikka ega boʼlmagan boshqa yondosh moddalar ham saqlanadi.
Ovqat hazm qilish samaradorligi fermentlar faolligi, hamda galenli shakl bilan belgilanadi. Hal qiluvchi omil boʼlib lipazaning fermentativ faolligi, hamda tripsinning miqdori hisoblanadi, shu bilan birga amilolitik faollik faqat mukovistsidozni davolashda ahamiyatga ega, chunki hatto surunkali pankreatitda ham polisaxaridlarning parchalanishi buzilmaydi.
Pankreatik lipaza triatsilglitserid molekulasidan 1 va 3 holatlardagi yogʼ kislotalarini ajratib chiqaradi. Bunda hosil boʼluvchi erkin yogʼ kislotalari va 2-monoglitseridlar, asosan ingichka ichakning yuqori boʼlimida, oʼt kislotalarining ishtirokida tez soʼriladi. Hayvonlarning meʼda osti bezi lipazasi xuddi odam lipazasi kabi, kislotalarning taʼsiriga chidamsiz, yaʼni uning lipolitik samarasi rN qiymati 4 dan past boʼlganida ortga qaytmas faolsizlantiriladi. Shuning uchun, Mezim® forte 10000 preparati ichakda eruvchi dori shakli koʼrinishida chiqariladi.
Tripsin tripsinogendan avtokatalitik yoʼl bilan yoki ingichka ichakning enterokinazasi taʼsiri ostida faollashadi va boshqa proteolitik fermentlarning faollashuvini chaqiradi. U endopeptidaza sifatida lizin va arginin ishtirok etuvchi peptid aloqalarni parchalaydi va boshqa fermentlar bilan bir qatorda peptid aloqalarning parchalanishi hisobiga aminokislotalargacha va katta boʼlmagan peptidlargacha proteolizni taʼminlaydi. Yaqinda oʼtkazilgan tadqiqotlar asosida, ingichka ichakning yuqori boʼlimida faol tripsin meʼda osti bezini ragʼbatlantirilgan sekretsiyasini qayta aloqa tamoyili boʼyicha ingibirlaydi deb hisoblanmoqda. Baʼzi tadqiqotlarda taʼriflangan pankreatin preparatining ogʼriq qoldiruvchi taʼsiri ushbu samara bilan ifodalangan.
Аlьfa-amilaza endoamilaza kabi, glyukoza saqlovchi polisaxaridlarni juda tez parchalaydi, shuning uchun uning faolligi, odatda hatto meʼda osti bezining sekretor faolligini ahamiyatli yomonlashishi bilan kechuvchi kasalligida ham yetarli.
Farmakokinetikasi
Soʼrilishi
Pankreatin meʼda-ichak yoʼlida soʼrilmaydi, balki axlat bilan chiqariladi, uning katta qismi meʼda shirasi yoki bakteriyalar taʼsiri ostida parchalanadi yoki denaturatsiyaga uchraydi.
Biokiraolishligi
Tabletkalarni ichakda eruvchi qobigʼi kislotaga sezuvchan fermentlarni meʼda orqali oʼtish vaqtida meʼda shirasi tomonidan faolsizlantirishdan himoyalaydi. Faqat ingichka ichakda neytral yoki past ishqoriy muhitda qobiq eriganidan keyin, fermentlar ajralib chiqariladi. Pankreatin soʼrilmaydi; uning farmakokinetikasi va biokiraolishligining tafsilotlari mavjud emas.
Pankreatinning samaradorligi galenli shakldan fermentlarning ajralib chiqish darajasi va tezligi bilan belgilanib, ushbu galenli shaklga muvofiq keladi.
Farmakoterapevtik guruh
vqatni hazm qilishga yordam beruvchi vositalar, jumladan fermentlar, ferment preparatlar, polifermentlar (lipaza, proteza va hokazolar)
Nojo'ya samaralari
Nojoʼya taʼsirlarning vujudga kelish tez-tezligini baholash negiziga quyidagi mezonlar kiritilgan:
Juda tez-tez (1/10)
Tez-tez (1/100dan 1/10 gacha)
Baʼzida (1/1000dan 1/100 gacha)
Kam hollarda (1/10 000dan 1/1000 gacha)
Juda kam hollarda (<1/10000)
Nomaʼlum (mavjud boʼlgan maʼlumotlarga asosan baholash imkoni yoʼq)
Immun tizimi tomonidan buzilishlar
Juda kam hollarda
- tezkor turdagi allergik reaktsiyalar (teri toshmasi, eshakemi, aksirish, koʼz yosh oqishi, bronxospazm, dispnoe), meʼda-ichak yoʼlida yuqori sezuvchanlik reaktsiyalari.
Meʼda-ichak yoʼllari tomonidan buzilishlar
Juda kam hollarda
- diareya, abdominal noqulaylik, qorinda ogʼriq, koʼngil aynishi, qusish.
Pankreatinni yuqori dozalarda qabul qilgan, mukovistsidozi boʼlgan patsientlarda ichakning ileotsekal boʼlimida va yuqoriga koʼtariluvchi chambar ichakda strikturalarning hosil boʼlishi taʼriflangan (“Maxsus koʼrsatmalar” boʼlimiga qarang).
Tekshiruvlar
Tez-tezligi nomaʼlum
- mukovistsidozi boʼlgan patsientlarda, ayniqsa, pankreatin yuqori dozalarda qabul qilinganida siydik bilan siydik kislotasining chiqarilishi oshishi ehtimoli bor. Shuning uchun, ushbu patsientlarda siydik kislotasi toshlarining hosil boʼlishidan saqlanish uchun siydikda siydik kislotasining ajralib chiqishini nazorat qilish kerak.
Azorubine (E122) allergik reaktsiyalar chaqirishi mumkin.
Boʼlishi mumkin boʼlgan nojoʼya reaktsiyalar haqidagi xabarlar
Dori preparatini roʼyxatdan oʼtkazgandan keyin boʼlishi mumkin boʼlgan nojoʼya reaktsiyalar haqidagi xabarlar muhim rolь oʼynaydi. Ular ushbu dori vositasiga nisbatan “foyda/xavf” nisbatini kuzatib borishni davom ettirishga imkon beradi. Sogʼliqni saqlash tizimi xodimlaridan “Berlin-Xemi АG” Kompaniyasining Oʼzbekistondagi Vakolatxonasiga har qanday boʼlishi mumkin boʼlgan nojoʼya reaktsiyalar haqida quyidagi manzil boʼyicha xabar berish talab etiladi: Toshkent sh., 100031, Аfrosiyob koʼch., 12a (biznes-markaz).
Maxsus ko‘rsatmalari
Ichak tutilishi mukovistsidozi boʼlgan patsientlarda maʼlum boʼlgan asorat hisoblanadi. Shuning uchun, ichak tutilishi simptomlari mavjudligida ichak strikturalari hosil boʼlishi ehtimolini inobatga olish kerak (“Nojoʼya taʼsirlari” boʼlimiga ham qarang).
Gʼayrioddiy abdominal noqulaylik paydo boʼlganida yoki shikoyatlar xarakteri oʼzgarganida ehtiyotkorlik chorasi sifatida ichak patologiyasini istisno qilish uchun koʼrikdan oʼtish zarur. Аyniqsa, bu sutkada tana vaznining har kg ga 10000 TB. Ph. Eur. lipazadan ortiq qabul qilayotgan patsientlarga taalluqlidir.
Mezim® forte preparatida faol fermentlar saqlanadi, ular ogʼiz boʼshligʼida ajralib chiqsa, masalan, chaynaganda shilliq qavatning shikastlanishiga (yaralanishiga) olib kelishi mumkin. Shuning uchun Mezim® forte 10000 preparatini qabul qilganda, uni butunligicha yutilishiga eʼtibor qaratish zarur.
Mezim® forte 10000 preparatini kam uchraydigan galaktozani irsiy koʼtara olmaslik, laktaza tanqisligi yoki glyukoza va galaktoza malьabsorbatsiyasi sindromi boʼlgan patsientlarga qabul qilib boʼlmaydi.
Fertillik, homiladorlik va laktatsiya
Mezim® forte 10000 preparatini homilador ayollarda qoʼllanilishi boʼyicha ishonchli maʼlumotlar mavjud emas. Homiladorlikka, embrion/homilaning rivojlanishiga, tugʼishga yoki postnatal rivojlanishga taʼsiri boʼyicha hayvonlarda oʼtkazilgan tajribalardan olingan maʼlumotlar yetarli boʼlmagan miqdorda mavjud. Shuning uchun odamga nisbatan potentsial xavfi nomaʼlum. Xususan, agar Mezim® forte 10000 preparatiga mutlaqo zarurat yoʼq boʼlsa, uni homiladorlik va laktatsiya vaqtida qabul qilish kerak emas.
Аvtotransport vositalarini boshqarish va mexanizmlarga xizmat koʼrsatish qobiliyatiga taʼsiri
Mezim® forte 10000 preparati transport vositalarini boshqarish va mexanizmlarga xizmat koʼrsatishga taʼsir koʼrsatmaydi yoki ahamiyatsiz taʼsir koʼrsatadi.
Qo'llanilishi
Ovqat hazm qilishning buzilishi bilan kechuvchi meʼda osti bezining ekzokrin funktsiyasining buzilishida qoʼllaniladi.
Qo'llanilishi mumkin bo'lmagan holatlar
• Taʼsir qiluvchi moddaga, choʼchqa goʼshtiga (choʼchqa goʼshtiga allergiya), azorubinga (E122) yoki “Tarkibi” boʼlimida sanab oʼtilgan biron bir yordamchi moddalarga yuqori sezuvchanlik.
• Oʼtkir pankreatit va zoʼrayish fazasidagi surunkali pankreatitning oʼtkir xurujlari. Biroq kasallikni soʼnish fazasida parhez kengaytirilganida, agar meʼda osti bezining faoliyatini buzilishi belgilari mavjud boʼlsa, preparatni davriy qabul qilishga yoʼl qoʼyiladi.
Dori vositalarining o'zaro ta'siri
Foliy kislotasi
Pankreatin saqlovchi tayyor dori vositalarini qabul qilganda foliy kislotasi soʼrilishining pasayishi ehtimoli bor, shuning uchun foliy kislotasini qoʼshimcha qabul qilish talab etilishi mumkin.
Аkarboza, miglitol
Аkarboza va miglitol kabi ichga qabul qilish uchun diabetga qarshi preparatlarning taʼsiri, Mezim® forte 10000 preparati bilan birgalikda qabul qilinganida pasayishi mumkin.
Ta'rifi
deyarli yassi yuzali va chetlari kesik boʼlgan pushti rangdagi, ichakda eruvchi plyonka qobiq bilan qoplangan tabletkalar
Dozirovkasi
Dozalanishi
Bir ovqat qabul qilishga tavsiya etiluvchi doza:
2- 4 tabletka (20 000 – 40 000 TB. Ph. Eur. lipazaga muvofiq keladi).
Mezim® forte 10000 preparatining dozasi meʼda osti bezining mavjud boʼlgan yetishmovchiligining ogʼirligiga muvofiq belgilanadi. Lipazaning tavsiya etilgan odatiy dozasi ovqat qabul qilinishga 20 000 – 40 000 TB. Ph. Eur. muvofiq keladi, ammo bundan yuqori boʼlishi ham mumkin. Mezim® forte 10000 preparati bilan davolashning maqsadi meʼyordagi tana vazniga erishish yoki uni ushlab turish, hamda defekatsiya tez-tezligini yoki axlatning konsistentsiyasini meʼyorlashtirish hisoblanadi. Dozaning oshirilishi shifokorning nazorati ostida oʼtkazilishi kerak va simptomlarni (masalan, steatoreya, meʼdadagi ogʼriq) kamaytirishga yoʼnaltirilgan boʼlishi kerak.
Tana vaznining bir kilogrammiga 15 000 – 20 000 TB. Ph. Eur. lipazani tashkil etuvchi fermentlarning sutkalik dozasini oshirish mumkin emas.
Xususan, mukovistsidozi boʼlgan patsientlarda ovqatning miqdori va tarkibini hisobga olgan holda, yogʼlarning yetarlicha soʼrilishi uchun zarur boʼlgan fermentlarning dozasini oshirish mumkin emas.
Pediatrik profildagi patsientlar
Bolalar uchun preparatni dozalash haqidagi qarorni shifokor qabul qilishi kerak.
Qoʼllash usuli
Mezim® forte 10000 preparatini butunligicha yutish, yetarlicha miqdordagi suyuqlik bilan ichib, ovqat qabul qilishning oʼrtasida qabul qilish maqsadga muvofiqdir.
Mezim® forte 10000 preparatini butunligicha yutish muhim, chunki Mezim® forte
10000 preparatining samaradorligi chaynash sababli pasayishi mumkin, preparatda saqlanuvchi fermentlar ogʼiz boʼshligʼida ajralganida esa, ogʼiz boʼshligʼi shilliq qavatini shikastlashi mumkin.
Qoʼllash davomiyligi
Qoʼllash davomiyligi cheklanmagan. U kasallikning kechishiga bogʼliq va shifokor tomonidan belgilanadi.
Аgar Siz Mezim® forte 10000 preparatini qabul qilishni unutgan boʼlsangiz
Oʼtkazib yuborilgan qabul qilishni oʼrnini toʼldirish uchun preparatni ikkilangan dozada qabul qilmang, davolashni esa tavsiyalarga muvofiq davom ettiring.
Аgar Siz Mezim® forte 10000 preparatini qabul qilishni bekor qilgan boʼlsangiz
Аgar Siz Mezim® forte 10000 preparatini qabul qilishni muddatidan avval bekor qilgan boʼlsangiz yoki davolashni toʼxtatsangiz, u holda Sizdagi buzilishlar simptomlari qayta paydo boʼlishi mumkin. Davolovchi shifokoringiz bilan maslahatlashing.
Dozani oshirib yuborilishi
Preparatning favqulodda yuqori dozalarda qabul qilinishi zardobda va siydikda, ayniqsa, mukovistsidozi boʼlgan patsientlarda, siydik kislotasining miqdorini ortishi bilan bogʼliq boʼlishi mumkin.
Xavfsizlik boʼyicha klinik qoʼllashgacha boʼlgan maʼlumotlar
Klinik qoʼllashgacha boʼlgan tadqiqotlar oʼtkazilmagan. Pankreatinni ichga qabul qilganda tizimli toksik taʼsirlar kutilmaydi.
Yaroqlilik muddati (oy)
3 yil.
Ushbu preparat “goden do” soʼzlaridan keyin qutida va blisterda koʼrsatilgan yaroqlilik muddati tugagandan keyin qoʼllanilmasin. Yaroqlilik muddatining yakuniy sanasi koʼrsatilgan oyning oxirgi kuni hisoblanadi.
MEZIM FORTE 10000 tabletkalari N20 o'xshash dorilari
Mezim boshqa chiqarish shakllari


MEZIM FORTE 10000 tabletkalari N20 analoglari















