Apteka.uz
SavatKirish

MEZIM FORTE tabletkalari N20

Retseptsiz
Mahsulot haqida tafsilotlar
Ishlab chiqarilgan joyi:Germaniya/Rossiya
Faol modda:Pankreatin
Farmakoterapevtik guruh:

ovqatni hazm qilishga yordam beruvchi vositalar, jumladan fermentlar, ferment preparatlar, polifermentlar (lipaza, proteza va hokazolar)

Ishlab chiqaruvchi:Berlin-Xemi AG/ Berlin-Farma, ZAO
ATX kodi:A09AA02 Полиферментные препараты (в т.ч. липаза, протеаза)
Barcha Mezim dorilari
48 ta dorixonada bor
Narxi 16 500 so'm dan
Dorixonadan topish
To‘lov va yetkazib berish usullari Toshkentda
Olib ketish
Ertaga yoki keyinroq 48 ta dorixonadan
Dorixonada karta yoki naqd to‘lov
Yetkazib berish
2 soat ichida yoki ertaga, yetkazib berish narxi onlayn dorixonada ko‘rsatilgan tarif bo‘yicha. Onlayn yoki kuryerga to‘lov

MEZIM FORTE tabletkalari N20 haqida qo'llanma

Saqlash shartlari

30 °S dan yuqori boʼlmagan haroratda saqlansin.
Yorugʼlik taʼsiridan himoyalangan sharoitda taxlanuvchi qutida saqlansin (faqat «PVX-PE-PVDX» plyonkadan va qattiq alyumin folьgadan tashkil topgan qadoqdagi dori preparati).

Ushbu dori vositasini bolalar qoʼli yetmaydigan joyda saqlansin.
Hech qanday dori preparatlarini kanalizatsiyaga yoki maishiy chiqindilar bilan birga tashlab yubormang. Kerak boʼlmay qolgan dori preparatini utilizatsiyasi boʼyicha dorixona xodimi bilan maslahatlashing. Bu choralar atrof-muhit himoyasiga yordam beradi.

Sotish shartlari

Retseptsiz.

Tarkibi va ishlab chiqarilish shakli

Tarkibi: 
plyonka qobiq bilan qoplangan bir tabletkada quyidagilar saqlanadi: 
faol modda: 
Quyidagilarga ega boʼlgan 93,33 - 107,69 mg pankreatin:
minimal lipolitik faollik            3 500 TB. Ph. Eur./tabletka
minimal amilolitik faollik            4 200 TB. Ph. Eur./tabletka
minimal umumiy proteolitik faollik        250 TB. Ph. Eur./tabletka
yordamchi moddalar: 
yadroda: mikrokristall sellyuloza, kraxmal glikolyatining natriyli tuzi (turi А), suvsiz kolloidli kremniy dioksidi, magniy stearati.
Qobiqda: talk, gipromelloza, azorubin laki (E 122), simetikon emulsiyasi (quruq massa), 30 % poliakrilat dispersiyasi (quruq massa), titan dioksidi (E 171), makrogol 6000.

Chiqarilish shakli
Tabletkalar uchun qadoq sifatida taxlanuvchan qutili, bosib sindirish uchun moʼljallangan qadoq qoʼllaniladi. Blister «OPА-alyuminiy-PVX» plyonkadan va qattiq alyumin folgadan yoki «PVX-PE-PVDX» plyonkadan va qattiq alyumin folgadan tashkil topgan.
Qadoq oʼlchamlari:
Plyonka qobiq bilan qoplangan 20 tabletka.
Plyonka qobiq bilan qoplangan 40 tabletka.
Plyonka qobiq bilan qoplangan 80 tabletka.
Plyonka qobiq bilan qoplangan 100 tabletka.
Savdoda barcha oʼlchamdagi qadoqlar boʼlmasligi mumkin.

Farmakodinamikasi

Pankreatin sut emizuvchilarning, odatda choʼchqalarning meʼda osti bezidan tayyorlanadi, unda ajralib chiquvchi pankreatik fermentlar bilan bir qatorda (lipaza, alьfa-amilaza, tripsin va ximotripsin) boshqa fermentlar ham saqlanadi. 
Pankreatinda, shuningdek, fermentativ faollikka ega boʼlmagan boshqa yondosh moddalar ham saqlanadi.
Pankreatin meʼda-ichak yoʼlida oʼzlashtirilmaydi va axlat bilan chiqariladi; bunda uning katta qismi ovqat hazm qilish shirasi yoki bakteriyalar tomonidan parchalanadi yoki denaturatsiyaga uchraydi. Ovqat hazm qilish samaradorligi fermentlar faolligi, hamda galenli shakli bilan belgilanadi.
Hal qiluvchi omil boʼlib lipazaning fermentativ faolligi, hamda tripsinning miqdori hisoblanadi, chunki hatto surunkali pankreatitda polisaxaridlarning parchalanishi odatda buzilmaydi.
Meʼda osti bezi lipazasi triatsilglitserid molekulasidan 1 va 3 holatlardagi yogʼ kislotalarini ajratib chiqaradi. Bunda hosil boʼluvchi erkin yogʼ kislotalari va 2-monoglitseridlar, asosan ingichka ichakning yuqori boʼlimida, oʼt kislotalari ishtirokida tez soʼriladi. Hayvonlarning meʼda osti bezi lipazasi, xuddi odam lipazasi kabi, kislotalarning taʼsiriga chidamsiz, yaʼni uning lipolitik samarasi rN qiymati 4 dan past boʼlganida ortga qaytmas faolsizlantiriladi.
Tripsin tripsinogendan avtokatalitik reaktsiyada yoki ingichka ichakning enterokinazasi taʼsiri ostida faollashishi natijasida hosil boʼladi, keyin esa uning oʼzi boshqa proteolitik fermentlarni faollashtiradi; tripsin, endopeptizada hisoblanib, lizin va arginin ishtirok etuvchi peptid aloqalarni parchalaydi, shu bilan boshqa fermentlar bilan birgalikda proteinlarni aminokislotalar va katta boʼlmagan peptidlargacha parchalanishini taʼminlaydi. Oxirgi tadqiqotlarga binoan tripsin, qayta aloqa tamoyili boʼyicha ingibirlash doirasida, ingichka ichakning yuqori boʼlimlarida faollashganidan keyin oʼzi tomonidan ragʼbatlantirilgan meʼda osti bezi sekretsiyasini susaytiradi. 
Baʼzi tadqiqotlarda taʼriflangan pankreatin preparatlarining ogʼriq qoldiruvchi taʼsiri ushbu samara bilan bogʼliqdir.
Аlьfa-amilaza endoamilaza hisoblanib, glyukoza saqlanadigan polisaxaridlarni juda ham jadal parchalaydi, shuning uchun uning faolligi odatda hatto kasallik bilan bogʼliq boʼlgan meʼda osti bezining sekretor faolligini ahamiyatli pasayishida ham yetarlidir.

Farmakokinetikasi

Pankreatin soʼrilmaydi, shuning uchun uning farmakokinetikasi va biokirishaolishligining tafsilotlari mavjud emas. Pankreatinning samaradorligi galenli shakldan fermentlarning ajralib chiqish darajasi va tezligi bilan belgilanadi va shunday qilib, ushbu galenli shaklga xos boʼlgan kirishaolishlikka muvofiq keladi.

Farmakoterapevtik guruh

ovqatni hazm qilishga yordam beruvchi vositalar, jumladan fermentlar, ferment preparatlar, polifermentlar (lipaza, proteza va hokazolar)

Nojo'ya samaralari

Nojoʼya taʼsirlarning vujudga kelish tez-tezligini baholash negiziga quyidagi mezonlar kiritilgan:
Juda tez-tez:             1/10
Tez-tez:              1/100dan < 1/10gacha
Baʼzida:             1/1 000dan < 1/100gacha
Kam hollarda:         1/10 000dan < 1/1 000gacha
Juda kam hollarda:         < 1/10 000
Tez-tezligi nomaʼlum:    mavjud boʼlgan maʼlumotlarga asosan tez-tezlikni baholash imkoni yoʼq
Immun tizimi tomonidan buzilishlar
Juda kam hollarda
•    Pankreatinni qabul qilgandan keyin tezkor turdagi allergik reaktsiyalar taʼriflab oʼtilgan.
Tez-tezligi nomaʼlum
•    Аzorubin (E 122) allergik reaktsiyalarni chaqirishi mumkin.
Meʼda-ichak yoʼllari tomonidan buzilishlar
Juda kam hollarda
•    Pankreatin qabul qilinishidan keyin oʼrin tutgan ovqat hazm qilish yoʼli tomonidan diareya, meʼda tomonidan buzilishlar va koʼngil aynishi kabi allergik reaktsiyalar taʼriflab oʼtilgan.
Boʼlishi mumkin boʼlgan nojoʼya reaktsiyalar haqidagi xabarlar 
Dori preparatini roʼyxatdan oʼtkazilgandan keyin boʼlishi mumkin boʼlgan nojoʼya reaktsiyalar haqidagi xabarlar muhim rolь oʼynaydi. U ushbu dori vositasiga nisbatan “foyda/xavf” nisbatini kuzatib borishni davom ettirishga imkon beradi. Sogʼliqni saqlash tizimi xodimlaridan “Berlin-Xemi АG” Kompaniyasining Oʼzbekistondagi Vakolatxonasiga quyidagi manzil boʼyicha har qanday boʼlishi mumkin boʼlgan nojoʼya reaktsiyalar haqidagi xabarni berishlari talab etiladi: Toshkent sh., 100031, Аfrosiyob koʼch., 12a (biznes-markaz).

Maxsus ko‘rsatmalari

Mezim® forte preparatida faol fermentlar saqlanadi, ular ogʼiz boʼshligʼida ajralib chiqsa, masalan chaynaganda, shilliq qavatning shikastlanishiga (yaralanishiga) olib kelishi mumkin. Shuning uchun, Mezim® forte preparatini qabul qilganda, uni butunligicha yutilishiga etibor qaratish zarur.
Fertillik, homiladorlik va laktatsiya
Mezim® forte preparatini homilador ayollarda qoʼllanilishi boʼyicha ishonchli maʼlumotlar mavjud emas. Homiladorlikka, embrion/homilaning rivojlanishiga, tugʼishga yoki postnatal rivojlanishga taʼsiri boʼyicha hayvonlarda oʼtkazilgan tajribalardan olingan maʼlumotlar yetarli boʼlmagan miqdorda mavjud. Shuning uchun odam uchun potentsial xavf nomaʼlumligicha qolmoqda. Xususan, agar Mezim® forte preparatiga mutlaqo zarurat yoʼq boʼlsa, uni homiladorlik va laktatsiya vaqtida qabul qilish kerak emas.
Аvtotransport vositalarini boshqarish va mexanizmlarga xizmat koʼrsatish qobiliyatiga taʼsiri
Аlohida ehtiyotkorlik choralari talab etilmaydi.

Qo'llanilishi

Mezim® forte ovqat hazm qilish buzilishi bilan kechuvchi meʼda osti bezining ekzokrin faoliyatini buzilishida, masalan, surunkali pankreatit va u chaqirgan ozuqaviy moddalarning oʼzlashtirilishini pasayishida, hamda meteorizmda va gastrokardial sindromda, ayniqsa meʼda va ingichka ichakning majmuaviy rezektsiyasidan keyin, ichak orqali ozuqaviy massalarning oʼtishini funktsional tezlashishida (asabiylik yoki ichak infektsiyalari oqibatida), gepatobiliar tizim tomonidan buzilishlarda, dispepsiyada, qiyin hazm boʼladigan oʼsimlik, yogʼli va noodatiy ovqatlarni bir vaqtda isteʼmol qilish holatlarida ovqat hazm qilish fermentlarining oʼrnini bosish maqsadida qoʼllaniladi.
Mezim® forte, shuningdek, yuqorida koʼrsatilgan ovqat hazm qilishning buzilishlari natijasida rivojlangan meteorizmda ichakning dam boʼlishini bartaraf qilish uchun tasvir olish bilan diagnostika tadqiqotlarini oʼtkazishdan avval ham qoʼllaniladi (rentgenologik tadqiqot, UTT).

Qo'llanilishi mumkin bo'lmagan holatlar

•    Taʼsir etuvchi moddaga, choʼchqa goʼshtiga (choʼchqa goʼshtiga allergiya), “Tarkibi” boʼlimida sanab oʼtilgan yordamchi moddalardan biron biriga, azorubinga (E122) yuqori sezuvchanlikda qoʼllash mumkin emas.
•    Oʼtkir pankreatit va zoʼrayish fazasidagi surunkali pankreatitning oʼtkir xurujlari. Biroq, kasallikni soʼnish fazasida parhezni kengaytirishda, agar meʼda osti bezining faoliyatini qoldiq yoki saqlanib qoluvchi buzilishlari belgilari mavjud boʼlsa, preparatni davriy qabul qilinishi maqsadga muvofiqdir.

Dori vositalarining o'zaro ta'siri

Folat kislotasi
Tarkibida pankreatin saqlanuvchi dori preparatlarini qabul qilish vaqtida foliy kislotasi soʼrilishining pasayishi ehtimoli bor, buning natijasida uning qoʼshimcha qabul qilinishi talab etilishi mumkin.
Аkarboza, miglitol 
Аkarboza va miglitol kabi ichga qabul qilish uchun diabetga qarshi preparatlarning taʼsiri, Mezim® forte preparati bilan birgalikda qabul qilinganida pasayishi mumkin.

Ta'rifi

pushti, yassi, silindr shaklli, deyarli yassi parallel yuzali va chetlari qiya, plyonka qobiq bilan qoplangan tabletkalar

Dozirovkasi

Dozalanishi
Bir ovqat qabul qilishga tavsiya etiluvchi doza:
Odatda 1-2 tabletka ovqat isteʼmol qilishning boshida qabul qilinadi.
Mezim® forte preparatining dozasi ovqat hazm qilish buzilishining ogʼirlik darajasiga bogʼliqdir. Muvofiq doza, odatda, yakka tartibda belgilanadi.
Ovqatning xususiyatiga bogʼliq holda, hamda ovqat hazm qilishning mavjud yoki kutilayotgan buzilishlarning ogʼirlik darajasini hisobga olgan holda, ovqatlanish vaqtida preparatning yana 2-4 tabletkasi qabul qilinadi.
Preparatning talab etiluvchi dozasi koʼrsatilgandan ahamiyatli koʼproq boʼlishi mumkin. Dozaning oshirilishi shifokor nazorati ostida oʼtkazilishi kerak va simptomlarni (masalan, steatoreya, meʼdadagi ogʼriqli hissiyotlarni) susaytirishga yoʼnaltirilgan boʼlishi kerak. Dozani oshirish zaruratida tarkibida taʼsir etuvchi modda pankreatinni ancha yuqori miqdorda saqlovchi boshqa dozali preparatlar mavjud.
Pediatrik profildagi patsientlar
Bolalar uchun preparatni dozalash haqidagi qarorni shifokor qabul qilishi kerak.

Qoʼllash usuli
Plyonkali qobiq bilan qoplangan tabletkalarni chaynamasdan va yetarlicha miqdordagi suyuqlik bilan ichib, qabul qilish kerak.
Qoʼllash davomiyligi
Mezim® forte preparatining qoʼllanilish davomiyligi kasallikning kechishiga bogʼliq va shifokor tomonidan belgilanadi.
Аgar Siz Mezim® forte preparatini qabul qilishni unutgan boʼlsangiz
Oʼtkazib yuborilgan qabul qilishni oʼrnini toʼldirish uchun preparatni ikkilangan dozada qabul qilmang, davolashni esa tavsiyalarga muvofiq davom ettiring.
Аgar Siz Mezim® forte preparatini qabul qilishni bekor qilgan boʼlsangiz
Аgar Siz Mezim® forte preparatini qabul qilishni muddatidan avval bekor qilgan boʼlsangiz yoki davolashni toʼxtatsangiz, u holda Sizdagi buzilishlar simptomlari qayta paydo boʼlishi mumkin. Oʼz shifokoringiz bilan maslahatlashing.

Dozani oshirib yuborilishi

Hozirgi vaqtgacha dozani oshirib yuborilishi va intoksikatsiyaning simptomlari maʼlum emas, hamda Mezim® forte preparatining komponentlarini hisobga olgan holda, ulardan xavfsiramasa ham boʼladi.

Xususiyatlari

Xavfsizlik boʼyicha klinik qoʼllashgacha boʼlgan maʼlumotlar
Klinik qoʼllashgacha boʼlgan tadqiqotlar oʼtkazilmagan. Tizimli toksik taʼsirdan xavfsiramasa ham boʼladi.

Yaroqlilik muddati (oy)

3 yil.
Ushbu preparat “goden do” soʼzlaridan keyin qutida va blisterda koʼrsatilgan yaroqlilik muddati tugagandan keyin qoʼllanilmasin. Yaroqlilik muddatining yakuniy sanasi koʼrsatilgan oyning oxirgi kuni hisoblanadi.

Diqqat: ushbu sahifadagi preparat tavsifi rasmiy yo‘riqnomaning soddalashtirilgan va to‘ldirilgan versiyasidir. Ma’lumot faqat tanishish maqsadida taqdim etilgan va o‘z-o‘zini davolash uchun qo‘llanma sifatida foydalanilmasligi kerak. MEZIM FORTE tabletkalari N20 preparatini qabul qilishdan oldin albatta shifokor bilan maslahatlashing

MEZIM FORTE tabletkalari N20 o'xshash dorilari

FESTAL tabletkalari N20
FESTAL tabletkalari N20
Hindiston
Vakil:
Sanofi
Ishlab chiqaruvchi:
Lactose (India) Limited
Narxi
17 000 so'm dan
FESTAL tabletkalari N20
FESTAL tabletkalari N20
Hindiston
Vakil:
Sanofi
Ishlab chiqaruvchi:
Lactose (India) Limited
Narxi
17 000 so'm dan
TRIZIM tabletkalari N20
Retseptsiz
TRIZIM tabletkalari N20
O'zbekiston
Vakil:
Nika Pharm
Ishlab chiqaruvchi:
Nika Pharm
•43 ta dorixonada bor
Narxi
30 000 so'm dan
KREON kapsulalar  150mg 10000YeD N20
Retseptsiz
KREON kapsulalar 150mg 10000YeD N20
Germaniya
Ishlab chiqaruvchi:
Abbott Laboratories GmbH
•56 ta dorixonada bor
Narxi
60 000 so'm dan

Mezim boshqa chiqarish shakllari

MEZIM FORTE 10000 tabletkalari N20
Retseptsiz
MEZIM FORTE 10000 tabletkalari N20
Germaniya
Ishlab chiqaruvchi:
Berlin Chemie AG (Menarini Group)
•35 ta dorixonada bor
Narxi
18 000 so'm dan
MEZIM FORTE 10000 tabletkalari N20
Retseptsiz
MEZIM FORTE 10000 tabletkalari N20
Rossiya Federatsiyasi
Ishlab chiqaruvchi:
Berlin-Farma ZAO
•35 ta dorixonada bor
Narxi
18 000 so'm dan

MEZIM FORTE tabletkalari N20 analoglari

MIKRAZIM kapsulalar  10000ed N20
Retseptsiz
MIKRAZIM kapsulalar 10000ed N20
Rossiya Federatsiyasi
Ishlab chiqaruvchi:
AVVA RUS AO
•30 ta dorixonada bor
Narxi
48 900 so'm dan
MIKRAZIM kapsulalar  25000ed N20
Retseptsiz
MIKRAZIM kapsulalar 25000ed N20
Rossiya Federatsiyasi
Ishlab chiqaruvchi:
AVVA RUS AO
•8 ta dorixonada bor
Narxi
94 000 so'm dan
PANKREATIN FORTE tabletkalari N20
Retseptsiz
PANKREATIN FORTE tabletkalari N20
Rossiya Federatsiyasi
Ishlab chiqaruvchi:
Biosintez, PAO
•19 ta dorixonada bor
Narxi
11 000 so'm dan
MEZIM FORTE 10000 tabletkalari N20
Retseptsiz
MEZIM FORTE 10000 tabletkalari N20
Rossiya Federatsiyasi
Ishlab chiqaruvchi:
Berlin-Farma ZAO
•35 ta dorixonada bor
Narxi
18 000 so'm dan
MEZZEN FORTE tabletkalari N20
Retseptsiz
MEZZEN FORTE tabletkalari N20
Hindiston
Ishlab chiqaruvchi:
God Gift Laboratory Pvt. Ltd.
•1 ta dorixonada bor
Narxi
16 000 so'm dan
KREZAM 10000 kapsulalar  N10
Retseptsiz
KREZAM 10000 kapsulalar N10
Gruziya
Vakil:
GMP
Ishlab chiqaruvchi:
GM Pharmaceuticals Ltd, OOO
•3 ta dorixonada bor
Narxi
27 000 so'm dan
PENZITAL tabletkalari N30
PENZITAL tabletkalari N30
Hindiston
Ishlab chiqaruvchi:
Shreya Life Sciences PVT. LTD.
•6 ta dorixonada bor
Narxi
18 000 so'm dan
UNI FESTAL tabletkalari N100
Retseptsiz
UNI FESTAL tabletkalari N100
Hindiston
Ishlab chiqaruvchi:
Combitic Global Caplet Pvt. Ltd.
•9 ta dorixonada bor
Narxi
75 000 so'm dan
TRIZIM tabletkalari N20
Retseptsiz
TRIZIM tabletkalari N20
O'zbekiston
Vakil:
Nika Pharm
Ishlab chiqaruvchi:
Nika Pharm
•43 ta dorixonada bor
Narxi
30 000 so'm dan
KREON kapsulalar  150mg 10000YeD N20
Retseptsiz
KREON kapsulalar 150mg 10000YeD N20
Germaniya
Ishlab chiqaruvchi:
Abbott Laboratories GmbH
•56 ta dorixonada bor
Narxi
60 000 so'm dan
KREON kapsulalar  300mg 25000YeD N20
Retseptsiz
KREON kapsulalar 300mg 25000YeD N20
Germaniya
Ishlab chiqaruvchi:
Abbott Laboratories GmbH
•51 ta dorixonada bor
Narxi
112 100 so'm dan
PANKREATIN tabletkalari 25ed N60
Retseptsiz
PANKREATIN tabletkalari 25ed N60
Rossiya Federatsiyasi
Ishlab chiqaruvchi:
Irbitskiy XFZ,OAO
•59 ta dorixonada bor
Narxi
18 000 so'm dan

MEZIM FORTE tabletkalari N20 narxlari va Toshkentdagi dorixonalardagi mavjudligi

CITY PHARM Virusologiya 24
Yunusobod tumani, Yangishaxar, 24 uy
Du, Se, Ch, Pa, Ju, Sh, Ya | 08:00-00:00
18 000 so'm
Bron qilish
CITY PHARM Axmad Donish 21
Yunusobod tumani, 13 mavze, 3 uy
24/7
18 000 so'm
Bron qilish
CITY PHARM Bunyodkor 08
Chilonzor tumani, 6 mavze, 63 uy
24/7
18 000 so'm
Bron qilish
CITY PHARM Kardiologiya 27
Mirzo Ulug'bek tumani, Osiyo ko'ch., 17 uy
24/7
18 000 so'm
Bron qilish
CITY PHARM Parket bozori 30
Mirzo Ulug'bek tumani, Parket ko'ch., 9 uy, 2 xonadon
24/7
18 000 so'm
Bron qilish
CITY PHARM Kadisheva bozor 37
Yashnobod tumani, 3 mavze, 45/3 uy
Du, Se, Ch, Pa, Ju, Sh, Ya | 08:00-00:00
18 000 so'm
Bron qilish
CITY PHARM Sergeli 41
Sergeli tumani, 8A mavze, 12 uy
24/7
18 000 so'm
Bron qilish
CITY PHARM Askiya 1
Yakkasaroy tumani, Shota Rustaveli ko'ch., 53A uy
24/7
18 000 so'm
Bron qilish
CITY PHARM Algoritm 19
Chilonzor tumani, Sharq dahasi, 24 uy
Du, Se, Ch, Pa, Ju, Sh, Ya | 08:00-00:00
18 000 so'm
Bron qilish
CITY PHARM Sergeli 42
Sergeli tumani, 7 mavze, Mirzo Tursunzoda ko'ch., 29 uy
Du, Se, Ch, Pa, Ju, Sh, Ya | 08:00-00:00
18 000 so'm
Bron qilish

MEZIM FORTE tabletkalari N20 haqida savollar

MEZIM FORTE tabletkalari N20 haqida fikr-mulohazalar

Reyting 0, 0 ta sharh asosida

Ko‘rilgan mahsulotlar

Alifbo bo'yicha dori vositalar ro'yxati

scroll-top

Biz portalimiz ishini takomillashtirish maqsadida cookie-fayllardan foydalanamiz. Ishni davom ettirar ekansiz, ulardan foydalanishga rozilik bildirgan bo‘lasiz. Batafsil