RINAZOLIN tomchilar 10ml 0,1mg/ml

RINAZOLIN tomchilar 10ml 0,1mg/ml o'xshash dorilari



RINAZOLIN tomchilar 10ml 0,1mg/ml qo'llanmasi
Mahalliy nazal qo'llanilganda terapevtik kontsentratsiyalarda burun shilliq qavatini ta'sirlantirmaydi, giperemiya chaqirmaydi. Preparat qo'llanilgandan so'ng yarim chiqarilish davri taxminan 35 soatni tashkil qiladi. Preparatning 2,1% i buyraklar orqali, taxminan 1,1% i – axlat bilan chiqariladi.
Preparatning ta'sir qilish davomiyligi – 12 soatgacha.
Rinazolin mahalliy tomir toraytiruvchi vositalar guruhiga kiradi. Oksimetazolin simpatomimetik va tomir toraytiruvchi ta'sir ko'rsatib, burun shilliq qavati shishini bartaraf etadi. Surilgan joyda tomirlarni toraytiradi, burun va yuqori nafas yo'llari shilliq qavati shishini kamaytiradi, burundan ajralmalarni kamaytiradi. Burun orqali nafas olishni tiklaydi. Burun shilliq qavati shishining bartaraf etilishi qo'shimcha bo'shliqlar, o'rta quloq bo'shlig'i aeratsiyasini tiklashga yordam beradi, bu bakterial asoratlar rivojlanishining oldini oladi.
Oksimetazolin viruslarga qarshi, yallig'lanishga qarshi, immunomodulyatsion va antioksidant ta'sir ko'rsatadi. Ushbu majmuaviy ta'sir mexanizmi tufayli klinik tadqiqotlar davomida o'tkir rinit belgilarini (burun bitishi, rinoreya, aksirish, ahvol yomonlashishi) tezroq va samarali bartaraf etilishi isbotlangan.
Nojo‘ya effektlar paydo bo‘lish tezligi bo‘yicha quyidagi toifalarga tasniflanadi: juda tez-tez (≥ 10 %), tez-tez (≥ 1 % va <10 %), tez-tez emas (≥ 0,1 % va <1 %), kam hollarda (≥ 0,01 % va <0,1 %), juda kam hollarda (<0,01 %) va kam uchraydigan holatlar.
Asab tizimi tomonidan.
Juda kam hollarda: bezovtalik, uyqusizlik, yuqori charchoq (uyquchanlik, sedatsiya), bosh og‘rig‘i, gallyutsinatsiyalar (ayniqsa bolalarda).
Yurak-qon tomir tizimi tomonidan.
Kam hollarda: palpitatsiya, taxikardiya, arterial gipertenziya.
Juda kam hollarda: aritmiyalar.
Nafas olish tizimi tomonidan.
Tez-tez: burunda diskomfort (masalan, achishish) yoki burun shilliq qavati qurishi, aksirish.
Tez-tez emas: Rinazolin preparatini qo‘llashdan olingan samara tugagandan so‘ng — burunning kuchli bitish hissi, burun qonashi.
Juda kam hollarda: go‘daklar va chaqaloqlarda apnoe.
Suyak-mushak tizimi tomonidan.
Juda kam hollarda: tirishishlar (ayniqsa bolalarda).
Immun tizimi tomonidan.
Tez-tez emas: o‘ta yuqori sezuvchanlik reaksiyalari (angionevrotik shish, toshma, qichishish).
Yangi tug‘ilgan chaqaloqlar va go‘daklarni davolashda alohida ehtiyotkorlik zarur. Ushbu yosh guruhida preparat terapevtik dozalarda qo‘llanilgandan so‘ng jiddiy nojo‘ya reaksiyalar (xususan, apnoe) rivojlanishi haqida kamdan-kam hollarda xabar berilgan. Tavsiya etilgan dozalardan oshib ketishdan albatta saqlanish kerak.
Preparatni uzoq muddat qo‘llash va dozasini oshirib yuborishdan saqlanish kerak. Burun uchun shishga qarshi vositani uzoq muddat qo‘llash preparat ta'sirining susayishiga olib kelishi mumkin. Ushbu vositani suiiste'mol qilish shilliq qavat atrofiyasini va medikamentoz rinit bilan reaktiv giperemiyani chaqirishi mumkin. Tavsiya etilgandan yuqori dozalarni faqat shifokor nazorati ostida qo‘llash kerak.
Preparat tarkibida bir dozada 18 mkg miqdorida benzalkoniy xlorid mavjudligi (4 tomchi: har bir burun yo‘liga 2 tomchidan) bronxospazmni chaqirishi mumkin.
Preparat tavsiya etilgandan yuqori dozalarda uzoq muddat qo‘llanilgandan so‘ng yurak-qon tomir tizimiga umumiy ta'sirini istisno qilib bo‘lmaydi. Bunday hollarda transport vositasini boshqarish qobiliyati pasayishi mumkin.
Preparat komponentlariga yuqori sezuvchanlik.
Atrofik rinit.
Transsfenoidal gipofizektomiya yoki miya qobig‘ini ochish bilan bog‘liq boshqa jarrohlik amaliyotlaridan keyin qo‘llash mumkin emas.
Monoaminoksidaza (MAO) ingibitorlarini qo‘llashda va MAO ingibitorlari bilan davolash to‘xtatilgandan keyin 2 hafta davomida, shuningdek arterial qon bosimini oshirishga yordam beradigan boshqa preparatlar bilan.
Ko‘z ichi bosimi oshganda, ayniqsa yopiq burchakli glaukomada.
Yurak-qon tomir kasalliklarining og‘ir shakllarida (masalan yurak ishemik kasalligi, arterial gipertenziya).
Feoxromotsitoma.
Metabolik buzilishlar (masalan, gipertireoz, qandli diabet).
Prostata bezi giperplaziyasi.
Porfiriya.
Arterial qon bosimi oshishi xavfi tufayli MAO ingibitorlari va arterial qon bosimini oshirishga yordam beruvchi boshqa preparatlarni qo'llamaslik kerak. Boshqa tomirlarni toraytiruvchi dori vositalari bilan birga buyurish nojo'ya ta'sirlar rivojlanishi xavfini oshiradi.
Preparatni qo'llashdan oldin darhol flakonni tana haroratigacha isitish uchun uni kaftda ushlab turish kerak. Preparatni kiritishdan oldin burunni yaxshilab tozalash kerak. Qo'llashni boshlashdan oldin qopqoqni qattiq buramang! Preparatni birinchi marta qo'llashdan oldin teshik hosil qilish uchun flakon qopqog'ini burash kerak. Tomizgandan keyin qopqoqni qattiq burash kerak. Qopqoqni burab, yechib oling va flakon korpusini biroz bosib, burunga 1-2 tomchi eritmani tomizing. Tomizish vaqtida bolaning boshi orqaga egilgan bo'lishi kerak. Dozalangan flakonni burun yo'li oldida to'ntarilgan holda ushlab turish va preparatni har bir burun yo'liga qo'llash kerak.
Rinazolin, nazal tomchilar 0,01 %, burunga tomizish uchun mo'ljallangan.
Tug'ilgandan 4 haftagacha bo'lgan bolalarga Rinazolin preparatini har bir burun yo'liga 1 tomchidan sutkasiga 2-3 marta tayinlash kerak.
5 haftalikdan 1 yoshgacha bo'lgan bolalarga – Rinazolin preparatidan 1-2 tomchi har bir burun yo'liga sutkasiga 2-3 marta.
Rinazolin preparatining bir martalik dozasini sutkasiga 3 martadan ortiq va 5-7 kundan uzoq qo'llash mumkin emas. Tavsiya etilgan dozalardan yuqorisini qo'llash mumkin emas.
Rinazolin preparati chaqaloqlar va 1 yoshgacha bo'lgan bolalarga qo'llash uchun tavsiya etilgan. Tana vazni yetarli bo'lmagan chaqaloqlar va muddatidan oldin tug'ilgan chaqaloqlar uchun zarur dozani shifokor belgilashi kerak.
Xususiyatlar RINAZOLIN tomchilar 10ml 0,1mg/ml
RINAZOLIN boshqa chiqarish shakllari
RINAZOLIN tomchilar 10ml 0,1mg/ml analoglari


















