SALBUTAMOL AV aerozol 11,0 g 100 mkg 200 doz

SALBUTAMOL AV aerozol 11,0 g 100 mkg 200 doz qo'llanmasi
Farmakokinetikasi
Inhalyatsion yuborilgandan so'ng salbutamol dozasining 10-20% i pastki nafas yo'llariga yetib boradi. Dozaning qolgan qismi ingalyatorda qoladi yoki og'iz-halqum shilliq qavatiga o'tiradi va keyin yutiladi. Nafas yo'llari shilliq qavatiga o'tirgan fraktsiya o'pka to'qimalariga va qonga so'riladi, ammo o'pkada metabolizmga uchramaydi.
Salbutamolning plazma oqsillari bilan bog'lanish darajasi taxminan 10% ni tashkil qiladi.
Salbutamol jigarda metabolizmga uchraydi va asosan siydik bilan o'zgarmagan holda va fenol sulfat shaklida chiqariladi. Inhalyatsion dozaning yutilgan qismi me'da-ichak yo'llaridan so'riladi va jigar orqali «birinchi o'tish»da faol metabolizmga uchrab, fenol sulfatga aylanadi. O'zgarmagan salbutamol va kon'yugat asosan siydik bilan chiqariladi.
Salbutamolning yarim chiqarilish davri 4-6 soat.
Nojo'ya samaralari
Tezlik bo‘yicha nojo‘ya effektlar quyidagi toifalarga bo‘linishi mumkin: juda tez-tez (>1/10), tez-tez (>1/100 va 1/1000 va 1/10 000 va
Immun tizimi tomonidan: kam hollarda – dermatit; juda kam hollarda – o‘ta yuqori sezuvchanlik reaksiyalari, shu jumladan angionevrotik shish, teri toshmasi;
Almashinuv jarayonlari tomonidan: kam hollarda – gipokaliemiya.
Asab tizimi tomonidan: tez-tez – tremor, bosh og‘rig‘i, xavotirlik; kam hollarda - bosh aylanishi, uyquchanlik, charchoq; juda kam hollarda – giperfaollik.
Yurak-qon tomir tizimi tomonidan: tez-tez – taxikardiya, yurak urishini his qilish; kam hollarda – periferik tomirlarning kengayishi bilan teri giperemiyasi, ko‘krakda diskomfort yoki og‘riq; juda kam hollarda – aritmiya, shu jumladan bo‘lmachalar fibrillyatsiyasi, supraventrikulyar taxikardiya, ekstrasistoliya, arterial bosimning pasayishi va kollaps.
Nafas olish tizimi tomonidan: kam hollarda - yo‘tal, nafas yo‘llarining ta’sirlanishi; juda kam hollarda – bronxospazm (paradoksal yoki preparatga yuqori sezuvchanlik chaqirgan).
Me’da-ichak yo‘llari tomonidan: kam hollarda – og‘iz bo‘shlig‘i va halqum shilliq qavatining qurishi va ta’sirlanishi, ta’m sezishning o‘zgarishi, ko‘ngil aynishi, qusish.
Suyak-mushak tizimi tomonidan: kam hollarda – mushak tirishishlari.
Maxsus saqlash sharoitlari
Bemorlarga Salbutamol preparatini to‘g‘ri qo‘llash bo‘yicha ko‘rsatma berish kerak. Preparatni to‘g‘ri qo‘llash va yo‘riqnomani aniq bajarish salbutamolning bronxlarga tushishini ta'minlash uchun zarur. Davolash boshida preparatni tibbiyot xodimlari nazorati ostida va ko‘zgu oldida mashq qilgandan keyin qo‘llash kerak.
Boshqa ingalyatsion preparatlarni qo‘llashda bo‘lgani kabi, ballon sovutilganda terapevtik samara kamayishi mumkin. Shuning uchun qo‘llashdan oldin preparatli ballon xona haroratigacha isitilishi kerak (ballonni bir necha daqiqa davomida qo‘llar bilan isitish, boshqa usullarni qo‘llash mumkin emas!).
Ballonlar ichidagisi bosim ostida bo‘ladi, shuning uchun ballonlarni qizdirish, sindirish, teshib ko‘rish yoki yoqish mumkin emas, hatto ular bo‘sh bo‘lsa ham.
Ingalyatsiyadan keyin og‘izda noxush hislar va tomoqda qirilish yuzaga kelgan taqdirda og‘izni suv bilan chayish kerak.
Bronxodilatatorlar beqaror yoki og‘ir kechuvchi bronxial astma terapiyasining yagona yoki asosiy komponenti bo‘lmasligi kerak.
Agar preparatning odatiy dozasi ta'siri kamroq samarali yoki kamroq davomli bo‘lib qolsa (preparat ta'siri kamida 3 soat saqlanib turishi kerak), bemor shifokorga murojaat qilishi kerak. Salbutamol dozasini yoki qabul qilish chastotasini oshirishni faqat shifokor nazorati ostida o‘tkazish kerak. Keyingi dozalarni qabul qilish o‘rtasidagi intervalni qisqartirish faqat alohida hollarda mumkin va qat'iy asoslangan bo‘lishi kerak. Bronxial astmani davolash uchun qisqa ta'sirga ega ingalyatsion ?2-adrenoreseptorlar agonistlarini qo‘llashga bo‘lgan ehtiyojning oshishi kasallikning zo‘rayganligidan dalolat beradi. Bunday hollarda bemorni davolash rejasini qayta ko‘rib chiqish kerak. Bronxial astma zo‘rayganda salbutamolning yuqori dozalarini qabul qilish «rikoshet» sindromini (har bir keyingi xuruj kuchliroq bo‘ladi) chaqirishi mumkin. Og‘ir bo‘g‘ilish xurujida ingalyatsiyalar o‘rtasidagi tanaffus kamida 20 daqiqa bo‘lishi kerak.
Asoratlar xavfi davolash davomiyligi sezilarli bo‘lganda ham, preparat keskin bekor qilinganda ham ortadi. Salbutamolni uzoq muddat qo‘llash bazis terapiya uchun yallig‘lanishga qarshi preparatlarni ishlatish bilan birga kechishi kerak.
Bronxial astmaning to‘satdan va progressiv yomonlashishi bemor hayoti uchun xavf tug‘dirishi mumkin, shuning uchun bunday hollarda glyukokortikosteroidlarni tayinlash yoki dozasini oshirish masalasini zudlik bilan hal qilish zarur. Bunday bemorlarda nafas chiqarishning eng yuqori tezligini har kuni monitoring qilish tavsiya etiladi.
Salbutamolni tireotoksikoz bo‘lgan bemorlarda ehtiyotkorlik bilan qo‘llash kerak.
?2-adrenoreseptorlar agonistlari bilan terapiya, ayniqsa ular parenteral yuborilganda yoki nebulayzer yordamida qo‘llanilganda, gipokaliemiyaga olib kelishi mumkin. Bronxial astmaning og‘ir xurujlarini davolashda alohida ehtiyotkorlik ko‘rsatish tavsiya etiladi, chunki bu hollarda gipokaliemiya ksantin hosilalari, glyukokortikosteroidlar, diuretiklarni bir vaqtda qo‘llash natijasida, shuningdek gipoksiya oqibatida kuchayishi mumkin. Bunday hollarda qon zardobida kaliy konsentratsiyasini nazorat qilish zarur.
Avtomobil va/yoki boshqa mexanizmlarni boshqarish qobiliyatiga ta'siri.
Salbutamol tirishishlar va bosh aylanishi kabi nojo‘ya ta'sirlarni chaqirishi mumkinligi sababli, birinchi qabullarda yuqori ehtiyotkorlik ko‘rsatish yoki transport vositalarini boshqarish va boshqa potensial xavfli faoliyat turlari bilan shug‘ullanishdan voz kechish tavsiya etiladi.
DOZANI OSHIRIB YUBORISH
Dozani oshirib yuborish belgilari: ko‘proq uchraydigan – gipokaliemiya, arterial bosimning pasayishi, taxikardiya, mushak tremori, ko‘ngil aynishi, qusish; kamroq uchraydigan – qo‘zg‘alish, giperglikemiya, respirator alkaloz, gipoksemiya, bosh og‘rig‘i; kamdan-kam – gallyutsinatsiyalar, tirishishlar, taxiaritmiya, qorinchalar hilpillashi, periferik tomirlarning kengayishi.
Salbutamol dozasi oshirib yuborilganda eng yaxshi antidotlar kardioselektiv ?-adrenoblokatorlar hisoblanadi. Biroq ?-adrenoreseptorlar blokatorlarini ehtiyotkorlik bilan qo‘llash kerak (bronxospazm rivojlanish xavfi).
Salbutamolning katta dozalarini qo‘llash gipokaliemiyani chaqirishi mumkin, shuning uchun dozani oshirib yuborishga shubha qilinganda qon zardobida kaliy konsentratsiyasini nazorat qilish kerak.
Qo'llanilishi mumkin bo'lmagan holatlar
Preparatning har qanday komponentiga yuqori sezuvchanlik.
- 2 yoshgacha bo‘lgan bolalar.
--homiladorlik
EHTIYOTKORLIK BILAN
anamnezda taxiaritmiya, miokardit, yurak nuqsonlari, aortal stenoz, yurak ishemik kasalligi, og‘ir surunkali yurak yetishmovchiligi, arterial gipertenziya, tireotoksikoz, feoxromotsitoma, dekompensatsiyalangan qandli diabet, glaukoma, epixurujlar, buyrak yoki jigar yetishmovchiligi, neselektiv b-adrenoblokatorlarni bir vaqtda qabul qilish, homiladorlik, laktatsiya davri qayd etilganda.
HOMILADORLIK VA LAKTASIYA DAVRIDA QO‘LLANISHI
Homilador ayollarga salbutamol faqat kutilayotgan foyda homila uchun potensial xavfdan ustun bo‘lgan holdagina tayinlanishi mumkin. Salbutamolning ko‘krak sutiga o‘tishi ehtimoli istisno qilinmaydi, shuning uchun uni emizikli ayollarga tayinlash tavsiya etilmaydi, ona uchun kutilayotgan foyda bola uchun potensial xavfdan ustun bo‘lgan holatlar bundan mustasno. Ko‘krak sutida mavjud bo‘lgan salbutamol yangi tug‘ilgan chaqaloqqa zararli ta’sir ko‘rsatishi haqida ma’lumotlar yo‘q.
Dori vositalarining o'zaro ta'siri
Salbutamol va propranolol kabi noselektiv ?-adrenoblokatorlarni bir vaqtda qo'llash tavsiya etilmaydi.
Salbutamol monoaminoksidaza ingibitorlarini (MAOI) olayotgan bemorlarga qarshi ko'rsatma emas.
Markaziy asab tizimi stimulyatorlari ta'sirini kuchaytiradi.
Teofillin va boshqa ksantinlar bir vaqtda qo'llanilganda taxiaritmiyalar rivojlanishi ehtimolini; ingalyatsion anesteziya uchun vositalar, levodopa – og'ir qorincha aritmiyalari rivojlanishi ehtimolini oshiradi.
M-xolinoblokatorlar (shu jumladan ingalyatsion) bilan bir vaqtda qo'llash ko'z ichi bosimining oshishiga yordam berishi mumkin. Diuretiklar va glyukokortikosteroidlar salbutamolning gipokaliemik ta'sirini kuchaytiradi.
Dozirovkasi
Dozani yoki preparatni qo'llash takroriyligini oshirish masalasini faqat shifokor hal qilishi mumkin.
Preparatni sutkasiga 4 martadan ortiq qo'llash tavsiya etilmaydi. Preparatning maksimal dozalarini tez-tez qo'llashga ehtiyoj yoki dozani to'satdan oshirish kasallik kechishining yomonlashuvidan dalolat beradi.
Kattalar (shu jumladan keksa yoshdagi bemorlar). Bronxial astma va O'SOKda uzoq muddatli ushlab turuvchi terapiya kompleks terapiya tarkibida: tavsiya etilgan doza 200 mkg gacha (2 ingalyatsiya) sutkasiga 4 martani tashkil qiladi.
Bronxospazm xurujini bartaraf etish: tavsiya etilgan doza 100-200 mkg (1-2 ingalyatsiya) ni tashkil qiladi.
Allergen ta'siri bilan bog'liq yoki jismoniy yuklama keltirib chiqargan bronxospazm xurujlarini oldini olish: tavsiya etilgan doza provokatsiya qiluvchi omil ta'siridan 10-15 daqiqa oldin 200 mkg (2 ingalyatsiya) ni tashkil qiladi.
Bolalar. Bronxial astma va O'SOKda uzoq muddatli ushlab turuvchi terapiya kompleks terapiya tarkibida: tavsiya etilgan doza 200 mkg gacha (2 ingalyatsiya) sutkasiga 4 martani tashkil qiladi.
Bronxospazm xurujini bartaraf etish: tavsiya etilgan doza 100-200 mkg (1-2 ingalyatsiya) ni tashkil qiladi.
Allergen ta'siri bilan bog'liq yoki jismoniy yuklama keltirib chiqargan bronxospazm xurujlarini oldini olish: tavsiya etilgan doza provokatsiya qiluvchi omil ta'siridan 10-15 daqiqa oldin 100-200 mkg (1-2 ingalyatsiya) ni tashkil qiladi.
Hajm/og'irlik
SALBUTAMOL AV aerozol 11,0 g 100 mkg 200 doz o'xshash dorilari



SALBUTAMOL AV aerozol 11,0 g 100 mkg 200 doz xususiyatlari
Salbutamol boshqa chiqarish shakllari











SALBUTAMOL AV aerozol 11,0 g 100 mkg 200 doz analoglari










{
"data": {
"id": 31540,
"stores_apteka_id": null,
"slug": "salbutamol-av-100mkg-doza-300doz-11-0-aeroz-d-ing-dozir",
"stores_apteka_slug": null,
"name": "SALBUTAMOL AV aerozol 11,0 g 100 mkg 200 doz",
"brand_name": "SALBUTAMOL AV",
"image": "uploads/iblock/584/5847dcfb078b883be8934c5563fd819b.webp",
"atx_code": "R03AC02",
"drug_form_id": 25,
"over_the_counter": false,
"prescription_type": "non_prescription",
"availability": "not_available",
"reviews_count": 0,
"reviews_rating": 0,
"has_pickup": false,
"has_delivery": false,
"manufacturer": null,
"manufacturer_plain": "Altayvitamini, ZAO",
"representative": null,
"representative_plain": null,
"distributor": null,
"distributor_plain": null,
"is_manufacturer_advertiser": false,
"is_representative_advertiser": false,
"is_dietary_supplement": false,
"is_medical_device": false,
"category": {
"id": 477,
"slug": "dykhatelnaya-sistema",
"name": "Nafas olish tizimi",
"external_link_title": "Pulmonolog maslahati",
"external_link": "https://med24.uz/uz/doctors/pulmonolog"
},
"drug_group": {
"id": 7823,
"slug": "salbutamol",
"name": "Salbutamol"
},
"is_purchasable": false,
"country": {
"id": 20,
"slug": "rossiya",
"name": "Rossiya Federatsiyasi"
},
"active_ingredients": [
{
"id": 5957,
"slug": "salbutamol",
"name": "Salbutamol"
}
],
"tags": [
{
"id": 709,
"slug": "ot-astmy",
"name": "Astmadan"
}
]
}
}






