logo
SavatKirish
Bosh sahifa  / Dori vositalari  / Nafas olish tizimi  / SALBUTAMOL FARMSTANDART aerozol dlya ingalyasiy 100 mkg 200 doz

SALBUTAMOL FARMSTANDART aerozol dlya ingalyasiy 100 mkg 200 doz

Retseptsiz
Mahsulot haqida tafsilotlar
Ishlab chiqarilgan joyi:Rossiya Federatsiyasi
Faol modda:Salbutamol
Ishlab chiqaruvchi:Farmstandart-Leksredstva, OAO
ATX kodi:R03AC02 Сальбутамол
Barcha Salbutamol dorilari
Mavjud emas
Dorixonadan topish
To‘lov va yetkazib berish usullari Toshkentda
Olib ketish
Ertaga yoki keyinroq 0 ta dorixonadan
Dorixonada karta yoki naqd to‘lov
Yetkazib berish
2 soat ichida yoki ertaga, yetkazib berish narxi onlayn dorixonada ko‘rsatilgan tarif bo‘yicha. Onlayn yoki kuryerga to‘lov

SALBUTAMOL FARMSTANDART aerozol dlya ingalyasiy 100 mkg 200 doz o'xshash dorilari

SINUPRET draje N50
Retseptsiz
SINUPRET draje N50
Germaniya
Ishlab chiqaruvchi:
Bionorica SE
Narxi
72 500 so'm dan
ASS LONG SHIPUCHIE tabletkalari 600mg N10
ASS LONG SHIPUCHIE tabletkalari 600mg N10
Germaniya
Ishlab chiqaruvchi:
Germes Arsnaymittel GmbX/ Salyutas Farma GmbX
•118 ta dorixonada bor
Narxi
60 000 so'm dan
LAZOLVAN sirop 100ml 15mg/5ml
Retseptsiz
LAZOLVAN sirop 100ml 15mg/5ml
Ispaniya
Vakil:
Sanofi
Ishlab chiqaruvchi:
Beringer Ingelxaym Espana S.A.
•63 ta dorixonada bor
Narxi
44 000 so'm dan

SALBUTAMOL FARMSTANDART aerozol dlya ingalyasiy 100 mkg 200 doz qo'llanmasi

Saytda e'lon qilingan ma'lumotlar mutaxassislar uchun mo'ljallangan. O'zingizni-o'zingiz davolash bilan shug'ullanmang. Sog'lig'ingizga zarar bermaslik uchun mutaxassis bilan maslahatlashishga ishonch hosil qiling!
Farmakokinetikasi

So'rilishi

Inhalyatsiya o'tkazilgandan so'ng salbutamol dozasining 10-20% i pastki nafas yo'llariga yetib boradi. Dozaning qolgan qismi ingalyatorda qoladi yoki og'iz-halqumda to'planadi va keyin yutiladi. Nafas yo'llariga tushgan fraktsiya o'pka to'qimalariga va qonga so'riladi, ammo o'pkada metabolizmga uchramaydi.

Taqsimlanishi

Salbutamolning qon plazmasi oqsillari bilan bog'lanish darajasi 10% ni tashkil qiladi.

Metabolizmi

Tizimli qon oqimiga tushganda salbutamol jigar metabolizmiga uchraydi. Inhalyatsion dozaning yutilgan qismi me'da-ichak yo'llaridan so'riladi va jigar orqali "birinchi o'tish"da faol metabolizmga uchrab, fenol sulfatga aylanadi.

Chiqarilishi

Vena ichiga yuborilgan salbutamol 4-6 soatlik yarim chiqarilish davriga ega. Salbutamol asosan buyraklar orqali kon'yugat - faol bo'lmagan 4'-O-sulfat (fenol sulfat) ko'rinishida va qisman o'zgarmagan holda chiqariladi, salbutamolning ozgina qismi esa ichak orqali chiqariladi. Salbutamol dozasining katta qismi 72 soat ichida chiqariladi.

Nojo'ya samaralari

Quyida keltirilgan noxush reaksiyalar a’zolar va a’zolar tizimlarining shikastlanishiga qarab sanab o‘tilgan. Uchrash tezligi quyidagicha baholanadi: juda tez-tez (> 1/10), tez-tez (> 1/100 va 1/1000 va 1/10000 va
Immun tizimi tomonidan buzilishlar: juda kam hollarda - o‘ta yuqori sezuvchanlik reaksiyalari, shu jumladan angionevrotik shish, eshakemi, bronxospazm, arterial bosimning pasayishi va kollaps.

Moddalar almashinuvi va ovqatlanish tomonidan buzilishlar: kam hollarda - giperglikemiya, gipokaliemiya.

Beta2-adrenoreseptorlar agonistlari bilan davolash klinik ahamiyatli gipokaliemiyaga olib kelishi mumkin.

Asab tizimi tomonidan buzilishlar: tez-tez - tremor, bosh og‘rig‘i; juda kam hollarda - giperfaollik.

Yurak tomonidan buzilishlar: tez-tez - taxikardiya; tez-tez emas - miokard ishemiyasi, kuchli yurak urishi (palpitatsiya); juda kam hollarda - aritmiyalar, shu jumladan hilpillovchi aritmiya; supraventrikulyar taxikardiya va ekstrasistoliya.

Tomirlar tomonidan buzilishlar: kam hollarda - periferik vazodilatatsiya.

Nafas olish tizimi, ko‘krak qafasi a’zolari va ko‘ks oralig‘i tomonidan buzilishlar: juda kam hollarda - paradoksal bronxospazm.

Me’da-ichak yo‘llari tomonidan buzilishlar: tez-tez emas - og‘iz bo‘shlig‘i va halqum shilliq qavatining ta’sirlanishi.

Skelet-mushak va biriktiruvchi to‘qima tomonidan buzilishlar: tez-tez emas - mushak tirishishlari.

Agar yo‘riqnomada ko‘rsatilgan har qanday noxush reaksiyalar kuchaysa, yoki Siz yo‘riqnomada ko‘rsatilmagan boshqa har qanday noxush reaksiyalarni sezsangiz, bu haqda shifokorga xabar bering.

Maxsus saqlash sharoitlari

Bronxial astmani davolashni bemorning davolashga klinik javobini va o‘pka funksiyasini nazorat qilgan holda bosqichma-bosqich o‘tkazish tavsiya etiladi.

Bronxodilatatorlar beqaror yoki og‘ir kechuvchi bronxial astma terapiyasining yagona yoki asosiy komponenti bo‘lmasligi kerak.

Bronxial astma simptomlarini nazorat qilish uchun qisqa ta'sirga ega bronxodilatatorlarni, xususan beta2-adrenoreseptorlar agonistlarini qo‘llashga bo‘lgan ehtiyojning oshishi kasallik kechishining yomonlashganligidan dalolat beradi. Bunday hollarda bemorni davolash rejasini qayta ko‘rib chiqish kerak.

Bronxial astmaning to‘satdan va progressiv yomonlashishi bemor hayoti uchun potensial xavf tug‘dirishi mumkin, shuning uchun bunday vaziyatlarda GKSni tayinlash yoki dozasini oshirish maqsadga muvofiqligini ko‘rib chiqish kerak. Xavf guruhi bemorlarida nafas chiqarishning eng yuqori tezligini har kuni monitoring qilish tavsiya etiladi.

Beta2-adrenoreseptorlar agonistlari bilan terapiya, ayniqsa ular parenteral yoki nebulayzer yordamida yuborilganda, gipokaliemiyaga olib kelishi mumkin.

Bronxial astmaning og‘ir xurujlarini davolashda alohida ehtiyotkorlik ko‘rsatish tavsiya etiladi, chunki bu hollarda gipokaliemiya ksantin hosilalari, GKS, diuretiklarni bir vaqtda qo‘llash natijasida, shuningdek gipoksiya oqibatida kuchayishi mumkin. Bunday vaziyatlarda qon plazmasida kaliy konsentratsiyasini nazorat qilish tavsiya etiladi.

Ingalyatsion salbutamolning ilgari samarali bo‘lgan dozasini qo‘llashdan kamida uch soat davomida samara bo‘lmagan taqdirda, bemor qandaydir qo‘shimcha choralar ko‘rish uchun shifokorga murojaat qilishi kerak.

Bemorlarga Salbutamol-Farmstandart ingalyatorini to‘g‘ri ishlatish bo‘yicha ko‘rsatma berish kerak.

Salbutamol qo‘llanilgandan so‘ng darhol xirillashlarning kuchayishi bilan paradoksal bronxospazm rivojlanishi mumkin. Ushbu holat boshqa tez ta'sir qiluvchi ingalyatsion bronxodilatator yordamida zudlik bilan davolashni talab qiladi. Salbutamol-Farmstandart preparatini darhol bekor qilish, bemorning holatini baholash va zarurat tug‘ilganda muqobil terapiya tayinlash kerak.

Salbutamolni tez-tez qo‘llash bronxospazmning kuchayishiga, to‘satdan o‘limga olib kelishi mumkin, shu munosabat bilan preparatning navbatdagi dozalarini qabul qilish o‘rtasida bir necha soat tanaffus qilish zarur; og‘ir bo‘g‘ilish xurujida preparat ingalyatsiyalari o‘rtasidagi tanaffus kamida 20 daqiqani tashkil qilishi kerak.

Ballon sovutilganda preparatning terapevtik samarasi kamayishi mumkin, shuning uchun ishlatishdan oldin ballon xona haroratigacha isitilishi kerak (bir necha daqiqa davomida qo‘llar bilan isitish, boshqa usullarga yo‘l qo‘yilmaydi!).

Ballon ichidagisi bosim ostida bo‘ladi, shuning uchun hatto bo‘sh ballonlarni ham shikastlash, qizdirish, yoqish mumkin emas.

Preparatning transport vositalarini va boshqa mexanizmlarni boshqarish qobiliyatiga ta'siri:

Salbutamol-Farmstandart preparatining transport vositalarini va mexanizmlarni boshqarish qobiliyatiga ta'siri haqida ma'lumotlar yo‘q. Mushak tirishishlari yoki bronxospazm kabi nojo‘ya reaksiyalar rivojlangan taqdirda, transport vositalarini va mexanizmlarni boshqarishdan, shuningdek diqqatni yuqori jamlash va psixomotor reaksiyalar tezligini talab qiluvchi boshqa potensial xavfli faoliyat turlari bilan shug‘ullanishdan saqlanish zarur.

Qo'llanilishi mumkin bo'lmagan holatlar

- Ta’sir etuvchi moddaga yoki preparat tarkibiga kiruvchi har qanday boshqa komponentga yuqori sezuvchanlik.

- Muddatidan oldin tug‘ruqni olib borish.

- Abort xavfi.

- 2 yoshgacha bo‘lgan bolalar.

Ehtiyotkorlik bilan:

Salbutamol-Farmstandart preparatini tireotoksikoz, taxiaritmiya, miokardit, yurak nuqsonlari, aortal stenoz, yurak ishemik kasalligi, og‘ir surunkali yurak yetishmovchiligi, arterial gipertenziya, feoxromotsitoma, dekompensatsiyalangan qandli diabet, glaukoma bo‘lgan pasientlarda, shuningdek homiladorlik va emizish davrida ehtiyotkorlik bilan qo‘llash kerak.

Homiladorlik va laktatsiya:

Fertillik

Salbutamolning inson fertilligiga ta’siri haqida ma’lumotlar yo‘q.

Homiladorlik

Homilador ayollarga salbutamol faqat pasient uchun kutilayotgan foyda homila uchun potensial xavfdan ustun bo‘lgan holdagina tayinlanadi.

Homiladorlik vaqtida onalar tomonidan salbutamol qabul qilinganda bolalarda turli rivojlanish nuqsonlari, shu jumladan "bo‘ri tanglay" shakllanishi va oyoq-qo‘l rivojlanish nuqsonlari kam uchraydigan holatlari haqida ma’lumotlar mavjud. Ushbu holatlarning ba’zilarida onalar homiladorlik davomida bir nechta yondosh dori vositalarini qabul qilganlar. Nuqsonlarning doimiy xarakterga ega emasligi va tug‘ma anomaliyalar paydo bo‘lishining fon chastotasi 2 dan 3% gacha bo‘lganligi sababli, salbutamol qabul qilish bilan sabab-oqibat bog‘liqligi aniqlanmagan.

Emizish davri

Salbutamol, ehtimol, ko‘krak sutiga o‘tadi va shuning uchun uni emizikli ayollarga tayinlash tavsiya etilmaydi, ona uchun kutilayotgan foyda bola uchun potensial xavfdan ustun bo‘lgan holatlar bundan mustasno. Ko‘krak sutida mavjud bo‘lgan salbutamol yangi tug‘ilgan chaqaloqqa zararli ta’sir ko‘rsatishi haqida ma’lumotlar yo‘q.

Dori vositalarining o'zaro ta'siri

Salbutamol va propranolol kabi noselektiv beta-adrenoblokatorlarni bir vaqtda qo'llash tavsiya etilmaydi.

Salbutamol monoaminoksidaza ingibitorlarini (iMAO) olayotgan bemorlarga qarshi ko'rsatma emas.

Tireotoksikozli bemorlarda salbutamol markaziy asab tizimi stimulyatorlari ta'sirini va taxikardiyani kuchaytiradi.

Teofillin va boshqa ksantinlar bir vaqtda qo'llanilganda taxiaritmiyalar rivojlanishi ehtimolini oshiradi.

Antixolinergik vositalar (shu jumladan ingalyatsion) bilan bir vaqtda qo'llash ko'z ichi bosimining oshishiga yordam berishi mumkin.

Diuretiklar va GKS salbutamolning gipokaliemik ta'sirini kuchaytiradi.

Salbutamolning Levodopa, ingalyatsion anesteziya vositalari, MAO ingibitorlari va tritsiklik antidepressantlar, yurak glikozidlari bilan o'zaro ta'siri arterial qon bosimining keskin pasayishi xavfiga olib kelishi mumkin.

Dozirovkasi
DozalashSalbutamol-aeronativ faqat ingalyatsion qo'llash uchun mo'ljallangan.

Agonistlar (beta2-adrenoreseptorlar)ni qo'llashga bo'lgan ehtiyojning oshishi bronxial astma zo'rayishining belgisi bo'lishi mumkin. Bunday vaziyatda bemorni davolash sxemasini glyukokortikosteroidlar (GKS) bilan bir vaqtda terapiya tayinlash maqsadga muvofiqligini ko'rib chiqqan holda qayta baholash talab qilinishi mumkin.

Salbutamol dozasi yoki qo'llash takroriyligi faqat shifokor tavsiyasiga ko'ra oshirilishi mumkin, chunki dozani oshirib yuborish nojo'ya reaksiyalar rivojlanishi bilan kechishi mumkin.

Ko'pchilik bemorlarda salbutamol ta'sirining davomiyligi 4 dan 6 soatgachani tashkil qiladi.

Bosim ostidagi dozalovchi aerozolli ingalyatorni qo'llash bilan nafas olishni sinxronlashtirishda qiyinchiliklarga duch keladigan bemorlarda speyser ishlatilishi mumkin.

Salbutamol qabul qiluvchi bolalar va chaqaloqlarda yuz niqobi bilan pediatrik speyser qurilmasidan foydalanish maqsadga muvofiqdir.

Ingalyatsiyadan keyin og'izda noxush sezgilar va tomoqda qirilish paydo bo'lganda og'izni suv bilan chayish kerak.

Bronxospazm xurujini bartaraf etish

Kattalar

Tavsiya etilgan doza 100 yoki 200 mkg (1 yoki 2 ingalyatsiya) ni tashkil qiladi.

Bolalar

Tavsiya etilgan doza 100 mkg (1 ingalyatsiya) ni tashkil qiladi, zarurat bo'lganda doza 200 mkg (2 ingalyatsiya) gacha oshirilishi mumkin.

Salbutamol-Farmstandart preparatini sutkasiga 4 martadan ortiq qo'llash tavsiya etilmaydi. Salbutamol-Farmstandart preparatining maksimal dozalarini tez-tez qo'llashga ehtiyoj yoki dozani to'satdan oshirish bronxial astma kechishining yomonlashuvidan dalolat beradi ("Maxsus ko'rsatmalar" bo'limiga qarang).

Allergen ta'siri bilan bog'liq yoki jismoniy yuklama keltirib chiqargan bronxospazm xurujlarini oldini olish

Kattalar

Tavsiya etilgan doza provokatsiya qiluvchi omil yoki yuklamadan 10-15 daqiqa oldin 200 mkg (2 ingalyatsiya) ni tashkil qiladi.

Bolalar

Tavsiya etilgan doza provokatsiya qiluvchi omil yoki yuklamadan 10-15 daqiqa oldin 100 mkg (1 ingalyatsiya) ni tashkil qiladi, zarurat bo'lganda doza 200 mkg (2 ingalyatsiya) gacha oshirilishi mumkin.

Uzoq muddatli ushlab turuvchi terapiya

Kattalar

Tavsiya etilgan doza 200 mkg gacha (2 ingalyatsiya) sutkasiga 4 martani tashkil qiladi.

Bolalar

Tavsiya etilgan doza 200 mkg gacha (2 ingalyatsiya) sutkasiga 4 martani tashkil qiladi.

Ingalyatsiyalarni o'tkazish bo'yicha yo'riqnoma

Ingalyatorni tekshirish

Ingalyatorni birinchi marta ishlatishdan oldin yoki agar ingalyator 5 kun yoki undan ortiq vaqt davomida ishlatilmagan bo'lsa, uning ishlashini tekshiring. Buning uchun ingalyator mundshtukidan himoya qopqoqchasini olib tashlang, ingalyatorni yaxshilab silkitib oling va ballonga bosib, havoga bir oqim preparat chiqaring.

Ingalyatorni ishlatish

1-qadam. 1-rasmda ko'rsatilganidek, ingalyator mundshtukidan himoya qopqoqchasini olib tashlang.

2-qadam. Ingalyator ichidagisi bir tekis aralashishi uchun ingalyatorni kuchli silkiting.

3-qadam. Sekin, to'liq nafas chiqaring. Ingalyatorga nafas chiqarmang!

4-qadam. Ballonni 2-rasmda ko'rsatilganidek ushlab, mundshtukni lablar bilan zich qamrab oling, tishlar bilan siqmang. Ballon tubi bilan yuqoriga qaratilgan bo'lishi kerak!

5-qadam. Og'iz orqali maksimal chuqur nafas oling, bir vaqtning o'zida bitta ingalyatsion doza ajralib chiqquncha ballon tubiga tez bosing.

6-qadam. Nafasni bir necha soniya ushlab turing, so'ngra mundshtukni og'izdan oling va burun orqali sekin nafas chiqaring.

7-qadam. Ingalyator mundshtukiga himoya qopqoqchasini kiygizing. 30 soniya kuting va agar zarur bo'lsa, ikkinchi ingalyatsion dozani olish uchun 2-6 qadamlarni takrorlang.

Ingalyatorni tozalash

Muntazam ravishda (haftada kamida bir marta) 3-rasmda ko'rsatilganidek ingalyator mundshtukini tozalash kerak.

Metall ballonchani plastik g'ilofdan chiqarib oling va g'ilof va qopqoqchani iliq suvda yuving. Issiq suvdan foydalanmang. Yaxshilab quriting, lekin buning uchun isitish moslamalaridan foydalanmang. Metall ballonchani g'ilofga qaytarib joylashtiring va qopqoqchani kiygizing. Metall ballonchani suvga botirmang.

Ballon 200 ingalyatsiyaga mo'ljallangan. Shundan so'ng ballonni almashtirish kerak.

OGOHLANTIRISH: og'iz uchun plastik mundshtuk maxsus Salbutamol-Farmstandart preparati uchun ishlab chiqilgan va preparatni aniq dozalash uchun xizmat qiladi. Mundshtuk boshqa dozalangan aerozollar bilan ishlatilmasligi kerak. Shuningdek, Salbutamol-Farmstandart preparatini preparat bilan birga yetkazib beriladigan mundshtukdan tashqari boshqa har qanday adapterlar bilan ishlatish mumkin emas.

Ballon ichidagisi bosim ostida. Ballonni ochish va 50 °C dan yuqori haroratda qizdirish mumkin emas!

Agar sizda ingalyatorni ishlatish bilan bog'liq qiyinchiliklar tug'ilsa, shifokor bilan bog'laning.

Kichik yoshdagi bolalar ingalyatorni kattalar nazorati yoki yordami ostida ishlatishlari kerak.Dozani oshirib yuborishSimptomlari

Salbutamol dozasini oshirib yuborish belgilari va simptomlari beta-adrenerjik retseptorlarni stimulyatsiyasi bilan farmakologik shartlangan o'tkinchi hodisalar hisoblanadi, masalan, arterial bosimning pasayishi, taxikardiya, mushak tremori, ko'ngil aynishi, qusish, giperglikemiya, laktatatsidoz. Yuqori dozalar qo'llanilganda, shuningdek qisqa ta'sir etuvchi beta-agonistlar dozasi oshirib yuborilganda laktatatsidoz rivojlanishi kuzatilgan, shuning uchun dozani oshirib yuborishda zardob laktatining oshishi va metabolik asidoz rivojlanishi ehtimolini nazorat qilish ko'rsatilishi mumkin (ayniqsa hushtaksimon nafas olish kabi bronxospazmning boshqa belgilari bartaraf etilishiga qaramay taxipnoe saqlanib qolganda yoki yomonlashganda) ("Maxsus ko'rsatmalar" va "Nojo'ya ta'siri" bo'limlariga qarang). Salbutamolning yuqori dozalarini qo'llash gipokaliyemiyani keltirib chiqarishi mumkin, shuning uchun qon plazmasida kaliy konsentratsiyasini nazorat qilish zarur.

Davolash

Salbutamolni bekor qilish va tegishli simptomatik terapiyani tayinlash kerak. Kardioselektiv (beta-adrenoblokatorlar kardiologik simptomatikasi (masalan, taxikardiya, yurak urishi hissi) mavjud bo'lgan bemorlarda bronxospazm yuzaga kelishi xavfi tufayli ehtiyotkorlik bilan qo'llanilishi kerak.
Hajm/og'irlik
100мкг

Salbutamol boshqa chiqarish shakllari

SALBUTAMOL aerozol 12ml 90 doz
SALBUTAMOL aerozol 12ml 90 doz
Rossiya Federatsiyasi
Ishlab chiqaruvchi:
Mosximfarmpreparati im N.A.Semashko, OAO
•82 ta dorixonada bor
Narxi
23 000 so'm dan
SALBUTAMOL aerozol 100mkg 100 mkg/doza 200 doz
Retseptli
SALBUTAMOL aerozol 100mkg 100 mkg/doza 200 doz
Xitoy
Ishlab chiqaruvchi:
Eastmount Invest L.P., Velikobritaniya proizvedeno: Heilongjiang Province Fulekang Pharmaceutical Co., Ltd
SALBUTAMOL aerozol 12 ml 100 mkg/doza 90 doza
SALBUTAMOL aerozol 12 ml 100 mkg/doza 90 doza
Rossiya Federatsiyasi
Ishlab chiqaruvchi:
Altayvitamini, ZAO
•83 ta dorixonada bor
Narxi
25 000 so'm dan
SALBUTAMOL TEVA aerozol 100 mkg 200 doz
SALBUTAMOL TEVA aerozol 100 mkg 200 doz
Irlandiya
Ishlab chiqaruvchi:
Norton Voterford-Ayveks Farmasyutikals Irlandiya
SALBUTAMOL AV aerozol 7,0 g 100 mkg 200 doz
Retseptsiz
SALBUTAMOL AV aerozol 7,0 g 100 mkg 200 doz
Rossiya Federatsiyasi
Ishlab chiqaruvchi:
Altayvitamini, ZAO
SALBUTAMOL aerozol 100 mkg/doza 200 doz
Retseptli
SALBUTAMOL aerozol 100 mkg/doza 200 doz
Germaniya
Ishlab chiqaruvchi:
Sandoz Pharmaceuticals d.d., Sloveniya proizvedeno: Aeropharm GmbH
•83 ta dorixonada bor
Narxi
25 000 so'm dan
SALBUTAMOL aerozol 100mkg 100 mkg/doza 200 doz
Retseptli
SALBUTAMOL aerozol 100mkg 100 mkg/doza 200 doz
Rossiya Federatsiyasi
Ishlab chiqaruvchi:
Binnofarm, AO
SALBUTAMOL MXFP aerozol 100 mkg 200 doz
SALBUTAMOL MXFP aerozol 100 mkg 200 doz
Rossiya Federatsiyasi
Ishlab chiqaruvchi:
Mosximfarmpreparati im N.A.Semashko, OAO
SALBUTAMOL aerozol 12 ml 100 mkg/doza 200 doz
SALBUTAMOL aerozol 12 ml 100 mkg/doza 200 doz
Rossiya Federatsiyasi
Ishlab chiqaruvchi:
Heilongjiang Province Fulekang Pharmaceutical
SALBUTAMOL AV aerozol 11,0 g 100 mkg 200 doz
Retseptsiz
SALBUTAMOL AV aerozol 11,0 g 100 mkg 200 doz
Rossiya Federatsiyasi
Ishlab chiqaruvchi:
Altayvitamini, ZAO

SALBUTAMOL FARMSTANDART aerozol dlya ingalyasiy 100 mkg 200 doz analoglari

SALAMOL EKO LEGKOE DIXANIE 200DOZ aerozol
SALAMOL EKO LEGKOE DIXANIE 200DOZ aerozol
Irlandiya
Ishlab chiqaruvchi:
Norton Voterford-Ayveks Farmasyutikals Irlandiya
VENTOLIN aerozol 100mkg 200 doz
VENTOLIN aerozol 100mkg 200 doz
Frantsiya
Ishlab chiqaruvchi:
«Glakso Vellkom Prodakshen»
SALBUTAMOL TEVA aerozol 100 mkg 200 doz
SALBUTAMOL TEVA aerozol 100 mkg 200 doz
Irlandiya
Ishlab chiqaruvchi:
Norton Voterford-Ayveks Farmasyutikals Irlandiya
SALBUTAMOL MXFP aerozol 100 mkg 200 doz
SALBUTAMOL MXFP aerozol 100 mkg 200 doz
Rossiya Federatsiyasi
Ishlab chiqaruvchi:
Mosximfarmpreparati im N.A.Semashko, OAO
SALBUTAMOL AV aerozol 11,0 g 100 mkg 200 doz
Retseptsiz
SALBUTAMOL AV aerozol 11,0 g 100 mkg 200 doz
Rossiya Federatsiyasi
Ishlab chiqaruvchi:
Altayvitamini, ZAO
SALBUTAMOL AV aerozol 7,0 g 100 mkg 200 doz
Retseptsiz
SALBUTAMOL AV aerozol 7,0 g 100 mkg 200 doz
Rossiya Federatsiyasi
Ishlab chiqaruvchi:
Altayvitamini, ZAO
VENTAKORT aerozol 100mkg
Retseptli
VENTAKORT aerozol 100mkg
Turkiya
Ishlab chiqaruvchi:
World Medicine Ilas San. Ve Tic. A.S.
•4 ta dorixonada bor
Narxi
37 900 so'm dan
VENTOLIN EVOXALER INGALYATOR DOZIROVANNIY 100mkg 200 doz N1
Retseptli
VENTOLIN EVOXALER INGALYATOR DOZIROVANNIY 100mkg 200 doz N1
Frantsiya
Ishlab chiqaruvchi:
GlaxoSmithKline Export Limited., Velikobritaniya proizvedeno: GlaxoWellcome Production
NEBUTAMOL eritma dlya ingalyasiy 2ml 1mg/ml N10
Retseptli
NEBUTAMOL eritma dlya ingalyasiy 2ml 1mg/ml N10
Ukraina
Ishlab chiqaruvchi:
Yuriya-Farm, OOO
•130 ta dorixonada bor
Narxi
73 400 so'm dan
AEROBRES aerozol 100mkg N200
AEROBRES aerozol 100mkg N200
Germaniya
Ishlab chiqaruvchi:
Sandoz Pharmaceuticals d.d., Sloveniya proizvedeno: Aeropharm GmbH

SALBUTAMOL FARMSTANDART aerozol dlya ingalyasiy 100 mkg 200 doz haqida savollar

SALBUTAMOL FARMSTANDART aerozol dlya ingalyasiy 100 mkg 200 doz haqida fikr-mulohazalar

Reyting 0, 0 ta sharh asosida

Alifbo bo'yicha dori vositalar ro'yxati

scroll-top

Biz portalimiz ishini takomillashtirish maqsadida cookie-fayllardan foydalanamiz. Ishni davom ettirar ekansiz, ulardan foydalanishga rozilik bildirgan bo‘lasiz. Batafsil