SALBUTAMOL MXFP aerozol 100 mkg 200 doz

SALBUTAMOL MXFP aerozol 100 mkg 200 doz qo'llanmasi
Farmakokinetikasi
Inhalyatsion yuborilgandan so'ng salbutamol dozasining 10-20% i pastki nafas yo'llariga yetib boradi. Dozaning qolgan qismi ingalyatorda qoladi yoki og'iz-halqumda to'planadi va keyin yutiladi. Nafas yo'llarida to'plangan fraktsiya o'pka to'qimalariga va qonga so'riladi, ammo o'pkada metabolizmga uchramaydi.
Salbutamolning plazma oqsillari bilan bog'lanish darajasi taxminan 10% ni tashkil qiladi.
Qonga tushgandan so'ng salbutamol jigarda metabolizmga uchraydi va asosan siydik bilan o'zgarmagan holda va fenol sulfat shaklida chiqariladi. Inhalyatsion dozaning yutilgan qismi me'da-ichak yo'llaridan so'riladi va jigar orqali "birinchi o'tish"da faol metabolizmga uchrab, fenol sulfatga aylanadi. O'zgarmagan salbutamol va kon'yugat asosan siydik bilan chiqariladi.
Vena ichiga yuborilgan salbutamol 4-6 soatlik yarim chiqarilish davriga ega. Qisman o'zgarmagan holda va qisman faol bo'lmagan metabolit 4'-O-sulfat (fenol sulfat) ko'rinishida buyraklar orqali chiqariladi. Kiritilgan salbutamol dozasining faqat ozgina qismi axlat bilan chiqariladi. Vena ichiga, peroral yoki inhalyatsion yo'l bilan organizmga kiritilgan salbutamol dozasining katta qismi 72 soat ichida chiqariladi.
Nojo'ya samaralari
Tezlik bo‘yicha nojo‘ya effektlar quyidagi toifalarga bo‘linishi mumkin: juda tez-tez (> 1/10), tez-tez (> 1/100 va 1/1000 va 1/10 000 va
Immun tizimi tomonidan: juda kam hollarda - o‘ta yuqori sezuvchanlik reaksiyalari, shu jumladan angionevrotik shish, toshma, bronxospazm.
Almashinuv jarayonlari tomonidan: kam hollarda - gipokaliemiya, qonda erkin yog‘ kislotalarining ko‘payishi. Og‘ir gipokaliemiya potentsial ravishda β2-agonistlar bilan davolash natijasi bo‘lishi mumkin.
Asab tizimi tomonidan: tez-tez - tremor, bosh og‘rig‘i; juda kam hollarda - giperfaollik.
Yurak-qon tomir tizimi tomonidan: tez-tez - taxikardiya; kam hollarda - yurak urishining tezlashishi; juda kam hollarda - aritmiya, shu jumladan bo‘lmachalar fibrillyatsiyasi, supraventrikulyar taxikardiya, ekstrasistoliya, arterial gipotenziya va kollaps; kam hollarda - periferik tomirlarning kengayishi.
Nafas olish tizimi tomonidan: juda kam hollarda - paradoksal bronxospazm.
Me’da-ichak yo‘llari tomonidan: kam hollarda - og‘iz bo‘shlig‘i va halqum shilliq qavatining ta’sirlanishi.
Suyak-mushak tizimi tomonidan: kam hollarda - tirishishlar.
Maxsus saqlash sharoitlari
Bemorlarga Salbutamol-MXFP ingalyatsiyalar uchun dozalangan aerozol 100 mkg/doza (200 doza) preparatini to‘g‘ri qo‘llash bo‘yicha ko‘rsatma berish kerak. Salbutamolning bronxlarga tushishini ta'minlash uchun preparatni to‘g‘ri qo‘llash va yo‘riqnomani aniq bajarish zarur. Davolash boshida preparatni tibbiyot xodimlari nazorati ostida va ko‘zgu oldida mashq qilgandan keyin qo‘llash kerak.
Boshqa ingalyatsion preparatlarni qo‘llashda bo‘lgani kabi, ballon sovutilganda terapevtik samara kamayishi mumkin. Shuning uchun qo‘llashdan oldin preparatli ballon xona haroratigacha isitilishi kerak (ballonni bir necha daqiqa davomida qo‘llar bilan isitish, boshqa usullarni qo‘llash mumkin emas!).
Ballonlar ichidagisi bosim ostida bo‘ladi, shuning uchun ballonlarni qizdirish, sindirish, teshib ko‘rish yoki yoqish mumkin emas, hatto ular bo‘sh bo‘lsa ham.
Ingalyatsiyadan keyin og‘izda noxush hislar va tomoqda qirilish yuzaga kelgan taqdirda og‘izni suv bilan chayish kerak.
Bronxodilatatorlar beqaror yoki og‘ir kechuvchi bronxial astma terapiyasining yagona yoki asosiy komponenti bo‘lmasligi kerak.
Agar preparatning odatiy dozasi ta'siri kamroq samarali yoki kamroq davomli bo‘lib qolsa (preparat ta'siri kamida 3 soat saqlanib turishi kerak), bemor shifokorga murojaat qilishi kerak. Salbutamol dozasini yoki qabul qilish chastotasini oshirishni faqat shifokor nazorati ostida o‘tkazish kerak. Keyingi dozalarni qabul qilish o‘rtasidagi intervalni qisqartirish faqat alohida hollarda mumkin va qat'iy asoslangan bo‘lishi kerak. Bronxial astmani davolash uchun qisqa ta'sirga ega ingalyatsion β2-adrenoreseptorlar agonistlarini qo‘llashga bo‘lgan ehtiyojning oshishi kasallikning zo‘rayganligidan dalolat beradi. Bunday hollarda bemorni davolash rejasini qayta ko‘rib chiqish kerak. Astma zo‘rayganda salbutamolning yuqori dozalarini qabul qilish "rikoshet" sindromini (har bir keyingi xuruj kuchliroq bo‘ladi) chaqirishi mumkin. Og‘ir bo‘g‘ilish xurujida ingalyatsiyalar o‘rtasidagi tanaffus kamida 20 daqiqa bo‘lishi kerak.
Asoratlar xavfi davolash davomiyligi sezilarli bo‘lganda ham, preparat keskin bekor qilinganda ham ortadi. Salbutamolni uzoq muddat qo‘llash bazis terapiya uchun yallig‘lanishga qarshi preparatlarni ishlatish bilan birga kechishi kerak.
Bronxial astmaning to‘satdan va progressiv yomonlashishi bemor hayoti uchun xavf tug‘dirishi mumkin, shuning uchun bunday hollarda glyukokortikosteroidlarni tayinlash yoki dozasini oshirish masalasini zudlik bilan hal qilish zarur. Bunday bemorlarda nafas chiqarishning eng yuqori tezligini har kuni monitoring qilish tavsiya etiladi.
Salbutamolni tireotoksikoz bo‘lgan bemorlarda ehtiyotkorlik bilan qo‘llash kerak.
(β2-adrenoreseptorlar agonistlari bilan terapiya, ayniqsa ular parenteral yuborilganda yoki nebulayzer yordamida qo‘llanilganda, gipokaliemiyaga olib kelishi mumkin. Bronxial astmaning og‘ir xurujlarini davolashda alohida ehtiyotkorlik ko‘rsatish tavsiya etiladi, chunki bu hollarda gipokaliemiya ksantin hosilalari, glyukokortikosteroidlar, diuretiklarni bir vaqtda qo‘llash natijasida, shuningdek gipoksiya oqibatida kuchayishi mumkin. Bunday hollarda qon zardobida kaliy darajasini nazorat qilish zarur.
Preparatning transport vositalarini va mexanizmlarni boshqarish qobiliyatiga ta'siri:
Ma'lumotnoma adabiyotlarida salbutamolni ingalyatsion qo‘llashning bemorning avtomobil va/yoki boshqa mexanizmlarni boshqarish qobiliyatiga ta'siri haqida ma'lumotlar yo‘q. Preparatning bir dozasida 1,36 mg rektifikatsiya qilingan etil spirti bo‘lishi shunchalik kamki, bu avtomobil va/yoki boshqa mexanizmlarni boshqarish qobiliyatiga ta'sir qila olmaydi.
Qo'llanilishi mumkin bo'lmagan holatlar
- Preparatning har qanday komponentiga yuqori sezuvchanlik.
- Muddatidan oldin tug‘ruqni olib borish.
- Abort xavfi.
- 2 yoshgacha bo‘lgan bolalar.
- Homiladorlik
Ehtiyotkorlik bilan:
Bemorlarda anamnezda taxiaritmiya, miokardit, yurak nuqsonlari, aortal stenoz, yurak ishemik kasalligi, og‘ir surunkali yurak yetishmovchiligi, arterial gipertenziya, tireotoksikoz, feoxromotsitoma, dekompensatsiyalangan qandli diabet, glaukoma, epixurujlar, buyrak yoki jigar yetishmovchiligi, neselektiv β-adrenoblokatorlarni bir vaqtda qabul qilish, laktatsiya davri qayd etilganda preparatni ehtiyotkorlik bilan qo‘llash kerak.
Homiladorlik va laktatsiya:
Homiladorlik vaqtida mumkin emas.
Laktatsiya davrida faqat ona uchun kutilayotgan foyda bola uchun har qanday mumkin bo‘lgan xavfdan ustun bo‘lgan holdagina tayinlanadi.
Dori vositalarining o'zaro ta'siri
Salbutamol va propranolol kabi noselektiv ?-adrenoblokatorlarni bir vaqtda qo'llash tavsiya etilmaydi.
Salbutamol monoaminoksidaza ingibitorlarini (MAOI) olayotgan bemorlarga qarshi ko'rsatma emas.
Tireotoksikozli bemorlarda markaziy asab tizimi stimulyatorlari ta'sirini, taxikardiyani kuchaytiradi, yurak glikozidlari qabul qilish fonida ekstrasistoliya rivojlanishi ehtimolini kuchaytiradi.
Teofillin va boshqa ksantinlar bir vaqtda qo'llanilganda taxiaritmiyalar rivojlanishi ehtimolini; ingalyatsion anesteziya uchun vositalar, levodopa - og'ir qorincha aritmiyalari rivojlanishi ehtimolini oshiradi.
Antixolinergik vositalar (shu jumladan ingalyatsion) bilan bir vaqtda buyurish ko'z ichi bosimining oshishiga yordam berishi mumkin.
Diuretiklar va glyukokortikosteroidlar salbutamolning gipokaliemik ta'sirini kuchaytiradi.
Dozirovkasi
Dozani yoki preparatni qo'llash takroriyligini oshirish masalasini faqat shifokor hal qilishi mumkin.
Preparatni sutkasiga 4 martadan ortiq qo'llash tavsiya etilmaydi. Preparatning maksimal dozalarini tez-tez qo'llashga ehtiyoj yoki dozani to'satdan oshirish kasallik kechishining yomonlashuvidan dalolat beradi.
Kattalar va 12 yoshdan katta bolalarga.
Bronxospazm xurujini bartaraf etish: tavsiya etilgan doza 100-200 mkg (1-2 ingalyatsiya) ni tashkil qiladi.
Allergen ta'siri bilan bog'liq yoki jismoniy yuklama keltirib chiqargan bronxospazm xurujlarini oldini olish: tavsiya etilgan doza provokatsiya qiluvchi omil ta'siridan 10-15 daqiqa oldin 200 mkg (2 ingalyatsiya) ni tashkil qiladi.
Uzoq muddatli ushlab turuvchi terapiya: tavsiya etilgan doza 200 mkg gacha (2 ingalyatsiya) sutkasiga 4 martani tashkil qiladi.
Maksimal sutkalik doza: 1200 mkg (12 ingalyatsiya).
12 yoshgacha bo'lgan bolalarga.
Bronxospazm xurujini bartaraf etish: tavsiya etilgan doza 100-200 mkg (1-2 ingalyatsiya) ni tashkil qiladi.
Allergen ta'siri bilan bog'liq yoki jismoniy yuklama keltirib chiqargan bronxospazm xurujlarini oldini olish: tavsiya etilgan doza provokatsiya qiluvchi omil ta'siridan 10-15 daqiqa oldin 100-200 mkg (1-2 ingalyatsiya) ni tashkil qiladi.
Uzoq muddatli ushlab turuvchi terapiya: tavsiya etilgan doza 200 mkg gacha (2 ingalyatsiya) sutkasiga 4 martani tashkil qiladi.
Maksimal sutkalik doza: 800 mkg (8 ingalyatsiya).
Preparatni qo'llash qoidalari:
Birinchi qo'llashga tayyorgarlik:
Preparatni birinchi marta qo'llashdan oldin quyidagilarni bajarish kerak: ballon va klapan shtokiga himoya qopqoqchasi bilan jihozlangan uchlik-ingalyatorni kiygizish, uchlik-ingalyatordan himoya qopqoqchasini olib tashlash. Keyin ballonni vertikal harakatlar bilan kuchli silkitish, ballonni uchlik-ingalyator bilan pastga qaratish va klapanning adekvat ishlashiga ishonch hosil qilish uchun havoga ikki marta purkash kerak. Preparatni qo'llashda bir necha kun tanaffus bo'lganda ballonni yaxshilab silkitgandan so'ng havoga bir marta purkash kerak.
Qo'llash:
1. Uchlik-ingalyatordan himoya qopqoqchasini olib tashlang. Uchlik-ingalyatorning ichki va tashqi yuzalari tozaligiga ishonch hosil qiling.
2. Ballonni vertikal harakatlar bilan kuchli silkiting.
3. Ballonni uchlik-ingalyator bilan pastga qarating, ballonni bosh barmog'i va o'rta hamda ko'rsatkich barmoqlari orasida vertikal holda shunday ushlangki, bosh barmoq uchlik-ingalyator ostida bo'lsin.
4. Maksimal chuqur nafas chiqaring, keyin uchlik-ingalyatorni og'izga tishlar orasiga joylashtiring va uni lablar bilan qamrab oling, bunda tishlamaslik kerak.
5. Og'iz orqali nafas olishni boshlab, preparat dozasini chiqarish uchun ballonning yuqori qismini bosing, bunda sekin va chuqur nafas olishni davom ettiring.
6. Nafasni ushlab turing, uchlik-ingalyatorni og'izdan oling va barmoqni ballonning yuqori qismidan oling. Iloji boricha nafasni ushlab turishni davom ettiring.
7. Agar keyingi ingalyatsiyani bajarish zarur bo'lsa, ballonni vertikal holda ushlab, taxminan 30 soniya kutish kerak. Shundan so'ng 2-6 bandlarda bayon etilgan yo'riqnomalarga muvofiq ingalyatsiyani bajaring.
Uchlik-ingalyatorni himoya qopqoqchasi bilan yoping. MUHIM:
4, 5 va 6 bandlarga muvofiq harakatlarni shoshilmasdan bajaring. Doza chiqarilishidan oldin darhol iloji boricha sekinroq nafas olishni boshlash muhimdir. Dastlabki bir necha marta ko'zgu oldida mashq qilish kerak. Agar og'iz chetlarida "bulutchalar" paydo bo'lsa, yana 2-banddan boshlash kerak.
Tozalash:
Uchlik-ingalyatorni haftasiga kamida bir marta tozalash kerak.
1. Uchlik-ingalyatordan himoya qopqoqchasini olib tashlang, uchlik-ingalyatorni esa ballondan yechib oling.
2. Uchlik-ingalyator va himoya qopqoqchasini iliq oqayotgan suv ostida yaxshilab yuving.
3. Uchlik-ingalyator va himoya qopqoqchasini ichi va tashqarisini yaxshilab quriting.
4. Uchlik-ingalyatorni ballon va klapan shtokiga kiygizing, uchlik-ingalyatorning bo'sh teshigini himoya qopqoqchasi bilan yoping.
Ballonni suvga solmang!Dozani oshirib yuborishSimptomlari: tez-tez uchraydigan - gipokaliyemiya, arterial bosimning pasayishi, taxikardiya, mushak tremori, ko'ngil aynishi, qusish; kamroq uchraydigan - qo'zg'alish, giperglikemiya, respirator alkaloz, gipoksemiya, bosh og'rig'i; kam uchraydigan - gallyutsinatsiyalar, talvasalar, taxiaritmiya, qorinchalar titrashi, periferik tomirlarning kengayishi.
Davolash:
Salbutamol dozasi oshirib yuborilganda eng yaxshi antidotlar kardioselektiv β-adrenoblokatorlar hisoblanadi. Biroq β-adrenoreseptorlar blokatorlarini anamnezida bronxospazm xurujlari bo'lgan bemorlarda ehtiyotkorlik bilan qo'llash kerak.
Salbutamolning katta dozalarini qo'llash gipokaliyemiyani keltirib chiqarishi mumkin, shuning uchun dozani oshirib yuborishga shubha qilinganda qon zardobida kaliy darajasini nazorat qilish kerak.
Hajm/og'irlik
SALBUTAMOL MXFP aerozol 100 mkg 200 doz o'xshash dorilari



SALBUTAMOL MXFP aerozol 100 mkg 200 doz xususiyatlari
Salbutamol boshqa chiqarish shakllari











SALBUTAMOL MXFP aerozol 100 mkg 200 doz analoglari










{
"data": {
"id": 31539,
"stores_apteka_id": null,
"slug": "salbutamol-mkhfp-100mkg-doza-200doz-aeroz-semashko",
"stores_apteka_slug": null,
"name": "SALBUTAMOL MXFP aerozol 100 mkg 200 doz",
"brand_name": "SALBUTAMOL MXFP",
"image": "uploads/iblock/a26/a2684f35d98877f85597a7e011febed2.webp",
"atx_code": "R03AC02 Сальбутамол",
"drug_form_id": 25,
"over_the_counter": false,
"prescription_type": "unknown",
"availability": "not_available",
"reviews_count": 0,
"reviews_rating": 0,
"has_pickup": false,
"has_delivery": false,
"manufacturer": null,
"manufacturer_plain": "Mosximfarmpreparati im N.A.Semashko, OAO",
"representative": null,
"representative_plain": null,
"distributor": null,
"distributor_plain": null,
"is_manufacturer_advertiser": false,
"is_representative_advertiser": false,
"is_dietary_supplement": false,
"is_medical_device": false,
"category": {
"id": 477,
"slug": "dykhatelnaya-sistema",
"name": "Nafas olish tizimi",
"external_link_title": "Pulmonolog maslahati",
"external_link": "https://med24.uz/uz/doctors/pulmonolog"
},
"drug_group": {
"id": 7823,
"slug": "salbutamol",
"name": "Salbutamol"
},
"is_purchasable": false,
"country": {
"id": 20,
"slug": "rossiya",
"name": "Rossiya Federatsiyasi"
},
"active_ingredients": [
{
"id": 5957,
"slug": "salbutamol",
"name": "Salbutamol"
}
],
"tags": [
{
"id": 709,
"slug": "ot-astmy",
"name": "Astmadan"
}
]
}
}





