Apteka.uz
SavatKirish
Bosh sahifa  / Dori vositalari  / Og'riq qoldiruvchi  / TAIKOLD S AROMATOM poroshok so vkusom malini N10

TAIKOLD S AROMATOM poroshok so vkusom malini N10

Retseptsiz
Mahsulot haqida tafsilotlar
Ishlab chiqarilgan joyi:Gruziya
Faol modda:Parasetamol
Ishlab chiqaruvchi:GM Pharmaceuticals Ltd, OOO
Vakil:GMP
ATX kodi:N02BE51
Barcha TAIKOLD dorilari
Mavjud emas
Dorixonadan topish
To‘lov va yetkazib berish usullari Toshkentda
Olib ketish
Ertaga yoki keyinroq 0 ta dorixonadan
Dorixonada karta yoki naqd to‘lov
Yetkazib berish
2 soat ichida yoki ertaga, yetkazib berish narxi onlayn dorixonada ko‘rsatilgan tarif bo‘yicha. Onlayn yoki kuryerga to‘lov

TAIKOLD S AROMATOM poroshok so vkusom malini N10 haqida qo'llanma

Tarkibi va ishlab chiqarilish shakli

Preparatning bir paketchasi quyidagilarni saqlaydi:

faol moddalar:

paratsetamol…………………………………500 mg

xlorfeniramin maleati…………………....2 mg

askorbin kislotasi (S vitamini)…… .......30 mg

yordamchi moddalar: suvsiz limon kislotasi, saxaroza, natriy sitrati, aspartam, “Food red 7” boʻyovchisi, malina aromatizatori.

Farmakokinetikasi

Paratsetamol ichga qabul qilinganida yaxshi va tez soʻriladi. Plazmadagi choʻqqi konsentratsiyasiga 30-90 minut oʻtgach erishiladi. Organizmning deyarli barcha toʻqimalariga kiradi, yoʻldosh orqali oson oʻtadi va koʻkrak suti bilan chiqariladi. Jigarda metabolizmga uchraydi, metabolitlari farmakologik faol emas, ammo toʻplanganida jigarni nekrozga olib kelishi mumkin. Asosan metabolitlari koʻrinishida buyrak orqali chiqariladi. Yarim chiqarilish davri 1,5 soatdan 3 soatgacha oʻzgarib turadi. Jigar funksiyasi buzilishida preparatning organizmdan chiqarilishi sekinlashadi, bu metabolitlarini organizmda toʻplanishiga yordam beradi.

Xlorfeniramin maleati ichga qabul qilinganida meʼda-ichak yoʻllaridan yaxshi soʻriladi. Oqsillar bilan bogʻlanishi - yuqori (72%). Biotransformatsiyasi jigarda, shuningdek buyrakda kechadi. Yarim chiqarilish davri - 14-25 soatni tashkil qiladi. Organizmdan buyrak orqali metabolitlari koʻrinishida chiqariladi.

Askorbin kislotasi meʼda-ichak yoʻllaridan yaxshi soʻriladi, plazma oqsillari bilan bogʻlanishi 25% ni tashkil qiladi, organizm toʻqimalariga keng taqsimlanadi. Jigarda metabolizmga uchraydi, siydik bilan oʻzgarmagan holda oksalat shaklida chiqariladi. Haddan tashqari koʻp miqdorda qabul qilingan askorbin kislotasi oʻzgarmagan holda siydik bilan tez chiqariladi.

Farmakologik ta'siri

Taʼsiri, uning tarkibiga kiruvchi komponentlarning xususiyatlari bilan bogʻliq boʻlgan majmuaviy preparat.

Paratsetamol yaqqol ogʻriq qoldiruvchi, isitmani tushiruvchi va kuchsiz yalligʻlanishga qarshi taʼsir koʻrsatadi. Taʼsir mexanizmi asosan gipotalamusdagi termoregulyatsiya markazida prostaglandinlar sintezini susaytirishi bilan bogʻliq.

Xlorfeniramin maleati – N1-gistamin retseptorlarining blokatori, allergiyaga qarshi taʼsir koʻrsatadi, nafas yoʻllarining yuqori boʻlimlari shilliq qavatining qon tomirlari oʻtkazuvchanligini kamaytiradi, koʻz yoshini oqishi, koʻz va burundagi qichishishni bartaraf etadi.

Askorbin kislotasi (S vitamini) grippda va boshqa oʻtkir respirator virusli infeksiyalar (OʻRVI) da S vitaminiga boʻlgan yuqori ehtiyoj oʻrnini qoplaydi, organizmning infeksiyalarga chidamliligini oshiradi.

Nojo'ya samaralari

“Taikold s malinoy” jiddiy nojoʻya taʼsirlar chaqirmaydi. Ayrim hollarda ogʻizni qurishi, koʻngil aynishi, bosh aylanishi boʻlishi mumkin.

Allergik reaksiyalar (terida toshma, qichishish, eshakemi, angionevrotik shish), epigastral ogʻriq; anemiya, trombotsitopeniya; akkomodatsiya parezi, siydikni tutilishi, uyquchanlik. Katta dozalarda uzoq vaqt qoʻllanganda – gepatotoksik taʼsir, gemolitik anemiya, aplastik anemiya, metgemoglobinemiya, pansitopeniya; meʼda-ichak yoʻllarining eroziv-yarali shikastlanishlari, meʼda-ichak yoʻllaridan qon ketishlari; nefrotoksiklik (papillyar nekroz).

Maxsus ko‘rsatmalari

Preparat bilan davolash fonida 3 kundan ortiq davom etuvchi gipertermiyada va 5 kundan ortiq ogʻriq sindromida shifokorning maslahati talab etiladi.

Preparatni qabul qilish plazmada glyukoza va siydik kislotasining miqdorini aniqlashda laborator tekshiruvlarning koʻrsatkichlarini oʻzgartiradi.

Davolanish vaqtida periferik qon manzarasini va jigarning funksional holatini nazorat qilish lozim.

Davolanish davrida etanolni isteʼmol qilishdan (gepatotoksik taʼsir rivojlanishi mumkin), avtotransportni haydashdan va diqqatni yuqori jamlanishi xamda psixomotor reaksiyalarning tezligini talab etuvchi boshqa potensial xavfli faoliyat turlari bilan shugʻullanishdan saqlanish kerak.

Tugʻma giperbilirubinemiyalarda (Jilber, Dubin-Djonson va Rotor sindromlari), yopiq burchakli glaukomada, prostata bezi giperplaziyasida ehtiyotkorlik bilan qabul qilinadi.

“Taikold s malinoy” preparatini qoʻllaganda alkogol isteʼmol qilish, uxlatuvchi vositalar va trankvilizator qabul qilish mumkin emas.

Avtotransportni haydash va mexanizmlarni boshqarish qobiliyatiga taʼsiri

Davolanish vaqtida preparat uyquchanlik yoki tormozlanishni chaqirishi mumkin, shuning uchun avtomobilni boshqarish yoki yuqori diqqatni talab etuvchi boshqa faoliyat bilan shugʻullanish mumkin emas.

Qo'llanilishi

isitma, bosh ogʻrigʻi, oʻtkir rinit, burunning bitishi, aksirish, mushaklarda ogʻriq bilan kechuvchi gripp, infeksion-yalligʻlanish va shamollash kasalliklarini simptomatik davolashda qoʻllaniladi.

Qo'llanilishi mumkin bo'lmagan holatlar

- preparatning komponentlariga yuqori sezuvchanlik

- meʼda-ichak yoʻllarining eroziv-yarali shikastlanishlari (zoʻrayish fazasidagi),

- buyrak yetishmovchiligi,

- portal gipertenziya, alkogolizm,

- glyukoza-6-fosfatdegidrogenaza tanqisligi,

- bolalar (15 yoshgacha),

- homiladorlik va laktatsiya davrida qoʻllash mumkin emas.

Ehtiyotkorlik choralari

Koronar arteriyalarning yaqqol aterosklerozida, gipertireozda, qandli diabetning ogʻir shakllarida va ichki aʼzolarning ogʻir funksional buzilishlarida preparatni ehtiyotkorlik bilan ishlatish lozim.

Dori vositalarining o'zaro ta'siri

Preparatni MAO ingibitorlari, beta-adrenoblokatorlar bilan bir vaqtda ehtiyotkorlik bilan buyurish lozim.

Paratsetamol saqlovchi preparatlar bilan bir vaqtda qabul qilishdan saqlanish lozim.

Paratsetamol (preparat tarkibiga kiruvchi) jigar fermentlarini faollashtiruvchi dori vositalar (baʼzi uxlatuvchi va tirishishga qarshi vositalar, rifampitsin, etanol) bilan bir vaqtda qoʻllanganida, paratsetamolning gepatotoksik taʼsiri kuchayadi.

Dozirovkasi

Bir paketcha ichidagisini stakanga solinadi va uni issiq suv bilan toʻldirib, toʻliq erigunicha aralashtiriladi.

Kattalarga: 1 paketchadan har 4-6 soatda buyuriladi, ammo 24 soat davomida 4 paketchadan ortiq qabul qilish mumkin emas. Preparatni qabul qilish davomiyligi 5 kundan koʻp emas.

Shamollash kasalliklarini davolashda preparatni kasallikning birinchi belgilari paydo boʻlganidan keyin, iloji boricha ertaroq qoʻllagan yaxshi.

Dozani oshirib yuborilishi

Kattalarda preparatning tarkibida 10-15 g paratsetamol qabul qilinganda toksik taʼsiri kuzatilishi mumkin. Simptomlari: (paratsetamol bilan bogʻliq) teri qoplamalarini oqarishi, ishtahani pasayishi, koʻngil aynishi, qusish, gepatonekroz (intoksikatsiya oqibatidagi nekroz yaqqolligi dozani oshirib yuborilishiga bevosita bogʻliq), protrombin vaqtini uzayishi bilan “jigar” transaminazalari faolligini oshishi (qabul qilgandan keyin 12-48 soatdan keyin); jigarni shikastlanishining toʻliq klinik manzarasi 1-6 kundan keyin namoyon boʻladi. Kam hollarda: jigar yetishmovchiligi yashin tezligida rivojlanadi va buyrak yetishmovchiligi (tubulyar nekroz) bilan asoratlanishi mumkin. Davolash: dozani oshirib yuborilishining birinchi 6 soat – meʼdani yuvish, SH-guruhi donatorlarini va glutation sintezi oʻtmishdoshlari – metioninni dozani oshirib yuborilgandan 8-9 soatdan keyin va N-atsetilsisteinni 12 soatdan keyin yuborish. Qoʻshimcha terapevtik choralarni (metioninni yuborishni, vena ichiga (v/v) N-atsetilsisteinni yuborishni davom ettirish) koʻrish zarurati qondagi paratsetamolning konsentratsiyasi, shuningdek qabul qilingandan keyin oʻtgan vaqtga qarab belgilanadi.

Homiladorlik va laktatsiya davrida qo'llanishi

Preparatni homiladorlik va laktatsiya davrida qoʻllash tavsiya etilmaydi.

Diqqat: ushbu sahifadagi preparat tavsifi rasmiy yo‘riqnomaning soddalashtirilgan va to‘ldirilgan versiyasidir. Ma’lumot faqat tanishish maqsadida taqdim etilgan va o‘z-o‘zini davolash uchun qo‘llanma sifatida foydalanilmasligi kerak. TAIKOLD S AROMATOM poroshok so vkusom malini N10 preparatini qabul qilishdan oldin albatta shifokor bilan maslahatlashing

TAIKOLD S AROMATOM poroshok so vkusom malini N10 o'xshash dorilari

FORSIL poroshok so vkusom apelsina 3g N30
FORSIL poroshok so vkusom apelsina 3g N30
O'zbekiston
Vakil:
Nika Pharm
Ishlab chiqaruvchi:
Nika Pharm
•56 ta dorixonada bor
Narxi
45 000 so'm dan
Narxi
31 400 so'm dan
KETONAL krem 30g 5%
KETONAL krem 30g 5%
Sloveniya
Ishlab chiqaruvchi:
Lek d.d.,Salutas Pharma GmbH
•116 ta dorixonada bor
Narxi
43 800 so'm dan
Narxi
31 400 so'm dan

TAIKOLD S AROMATOM poroshok so vkusom malini N10 analoglari

PARASETAMOL 0,5 tabletkalari N10
PARASETAMOL 0,5 tabletkalari N10
Rossiya Federatsiyasi
Ishlab chiqaruvchi:
OOO «Ozon»
•96 ta dorixonada bor
Narxi
2 000 so'm dan
FEVALGAN P infuziya uchun eritma 100ml 1%
Retseptli
FEVALGAN P infuziya uchun eritma 100ml 1%
O'zbekiston
Ishlab chiqaruvchi:
Jurabek Laboratories SP OOO
•1 ta dorixonada bor
Narxi
28 000 so'm dan
KYUPEN IV infuziya uchun eritma 100ml 1%
Retseptli
KYUPEN IV infuziya uchun eritma 100ml 1%
Hindiston
Ishlab chiqaruvchi:
Avison pharmaceuticals Pvt. Ltd., Indiya proizvedeno: Abaris Health Care Pvt. Ltd
•1 ta dorixonada bor
Narxi
55 000 so'm dan
PIRETIKOL suspenziya 100ml 120mg/5ml
Retseptli
PIRETIKOL suspenziya 100ml 120mg/5ml
Turkiya
Ishlab chiqaruvchi:
World Medicine Ilas San. Ve Tic. A.S.
•19 ta dorixonada bor
Narxi
32 000 so'm dan
EFFERALGAN tabletkalari 500mg N16
Retseptsiz
EFFERALGAN tabletkalari 500mg N16
Frantsiya
Ishlab chiqaruvchi:
UPSA SAS
•32 ta dorixonada bor
Narxi
29 000 so'm dan
PARASETAMOL suppozitorii 125mg N6
PARASETAMOL suppozitorii 125mg N6
Rossiya Federatsiyasi
Ishlab chiqaruvchi:
Farmaprim S.R.L
•12 ta dorixonada bor
Narxi
11 900 so'm dan
PARASETAMOL suppozitorii 250mg N6
PARASETAMOL suppozitorii 250mg N6
Moldova
Ishlab chiqaruvchi:
Farmaprim S.R.L
•71 ta dorixonada bor
Narxi
10 000 so'm dan
PARASETAMOL tabletkalari 200mg N10
PARASETAMOL tabletkalari 200mg N10
Rossiya Federatsiyasi
Ishlab chiqaruvchi:
Irbitskiy XFZ,OAO
•14 ta dorixonada bor
Narxi
1 000 so'm dan
PARASETAMOL tabletkalari 200mg N10
PARASETAMOL tabletkalari 200mg N10
O'zbekiston
Ishlab chiqaruvchi:
Radiks, CHNPP
•14 ta dorixonada bor
Narxi
1 000 so'm dan
PARASETAMOL tabletkalari 500mg N10
PARASETAMOL tabletkalari 500mg N10
Rossiya Federatsiyasi
Ishlab chiqaruvchi:
SAMO, OOO
•96 ta dorixonada bor
Narxi
2 000 so'm dan
PARASETAMOL tabletkalari 200mg N10
PARASETAMOL tabletkalari 200mg N10
Rossiya Federatsiyasi
Ishlab chiqaruvchi:
Tatximfarmpreparati, AO
•14 ta dorixonada bor
Narxi
1 000 so'm dan
PARASETAMOL tabletkalari 500mg N10
PARASETAMOL tabletkalari 500mg N10
Rossiya Federatsiyasi
Ishlab chiqaruvchi:
Dalximfarm, OAO
•96 ta dorixonada bor
Narxi
2 000 so'm dan

TAIKOLD S AROMATOM poroshok so vkusom malini N10 haqida savollar

TAIKOLD S AROMATOM poroshok so vkusom malini N10 haqida fikr-mulohazalar

Reyting 0, 0 ta sharh asosida

Alifbo bo'yicha dori vositalar ro'yxati

scroll-top

Biz portalimiz ishini takomillashtirish maqsadida cookie-fayllardan foydalanamiz. Ishni davom ettirar ekansiz, ulardan foydalanishga rozilik bildirgan bo‘lasiz. Batafsil