Apteka.uz
SavatKirish

PARASETAMOL 0,5 tabletkalari N10

Mahsulot haqida tafsilotlar
Ishlab chiqarilgan joyi:Rossiya Federatsiyasi
Faol modda:Parasetamol
Ishlab chiqaruvchi:OOO «Ozon»
Teglar:Og'riqdan
ATX kodi:N02BE01 Парацетамол
Barcha Paratsetamol dorilari
98 ta dorixonada bor
Narxi 2 000 so'm dan
Dorixonadan topish
To‘lov va yetkazib berish usullari Toshkentda
Olib ketish
Ertaga yoki keyinroq 98 ta dorixonadan
Dorixonada karta yoki naqd to‘lov
Yetkazib berish
2 soat ichida yoki ertaga, yetkazib berish narxi onlayn dorixonada ko‘rsatilgan tarif bo‘yicha. Onlayn yoki kuryerga to‘lov

PARASETAMOL 0,5 tabletkalari N10 qo'llanmasi

Farmakokinetikasi

So'rilishi yuqori, preparat me'da-ichak traktidan tez va deyarli to'liq so'riladi. Plazma oqsillari bilan bog'lanishi taxminan 15%. Plazmadagi kontsentratsiya cho'qqisiga 30-60 daqiqadan so'ng erishiladi. Gematoensefalik to'siq orqali o'tadi. Emizikli ona tomonidan qabul qilingan parasetamol dozasining 1% dan kamrog'i ko'krak sutiga o'tadi. Plazmadagi parasetamolning terapevtik samarali kontsentratsiyasiga u 10-15 mg/kg dozada tayinlanganda erishiladi.

Jigarda metabolizmga uchraydi (90-95%): 80% faol bo'lmagan glyukuronidlar va sulfatlar hosil bo'lishi bilan konyugatsiya reaktsiyalariga kirishadi; 17% gidroksillanishga uchrab, 8 ta faol metabolit hosil qiladi, ular glutation bilan konyugatsiyalanib, allaqachon faol bo'lmagan metabolitlarni hosil qiladi. Glutation yetishmovchiligida bu metabolitlar gepatotsitlarning ferment tizimlarini bloklashi va ularning nekrozini keltirib chiqarishi mumkin. Preparat metabolizmida shuningdek CYP2E1, CYP1A2 izofermentlari va kamroq darajada CYP3A4 izofermenti ishtirok etadi. Yarim chiqarilish davri - 1-4 soat. Buyraklar orqali metabolitlar ko'rinishida, asosan konyugatlar, 5% dan kamrog'i o'zgarmagan holda chiqariladi. Keksa bemorlarda preparat klirensi pasayadi va yarim chiqarilish davri uzayadi. Metabolizmning qo'shimcha yo'llari 3-gidroksiparasetamolgacha gidroksillanish va 3-metoksiparasetamolgacha metoksillanish bo'lib, ular keyinchalik glyukuronidlar yoki sulfatlar bilan konyugatsiyalanadi.

Kattalarda glyukuronizatsiya, yangi tug'ilgan chaqaloqlarda (shu jumladan chala tug'ilganlarda) va kichik yoshdagi bolalarda - sulfatlanish ustunlik qiladi. Parasetamolning konyugatsiyalangan metabolitlari (glyukuronidlar, sulfatlar va glutation bilan konyugatlar) past farmakologik (shu jumladan toksik) faollikka ega.

Nojo'ya samaralari

Nojo'ya dori reaksiyalarining tezligi Jahon sog'liqni saqlash tashkiloti tavsiyalariga muvofiq tasniflangan.

MedDRA bo'yicha tizim-a'zolar sinflari

Tez-tez: ≥1/100 dan
Tez-tez emas: ≥1/1000 dan
Kam hollarda: ≥1/10 000 dan
Juda kam hollarda:
Uchrash tezligi noma'lum: mavjud ma'lumotlar asosida baholab bo'lmaydi.

Ovqat hazm qilish a'zolari tomonidan: kam hollarda - qorinda og'riq, ko'ngil aynishi, qusish.

Jigar va o't yo'llari tomonidan: kam hollarda - jigar fermentlari faolligining oshishi; uchrash tezligi noma'lum - jigar yetishmovchiligi, gepatitlar, jigar nekrozi.

Qon yaratish a'zolari tomonidan: juda kam hollarda - anemiya, trombotsitopeniya, leykopeniya, neytropeniya, agranulotsitoz; uchrash tezligi noma'lum - sulfogemaglobinemiya, metgemoglobinemiya.

Yurak-qon tomir tizimi tomonidan: kam hollarda - protrombin indeksining pasayishi yoki oshishi, qon bosimining pasayishi.

Immun tizimi tomonidan: kam hollarda - allergik reaksiyalar (shu jumladan teri toshmasi, qichishish, eshakemi, angionevrotik shish); juda kam hollarda - o'tkir tarqalgan ekzantematoz pustulyoz, Stivens-Djonson sindromi, toksik epidermal nekroliz (Layell sindromi), moyilligi bo'lgan shaxslarda bronxospazm (analgetik "bronxial astma).

Markaziy va periferik asab tizimi tomonidan: uchrash tezligi noma'lum - bosh aylanishi, psixomotor qo'zg'alish, dezorientatsiya (yuqori dozalar qabul qilinganda).

Teri qoplamalari tomonidan: uchrash tezligi noma'lum - ekzantema.

Boshqalar: uchrash tezligi noma'lum - kreatinin oshishi (asosan gepatorenal sindromga nisbatan ikkilamchi).

Nojo'ya reaksiyalar paydo bo'lganda preparat qabul qilishni to'xtating va shifokorga murojaat qiling.

Maxsus saqlash sharoitlari

Paratsetamol qo'llash fonida isitma sindromi 3 kundan ortiq va og'riq sindromi 5 kundan ortiq davom etganda, shifokor maslahati talab etiladi.

Glutation tanqisligi bo'lgan bemorlar dozani oshirib yuborishga moyil bo'ladilar, ehtiyotkorlik choralariga rioya qilish zarur. Glutation darajasi past bo'lgan bemorlarda, xususan, anoreksiya, surunkali alkogolizm bilan og'rigan o'ta holsizlangan bemorlarda yoki tana vazni indeksi past bo'lgan bemorlarda jigar yetishmovchiligi va jigar funksiyasi buzilishlari rivojlanish holatlari qayd etilgan.

Jigar shikastlanishi rivojlanish xavfi alkogolizmda jigar shikastlanishi bo'lgan bemorlarda ortadi.

Paratsetamol qabul qilish plazmada glyukoza va siydik kislotasini miqdoriy aniqlashda laboratoriya tekshiruvlari ko'rsatkichlariga ta'sir qiladi.

Uzoq muddatli davolash vaqtida periferik qon manzarasi va jigar funksional holatini nazorat qilish zarur.

Paratsetamol Stivens-Djonson sindromi, toksik epidermal nekroliz, o'tkir generalizatsiyalangan ekzantematoz pustulyoz kabi jiddiy teri reaksiyalarini chaqirishi mumkin, ular o'limga olib kelishi mumkin. Toshma yoki boshqa yuqori sezuvchanlik reaksiyalari birinchi marta namoyon bo'lganda, preparatni qo'llash to'xtatilishi, darhol shifokorga murojaat qilish kerak. Bemorda o'tkir virusli gepatit aniqlanganda preparat qabul qilishni bekor qilish zarur.

Etanol bilan bir vaqtda qabul qilish tavsiya etilmaydi.

Paratsetamol saqlovchi boshqa preparatlar bilan bir vaqtda qabul qilish mumkin emas.

Transport vositalari va mexanizmlarni boshqarish qobiliyatiga ta'siri:

Paratsetamol tavsiya etilgan dozalar diapazonida qo'llanilganda transport vositalarini boshqarish va diqqatni yuqori jamlashni hamda psixomotor reaksiyalar tezligini talab qiladigan boshqa potensial xavfli faoliyat turlari bilan shug'ullanish qobiliyatiga ta'siri aniqlanmagan.

Qo'llanilishi mumkin bo'lmagan holatlar

- Paratsetamolga yoki preparatning boshqa har qanday ingredientiga yuqori sezuvchanlik;

- laktaza tanqisligi, laktozani o'zlashtiraolmaslik, glyukoza-galaktoza malabsorbtsiyasi;

- 3 yoshgacha bo'lgan bolalar (ushbu dori shakli uchun).

Ehtiyotkorlik bilan:

Buyrak va jigar yetishmovchiligi, xavfsiz giperbilirubinemiyalar (shu jumladan Jilber sindromi), degidratatsiya, gipovolemiya, anoreksiya, bulimiya va kaxeksiya (jigarda glutation zaxirasining yetishmasligi), virusli gepatit, jigarning alkogolli shikastlanishi, alkogolizm, homiladorlik, laktatsiya davri, keksa yosh.

Ushbu holatlarda preparatni qabul qilishdan oldin shifokor bilan maslahatlashish kerak.

Homiladorlik va laktatsiya:

Paratsetamol platsentar to'siq orqali o'tadi. Hayvonlarda va odamlarda o'tkazilgan tadqiqotlarda homiladorlik davrida preparatni qo'llashda biron-bir xavf yoki paratsetamolning embrion va homila rivojlanishiga salbiy ta'siri aniqlanmagan. Paratsetamol homiladorlik vaqtida ishlatilishi mumkin, biroq minimal samarali dozalarni va maksimal darajada qisqa kurs bilan qo'llash maqsadga muvofiqdir.

Oz miqdorda ko'krak sutiga o'tadi. Tadqiqotlarda emizishda paratsetamolning bola organizmiga salbiy ta'siri aniqlanmagan.

Dori vositalarining o'zaro ta'siri

Jigar mikrosomal fermentlari induktorlari

Jigar mikrosomal fermentlari induktorlari yoki potentsial gepatotoksik moddalar (masalan, alkogol, rifampitsin, izoniazid, uxlatuvchi va tutqanoqqa qarshi vositalar, shu jumladan fenobarbital, fenitoin, karbamazepin va boshqalar) paratsetamol toksikligini oshiradi, hatto paratsetamolning toksik bo'lmagan dozalarida ham jigar shikastlanishiga olib kelishi mumkin, shuning uchun jigar faoliyatini nazorat qilish kerak.

Fenitoin paratsetamol samaradorligini kamaytiradi, demak, fenitoin qabul qilayotgan bemorlar paratsetamolni tez-tez qo'llashdan, ayniqsa yuqori dozalarda saqlanishlari kerak.

Urikozurik dori vositalari

Paratsetamol urikozurik dori vositalari samaradorligini kamaytiradi.

Xloramfenikol

Paratsetamol xloramfenikol konsentratsiyasi oshishi xavfini oshirishi mumkin.

Zidovudin

Paratsetamol neytropeniya rivojlanish xavfini oshirishi mumkin, shu munosabat bilan gematologik ko'rsatkichlarni nazorat qilish kerak. Bir vaqtda qo'llash faqat shifokor maslahatidan keyin mumkin.

Probenetsid

Probenetsid paratsetamol klirensini deyarli ikki baravar kamaytiradi, bu paratsetamol dozasini kamaytirishni talab qiladi.

Bilvosita antikoagulyantlar

Paratsetamolni 4 kundan ortiq vaqt davomida ko'p marta qabul qilish antikoagulyant samarani oshiradi. Paratsetamol (ayniqsa yuqori dozalarda va/yoki uzoq vaqt davomida) va kumarin hosilalarini bir vaqtda qo'llash vaqtida va tugagandan keyin xalqaro normallashtirilgan nisbat (XNN) monitoringini o'tkazish kerak. Paratsetamolni muntazam qabul qilmaslik ahamiyatli ta'sir ko'rsatmaydi.

Propantelin va me'dadan evakuatsiyani sekinlashtiruvchi boshqa preparatlar

Propantelin va me'dadan evakuatsiyani sekinlashtiruvchi boshqa preparatlar paratsetamol so'rilish tezligini pasaytiradi, bu samarani kechiktirishi yoki kamaytirishi mumkin.

Metoklopramid va domperidon

Metoklopramid va domperidon paratsetamol so'rilish tezligini va mos ravishda og'riqsizlantiruvchi va isitma tushiruvchi ta'sir boshlanishini oshiradi.

Barbituratlar

Barbituratlar uzoq muddat qo'llanilganda paratsetamol samaradorligini kamaytiradi.

Etanol

Etanol o'tkir pankreatit rivojlanishiga yordam beradi.

Nosteroid yallig'lanishga qarshi preparatlar (NYAQV)

Paratsetamol va boshqa NYAQV uzoq vaqt birga ishlatilishi "analgetik" nefropatiya va buyrak papillyar nekrozi rivojlanishi, buyrak yetishmovchiligi terminal bosqichi yuzaga kelishi xavfini oshiradi.

Salitsilatlar

Yuqori dozalarda paratsetamol va salitsilatlar bir vaqtda uzoq muddat tayinlanganda buyrak yoki qovuq saratoni rivojlanish xavfi oshadi.

Diflunizal

Diflunizal paratsetamol plazma konsentratsiyasini 50% ga oshiradi - gepatotoksiklik rivojlanish xavfi.

Mielotoksik preparatlar

Mielotoksik preparatlar preparatning gematotoksikligi ko'rinishlarini kuchaytiradi.

Dozirovkasi

DozalashIchga, ko'p miqdordagi suyuqlik bilan, ovqatdan 1-2 soat keyin (ovqatdan keyin darhol qabul qilish ta'sir boshlanishining kechikishiga olib keladi).

Kattalar va 12 yoshdan katta bolalarga (tana vazni 40 kg dan ortiq) bir martalik doza - 500 mg; maksimal bir martalik doza - 1 g. Tayinlash chastotasi - sutkasiga 4 martagacha. Maksimal sutkalik doza - 4 g. 12 yoshdan katta bolalarda preparatni qabul qilish oralig'iga kamida 6 soat rioya qilish tavsiya etiladi.

Bolalarga o'rtacha bir martalik doza bola vazniga bog'liq va 15 mg/kg ni tashkil qiladi, sutkasiga 4 marta har 6 soatda. Maksimal sutkalik doza sutkasiga 60 mg/kg dan oshmasligi kerak.

3-6 yoshli bolalar uchun maksimal sutkalik doza - 1000 mg, 6-9 yosh - 1500 mg, 9-12 yosh - 2000 mg. Tayinlash chastotasi - sutkasiga 3-4 marta.

Shifokor maslahatisiz davolashning maksimal davomiyligi - 3 kun (isitmani tushiruvchi dori vositasi sifatida qabul qilinganda) va 5 kun (og'riq qoldiruvchi sifatida).

Jigarning surunkali yoki dekompensatsiyalangan kasalliklari, jigar yetishmovchiligi, surunkali alkogolizm bo'lgan bemorlarda, oriqlagan bemorlarda va suvsizlanishda sutkalik doza 3 g dan oshmasligi kerak.

Og'ir buyrak yetishmovchiligi (kreatinin klirensi <10 ml / daq) bo'lgan bemorlarda preparatni kamida 8 soat oraliq bilan qo'llash tavsiya etiladi.Dozani oshirib yuborishKattalarda jigarning shikastlanishi 10 g yoki undan ortiq paratsetamol qabul qilinganda, 5 g yoki undan ortiq paratsetamolni ichga qabul qilish xavf omillari mavjud bo'lganda (karbamazepin, fenobarbital, fenitoin, primidon, rifampitsin, teshik dalachoy yoki jigar mikrosomal fermentlarining induktorlari bo'lgan boshqa preparatlar bilan uzoq muddatli davolash; etanolni suiiste'mol qilish, glutation tanqisligi, ovqat hazm qilishning buzilishi, mukovistsidoz, OIV-infektsiyasi, ochlik, kaxeksiya) jigar shikastlanishiga olib kelishi mumkin.

Simptomlari:

O'tkir dozani oshirib yuborishning klinik manzarasi paratsetamol qabul qilingandan keyin 24 soat ichida rivojlanadi.

Oshqozon-ichak buzilishlari (ko'ngil aynishi, qusish, ishtahaning pasayishi, qorin bo'shlig'ida noqulaylik hissi va (yoki) abdominal og'riq), teri qoplamlarining oqarishi paydo bo'ladi. Kattalarga bir vaqtning o'zida 7,5 g va undan ortiq yoki bolalarga 140 mg/kg dan ortiq yuborilganda gepatotsitlar tsitolizi ro'y beradi, bu jigarning to'liq va qaytarilmas nekrozi, jigar yetishmovchiligi, metabolik atsidoz va entsefalopatiya rivojlanishi bilan kechadi, bu koma va o'limga olib kelishi mumkin. Paratsetamol yuborilgandan 12-48 soat o'tgach, jigar mikrosomal fermentlari, laktatdegidrogenaza faolligining oshishi, bilirubin kontsentratsiyasining oshishi va protrombin miqdorining pasayishi qayd etiladi. Jigar shikastlanishining klinik belgilari preparat dozasi oshirib yuborilgandan 2 kun o'tgach namoyon bo'ladi va 4-6-kuni maksimumga yetadi.

Dozani oshirib yuborishda intoksikatsiya mumkin, ayniqsa keksa bemorlarda, bolalarda, jigar kasalliklari bo'lgan bemorlarda (surunkali alkogolizm tufayli kelib chiqqan), ovqatlanish buzilishi bo'lgan bemorlarda, shuningdek jigar mikrosomal fermentlari induktorlarini qabul qiladigan bemorlarda, bunda yashin tezligidagi gepatit, jigar yetishmovchiligi, xolestatik gepatit, tsitolitik gepatit rivojlanishi mumkin, ba'zan o'lim bilan tugaydi.

Davolash: Zudlik bilan kasalxonaga yotqizish.

Dozani oshirib yuborishdan keyin imkon qadar erta muddatlarda davolash boshlanishidan oldin qon plazmasidagi paratsetamolning miqdoriy tarkibini aniqlash. SH-guruhlari donatorlari va glutation sintezi prekursorlari - metionin va atsetiltsisteinni yuborish - birinchi 8 soatda eng samarali. Qo'shimcha terapevtik tadbirlarni o'tkazish zarurati (metioninni keyingi yuborish, atsetiltsisteinni vena ichiga yuborish) qondagi paratsetamol kontsentratsiyasiga, shuningdek u qabul qilingandan keyin o'tgan vaqtga qarab belgilanadi. Simptomatik davolash. Jigar mikrosomal fermentlari faolligini laboratoriya tekshiruvlarini davolash boshida va keyin - har 24 soatda o'tkazish kerak. Ko'p hollarda jigar mikrosomal fermentlari faolligi 1-2 hafta ichida normallashadi. Juda og'ir holatlarda jigarni ko'chirib o'tkazish talab qilinishi mumkin.
Diqqat: ushbu sahifadagi preparat tavsifi rasmiy yo‘riqnomaning soddalashtirilgan va to‘ldirilgan versiyasidir. Ma’lumot faqat tanishish maqsadida taqdim etilgan va o‘z-o‘zini davolash uchun qo‘llanma sifatida foydalanilmasligi kerak. PARASETAMOL 0,5 tabletkalari N10 preparatini qabul qilishdan oldin albatta shifokor bilan maslahatlashing

PARASETAMOL 0,5 tabletkalari N10 o'xshash dorilari

Narxi
31 200 so'm dan
KETONAL krem 30g 5%
KETONAL krem 30g 5%
Sloveniya
Ishlab chiqaruvchi:
Lek d.d.,Salutas Pharma GmbH
•115 ta dorixonada bor
Narxi
43 800 so'm dan
FORSIL poroshok so vkusom apelsina 3g N30
FORSIL poroshok so vkusom apelsina 3g N30
O'zbekiston
Vakil:
Nika Pharm
Ishlab chiqaruvchi:
Nika Pharm
•59 ta dorixonada bor
Narxi
45 000 so'm dan
TRAMADOL suppozitorii 100mg N5
TRAMADOL suppozitorii 100mg N5
Sloveniya
Vakil:
KRKA
Ishlab chiqaruvchi:
Krka d.d.

PARASETAMOL 0,5 tabletkalari N10 xususiyatlari

Paratsetamol boshqa chiqarish shakllari

PARASETAMOL tabletkalari 200mg N10
PARASETAMOL tabletkalari 200mg N10
Rossiya Federatsiyasi
Ishlab chiqaruvchi:
Tatximfarmpreparati, AO
•14 ta dorixonada bor
Narxi
1 000 so'm dan
MR PARASETAMOL suppozitorii 125mg N5
MR PARASETAMOL suppozitorii 125mg N5
O'zbekiston
Ishlab chiqaruvchi:
Merrymed Farm, OOO
PARASETAMOL tabletkalari 0,2g N20
PARASETAMOL tabletkalari 0,2g N20
O'zbekiston
Ishlab chiqaruvchi:
UZXIMFARM, AO
PARASETAMOL ALTFARM 0,05 suppozitorii N10
PARASETAMOL ALTFARM 0,05 suppozitorii N10
Rossiya Federatsiyasi
Ishlab chiqaruvchi:
Altfarm, OOO
MR PARASETAMOL suppozitorii 250mg N6
MR PARASETAMOL suppozitorii 250mg N6
O'zbekiston
Ishlab chiqaruvchi:
Merrymed Farm, OOO
MR PARASETAMOL suppozitorii 250mg N10
MR PARASETAMOL suppozitorii 250mg N10
O'zbekiston
Ishlab chiqaruvchi:
Merrymed Farm, OOO
MR PARASETAMOL suppozitorii 125mg N10
MR PARASETAMOL suppozitorii 125mg N10
O'zbekiston
Ishlab chiqaruvchi:
Merrymed Farm, OOO
MR PARASETAMOL suppozitorii 250mg N5
MR PARASETAMOL suppozitorii 250mg N5
O'zbekiston
Ishlab chiqaruvchi:
Merrymed Farm, OOO
5
1 отзывов
PARASETAMOL 0,5 tabletkalari 0,5g N20
PARASETAMOL 0,5 tabletkalari 0,5g N20
Rossiya Federatsiyasi
Ishlab chiqaruvchi:
Farmstandart-Leksredstva, OAO
PARASETAMOL MEDISORB 0,5 tabletkalari N20
PARASETAMOL MEDISORB 0,5 tabletkalari N20
Rossiya Federatsiyasi
Ishlab chiqaruvchi:
Medisorb, AO
PARASETAMOL 0,125/5ML sirop 100ml
PARASETAMOL 0,125/5ML sirop 100ml
Rossiya Federatsiyasi
Ishlab chiqaruvchi:
ROZLEKS FARM OOO

PARASETAMOL 0,5 tabletkalari N10 analoglari

IFIMOL eritma 100ml 0,01/ml
Retseptli
IFIMOL eritma 100ml 0,01/ml
Hindiston
Ishlab chiqaruvchi:
Yunik Farmasyutikals Laboratoriez (Otdelnie firmi DjBKemikals end Farmasyutikals Ltd)
5
1 отзывов
PARASETAMOL 0,5 tabletkalari 0,5g N20
PARASETAMOL 0,5 tabletkalari 0,5g N20
Rossiya Federatsiyasi
Ishlab chiqaruvchi:
Farmstandart-Leksredstva, OAO
PARASETAMOL 0,5 tabletkalari N20
PARASETAMOL 0,5 tabletkalari N20
Rossiya Federatsiyasi
Ishlab chiqaruvchi:
Obnovlenie PFK AO
PARASETAMOL 0,5 tabletkalari N20
PARASETAMOL 0,5 tabletkalari N20
Rossiya Federatsiyasi
Ishlab chiqaruvchi:
OOO «Ozon»
PARASETAMOL 0,5 tabletkalari N20
PARASETAMOL 0,5 tabletkalari N20
Rossiya Federatsiyasi
Ishlab chiqaruvchi:
Dalximfarm, OAO
PARASETAMOL MEDISORB 0,5 tabletkalari N20
PARASETAMOL MEDISORB 0,5 tabletkalari N20
Rossiya Federatsiyasi
Ishlab chiqaruvchi:
Medisorb, AO

PARASETAMOL 0,5 tabletkalari N10 narxlari va Toshkentdagi dorixonalardagi mavjudligi

D5
Olmazor tumani, Sag'bon ko'ch., 246 uy
Du, Se, Ch, Pa, Ju, Sh, Ya | 09:00-18:00
3 200 so'm
Bron qilish
CITY PHARM Universam 20
Yunusobod tumani, Amir Temur shoh ko'ch., 41/3 uy
24/7
3 400 so'm
Bron qilish
Target Farm №7
Mirzo Ulug'bek tumani, Buyuk ipak yo'li ko'ch., 299 uy
Du, Se, Ch, Pa, Ju, Sh, Ya | 09:00-22:00
3 500 so'm
Bron qilish
Target Farm №3
Yashnobod tumani, Oltin tepa ko'ch., 7 uy
Du, Se, Ch, Pa, Ju, Sh, Ya | 09:00-22:00
3 500 so'm
Bron qilish
Target Farm №6
Olmazor tumani, Farobiy ko'ch., 28/6 uy
Du, Se, Ch, Pa, Ju, Sh, Ya | 09:00-22:00
3 500 so'm
Bron qilish
D5 №4
Shayxontoxur tumani, Samarqand Darvoza ko'ch., 1 uy
Du, Se, Ch, Pa, Ju, Sh, Ya | 09:00-18:00
4 000 so'm
Bron qilish
Target Farm №9
Mirzo Ulug'bek tumani, Sayram ko'ch., 2 uy
Du, Se, Ch, Pa, Ju, Sh, Ya | 09:00-22:00
4 000 so'm
Bron qilish
Target Farm №1
Mirzo Ulug'bek tumani, Yuzrabot ko'ch., 1A uy
Du, Se, Ch, Pa, Ju, Sh, Ya | 09:00-22:00
4 000 so'm
Bron qilish
Eco Pharm №9
Mirobod tumani, Oybek koʻchasi 44-uy
Du, Se, Ch, Pa, Ju, Sh, Ya | 08:00-00:00
4 500 so'm
Bron qilish
Vaksina Med №21
Chilonzor tumani, 2 mavze, 1 uy, 2 xonadon
Du, Se, Ch, Pa, Ju, Sh, Ya | 08:30-23:30
5 000 so'm
Bron qilish

PARASETAMOL 0,5 tabletkalari N10 haqida savollar

PARASETAMOL 0,5 tabletkalari N10 haqida fikr-mulohazalar

Reyting 0, 0 ta sharh asosida

Alifbo bo'yicha dori vositalar ro'yxati

scroll-top

Biz portalimiz ishini takomillashtirish maqsadida cookie-fayllardan foydalanamiz. Ishni davom ettirar ekansiz, ulardan foydalanishga rozilik bildirgan bo‘lasiz. Batafsil