TROMBO ASS tabletkalari 100mg N30

TROMBO ASS tabletkalari 100mg N30 o'xshash dorilari


TROMBO ASS tabletkalari 100mg N30 qo'llanmasi
So'rilishi
Ichga qabul qilinganda ASK MITYdan tez va to'liq so'riladi. Tabletkalar ichakda eruvchi qobiq bilan qoplangan, bu ASK ning oshqozon shilliq qavatiga to'g'ridan-to'g'ri tirnash xususiyati beruvchi ta'sirini kamaytiradi. ASK so'rilish vaqtida qisman metabollanadi.
Taqsimlanishi va metabolizmi
So'rilish vaqtida va undan keyin ASK asosiy metabolit - salitsil kislotasiga aylanadi, u asosan jigarda jigar fermentlari ta'siri ostida ko'plab to'qimalarda va siydikda aniqlanadigan fenilsalitsilat, glyukuronid salitsilati va salitsilur kislotasi kabi metabolitlar hosil bo'lishi bilan metabollanadi. Ayollarda metabolizm jarayoni sekinroq o'tadi (qon zardobida fermentlar faolligi pastroq).
ASK va salitsil kislotasi qon plazmasi oqsillari bilan yuqori darajada bog'lanadi (dozaga qarab 66 dan 98% gacha) va organizmda tez taqsimlanadi. Salitsil kislotasi platsenta to'sig'i orqali o'tadi va ko'krak suti bilan ajralib chiqadi.
Chiqarilishi
ASK ning qon plazmasidan Т taxminan 15-20 daqiqani tashkil qiladi. Boshqa salitsilatlardan farqli o'laroq, preparat ko'p marta qabul qilinganda gidrolizlanmagan ASK qon zardobida to'planmaydi. Ichga qabul qilingan ASK ning atigi 1% gidrolizlanmagan ASK ko'rinishida buyraklar orqali chiqariladi, qolgan qismi salitsilatlar va ularning metabolitlari ko'rinishida chiqariladi. Buyrak funktsiyasi normal bo'lgan bemorlarda preparatning bir martalik dozasining 80-100% 24-72 soat ichida buyraklar orqali chiqariladi.
Atsetilsalitsil kislotasi (ASK) salitsil kislotasining murakkab efiri bo‘lib, NYAQP guruhiga kiradi. Ta’sir mexanizmi TsOG-1 fermentining qaytmas inaktivatsiyasiga asoslangan, buning natijasida prostaglandinlar, prostatsiklinlar va tromboksan sintezi bloklanadi. Trombotsitlarda tromboksan A2 sintezini bostirish hisobiga agregatsiyani, trombotsitlar adgeziyasini va tromb hosil bo‘lishini kamaytiradi.
Qon plazmasining fibrinolitik faolligini oshiradi va K vitaminiga bog‘liq ivish omillari (II, VII, IX, X) konsentratsiyasini pasaytiradi. Antiagregant samara trombotsitlarda eng yaqqol ifodalangan, chunki ular TsOG ni qayta sintez qilishga qodir emas.
Antiagregant samara preparatning kichik dozalari qo‘llanilgandan so‘ng rivojlanadi va bir marta qabul qilingandan keyin 7 sutka davomida saqlanib qoladi. ASK ning bu xususiyatlari miokard infarkti, YuIK, varikoz kasalligi asoratlarini profilaktika qilish va davolashda qo‘llaniladi.
ASK shuningdek yallig‘lanishga qarshi, isitma tushiruvchi va og‘riq qoldiruvchi ta’sir ko‘rsatadi.
Umuman olganda Trombo ASS® dozasi pastligi tufayli bemorlar tomonidan yaxshi o'zlashtiriladi.
Nojo'ya reaksiyalar kamdan-kam hollarda kuzatiladi.
Ovqat hazm qilish tizimi tomonidan: ko'ngil aynishi, zarda qaynashi, qusish, qorin sohasida og'riq; kamdan-kam hollarda - oshqozon va o'n ikki barmoqli ichak yaralari, shu jumladan perforativ, oshqozon-ichakdan qon ketishlar, jigar transaminazalari faolligining oshishi bilan kechuvchi jigar funksiyasining o'tkinchi buzilishlari.
MNS tomonidan: bosh aylanishi, eshitishning pasayishi, quloqlarda shovqin, bu preparat dozasini oshirib yuborish belgisi bo'lishi mumkin.
Qon yaratish tizimi tomonidan: perioperatsion (operatsiya vaqtida va undan keyingi) qon ketishlar, gematomalar, burun qonashlari, milklarning qonashi, siydik-tanosil yo'llaridan qon ketishlar chastotasining oshishi. Jiddiy qon ketish holatlari, shu jumladan oshqozon-ichakdan qon ketishlar va miyaga qon quyilishi (ayniqsa AB ning maqsadli ko'rsatkichlariga erishmagan va/yoki antikoagulyant vositalar bilan yondosh davolash olayotgan arterial gipertenziyasi bo'lgan bemorlarda) haqida xabarlar mavjud, ular alohida hollarda hayot uchun xavfli xarakterga ega bo'lishi mumkin. Qon ketishlar o'tkir yoki surunkali postgemorragik/temir tanqisligi anemiyasining (masalan, yashirin qon ketish oqibatida) tegishli klinik-laborator simptomlar (asteniya, rangparlik, gipoperfuziya) bilan rivojlanishiga olib kelishi mumkin.
Allergik reaksiyalar: teri toshmasi, qichishish, eshakemi, Kvinke shishi, rinit, burun bo'shlig'i shilliq qavati shishi, bronxospazm, kardio-respirator distress-sindrom, shuningdek og'ir reaksiyalar, shu jumladan anafilaktik shok.
Preparatni shifokor tayinlagandan keyin qo'llash kerak.
ASK bronxospazmni qo'zg'atishi, shuningdek bronxial astma xurujlarini va boshqa o'ta yuqori sezuvchanlik reaksiyalarini chaqirishi mumkin. Xavf omillari anamnezida bronxial astma, pichan isitmasi, burun polipozi, nafas olish tizimining surunkali kasalliklari, shuningdek boshqa preparatlarga allergik reaksiyalar (masalan, teri reaksiyalari, qichishish, eshakemi) mavjudligi hisoblanadi.
ASK ning trombotsitlar agregatsiyasiga ingibirlovchi ta'siri qabul qilingandan keyin bir necha kun davomida saqlanib qoladi, shu munosabat bilan operativ aralashuv vaqtida yoki operatsiyadan keyingi davrda qon ketish xavfi oshishi mumkin. Operativ aralashuv vaqtida qon oqishini mutlaq istisno qilish zarurati tug'ilganda, imkon qadar, operatsiyadan oldingi davrda atsetilsalitsil kislotasini qo'llashdan butunlay voz kechish kerak.
ASK antikoagulyantlar, trombolitiklar va antiagregant preparatlar bilan birga kelganda qon ketishlar rivojlanish xavfi ortadi.
ASK past dozalarda moyilligi bo'lgan shaxslarda (siydik kislotasi ekskretsiyasi pasaygan) podagra rivojlanishini qo'zg'atishi mumkin.
ASK metotreksat bilan birga kelganda qon yaratish organlari tomonidan nojo'ya ta'sirlar rivojlanishi chastotasi ortishi bilan kechadi.
ASK yuqori dozalarda gipoglikemik ta'sir ko'rsatadi, buni preparatni qandli diabeti bo'lgan, ichga qabul qilish uchun gipoglikemik vositalar (sulfonilmochevina hosilalari) va insulin olayotgan bemorlarga tayinlashda nazarda tutish kerak.
GKS va salitsilatlar birgalikda tayinlanganda shuni yodda tutish kerakki, davolash vaqtida qonda salitsilatlar darajasi pasaygan bo'ladi, GKS bekor qilingandan keyin esa salitsilatlar dozasi oshirib yuborilishi mumkin.
Yurak-qon tomir kasalliklari yuqori xavfi bo'lgan bemorlarda ASK ni ibuprofen bilan birga qo'llash tavsiya etilmaydi, chunki oxirgisi atsetilsalitsil kislotasining umr ko'rish davomiyligiga ijobiy ta'sirini kamaytiradi, ya'ni ASK ning kardioprotektor ta'sirini pasaytiradi.
ASK dozasini oshirish oshqozon-ichakdan qon ketish xavfi bilan bog'liq.
Dozani oshirib yuborish ayniqsa keksa yoshdagi bemorlarda xavflidir.
ASK etanol (alkogol saqlovchi ichimliklar) bilan birga kelganda OIT shilliq qavati shikastlanishi va qon ketish vaqti uzayishi xavfi ortadi.
Avtotransportni haydash va mexanizmlarni boshqarish qobiliyatiga ta'siri
Davolash davrida transport vositalarini boshqarishda va diqqatni yuqori jamlash va psixomotor reaksiyalar tezligini talab qiluvchi potensial xavfli faoliyat turlari bilan shug'ullanishda ehtiyotkorlikka rioya qilish kerak, chunki Trombo ASS® preparatini qo'llash bosh aylanishini chaqirishi mumkin.
- MIO yo'llarining eroziv-yarali shikastlanishlari (zo'rayish bosqichida);
- me'da-ichakdan qon ketishi;
- gemorragik diatez;
- salitsilatlar va boshqa NYQP qabul qilish tufayli kelib chiqqan bronxial astma;
- bronxial astma, burun va burun yondosh bo'shliqlarining qaytalanuvchi polipozi va ASK ni o'zlashtira olmaslik kombinatsiyasi;
- haftasiga 15 mg va undan ortiq dozadagi metotreksat bilan bir vaqtda qo'llash;
- yaqqol buyrak yetishmovchiligi (KK 30 ml/daq dan kam);
- yaqqol jigar yetishmovchiligi (Chayld-Pyu shkalasi bo'yicha B sinfi va undan yuqori);
- NYHA tasnifi bo'yicha III-IV funksional sinfdagi surunkali yurak yetishmovchiligi;
- homiladorlik (I va III trimestr);
- laktatsiya davri;
- 18 yoshgacha bo'lganlar;
- laktoza o'zlashtira olmaslik, laktaza yetishmovchiligi va glyukoza-galaktoza malabsorbsiyasi;
- ASK, preparat tarkibidagi yordamchi moddalar va boshqa NYQP larga yuqori sezuvchanlik.
Ehtiyotkorlik bilan: podagra, giperurikemiya, me'da va o'n ikki barmoqli ichak yarasi kasalligi yoki me'da-ichakdan qon ketishlar (anamnezda), buyrak yetishmovchiligi (KK 30 ml/daq dan ortiq), jigar yetishmovchiligi (Chayld-Pyu shkalasi bo'yicha B sinfidan past), bronxial astma, nafas olish a'zolarining surunkali kasalliklari, pichan isitmasi, burun polipozi, dori allergiyasi, shu jumladan NYQP guruhi preparatlari, analgetiklar, yallig'lanishga qarshi, revmatizmga qarshi vositalarga; homiladorlik (II trimestr), taxmin qilinayotgan jarrohlik aralashuvida (shu jumladan uncha katta bo'lmagan, masalan, tishni sug'urish); quyidagi dori vositalari bilan bir vaqtda qabul qilganda (haftasiga 15 mg dan kam dozadagi metotreksat, antikoagulyantlar, trombolitik yoki antitrombotsitar vositalar, NYQP va katta dozalarda salitsil kislotasi hosilalari; digoksin; ichish uchun gipoglikemik vositalar (sulfonil-mochevina hosilalari) va insulin; valproat kislotasi; etanol (xususan spirtli ichimliklar); serotoninni qayta qamrab oluvchi selektiv ingibitorlar; ibuprofen).
Bir vaqtda qo‘llanilganda atsetilsalitsil kislotasi quyidagi dori vositalarining ta’sirini kuchaytiradi (Trombo ASS® preparatini sanab o‘tilgan vositalar bilan bir vaqtda qo‘llash zarurati bo‘lganda ularning dozasini kamaytirish zaruratini ko‘rib chiqish kerak):
Metotreksat - buyrak klirensini pasaytirish va uni oqsillar bilan bog‘lanishidan siqib chiqarish hisobiga.
Antikoagulyantlar, trombolitik va antiagregant vositalar (tiklopidin, klopidogrel) bilan bir vaqtda qo‘llanilganda qo‘llanilayotgan vositalarning asosiy terapevtik ta’sirlarining sinergizmi natijasida qon ketishlar xavfining oshishi qayd etiladi.
Antikoagulyant, trombolitik yoki antiagregant ta’sirga ega preparatlar bilan bir vaqtda qo‘llanilganda OIT shilliq qavatiga shikastlovchi ta’sirning kuchayishi qayd etiladi.
Serotoninni qayta qamrab oluvchi selektiv ingibitorlar - OIT yuqori bo‘limlaridan qon ketish xavfining oshishi mumkin (atsetilsalitsil kislotasi bilan sinergizm).
Digoksin - uning buyrak ekskretsiyasi pasayishi oqibatida, bu dozani oshirib yuborishga olib kelishi mumkin.
Ichga qabul qilish uchun gipoglikemik vositalar (sulfanilkarbamid hosilalari) va insulin - yuqori dozalarda atsetilsalitsil kislotasining o‘zining gipoglikemik xususiyatlari va sulfanilkarbamid hosilalarini qon plazmasi oqsillari bilan bog‘lanishidan siqib chiqarish hisobiga.
Valproat kislotasi bilan bir vaqtda qo‘llanilganda uni qon plazmasi oqsillari bilan bog‘lanishidan siqib chiqarish hisobiga uning toksikligi oshadi.
NYQP va salitsil kislotasi hosilalari yuqori dozalarda - ta’sir sinergizmi natijasida ulserogen ta’sir va OIT dan qon ketish xavfining oshishi. Ibuprofen bilan bir vaqtda qo‘llanilganda ta’sir tufayli kelib chiqqan trombotsitlarning qaytmas susayishiga nisbatan antagonizm qayd etiladi, bu atsetilsalitsil kislotasining kardioprotektor ta’sirlarining pasayishiga olib keladi.
Etanol - atsetilsalitsil kislotasi va etanol ta’sirlarining o‘zaro kuchayishi natijasida OIT shilliq qavati shikastlanish xavfining oshishi va qon ketish vaqtining uzayishi.
Atsetilsalitsil kislotasini yuqori dozalarda bir vaqtda qo‘llash quyida sanab o‘tilgan dori vositalarining ta’sirini kamaytirishi mumkin (Trombo ASS® preparatini sanab o‘tilgan vositalar bilan bir vaqtda buyurish zarurati bo‘lganda ularning dozasini to‘g‘irlash zaruratini ko‘rib chiqish kerak):
Har qanday diuretiklar - yuqori dozalardagi atsetilsalitsil kislotasi bilan birgalikda qo‘llanilganda buyraklarda prostaglandinlar sintezi kamayishi natijasida kalavalar filtratsiyasi tezligi (KFT) pasayishi qayd etiladi.
AOF ingibitorlari - qon tomirlarni kengaytiruvchi ta’sirga ega prostaglandinlar ingibitsiya qilinishi natijasida KFT ning dozaga bog‘liq pasayishi, mos ravishda, gipotenziv ta’sirning susayishi qayd etiladi. KFT ning klinik pasayishi atsetilsalitsil kislotasi sutkalik dozasi 160 mg dan ortiq bo‘lganda qayd etiladi. Bundan tashqari, surunkali yurak yetishmovchiligini davolash uchun bemorlarga buyurilgan AOF ingibitorlarining ijobiy kardioprotektor ta’sirining pasayishi qayd etiladi. Ushbu ta’sir yuqori dozalardagi atsetilsalitsil kislotasi bilan birgalikda qo‘llanilganda ham namoyon bo‘ladi.
Urikozurik ta’sirga ega preparatlar (benzbromaron, probenetsid) - siydik kislotasining buyrak naychalaridagi ekskretsiyasini raqobatli bostirish oqibatida urikozurik ta’sirning pasayishi.
Tizimli GKS (Addison kasalligini o‘rin bosuvchi terapiyasi uchun ishlatiladigan gidrokortizondan tashqari) bilan bir vaqtda qo‘llanilganda salitsilatlar chiqarilishining kuchayishi va mos ravishda ularning ta’sirining susayishi qayd etiladi.
Trombo ASS® preparatini ovqatdan oldin, ko'p miqdordagi suyuqlik bilan qabul qilish maqsadga muvofiqdir.
Preparat uzoq muddatli qo'llash uchun mo'ljallangan. Terapiya davomiyligi shifokor tomonidan belgilanadi.
Xavf omillari mavjud bo'lganda o'tkir miokard infarktining birlamchi profilaktikasi:>50-100 mg/sut.
Miokard infarktining ikkilamchi profilaktikasi, stenokardiya: >50-100 mg/sut.
Insult va miya qon aylanishining o'tkinchi buzilishlarini oldini olish:>50-100 mg/sut.
Tomirlardagi operatsiyalar va invaziv aralashuvlardan keyin tromboemboliya profilaktikasi:>50-100 mg/sut.
Chuqur venalar trombozi va o'pka arteriyasi va uning tarmoqlari tromboemboliyasining profilaktikasi:>100-200 mg (2 tab.)/sut.
Xususiyatlar TROMBO ASS tabletkalari 100mg N30
Trombo ASS boshqa chiqarish shakllari


TROMBO ASS tabletkalari 100mg N30 analoglari


















