Apteka.uz
SavatKirish
Bosh sahifa  / Dori vositalari  / Og'riq qoldiruvchi  / ASETILSALISILOVAYA KISLOTA tabletkalari 0,5g N10

ASETILSALISILOVAYA KISLOTA tabletkalari 0,5g N10

Mahsulot haqida tafsilotlar
Ishlab chiqarilgan joyi:O'zbekiston
Ishlab chiqaruvchi:Samo, OOO
Teglar:Yuqori haroratda (shamollashda)
ATX kodi:N02BA01
Barcha Atsetilsalitsilovaya Kislota dorilari
17 ta dorixonada bor
Narxi 1 800 so'm dan
Dorixonadan topish
To‘lov va yetkazib berish usullari Toshkentda
Olib ketish
Ertaga yoki keyinroq 17 ta dorixonadan
Dorixonada karta yoki naqd to‘lov
Yetkazib berish
2 soat ichida yoki ertaga, yetkazib berish narxi onlayn dorixonada ko‘rsatilgan tarif bo‘yicha. Onlayn yoki kuryerga to‘lov

ASETILSALISILOVAYA KISLOTA tabletkalari 0,5g N10 qo'llanmasi

Farmakokinetikasi

So'rilishi

Ichga qabul qilinganda so'rilish to'liq. So'rilish vaqtida ichak devorida va jigarda tizimli eliminatsiyaga uchraydi (deatsetillanadi).

Taqsimlanishi

Rezorbsiyalangan qism maxsus esterazalar tomonidan tez gidrolizlanadi, shuning uchun yarim chiqarilish davri (Т1/2) - 15-20 daqiqadan ko'p emas.

Organizmda aylanib yuradi (75-90% albumin bilan bog'langan holda) va to'qimalarda salitsil kislotasi anioni ko'rinishida taqsimlanadi.

Maksimal kontsentratsiyaga erishish vaqti (Тmax) - 2 soat. Salitsilatlarning zardobdagi darajasi juda o'zgaruvchan. Salitsilatlar organizmning ko'plab to'qimalari va suyuqliklariga, shu jumladan orqa miya, peritoneal va sinovial suyuqliklarga oson kiradi. Bo'g'im bo'shlig'iga kirish giperemiya va shish mavjud bo'lganda tezlashadi va yallig'lanishning proliferativ fazasida sekinlashadi. Oz miqdorda salitsilatlar miya to'qimasida, izlari - safro, ter, fekaliylarda aniqlanadi. Atsidoz yuzaga kelganda salitsil kislotasining katta qismi ionlanmagan kislotaga aylanadi, u to'qimalarga, shu jumladan miyaga yaxshi kirib boradi. Yo'ldosh orqali tez o'tadi, ko'krak suti bilan oz miqdorda chiqariladi.

Metabolizmi

Asosan jigarda ko'plab to'qimalar va siydikda aniqlanadigan 4 ta metabolit hosil bo'lishi bilan metabolizmga uchraydi.

Chiqarilishi

Asosan buyrak naychalarida faol sekretsiya yo'li bilan o'zgarmagan holda (60 %) va metabolitlar ko'rinishida chiqariladi. O'zgarmagan salitsilatning chiqarilishi siydik pH siga bog'liq (siydik ishqoriy qilinganda salitsilatlarning ionlanishi ortadi, ularning reabsorbtsiyasi yomonlashadi va chiqarilishi sezilarli darajada oshadi). Chiqarilish tezligi dozaga bog'liq: kichik dozalar qabul qilinganda Т1/2 - 2-3 soat, doza oshirilganda 15-30 soatgacha uzayishi mumkin.

Nojo'ya samaralari

Qon va limfa tizimi tomonidan buzilishlar: atsetilsalitsil kislotasining trombotsitlar agregatsiyasiga ta'siri oqibatida qon ketish xavfining oshishi, trombotsitopeniya, anemiya, leykopeniya.

Immun tizimi tomonidan buzilishlar: teri toshmasi, anafilaktik reaksiyalar, bronxospazm, Kvinke shishi;

Oshqozon-ichak trakti tomonidan buzilishlar: ishtahaning pasayishi, qorinda og'riqlar, jig'ildon qaynashi, ko'ngil aynishi, qusish, oshqozon-ichakdan qon ketishning yaqqol (qon qusish, qatronsimon axlat) yoki yashirin belgilari, bu temir tanqisligi anemiyasiga olib kelishi mumkin, oshqozon-ichak traktining eroziv-yarali shikastlanishlari (shu jumladan perforatsiya bilan), yakka holatlar - jigar funktsiyasining buzilishi (jigar transaminazalarining oshishi), diareya.

Asab tizimi tomonidan buzilishlar: bosh aylanishi, quloqlarda shovqin (odatda doza oshirib yuborilganining belgilaridir); uzoq muddat qo'llanilganda - bosh og'rig'i, ko'rishning buzilishi, eshitish o'tkirligining pasayishi, aseptik meningit.

Yurak tomonidan buzilishlar: uzoq muddat qo'llanilganda - surunkali yurak yetishmovchiligi simptomlarining kuchayishi.

Buyraklar va siydik yo'llari tomonidan buzilishlar: buyrak funktsiyasining buzilishi; uzoq muddat qo'llanilganda - interstitsial nefrit, qonda kreatinin miqdori oshishi va giperkaltsiemiya bilan prerenal azotemiya, papillyar nekroz, o'tkir buyrak yetishmovchiligi, nefrotik sindrom, shishlar;

Reye sindromi (entsefalopatiya va jigar yetishmovchiligining tez rivojlanishi bilan jigarning o'tkir yog'li distrofiyasi);

Bunday simptomlar paydo bo'lganda preparatni qabul qilishni to'xtatish va darhol davolovchi shifokorga murojaat qilish tavsiya etiladi.

Maxsus saqlash sharoitlari

Atsetilsalitsil kislotasi bronxospazm, bronxial astma xuruji yoki boshqa yuqori sezuvchanlik reaksiyalarini chaqirishi mumkin. Xavf omillari: bronxial astma, burun poliplari, isitma, surunkali bronx-o'pka kasalliklari, anamnezda allergiya holatlari (allergik rinitlar, teridagi toshmalar) mavjudligi.

Atsetilsalitsil kislotasi qon ketishga moyillikni oshirishi mumkin, bu uning trombotsitlar agregatsiyasiga ingibirlab ta'sir qilishi bilan bog'liq. Buni jarrohlik aralashuvlari zarur bo'lganda, shu jumladan tish sug'urish kabi kichik aralashuvlarda hisobga olish kerak. Jarrohlik aralashuvidan oldin, operatsiya vaqtida va operatsiyadan keyingi davrda qon ketishini kamaytirish uchun preparat qabul qilishni 5-7 kun oldin bekor qilish va shifokorni xabardor qilish kerak.

Bolalarga atsetilsalitsil kislotasini saqlovchi preparatlarni tayinlash mumkin emas, chunki virusli infeksiya holatida Reye sindromi yuzaga kelishi xavfi ortadi. Reye sindromi simptomlari davomli qusish, o'tkir ensefalopatiya, jigar kattalashishi hisoblanadi.

Laktatsiya davrida preparatni qo'llash zarurati tug'ilganda emizishni to'xtatish kerak.

Qon tomir kasalliklarini davolashda atsetilsalitsil kislotasining sutkalik dozasi 75 dan 300 mg gachani tashkil qiladi.

Atsetilsalitsil kislotasi organizmdan siydik kislotasi chiqarilishini kamaytiradi, bu moyilligi bo'lgan bemorlarda podagra o'tkir xuruji sababi bo'lishi mumkin.

Preparat qabul qilishning avtotransport vositasini va boshqa mexanizmlarni boshqarishga ta'siri aniqlanmagan.

Atsetilsalitsil kislotasi teratogen ta'sirga ega; I trimestrda qo'llanilganda yuqori tanglay bitishmasligi ("bo'ri og'iz") rivojlanishiga olib keladi; III trimestrda tug'ruq faoliyatini tormozlanishini (prostaglandinlar sintezini ingibirlash), homilada arterial yo'lning muddatidan oldin yopilishi, o'pka tomirlari giperplaziyasi va qon aylanishining "kichik" doirasida gipertenziyani chaqiradi. Ko'krak suti bilan ajraladi, bu trombotsitlar funksiyasi buzilishi oqibatida bolada qon ketishlar yuzaga kelishi xavfini oshiradi.

Davolash davrida etanol qabul qilishdan saqlanish kerak.

Qo'llanilishi mumkin bo'lmagan holatlar

- atsetilsalitsil kislotasiga, boshqa NYQP larga (shu jumladan anamnezda) va/yoki preparatning boshqa komponentlariga yuqori sezuvchanlik;

- me'da-ichak traktining (MIChT) eroziv-yarali shikastlanishlari (zo'rayish bosqichida);

- me'da-ichakdan qon ketishi;

- gemorragik diatezlar;

- metotreksatni haftasiga 15 mg va undan ortiq dozada birgalikda qo'llash;

- bronxial astma, burun va burun yondosh bo'shliqlari qaytalanuvchi polipozi va atsetilsalitsil kislotasini o'zlashtiraolmaslik birikuvi;

- salitsilatlar va NYQP qabul qilish bilan induktsiyalangan bronxial astma;

- homiladorlik (I va III trimestr), emizish davri;

- bolalar yoshi (6 yoshgacha; isitma tushiruvchi sifatida qo'llashda - 15 yoshgacha).

- laktozani o'zlashtiraolmaslik, laktaza tanqisligi va/yoki glyukoza-galaktoza malabsorbtsiyasi.

Rey sindromi (jigarning o'tkir yog'li distrofiyasi va jigar yetishmovchiligining o'tkir rivojlanishi bilan kechuvchi entsefalopatiya) rivojlanish xavfi tufayli virusli infektsiyalar chaqirgan o'tkir respirator kasalliklari bo'lgan 15 yoshgacha bo'lgan bolalarga preparat buyurilmaydi.

Antikoagulyantlar bilan yo'ldosh terapiyada, podagrada, me'da va/yoki o'n ikki barmoqli ichak yara kasalligi (anamnezda), shu jumladan yara kasalligining surunkali yoki qaytalanuvchi kechishi yoki me'da-ichakdan qon ketish epizodlarida; buyrak va/yoki jigar yetishmovchiligida, glyukoza-6-fosfatdegidrogenaza tanqisligida; giperurikemiya, bronxial astma, o'pkaning surunkali obstruktiv kasalligi, pichan isitmasi, burun polipozi, dori allergiyasi, metotreksatni haftasiga 15 mg dan kam dozada bir vaqtda qabul qilish, homiladorlik (II trimestr) da ehtiyotkorlik bilan qo'llaniladi.

Dori vositalarining o'zaro ta'siri

Birgalikda qo'llash:

Metotreksat bilan haftasiga 15 mg yoki undan ortiq dozada: metotreksatning gemolitik tsitotoksikligi oshadi (metotreksatning buyrak klirensi pasayadi va metotreksat qon plazmasi oqsillari bilan bog'lanishda salitsilatlar bilan o'rin almashadi);

Antikoagulyantlar bilan, masalan, geparin: trombotsitlar faoliyati ingibitsiya qilinishi, me'da-ichak trakti shilliq qavati shikastlanishi, antikoagulyantlar (peroral) qon plazmasi oqsillari bilan bog'lanishdan siqib chiqarilishi oqibatida qon ketish xavfi oshadi;

Boshqa nosteroid yallig'lanishga qarshi preparatlar bilan: sinergik o'zaro ta'sir natijasida me'da yarasi va qon ketishi yuzaga kelish xavfi oshadi;

urikozurik dori vositalari bilan, masalan, benzbromaron: urikozurik samara pasayadi;

Digoksin bilan: buyrak ekskretsiyasi pasayishi oqibatida digoksin konsentratsiyasi oshadi;

Gipoglikemik preparatlar bilan: asetilsalitsil kislotasining gipoglikemik ta'siri oqibatida gipoglikemik preparatlarning gipoglikemik ta'siri oshadi;

trombolitiklar guruhi preparatlari bilan: qon ketishlar yuzaga kelish xavfi oshadi;

Tizimli glukokortikosteroidlar bilan, Addison kasalligida o'rinbosar terapiya sifatida ishlatiladigan gidrokortizon bundan mustasno: glukokortikoidlar qo'llanilganda salitsilatlar chiqarilishi oshishi hisobiga qonda ularning darajasi pasayadi;

angiotenzin-aylantiruvchi ferment ingibitorlari bilan: prostaglandinlar ingibitsiya qilinishi hisobiga kalavalar filtratsiyasi pasayadi va natijada antigipertenziv samara pasayadi;

Valproat kislotasi bilan: valproat kislotasi toksikligi oshadi;

Glukokortikosteroidlar, etanol (alkogolli ichimliklar) va etanol saqlovchi dori vositalari bilan: me'da-ichak trakti shilliq qavatiga shikastlovchi ta'sir xavfi ortadi, me'da-ichakdan qon ketishlar rivojlanish xavfi oshadi;

Narkotik analgetiklar, bilvosita antikoagulyantlar va trombotsitlar agregatsiyasi ingibitorlari, sulfanilamidlar (shu jumladan ko-trimoksazol), triyodtiroksin samaralarini kuchaytiradi;

gipotenziv dori vositalari, diuretiklar (spironolakton, furosemid) samarasini pasaytiradi;

Qon plazmasida barbituratlar, litiy tuzlari konsentratsiyasini oshiradi;

magniy va/yoki alyuminiy saqlovchi antatsidlar asetilsalitsil kislotasi so'rilishini sekinlashtiradi va yomonlashtiradi;

Mielotoksik dori vositalari preparatning gematotoksikligi ko'rinishlarini kuchaytiradi.

Diqqat: ushbu sahifadagi preparat tavsifi rasmiy yo‘riqnomaning soddalashtirilgan va to‘ldirilgan versiyasidir. Ma’lumot faqat tanishish maqsadida taqdim etilgan va o‘z-o‘zini davolash uchun qo‘llanma sifatida foydalanilmasligi kerak. ASETILSALISILOVAYA KISLOTA tabletkalari 0,5g N10 preparatini qabul qilishdan oldin albatta shifokor bilan maslahatlashing

ASETILSALISILOVAYA KISLOTA tabletkalari 0,5g N10 o'xshash dorilari

Narxi
31 200 so'm dan
KETONAL krem 30g 5%
KETONAL krem 30g 5%
Sloveniya
Ishlab chiqaruvchi:
Lek d.d.,Salutas Pharma GmbH
•115 ta dorixonada bor
Narxi
43 800 so'm dan
FORSIL poroshok so vkusom apelsina 3g N30
FORSIL poroshok so vkusom apelsina 3g N30
O'zbekiston
Vakil:
Nika Pharm
Ishlab chiqaruvchi:
Nika Pharm
•59 ta dorixonada bor
Narxi
45 000 so'm dan

ASETILSALISILOVAYA KISLOTA tabletkalari 0,5g N10 xususiyatlari

Atsetilsalitsilovaya Kislota boshqa chiqarish shakllari

ASETILSALISILOVAYA KISLOTA tabletkalari 500mg N10
ASETILSALISILOVAYA KISLOTA tabletkalari 500mg N10
Rossiya Federatsiyasi
Ishlab chiqaruvchi:
TatXimFarmPreparati, AO
•17 ta dorixonada bor
Narxi
1 800 so'm dan
ASETILSALISILOVAYA KISLOTA tabletkalari 500mg N10
ASETILSALISILOVAYA KISLOTA tabletkalari 500mg N10
Belarusiya
Ishlab chiqaruvchi:
Borisovskiy zavod medisinskix preparatov, OAO
•17 ta dorixonada bor
Narxi
1 800 so'm dan
ASETILSALISILOVAYA KISLOTA tabletkalari 0,5 g N10
ASETILSALISILOVAYA KISLOTA tabletkalari 0,5 g N10
O'zbekiston
Ishlab chiqaruvchi:
HERBAL PHARM, OOO
•17 ta dorixonada bor
Narxi
1 800 so'm dan

ASETILSALISILOVAYA KISLOTA tabletkalari 0,5g N10 analoglari

KARDIASK 0,1 tabletkalari N60
KARDIASK 0,1 tabletkalari N60
Rossiya Federatsiyasi
Ishlab chiqaruvchi:
Kanonfarma prodakshn, ZAO
KARDIASK 0,05 tabletkalari N30
KARDIASK 0,05 tabletkalari N30
Rossiya Federatsiyasi
Ishlab chiqaruvchi:
Kanonfarma prodakshn, ZAO
KARDIASK 0,1 tabletkalari N30
KARDIASK 0,1 tabletkalari N30
Rossiya Federatsiyasi
Ishlab chiqaruvchi:
Kanonfarma prodakshn, ZAO
ASEKARDOL 0,1 eritma N30
ASEKARDOL 0,1 eritma N30
Rossiya Federatsiyasi
Ishlab chiqaruvchi:
Sintez AKOMPiI,OAO ("Sintez" OAO)
ASEKARDOL 0,05 eritma N30
ASEKARDOL 0,05 eritma N30
Rossiya Federatsiyasi
Ishlab chiqaruvchi:
Sintez AKOMPiI,OAO ("Sintez" OAO)
ASEKARDOL 0,3 eritma N30
ASEKARDOL 0,3 eritma N30
Rossiya Federatsiyasi
Ishlab chiqaruvchi:
Sintez AKOMPiI,OAO ("Sintez" OAO)

ASETILSALISILOVAYA KISLOTA tabletkalari 0,5g N10 narxlari va Toshkentdagi dorixonalardagi mavjudligi

CITY PHARM Parket bozori 30
Mirzo Ulug'bek tumani, Parket ko'ch., 9 uy, 2 xonadon
24/7
2 500 so'm
Bron qilish
CITY PHARM Askiya 1
Yakkasaroy tumani, Shota Rustaveli ko'ch., 53A uy
24/7
2 500 so'm
Bron qilish
CITY PHARM Axmad Donish 21
Yunusobod tumani, 13 mavze, 3 uy
24/7
2 500 so'm
Bron qilish
CITY PHARM Algoritm 19
Chilonzor tumani, Sharq dahasi, 24 uy
Du, Se, Ch, Pa, Ju, Sh, Ya | 08:00-00:00
2 500 so'm
Bron qilish
CITY PHARM Bunyodkor 08
Chilonzor tumani, 6 mavze, 63 uy
24/7
2 500 so'm
Bron qilish
CITY PHARM Universam 20
Yunusobod tumani, Amir Temur shoh ko'ch., 41/3 uy
24/7
2 500 so'm
Bron qilish
CITY PHARM G'uncha 11
Shayxontoxur tumani, massiv Bog'ko'cha, 2 uy
24/7
2 500 so'm
Bron qilish
CITY PHARM Kardiologiya 27
Mirzo Ulug'bek tumani, Osiyo ko'ch., 17 uy
24/7
2 500 so'm
Bron qilish
CITY PHARM Sergeli 41
Sergeli tumani, 8A mavze, 12 uy
24/7
2 500 so'm
Bron qilish
CITY PHARM Kadisheva bozor 37
Yashnobod tumani, 3 mavze, 45/3 uy
Du, Se, Ch, Pa, Ju, Sh, Ya | 08:00-00:00
2 500 so'm
Bron qilish

ASETILSALISILOVAYA KISLOTA tabletkalari 0,5g N10 haqida savollar

ASETILSALISILOVAYA KISLOTA tabletkalari 0,5g N10 haqida fikr-mulohazalar

Reyting 0, 0 ta sharh asosida

Alifbo bo'yicha dori vositalar ro'yxati

scroll-top

Biz portalimiz ishini takomillashtirish maqsadida cookie-fayllardan foydalanamiz. Ishni davom ettirar ekansiz, ulardan foydalanishga rozilik bildirgan bo‘lasiz. Batafsil