Apteka.uz
SavatKirish

SEFOTAKSIM 1,0 poroshok

Retseptli
Mahsulot haqida tafsilotlar
Ishlab chiqarilgan joyi:Rossiya Federatsiyasi
Kategoriya:Antibiotiklar
Faol modda:Sefotaksim
Ishlab chiqaruvchi:Krasfarma, PAO
ATX kodi:J01DA10
Barcha Sefotaksim dorilari
Mavjud emas
Dorixonadan topish
To‘lov va yetkazib berish usullari Toshkentda
Olib ketish
Ertaga yoki keyinroq 0 ta dorixonadan
Dorixonada karta yoki naqd to‘lov
Yetkazib berish
2 soat ichida yoki ertaga, yetkazib berish narxi onlayn dorixonada ko‘rsatilgan tarif bo‘yicha. Onlayn yoki kuryerga to‘lov

SEFOTAKSIM 1,0 poroshok haqida qo'llanma

Farmakokinetikasi

Preparat 0,5 g va 1 g dozalarda mushak ichiga yuborilgandan so'ng Сmах 30 daqiqadan keyin aniqlanadi va mos ravishda 11 mkg/ml va 21 mkg/ml ni tashkil qiladi. Qon plazmasi oqsillari bilan bog'lanishi - 30-50%. Biokiraolishligi - 90-95%.

Organizmning ko'pchilik to'qimalari (miokard, suyaklar, o't pufagi, teri, yumshoq to'qimalar) va suyuqliklarida (sinovial, perikardial, plevral, orqa miya suyuqligi, balg'am, safro, siydik) terapevtik kontsentratsiyalar hosil qiladi. Ko'krak sutiga, yo'ldosh to'sig'i orqali o'tadi. Taqsimlanish hajmi - 0,25-0,39 l/kg.

Yarim chiqarilish davri (Т1/2) - 1-1,5 soat - m/i yuborilganda. Buyraklar orqali - 20-36% o'zgarmagan holda, qolgan miqdori - metabolitlar ko'rinishida (15-25% - farmakologik faol dezatsetilsefotaksim ko'rinishida va 20-25% - mikroblarga qarshi ta'sirga ega bo'lmagan 2 ta faol bo'lmagan metabolitlar - M2 va M3 ko'rinishida) chiqariladi.

Surunkali buyrak yetishmovchiligida (SBY) va keksa yoshdagi shaxslarda Т1/2 2 baravar ortadi.

Nojo'ya samaralari

Allergik reaksiyalar: eshakemi, titroq yoki isitma, toshma, teri qichishishi, kamdan-kam hollarda - bronxospazm, eozinofiliya, xavfli ekssudativ eritema (Stivens-Jonson sindromi), toksik epidermal nekroliz (Layell sindromi), angionevrotik shish, kamdan-kam hollarda - anafilaktik shok.

Markaziy asab tizimi tomonidan: bosh og'rig'i, bosh aylanishi.

Me'da-ichak trakti tomonidan: ko'ngil aynishi, qusish, diareya yoki qabziyatlar, meteorizm, qorinda og'riq, disbakterioz, jigar faoliyatining buzilishi, kamdan-kam hollarda - stomatit, glossit, soxtamembranoz enterokolit.

Siydik chiqarish tizimi tomonidan:

buyrak faoliyatining buzilishi, oliguriya, interstitsial nefrit.

Qon yaratish organlari tomonidan:

gemolitik anemiya, leykopeniya, neytropeniya, granulotsitopeniya, trombotsitopeniya,

gipokoagulyatsiya.

Laborator ko'rsatkichlar:

azotemiya, qonda mochevina kontsentratsiyasining oshishi, "jigar" transaminazalari va ishqoriy fosfataza faolligining oshishi, giperkreatininemiya, giperbilirubinemiya, musbat Kumbs reaksiyasi.

Mahalliy reaksiyalar:

mushak ichiga yuborish joyida og'riq va infiltrat.

Boshqalar: superinfeksiya (xususan, kandidoz vaginit).

Maxsus ko‘rsatmalari

Davolashning birinchi haftalarida og‘ir uzoq muddatli diareya bilan namoyon bo‘luvchi soxtamembranoz kolit yuzaga kelishi mumkin. Bunda preparatni qabul qilishni to‘xtatadilar va vankomitsin yoki metronidazolni o‘z ichiga olgan adekvat terapiyani tayinlaydilar.

Anamnezida penitsillinlarga allergik reaksiyalari bo‘lgan bemorlarda sefalosporinlar guruhi antibiotiklariga yuqori sezuvchanlik bo‘lishi mumkin. Preparat bilan 10 kundan ortiq davolanganda periferik qon manzarasini nazorat qilish zarur.

Sefotaksim bilan davolash vaqtida soxta musbat Kumbs sinamasi va siydikda glyukozaga soxta musbat reaksiya olinishi mumkin.

Davolash vaqtida etanol iste'mol qilish mumkin emas, chunki disulfiramsimon reaksiyalar (yuz qizarishi, qorin va oshqozon sohasida spazm, ko‘ngil aynishi, qusish, bosh og‘rig‘i, arterial bosimning pasayishi, taxikardiya, hansirash) yuzaga kelishi mumkin.

Qo'llanilishi mumkin bo'lmagan holatlar

O‘ta yuqori sezuvchanlik (shu jumladan penitsillinlarga, boshqa sefalosporinlarga, karbapenemlarga), homiladorlik, 2,5 yoshgacha bo‘lgan bolalar.

Ehtiyotkorlik bilan:

Laktatsiya davri, surunkali buyrak yetishmovchiligi, nomaxsus yarali kolit (shu jumladan anamnezda).

Homiladorlik va laktatsiya:

Homiladorlik davrida preparatni qo‘llash mumkin emas. Laktatsiya davrida preparatni tayinlash zarurati tug‘ilganda emizishni to‘xtatish kerak.

Dori vositalarining o'zaro ta'siri

Antiagregantlar, nosteroid yallig'lanishga qarshi preparatlar bilan birgalikda qon ketish xavfini oshiradi.

Aminoglikozidlar, polimiksin B va "halkali" diuretiklar bilan bir vaqtda qabul qilinganda buyrak shikastlanishi ehtimoli ortadi.

Kanalchalar sekretsiyasini bloklovchi preparatlar sefotaksimning plazma kontsentratsiyasini oshiradi va uning chiqarilishini sekinlashtiradi.

Boshqa antibiotiklar eritmalari bilan bitta shpritsda farmatsevtik jihatdan nomutanosib.

Dozirovkasi

DozalashKattalar va 12 yoshdan katta bolalarga (tana vazni 50 kg va undan ortiq):

- asoratsiz infeksiyalarda, shuningdek siydik chiqarish yo'llari infeksiyalarida - 1 g dan har 8-12 soatda;

- asoratsiz o'tkir gonoreyada - 1 g bir marta;

- o'rtacha og'irlikdagi infeksiyalarda - 1 - 2 g dan har 12 soatda; Maksimal sutkalik doza 12 g.

Davolash davomiyligi individual belgilanadi.

Jarrohlik operatsiyasidan oldin infeksiyalar rivojlanishini oldini olish maqsadida kirish umumiy anesteziyasi vaqtida bir marta 1 g yuboriladi. Zarurat bo'lganda yuborish 6 -12 soatdan keyin takrorlanadi.

Kreatinin klirensi (KK) 20 ml/daq/1,73 kv.m va undan kam bo'lganda sutkalik doza 2 baravar kamaytiriladi.

Tana vazni 50 kg gacha bo'lgan bolalarga (2,5 yoshdan katta yoshda) -50 - 180 mg/kg 4 - 6 yuborishda. Infeksiyalar og'ir kechganda, shu jumladan meningitda, bolalarga sutkalik doza 100-200 mg/kg gacha, 4 - 6 qabulda oshiriladi, maksimal sutkalik doza -12 g. Inyeksion eritmani tayyorlash qoidalari:

M/i yuborish uchun inyeksiya uchun suv yoki 1% li lidokain eritmasi ishlatiladi (0,5 g preparat dozasi uchun - 2 ml, 1 g doza uchun - 4 ml).Dozani oshirib yuborishSimptomlari: talvasalar, ensefalopatiya (katta dozalar yuborilgan taqdirda, ayniqsa buyrak yetishmovchiligi bo'lgan bemorlarda), tremor, nerv-mushak qo'zg'aluvchanligi.

Davolash: simptomatik, maxsus antidoti yo'q.
Diqqat: ushbu sahifadagi preparat tavsifi rasmiy yo‘riqnomaning soddalashtirilgan va to‘ldirilgan versiyasidir. Ma’lumot faqat tanishish maqsadida taqdim etilgan va o‘z-o‘zini davolash uchun qo‘llanma sifatida foydalanilmasligi kerak. SEFOTAKSIM 1,0 poroshok preparatini qabul qilishdan oldin albatta shifokor bilan maslahatlashing

SEFOTAKSIM 1,0 poroshok o'xshash dorilari

M-GIL eritmasi 100 ml 5 mg / ml N1
M-GIL eritmasi 100 ml 5 mg / ml N1
Hindiston
Ishlab chiqaruvchi:
Avantika Medex Pvt. Ltd., Indiya proizvedeno: Realcade Lifescience Pvt. Ltd
•12 ta dorixonada bor
Narxi
28 000 so'm dan
MOLOKS-IN eritma 250ml 400mg/250ml N1
Retseptli
MOLOKS-IN eritma 250ml 400mg/250ml N1
Pokiston
Ishlab chiqaruvchi:
CCL Pharmaceuticals (Pvt) Ltd
Narxi
115 964 so'm dan

Sefotaksim boshqa chiqarish shakllari

SEFOTAKSIM poroshok 1,0g N1
Retseptli
SEFOTAKSIM poroshok 1,0g N1
Xitoy
Ishlab chiqaruvchi:
Nanjing Beinuo Pharmaceutical Co. Ltd, Kitay proizvedeno: CSPC Zhongnuo Pharmaceutical (Shijiazhuang) Co., Ltd
•5 ta dorixonada bor
Narxi
4 000 so'm dan
SEFOTAKSIM poroshok 1g N1
Retseptli
SEFOTAKSIM poroshok 1g N1
Xitoy
Ishlab chiqaruvchi:
Reyoung Pharmaceutical Co., Ltd
•5 ta dorixonada bor
Narxi
4 000 so'm dan
SEFOTAKSIM poroshok 1,0g N1
Retseptli
SEFOTAKSIM poroshok 1,0g N1
Rossiya Federatsiyasi
Ishlab chiqaruvchi:
Protek-SVM OOO
•5 ta dorixonada bor
Narxi
4 000 so'm dan
SEFOTAKSIM poroshok 1,0g N1
Retseptli
SEFOTAKSIM poroshok 1,0g N1
Belarusiya
Ishlab chiqaruvchi:
Borisovskiy zavod medisinskix preparatov, OAO
•5 ta dorixonada bor
Narxi
4 000 so'm dan
SEFOTAKSIM poroshok 1.0 g N1
Retseptli
SEFOTAKSIM poroshok 1.0 g N1
Ukraina
Ishlab chiqaruvchi:
Lekxim-Xarkov, CHAO
•5 ta dorixonada bor
Narxi
4 000 so'm dan

SEFOTAKSIM 1,0 poroshok analoglari

KLAFORAN poroshok 1,0g N1
Retseptli
KLAFORAN poroshok 1,0g N1
Turkiya
Ishlab chiqaruvchi:
Sanofi Aventis Ilaclari Ltd. Sti, Tursiya proizvedeno: Zentiva Saglik Urunleri San. Ve Tic. A.S.
•1 ta dorixonada bor
Narxi
54 500 so'm dan
ULFARAN poroshok 1,0g
ULFARAN poroshok 1,0g
Hindiston
Ishlab chiqaruvchi:
Ultra Laboratoires Pvt. Ltd.
•12 ta dorixonada bor
Narxi
17 900 so'm dan
ATAKSIN poroshok 1g
Retseptli
ATAKSIN poroshok 1g
Gruziya
Ishlab chiqaruvchi:
ABiPharm LLC
•6 ta dorixonada bor
Narxi
44 000 so'm dan
ORITAKSIM poroshok 1000mg
ORITAKSIM poroshok 1000mg
Hindiston
Ishlab chiqaruvchi:
Cadila Pharmaceuticals Limited
•1 ta dorixonada bor
Narxi
45 000 so'm dan
SEFANTRAL poroshok 1g
Retseptli
SEFANTRAL poroshok 1g
Hindiston
Ishlab chiqaruvchi:
Concept Pharmaceutical Limited, Indiya proizvedeno: Lupin Ltd
•1 ta dorixonada bor
Narxi
41 200 so'm dan
BAKSIM poroshok 1g N1
Retseptli
BAKSIM poroshok 1g N1
Pokiston
Ishlab chiqaruvchi:
Nabiqasim Industries (Private) Limited, Pakistan proizvedeno: Surge Laboratories (Pvt.) Ltd
•1 ta dorixonada bor
Narxi
30 100 so'm dan
SEFOTAKSIM poroshok 1,0g N1
Retseptli
SEFOTAKSIM poroshok 1,0g N1
Rossiya Federatsiyasi
Ishlab chiqaruvchi:
Protek-SVM OOO
•5 ta dorixonada bor
Narxi
4 000 so'm dan
SEFOTAKSIM poroshok 1g N1
Retseptli
SEFOTAKSIM poroshok 1g N1
Xitoy
Ishlab chiqaruvchi:
Reyoung Pharmaceutical Co., Ltd
•5 ta dorixonada bor
Narxi
4 000 so'm dan
SEFOTAKSIM poroshok 1,0g N1
Retseptli
SEFOTAKSIM poroshok 1,0g N1
Xitoy
Ishlab chiqaruvchi:
Nanjing Beinuo Pharmaceutical Co. Ltd, Kitay proizvedeno: CSPC Zhongnuo Pharmaceutical (Shijiazhuang) Co., Ltd
•5 ta dorixonada bor
Narxi
4 000 so'm dan
SEFOTAKSIM poroshok 1,0g N1
Retseptli
SEFOTAKSIM poroshok 1,0g N1
Belarusiya
Ishlab chiqaruvchi:
Borisovskiy zavod medisinskix preparatov, OAO
•5 ta dorixonada bor
Narxi
4 000 so'm dan
SEFOSIN poroshok 1g
SEFOSIN poroshok 1g
Ishlab chiqaruvchi:
Aksionernoe Kurganskoe obshestvo medisinskix preparatov i izdeliy «Sintez», Rossiya.
•4 ta dorixonada bor
Narxi
5 500 so'm dan

SEFOTAKSIM 1,0 poroshok haqida savollar

SEFOTAKSIM 1,0 poroshok haqida fikr-mulohazalar

Reyting 0, 0 ta sharh asosida

Ko‘rilgan mahsulotlar

Alifbo bo'yicha dori vositalar ro'yxati

scroll-top

Biz portalimiz ishini takomillashtirish maqsadida cookie-fayllardan foydalanamiz. Ishni davom ettirar ekansiz, ulardan foydalanishga rozilik bildirgan bo‘lasiz. Batafsil