SITIKOLIN L inyeksiya uchun eritma 4ml 1000mg/4ml N5

SITIKOLIN L inyeksiya uchun eritma 4ml 1000mg/4ml N5 qo'llanmasi
Farmakokinetikasi
So'rilishi
Sitikolin vena ichiga va mushak ichiga yuborilganda yaxshi so'riladi.
Metabolizmi
Vena ichiga va mushak ichiga yuborilganda sitikolin jigarda xolin va sitidin hosil bo'lishi bilan metabolizmga uchraydi. Yuborilgandan so'ng qon plazmasida xolin kontsentratsiyasi sezilarli darajada oshadi.
Taqsimlanishi
Sitikolin bosh miya tuzilmalarida sezilarli darajada taqsimlanadi, bunda xolin fraktsiyalari strukturaviy fosfolipidlarga va sitidin fraktsiyalari - sitidin nukleotidlari va nuklein kislotalariga tez kirib boradi. Sitikolin bosh miyaga kirib, hujayra, sitoplazmatik va mitoxondrial membranalarga faol qo'shilib, strukturaviy fosfolipidlar fraktsiyasining qismini hosil qiladi.
Chiqarilishi
Sitikolin yuborilgan dozasining atigi 15% inson organizmidan chiqariladi: 3% dan kamrog'i - buyraklar orqali va taxminan 12% - nafas bilan chiqariladigan СО2 bilan. Sitikolinning siydik bilan ekskretsiyasida 2 ta fazani ajratish mumkin: taxminan 36 soat davom etadigan birinchi faza, bunda chiqarilish tezligi tez pasayadi va ikkinchi faza, bunda ekskretsiya tezligi ancha sekinroq pasayadi. Xuddi shu narsa nafas bilan chiqariladigan СО2 da kuzatiladi - chiqarilish tezligi taxminan 15 soatdan keyin tez pasayadi va keyin ancha sekinroq pasayadi.
Farmakologik ta'siri
Tsitikolin hujayra membranasining asosiy ultrastruktura komponentlari (asosan fosfolipidlar) o'tmishdoshi bo'lib, keng ta'sir doirasiga ega - shikastlangan hujayra membranalarini tiklashga yordam beradi, fosfolipazalar ta'sirini ingibitsiya qiladi, erkin radikallarning ortiqcha hosil bo'lishiga to'sqinlik qiladi, shuningdek apoptoz mexanizmlariga ta'sir qilib, hujayralar o'limini oldini oladi. Insultning o'tkir davrida tsitikolin bosh miya to'qimasi shikastlanishi hajmini kamaytiradi, xolinergik uzatishni yaxshilaydi. Kalla-miya jarohatida posttravmatik koma davomiyligini va nevrologik alomatlar yaqqolligini kamaytiradi, bundan tashqari, tiklanish davri davomiyligini qisqartirishga yordam beradi. Bosh miyaning surunkali gipoksiyasida tsitikolin xotira yomonlashishi, tashabbussizlik, kundalik harakatlarni bajarishda va o'z-o'ziga xizmat ko'rsatishda yuzaga keladigan qiyinchiliklar kabi kognitiv buzilishlarni davolashda samarali. Diqqat va ong darajasini oshiradi, shuningdek amneziya ko'rinishlarini kamaytiradi. Tsitikolin degenerativ va tomir etiologiyali sezgi va harakat nevrologik buzilishlarini davolashda samarali.
Nojo'ya samaralari
Juda kam hollarda (shu jumladan individual holatlar):
- Allergik reaksiyalar (toshma, teri qichishishi, anafilaktik shok), bosh og'rig'i, bosh aylanishi, issiqlik hissi, tremor, ko'ngil aynishi, qusish, diareya, gallyutsinatsiyalar, shishlar, nafas qisishi, uyqusizlik, qo'zg'alish, ishtahaning pasayishi, falajlangan oyoq-qo'llarda uvishish, jigar fermentlari faolligining o'zgarishi.
Ba'zi hollarda Tsitikolin-L parasimpatik tizimni rag'batlantirishi, shuningdek arterial bosimning qisqa muddatli o'zgarishini ko'rsatishi mumkin. Agar yo'riqnomada ko'rsatilmagan nojo'ya ta'sirlardan birortasi kuchaysa yoki yo'riqnomada ko'rsatilmagan boshqa nojo'ya ta'sirlar sezilsa, bu haqda shifokorga xabar berish kerak.
Maxsus saqlash sharoitlari
Davolash davrida alohida e'tibor va tezkor reaksiyalarni talab qiladigan potensial xavfli faoliyat turlarini (avtomobil va boshqa transport vositalarini boshqarish, harakatlanuvchi mexanizmlar bilan ishlash, dispetcher va operator ishi va h.k.) bajarishda ehtiyotkorlikka rioya qilish kerak.
Qo'llanilishi mumkin bo'lmagan holatlar
Yaqqol vagotoniya (vegetativ nerv tizimi parasimpatik qismi tonusining ustunligi) bo'lgan bemorlarga va preparatning har qanday komponentiga yuqori sezuvchanlikda buyurilmasligi kerak.
Dori vositalarining o'zaro ta'siri
Sitikolin levodopa samaralarini kuchaytiradi.
Meklofenoksat saqlovchi dori vositalari bilan bir vaqtda qo'llash tavsiya etilmaydi.
Dozirovkasi
Preparat vena ichiga yoki mushak ichiga buyuriladi.
Vena ichiga preparat sekin tomir ichiga in'ektsiya shaklida (tayinlangan dozaga qarab 3-5 daqiqa davomida) yoki tomchilab vena ichiga quyish (daqiqasiga 40-60 tomchi) shaklida buyuriladi. Vena ichiga yuborish yo'li mushak ichiga yuborishdan afzalroqdir.
Mushak ichiga yuborilganda preparatni bir joyga takroran yuborishdan saqlanish kerak.
Tavsiya etilgan dozalash rejimi
Ishemik insult va bosh miya jarohati (BMJ) ning o'tkir davri: tashxis qo'yilgan birinchi sutkadan boshlab har 12 soatda 1000 mg, davolash davomiyligi kamida 6 hafta. Davolash boshlangandan 3-5 kun o'tgach (agar yutish funktsiyasi buzilmagan bo'lsa) Tsitikolin-L preparatining peroral shakllariga o'tish mumkin.
Ishemik va gemorragik insultlarning tiklanish davri, BMJ tiklanish davri, bosh miyaning degenerativ va qon tomir kasalliklaridagi kognitiv va xulq-atvor buzilishlari: kuniga 500-2000 mg. Doza va davolash davomiyligi kasallik belgilarining og'irligiga bog'liq. Tsitikolin preparatining peroral shakllarini qo'llash mumkin - Tsitikolin-L keksa bemorlarga tayinlanganda dozani to'g'irlash talab etilmaydi.
Ampuladagi eritma bir marta qo'llash uchun mo'ljallangan. U ampula ochilgandan keyin darhol ishlatilishi kerak. Preparat barcha turdagi vena ichiga yuboriladigan izotonik eritmalar va dekstroza eritmalari bilan mos keladi.
SITIKOLIN L inyeksiya uchun eritma 4ml 1000mg/4ml N5 o'xshash dorilari




SITIKOLIN L inyeksiya uchun eritma 4ml 1000mg/4ml N5 xususiyatlari
Sitikolin boshqa chiqarish shakllari



SITIKOLIN L inyeksiya uchun eritma 4ml 1000mg/4ml N5 analoglari














