SITRAMON P tabletkalari N10

SITRAMON P tabletkalari N10 o'xshash dorilari

SITRAMON P tabletkalari N10 qo'llanmasi
Asetilsalitsil kislotasi, paratsetamol va kofeinga xos bo'lgan nojo'ya reaksiyalar kuzatilishi mumkin: anoreksiya, ko'ngil aynishi, qusish, gastralgiya (trombotsitlar agregatsiyasining pasayishi), me'da-ichak traktining eroziv-yarali shikastlanishi, me'da-ichakdan qon ketishlar, allergik reaksiyalar, bronxospazm, ko'p shaklli ekssudativ eritema (shu jumladan Stivens-Jonson sindromi), toksik epidermal nekroliz (Layell sindromi), buyrak yetishmovchiligi, jigar yetishmovchiligi, bosh aylanishi, taxikardiya, arterial qon bosimining oshishi.
Uzoq muddat qo'llanilganda bosh aylanishi, bosh og'rig'i, ko'rishning buzilishi, quloqlarda shovqin, trombotsitlar agregatsiyasining pasayishi, gipokoagulyatsiya, gemorragik sindrom (burundan qon ketishi, milklarning qonashi, purpura va boshqalar), buyraklarning papillyar nekroz bilan shikastlanishi; karlik, bolalarda Reye sindromi (giperpireksiya, metabolik atsidoz, asab tizimi va ruhiyat tomonidan buzilishlar, qusish, jigar faoliyatining buzilishi) bo'lishi mumkin.
Atsetilsalitsil kislotasi qon ivishini sekinlashtiradi. Agar bemorda jarrohlik aralashuvi rejalashtirilgan bo'lsa, shifokorni preparat qabul qilinayotgani haqida ogohlantirish kerak.
Preparat uzoq muddat qo'llanilganda periferik qon va jigar funksional holati nazorati zarur.
Salitsil kislotasi va uning hosilalariga, shu jumladan atsetilsalitsil kislotasiga yuqori sezuvchanligi yoki astmoid reaksiyalari bo'lgan bemorlarga faqat maxsus ehtiyotkorlik choralariga rioya qilgan holda (shoshilinch yordam xizmati sharoitida) tayinlash mumkin.
Siydik kislotasi to'planishiga moyilligi bo'lgan bemorlarda preparatni qabul qilish podagra xurujini qo'zg'atishi mumkin.
Qabul qilish vaqtida alkogol iste'mol qilishdan saqlanish kerak (oshqozon-ichakdan qon ketishi va jigarning toksik shikastlanishi xavfi oshishi).
Atsetilsalitsil kislotasi teratogen ta'sirga ega; I trimestrda qo'llanilganda rivojlanish nuqsoniga - yuqori tanglay yorig'iga olib keladi; III trimestrda - tug'ruq faoliyatini tormozlashga (Pg sintezini ingibirlash), homilada arterial yo'lning yopilishiga olib keladi, bu o'pka tomirlari giperplaziyasini va kichik qon aylanish doirasi tomirlarida gipertenziyani chaqiradi. Ko'krak suti bilan ajralib chiqadi, bu trombotsitlar funksiyasi buzilishi oqibatida bolada qon ketishlar paydo bo'lishi xavfini oshiradi.
15 yoshgacha bo'lgan bolalarga isitmani tushiruvchi vosita sifatida atsetilsalitsil kislotasi saqlovchi dori vositalarini tayinlash mumkin emas, chunki virusli infeksiya holatida ular Rey sindromi paydo bo'lishi xavfini oshirishga qodir. Rey sindromi simptomlari uzoq davom etuvchi qusish, o'tkir ensefalopatiya, jigar kattalashishi hisoblanadi.
Transport vositalarini boshqarish va diqqatni jamlashni talab qiluvchi mashina va mexanizmlarga xizmat ko'rsatishga ta'siri.
Transport vositalarini boshqarish va diqqatni jamlashni talab qiluvchi mashina va mexanizmlarga xizmat ko'rsatishga ta'siri haqida ma'lumotlar yo'q.
- preparat komponentlariga yuqori sezuvchanlik;
- oshqozon-ichak traktining eroziv-yarali shikastlanishlari (zo‘rayish bosqichida);
- oshqozon-ichak qon ketishlari (sh.j. anamnezda);
- bronxial astma, burun va burun yondosh bo‘shliqlari retsidivlanuvchi polipozi va atsetilsalitsil kislotasini yoki nosteroid yallig‘lanishga qarshi vositalarni o‘zlashtira olmaslikning to‘liq yoki to‘liq bo‘lmagan birgalikda kelishi (sh.j. anamnezda);
- jigar va/yoki buyrak funksiyasining yaqqol buzilishlari;
- gemorragik diatizlar, gipokoagulyatsiya, gemofiliya, gipoprotrombinemiya;
- homiladorlik (I va III uchoyliklar);
- emizish davri;
- ko‘p qon ketish bilan kechuvchi jarrohlik aralashuvlari;
- glyukoza-6-fosfatdegidrogenaza yetishmovchiligi;
- glaukoma;
- yaqqol arterial gipertenziya;
- portal gipertenziya;
- yurak ishemik kasalligining og‘ir kechishi;
- K avitaminozi;
- 15 yoshgacha bo‘lgan bolalar (virusli kasallik fonida gipertermiya bo‘lgan bolalarda Reye sindromi rivojlanishi xavfi);
- yuqori qo‘zg‘aluvchanlik, uyqu buzilishi.
Ehtiyotkorlik bilan
Yengil va o‘rtacha darajadagi buyrak yetishmovchiligi, jigar kasalliklari, alkogolizm, epilepsiya va talvasa xurujlariga moyillik, keksa yosh, podagra, homiladorlik (II uchoylik).
Homiladorlik va emizish davrida qo‘llash
Homiladorlikda (I va III uchoyliklar) va emizish davrida preparatni qo‘llash mumkin emas. Homiladorlikning II uchoyligida ona uchun kutilayotgan foyda va homila uchun potensial xavfni solishtirib, preparatni ehtiyotkorlik bilan qo‘llash kerak.
Geparin, bilvosita antikoagulyantlar, rezerpin, steroid gormonlar va gipoglikemik dori vositalari ta'sirini kuchaytiradi. Boshqa nosteroid yallig'lanishga qarshi preparatlar, metotreksat bilan bir vaqtda qo'llash nojo'ya ta'sirlar rivojlanish xavfini oshiradi.
Spironolakton, furosemid, gipotenziv dori vositalari, shuningdek siydik kislotasi chiqarilishiga yordam beruvchi podagraga qarshi dori vositalari samaradorligini kamaytiradi.
Barbituratlar, rifampitsin, salitsilamid, tutqanoqqa qarshi dori vositalari va mikrosomal oksidlanishning boshqa stimulyatorlari jigar funktsiyasiga ta'sir qiluvchi paratsetamolning toksik metabolitlari hosil bo'lishiga yordam beradi.
Metoklopramid paratsetamol so'rilishini tezlashtiradi.
Paratsetamol ta'siri ostida xloramfenikolning yarim chiqarilish davri (T1/2) 5 baravar oshadi. Takroriy qabul qilinganda paratsetamol antikoagulyantlar (dikumarin hosilalari) ta'sirini kuchaytirishi mumkin.
Kofein ergotamin so'rilishini tezlashtiradi.
Preparat va spirt saqlovchi suyuqliklar bir vaqtda qabul qilinganda jigarning toksik shikastlanish xavfi ortadi.
Oshqozon-ichak traktiga ta’sirlovchi ta’sirni kamaytirish uchun tabletkani sut yoki ishqorli mineral suv bilan ichish kerak.Dozani oshirib yuborishTavsiya etilgan doza va qo‘llash davomiyligini oshirmaslik kerak!
Dozani oshirib yuborish simptomlari asetilsalitsil kislotasi bilan bog‘liq.
Simptomlari:
- yengil intoksikatsiyalarda: ko‘ngil aynishi, qusish, oshqozonda og‘riq, bosh aylanishi, quloqlarda jaranglash;
- og‘ir intoksikatsiyada: tormozlanish, uyquchanlik, kollaps, talvasalar, nafas olishning qiyinlashishi, anuriya, qon ketishi.
Davolash: faollashtirilgan ko‘mir yordamida oshqozonni yuvish, simptomatik terapiya, moddalar almashinuvi holatiga qarab - siydikni ishqorlashtirish hisobiga asetilsalitsil kislotasining chiqarilishini kuchaytiruvchi natriy gidrokarbonat, natriy sitrat yoki natriy laktat yuborish.
Xususiyatlar SITRAMON P tabletkalari N10
Sitramon boshqa chiqarish shakllari




SITRAMON P tabletkalari N10 analoglari




















