Apteka.uz
SavatKirish

URSOSAN FORTE 0,5 tabletkalari N50

Retseptsiz
Mahsulot haqida tafsilotlar
Ishlab chiqarilgan joyi:Chexiya
Ishlab chiqaruvchi:PRO.MED.SS Praga a.o.
Teglar:O't pufagi uchun
ATX kodi:A05AA02
Barcha Ursosan dorilari
Mavjud emas
Dorixonadan topish
To‘lov va yetkazib berish usullari Toshkentda
Olib ketish
Ertaga yoki keyinroq 0 ta dorixonadan
Dorixonada karta yoki naqd to‘lov
Yetkazib berish
2 soat ichida yoki ertaga, yetkazib berish narxi onlayn dorixonada ko‘rsatilgan tarif bo‘yicha. Onlayn yoki kuryerga to‘lov

URSOSAN FORTE 0,5 tabletkalari N50 qo'llanmasi

Farmakokinetikasi

UDXK och ichakda va yonbosh ichakning yuqori qismlarida passiv diffuziya (taxminan 90%) hisobiga, yonbosh ichakning terminal bo'limlarida esa - faol transport orqali so'riladi. Rezorbtsiya ko'rsatkichi odatda 60-80% ni tashkil qiladi.

50 mg UDXK ichga qabul qilinganda qon plazmasidagi maksimal kontsentratsiya (Сmах) 30, 60, 90 daqiqadan so'ng mos ravishda 3,8 mmol/l, 5,5 mmol/l va 3,7 mmol/l ni tashkil qiladi. Plazmada maksimal kontsentratsiyaga erishish vaqti (ТCmах) 1-3 soatdan keyin keladi. Plazma oqsillari bilan bog'lanishi yuqori - 96-99% gacha. Yo'ldosh to'sig'i orqali o'tadi.

Preparat muntazam qabul qilinganda UDXK qon zardobidagi asosiy o't kislotasiga aylanadi. Jigarda taurinli va glitsinli kon'yugatlarga metabolizmga uchraydi (jigar orqali "birlamchi o'tish"dagi klirens 60% gachani tashkil qiladi). Hosil bo'lgan kon'yugatlar safroga sekretsiya qilinadi. Preparat umumiy dozasining taxminan 50-70% i safro bilan chiqariladi. Ichakning ingichka bo'limida so'rilmagan UDXK ning oz miqdori yo'g'on ichakka tushadi, u yerda bakteriyalar tomonidan parchalanishga uchraydi (7-degidroksillanish); hosil bo'lgan litoxol kislotasi qisman yo'g'on ichakdan so'riladi, jigarda sulfatlanadi va sulfolitoxolilglitsin yoki sulfolitoxoliltaurin kon'yugati ko'rinishida safro bilan tez ekskretsiya qilinadi.

Nojo'ya samaralari

Nojo'ya samaralarning uchrash tezligi (holatlar soni/kuzatuvlar soni) quyidagi gradatsiya ko'rinishida taqdim etilgan: juda tez-tez (≥ 1/10); tez-tez (≥ 1/100 dan < 1/10 gacha); tez-tez emas (≥ 1/1000 dan < 1/100 gacha); kamdan-kam (≥ 1/10 000 dan < 1/1000 gacha); juda kamdan-kam (< 1/10 000).
Oshqozon-ichak trakti tomonidan

Klinik tadqiqotlarda ursodezoksixol kislotasi bilan davolash fonida tez-tez diareya yoki pastasimon axlat kuzatilgan.

Birlamchi biliar sirrozni davolashda juda kamdan-kam hollarda qorinning yuqori qismida kuchli og'riq qayd etilgan.

Jigar va o't chiqarish yo'llari tomonidan

Ursodezoksixol kislotasi bilan davolash fonida juda kam hollarda o't toshlarining kalsinatsiyasi kuzatilgan.

Birlamchi biliar sirrozni davolashda kechki bosqichlarda juda kam hollarda jigar sirrozi dekompensatsiyasi qayd etilgan, u davolash to'xtatilgandan keyin regressiyaga uchragan.

Teri va teri osti to'qimalari tomonidan

Juda kam hollarda eshakemi kuzatilishi mumkin.

Maxsus saqlash sharoitlari

Preparatni o‘t toshlarini eritish maqsadida qo‘llash quyidagi shartlarga rioya qilinganda mumkin: toshlar xolesterinli (rentgenonegativ) bo‘lishi, ularning o‘lchami - 15-20 mm dan ko‘p emas, o‘t pufagi va umumiy o‘t yo‘li o‘tkazuvchanligi saqlangan faoliyat ko‘rsatuvchi o‘t pufagi, o‘t toshlari bilan yarmidan ko‘p to‘lmagan.

Preparatni o‘t toshlarini eritish maqsadida uzoq muddat qo‘llashda davolashning dastlabki 3 oyida har 4 haftada, keyinchalik - har 3 oyda jigar mikrosomal fermentlari, ayniqsa transaminazalar faolligini aniqlash uchun biokimyoviy qon tahlilini o‘tkazish kerak. Davolash samaradorligi nazoratini har 6 oyda o‘t pufagi, o‘t yo‘llarining ultratovush tekshiruvi ma'lumotlari bo‘yicha o‘tkazadilar.

Toshlar to‘liq erigandan so‘ng aniqlash uchun o‘lchamlari juda kichik bo‘lgan toshlar qoldiqlarining erishiga yordam berish va tosh hosil bo‘lishi qaytalanishini oldini olish maqsadida preparatni qo‘llashni 3 oy davomida davom ettirish tavsiya etiladi.

Reproduktiv yoshdagi ayollar Ursosan preparatini ishonchli kontrasepsiya vositalarini bir vaqtda qo‘llagan holda qabul qilishlari kerak. Davolashni boshlashdan oldin homiladorlik mavjudligini istisno qilish kerak.

Dori preparatining transport vositalarini, mexanizmlarni boshqarish qobiliyatiga ta'siri:

Ursosan preparatini qo‘llash diqqatni yuqori jamlash va psixomotor reaksiyalar tezligini talab qiluvchi potensial xavfli faoliyat turlarini bajarishga (avtotransportni boshqarish qobiliyati, harakatlanuvchi mexanizmlar bilan ishlash va h.k.) ta'sir qilmaydi.

Qo'llanilishi mumkin bo'lmagan holatlar

- Preparatning faol va yordamchi komponentlariga yuqori sezuvchanlik;

- rentgenmusbat (tarkibida kalsiy miqdori yuqori) o‘t toshlari;

- faoliyat ko‘rsatmaydigan o‘t pufagi;

- o‘t pufagi, o‘t yo‘llari va ichakning o‘tkir yallig‘lanish kasalliklari;

- dekompensatsiya bosqichidagi jigar sirrozi;

- buyrak, jigar, me'da osti bezi funksiyasining yaqqol buzilishlari.

Ursodezoksixol kislotasini qo‘llashda yosh cheklovlari yo‘q, ammo 3 yoshgacha bo‘lgan bolalarga ushbu dori shaklidagi preparatni qo‘llash tavsiya etilmaydi.

Homiladorlik va laktatsiya:

Homiladorlik davrida UDXK ni qo‘llash faqat ona uchun kutilayotgan foyda homila yoki yangi tug‘ilgan chaqaloqda nojo‘ya ta'sirlar rivojlanishi potensial xavfidan ustun bo‘lgan holdagina mumkin (homilador ayollarda ursodezoksixol kislotasini qo‘llash bo‘yicha adekvat va qat'iy nazoratli tadqiqotlar o‘tkazilmagan).

Ursodezoksixol kislotasining ko‘krak suti bilan ajralib chiqishi to‘g‘risida ma'lumotlar yo‘q. Laktatsiya davrida UDXK ni qo‘llash zarurati tug‘ilganda emizishni to‘xtatish kerak.

Dori vositalarining o'zaro ta'siri

Preparatni alyuminiy, ion almashinuvchi smolalar (xolestiramin, kolestipol) saqlovchi antatsidlar bilan bir vaqtda qo'llash kerak emas, chunki ko'rsatilgan preparatlar ursodezoksixol kislotasining so'rilishini pasaytirishi mumkin. Zarurat bo'lganda ushbu preparatlarni UDXK qabul qilishdan 2 soat oldin yoki 2 soat keyin qabul qilish kerak.

Ba'zi dori preparatlari, masalan estrogenlar, progestogenlar (peroral kontratseptivlar), neomitsin, klofibrat xolelitiazni oshirishi mumkin, shu bilan ursodezoksixol kislotasining xolesterinli o't toshlarini eritish qobiliyatiga qarama-qarshi ta'sir ko'rsatadi.

Ursodezoksixol kislotasi ichakdan siklosporin so'rilishini oshirishi mumkin, bu qon plazmasida siklosporin kontsentratsiyasi monitoringini o'tkazishni, zarurat bo'lganda esa - uning dozalash tartibini to'g'irlashni talab qiladi.

Ayrim hollarda ursodezoksixol kislotasi siprofloksatsin so'rilishini pasaytirishi mumkin.

Dozirovkasi

DozalashIchga, ovqat vaqtida yoki ovqatdan keyin, chaynamasdan, yetarli miqdordagi suv bilan ichiladi. Tavsiya etilgan dozalashni ta'minlash uchun tabletkani bo'lish chizig'i bo'ylab sindirib ikkiga bo'lish kerak. Noto'g'ri sindirilgan segmentlar ishlatilmasligi kerak. Segment og'iz bo'shlig'ida ushlab turilganda achchiq ta'm seziladi.

Xolesterinli o't toshlarini eritish uchun preparatning o'rtacha sutkalik dozasi 10 mg/kg (12-15 mg/kg gacha) ni tashkil qiladi. Preparatning sutkalik dozasi bir marta tunga qabul qilinadi. Davolash kursi - toshlar to'liq eriguncha 6-12 oy va undan ortiq. Agar o't pufagidagi toshlar 12 oylik davolashdan keyin o'lchami kamaymasa, preparatni bekor qilish kerak.

Toshlar qayta hosil bo'lishini oldini olish uchun preparatni toshlar erigandan keyin bir necha oy davomida qo'llash tavsiya etiladi.

Xoletsistektomiyadan keyin qaytalauvchi xolelitiazni oldini olish uchun 250 mg dan (1/2 tabletka) sutkasiga 2 marta bir necha oy davomida tayinlanadi.

Turli genezli surunkali gepatitlar (toksik, dori vositalari ta'siridagi va b.), surunkali virusli gepatitlar, jigarning noalkogol yog'li kasalligi, shu jumladan noalkogol steatogepatit, jigarning alkogolli kasalligida o'rtacha sutkalik doza 10-15 mg/kg ni tashkil qiladi 2-3 qabulda. Terapiya davomiyligi 6-12 oy va undan ortiqni tashkil qiladi.

Turli genezli jigarning xolestatik kasalliklari, shu jumladan birlamchi biliar sirroz (dekompensatsiya belgilari bo'lmaganda), birlamchi sklerozlovchi xolangit, kistoz fibroz (mukovissidoz) da o'rtacha sutkalik doza 12-15 mg/kg ni, zarurat bo'lganda - 20-30 mg/kg ni tashkil qiladi. Davolashning dastlabki 3 oyi davomida preparatning sutkalik dozasini 2-3 qabulga bo'lish kerak. Qon biokimyoviy ko'rsatkichlari yaxshilanganda preparatning sutkalik dozasi bir marta tunga qabul qilinadi. Terapiya davomiyligi 6 oydan bir necha yilgachani tashkil qiladi.

O't chiqarish yo'llari diskineziyasida o'rtacha sutkalik doza 10 mg/kg ni tashkil qiladi 2 qabulda 2 haftadan 2 oygacha davomida. Zarurat bo'lganda davolash kursini takrorlash tavsiya etiladi.

Biliar reflyuks-gastrit va reflyuks-ezofagitda o'rtacha sutkalik doza 250 mg (14 tabletka) bir marta tunga tashkil qiladi. Davolash kursi - 2 haftadan 6 oygacha, zarurat bo'lganda - 2 yilgacha.

Bemorning tana vazni va 1 kg tana vazniga tavsiya etilgan preparat dozasiga (mg/kg/sut) qarab tabletkalarning sutkalik miqdorini hisoblash (yo'riqnomaga qarang)Dozani oshirib yuborishDozani oshirib yuborish holatida diareya yuzaga kelishi mumkin. Uzoq davom etuvchi diareya o'rnatilganda preparat bilan terapiyani to'xtatish kerak. Davolash - simptomatik.

Dozani oshirib yuborishning boshqa simptomlari ehtimoldan yiroq, chunki ursodezoksixol kislotasining so'rilishi doza oshishi bilan yomonlashadi, bu esa uning najas bilan yuqori darajada chiqarilishiga olib keladi.
Diqqat: ushbu sahifadagi preparat tavsifi rasmiy yo‘riqnomaning soddalashtirilgan va to‘ldirilgan versiyasidir. Ma’lumot faqat tanishish maqsadida taqdim etilgan va o‘z-o‘zini davolash uchun qo‘llanma sifatida foydalanilmasligi kerak. URSOSAN FORTE 0,5 tabletkalari N50 preparatini qabul qilishdan oldin albatta shifokor bilan maslahatlashing

URSOSAN FORTE 0,5 tabletkalari N50 o'xshash dorilari

GEPA-L granulalari 5 g N30
Retseptli
GEPA-L granulalari 5 g N30
Hindiston
Ishlab chiqaruvchi:
Avantika Medex Pvt. Ltd
Narxi
434 100 so'm dan
Narxi
23 000 so'm dan
ESSENSIALE N eritma 250mg/5ml 5ml N5
Retseptli
ESSENSIALE N eritma 250mg/5ml 5ml N5
Ispaniya
Vakil:
Sanofi
Ishlab chiqaruvchi:
Sanofi Aventis Grup, Fransiya proizvedeno: Famar Xels Kea Servisiz Madrid, S.A.U.
Narxi
172 500 so'm dan
GEPA-L konsentrat 10ml 5g/10ml N5
Retseptli
GEPA-L konsentrat 10ml 5g/10ml N5
Hindiston
Ishlab chiqaruvchi:
Avantika Medex Pvt. Ltd, Indiya proizvedeno: Montage Laboratories Pvt. Ltd

URSOSAN FORTE 0,5 tabletkalari N50 xususiyatlari

Ursosan boshqa chiqarish shakllari

Narxi
330 000 so'm dan
URSOSAN kapsulalar  250mg N50
Retseptli
URSOSAN kapsulalar 250mg N50
Chexiya
Ishlab chiqaruvchi:
Pro. Med. CS Praha a.s.
Narxi
203 700 so'm dan
URSOSAN FORTE tabletkalari 500mg N60
Retseptsiz
URSOSAN FORTE tabletkalari 500mg N60
Chexiya
Ishlab chiqaruvchi:
Pro. Med. CS Praha a.s.
Narxi
472 400 so'm dan
URSOSAN kapsulalar  250mg N100
Retseptli
URSOSAN kapsulalar 250mg N100
Chexiya
Ishlab chiqaruvchi:
Pro. Med. CS Praha a.s.
Narxi
408 600 so'm dan

URSOSAN FORTE 0,5 tabletkalari N50 analoglari

URSOLIV kapsulalar  250mg N100
Retseptli
URSOLIV kapsulalar 250mg N100
Rossiya Federatsiyasi
Ishlab chiqaruvchi:
AVVA RUS AO
SERTOXOL kapsulalar  300mg N20
Retseptli
SERTOXOL kapsulalar 300mg N20
Turkiya
Vakil:
Dr.Sertus
Ishlab chiqaruvchi:
Dr Sertus Ilac Sanayi ve Ticaret Limited Sirketi, Tursiya proizvedeno: Abdi Ibrahim Ilac San. ve Tic. A.S.
Narxi
111 800 so'm dan
URSOMAK kapsulalar  300mg N20
Retseptli
URSOMAK kapsulalar 300mg N20
Gruziya
Vakil:
GMP
Ishlab chiqaruvchi:
GM Pharmaceuticals Ltd.
Narxi
65 500 so'm dan
XOLUDEKSAN kapsulalar  300mg N20
Retseptli
XOLUDEKSAN kapsulalar 300mg N20
Turkiya
Ishlab chiqaruvchi:
World Medicine Ilas San. Ve Tic. A.S.
Narxi
112 000 so'm dan
URSOSAN FORTE tabletkalari 500mg N60
Retseptsiz
URSOSAN FORTE tabletkalari 500mg N60
Chexiya
Ishlab chiqaruvchi:
Pro. Med. CS Praha a.s.
Narxi
472 400 so'm dan
Narxi
330 000 so'm dan
URSOLIV kapsulalar  250mg N50
Retseptli
URSOLIV kapsulalar 250mg N50
Rossiya Federatsiyasi
Ishlab chiqaruvchi:
AVVA RUS OAO
Narxi
158 000 so'm dan
URSOLIV kapsulalar  250mg N10
Retseptli
URSOLIV kapsulalar 250mg N10
Rossiya Federatsiyasi
Ishlab chiqaruvchi:
AVVA RUS OAO

URSOSAN FORTE 0,5 tabletkalari N50 haqida savollar

URSOSAN FORTE 0,5 tabletkalari N50 haqida fikr-mulohazalar

Reyting 0, 0 ta sharh asosida

Alifbo bo'yicha dori vositalar ro'yxati

scroll-top

Biz portalimiz ishini takomillashtirish maqsadida cookie-fayllardan foydalanamiz. Ishni davom ettirar ekansiz, ulardan foydalanishga rozilik bildirgan bo‘lasiz. Batafsil