UTROJESTAN kapsulalar 200mg N14

UTROJESTAN kapsulalar 200mg N14 qo'llanmasi
Farmakokinetikasi
Ichga qabul qilinganda
So'rilishi
Mikronizatsiyalangan progesteron me'da-ichak yo'llarida (MITY) yaxshi so'riladi. Qon plazmasida progesteron kontsentratsiyasi birinchi soat davomida asta-sekin ortib boradi, qon plazmasidagi maksimal kontsentratsiya (Сmax) qabul qilingandan 1-3 soat o'tgach qayd etiladi. Qon plazmasidagi progesteron kontsentratsiyasi 1 soatdan keyin 0,13 ng/ml dan 4,25 ng/ml gacha, 2 soatdan keyin 11,75 ng/ml gacha ortadi va 3 soatdan keyin 8,37 ng/ml ni, 6 soatdan keyin 2 ng/ml ni va 8 soatdan keyin 1,64 ng/ml ni tashkil qiladi.
Metabolizmi
Qon plazmasida aniqlanadigan asosiy metabolitlar 20-alfa-gidroksi-delta-4-alfa-pregnanolon va 5-alfa-digidroprogesteron hisoblanadi.
Chiqarilishi
Metabolitlar ko'rinishida buyraklar orqali chiqariladi, ularning 95% ini glyukuronkon'yugatsiyalangan metabolitlar, asosan 3-alfa, 5-beta-pregnandiol (pregnandion) tashkil qiladi. Qon plazmasida va siydikda aniqlanadigan ushbu metabolitlar sariq tananing fiziologik sekretsiyasida hosil bo'ladigan moddalarga o'xshash.
Vaginal yuborilganda
So'rilishi va taqsimlanishi
Absorbtsiya tez sodir bo'ladi, qon plazmasida progesteronning yuqori kontsentratsiyasi yuborilgandan 1 soat o'tgach kuzatiladi. Qon plazmasida progesteronning Сmах siga yuborilgandan 2-6 soat o'tgach erishiladi. 100 mg dan sutkada 2 marta yuborilganda qon plazmasidagi o'rtacha kontsentratsiya 24 soat davomida 9,7 ng/ml darajasida saqlanib turadi. 200 mg/sut dan ortiq dozalarda yuborilganda progesteron kontsentratsiyasi homiladorlikning I trimestriga to'g'ri keladi. Plazma oqsillari bilan bog'lanishi - 90%. Progesteron bachadonda to'planadi.
Metabolizmi
Asosan 3-alfa, 5-beta-pregnandiol hosil qilib metabolizmga uchraydi. Qon plazmasida 5-beta-pregnanolon kontsentratsiyasi ortmaydi.
Chiqarilishi
Metabolitlar ko'rinishida buyraklar orqali chiqariladi, asosiy qismini 3-alfa, 5-beta-pregnandiol (pregnandion) tashkil qiladi. Bu uning kontsentratsiyasining doimiy ortishi bilan tasdiqlanadi (6 soatdan keyin Сmах 142 ng/ml).
Nojo'ya samaralari
Quyida keltirilgan, preparatni peroral qo'llash usulida qayd etilgan noxush hodisalar, quyidagi gradatsiyaga muvofiq yuzaga kelish tezligi bo'yicha taqsimlangan: tez-tez: > 1/100, < 1/10; tez-tez emas: > 1/1000, < 1/100; kamdan-kam: > 1/10000, < 1/1000; juda kamdan-kam: < 1/10000.
Jinsiy a'zolar va sut bezi tomonidan buzilishlar
tez-tez
Hayz sikli buzilishlari
Amenoreya
Atsiklik qon ketishlar
tez-tez emas
Mastodiniya
Ruhiyat tomonidan buzilishlar
juda kamdan-kam
Depressiya
Nerv tizimi tomonidan buzilishlar
tez-tez
Bosh og'rig'i
tez-tez emas
Uyquchanlik
O'tkinchi
bosh aylanishi
Oshqozon-ichak trakti tomonidan buzilishlar
tez-tez
Qorin dam bo'lishi
tez-tez emas
Qusish
Diareya
Qabziyat
kamdan-kam
Ko'ngil aynishi
Jigar va o't chiqarish yo'llari tomonidan buzilishlar
tez-tez emas
Xolestatik sariqlik
Immun tizimi tomonidan buzilishlar
juda kamdan-kam
Eshakemi
Teri va teri osti to'qimalari tomonidan buzilishlar
tez-tez emas
Qichishish
Akne
juda kamdan-kam
Xloazma
Uyquchanlik, o'tkinchi bosh aylanishi, odatda, preparat peroral qabul qilingandan 1-3 soat o'tib yuzaga kelishi mumkin. Ushbu noxush reaksiyalar dozani pasaytirish, preparatni uyqudan oldin qo'llash yoki vaginal yuborish yo'liga o'tish orqali kamaytirilishi mumkin.
Ushbu noxush reaksiyalar odatda doza oshirib yuborilishining birinchi belgilaridir.
Uyquchanlik va/yoki o'tkinchi bosh aylanishi, xususan, yo'ldosh gipoestrogeniya holatida kuzatiladi. Dozani kamaytirish yoki yuqoriroq estrogenizatsiyani tiklash progesteronning terapevtik samarasini pasaytirmasdan ushbu ko'rinishlarni darhol bartaraf etadi.
Agar davolash kursi juda erta boshlansa (hayz siklining birinchi yarmida, ayniqsa 15-kungacha), hayz siklining qisqarishi yoki atsiklik qon ketishlar bo'lishi mumkin.
Qayd etiladigan hayz sikli o'zgarishlari, amenoreya yoki atsiklik qon ketishlar barcha gestagenlar uchun xosdir.
Klinik amaliyotda qo'llanilishi
Klinik amaliyotda qo'llanilganda progesteron peroral qo'llanilganda quyidagi noxush hodisalar qayd etilgan: uyqusizlik; hayzdan oldingi sindrom; sut bezlarida taranglik; qindan ajralmalar; bo'g'imlarda og'riq; gipertermiya; tungi soatlarda ko'p terlash; suyuqlik tutilishi; tana vazni o'zgarishi; o'tkir pankreatit; alopesiya, girsutizm; libido o'zgarishlari; tromboz va tromboembolik asoratlar (estrogen saqlovchi preparatlar bilan birgalikda MGT o'tkazilganda); arterial bosimning oshishi.
Preparat tarkibiga soya letsitini kiradi, u o'ta yuqori sezuvchanlik reaksiyalarini (eshakemi va anafilaktik shok) keltirib chiqarishi mumkin.
Vaginal qo'llash usulida
Preparat komponentlariga (xususan, soya letsitiniga) qin shilliq qavati giperemiyasi, achishish, qichishish, moyli ajralmalar ko'rinishidagi mahalliy o'zlashtira olmaslik reaksiyalari rivojlanishining alohida holatlari haqida xabar berilgan.
Preparat tavsiya etilgan dozalarda intravaginal qo'llanilganda tizimli nojo'ya samaralar, xususan, uyquchanlik yoki bosh aylanishi (preparat peroral qo'llanilganda kuzatiladigan) qayd etilmagan.
Maxsus saqlash sharoitlari
Utrojestan® preparatini kontrasepsiya maqsadida qo‘llash mumkin emas.
Preparatni ovqat bilan birga qabul qilish mumkin emas, chunki ovqat qabul qilish progesteron biokiraolishligini oshiradi.
Utrojestan® preparatini suyuqlik ushlanib qolishi hisobiga og‘irlashishi mumkin bo‘lgan kasalliklar va holatlar (arterial gipertenziya, yurak-qon tomir kasalliklari, surunkali buyrak yetishmovchiligi, epilepsiya, migren, bronxial astma) bo‘lgan bemor ayollarda; qandli diabeti bo‘lgan bemor ayollarda; jigar funksiyasining yengil va o‘rtacha og‘irlikdagi buzilishlarida; fotosezuvchanlikda ehtiyotkorlik bilan qabul qilish kerak.
Anamnezida depressiya bo‘lgan bemor ayollarni kuzatish kerak va og‘ir darajali depressiya rivojlangan taqdirda preparatni bekor qilish zarur.
Utrojestan® preparati tarkibiga soya lesitini kiradi, u yuqori sezuvchanlik reaksiyalarini (eshakemi va anafilaktik shok) chaqirishi mumkin.
Yo‘ldosh yurak-qon tomir kasalliklari bo‘lgan yoki anamnezida ular mavjud bo‘lgan bemor ayollar ham vaqti-vaqti bilan shifokor nazoratida bo‘lishlari kerak.
Utrojestan® preparatini homiladorlikning I uch oyligidan keyin qo‘llash xolestaz rivojlanishini chaqirishi mumkin.
Progesteron bilan uzoq muddat davolashda muntazam ravishda tibbiy ko‘riklar (shu jumladan jigar funksiyasini tekshirish) o‘tkazish zarur; jigar funksional sinamalari normal ko‘rsatkichlardan og‘ishganda yoki xolestatik sariqlik yuzaga kelganda davolashni bekor qilish kerak.
Progesteron qo‘llanilganda qandli diabeti bo‘lgan bemor ayollarda glyukozaga tolerantlikning pasayishi va insulin hamda boshqa gipoglikemik preparatlarga bo‘lgan ehtiyojning oshishi mumkin.
Davolash jarayonida amenoreya paydo bo‘lgan taqdirda, homiladorlik mavjudligini istisno qilish kerak.
Agar davolash kursi hayz sikli boshida juda erta, ayniqsa siklning 15-kunigacha boshlansa, sikl qisqarishi va/yoki atsiklik qon ketishlar bo‘lishi mumkin. Atsiklik qon ketishlar holatida preparatni ularning sababi aniqlanmaguncha, shu jumladan endometriy gistologik tekshiruvi o‘tkazilguncha qo‘llamaslik kerak.
Anamnezda xloazma mavjud bo‘lganda yoki uning rivojlanishiga moyillik bo‘lganda bemor ayollarga UB-nurlanishdan saqlanish tavsiya etiladi.
Homiladorlikning erta muddatlaridagi o‘z-o‘zidan abort holatlarining 50% dan ortig‘i genetik buzilishlar tufayli yuzaga keladi. Bundan tashqari, homiladorlikning erta muddatlaridagi o‘z-o‘zidan abortlarga infeksion jarayonlar va mexanik shikastlanishlar sabab bo‘lishi mumkin. Utrojestan® preparatini bu hollarda qo‘llash faqat yashashga layoqatsiz urug‘langan tuxumning ko‘chishi va evakuatsiyasining kechikishiga olib kelishi mumkin. Utrojestan® preparatini xavf soluvchi abortni oldini olish maqsadida qo‘llash faqat progesteron yetishmovchiligi hollarida o‘zini oqlaydi.
Perimenopauza davrida estrogenlar bilan MGT o‘tkazishda Utrojestan® preparatini hayz siklining kamida 12 kuni davomida qo‘llash tavsiya etiladi.
Postmenopauzada MGTning uzluksiz rejimida preparatni estrogenlar qabul qilishning birinchi kunidan boshlab qo‘llash tavsiya etiladi.
MGT o‘tkazishda venoz tromboemboliya (chuqur venalar trombozi yoki o‘pka arteriyasi tromboemboliyasi), ishemik insult, yurak ishemik kasalligi rivojlanish xavfi oshadi.
Tromboembolik asoratlar rivojlanish xavfi tufayli quyidagilar yuzaga kelgan taqdirda preparatni qo‘llashni to‘xtatish kerak: ko‘rishning buzilishi, masalan ko‘rishning yo‘qolishi, ekzoftalm, ko‘zda ikkilanish, to‘r parda tomir shikastlanishlari; migren; venoz tromboemboliya yoki lokalizatsiyasidan qat'i nazar trombotik asoratlar.
Anamnezida tromboflebit bo‘lganda, bemor ayol sinchkov kuzatuv ostida bo‘lishi kerak.
Utrojestan® preparatini tarkibida estrogen saqlovchi preparatlar bilan qo‘llashda venoz tromboemboliya xavflari yuzasidan ularni qo‘llash bo‘yicha yo‘riqnomalarga murojaat qilish kerak.
Women Health Initiative Study (WHI) klinik tadqiqoti natijalari tarkibida estrogen saqlovchi preparatlarni sintetik gestagenlar bilan uzoq muddat, 5 yildan ortiq birga qo‘llashda sut bezi saratoni xavfining biroz oshishidan dalolat beradi. Postmenopauzadagi ayollarda tarkibida estrogen saqlovchi preparatlarni progesteron bilan birga qo‘llashda MGT o‘tkazishda sut bezi saratoni xavfining oshishi mavjudligi noma'lum.
WHI tadqiqoti natijalari shuningdek 65 yoshdan katta yoshda MGT boshlanganda demensiya rivojlanish xavfining oshishini aniqladi.
MGT boshlashdan oldin va uni o‘tkazish vaqtida muntazam ravishda ayol uni o‘tkazishga qarshi ko‘rsatmalarni aniqlash uchun tekshiruvdan o‘tishi kerak. Klinik ko‘rsatmalar mavjud bo‘lganda sut bezlarini tekshirish va ginekologik ko‘rik o‘tkazilishi kerak.
Progesteronni qo‘llash ba'zi laboratoriya tahlillari natijalariga, shu jumladan jigar, qalqonsimon bez funksiyasi ko‘rsatkichlariga; koagulyatsiya parametrlariga; pregnandiol konsentratsiyasiga ta'sir qilishi mumkin.
Transport vositalarini va mexanizmlarni boshqarish qobiliyatiga ta'siri
Preparat peroral qo‘llanilganda transport vositalarini boshqarishda va diqqatni yuqori jamlash hamda psixomotor reaksiyalar tezligini talab qiluvchi boshqa potensial xavfli faoliyat turlari bilan shug‘ullanishda ehtiyotkorlikka rioya qilish kerak.
Qo'llanilishi mumkin bo'lmagan holatlar
Progesteronga yoki preparatning har qanday yordamchi moddalariga yuqori sezuvchanlik; chuqur venalar trombozi, tromboflebit; tromboembolik buzilishlar (o‘pka arteriyasi tromboemboliyasi, miokard infarkti, insult), bosh miya ichiga qon quyilishi yoki anamnezda ushbu holatlar/kasalliklar mavjudligi; qinidan noaniq genezli qon ketishlar; chala abort; porfiriya; sut bezi va jinsiy a'zolarning aniqlangan yoki gumon qilingan xavfli o‘smalari; hozirgi vaqtda yoki anamnezda og‘ir jigar kasalliklari (shu jumladan xolestatik sariqlik, gepatit, Dubin-Jonson, Rotor sindromlari, jigar xavfli o‘smalari); 18 yoshgacha bo‘lgan bolalar (samaradorligi va xavfsizligi aniqlanmagan); emizish davri.
EHTIYOTKORLIK BILAN
Yurak-qon tomir tizimi kasalliklari, arterial gipertenziya, surunkali buyrak yetishmovchiligi, qandli diabet, bronxial astma, epilepsiya, migren, depressiya, giperlipoproteinemiya, yengil va o‘rta og‘irlikdagi jigar funksiyasi buzilishlari; fotosezuvchanlik.
Preparatni homiladorlikning II va III uchoyliklarida ehtiyotkorlik bilan qo‘llash kerak.
HOMILADORLIK VA EMIZISH DAVRIDA QO‘LLANILISHI
Preparatni homiladorlikning II va III uchoyliklarida xolestaz rivojlanishi xavfi tufayli ehtiyotkorlik bilan qo‘llash kerak.
Progesteron ko‘krak sutiga o‘tadi, shuning uchun emizish davrida preparatni qo‘llash mumkin emas.
Dori vositalarining o'zaro ta'siri
Peroral qo'llanilganda
Progesteron diuretiklar, gipotenziv dori vositalari, immunodepressantlar, antikoagulyantlar ta'sirini kuchaytiradi. Oksitotsinning laktogen samarasini kamaytiradi. Barbituratlar, tutqanoqqa qarshi preparatlar (fenitoin, karbamazepin), rifampitsin, fenilbutazon, spironolakton, grizeofulvin kabi CYP3A4 jigar mikrosomal fermentlari induktorlari preparatlari bilan bir vaqtda qo'llash jigarda progesteron metabolizmining tezlashishi bilan kechadi.
Progesteronni ba'zi antibiotiklar (penitsillinlar, tetratsiklinlar) bilan bir vaqtda qabul qilish ichak mikroflorasining o'zgarishi oqibatida jinsiy gormonlarning ichak-jigar retsirkulyatsiyasi buzilishi tufayli uning samaradorligi pasayishiga olib kelishi mumkin.
Ko'rsatilgan o'zaro ta'sirlarning namoyon bo'lish darajasi turli bemorlarda farq qilishi mumkin, shuning uchun sanab o'tilgan o'zaro ta'sirlarning klinik samaralarini prognoz qilish qiyin.
Ketokonazol progesteronning biologik kira olishini oshirishi mumkin.
Progesteron ketokonazol va siklosporin kontsentratsiyasini oshirishi mumkin.
Progesteron bromokriptin samaradorligini pasaytirishi mumkin.
Progesteron glyukozaga tolerantlikning pasayishini keltirib chiqarishi mumkin, buning oqibatida - qandli diabeti bo'lgan bemorlarda insulinga yoki boshqa gipoglikemik preparatlarga bo'lgan ehtiyojni oshirishi mumkin.
Progesteronning biologik kira olishi chekuvchi bemorlarda va spirtli ichimliklarni haddan tashqari iste'mol qilganda pasayishi mumkin.
Intravaginal qo'llanilganda
Progesteronning intravaginal qo'llanilganda boshqa dori vositalari bilan o'zaro ta'siri baholanmagan. Progesteronning ajralib chiqishi va so'rilishi buzilishining oldini olish uchun intravaginal qo'llaniladigan boshqa dori vositalarini bir vaqtda qo'llashdan qochish kerak.
Dozirovkasi
Preparat ichga kechqurun yotishdan oldin, suv bilan ichib qabul qilinadi.
Ko'pchilik hollarda progesteron yetishmovchiligida Utrojestan® preparatining sutkalik dozasi 200-300 mg ni tashkil qiladi, 2 qabulga bo'lingan holda (200 mg kechqurun yotishdan oldin va 100 mg ertalab, zarurat bo'lganda).
-Homila tushishi xavfida yoki progesteron yetishmovchiligi oqibatida odatiy homila tushishini oldini olish uchun: homiladorlikning I va II trimestrlarida har kuni 200-600 mg sutkasiga. Utrojestan® preparatini keyingi qo'llash homilador ayolning klinik ma'lumotlarini baholash asosida davolovchi shifokor tayinlovi bo'yicha mumkin.
-Lyutein faza yetishmovchiligida (hayz oldi sindromi,
fibroz-kistoz mastopatiya, dismenoreya, menopauzal o'tish davri) sutkalik doza 200 yoki 400 mg ni tashkil qiladi, 10 kun davomida qabul qilinadi (odatda siklning 17-kunidan 26-kunigacha).
-Perimenopauzada MGT da estrogenlarni qabul qilish fonida Utrojestan® preparati sutkasiga 200 mg dan 12 kun davomida qo'llaniladi.
-Postmenopauzada MGT da uzluksiz rejimda Utrojestan® preparati 100-200 mg dozada estrogen saqlovchi preparatlarni qabul qilishning birinchi kunidan boshlab qo'llaniladi.
Dozani tanlash individual amalga oshiriladi.
Intravaginal
Kapsulalar qinga chuqur kiritiladi.
-Xavf guruhidagi ayollarda (bachadon bo'yni qisqarishi va/yoki anamnezda muddatidan oldin tug'ruq va/yoki homila pardalarining muddatidan oldin yorilishi ma'lumotlari mavjud bo'lganda) muddatidan oldin tug'ruqni oldini olish (profilaktika): odatdagi doza 200 mg ni tashkil qiladi yotishdan oldin, homiladorlikning 22-haftasidan 34-haftasigacha.
-Faoliyat ko'rsatmaydigan (yo'q) tuxumdonlarga ega ayollarda progesteronning to'liq yo'qligi (tuxum hujayralar donorligi): estrogenlar bilan terapiya fonida siklning 13 va 14-kunlari sutkasiga 100 mg dan, keyin siklning 15-kunidan 25-kunigacha sutkasiga 2 marta 100 mg dan, 26-kundan boshlab va homiladorlik aniqlangan taqdirda doza har hafta sutkasiga 100 mg ga oshib, sutkasiga maksimal 600 mg gacha yetadi, 3 qabulga bo'lingan holda. Ko'rsatilgan doza 60 kun davomida qo'llanilishi mumkin.
-Ekstrakorporal urug'lantirish siklini o'tkazish vaqtida lyutein fazani ushlab turish: xorionik gonadotropin inyeksiyasi qilingan kundan boshlab homiladorlikning I va II trimestri davomida sutkasiga 200 dan 600 mg gacha qo'llash tavsiya etiladi.
- Sariq tana funksiyasi buzilishi bilan bog'liq bepushtlikda spontan yoki induktsiyalangan hayz siklida lyutein fazani ushlab turish: siklning 17-kunidan boshlab 10 kun davomida sutkasiga 200-300 mg qo'llash tavsiya etiladi, hayz kechikishi va homiladorlik tashxisi qo'yilgan taqdirda davolashni davom ettirish kerak.
-Progesteron yetishmovchiligi fonida yuzaga keladigan homila tushishi xavfi yoki odatiy homila tushishini oldini olish maqsadida: homiladorlikning I va II trimestrlarida har kuni sutkasiga 200-400 mg 2 qabulda.Dozani oshirib yuborishSimptomlari: uyquchanlik, o'tkinchi bosh aylanishi, eyforiya, hayz siklining qisqarishi, dismenoreya.
Ba'zi bemorlarda o'rtacha terapevtik doza mavjud bo'lgan yoki yuzaga kelgan progesteronning beqaror endogen sekretsiyasi, preparatga alohida sezgirlik yoki estradiolning juda past konsentratsiyasi tufayli haddan tashqari ko'p bo'lishi mumkin.
Davolash:
uyquchanlik yoki bosh aylanishi yuzaga kelganda sutkalik dozani kamaytirish yoki preparatni hayz siklining 10 kuni davomida yotishdan oldin tayinlash zarur;
hayz sikli qisqarganda yoki «surkaladigan» qonli ajralmalarda davolash boshlanishini siklning kechroq kuniga (masalan, 17-kun o'rniga 19-kunga) ko'chirish tavsiya etiladi;
perimenopauzada va postmenopauzada MGT da estradiol konsentratsiyasi optimal ekanligiga ishonch hosil qilish zarur.
Dozani oshirib yuborishda zarurat bo'lganda simptomatik davolash o'tkaziladi.
Hajm/og'irlik
UTROJESTAN kapsulalar 200mg N14 o'xshash dorilari




Utrojestan boshqa chiqarish shakllari

UTROJESTAN kapsulalar 200mg N14 analoglari










UTROJESTAN kapsulalar 200mg N14 narxlari va Toshkentdagi dorixonalardagi mavjudligi
{
"data": {
"id": 31067,
"stores_apteka_id": 326158,
"slug": "utrozhestan-0-2-n14-kaps-73",
"stores_apteka_slug": "utrozhestan-kaps-200mg-n14",
"name": "UTROJESTAN kapsulalar 200mg N14",
"brand_name": "UTROJESTAN",
"image": "uploads/iblock/bde/bde6f5c36971b5fb4d26e17570f0e1af.webp",
"atx_code": "G03DA04",
"drug_form_id": 3,
"over_the_counter": false,
"prescription_type": "unknown",
"availability": "available",
"reviews_count": 0,
"reviews_rating": 0,
"has_pickup": true,
"has_delivery": true,
"manufacturer": null,
"manufacturer_plain": "Sindea Farma SL, Ispaniya po zakazu Bezen Xelskea SA, Belgiya",
"representative": {
"id": 14621,
"slug": "sorrento-marketing-1648766411",
"name": "Sorrento Medical"
},
"representative_plain": null,
"distributor": null,
"distributor_plain": null,
"is_manufacturer_advertiser": false,
"is_representative_advertiser": false,
"is_dietary_supplement": false,
"is_medical_device": false,
"category": {
"id": 503,
"slug": "mochepolovaya-sistema",
"name": "Tanosil tizimi",
"external_link_title": "Urolog maslahati",
"external_link": "https://med24.uz/uz/doctors/urolog"
},
"drug_group": {
"id": 7384,
"slug": "utrozhestan",
"name": "Utrojestan"
},
"is_purchasable": true,
"country": {
"id": 325,
"slug": "esp-bel",
"name": "Ispaniya/Belgiya"
},
"active_ingredients": [
{
"id": 8609,
"slug": "progesteron",
"name": "Progesteron"
}
],
"tags": []
}
}



