Ташкент
logo
SavatKirish

Progest kapsulalari 200mg N14

Retseptli
Mahsulot haqida tafsilotlar
Ishlab chiqarilgan joyi:Hindiston
Kategoriya:Tanosil tizimi
Faol modda:Progesteron
Farmakoterapevtik guruh:

progestinlar va ularning sintetik analoglari

Ishlab chiqaruvchi:East African (India)Overseas
ATX kodi:G03DA04
Barcha Progest dorilari
4 ta dorixonada bor
Narxi 150 000 so'm dan
Dorixonadan topish
To‘lov va yetkazib berish usullari Toshkentda
Olib ketish
Ertaga yoki keyinroq 4 ta dorixonadan
Dorixonada karta yoki naqd to‘lov
Yetkazib berish
2 soat ichida yoki ertaga, yetkazib berish narxi onlayn dorixonada ko‘rsatilgan tarif bo‘yicha. Onlayn yoki kuryerga to‘lov

Progest kapsulalari 200mg N14 o'xshash dorilari

Kandivag
Retseptli
Kandivag
O'zbekiston
Ishlab chiqaruvchi:
“Avantika Medeks Pvt. Ltd.”
LYUTEINA tabletkalari 100mg N30
Retseptli
LYUTEINA tabletkalari 100mg N30
Polsha
Ishlab chiqaruvchi:
Adamed Limited Liability Company, Polsha proizvedeno: Pharmaceutical Works Adamed Pharma Joint Stock Company
•2 ta dorixonada bor
Narxi
144 000 so'm dan
LYUTEINA tabletkalari 200mg N30
Retseptli
LYUTEINA tabletkalari 200mg N30
Polsha
Ishlab chiqaruvchi:
Adamed Limited Liability Company, Polsha proizvedeno: Pharmaceutical Works Adamed Pharma Joint Stock Company
•1 ta dorixonada bor
Narxi
200 000 so'm dan
PROSTANIK kapsulalar  80 mg N30
Retseptli
PROSTANIK kapsulalar 80 mg N30
O'zbekiston
Vakil:
Nika Pharm
Ishlab chiqaruvchi:
Nika Pharm, OOO

Progest kapsulalari 200mg N14 qo'llanmasi

Saytda e'lon qilingan ma'lumotlar mutaxassislar uchun mo'ljallangan. O'zingizni-o'zingiz davolash bilan shug'ullanmang. Sog'lig'ingizga zarar bermaslik uchun mutaxassis bilan maslahatlashishga ishonch hosil qiling!
Tarkibi

Har bir kapsula quyidagilarni saqlaydi:

faol modda: progesteron - 100 yoki 200 mg;

yordamchi moddalar: soya moyi, asalari mumi, metilparaben natriy, propilparaben natriy, butilgidroksianizol, gidrogenizasiya qilingan o'simlik moyi, butilgidroksianizol, butilgidroksitoluol.

Tarkibi va ishlab chiqarilish shakli

100 mg li kapsulalar, 7 kapsuladan blisterda, 4 blister tibbiyotda qo'llanilishiga doir yo'riqnomasi bilan birga karton qutida.

200 mg li kapsulalar, 7 kapsuladan blisterda, 2 blister tibbiyotda qo'llanilishiga doir yo'riqnomasi bilan birga karton qutida.

Farmakodinamikasi

Gestagen, sariq tana gormoni. Nishon a'zolarning hujayralari sirtidagi reseptorlar bilan bog'lanib, yadroga kiradi, u erda DNK ni faollashtirib, RNK sintezini rag'batlantiradi. Bachadon shilliq qavatini proliferasiya fazasidan follikulyar gormon tomonidan chaqirilgan sekresiya fazasiga, tuxum hujayra urug'langanidan so'ng esa – urug'langan tuxum hujayrani rivojlanishi uchun kerak bo'lgan holatga o'tishiga yordam beradi. Bachadon va bachadon naylari mushaklarining qo'zg'aluvchanligi va qisqaruvchanligini kamaytiradi, sut bezining oxirgi elementlarini rivojlanishini rag'batlantiradi.

Proteinlipazani rag'batlantirib, yog'zahirasini oshiradi; glyukozaning utilizasiyasini oshiradi; bazal va rag'batlantirilgan insulinning kontsentrasiyasini oshirib, jigarda glikogenni to'planishiga yordam beradi; gipofizning gonadotrop gormonlarini ishlab chiqarilishini oshiradi; azotemiyani kamaytiradi, siydik bilan azotni chiqarilishini oshiradi. Sut bezlari asinuslarining sekretor qismini o'sishini faollashtiradi va laktasiyani indusiya qiladi. Normal endometriyni hosil bo'lishiga yordam beradi.

Farmakokinetikasi

Ichga qabul qilinganida

So'rilishi

Mikronlashtirilgan progesteron me'da-ichak yo'llaridan so'riladi. Qon plazmasida progesteronning kontsentrasiyasi birinchi soat davomida asta-sekin oshib boradi, qonda maksimal kontsentrasiyasi (S) qabul qilinganidan so'ng 1-3 soatdan keyin aniqlanadi.

Qon plazmasida progesteronning kontsentrasiyasi qabul qilinganidan so'ng 1 soatdan keyin 0,13 ng/ml dan 4,25 ng/ml gacha, 2 soatdan keyin 11,75 ng/ml gacha oshadi va qabul qilingandan so'ng 3 soatdan keyin 8,37 ng/ml ni, 6 soatdan keyin 2 ng/ml ni, 8 soatdan keyin 1,64 ng/ml ni tashkil etadi.

Metabolizmi

Qon plazmasida aniqlanadigan asosiy metabolitlari 20-alfa-gidroksi-Delta-4-alfa-pregnanolon va 5-alfa-digidroprogesterondir.

Chiqarilishi

Siydik bilan metabolitlar ko'rinishida chiqariladi, shulardan 95% ni glyukuron kislotasi bilan kon'yugasiyalangan metabolitlar bo'lib, asosan 3-alfa, 5-beta-pregnandioldir (pregnandion). Qon plazmasida va siydikda aniqlanadigan yuqorida ko'rsatilgan metabolitlari sariq tananing fiziologik sekresiyasida hosil bo'ladigan moddalarga o'xshashdir.

Vaginal qo'llanganida

So'rilishi

Preparat tez so'riladi, progesteron bachadonda to'planadi, qon plazmasida progesteronning yuqori miqdori, preparat yuborilganidan so'ng 1 soatdan keyin kuzatiladi. Qon plazmasida progesteron Smax ga yuborilganidan so'ng 2-6 soatdan keyin erishiladi. Preparat 100 mg dan sutkada 2 marta yuborilganida o'rtacha kontsentrasiyasi 24 soat davomida 9,7 ng/ml darajada saqlanib turadi.

Sutkada 200 mg dan ortiq dozalarda yuborilganida progesteronning kontsentrasiyasi homiladorlikning 1 uch oyligidagi kontsentrasiyasiga muvofiq keladi.

Metabolizmi

Asosan 3-alfa, 5-beta-pregnandiol hosil qilib, metabolizmga uchraydi. Plazmadagi 5-beta-pregnandiolning miqdori oshmaydi.

Chiqarilishi

Siydik bilan metabolitlar holida chiqariladi, asosiy qismini 3-alfa, 5-beta-pregnandiol (pregnandion) tashkil etadi. Buni uning kontsentrasiyasini doimiy oshishi bilan tasdiqlanadi (6 soatdan keyin S

Farmakoterapevtik guruh

progestinlar va ularning sintetik analoglari

Nojo'ya samaralari

Peroral qo'llanilganda quyidagi ko'rinishlar kuzatilishi mumkin:

A'zolar tizimi sinfi

Tez-tez uchraydigan noxush ko'rinishlar

>1/100;

Tez-tez uchramaydigan noxush ko'rinishlar

>1/1000;

Kam hollarda uchraydigan noxush ko'rinishlar

>1/10000;

Juda kam hol-larda uchraydigan noxush ko'rinishlar


Jinsiy tizim va sut bezlari kasalliklari

  • Hayz tsiklini o'zgarishi

  • Amenoreya

  • Hayz tsikllari orasida qon ketishlar

  • Mastodiniya




Markaziy nerv tizimi kasalliklari

  • Bosh og'rig'i

  • Uyquchanlik

  • Tez o'tib ketuv-Chan bosh aylanishi hissi


  • Depressiya

Me'da-ichak yo'llari kasalliklari


  • Qusish

  • Diareya

  • Qabziyat

  • Ko'ngil aynishi


Gepatobiliar tizim kasalliklari


  • Xolestatik sariqlik



Immun tizimi kasalliklari





  • Eshakemi

Teri va teri osti to'qimalari kasalliklari


  • Qichishish

  • Akne


  • Xloazma


Uyquchanlik va/yoki tez o'tib ketuvchan bosh aylanishi hissi kuzatiladi, xususan yondosh gipoestrogeniya hollarida. Dozani kamaytirish yoki yuqoriroq estrogenizasiyani tiklash terapevtik samarani kamaytirmasdan bu ko'rinishlarni tez bartaraf etadi.

Agar davolash kursi bir oylik tsiklning boshida haddan tashqari erta boshlansa, ayniqsa 15-chi kungacha, tsikl qisqarishi yoki to'satdan qon ketishlar kuzatilishi mumkin.

Hayz tsiklini qayd etiluvchi o'zgarishlari, amenoreya yoki hayz tsikllari orasidagi qon ketishlar umuman progestagenlarni qo'llash uchun xarakterli.


Vaginal qo'llanilganda

Mahalliy shaxsiy o'zlashtiraolmaslik ko'rinishida (xususan soya lesitinini) achishish, qichishish yoki yog'li ajralmalar tipida mahalliy ta'sirlanish paydo bo'lishi mumkin.


Maxsus saqlash sharoitlari
  • Preparatni kontratsepsiya maqsadida qo'llash mumkin emas;

  • Jigar faoliyatini buzilishi bo'lgan pasientlarda homiladorlikda peroral qo'llanilganda ehtiyotkorlikka rioya qilish kerak;

  • Agar davolash kursi bir oylik tsiklning boshida haddan tashqari erta boshlansa, ayniqsa 15-chi kungacha, tsikl qisqarishi va/yoki qon ketishi kuzatilishi mumkin. Bachadondan qon ketishi holatlarida sababni aniqlamaguncha, shu jumladan endometriyni tekshirmaguncha preparat buyurilmasin.

  • To'liq inkor etib bo'lmaydigan tromboembolik va metabolik xavflar tufayli, quyidagilar paydo bo'lgan hollarda Progest preparatini qo'llashni to'xtatish kerak: ko'rishni yo'qolishi, ko'zlarda ikkilanish, to'r pardani tomirli shikastlanishi kabi ko'rishni buzilishi; lokalizasiyasidan qat'iy nazar venoz tromboemboliya yoki trombotik asoratlar; kuchli bosh og'rig'i. Anamnezida tromboflebit bo'lganida pasient sinchkovlik bilan kuzatuv ostida bo'lishi kerak.

  • Davolash jarayonida amenoreya paydo bo'lgan hollarda gap homiladorlik haqida ketmayotganligiga ishonch hosil qilish kerak.

  • Erta o'zi-o'zidan homila tashlashning 50% dan ko'prog'i genetik asoratlar tomonidan chaqirilgan. Bundan tashqari, infektsion jarayonlar va mexanik shikastlanishlar homiladorlikning erta muddatlarida homilani tushishiga sabab bo'lishi mumkin. Bunday hollarda progesteronni qo'llash faqat yashash qobiliyatiga ega bo'lmagan urug'langan tuxum xujayrani ko'chishi va evakuasiyasini kechiktirishi mumkin. Shunday qilib, shifokor ko'rsatmasi bo'yicha progesteronni buyurish sariq tana sekresiyasi etarli bo'lmagan holatlar uchun mo'ljallangan bo'lishi kerak.

  • Progest soya lesitini saqlaydi va o'ta yuqori sezuvchanlik reaktsiyalari (eshakemi va anafilaktik shok) ni chaqirishi mumkin.

Fertillik, homiladorlik va emizish

Homiladorlik

Homiladorlik vaqtida, shu jumladan birinchi haftada Progestni qo'llash mumkin.

Emizish

Progesteronni ko'krak suti bilan ajralishi toksiklik bilan o'rganilmagan. Shunday qilib, uni emizish vaqtida buyurishdan saqlanish kerak.

Bolalarda qo'llanishi

Qo'llash mumkin emas.

Keksalarda (65 yoshdan oshgan) qo'llanishi

Klinik ma'lumotlar yo'q.

Jigar funktsiyasini buzilishi bo'lgan pasientlarda qo'llanishi

Klinik ma'lumotlar yo'q.

Buyrak funktsiyasini buzilishi bo'lgan pasientlarda qo'llanishi

Klinik ma'lumotlar yo'q.

Avtomobilni va murakkab mexanizmlarni boshqarish qobiliyatiga ta'siri

Peroral qabul qilinganida avtotransportni boshqarishda va diqqatni jamlash va psixomotor reaktsiyalar tezligini talab qiluvchi boshqa potentsial xavfli turdagi faoliyatlarni bajarishda ehtiyotkorlikka rioya qilish kerak.

Qo'llanilishi

Ayollardagi progesteron tanqis holatlarda qo'llanadi.

Peroral yuborish yo'li:

  • ixtiyorsiz abort xavfi bo'lganida yoki lyutein etishmovchiligi aniqlanishi oqibatida odatdagi homila tushishini oldini olishda

  • muddatidan oldin tug'ruq xavfi bo'lganida

  • lyutein etishmovchiligi oqibatidagi bepushtlikda

  • hayz ko'rish oldi sindromida

  • ovulyasiyani buzilishi yoki anovulyasiya oqibatida hayz ko'rish tsiklini buzilishida

  • fibroz-kistoz mastopatiyada

  • premenopauzada

  • peri - va postmenopauza gormonlar bilan o'rinbosar davolashda (estrogen preparatlari bilan birga) qo'llanadi.

Vaginal yuborish yo'li:

  • tuxumdonlar faoliyat ko'rsatmayotgan hollarda (bo'lmaganida) progesteron tanqisligida gormonlar bilan o'rinbosar davolash (tuxum hujayralariga donorlik qilish) da;

  • ekstrakorporal urug'lantirishga tayyorgarlik vaqtida lyutein fazasini tutib turishda;

  • spontan yoki induktsiya qilingan hayz ko'rish tsiklida lyutein fazasini tutib turishda;

  • muddatidan oldin menopauzada;

  • gormonlar bilan o'rinbosar (estrogen preparatlar bilan birga) davolashda;

  • lyutein etishmovchilik oqibatidagi bepushtlikda;

  • progestin etishmovchiligi oqibatida odatdagi va xavfli abortni oldini olishda qo'llanadi.


Qo'llanilishi mumkin bo'lmagan holatlar

Preparatning komponentlariga o'ta yuqori sezuvchanlik, trombozlarga moyillik, flebitning o'tkir shakllari yoki tromboembolik kasalliklar; jinsiy yo'llardan noma'lum genezli qon ketishi; to'liq bo'lmagan abort, porfiriya.

Sut bezlari va jinsiy a'zolarning xavfli o'smalariga taxmin qilinganida yoki aniqlanganida.

Peroral yuborish yo'li – jigar funktsiyasini yaqqol buzilishlarida qo'llash mumkin emas.

Dori vositalarining o'zaro ta'siri

Diuretiklar, gipotenziv dori vositalar, immunodepressantlar, antikoagulyantlarning ta'sirini kuchaytiradi. Oksitosinning laktogen ta'sirini kamaytiradi.

Progestni barbituratlar, fenitoin, rifampisin, fenilbutazon, spironolakton, grizeofulvin, ampisillin, tetrasiklin bilan birga qabul qilish dori vositalarning ta'sirini o'zgarishiga olib kelishi mumkin.

Menopauza davrida estrogenlar bilan gormonal o'rinbosar davolaganda tsikl davomida kamida 12 kun progesteronni qo'llash tavsiya etiladi.

Quyidagi dori vositalari bilan birga qo'llash progesteron metabolizmini kuchayishi va terapevtik samarani o'zgarishi bilan kechishi mumkin:

  • barbituratlar, tutqanoqqa qarshi preparatlar (fenitoin), rifampisin, fenilbutazon, spironolakton, grizeofulvin kabi kuchli fermentativ induktorlar bilan bir vaqtda qo'llash jigarda progesteron metabolizmini kuchayishi bilan kechadi.

  • antibiotiklar (ampisillinlar, tetrasiklinlar) ichak mikroflorasini buzilishini chaqiradi, bu enterogepatik steroid tsiklni o'zgarishlari bilan kechadi.

Ko'rsatilgan o'zaro ta'sirlarning yaqqollik darajasi turli pasientlarda kuchli o'zgarishi mumkin, shuning uchun sanab o'tilgan o'zaro ta'sirlarning klinik samaralarini prognoz qilish qiyin.

Progestagenlar qandli diabeti bo'lgan bemorlarda glyukozani o'zlashtirilishini pasaytirishi va insulin va boshqa gipoglikemik preparatlarga bo'lgan talabni oshirishi mumkin.

Chekuvchi pasientlarda va alkogolni haddan tashqari ko'p iste'mol qilganda progesteronning Biokiraolishligi pasayishi mumkin.


Dozirovkasi

Davolash davomiyligi kasallikning xarakteri va xususiyatlariga qarab aniqlanadi.

Peroral yuborish yo'li

Preparat suv bilan ichga qabul qilinadi.

Ko'pchilik hollarda progesteron etishmovchiligida Progestning dozasi 2 marta qabul qilishga bo'lingan holda (ertalab va kechqurun) 200-300 mg ni tashkil etadi.

Ixtiyorsiz abort va muddatidan oldin tug'ruq xavfi bo'lganida yoki odatdagi homila tushishini oldini olish uchun: sutkada 200-600 mg har kuni homiladorlikning 16 haftasigacha. Keyinchalik dori vositasini klinik ma'lumotlar, yo'ldosh faoliyati va homilador ayolning qonida progesteronning darajasini baholash asosida davolovchi shifokor ko'rsatmasi bo'yicha qo'llash mumkin. Lyutein fazasi etishmovchiligida (hayz ko'rish oldi sindromi, fibroz-kistoz mastopatiya, dismenoreya, Premenopauza) sutkalik doza 200 yoki 400 mg ni tashkil etadi, 10 kun davomida (odatda tsiklning 17-kunidan 26-kunigacha) qabul qilinadi. Peri - va postmenopauza davrida gormonlar bilan o'rinbosar davolashda Progest estrogenlarni qabul qilish fonida kuniga 200 mg dan 10-12 kun davomida qo'llanadi.

Vaginal yuborish yo'li

Kapsulalar qinga chuqur yuboriladi.

Tuxumdonlar faoliyat ko'rsatmayotgan (bo'lmagan) ayollarda progesteron umuman bo'lmaganida (tuxum hujayralariga donorlik qilish): estrogenlar bilan davolash fonida tsiklning 13 va 14-kunlarida sutkada 200 mg dan, so'ngra tsiklni 15-kunidan 25-kunigacha 100 mg dan sutkada 2 marta, 26-kunidan boshlab va homiladorlik aniqlanganida dozani har haftada sutkada 100 mg ga oshirib, sutkada maksimum 600 mg ga etkaziladi, 3 marta qabul qilishga bo'linadi. Bunday doza 60 kun davomida qo'llanishi mumkin. Ekstrakorporal urug'lantirish tsiklini o'tkazish vaqtida lyutein fazasini tutib turish: homiladorlikning I va II uch oyliklari davomida xorionik gonadotropin in'ektsiya qilingan kundan boshlab, sutkada 200 mg dan 600 mg gacha qabul qilish tavsiya etiladi. Spontan yoki induktsiya qilingan hayz ko'rish tsiklida, sariq tana faoliyatini buzilishi bilan bog'liq bo'lgan bepushtlikda lyutein fazasini tutib turishda tsiklni 17-kunidan boshlab, 10 kun davomida sutkada 200-300 mg qabul qilish tavsiya etiladi, hayz ko'rish tsikli va homiladorlikni diagnostika qilish kechikkanida davolanishni davom ettirish kerak. Abort xavfi bo'lgan hollarda yoki progesteron etishmovchiligi fonida rivojlanadigan odatdagi abortlarni oldini olish maqsadida: homiladorlikning 16 haftasigacha har kuni sutkada 200-400 mg dan buyuriladi. Keyinchalik dori vositasini klinik ma'lumotlar, yo'ldosh faoliyati va homilador ayolning qonida progesteronning darajasini baholash asosida davolovchi shifokor ko'rsatmasi bo'yicha qo'llash mumkin.

Dozani oshirib yuborilishi

Simptomlari: progesteronni yuqori dozalari uyquchanlikni, bosh aylanishini, charchoqlikni chaqirishi mumkin.

Davolash: dozani oshirib yuborilishni progesteron kapsulasini qo'llashni bekor qilish, muvofiq simptomatik va tutib turuvchi davolashni buyurishdan iborat.

Progest kapsulalari 200mg N14 boshqa chiqarish shakllari

Progest kapsulalari 100mg N28
Retseptli
Progest kapsulalari 100mg N28
Hindiston
Ishlab chiqaruvchi:
East African (India)Overseas

Progest kapsulalari 200mg N14 analoglari

KRAYNON 1,125 vaginal gel 90mg N15
KRAYNON 1,125 vaginal gel 90mg N15
Buyuk Britaniya
Ishlab chiqaruvchi:
Flit Laboratoriez Limited/ Sentral Farma (Kontrakt Peking) Limited
UTROJESTAN kapsulalar  200mg N14
UTROJESTAN kapsulalar 200mg N14
Ispaniya/Belgiya
Ishlab chiqaruvchi:
Sindea Farma SL, Ispaniya po zakazu Bezen Xelskea SA, Belgiya
•92 ta dorixonada bor
Narxi
126 927 so'm dan
UTROJESTAN kapsulalar  100mg N28
Retseptli
UTROJESTAN kapsulalar 100mg N28
Ispaniya/Belgiya
Ishlab chiqaruvchi:
Sindea Farma SL, Ispaniya po zakazu Bezen Xelskea SA, Belgiya
•123 ta dorixonada bor
Narxi
101 800 so'm dan
VASKLOR gel 22,5g 8% N1
Retseptli
VASKLOR gel 22,5g 8% N1
Gretsiya
Ishlab chiqaruvchi:
Verisfield (UK) Ltd., Velikobritaniya proizvedeno: Help S.A.
PROJESTIN KR gel 40 g 10 mg/g
Retseptli
PROJESTIN KR gel 40 g 10 mg/g
Ukraina
Ishlab chiqaruvchi:
Krasnaya zvezda, XFZ, PAO
UNOPROG gel 8% N1
Retseptli
UNOPROG gel 8% N1
Hindiston
Ishlab chiqaruvchi:
Unosourse Pharma LTD, Indiya proizvedeno: Acums Drugs & Pharmaceuticals Ltd
PROGESTERON eritma 1ml 2,5% N10
Retseptli
PROGESTERON eritma 1ml 2,5% N10
Ukraina
Ishlab chiqaruvchi:
BioFarma OOO
•3 ta dorixonada bor
Narxi
13 000 so'm dan
PROGESTERON inyeksiya uchun eritma 1ml 1% N10
Retseptli
PROGESTERON inyeksiya uchun eritma 1ml 1% N10
Ukraina
Ishlab chiqaruvchi:
Biofarma,Farmasevticheskiy zavod, OOO
•1 ta dorixonada bor
Narxi
12 000 so'm dan
PROGESTERON inyeksiya uchun eritma 1ml 2,5% N10
Retseptli
PROGESTERON inyeksiya uchun eritma 1ml 2,5% N10
Ukraina
Ishlab chiqaruvchi:
Biofarma,Farmasevticheskiy zavod, OOO
•3 ta dorixonada bor
Narxi
13 000 so'm dan
PROJESTOJEL gel 80g 1%
Retseptli
PROJESTOJEL gel 80g 1%
Belgiya
Ishlab chiqaruvchi:
Besins Healthcare S.A., Belgiya proizvedeno: Besins Manufacturing Belgium S.A.
•110 ta dorixonada bor
Narxi
140 500 so'm dan
UNOPROG vaginal gel 8% N1
Retseptli
UNOPROG vaginal gel 8% N1
Hindiston
Ishlab chiqaruvchi:
Akums Drugs & Pharmaceuticals Ltd.
LYUTEINA tabletkalari 100mg N30
Retseptli
LYUTEINA tabletkalari 100mg N30
Polsha
Ishlab chiqaruvchi:
Adamed Limited Liability Company, Polsha proizvedeno: Pharmaceutical Works Adamed Pharma Joint Stock Company
•2 ta dorixonada bor
Narxi
144 000 so'm dan

Progest kapsulalari 200mg N14 savollari

Progest kapsulalari 200mg N14 fikr-mulohazalari

Reyting 0, 0 ta sharh asosida

Alifbo bo'yicha dori vositalar ro'yxati

scroll-top

Biz portalimiz ishini takomillashtirish maqsadida cookie-fayllardan foydalanamiz. Ishni davom ettirar ekansiz, ulardan foydalanishga rozilik bildirgan bo‘lasiz. Batafsil