VEZIKAR 0,005 tabletkalari N30

VEZIKAR 0,005 tabletkalari N30 o'xshash dorilari

VEZIKAR 0,005 tabletkalari N30 qo'llanmasi
Umumiy xususiyatlar
So'rilishi: Plazmadagi maksimal kontsentratsiyaga (Сmах) 3-8 soatdan keyin erishiladi. Maksimal kontsentratsiyaga erishish vaqti (tmax) dozaga bog'liq emas. Сmах va kontsentratsiyaning vaqtga bog'liqligi egri chizig'i ostidagi maydon (AUC) doza 5 dan 40 mg gacha oshirilishi bilan proportsional ravishda ortadi. Mutlaq biologik kira olishligi - 90%. Ovqat qabul qilish solifenatsinning Сmах va AUC siga ta'sir qilmaydi.
Taqsimlanishi: Solifenatsinning vena ichiga yuborilgandan keyingi taqsimlanish hajmi taxminan 600 l ni tashkil qiladi. Solifenatsin sezilarli darajada (taxminan 98%) plazma proteinlari bilan, asosan ?1-kislotali glikoprotein bilan bog'langan.
Metabolizmi: Solifenatsin jigar tomonidan, asosan CYP3A4 izofermenti orqali faol metabolizmga uchraydi. Biroq, solifenatsin metabolizmi amalga oshirilishi mumkin bo'lgan muqobil metabolik yo'llar mavjud. Solifenatsinning tizimli klirensi taxminan 9,5 l/soatni, yakuniy yarim chiqarilish davri esa 45-68 soatni tashkil qiladi. Preparat ichga qabul qilingandan so'ng plazmada solifenatsindan tashqari quyidagi metabolitlar aniqlangan: bitta farmakologik faol (4R-gidroksisolifenatsin) va uchta faol bo'lmagan (solifenatsinning N-glyukuronid, N-oksid va 4R-gidroksi-N-oksidi).
Chiqarilishi: 10 mg 14S-belgilangan solifenatsin bir marta yuborilgandan so'ng 26 kun o'tgach radioaktivlikning taxminan 70% siydikda va 23% axlatda aniqlangan. Siydikda radioaktivlikning taxminan 11% o'zgarmagan faol modda ko'rinishida, taxminan 18% N-oksid metaboliti ko'rinishida, 9% 4R-gidroksi-N-oksid metaboliti ko'rinishida va 8% 4R-gidroksi metaboliti (faol metabolit) ko'rinishida aniqlangan.
Solifenatsin farmakokinetikasi terapevtik dozalar diapazonida chiziqli.
Bemorlarning alohida toifalarida farmakokinetika xususiyatlari
Yosh: Bemorlarning yoshiga qarab dozani to'g'rilashga hojat yo'q. Tadqiqotlar shuni ko'rsatdiki, AUC sifatida ifodalangan solifenatsin (5 va 10 mg) ekspozitsiyasi sog'lom keksa individlarda (65 dan 80 yoshgacha) va sog'lom yosh individlarda o'xshash bo'lgan (
Solifenatsin farmakokinetikasi bolalar va o'smirlarda aniqlanmagan.
Jins: Solifenatsin farmakokinetikasi bemorning jinsiga bog'liq emas.
Irq: Irqiy mansublik solifenatsin farmakokinetikasiga ta'sir qilmaydi.
Buyrak yetishmovchiligi: Yengil va o'rtacha buyrak yetishmovchiligi bo'lgan bemorlarda solifenatsinning AUC va Сmах i sog'lom ko'ngillilardagi tegishli ko'rsatkichlardan sezilarli darajada farq qilmaydi. Og'ir buyrak yetishmovchiligi (kreatinin klirensi ? 30 ml/daq) bo'lgan bemorlarda solifenatsin ekspozitsiyasi ancha yuqori - Сmах ning oshishi taxminan 30%, AUC - 100% dan ortiq va t1/2 - 60% dan ortiqni tashkil qiladi. Kreatinin klirensi va solifenatsin klirensi o'rtasida statistik ahamiyatga ega o'zaro bog'liqlik qayd etilgan. Gemodializ o'tkazilayotgan bemorlarda farmakokinetika o'rganilmagan.
Jigar yetishmovchiligi: O'rtacha jigar yetishmovchiligi (Chayld-Pyu tasnifi bo'yicha B bosqichi) bo'lgan bemorlarda Сmах qiymati o'zgarmaydi, AUC 60% ga ortadi, t1/2 ikki baravar ortadi. Og'ir jigar yetishmovchiligi bo'lgan bemorlarda farmakokinetika aniqlanmagan.
Vezikar® solifenatsinning antixolinergik ta'siri bilan bog'liq bo'lgan, ko'pincha yengil yoki o'rtacha og'irlikdagi nojo'ya ta'sirlarni keltirib chiqarishi mumkin. Ushbu noxush ta'sirlarning uchrash tezligi dozaga bog'liq. Vezikar®ning eng ko'p qayd etilgan nojo'ya ta'siri - og'iz qurishi. U kuniga 5 mg doza olgan bemorlarning 11% da, kuniga 10 mg doza olgan bemorlarning 22% da va platsebo olganlarning 4% da kuzatilgan. Og'iz qurishining ifodalanishi odatda yengil bo'lgan va faqat kamdan-kam hollarda davolanishni to'xtatishga olib kelgan. Umuman olganda, davolanishga rioya qilish (komplayens) juda yuqori bo'lgan. Vezikar® olgan bemorlarning taxminan 90% i 12 haftalik davolash kursini to'liq yakunlagan.
Quyidagi jadvalda Vezikar®ning klinik tadqiqotlarida ro'yxatga olingan boshqa nojo'ya ta'sirlar keltirilgan:
Juda tez-tez >1/10 Tez-tez
(>1/100,
(>1/1000,
(>1/10000,
Immun tizimi tomonidan buzilishlar anafilaktik reaksiyalar*
Moddalar almashinuvi va oziqlanish tomonidan buzilishlar ishtahaning pasayishi*, giperkaliemiya
Ruhiy
buzilishlar gallyutsinatsiyalar*, ongning chalkashishi* deliriy*
Oshqozon-ichak trakti tomonidan buzilishlar og'iz qurishi qabziyat, ko'ngil aynishi, dispepsiya, qorinda og'riq gastroezofageal reflyuks kasalligi, tomoq qurishi yo'g'on ichak tutilishi, koprostaz, qusish* ileus*, qorin sohasida noqulaylik*
Jigar va o't yo'llari tomonidan buzilishlar jigar faoliyatining buzilishi*, funktsional jigar testlari ko'rsatkichlarining o'zgarishi*
Infeksion va parazitar kasalliklar siydik yo'llari infektsiyasi, sistit
Asab tizimi tomonidan buzilishlar uyquchanlik, disgevziya (ta'mning buzilishi) bosh aylanishi*, bosh og'rig'i*
Ko'rish a'zosi tomonidan buzilishlar ko'rishning xiralashishi (akkomodatsiya buzilishi) ko'zlar qurishi glaukoma*
Yurak tomonidan buzilishlar "piruet" tipidagi qorinchalar taxikardiyasi*, QT oralig'ining uzayishi (EKG)*, bo'lmachalar fibrillatsiyasi*, taxikardiya*, yurak urishini his qilish*
Umumiy holatning buzilishi toliqish, periferik shishlar
Nafas olish tizimi, ko'krak qafasi a'zolari va ko'ks oralig'i tomonidan buzilishlar burun bo'shlig'i qurishi disfoniya*
Teri va teri osti to'qimalari tomonidan buzilishlar teri qurishi toshma*, qichishish* ko'p shaklli eritema*, eshakemi*, angionevrotik shish* eksfoliativ dermatit*
Skelet-mushak va biriktiruvchi to'qima tomonidan buzilishlar mushak kuchsizligi*
Buyraklar va siydik yo'llari tomonidan buzilishlar siydik chiqarishning qiyinlashishi siydik tutilishi buyrak yetishmovchiligi*
*postmarketing davrida kuzatilgan
Noxush hodisalar haqida xabar berish
Bozorda preparat avtorizatsiyasidan keyin taxmin qilingan noxush hodisalar haqidagi xabarlar juda muhim, chunki kompaniya xavf/foyda nisbatini doimiy monitoring qilib boradi.
Mavjud QT intervali uzayishi va gipokaliyemiya kabi xavf omillari bo'lgan bemorlarda QT intervalining uzayishi va "piruet" turidagi qorinchalar taxikardiyasi kuzatilgan.
Neyrogen qovuq disfunksiyasi bo'lgan bemorlarda samaradorlik va xavfsizlik o'rganilmagan.
Solifenatsin qabul qilayotgan bemorlarda nafas yo'llari obstruktsiyasi bilan kechuvchi angionevrotik shishning bir necha holatlari haqida xabar berilgan. Shuning uchun angionevrotik shish yuzaga kelganda, solifenatsin qabul qilish to'xtatilishi va tegishli choralar ko'rilishi kerak.
Solifenatsin qabul qilayotgan bemorlarda anafilaktik reaksiyalarning bir necha holatlari haqida xabar berilgan. Shuning uchun anafilaktik reaksiya yuzaga kelganda solifenatsin qabul qilish to'xtatilishi va tegishli choralar ko'rilishi kerak.
Transport vositalari va boshqa mexanizmlarni boshqarish qobiliyatiga ta'siri:
Solifenatsin, boshqa antixolinergik preparatlar kabi, ko'rish idrokining xiralashishini, shuningdek (kamdan-kam) uyquchanlik va charchoq hissini chaqirishi mumkin, bu avtomobilni boshqarish va mexanizmlar bilan ishlash qobiliyatiga salbiy ta'sir ko'rsatishi mumkin.
- Siydik tutilishi;
- og'ir me'da-ichak kasalliklari (shu jumladan toksik megakolon);
- miasteniya gravis;
- yopiq burchakli glaukoma;
- faol moddaga yoki har qanday yordamchi moddaga yuqori sezuvchanlik;
- gemodializ o'tkazish;
- og'ir jigar yetishmovchiligi;
- ketokonazol kabi CYP3A4 izofermentining kuchli ingibitorlari bilan bir vaqtda davolashda og'ir buyrak yetishmovchiligi yoki o'rtacha og'irlikdagi jigar yetishmovchiligi ("Boshqa dori vositalari bilan o'zaro ta'siri" bo'limiga qarang);
- laktaza yetishmovchiligi, laktozani o'zlashtiraolmaslik, glyukoza-galaktoza malabsorbtsiyasi;
- 18 yoshgacha bo'lgan bolalar.
Ehtiyotkorlik bilan:
Vezikar® bilan davolashni boshlashdan oldin, siydik chiqarish buzilishining boshqa sabablari (yurak yetishmovchiligi yoki buyrak kasalliklari) yo'qligini aniqlash kerak. Agar siydik chiqarish yo'llari infektsiyasi aniqlansa, tegishli antibakterial davolashni boshlash kerak.
Vezikar® preparatini quyidagi bemorlarga ehtiyotkorlik bilan buyurish kerak:
- siydik tutilishi rivojlanish xavfiga olib keladigan qovuq chiqish teshigining klinik ahamiyatli obstruktsiyasi bo'lgan;
- obstruktsiya bilan kechuvchi me'da-ichak kasalliklari bo'lgan;
- me'da-ichak trakti motorikasining pasayish xavfi bo'lgan;
- og'ir buyrak (kreatinin klirensi
- CYP3A4 izofermentining kuchli ingibitorini, masalan, ketokonazolni bir vaqtda qabul qilayotgan;
- diafragma qizilo'ngach teshigi churrasi, gastroezofageal reflyuksi bo'lgan va ezofagitni keltirib chiqarishi yoki kuchaytirishi mumkin bo'lgan dori preparatlarini (masalan, bisfosfonatlar) bir vaqtda qabul qilayotgan bemorlarga;
- vegetativ neyropatiyasi bo'lgan.
Homiladorlik va laktatsiya:
Solifenatsinni qabul qilish vaqtida homilador bo'lgan ayollar haqida klinik ma'lumotlar yo'q. Hayvonlarda o'tkazilgan tadqiqotlar fertillikka, embrion/homila rivojlanishiga yoki tug'ruqqa bevosita salbiy ta'sir ko'rsatmadi. Homilador ayollarga ushbu preparatni buyurishda faqat ona uchun potentsial foyda homila uchun potentsial xavfdan ustun bo'lgan holdagina ehtiyotkorlikka rioya qilish kerak.
Solifenatsinning ko'krak sutiga ekskretsiyasi haqida ma'lumotlar yo'q. Sichqonlarda solifenatsin va/yoki uning metabolitlari ko'krak sutiga ekskretsiya qilingan va yangi tug'ilgan sichqonlarda rivojlanishning dozaga bog'liq buzilishini keltirib chiqargan. Vezikar® preparatini emizish davrida qo'llash tavsiya etilmaydi.
Farmakologik o'zaro ta'sir
Antixolinergik xususiyatlarga ega dori vositalari bilan yo'ldosh davolash yanada yaqqol terapevtik va nomaqbul samaralarga olib kelishi mumkin. Solifenatsin qabul qilish to'xtatilgandan keyin boshqa antixolinergik preparat bilan davolashni boshlashdan oldin taxminan bir haftalik tanaffus qilish kerak.
Terapevtik samara xolinergik retseptorlar agonistlari bir vaqtda qabul qilinganda pasayishi mumkin.
Solifenatsin me'da-ichak trakti motorikasini stimulyatsiya qiluvchi dori preparatlari, masalan - metoklopramid va sizaprid samarasini kamaytirishi mumkin.
Farmakokinetik o'zaro ta'sir
In vitro tadqiqotlar shuni ko'rsatdiki, solifenatsin terapevtik konsentratsiyalarda inson jigari mikrosomalaridan ajratib olingan CYP1A 1/2, 2S9, 2S19, 2D6 yoki 3A4 izofermentlarini ingibitsiya qilmaydi. Shuning uchun solifenatsin ushbu CYP-fermentlari tomonidan metabolizmga uchraydigan dorilar klirensini o'zgartirishi ehtimoldan yiroq.
Boshqa dori vositalarining solifenatsin farmakokinetikasiga ta'siri
Solifenatsin CYP3A4 izofermenti tomonidan metabolizmga uchraydi. CYP3A4 izofermentining kuchli ingibitori ketokonazolni (kuniga 200 mg) bir vaqtda yuborish solifenatsinning vaqtga bog'liq konsentratsiyasi AUC ni ikki baravar oshishini, 400 mg/kun dozasida esa - uch baravar oshishini chaqirgan. Shuning uchun agar bemor bir vaqtda ketokonazol yoki CYP3A4 izofermentining boshqa kuchli ingibitorlarini (ritonavir, nelfinavir, itrakonazol kabi) terapevtik dozalarda qabul qilayotgan bo'lsa, Vezikar® maksimal dozasi 5 mg dan oshmasligi kerak. Solifenatsin va CYP3A4 izofermentining kuchli ingibitori bilan bir vaqtda davolash og'ir buyrak yetishmovchiligi yoki o'rtacha jigar yetishmovchiligi bo'lgan bemorlarga qarshi ko'rsatiladi.
Fermentlar induktsiyasi hodisalarining solifenatsin va uning metabolitlari farmakokinetikasiga ta'siri, shuningdek CYP3A4 izofermenti yuqori affinli substratlarining solifenatsin ta'siriga ta'siri o'rganilmagan. Solifenatsin CYP3A4 izofermenti tomonidan metabolizmga uchraganligi sababli, CYP3A4 izofermentining boshqa yuqori yaqinlikka ega substratlari (verapamil, diltiazem) va CYP3A4 izofermenti induktorlari (rifampitsin, fenitoin, karbamazepin) bilan farmakokinetik o'zaro ta'sirlar bo'lishi mumkin.
Solifenatsinning boshqa dori vositalari farmakokinetikasiga ta'siri
Peroral kontratseptivlar:
Solifenatsin va kombinatsiyalangan peroral kontratseptivlarning (etinilestradiol / levonorgestrel) farmakokinetik o'zaro ta'siri aniqlanmagan.
Varfarin:
Vezikar® qabul qilish R-varfarin yoki S-varfarin farmakokinetikasining o'zgarishini yoki ularning protrombin vaqtiga ta'sirini chaqirmagan.
Digoksin:
Vezikar® qabul qilish digoksin farmakokinetikasiga ta'sir ko'rsatmagan.
5 mg dan kuniga bir marta ichga, butunligicha, suyuqlik bilan, ovqatlanish vaqtidan qat'i nazar. Zarurat bo'lganda doza kuniga bir marta 10 mg gacha oshirilishi mumkin.
Bolalar
Vezikar® ning bolalarda xavfsizligi va samaradorligi o'rganilmagan. Shuning uchun Vezikar® ni bolalarda ishlatmaslik kerak.
Buyrak yetishmovchiligi bo'lgan bemorlar
Buyrak yetishmovchiligi kuchsiz yoki o'rtacha bo'lgan bemorlarda (kreatinin klirensi > 30 ml/daq) dozani to'g'irlash talab etilmaydi. Og'ir buyrak yetishmovchiligi bo'lgan bemorlarga (kreatinin klirensi ? 30 ml/daq) solifenatsin ehtiyotkorlik bilan tayinlanishi kerak va sutkasiga 5 mg dan ortiq tayinlanmasligi kerak.
Jigar yetishmovchiligi bo'lgan bemorlar
Kuchsiz jigar yetishmovchiligi bo'lgan bemorlarda dozani to'g'irlash talab etilmaydi. O'rtacha jigar yetishmovchiligi bo'lgan bemorlarga (Chayld-Pyu tasnifi bo'yicha V bosqich) solifenatsin ehtiyotkorlik bilan tayinlanishi kerak va sutkasiga 5 mg dan ortiq tayinlanmasligi kerak.
CYP3A4 izofermentining kuchli ingibitorlarini qabul qilayotgan bemorlar
Vezikar® ketokonazol yoki CYP3A4 izofermentining boshqa ingibitorining terapevtik dozasi (ritonavir, nelfinavir, itrakonazol) bilan birgalikda qabul qilinganda, Vezikar® ning maksimal dozasi 5 mg bilan cheklanishi kerak.Dozani oshirib yuborishSolifenatsin dozasini oshirib yuborish potentsial ravishda og'ir antixolinergik ta'sirlarga olib kelishi mumkin. Bir bemorga tasodifan berilgan solifenatsinning eng yuqori dozasi - 5 soat davomida 280 mg. Bu doza bemorning ruhiy holatining o'zgarishiga olib keldi, ammo kasalxonaga yotqizishni talab qilmadi. Dozani oshirib yuborish holatlarida faollashtirilgan ko'mir tayinlash kerak, oshqozonni yuvish bir soat ichida samarali, ammo qusishni keltirib chiqarmaslik kerak.
Boshqa antixolinergik vositalar dozasini oshirib yuborish holatlarida bo'lgani kabi, simptomlarni quyidagicha davolash kerak:
- markaziy ta'sirga ega og'ir antixolinergik ta'sirlarda (gallyutsinatsiyalar, yaqqol qo'zg'aluvchanlik) - fizostigmin yoki karbaxol;
- tirishishlarda yoki yaqqol qo'zg'aluvchanlikda - benzodiazepinlar;
- nafas olish yetishmovchiligida - sun'iy nafas;
- taxikardiyada - beta-blokatorlar;
- o'tkir siydik tutilishida - kateterizatsiya;
- midriazda - ko'zga pilokarpin tomizish va/yoki bemorni qorong'i xonaga joylashtirish.
Boshqa antixolinergik preparatlar dozasini oshirib yuborish holatlarida bo'lgani kabi, QT intervalining uzayishi xavfi aniqlangan bemorlarga (ya'ni gipokaliyemiyada, bradikardiyada va QT intervalining uzayishini keltirib chiqaradigan preparatlarni bir vaqtda qabul qilishda) va ilgari aniqlangan yurak kasalliklari (miokard ishemiyasi, aritmiyalar, dimlangan yurak yetishmovchiligi) bo'lgan bemorlarga alohida e'tibor berish kerak.
Xususiyatlar VEZIKAR 0,005 tabletkalari N30
Vezikar boshqa chiqarish shakllari
VEZIKAR 0,005 tabletkalari N30 analoglari










