ZELENIY KOFE SLIM kapsulalar N30

ZELENIY KOFE SLIM kapsulalar N30 haqida qo'llanma
Tarkibi
-1 ta kapsula tarkibi:
- Ko'k qahva (lotincha – Coffea) urug'larining quruq ekstrakti – 100 mg;
- Yaproqsiz qizilmiya (lotincha – Glycyrrhiza glabra) ildizlarining quruq ekstrakti – 50 mg;
- Na'matak (lotincha – Rōsa) mevalarining quruq ekstrakti – 50 mg.Yordamchi moddalar: aerosil, kraxmal, kaltsiy stearati, magniy stearati.
Tarkibi va ishlab chiqarilish shakli
30ta kapsula 0.203g
Nojo'ya samaralari
Agar nojo'ya ta'sirlar paydo bo'lsa, siz foydalanishni to'xtatishingiz va shifokor bilan maslahatlashingiz kerak.
Maxsus saqlash sharoitlari
dori vositasi emas.
Ishlatishdan oldin mutaxassis bilan maslahatlashish tavsiya etiladi
Qo'llanilishi
Qo'llash uchun ko'rsatmalar: ortiqcha vazn.
BFQ "ko'k qahva - Slim" ning tarkibiy qo'shimchalaridan biri-qovurilmagan ko'k qahva dukkaklari ekstrakti xisoblanadi. Ko'k qahva tarkibida yog'larni samarali sarflanishiga ta'sir ko'rsatuvchi xlorogen kislotasi mavjud. Xlorogen kislotasi ingichka ichakda glyukozaning so'rilishiga qarshilik ko'rsatadi va uglevodlarning umumiy so'rilish miqdorini kamaytiradi. Qondagi glyukoza miqdori kamayganda organizm yog'ko'rinishida bo'lgan energiya zaxiralarini sarflay boshlaydi, shu bilan kerakli quvvatni olish uchun organizm yig'ib qo'ygan yog'larni sarflashga majbur qiladi.
"Ko'k qahva - Slim" faol tarkibida S, R, K, E vitaminlari majmuasi, V guruhi vitaminlari, mikroelementlar, organik kislotalar, polifenollar, moddalar almashinuvida ishtirok etadigan almashinmaydigan mono - va polisaxaridlar mavjud. Bu oksidlanishga qarshi himoyani ta'minlaydi, to'qimalardagi fermentlar faolligini oshiradi, umumiy mustahkamlovchi, allergiyaga qarshi va immun tizimini kuchaytiruvchi ta'sirlar ko'rsatadi, tomirlarni mustahkamlaydi.
Qo'llanilishi mumkin bo'lmagan holatlar
Komponentlarga individual sezgirlik, homiladorlik, 12 yoshgacha bo'lgan bolalar.
Dozirovkasi
Mazkur preparat faqat peroral tarzda qabul qilinadi.
Kattalarga va 12 yoshdan katta bolalarga ovqatlanishdan oldin kuniga 3 marta 1 ta kapsuladan qabul qilish tavsiya etiladi. Qabul qilish kursi davomiyligi – 2 haftadan 4 haftagacha. 1-2 oy tanaffusdan keyin mutaxassis bilan maslahatlashilgandan so'ng takroriy qabul qilish mumkin.
1[]
ZELENIY KOFE SLIM kapsulalar N30 haqida savollar
ZELENIY KOFE SLIM kapsulalar N30 haqida fikr-mulohazalar
Ishlab chiqaruvchining dorilari













