Ташкент
logo
SavatKirish

DESTINA

DESTINA chiqarish shakllari

DESTINA tabletkalari 5mg N10
DESTINA tabletkalari 5mg N10
Pokiston
Ishlab chiqaruvchi:
Hilton Pharma (Pvt) Ltd.
- DESTINA qabul qilish bo'yicha ma'lumot
- DESTINAning tarkibi
- DESTINA ko'rsatmalar va qarshi ko'rsatmalar
- DESTINA narxi Toshkent dorixonalarida

DESTINA qo'llanmasi

Ishlab chiqarilish joyi
Pokiston
Faol modda
Saytda e'lon qilingan ma'lumotlar mutaxassislar uchun mo'ljallangan. O'zingizni-o'zingiz davolash bilan shug'ullanmang. Sog'lig'ingizga zarar bermaslik uchun mutaxassis bilan maslahatlashishga ishonch hosil qiling!
Umumiy ma'lumot

QO‘LLASH BO‘YICHA YO‘RIQNOMA

DESTINA

DESTINA

Preparatning savdo nomi: Destina

Ta‘sir etuvchi modda (XPN): dezloratadin

Dori shakli: plyonka qobiq bilan qoplangan tabletkalar

Tarkibi:

Har bir tabletka quyidagilarni saqlaydi:

faol modda: 5 mg dezloratadin;

yordamchi moddalar: makkajo‘xori kraxmali, Avicel PH 102 (mikrokristall sellyuloza), ikki asosli fosfat kalsiy digidrati, tozalangan talk, magniy stearati;

qobig‘i: gidroksipropilmetilsellyuloza, tozalangan talk, titan dioksidi, polietilenglikol 6000, FD & S Blue No.1 Lake bo‘yovchisi, gidroksipropilsellyuloza, ionsizlantirilmagan suv.

Ta‘rifi: dumaloq, ikki yoqlama qavariq, bir tomonida riskali chizig‘i bo‘lgan, och-moviy rangli plyonka qobiq bilan qoplangan tabletkalar.

Farmakoterapevtik guruhi: allergiyaga qarshi preparat.

ATX kodi: R06AX27

Farmakologik xususiyatlari

N1-gistamin reseptorlarining blokatoridir (davomli ta‘sir qiluvchi). Loratadinning birlamchi faol metaboliti hisoblanadi. Semiz xujayralardan gistamin va leykotrien S4 ning ajralib chiqishini ingibisiya qiladi. Allergik reaksiyalarning rivojlanishini oldini oladi va kechishini yengillashtiradi. Allergiyaga qarshi, qichishishga qarshi va antiekssudativ ta‘sir ko‘rsatadi. Kapillyarlarning o‘tkazuvchanligini kamaytiradi, to‘qimalarning shishini rivojlanishini oldini oladi, silliq mushaklarning spazmini bartaraf qiladi.

Farmakokinetikasi

Ichga qabul qilingandan keyin me‘da-ichak yo‘llaridan tez va to‘liq so‘riladi. Plazmada 30 minutdan keyin aniqlanadi. Ovqat taqsimlanishiga ta‘sir qilmaydi. Plazma oqsillari bilan bog‘lanishi – 83-87%. Bir martalik 5 mg yoki 7,5 mg dozada qabul qilinganida maksimal konsentrasiyasiga (Smax) 2-6 soatdan keyin erishiladi (o‘rtacha       3 soatdan keyin). Gematoensefalik to‘siq orqali o‘tmaydi. Jigarda gidroksilizasiya yo‘li bilan glyukuronid bilan bog‘langan 3-gidroksidezloratadin hosil bo‘lishi bilan jadal metabolizmga uchraydi. Yarim chiqarilish davri (T1/2) – o‘rtacha – 27 soat. Buyraklar va safro orqali chiqariladi.

Surunkali buyrak yetishmovchiligi bo‘lgan pasientlarda va gemodializ o‘tkazishda loratadinning farmakokinetikasi deyarli o‘zgarmaydi.

Qo‘llanilishi

Allergik rinit (mavsumiy va yil davomidagi), surunkali idiopatik eshakemida qo‘llanadi.

 

 

 

Qo‘llash usuli va dozalari

Kattalar va o‘smirlarga (12 yosh va undan kattalar) – ichga, ovqat qabul qilishga bog‘liq bo‘lmagan holda, kuniga 5 mg dan buyuriladi. Tabletkani butunligicha suv bilan birga yutish kerak.

 

Nojo‘ya ta‘sirlari

Markaziy nerv tizimi tomonidan: kuchli toliqish, xavotirlik, bosh aylanishi, bosh og‘rig‘i, uyquchanlik, blefarospazm, disfoniya, giperkineziyalar, paresteziyalar, tremor, amneziya, depressiya.

Ovqat-hazm qilish tizimi tomonidan: ko‘ngil aynishi, qusish, og‘izni qurishi, ta‘mni o‘zgarishi, anoreksiya, qabziyat yoki diareya, dispepsiya, gastrit, meteorizm, ishtahani oshishi, stomatit.

Nafas tizimi tomonidan: yo‘tal, bronxospazm, burunning shilliq qavatini qurishi, sinusit.

Tayanch-harakat tizimi tomonidan: boldir mushaklarini tirishishi, artralgiya, mialgiya.

Siydik chiqarish tizimi tomonidan: siydik rangini o‘zgarishi, siyishga og‘riqli qistovlar.

Moddalar almashinuvi tomonidan: tana vaznini oshishi, ko‘p terlash, chanqoqlik.

Yurak-qon tomir tizimi tomonidan: taxikardiya, ko‘krak sohasida og‘riq.

Allergik reaksiyalar: angionevrotik shish, eshakemi, qichishish, isitmalash.

Qo‘llash mumkin bo‘lmagan holatlar

Dori vositasiga yuqori sezuvchanlik; homiladorlik; emizish; bolalarda (2 yoshgacha bo‘lgan) qo‘llash mumkin emas. Jigar funksiyasini og‘ir buzilishlarida ehtiyotkorlik bilan qo‘llanadi.

Dorilarning o‘zaro ta‘siri

Eritromisin, simetidin va ketokonazol bilan birga qo‘llash dezloratadinning qon plazmasidagi konsentrasiyasini oshiradi, bu hech qanday klinik ko‘rinishga ega emas va elektrokardiogramma ma‘lumotlariga ta‘sir ko‘rsatmaydi.

Mikrosomal oksidlanish induktorlari (fenitoin, etanol, barbituratlar, ziksorin, rifampisin, fenilbutazon, trisiklik antidepressantlar) dezloratadinni samaradorligini kamaytiradi.

Maxsus ko‘rsatmalar

Preparatni buyrak yetishmovchiligida ehtiyotkorlik bilan qo‘llash kerak.

Homiladorlik va laktasiya davrida qo‘llanishi

Preparatni homiladorlik va laktasiya davrida qo‘llash mumkin emas.

Avtomobilni va boshqa mexanizmlarni boshqarishda reaksiya tezligiga ta‘siri

Destina qabul qilayotgan pasientlar yuqori diqqat va psixomotor reaksiyalar tezligini talab qiluvchi potensial xavfli faoliyat turlari bilan shug‘ullanishdan saqlanishlari kerak.

Preparat bolalar ololmaydigan joyda saqlansin va yaroqlilik muddati o‘tgach ishlatilmasin.

 

Dozani oshirib yuborilishi

Simptomlari: nojo‘ya reaksiyalarining kuchayishi (bosh og‘rig‘i, uyquchanlik, taxikardiya).

Davolash: me‘dani yuvish, faollashtirilgan ko‘mirni buyurish. Simptomatik davolash.

Chiqarilishi shakli

10 tabletkadan blisterda. 1 blisterdan qo‘llash bo‘yicha yo‘riqnomasi bilan birga karton qutiga joylangan.

Saqlash sharoiti

Quruq, yorug‘likdan himoyalangan joyda, 30°S dan yuqori bo‘lmagan haroratda.

Yaroqlilik muddati

2 yil.

Dorixonalardan berish tartibi
Resept bo‘yicha.

 

Ulashish:

DESTINA barcha rasmlari

Barcha rasmlar

DESTINA savollari

DESTINA fikr-mulohazalari

Reyting 0, 0 ta sharh asosida

Alifbo bo'yicha dori vositalar ro'yxati

scroll-top

Biz portalimiz ishini takomillashtirish maqsadida cookie-fayllardan foydalanamiz. Ishni davom ettirar ekansiz, ulardan foydalanishga rozilik bildirgan bo‘lasiz. Batafsil