Apteka.uz
SavatKirish

Diprospan

Diprospan chiqarilish shakllari

DIPROSPAN suspenziya 1ml N5
Retseptli
DIPROSPAN suspenziya 1ml N5
Belgiya
Ishlab chiqaruvchi:
Schering-Plough Sentral East AG, Shveysariya proizvedeno: Schering-Plough Labo N.V.
•94 ta dorixonada bor
Narxi
234 000 so'm dan
- Diprospan qabul qilish bo'yicha ma'lumot
- Diprospanning tarkibi
- Diprospan ko'rsatmalar va qarshi ko'rsatmalar
- Diprospan narxi Toshkent dorixonalarida

Diprospan qo'llanmasi

Ishlab chiqarilish joyi
Belgiya

Qo‘llash ko‘rsatmalari

  • GKS terapiyasi adekvat klinik samaraga erishish imkonini beradigan holat va kasalliklarni davolash (ba'zi kasalliklarda GKS terapiyasi qo'shimcha hisoblanishi va standart terapiya o'rnini bosmasligini hisobga olish kerak): — suyak-mushak tizimi va yumshoq to'qimalar kasalliklari, sh.j. revmatoid artrit, osteoartroz, bursitlar, ankilozlovchi spondiloartrit, epikondilit, radikulit, koktsigodiniya, ishialgiya, lyumbago, bo'yning qiyshayishi, ganglioz kista, ekzostoz, fastsiit, tovon kasalliklari; — allergik kasalliklar, sh.j. bronxial astma, pichan isatmasi (pollinoz), allergik bronxit, mavsumiy yoki yil bo'yi kuzatiladigan rinit, dori allergiyasi, zardob kasalligi, hasharotlar chaqishiga reaktsiyalar; — dermatologik kasalliklar, sh.j. atopik dermatit, tangasimon ekzema, neyrodermitlar, kontakt dermatit, yaqqol fotodermatit, eshakemi, qizil yassi temiratki, insulin lipodistrofiyasi, o'choqli alopetsiya, diskoid qizil yuguruk, psoriaz, keloid chandiqlar, ob

Qo'llanilishi mumkin bo'lmagan holatlar

  • — tizimli mikozlar; — v/i yoki t/o yuborish; — bo‘g‘im ichiga yuborish uchun: beqaror bo‘g‘im, infeksion artrit; — infeksiyalangan yuzalarga va umurtqalararo bo‘shliqqa yuborish; — preparat komponentlariga yuqori sezuvchanlik; — boshqa GKS larga yuqori sezuvchanlik. Gipotireoz, jigar sirrozi, Herpes simplex chaqirgan ko‘z kasalliklari (shoh parda perforatsiyasi xavfi tufayli) bo‘lgan bemorlarda, NYaK (nospetsifik yarali kolit)da, perforatsiya xavfi bo‘lganda, xo‘ppozlar yoki boshqa yiringli infeksiyalarda, divertikulitda, yaqinda qo‘yilgan ichak anastomozlarida, faol yoki latent oshqozon va o‘n ikki barmoqli ichak yarasida, buyrak yetishmovchiligida, arterial gipertenziyada, osteoporozda, og‘ir miasteniyada, trombotsitopenik purpurada (m/i yuborish) preparatni ehtiyotkorlik bilan qo‘llash kerak.

Tarkibi

  • Betametazon 7 mg/ml; Yordamchi moddalar: dinatriy edetat, natriy gidrofosfati digidrati, natriy xlorid, polisorbat 80, benzil spirti, metilparagidroksibenzoat, propilparagidroksibenzoat, karmelloza natriy, makrogol 4000, xlorid kislotasi

Farmakokinetikasi

So‘rilishi va taqsimlanishi: Betametazon natriy fosfati yaxshi eriydi va m/o yuborilgandan so‘ng tez gidrolizga uchraydi va kiritilgan joydan deyarli darhol absorbtsiya qilinadi, bu terapevtik ta'sirning tez boshlanishini ta'minlaydi. Yuborilgandan so‘ng bir kun ichida deyarli to‘liq chiqariladi. Betametazon dipropionat depodan sekin absorbtsiya qilinadi, bosqichma-bosqich metabolizmga uchraydi, bu preparatning uzoq muddatli ta'sirini belgilaydi va 10 kundan ortiq vaqt davomida chiqariladi. Betamatezonning plazma oqsillari bilan bog‘lanishi 62,5% ni tashkil qiladi. Metabolizmi va chiqarilishi: Jigarda asosan faol bo‘lmagan metabolitlar hosil bo‘lishi bilan metabolizmga uchraydi. Asosan buyraklar orqali chiqariladi.

Farmakologik ta'siri

GKS. Yuqori glyukokortikoid va arzimas mineralokortikoid faollikka ega. Preparat yallig'lanishga qarshi, allergiyaga qarshi va immunodepressiv ta'sir ko'rsatadi, shuningdek moddalar almashinuvining turli turlariga yaqqol va xilma-xil ta'sir ko'rsatadi.

Nojo'ya ta'sirlar

  • Moddalar almashinuvi tomonidan: gipernatriemiya, kaliy ajralishining oshishi, kaltsiy chiqarilishining kuchayishi, gipokaliemik alkaloz, to'qimalarda suyuqlik tutilishi, manfiy azot balansi (oqsil katabolizmi tufayli), lipomatoz (shu jumladan nevrologik asoratlarni keltirib chiqarishi mumkin bo'lgan mediastinal va epidural lipomatoz), tana vaznining oshishi. Yurak-qon tomir tizimi tomonidan: surunkali yurak yetishmovchiligi (moyilligi bo'lgan bemorlarda), AB oshishi. Suyak-mushak tizimi tomonidan: mushak kuchsizligi, steroid miopatiya, mushak massasining yo'qolishi, og'ir soxta paralitik miasteniyada miastenik simptomlarning kuchayishi, osteoporoz, umurtqaning kompression sinishi, son yoki yelka suyagi boshchasining aseptik nekrozi, naysimon suyaklarning patologik sinishi, paylarning uzilishi, bo'g'imlar beqarorligi (bo'g'im ichiga takroriy yuborilganda). Ovqat hazm qilish tizimi tomonidan: keyinchalik perforatsiya va qon ketish ehtimoli bo'lgan OHT eroziv-yarali shikastlanishlari, pankreatit, meteorizm, hiqichoq. Dermatologik reaktsiyalar: yaralarning bitishi buzilishi, teri atrofiyasi va ingichkalashishi, petexiyalar, ekximozlar, ko'p terlash, dermatit, steroid husnbuzarlar, striyalar, piodermiya va kandidoz rivojlanishiga moyillik, teri testlarini o'tkazishda reaktsiyaning pasayishi. MNT va periferik asab tizimi tomonidan: tirishishlar, ko'ruv nervi diski shishi bilan bosh miya ichki bosimining oshishi (ko'pincha terapiya tugagandan so'ng), bosh aylanishi, bosh og'rig'i, eyforiya, o'zgarishlar

Dozirovkasi

  • 2mg+5mg/ml 7 mg/ml

Dori shaklining ta'rifi

  • Inyeksiya uchun suspenziya Inyeksiya uchun suspenziya tiniq, rangsiz yoki sarg'ish rangli, biroz yopishqoq, oson suspenziyalanadigan oq yoki deyarli oq rangli zarrachalarni saqlaydi, yot aralashmalardan xoli; chayqatilganda oq yoki sarg'ish rangli turg'un suspenziya hosil bo'ladi.

Dori vositalarining o'zaro ta'siri

Diprospan® preparati fenobarbital, rifampin, fenitoin yoki efedrin bilan bir vaqtda tayinlanganda betametazon metabolizmi tezlashishi va uning terapevtik faolligi pasayishi mumkin. Diprospan® preparati va bilvosita antikoagulyantlar birga qo‘llanilganda qon ivishining o‘zgarishi mumkin, bu dozani to‘g‘irlashni talab qiladi. Diprospan® preparati va kaliy chiqaruvchi diuretiklar birga qo‘llanilganda gipokaliemiya rivojlanish ehtimoli ortadi. Diprospan® amfoteritsin V chaqirgan kaliy chiqarilishini kuchaytirishi mumkin. GKS va estrogenlar bir vaqtda qo‘llanilganda preparatlar dozasini to‘g‘irlash talab qilinishi mumkin (dozani oshirib yuborish xavfi tufayli). GKS va yurak glikozidlarini bir vaqtda qo‘llash aritmiya yoki digitalis intoksikatsiyasi (gipokaliemiya tufayli) yuzaga kelish xavfini oshiradi. GKS NYQV bilan, etanol yoki etanol saqlovchi preparatlar bilan kombinatsiyada qo‘llanilganda MGT eroziv-yarali shikastlanishlari paydo bo‘lishi tez-tezligi yoki intensivligi oshishi mumkin.

Umumiy ma'lumot

QO‘LLASH BO‘YICHA YO‘RIQNOMA

DIPROSPAN®

DIPROSPAN®

 

Preparatning savdo nomi: Diprospan®

Ta‘sir etuvchi modda (XPN): betametazon (betamethasone)

Dori shakli: in‘eksiya uchun suspenziya.

Tarkibi:

1 ml suspenziya quyidagilarni saqlaydi:

faol moddalar: 6,43 mg betametazon dipropionati (5 mg betametazonga ekvivalent) va
2,63 mg betametazon natriy fosfati (2 mg betametazonga ekvivalent) saqlaydi;

yordamchi moddalar: dinatriy gidrofosfat digidrati, natriy xloridi, dinatriy edetati, polisorbat 80, benzil spirti, metilparagidroksibenzoat (Ye218), propilparagidroksibenzoat (Ye 216), natriy karboksimetilsellyuloza, makrogol 4000, xlorid kislotasi, in‘eksiya uchun suv.

Ta‘rifi: tiniq, rangsiz, biroz qovushqoq, yengil suspenziyalanuvchi oq yoki deyarli oq zarrachalar saqlovchi, yot aralashmalari bo‘lmagan suyuqlik.

Farmakoterapevtik guruhi: tizimli qo‘llash uchun kortikosteroidlar.

ATX kodi: N02AV01.

Farmakologik xususiyatlari

Farmakodinamikasi

Betametazon sintetik glyukokortikoiddir (9 alfa-ftor-16 beta-metilprednizolon). Betametazon kuchli yallig‘lanishga qarshi, allergiyaga qarshi va immunodepressiv ta‘sir ko‘rsatadi.

Betametazon klinik ahamiyatli mineralokortikoid ta‘sir ko‘rsatmaydi.

Glyukokortikoidlar xujayralar membranasi orqali kiradi va sitoplazmaning spesifik reseptorlari bilan komplekslar shakllantiradi. Bu komplekslar keyinchalik xujayra yadorsiga kiradi, DNK (xromatin)ga birikadi va informasion RNK ni, shuningdek turli fermentlar oqsillarining sintezini rag‘batlantiradi. Bular natijada glyukokortikoidlar tizimli qo‘llanganida kuzatiladigan samaralarga javob beradi. Immun va yallig‘lanish jarayonlariga ta‘sir qilishdan tashqari, glyukokortikoidlar shuningdek uglevodlar, oqsillar va yog‘larning metabolizmiga ham ta‘sir ko‘rsatadi. Bundan tashqari, glyukokortikoidlar yurak-qontomir tizimiga, skelet mushaklariga va markaziy nerv tizimiga ta‘sir qiladi.

Yallig‘lanish va immun jarayonlariga ta‘siri. Glyukokortikoidlarning yallig‘lanishga qarshi, immunodepressiv va allergiyaga qarshi xususiyatlari, davolash amaliyotida ishlatilganida muhim ahamiyatga ega. Bunday xususiyatlarining asosiy natijalari quyidagilar: yallig‘lanish jarayoni o‘chog‘ida immunofaol xujayralar miqdorini pasayishi, vazodilatasiyani kamayishi, lizosomal membranani barqarorlanishi, fagositozni bostirilishi, prostaglandinlar va unga yaqin moddalarning ishlab chiqarilishini kamayishi.

Preparatning yallig‘lanishga qarshi ta‘siri gidrokortizonga qaraganda taxminan 25 marta va prednizolonga qaraganda 8-10 marta yuqori (og‘irlik nisbatida).

Uglevodlar va oqsillar metabolizmiga ta‘siri. Glyukokortikoidlar oqsillar metabolizmini rag‘batlantiradi. Jigarda glyukoneogenez jarayoni orqali ozod bo‘lgan aminokislotalar glyukoza va glikogenga aylanadi. Periferik to‘qimalarda glyukozani so‘rilishi pasayadi, bu, ayniqsa diabetga moyilligi bo‘lgan pasientlarda giperglikemiya va glyukozuriyaga olib keladi.

Lipidlar metabolizmiga ta‘siri. Glyukokortikoidlar lipolitik ta‘sirga ega. Lipoliz oyoq-qo‘llar darajasida juda yaqqol ifodalangan. Bundan tashqari, glyukokortikoidlar hammadan ko‘proq tana, bo‘yin va bosh sohalarida namoyon bo‘ladigan lipogenezga ta‘sir qiladi. Bu samaralari birgalikda lipid qatlamlarini qayta taqsimlanishiga olib keladi.

Glyukokortikoidlarning maksimal farmakologik faolligi, qon zardobidagi preparatning maksimal konsentrasiyasiga eritishiga qaraganda kechroq namoyon bo‘ladi, bu preparatning samaralarini katta qismi bevosita dorining ta‘siri bilan emas, balki fermentlar faolligini o‘zgarishiga asoslanganligini ko‘rsatadi.

Farmakokinetikasi

Betametazon natriy fosfati va betametazon dipropionati terapevtik ta‘sirini tez boshlanishi, shuningdek boshqa mahalliy va umumiy farmakologik ta‘sirlarini ta‘minlab, in‘eksiya joyidan so‘riladi.

Betametazon natriy fosfati suvda tez eriydi va organizmda betametazongacha (biologik faol glyukokortikoid) metabolizmga uchraydi. 2,63 mg betametazon natriy fosfati 2 mg betametazonga ekvivalent.

Betametazon dipropionatini ishlatish preparatni davomli ta‘siriga erishish imkoniyatini beradi. Bu modda depodan iborat bo‘lib deyarli erimaydi, shunday qilib, so‘rilishi asta-sekin yuz beradi, simptomlarni yengillashishi esa uzoqroq davom etadi.

Qonning ko‘rsatkichlari Mushak ichiga in‘eksiya
  Betametazon natriy fosfati Betametazon dipropionati
Qon plazmasidagi maksimal konsentrasiyasi Qabul qilgandan keyin

1 soat

Asta-sekin so‘riladi
Bir dozadan keyin qon plazmasidan yarim chiqarilish davri 3-5 soat Progressiv metabolizmga uchrashi
Organizmdan chiqarilishi 24 soat 10 kundan ko‘proq
Yarim chiqarilishini biologik davri 36-54 soat  

Betametazon jigarda metabolizmga uchraydi. Asosan albuminlar bilan bog‘lanadi. Jigar kasalliklari bo‘lgan pasientlarda betametazonning metabolizmi davomliroq yoki sekinlashgan bo‘ladi.

Qo‘llanilishi

Kortikosteroid davolash yordamchi hisoblanadi va asosiy davolashning o‘rnini bosmaydi.

Mushak ichiga yuborish

Diprospan® turli revmatologik, dermatologik, allergik kasalliklarni, odatda kortikosteroidlar bilan davolashga javob kuzatiladigan kollagenli va boshqa kasalliklarni davolash uchun ko‘rsatilgan.

Bo‘g‘im ichiga va periartikulyar yuborish, shuningdek bevosita yumshoq to‘qimalarga yuborish

Osteoartritda, revmatoid artritda yordamchi qisqa muddatli davolash sifatida (kasallikni o‘tkir shaklida yoki zo‘rayishida) qo‘llanadi.

Teri ichiga yuborish.

Dermatologik kasalliklarda qo‘llanadi.

Oyoq panjasi to‘qimalariga mahalliy yuborish.

Qattiq qadoq, shpor, oyoq panjasining katta barmog‘ini xarakatini qiyinligi yoki oyoq panjasining katta barmog‘ini deformasiyasidagi bursitda, sinovial kistada, mortonov metatarzal nevralgiyada, tendosinovitda, kubsimon suyakning periostitida yordamchi qisqa muddatli davolash sifatida (kasallikni o‘tkir shaklida yoki zo‘rayishida) qo‘llanadi.

Allergik holatlar

Bronxial astma, astmatik status, mavsumiy yoki yil davomidagi allergik sinusit, allergik bronxitning og‘ir shakli, kontakt dermatit, atopik dermatit, pichan isitmasi, angionevrotik shish, zardob kasalligi, dori preparatlari yoki hashoratlarni chaqishiga o‘ta yuqori sezuvchanlik reaksiyalari.

Revmatik kasalliklar

Osteoartrit, revmatoid artrit, bursit, lyumbago, ishias, koksidiniya, o‘tkir podagrik artrit, qiyshiq bo‘yin, gialinoz kista, ankilozlovchi spondiloartrit, radikulit, ekzostoz, fassiit.

Dermatologik kasalliklar

Atopik dermatit (tangasimon ekzema), neyrodermit (chegaralangan neyrodermit), kontakt dermatit, yaqqol quyoshli dermatit, eshakemi, gipertrofik qizil yassi temiratki, lipoidli diabetik nekrobioz, o‘choqli alopesiya, diskoid qizil yugurik, psoriaz, keloid chandiqlar, xaqiqiy pufakcha, gerpetiform dermatit, kistoz xusnbuzar.

Kollagen kasalliklar

Tarqallangan tizimli qizil yugurik, tugunli periartrit, sklerodermiya va dermatomiozitning ayrim turlarini zo‘rayishi yoki samarani bir maromda ushlab turuvchi davolash sifatida.

Onkologik kasalliklar

Kattalardagi leykoz va limfomani, shuningdek bolalardagi o‘tkir leykozni palliativ davolash sifatida.

Boshqa holatlar

Adrenogenital sindrom, gemorragik rektokolit, Kron kasalligi, spru, glyukokortikoidlar bilan davolash zarur bo‘lgan qonning patologik o‘zgarishlari, nefrit, nefrotik sindrom.

Buyrak usti bezlari po‘stlog‘ining birlamchi yoki ikkilamchi yetishmovchiligi bo‘lganida, Diprospan® bilan davolashni o‘tkazish mumkin, lekin, zarurati bo‘lganida, bir vaqtda mineralokortikoidlarni qo‘llash kerak.

Qo‘llash usuli va dozalari

Qo‘llash oldidan eritmani chayqatish kerak.

PASIENTNING EHTIYOJI, KASALLIKNING TURI, UNING OG‘IRLIGI VA PASIENT ORGANIZMINING REAKSIYASIGA QARAB, DOZA SHAXSIY RAVISHDA TANLANADI.

Doza minimal, qabul qilish davri esa – maksimal qisqa bo‘lishi kerak.

Dastlabki dozani qoniqarli klinik samara olingunicha tanlash kerak. Agar yetarlicha vaqt davrida qoniqarli klinik samaraga erishilmasa, Diprospan® preparatining dozasini asta-sekin pasaytirib, davolashni to‘xtatish va boshqa to‘g‘ri keluvchi davolashga o‘tish kerak.

Qoniqarli samarada adekvat klinik samarani ta‘minlovchi minimal dozaga erishilmagunicha boshlang‘ich dozani asta-sekin pasaytirib (vaqtni yo‘l qo‘yilgan intervallari orqali), optimal dozani aniqlash kerak.

Diprospan®ni vena ichiga va teri ostiga yuborish mumkin emas.

Tizimli qo‘llash

Tizimli davolashda ko‘pchilik hollarda preparatning boshlang‘ich dozasi 1-2 ml ni tashkil qiladi. Zarurati bo‘lganida yuborish takrorlanadi. Preparat dumbaga chuqur mushak ichiga yuboriladi. Doza va preparatni qo‘llashni tez-tezligi pasientning holatiga og‘irligi va terapevtik samaraga bog‘liq. Jiddiy kasalliklarda, shoshilinch davolash zarurligida, masalan, tizimli qizil yugirik yoki astmatik statusda, preparatning boshlang‘ich dozasi 2 ml ni tashkil qilishi mumkin.

Turli dermatologik kasalliklarda yaxshi javobga, odatda 1 ml Diprospan® preparati mushak ichiga yuborilganidan keyin erishiladi; preparatni yuborishni terapevtik samaraga qarab takrorlash mumkin.

Nafas yo‘llarining kasalliklarida simptomlarni yaxshilanishiga Diprospan® preparati mushak ichiga yuborilganidan keyin bir necha soat o‘tgach erishiladi. Bronxial astma, pichan isitmasi, allergik bronxit va allergik rinitda samarali nazoratga 1-2 ml preparat yuborilganidan keyin erishiladi. O‘tkir yoki surunkali bursitda samarali natijalarga Diprospan® preparatini 1-2 ml mushak ichiga in‘eksiyasidan keyin erishiladi; zarurati bo‘lganida preparatni yuborishni takrorlash mumkin.

Mahalliy qo‘llash

Mahalliy og‘riqni qoldiruvchi preparatni bir vaqtda faqat yakka xollarda qo‘llash kerak bo‘ladi (in‘eksiya deyarli og‘riqsiz). Agar mahalliy og‘riqni qoldiruvchi preparatni bir vaqtda qo‘llash yaxshiroq bo‘lsa, unda paraben saqlamaydigan dori shakllarini ishlatib Diprospan®ni lidokain gidroxloridining 1% yoki 2% li eritmasi bilan, prokain gidroxloridi bilan yoki shunga o‘xshash mahalliy og‘riqsizlantiruvchilar bilan aralashtirish mumkin (bir shprisda, flakonda emas). Metilparaben, propilparaben, fenol va boshqa shunga o‘xshash moddalarni saqlovchi og‘riqni qoldiruvchilarni qo‘llash ruxsat etilmaydi. Oldin flakondan Diprospan® preparatining kerakli dozasini shprisga olish; keyin shu shprisga mahalliy og‘riqni qoldiruvchining kerakli miqdorini olish va qisqa vaqt davomida silkitish kerak.

O‘tkir bursitlarda (subdeltasimon, subakromial va prepatellyar) 1-2 ml Diprospan® preparatini bevosita sinovial xaltaga yuborish, bir necha soatga og‘riqni yengillashtirishi va xarakatchanlikni to‘liq tiklashi mumkin.

Surunkali bursitda. Shoshilinch davolashdan keyin yaxshi samara olinganida, preparatning dozasini pasaytirish mumkin.

Tendinit, tendosinoviit va peritendinitda. Kasallikning o‘tkir bosqichida preparatning bir in‘eksiyasi bemorning holatini yaxshilash uchun yetarli bo‘lishi mumkin, surunkali – pasientning xolatiga qarab preparatni takroriy yuborish talab qilinishi mumkin.

Revmatoid artrit va osteoartritda. Preparatni 0,5-2 ml dozada bo‘g‘im ichiga yuborish, odatda, yuborilganidan keyin 2-4 soat davomida og‘riqni, bo‘g‘imlarning og‘riqliligi va qiyin xarakatlanishini kamaytiradi. Preparatning terapevtik ta‘sirini davomiyligi bu ikki kasallikda ahamiyatli farq qiladi va 4 va ko‘proq xaftani tashkil qilishi mumkin. Diprospan® preparatini bo‘g‘im ichiga yuborish bo‘g‘imlar tomonidan ham, bo‘g‘imoldi to‘qimalar tomonidan ham yaxshi o‘zlashtiriladi.

Preparatning tavsiya etilgan dozalari:

  • katta bo‘g‘imlarga (masalan, tizza, chanoq-son) yuborilganida: 1-2 ml;
  • o‘rtacha bo‘g‘imlarga (masalan, tirsak) yuborilganida: 0,5-1 ml;
  • mayda bo‘g‘imlarga (masalan, qo‘l kafti bo‘g‘imlariga) yuborilganida: 0,25-0,5 ml.

Teri kasalliklarida. Dermatologik kasalliklarda Diprospan® preparatini bevosita shikastlanish o‘chog‘iga yuborish samarali. Preparat bevosita qo‘llanmaydigan shikastlanishning ayrim sohalariga nisbatan preparatning ijobiy samarasi, preparatni katta bo‘lmagan tizimli samarasi bilan bog‘liq bo‘lishi mumkin.

Doza 0,2 ml/sm2 ni tashkil qiladi. Preparat diametri 26 G ignali tuberkulin shprisi yordamida teri ichiga (teri ostiga emas) yuboriladi. Barcha shikastlangan soxalarga yuborilgan preparatning umumiy miqdori 1 ml dan oshmasligi kerak.

Glyukokortikoidli davolashga sezuvchan bo‘lgan oyoq kaftining kasalliklari. Qadoq fonidagi bursitda har biri 0,25 ml dan preparatni ikki ketma-ket in‘eksiyalarini qo‘llash samarali bo‘lishi mumkin. Oyoq kaftining katta barmog‘ini qiyin harakatchanligi (Hallux Rigidus), oyoq kaftining beshinchi barmog‘ini virusli deformasiyasi kabi boshqa kasalliklarida, shuningdek o‘tkir podagrik artritda, yaxshilanish juda tez yuz berishi mumkin. Uzunligi 1,9 sm 26 G ignali tuberkulin shprisi oyoq kaftiga qilinadigan ko‘pchilik in‘eksiyalar uchun to‘g‘ri keladi.

Tavsiya etilgan dozalar (yuborishlar orasidagi tahminan 1 hafta intervallar bilan) tashkil qiladi:

Bursitda:

– qattiq qadoq fonida                                                                               0,25-0,5 ml

– shporda                                                                                                      0,5 ml

– oyoq kaftinig katta barmog‘ini qiyin xarakatchanligida                  0,5 ml

– oyoq kaftinig beshinchi barmog‘ini varusli deformasiyasida                       0,5 ml

Sinovial kistada                                                                                      0,25-0,5 ml

Morton metatarzal nevralgiyada                                                              0,25-0,5 ml

Tendosinoviitda                                                                                       0,5 ml

Kubsimon suyakning periostitida                                                                      0,5 ml

O‘tkir podagrik artritda                                                                          0,5-1 ml.

Nojo‘ya ta‘sirlari

Diprospan® preparatini qo‘llashda kuzatiladigan nojo‘ya reaksiyalar, boshqa kortikosteroidlarni qo‘llashdagi reaksiyalar kabi, doza va preparatni qo‘llashning davomiyligiga bog‘liq.

Suv-elektrolit muvozanatini buzilishlari: natriyni tutilishi, kaliyni yo‘qotilishi, gipokaliemik alkaloz, suyuqlikni tutilishi, moyilligi bo‘lgan pasientlarda dimlangan yurak yetishmovchiligi, arterial gipertenziya.

Skelet-mushak tizimi tomonidan buzilishlar: mushak kuchsizligi, mushak massasini yo‘qotilishi, miasteniyada simptomlarni yomonlashishi, osteoporoz, ba‘zida suyaklardagi kuchli og‘riqlar va spontan sinishlar bilan (umurtqa pog‘onasini kompression sinishlari), suyakni aseptik nekrozi (son va yelka suyagining boshchasini), paylarni uzilishi, steroid miopatiya, patologik sinishlar, bo‘g‘imlarni beqarorligi.

Teri tomonidan buzilishlar: terini atrofiyasi, jaroxatlarni sekin bitishi, terini nozikligi va yupqalashishi, petexiyalar, ekximoz, allergik dermatit, angionevrotik shish, yuzni eritemasi, ko‘p terlash, eshakemi.

MIY tomonidan buzilishlar: perforasiya va qon ketishi ehtimoli bilan me‘da yarasi, pankreatit, meteorizm, ichak perforasiyasi, yarali ezofagit, ko‘ngil aynishi, qusish.

Nerv tizimi tomonidan buzilishlar: tirishishlar, bosh aylanishi, bosh og‘rig‘i, bosh miya ichki bosimini oshishi (miyani soxta o‘smasi).

Ruxiyat tomonidan buzilishlar: eyforiya, kayfiyatni o‘zgarishi, shaxsiyatni o‘zgarishi va og‘ir depressiya, yuqori qo‘zg‘aluvchanlik, uyqusizlik, psixotik reaksiyalar, ayniqsa anamnezida psixiatrik buzilishlari bo‘lgan pasientlarda, depressiya.

Ko‘rish a‘zolari tomonidan buzilishlar: ko‘z ichki bosimini oshishi, glaukoma, orqa subkapsulyar katarakta, ekzoftalm.

Endokrin tizimi tomonidan buzilishlar: Kushing sindromini klinik simptomatikasi, xayz ko‘rish siklini buzilishi, qandli diabeti bo‘lgan bemorlarda insulinga yoki peroral gipoglikemik vositalarga extiyojni oshishi, homilani rivojlanishi yoki bolaning o‘sishini kechikishi, uglevodlarga tolerantlikni buzilishi, yashirin qandli diabetni namoyon bo‘lishi, gipofiz va buyrak usti bezlari po‘stlog‘i faoliyatini ikkilamchi yetishmovchiligi, bu ayniqsa stress (jarohat, jarrohlik aralashuvi yoki kasallik) holida nohush hisoblanadi.

Metabolik buzilishlar: oqsilni parchalanishi oqibatida salbiy azot muvozanati, lipomatoz, tana vaznini oshishi.

Immun tizimi tomonidan buzilishlar: kortikosteroidlar teri testlarini susayishiga yordam berishlari, infeksiya simptomlarini niqoblashlari va yashirin infeksiyani faollashtirishlari, shuningdek infeksiyani qo‘zg‘atuvchilariga, xususan mikobakteriyalarga (tuberkulyozda), Candida albicans va viruslarga chidamlikni pasaytirishlari mumkin.

Boshqa reaksiyalar: anafilaktik yoki allergik reaksiyalar, gipotenziv yoki shokli reaksiyalar.

Umumiy buzilishlar va yuborish joyidagi buzilishlar: preparatni bo‘yin yoki bosh soxasiga yuborish bilan bog‘liq bo‘lgan ko‘rlikni kam hollari, giperpigmentasiya yoki gipopigmentasiya, teri osti va teri atrofiyasi, aseptik abssess, in‘eksiyadan keyingi zo‘rayishlar (bo‘g‘im ichiga yuborilganidan keyin), Sharko artropatiyasi.

Preparat bo‘g‘im ichiga qayta yuborilganidan keyin bo‘g‘imlarni shikastlanishi paydo bo‘lishi mumkin. Zararlanish xavfi mavjud.

 

Qo‘llash mumkin bo‘lmagan holatlar

Ta‘sir etuvchi yoki yordamchi moddalardan birontasiga yoki kortikosteroidlarga yuqori sezuvchanlik.

Tizimli zamburug‘li infeksiyalar.

Idiopatik trombositopenik purpurasi bo‘lgan pasientlarga mushak ichiga yuborish mumkin emas.

Dorilarning o‘zaro ta‘siri

Preparatlar bilan o‘zaro ta‘siri

Fenobarbital, rifampisin, fenitoin yoki efedrin bilan bir vaqtda qo‘llash, kortikosteroidlarning metabolizmini kuchaytirishi va buning oqibati sifatida terapevtik samarasini pasaytirishi mumkin.

Kortikosteroidli davolanayotgan pasientlarda, davolashni quyidagi turlarini qo‘llash mumkin emas:

  • chechakka qarshi emlash,
  • immunizasiyaning boshqa turlari (ayniqsa yuqori dozalarda), nevrologik asoratlarning xavfi va kuchsiz immun javob tufayli (antitelalarni yetarli chiqmasligi).

Lekin o‘rinbosar davolash sifatida kortikosteroidlarni qo‘llayotgan pasientlarda, immunizasiyani o‘tkazish mumkin (masalan, Addison kasalligida).

Diuretiklar, masalan, tiazidlar bilan bir vaqtda qo‘llash, glyukozani o‘zlashtiraolmaslik xavfini oshishiga olib kelishi mumkin.

Kortikosteroidlar va estrogenlar bilan bir vaqtda davolanayotgan pasientlarning xolatini kuzatish kerak, chunki kortikosteroidlarning samaralari kuchayishi mumkin.

Kortikosteroidlar va yurak glyukozidlarini bir vaqtda qo‘llash, gipokaliemiya oqibatida aritmiya yoki digitalisli intoksikasiya paydo bo‘lishi xavfini oshirishi mumkin. Yurak glikozidlarini qabul qilayotgan pasientlar ko‘pincha bir vaqtda organizmda kaliyning chiqarilishiga yordam beruvchi diuretiklarni qo‘llaydilar. Bunday xollarda pasientga kaliy saqlovchi preparatlarni buyurish kerak. Kortikosteroidlar amfoterisin V ni qo‘llash chaqirgan qaliyning chiqarilishini kuchaytirishlari mumkin. Preparatlarning bunday majmualaridan birini qabul qilayotgan barcha pasientlarda, zardob elektrolitlarining darajasini, xususan qon zardobida kaliyning darajasini diqqat bilan nazorat qilish kerak.

Kortikosteroidlar va kumarin qatori antikoagulyantlarni bir vaqtda qo‘llash, antikoagulyantlarning samaralarini kuchaytirishi yoki susaytirishi mumkin, bu dozaga tuzatish  kiritishni talab qiladi. Antikoagulyantlar va glyukokortikosteroidlar bilan bir vaqtda davolanayotgan pasientlarga nisbatan, kortikosteroidlar tomonidan chaqirilgan me‘da-ichak yo‘llarining yaralarini rivojlanishi mumkinligi xaqida, shuningdek ichki qon ketishi xavfini yodda tutish kerak.

Kortikosteroidlar qon plazmasida salisilatlarning konsentrasiyasini pasaytirishi mumkin. Kortikosteroidlarning dozalari pasaytirilganida yoki davolash to‘xtatilganida, salisil kislotasi bilan zaxarlanish ehtimoliga nisbatan tekshirish o‘tkazish kerak. Glyukokortikoidlar va salisilatlarni qo‘shilishi me‘da-ichak yo‘llarida yarali jarayonlarning tez-tezligi va og‘irligini oshirishi mumkin.

Nosteroid yallig‘lanishga qarshi preparatlar yoki etanol bilan bir vaqtda qo‘llashda, me‘da-ichak yo‘llarining yarasini rivojlanishi yoki mavjud bo‘lgan yaraning zo‘rayishi xavfini oshishi mumkin.

Qandli diabeti bo‘lgan pasientlarga ayrim hollarda peroral antidiabetik preparatlar yoki insulinning dozalarini, glyukokortikoidlarning giperglikemik samarasini hisobga olib, moslashtirish kerak bo‘lishi mumkin.

Somatotropin bilan bir vaqtda qo‘llash, bu gormonga javobni kamaytirishga olib kelishi mumkin. Somatotropin bilan davolash davrida betametazonni sutkada 1 m2 tana yuzasiga 300-450 mkg dan (0,3-0,45 mg) yuqori dozalarda qo‘llashdan saqlanish kerak.

Laboratoriya testlarini o‘tkazishdagi o‘zaro ta‘sir

Kortikosteroidlar nitroko‘k tetrazoliyning tiklanish testiga va soxta salbiy natijalar olinishiga ta‘sir qilishi mumkin.

Agar pasient kortikosteroidlar bilan davolanayotgan bo‘lsa, biologik testlarning (teri testi, qalqonsimon bezi gormonlarining darajasi va boshqalar.) natijalarini izohlashda hisobga olish kerak.

Nomutanosiblik. Mahalliy og‘riqni qoldiruvchilarni bir vaqtda qo‘llashning zarurati kam hollarda kerak bo‘lishi mumkin. Agar og‘riqni qoldiruvchi moddani bir vaqtda yuborish ma‘qul bo‘lsa, Diprospan® preparatini lidokainning 1% yoki 2% li eritmalari yoki prokain gidroxloridi yoki parabenlarni saqlamaydigan boshqa anestetiklar bilan aralashtirish (shprisda, flakonda emas) mumkin. Metilparaben, propilparaben, fenol va boshqa shunga o‘xshash moddalarni saqlovchi og‘riqni qoldiruvchilarni qo‘llashga ruxsat berilmaydi.

Maxsus ko‘rsatmalar

Diprospan® preparatini vena ichiga yoki teri ostiga yuborish mumkin emas.

Kortikosteroidlar epidural in‘eksion yuborilganida jiddiy nevrologik reaksiyalar (ba‘zida o‘limga olib keluvchi) paydo bo‘lgani xaqida xabar berilgan. Shuningdek spesifik reaksiyalar xaqida xabar berilgan, ular quyidagilarni o‘z ichiga oladi (lekin sanab o‘tilganlar bilan cheklanmaydi): orqa miya infarkti, paraplegiya, kvadriplegiya, po‘stloq ko‘rligi va insult. Bu jiddiy nevrologik xodisalar xaqida rentgenoskopik tekshirishlarni qo‘llash bilan ham, qo‘llashsiz ham xabar berilgan. Kortikosteroidlarni epidural yuborishning xavfsizligi va samaradorligi aniqlanmagan, shuning uchun kortikosteroidlarni bunday qo‘llash man qilingan.

Preparatni yuborish aseptik sharoitlarda o‘tkazilishi kerak.

Diprospan® betametazonning ikki efirini saqlaydi, ulardan biri (betametazon natriy fosfati) preparat yuborilgan joydan tez so‘riladi. Demak, shifokor bu eruvchi moddani tizimli ta‘sir ko‘rsatishi mumkinligini yodda tutishi kerak.

Davomli qo‘llashdan keyin preparat bekor qilinganida yoki doza keskin pasaytirilganida (juda yuqori dozalar holida – qisqa davr qo‘llanganidan keyinoq), shuningdek kortikosteroidlarga extiyoj oshganidan (stress natijasida: infeksiya, jarohat, jarrohlik aralashuvlari) keyin ham buyrak usti bezlarining yetishmovchiligi rivojlanishi mumkin. Shuning uchun dozani asta-sekin pasaytirish kerak. Stress vaziyatlarda ba‘zida kortikosteroidlarni qo‘llashni yana boshlash yoki ularning dozasini oshirish kerak.

Dozani pasaytirish shifokorning sinchkov kuzatuvi ostida o‘tkazilishi kerak. Bundan tashqari, ba‘zida davomli davolash  tugatilganidan keyin yoki preparatning yuqori dozalari qo‘llanganidan keyin 1 yilgacha davr davomida pasientning holatini kuzatish kerak bo‘ladi.

Buyrak usti bezlari po‘stlog‘ining yetishmovchiligini simptomlari: lohaslik, mushak kuchsizligi, ruxiy buzilishlar, lanjlik, mushaklar va suyaklarda og‘riq, terini kepaklanishi, hansirash, anoreksiya, ko‘ngil aynishi, qusish, isitma, gipoglikemiya, arterial gipotenziya, degidratasiya, davolashni keskin to‘xtatish natijasida o‘lim. Buyrak usti bezlari po‘stlog‘ining yetishmovchiligini davolash glyukokortikosteroidlar, mineralokortikosteroidlar, suv, natriy xloridi va glyukozani qo‘llashni o‘z ichiga oladi.

Kortikosteroidlarni yuqori dozalarda vena ichiga in‘eksiyasini tez bajarish, yurak-qontomir kollapsini chaqirishi mukin; shu sababga ko‘ra in‘eksiya 10 minut davomida o‘tkazilishi kerak.

Kortikosteroidlarni parenteral qabul qilgan pasientlarda kam hollarda anafilaktoid reaksiyalar kuzatilgan. Shuning uchun preparatni qo‘llashdan oldin muvofiq ehtiyotkorlik choralarini ko‘rish kerak, ayniqsa agar pasientning anamnezida preparatning komponentlaridan biriga allergiya bo‘lsa.

Kortikosteroidlar bilan davomli davolashda, barcha afzalliklari va bo‘lishi mumkin bo‘lgan xavflarni hisoblab, preparatni parenteraldan peroral qo‘llashga o‘tish masalasini ko‘rish kerak.

Bo‘g‘im ichiga in‘eksiyani bajarishda quyidagilarni bilish muxim:

  • Preparatni bunday qo‘llash usuli mahalliy va umumiy ta‘sir ko‘rsatishi mumkin.
  • Bo‘g‘imda septik jarayonni istisno qilish uchun, bo‘g‘im ichki suyuqligini tahlili kerak.
  • Bo‘g‘im ichki infeksiyasi bo‘lganida preparatni yuborish mumkin emas.
  • Og‘riqni, shishni kuchayishi, bo‘g‘imning xarakatchanligini pasayishi, xaroratni oshishi yoki lohaslik septik artritning belgilari bo‘lishi mumkin. Agar infeksion jarayon tashxis qilingan bo‘lsa, muvofiq antibakterial davolashni o‘tkazish kerak.
  • Kortikosteroidlarni beqaror bo‘g‘imga, infeksiyalangan sohalarga yoki umurtqalararo oraliqlarga yuborish mumkin emas.
  • Osteoartritda bo‘g‘imga takroriy in‘eksiya, bo‘g‘imning yemirilishi xavfini oshirishi mumkin.
  • Kortikosteroidlarni paylarga bevosita in‘eksiyasidan saqlanish kerak, chunki bunday xolda keyingi paylarning uzilishini xavfi paydo bo‘ladi.

To‘qimalarning mahalliy atrofiyasidan saqlanish uchun kortikosteroidlarni chuqur mushak ichiga yuborish kerak.

Kortikosteroidlarni yumshoq to‘qimalarga yoki bevosita shikastlanish o‘chog‘iga yuborish, shuningdek bo‘g‘im ichiga yuborish, umumiy va maxalliy ta‘sir ko‘rsatishi mumkin.

Alohida xavf guruhlari

Glyukokortikosteroidlarning xususiyatlarini (oqsillarni glyukozaga aylantirish) e‘tiborga olib, diabeti bo‘lgan bemorlarda betametazonni faqat qisqa vaqt davomida va faqat doimiy tibbiy nazorat ostida qo‘llash mumkin.

Gipotireozi yoki sirrozi bo‘lgan pasientlarda glyukokortikosteroidlarning samarasini kuchayishi kuzatil

Diqqat: ushbu sahifadagi preparat tavsifi rasmiy yo‘riqnomaning soddalashtirilgan va to‘ldirilgan versiyasidir. Ma’lumot faqat tanishish maqsadida taqdim etilgan va o‘z-o‘zini davolash uchun qo‘llanma sifatida foydalanilmasligi kerak. Diprospan preparatini qabul qilishdan oldin albatta shifokor bilan maslahatlashing

Diprospan narxlari

Dorixonalar
Manzil
Ish vaqti
Sotib olish
Vaksina Med №29
Yashnobod tumani, Birlashgan ko'ch., 6 kirish, 9 uy
Du, Se, Ch, Pa, Ju, Sh, Ya | 08:30-23:30
235 000 so'm
Bron qilish
Vaksina Med №24
Yakkasaroy tumani, Qushbegi massiv, 3 uy, 72 xonadon
Du, Se, Ch, Pa, Ju, Sh, Ya | 08:30-23:30
235 000 so'm
Bron qilish
Vaksina Med №20
Mirzo Ulug'bek tumani, TTZ 2 daha, Gulsanam ko'ch., 12A uy
Du, Se, Ch, Pa, Ju, Sh, Ya | 09:00-22:00
235 000 so'm
Bron qilish
Vaksina Med №21
Chilonzor tumani, 2 mavze, 1 uy, 2 xonadon
Du, Se, Ch, Pa, Ju, Sh, Ya | 08:30-23:30
235 000 so'm
Bron qilish

Diprospan barcha rasmlari

Barcha rasmlar

Diprospan haqida savollar

Diprospan haqida fikr-mulohazalar

Reyting 5.0, 3 ta sharh asosida

Alifbo bo'yicha dori vositalar ro'yxati

scroll-top

Biz portalimiz ishini takomillashtirish maqsadida cookie-fayllardan foydalanamiz. Ishni davom ettirar ekansiz, ulardan foydalanishga rozilik bildirgan bo‘lasiz. Batafsil