Apteka.uz
SavatKirish

Lidokain analoglari

Analog dorilar
PROKTO GLIVENOL rektal suppozitorialar N10
PROKTO GLIVENOL rektal suppozitorialar N10
Frantsiya
Ishlab chiqaruvchi:
Delfarm Uninj SAS
•3 ta dorixonada bor
Narxi
115 000 so'm dan
KATEDJEL S LIDOKAINOM gel 12,5g N5
Retseptli
KATEDJEL S LIDOKAINOM gel 12,5g N5
Avstriya
Ishlab chiqaruvchi:
Pharmazeutisshe Fabris Montavit Ges.m.b.H.
Narxi
42 000 so'm dan
PAFESAN tabletkalari so vkusom limona 5mg/1mg N20
Retseptsiz
PAFESAN tabletkalari so vkusom limona 5mg/1mg N20
Turkiya
Vakil:
Dr.Sertus
Ishlab chiqaruvchi:
World Medicine Ophthalmics Ilaҫlari Ltd. Şti.
Narxi
42 000 so'm dan
EMLA 30,0 krem
EMLA 30,0 krem
Shvetsiya
Ishlab chiqaruvchi:
Resifarm Karlskoga AB
RELIF PRO suppozitorii N12
RELIF PRO suppozitorii N12
Italiya
Ishlab chiqaruvchi:
Institut de Angeli S.R.L
Narxi
70 000 so'm dan
NEO PENOTRAN FORTE L vaginal suppozitorlar N7
Retseptsiz
NEO PENOTRAN FORTE L vaginal suppozitorlar N7
Turkiya
Ishlab chiqaruvchi:
Ekseltis Ilach San.ve Tik.A.S.
Analoglarni taqqoslash
Taqqoslashga dori qo'shish

Lidokain

Qo‘llash ko‘rsatmalari
  • Stomatologik amaliyotda, og'iz bo'shlig'i jarrohligida shilliq qavatlarni mahalliy anesteziya qilish uchun: — yuzaki xo'ppozlarni ochish; — qimirlab qolgan sut tishlarini sug'urish; — suyak bo'laklarini olib tashlash va shilliq qavat jarohatlariga chok qo'yish; — toj yoki ko'prikasimon protezni fiksatsiya qilish uchun milkni anesteziya qilish (faqat elastik qolip materiali ishlatilganda); — tilning kattalashgan so'rg'ichini qo'lda yoki asbob yordamida olib tashlash (yoki kesib olish); — rentgenologik tekshiruvga tayyorgarlikda yuqori halqum refleksini kamaytirish yoki bostirish uchun; — og'iz bo'shlig'i shilliq qavatining yuzaki xavfsiz o'smalarini kesib olishda anesteziya; — bolalarda - frenuloektomiya va so'lak bezlari kistalarini ochish uchun. LOR-amaliyotda: — elektrokoagulyatsiyadan oldin (burun qonashlarini davolashda), septektomiya va burun poliplari rezektsiyasida; — tonzillektomiyadan oldin halqum refleksini kamaytirish va in'ektsiya joyini og'riqsizlantirish uchun (8 yoshgacha bo'lgan bolalarda tonzillektomiya va adenektomiyadan tashqari);
Nojo'ya ta'sirlar
  • Noxush reaktsiyalar MedDRA tizim-a'zolar sinflariga muvofiq tasvirlangan. Tez-tezlik quyidagicha aniqlangan: Boshqa mahalliy anestetiklarga o'xshab, lidokainga noxush reaktsiyalar kamdan-kam uchraydi va, qoida tariqasida, tasodifiy tomir ichiga yuborish, dozani oshirib yuborish yoki qon bilan mo'l ta'minlangan sohalardan tez so'rilish oqibatida plazma kontsentratsiyasining oshishi, yoki yuqori sezuvchanlik, idiosinkraziya yoki bemorning pasaygan chidamliligi oqibatida yuzaga keladi. Tizimli toksiklik reaktsiyalari asosan markaziy asab va (yoki) yurak-qon tomir tizimi tomonidan namoyon bo'ladi ("Dozani oshirib yuborish" bo'limiga ham qarang). Immun tizimi tomonidan buzilishlar Yuqori sezuvchanlik reaktsiyalari (allergik yoki anafilaktoid reaktsiyalar, anafilaktik shok) - teri va teri osti to'qimalari tomonidan buzilishlarga ham qarang. Lidokainga teri allergik sinamasi ishonchsiz hisoblanadi. Asab tizimi tomonidan buzilishlar va ruhiy buzilishlar Tizimli toksiklikning nevrologik belgilariga bosh aylanishi, asabiylik, tremor, og'iz atrofi paresteziyasi, til uvishishi, uyquchanlik, tirishishlar, koma kiradi. Asab tizimi tomonidan reaktsiyalar uning qo'zg'alishi yoki susayishi bilan namoyon bo'lishi mumkin. MNT stimulyatsiyasi belgilari qisqa muddatli bo'lishi yoki umuman yuzaga kelmasligi mumkin, buning oqibatida toksiklikning birinchi belgilari MNT susayishi belgilari - koma va nafas yetishmovchiligi bilan almashinadigan ongning chalkashishi va uyquchanlik bo'lishi mumkin. Spinal anesteziyaning nevrologik asoratlariga bel, dumba va oyoqlarda og'riq kabi o'tkinchi nevrologik simptomlar kiradi. Bu simptomlar odatda anesteziyadan keyin 24 soat ichida rivojlanadi va bir necha kun ichida yo'qoladi. Lidokain va o'xshash vositalar bilan spinal anesteziyadan so'ng turg'un paresteziya, ichak va siydik yo'llari disfunktsiyasi yoki pastki oyoq-qo'llar falaji bilan kechuvchi araxnoidit va ot dumi sindromining alohida holatlari tasvirlangan. Ko'pchilik holatlar lidokainning giperbarik kontsentratsiyasi yoki uzoq muddatli spinal infuziya bilan bog'liq. Ko'rish a'zosi tomonidan buzilishlar Lidokain toksikligining belgilari ko'rishning xiralashishi, diplopiya va o'tkinchi amavroz bo'lishi mumkin. Ikki tomonlama amavroz oftalmologik muolajalar davomida tasodifan ko'ruv nervi o'zaniga yuborish oqibati ham bo'lishi mumkin. Retro- va peribulbar anesteziyadan so'ng ko'zning yallig'lanishi va diplopiya haqida xabar berilgan ("Maxsus ko'rsatmalar" bo'limiga qarang). Eshitish a'zosi va labirint tomonidan buzilishlar Quloqlarda shovqin, giperakuziya. Yurak-qon tomir tizimi tomonidan buzilishlar Yurak-qon tomir reaktsiyalari arterial gipotenziya, bradikardiya, miokard qisqarish funktsiyasining susayishi (manfiy inotrop effekt), aritmiyalar bilan namoyon bo'ladi, yurak to'xtashi yoki qon aylanishi yetishmovchiligi bo'lishi mumkin. Nafas olish tizimi, ko'krak qafasi a'zolari va ko'ks oralig'i tomonidan buzilishlar Hansirash, bronxospazm, nafas susayishi, nafas to'xtashi. Oshqozon-ichak trakti tomonidan buzilishlar Ko'ngil aynishi, qusish. Teri va teri osti to'qimalari tomonidan buzilishlar Toshma, eshakemi, angionevrotik shish, yuz shishi.
Batafsil

Retseptli

Mavjud chiqarilish shakllari
  • Eritma
  • Tomchilar
  • Sprey
  • Aerozol
Bog‘liq kasalliklar uchun davolar
Aritmiyadan,  Insultdan,  Yurak uchun 

Relif

Qo‘llash ko‘rsatmalari
  • Gemorroy va anorektal zonaning boshqa kasalliklari bilan birga keluvchi qichishish, achishish va noqulaylikni, shuningdek orqa chiqarish teshigi sohasidagi eroziyalar, yoriqlar, mikrotravmalarni simptomatik davolash.
Nojo'ya ta'sirlar
  • Relif® Pro kremi va shamchalari bilan uzoq muddat davolanganda (to'rt haftadan ortiq) atrofiya, striyalar yoki teleangiektaziyalar kabi mahalliy teri o'zgarishlari rivojlanishi xavfi mavjud. Rektal shamchalar: achishish: 1-10%, kamdan-kam hollarda - ta'sirlanish va allergik reaktsiyalar - 0,1-1%.
Batafsil

Retseptli

Mavjud chiqarilish shakllari
  • Suppozitorlar
  • Maz
  • Krem
Bog‘liq kasalliklar uchun davolar
Gemorroydan 

Katedjel

Qo‘llash ko‘rsatmalari
Ma'lumot topilmadi
Nojo'ya ta'sirlar
Ma'lumot topilmadi
Batafsil

Retseptli

Mavjud chiqarilish shakllari
  • Gel
Bog‘liq kasalliklar uchun davolar
Ma'lumot topilmadi
scroll-top

Biz portalimiz ishini takomillashtirish maqsadida cookie-fayllardan foydalanamiz. Ishni davom ettirar ekansiz, ulardan foydalanishga rozilik bildirgan bo‘lasiz. Batafsil