Apteka.uz
SavatKirish

Neyrotal

Neyrotal chiqarilish shakllari

Neyrotal in'ektsiya eritmasi 4ml N5
Neyrotal in'ektsiya eritmasi 4ml N5
Hindiston
Ishlab chiqaruvchi:
BHARAT PARENTERALS LTD
- Neyrotal qabul qilish bo'yicha ma'lumot
- Neyrotalning tarkibi
- Neyrotal ko'rsatmalar va qarshi ko'rsatmalar
- Neyrotal narxi Toshkent dorixonalarida

Neyrotal haqida qo'llanma

Tarkibi

1 ampula (4 ml) eritma quyidagilarni saqlaydi:

Faol modda: 1000 mg tsitikolin (natriyli tuzi ko'rinishida);

Yordamchi moddalar: in'ektsiya uchun suv.

Farmakodinamikasi

Tsitikolin xujayra membranasining muhim ultrastruktur komponentlari (xususan fosfolipidlar) ning o'tmishdoshi bo'lib, neyronlar membranalarining struktur fosfolipidlari biosintezini rag'batlantiradi, bu magnitorezonansli spektroskopiya ma'lumotlari bilan tasdiqlangan. Tsitikolin ion nasoslari va reseptorlar kabi membrana mexanizmlarining faoliyatini yaxshilaydi, ularning boshqarilishisiz nerv impulslarini normal o'tkazilishi mumkin emas. Neyronlarning membranasiga barqarorlashtiruvchi ta'siri tufayli, tsitikolin miya shishini qayta so'rilishiga yordam beruvchi shishga qarshi xususiyat namoyon qiladi. Eksperimental tekshirishlar tsitikolinni ayrim fosfolipazalarning (A1, A2, S va D) faollanishini ingibitsiya qilishi, erkin radikallarning hosil bo'lishini kamaytirib, mebrana tizimlarining buzilishini oldini olishini va antioksidant himoya tizimini saqlashini ko'rsatadi. Tsitikolin energiyaning neyronli zahirasini saqlaydi, apoptozni ingibitsiya qilish va atsetilxolin sintezini rag'batlantiradi. Eksperimentda tsetikolinni shuningdek bosh miyaning fokal ishemiyasida profilaktik neyroprop ta'siri ham isbotlangan.

Klinik tekshirishlar tsitikolinni, miya qon aylanishini o'tkir buzilishi bo'lgan pasientlarda funktsional tuzalish ko'rsatgichlarini ishonchli oshirishini ko'rsatadi, bu neyrovizualizasiya ma'lumotlari bo'yicha bosh miyaning ishemik shikastlanishini o'sishini sekinlashishi bilan mos keladi. Kalla suyaki-miya jarohatlari bo'lgan pasientlarda tsitikolin tiklanishni tezlashtiradi va posttavmatik sindromning davomiyligi va jadalligini kamaytiradi.

Tsitikolin diqqat va ong darajasini yaxshilaydi, bosh miyaning ishemiyasi bilan bog'liq bo'lgan amneziya ko'rinishlarini, kognitiv va nevrologik buzilishlarning kamayishiga yordam beradi.

Tarkibi va ishlab chiqarilish shakli

4 ml dan 5 ta dan ampula blisterda. Bir latokda tibbiyotda qo'llanilishiga doir yo'riqnoma bilan birga karton qutiga joylangan.

Diqqat: ushbu sahifadagi preparat tavsifi rasmiy yo‘riqnomaning soddalashtirilgan va to‘ldirilgan versiyasidir. Ma’lumot faqat tanishish maqsadida taqdim etilgan va o‘z-o‘zini davolash uchun qo‘llanma sifatida foydalanilmasligi kerak. Neyrotal preparatini qabul qilishdan oldin albatta shifokor bilan maslahatlashing
Manbalar ro‘yxati:

Neyrotal haqida savollar

Neyrotal haqida fikr-mulohazalar

Reyting 0, 0 ta sharh asosida

Alifbo bo'yicha dori vositalar ro'yxati

scroll-top

Biz portalimiz ishini takomillashtirish maqsadida cookie-fayllardan foydalanamiz. Ishni davom ettirar ekansiz, ulardan foydalanishga rozilik bildirgan bo‘lasiz. Batafsil