Nirmin
Nirmin chiqarish shakllari






Nirmin qo'llanmasi
proteinlar sintezini buzilishi;
buyraklar faoliyatining yaqqol buzilishlari;
jigar faoliyatining yaqqol buzilishlari;
yurak yetishmovchiligining og'ir shakllari;
fruktozani o'zlashtiraolmaslik;
metanol bilan zaharlanish;
giperkaliyemiya;
atsidoz.
“Nirmin 5-STM*” oqsilga past, normal yoki yuqori ehtiyoji bo'lgan turli patologiyali bemorlarni, enteral oziqlanish samarasiz yoki iloji bo'lmagan hollarda parenteral oziqlantirish uchun mo'ljallangan Nirmin 5-STM*da saqlanuvchi almashtirib bo'ladigan va almashtirib bo'lmaydigan L-aminokislotalar tabiiy fiziologik birikmalardir. Ovqat bilan tushadigan va oqsillarning parchalanishi yo'li bilan olinadigan aminokislotalar kabi, parenteral yuboriladigan aminokislotalar ham qon plazmasining erkin aminokislotalarining umumiy tarkibiga tushadi, undan xujayralarga oqsillarning sintezi uchun va turli metabolik yo'llariga ketadi.
Barcha aminokislotalar L-shakllarda bo'lib, bu ularning oqsil biosintezida to'g'ridan-to'g'ri ishtirok etish imkoniyatini ta'minlaydi. Barcha sakkizta almashtirib bo'lmaydigan, shuningdek shartli ravishda almashtirib bo'ladigan L-arginin va L-gistidin saqlaydi. L-arginin ammiakni mochevinaga aylanishiga yordam beradi, jigarda oqsillarning katabolizmida hosil bo'ladigan ammoniyning zaharli ionlarini bog'laydi.
Bu preparatlarda energiyaning asosiy manbai sorbitoldir, u jigarda fruktoza-6-fosfatga fosforlanadi. Sorbitol va fruktozani o'zlashtirilishida insulin ishtirok etmaydi, bu ularni insulinga bog'liq bo'lmagan energiya manbaiga aylantiradi – ular qo'llanganida glyukoza saqlovchi parenteral oziqlanish uchun preparatlar ishlatilganida uchrashi mumkin bo'lgan giperglikemik atsidoz paydo bo'lmaydi. Bundan tashqari, sorbitol glyukozaga qaraganda aminokislotalarning eng yaxshi erituvchisidir, chunki alьdegid va keton guruhlarni saqlamaydi, aminoguruxlar bilan o'zaro ta'sir qilmaydi va aminokislotalarning o'zlashtirilishini pasaytirmaydi.
Parenteral yuborilgan aminokislotalar organizmda oqsil sintezi jarayonida ishlatiladi. Bu jarayonda ishlatilmaydigan aminokislotalar mochevinani hosil bo'lishi bilan dezaminatsiyaga uchraydilar, u so'ngra siydik bilan chiqariladi. Aminokislotalarning T1/2 (sog'lom odamlarda) 5-15 minutni tashkil qiladi. Aminokislotalarning qondagi kontsentratsiyasi tez oshirilganida, ular biotransformatsiyalanishga ulgurmay, organizm tomonidan o'zlashtirilmay, siydik bilan chiqishi mumkin.
Нирмин 10 плюс®* оқсилга паст, нормал ёки юқори эҳтиёжи бўлган турли патологияли беморларни, энтерал озиқланиш самарасиз ёки иложи бўлмаган ҳолларда парентерал озиқлантириш учун мўлжалланган. Нирмин 10 плюс®* да сақланувчи алмаштириб бўладиган ва алмаштириб бўлмайдиган L-аминокислоталар табиий физиологик бирикмалардир. Овқат билан тушадиган ва оқсилларнинг парчаланиши йўли билан олинадиган аминокислоталар каби, парентерал юбориладиган аминокислоталар ҳам қон плазмасининг эркин аминокислоталарининг умумий таркибига тушади, ундан хужайраларга оқсилларнинг синтези учун ва турли метаболик йўлларига кетади.
Барча аминокислоталар L-шаклларда бўлиб, бу уларнинг оқсил биосинтезида тўғридан-тўғри иштирок этиш имкониятини таъминлайди. Барча саккизта алмашитириб бўлмайдиган, шунингдек шартли равишда алмаштириб бўладиган L-аргинин ва L-гистидин сақлайди. L-аргинин аммиакни мочевинага айланишига ёрдам беради, жигарда оқсилларнинг катаболизмида ҳосил бўладиган аммонийнинг заҳарли ионларини боғлайди.
Натрий иони – хужайра ташқарисидаги суюқликнинг асосий катиони бўлиб, у хлориднинг аниони билан бирга гомеостазни тутиб туриш учун асосий элемент ҳисобланади.
Калий иони – хужайра ичидаги суюқликнинг асосий катиони бўлиб, уни умумий парентерал озиқлантиришда инфузион эритмага қўшилиши организмда азотнинг ижобий балансига эришишига ёрдам беради.
Patsiyentning holatiga qarab shaxsiy belgilanadi.
Dozalash patsiyentning yoshi, tana vazni va holatiga qarab, aminokislotaning talab qilinishiga muvofiq buyurilishi kerak.
Preparat v/i infuziya ko'rinishida (yuborish tezligi minutiga 3-4 ml) sutkada tana vazniga qarab, bu sutkada 1-2 g aminokislota/kg ga muvofiq keladi.
Sepsisda, noaniq genezli arterial gipertenziyada, jigar kasalliklarida, shuningdek suyuqlik yuborishni cheklash kerak bo'lgan bemorlarga preparatni ehtiyotkorlik bilan buyurish kerak.
Preparatni buyurishda, preparatning tarkibiga kiruvchi arginin qon plazmasida fosforning kontsentratsiyasini kamayishini va kaliyning kontsentratsiyasini oshishini, ayniqsa qandli diabeti bo'lgan patsiyentlarda chaqirishi mumkin. Shuning uchun har qanday turdagi qandli diabeti bo'lgan bemorlarga Nirmin 10 plyus®* ni faqat insulinoterapiya fonida buyurish mumkin.
Preparat yuborilganida argininni tiopental bilan nomutanosibligini hisobga olish kerak.
Eritmaga amikatsin, ampitsllin, sefotaksim, seftriakson, xloramfenikol, klindamitsin, doksitsiklin, eritromitsin glyutseptati yoki la tobionati ko'rinishida, gentamitsin, netilmitsin, penitsillin, piperatsilin, tetratsiklin, torbamitsin, vankomitsinlarni qo'shish mumkin. Bunday eritmalar xona haroratida 6-24 soatgacha barqaror bo'lib qoladi.
Shuningdek eritmaga aminofillin, kalьtsiy glyukonati, xlorpromazin, simetidin, nizatidin, famotidin, ranitidin, siklofosfamid, sitarabin, digoksin, dopamin, ftoruratsil, folat kislotasi, furosemid, geparin, insulin, propranolol, noradrenalin, lidokain, morfin, metotreksat, metildopa, metilprednizolon, metoklopamid, fitomenadionni qo'shish mumkin. Bunday eritmalarning xona haroratidagi barqarorligi – 24 soatgacha.
Парентерал озиқлантириш
энтерал озиқланишнинг имкони йўқлигида;
овқат ҳазм қилиш аъзоларининг оғир касалликларида (меъда-ичак йўлларининг обструкцияси, камсўрилиш синдроми, ичакнинг яллиғланиш касалликлари, панкреатит, ичак оқмалари);
жароҳатларда;
куйишларда;
сепсисда;
хавфли ўсмаларда;
операциядан олдинги ва кейинги даврда.
Nirmin barcha rasmlari


















