Ташкент
logo
SavatKirish

Nootsid

Nootsid chiqarish shakllari

NOOSID inyeksiya uchun eritma 4ml 1000mg/4ml N5
NOOSID inyeksiya uchun eritma 4ml 1000mg/4ml N5
Hindiston
Ishlab chiqaruvchi:
Reannon Pharmaceuticals
- Nootsid qabul qilish bo'yicha ma'lumot
- Nootsidning tarkibi
- Nootsid ko'rsatmalar va qarshi ko'rsatmalar
- Nootsid narxi Toshkent dorixonalarida

Nootsid qo'llanmasi

Ishlab chiqarilish joyi
Hindiston
Kategoriya
Faol modda
Saytda e'lon qilingan ma'lumotlar mutaxassislar uchun mo'ljallangan. O'zingizni-o'zingiz davolash bilan shug'ullanmang. Sog'lig'ingizga zarar bermaslik uchun mutaxassis bilan maslahatlashishga ishonch hosil qiling!
Umumiy ma'lumot

QO‘LLASH BO‘YICHA YO‘RIQNOMA

NOOSID

NOOCID

Preparatning savdo nomi: Noosid

Ta‘sir etuvchi modda (XPN): sitikolin natriy

Dori shakli: in‘eksiya uchun eritma 1000 mg/4 ml

Tarkibi:

Har bir ampula quyidagilarni saqlaydi:

faol modda: sitikolin – 1000 mg;

yordamchi moddalar: metil paraben, propil paraben, dinatriya EDTA, natriya metabisulfit, in‘eksiya uchun suv.

Ta‘rifi: tiniq, rangsiz eritma

Farmakoterapevtik guruhi: nootrop vosita.

ATX kodi: N06BX06

Farmakologik xususiyatlari

Sitikolin neyronlarning membranasida struktur fosfolipidlarni biosintezini rag‘batlantiradi, bu membranalarning faoliyatini, shuningdek ionlar almashinuvi nasoslari va neyroreseptorlarning faoliyatini yaxshilanishiga yordam beradi. Membranaga barqarorlashtiruvchi ta‘sir qilishi tufayli, sitikolin shishga qarshi hususiyatlarga ega va miya shishini oldini oladi. Sitikolin bosh miya jarohatlari va bosh miyada qon aylanishini o‘tkir buzilishi kabi patologik jarayonlardan keyingi serebral disfunksiya bilan bog‘liq bo‘lgan simptomlarning yaqqolligini susaytiradi. Sitikolin amneziyaning darajasini kamaytiradi, kognitiv, sensitiv va motor buzilishlarida bosh miyaning holatini yaxshilaydi. Sitikolin gipoksiyada va bosh miya ishemiyasida kuzatiladigan simptomlar, jumladan xotirani yomonlashuvi, emosional labillik, kundalik ishlarni bajarish va o‘ziga xizmat ko‘rsatishda kuzatiladigan qiyinchiliklarni yaxshilaydi.

Farmakokinetikasi

Garchi sitikolin organizmda mavjud bo‘lgan tabiiy birikma hisoblanar ekan, ekzogen va endogen sitikolinning miqdoriy jihatdan aniqlash qiyinligi tufayli, klassik farmakokinetik tekshirishlarni bajarish imkoni yo‘qdir. Preparatning biokiraolishligini tekshirish, preparat peroral qabul qilinganida yoki parenteral yo‘l bilan yuborilganida uning biokiraolishligi deyarli bir xil ekanligini ko‘rsatdi. Farmakokinetik tekshirishda sitikolinni deyarli to‘liq so‘rilishi kuzatilgan. Organizmdan chiqarilishi juda sekin, asosan nafas yo‘llari orqali va siydik bilan chiqariladi. 5 kun davomida yuborilganidan so‘ng dozaning taxminan 16% aniqlangan, bu dozaning qolgan qismi metabolizmga uchraganligidan dalolat beradi.

Qo‘llanilishi

  • Ishemik insultni o‘tkir davrida;
  • Ishemik va gemorragik insultlarni tiklanish davrida;
  • Bosh miya jarohatlari – o‘tkir va tiklanish davrida;
  • Bosh miyani degenerativ va tomirli kasalliklarida kognitiv buzilishlarni davolash uchun qo‘llanadi.

Qo‘llash usuli va dozalari

Preparat vena ichiga yoki mushak ichiga yuboriladi.

Preparat vena ichiga in‘eksiya holida sekin (buyurilgan dozaga qarab 3-5 minut davomida) yoki vena ichiga tomchilab (minutiga 40-60 tomchidan) yuboriladi.

Vena ichiga yuborish yo‘li mushak ichiga yuborish yo‘liga nisbatan afzaldir. Mushak ichiga yuborilganida preparatni aynan bir joyga yuborishdan saqlanish kerak.

Ishemik insultni o‘tkir davri va bosh miya jarohatlari (BMJ): tashxis qo‘yilganidan so‘ng birinchi sutkadan boshlab, 1000 mg dan har 12 soatda yuboriladi, davolash davomiyligi kamida 6 haftani tashkil etadi.

Ishemik va gemorragik insultlarning tiklanish davri, BMJ ni tiklanish davri, bosh miyani degenerativ va qon tomir kasalliklaridagi kognitiv va hulq-atvor buzilishlari: kuniga 500-2000 mg ni tashkil etadi. Preparatning dozasi va davolash davomiyligi kasallikning simptomlarini og‘irligiga bog‘liq.

Ongni davomli buzilishlarida kasallikni birinchi bosqichlaridan boshlab preparatni uzluksiz ravishda qo‘llash mumkin.

Keksa yoshdagi pasientlarga Noosid preparati vena ichiga yoki mushak ichiga yuborilganida, uning dozasiga tuzatish kiritish talab etilmaydi.

Ampulaning ichidagi vena ichiga va mushak ichiga yuborish uchun eritma bir marta yuborish uchun mo‘ljallangan. Ampula ochilganidan so‘ng eritmani zudlik bilan ishlatish kerak. Preparat vena ichiga yuboriladigan barcha izotonik eritmalar va dekstroza eritmalari bilan mutanosibdir.

Nojo‘ya ta‘sirlari

Juda kam hollarda (< 1/10000) (shu jumladan individual holatlar): allergik reaksiyalar (teri toshmalari, terini qichishishi, anafilaktik shok), bosh og‘rig‘i, bosh aylanishi, qizib ketish hissi, tremor, ko‘ngil aynishi, qusish, diareya, gallyusinasiyalar, shishlar, hansirash, uyqusizlik, qo‘zg‘aluvchanlik, ishtahani pasayishi, falaj bo‘lgan qo‘l-oyoqlarni uvishishi, jigar fermentlari faolligini o‘zgarishi bo‘lishi mumkin. Ayrim hollarda parasimpatik nerv tizimini rag‘batlantirishi, shuningdek arterial bosimni qisqa vaqt o‘zgartirishi mumkin.

Qo‘llash mumkin bo‘lmagan holatlar

Preparatni yaqqol vagotoniyasi (vegetativ nerv tizimining parasimpatik qismi tonusini ustun bo‘lishi) bo‘lgan bemorlarga va preparatning har qanday komponentiga yuqori sezuvchanlikda buyurish mumkin emas. Homiladorlik va laktasiya. Klinik ma‘lumotlar yetarli bo‘lmaganligi sababli, 18 yoshgacha bo‘lgan bolalarga qo‘llash tavsiya etilmaydi.

Dorilarning o‘zaro ta‘siri

Sitikolin levodopaning samarasini kuchaytiradi. Meklofenopat saqlovchi dori vositalari bilan bir vaqtda qo‘llash mumkin emas.

Sitikolin preparatini qon ketishini to‘xtatuvchi vositalar, bosh miya ichki bosimiga qarshi antigipertenziv vositalar va odatdagi perfuzion suyuqliklar bilan bir vaqtda qo‘llash mumkin.

Maxsus ko‘rsatmalar

Bosh miya jarohatlarida bosh miya ichki bosimini pasaytirish uchun mannitol va kartikosteroid vositalar kabi dori preparatlarini buyurish kerak.

Bosh miyaga qon quyilganida sitikolinning bir marta yuboriladigan dozasini 500 mg dan oshirish mumkin emas, bunday holatda dozalarini bo‘lib bo‘lib (100-200 mg sutkada 2-3 marta) yuborish mumkin.

Homiladorlik va laktasiyada qo‘llanishi

Homiladorlikda ona uchun kutilgan foyda homila uchun potensial havfdan ustun bo‘lgan hollardagina preparatni qo‘llash mumkin.

Laktasiya davrida preparatni qo‘llash zarurati bo‘lganida emizishni to‘xtatish masalasini hal qilish kerak.

Pediatriyada qo‘llanishi

Bolalar va 18 yoshgacha bo‘lgan o‘smirlarda preparatni qo‘llash samaradorligi va havfsizligi aniqlanmagan.

Avtotransportni haydash va mexanizmlarni boshqarish qobiliyatiga ta‘siri

Davolanish vaqtida pasientlar avtomobilni boshqarish va psixomotor reaksiyalar tezligini talab etuvchi inlarni bajarishda ehtiyotkorlikka rioya qilish kerak.

Preparat bolalar ololmaydigan joyda saqlansin o‘ramida ko‘rsatilgan yaroqlilik muddati tugaganidan so‘ng ishlatilmasin.

Dozani oshirib yuborilishi

Preparatning toksikligi kam bo‘lganligi sababli dozani oshirib yuborilish hollari ta‘riflanmagan.

Chiqarilish shakli

4 ml dan preparat shisha ampulada. 5 ampuladan PVX plyonkali blisterda qo‘llash bo‘yicha yo‘riqnomasi bilan birga karton qutida.

Saqlash sharoiti

Quruq, quyosh nurlaridan himoyalangan joyda va 25oS dan yuqori bo‘lmagan haroratda saqlansin.

Yaroqlilik muddati

3 yil.

Dorixonalardan berish tartibi

Resept bo‘yicha.

Ulashish:

Nootsid barcha rasmlari

Barcha rasmlar

Nootsid savollari

Nootsid fikr-mulohazalari

Reyting 0, 0 ta sharh asosida

Alifbo bo'yicha dori vositalar ro'yxati

scroll-top

Biz portalimiz ishini takomillashtirish maqsadida cookie-fayllardan foydalanamiz. Ishni davom ettirar ekansiz, ulardan foydalanishga rozilik bildirgan bo‘lasiz. Batafsil