Ташкент
logo
SavatKirish

Trigrim

Trigrim chiqarish shakllari

TRIGRIM tabletkalari 2,5mg N30
Retseptli
TRIGRIM tabletkalari 2,5mg N30
Polsha
Ishlab chiqaruvchi:
Farmasevticheskiy zavod AO "Polfarma"
- Trigrim qabul qilish bo'yicha ma'lumot
- Trigrimning tarkibi
- Trigrim ko'rsatmalar va qarshi ko'rsatmalar
- Trigrim narxi Toshkent dorixonalarida

Trigrim qo'llanmasi

Ishlab chiqarilish joyi
Polsha
Kategoriya
Nimaga qarshi
Saytda e'lon qilingan ma'lumotlar mutaxassislar uchun mo'ljallangan. O'zingizni-o'zingiz davolash bilan shug'ullanmang. Sog'lig'ingizga zarar bermaslik uchun mutaxassis bilan maslahatlashishga ishonch hosil qiling!
Qo'llanilishi mumkin bo'lmagan holatlar

Torasemidga, sulfonilmochevina hosilalariga yoki yordamchi moddalarning birontasiga yuqori sezuvchanlik

  • Anuriya bilan kechuvchi buyrak etishmovchiligi

  • Jigar komasi va koma oldi holati

  • Arterial gipotenziya

  • Homiladorlik va laktasiya davri

  • Taxiaritmiyalar

  • Aminoglikozid antibiotiklar yoki tsefalosporinlarni bir vaqtda qabul qilish yoki buyrakni shikastlanishini chaqiruvchi boshqa preparatni qabul qilgandan keyingi buyrak etishmovchiligida qo'llash mumkin emas.



Tarkibi

Bir tabletka quydagilarni saqlaydi

faolol: 2.5 mg, 5 mg yoki 1 0 mg, torasemid;

moddalar yordamchi: laktoza monohidrat, makkazhyhori kraxmal, dioksidi kolloid, magniy stearat nima kerak.

Farmakodinamikasi

Torasemid halqali diuretik hisoblanadi. Ammo kichik dozalarda uning farmakodinamik profili diurezning darajasi va davomiyligi nuqtai nazaridan tiazid diuretiklarini eslatadi. Torasemid yuqori dozalarda dozaga qarab diurezni kuchaytiradi, bunda ta'siri juda yaqqol bo'lishi mumkin.

Farmakokinetikasi

Ichga yuborilganidan keyin torasemid tez va deyarli to'liq so'riladi, plazmadagi maksimal kontsentrasiyasiga esa bir-ikki soat o'tgach erishiladi.

Torasemidning 99% dan ko'prog'i plazma oqsillari bilan bog'lanadi. Taqsimlanish hajmi 16 litrni tashkil qiladi.

Torasemid uchta metabolitlargacha M1, m3 va M5 bosqichma-bosqich oksidlanishi, gidroksi guruhini qo'shilish va aromatik halqaga gidroksi guruhini qo'shilish yo'li bilan biotransformasiyaga uchraydi.

Torasemid va uning metabolitlarining sog'lom shaxslardagi yakuniy yarim chiqarilish davri uch soatdan to'rt soatgachani tashkil qiladi. Torasemidning umumiy klirensi minutiga 40 ml ni tashkil qiladi, buyrak klirensi esa taxminan minutiga 10 ml.

Yuborilgan dozaning taxminan 80% o'zgarmagan holda va metabolitlari ko'rinishida buyrak naychalariga chiqariladi: torasemid – 24%, M1 – 12%, m3 – 3%, M5 – 41%. Buyrak etishmovchiligida torasemidning yarim chiqarilish davri o'zgarmaydi

Homiladorlik va laktatsiya davrida qo'llanishi

Torasemidni embrionga va homilaga ta'siri bo'yicha, inson ishtirokidagi tadqiqotlar haqidagi ma'lumotlar yo'q. Kalamushlarda o'tkazilgan tadqiqotlarda torasemidni teratogen ta'siri aniqlanmagan bo'lsa ham, urg'ochi-homilador quyonlarga dori preparatning yuqori dozalarini yuborilgan keyin homilani deformasiyasi kuzatilgan. Shuningdek torasemidni ko'krak sutiga chiqarilishi bo'yicha tadqiqotlar o'tkazilmagan.

Shuning uchun Trigrimni homiladorlik va emizish davrida qo'llash mumkin emas.

Dozirovkasi

Dori preparati ichga qabul qilish uchun mo'ljallangan.

Kattalar:

Birlamchi arterial gipertenziya:

Torasemidni tavsiya qilinadigan dozasi sutkada 1 marta 2,5 mg ni tashkil qiladi. Zarurati bo'lgan hollarda doza 5 mg gacha sutkada 1 marta oshiriladi. Tadqiqotlar natijalariga ko'ra, sutkada 5 mg gacha oshirilgan doza keyinchalik arterial bosimini pasayishiga olib kelmaydi. Maksimal samaraga taxminan 12 xafta to'xtovsiz davolangandan so'ng erishiladi.

Shishlar:

Tavsiya qilinadigan doza sutkada 1 marta 5 mg ni tashkil qiladi. Zarurati bo'lgan hollarda doza asta-sekin 20 mg gacha sutkada 1 marta oshiriladi. Yakka hollarda hatto sutkada 40 mg gacha yuboriladi.

Keksa yoshdagi pasientlar:

Keksa yoshdagi pasientlarda doza qo'shimcha tuzatish kiritish talab etilmaydi.

Bolalar:

Bolalarda torasemidni qo'llash xavfsizligi bo'yicha etarli klinik ma'lumotlar yo'q.

Trigrim preparatini dozasini qabul qilishni o'tkazib yuborilgan holatlarda:

Agar preparat aniq buyurilgan vaqtda qabul qilinmagan bo'lsa, uni iloji boricha tez qabul qilish lozim (agar navbatdagi qabul qilish vaqtiga ko'p vaqt bo'lsa) yoki preparatni doimiy qabul qilishni davom ettirish lozim. O'tkazib yuborilgan dozani to'ldirish uchun dozani ikki marta qabul qilish mumkin emas.

Dozani oshirib yuborilishi

Dozani oshirib yuborilganda suyuqlik va elektrolitlarni yo'qotilishini xavfi bilan bog'liq bo'lgan kuchli diurez kuzatilishi mumkin, bu uyquchanlik va ongni chalkashishi, gipotenziya va yurak-qon tomir kollapsiga olib kelishi mumkin. Shuningdek, me'da-ichak yo'llari tomonidan buzilishlar kuzatilishi mumkin.

Buyurilgan dozadan yuqori dozada preparatni qo'llanilganda, shifokorga yoki farmasevtga darhol murojaat qilish lozim.

Maxsus saqlash sharoitlari

Davolashni boshlashdan oldin gipokaliemiyani, giponatriemiyani va siyishni buzilishini kompensasiya qilish kerak.

Torasemid bilan uzoq muddat davolaganda elektrolit muvozanati qonda, glyukoza, siydik kislotasi, kreatinin va lipidlarning vaqti-vaqti bilan nazorat qilish ko'rsatilgan.

Giperurikemiyaga va siydik kislotasi diatezga moyilligi bo'lgan pasientlarni sinchikovlik bilan kuzatish tavsiya qilinadi.

Shuningdek qandli diabetning yashirin yoki manifest shaklida uglevodlarning metabolizmini nazorat qilish kerak.

Laktozani saqlashni e'tiborga olib, mahsulotni galaktozani nasliy o'zlashtiraolmaslik, Lapp laktaza tanqisligi yoki glyukoza-galaktoza malsorbtsiyasi sindromi bo'lgan pasientlarda qo'llash mumkin emas.

Dori vositalarining o'zaro ta'siri

So'nggi vaqtda barcha qabul qilingan, xatto reseptsiz beriladiganlari haqida ham shifokorga xabar berish zarur.

Yurak glikozidlari bilan bir vaqtda qo'llanganida kaliy va (yoki) magniy tanqisligi, miokardni ushbu dori preparatlariga sezgirligi oshishi mumkin. Mineralo - va glyukokortikosteroidlar, shuningdek surgi vositalari bilan majmuada torasemid kaliyni siydik bilan chiqarilishini kuchaytirishi mumkin.

Boshqa diuretiklar bilan bo'lgan hollardagi kabi, torasemid bir vaqtda qo'llanuvchi dori preparatlarning gipotenziv samarasini kuchaytirishi mumkin.

Torasemid, ayniqsa yuqori dozalarda qo'llanganda aminoglikozidlar guruxi antibiotiklari, tsisplatinning toksik ta'sirini, tsefalosporinlarning nefrotoksik ta'sirini va litiyning kardio - va neyrotoksik samaralarini kuchaytirishi mumkin. Kurare saqlovchi periferik miorelaksantlar va teofillinning ta'siri ham kuchayishi mumkin. Salisilatlarning yuqori dozalarini qabul qilayotgan pasientlarda ularning toksikligini oshirishi mumkin. Ayni vaqtda gipoglikemik dori preparatlarining ta'sirini aksincha pasayishi mumkin.

Torasemidni ketma-ket yoki bir vaqtda qabul qilinadi, shuningdek, AAF yangi ingibitorlari bilan davolashni boshlashdagi kabi arterial bosimni o'tkinchi pasayishini chaqirishi mumkin. Bu samarani AAF ingibitorning boshlang'ich dozasini va (yoki) torasemidning dozasini pasaytirish (yoki vaqtincha uni bekor qilish orqali) kamaytirish mumkin. Torasemid arteriyalarning pressor omillarga masalan, adrenalin va noradrenalinga, sezuvchanligini pasaytirishi mumkin.

Nosteroid yallig'lanishga qarshi preparatlar (masalan, indometasin) va probenesid torasemidning diuretik va gipotenziv ta'sirini susaytirishi mumkin.

Torasemid va xolesteraminni birga qo'llash odamlarda o'rganilmagan, ammo hayvonlarda o'tkazilgan tadqiqotlar ma'lumotlariga ko'ra bunday majmua peroral yuborilgandan keyin torasemidning so'rilishini pasayishini chaqirgan.

Tarkibi va ishlab chiqarilish shakli

10 tabletkadan blisterda, 3 blisterdan (30 tabletka) tibbiyotda qo'llanilishiga doir yo'riqnomasi bilan birga karton qutida.

Nojo'ya samaralari

Har qanday boshqa preparat kabi, Trigrim ham nojo'ya ta'sir chaqirishi mumkin.

Qon va limfatik tizim tomonidan buzilishlar

Periferik qonda eritropeniya, leykopeniya, trombositopeniya holatlari haqida yakka xabarlar mavjud.

Nerv tizimi tomonidan buzilishlar

Kam hollarda qo'l va oyoqlarda paresteziya ta'riflangan.

Ko'rish a'zosi tomonidan buzilishlar

Alohida hollarda: ko'rishni buzilishi.

Eshitish va muvozanat a'zolari tomonidan buzilishlar:

Alohida hollarda: quloqlarda shovqin va eshitishni yo'qolishi.

Qon tomir buzilishlari

Kam hollarda tromboembolik asoratlar, va qonning quyilishi bilan bog'liq qon aylanishning buzilishlari yuz berishi mumkin.

Me'da-ichak yo'llari tomonidan buzilishlar

Og'iz bo'shlig'ini qurishi.

Me'da-ichak yo'llari tomonidan buzilishlari.

Alohida hollarda pankreatit ta'riflangan.

Jigar va o't chiqarish yo'llari tomonidan buzilishlar

Jigarning ayrim fermentlarining, masalan GGT, darajasini oshishi.

Teri va teri osti kletchatkasi tomonidan buzilishlar

Alohida hollarda qichishish, toshma va fotosensibilizasiya kabi allergik reaktsiyalar kuzatilishi mumkin.

Buyrak va siydik-chiqarish yo'llari tomonidan buzilishlar

Siydik-chiqarish yo'llarining torayishi bo'lgan pasientlarda siydik chiqarilishini tutilishi mumkin.

Ba'zi hollarda plazmada mochevina va kreatinin darajasini oshishi yuz berishi mumkin.

Diagnostik tekshiruvlar

Boshqa diuretiklar hollaridagi kabi doza va davolash davomiyligiga qarab, ayniqsa tuzni iste'mol qilinishi ahamiyatli cheklanganda suv va elektrolitlar muvozanatining buzilishi yuz berishi mumkin.

Gipokaliemiya yuz berishi mumkin (ayniqsa kaliyning miqdori past bo'lgan parhez hollarida yoki qusishda, diareyada yoki surgi dori preparatlari haddan ziyod ko'p qabul qilinganida, shuningdek jigar etishmovchiligida).

Agar diurez yaqqol bo'lsa elektrolitlarning va suyuqlikning tanqisligini (ayniqsa davolanishning boshida, shuningdek keksa yoshdagi pasientlarda) bosh og'rig'i, bosh aylanishi, gipotenziya, uyquchanlik, ongni chalkashishi holati, ishtahani yo'qolishi va tirishishlar kabi ob'ektiv va sub'ektiv belgilari boshlanishi mumkin. Bunday vaziyatda dozaga tegishli tuzatish kiritish kerak bo'lishi mumkin.

Plazmada siydik kislotasi, glyukoza va lipidlarning darajasini oshishi yuz berishi mumkin.

Shuningdek metabolik alkalozni zo'rayishi yuz berishi mumkin.

Trigrim preparati bilan davolash vaqtida ayrim pasientlarda boshqa nojo'ya samaralar paydo bo'lishi mumkin. Ushbu yo'riqnomada ko'rsatilmagan boshqa nojo'ya samaralar yoki bu yo'riqnomada keltirilmagan xar qanday nojo'ya samaralar paydo bo'lgan holatda, shifokorga murojaat qilish zarur.

Qo'llanilishi

Birlamchi arterial gipertenziya.

Jigar va buyrak etishmovchiligidagi shish sindromi.

Dimlangan yurak etishmovchiligidagi shish sindromi, o'pka shishida qo'llanadi.

Sotuvi

Retsept bo'yicha.

Trigrim barcha rasmlari

Barcha rasmlar

Trigrim savollari

Trigrim fikr-mulohazalari

Reyting 0, 0 ta sharh asosida

Alifbo bo'yicha dori vositalar ro'yxati

scroll-top

Biz portalimiz ishini takomillashtirish maqsadida cookie-fayllardan foydalanamiz. Ishni davom ettirar ekansiz, ulardan foydalanishga rozilik bildirgan bo‘lasiz. Batafsil