Ташкент
logo
SavatKirish

ALDES sirop 150ml 2,5mg/5ml

Mahsulot haqida tafsilotlar
Ishlab chiqarilgan joyi:Turkiya
Faol modda:Dezloratadin
Ishlab chiqaruvchi:Pharmactive Ilac San. Ve Tic. A.S.
Teglar:Allergiyadan
ATX kodi:R06AX27
Barcha ALDES dorilari
Mavjud emas
Dorixonadan topish
To‘lov va yetkazib berish usullari Toshkentda
Olib ketish
Ertaga yoki keyinroq 0 ta dorixonadan
Dorixonada karta yoki naqd to‘lov
Yetkazib berish
2 soat ichida yoki ertaga, yetkazib berish narxi onlayn dorixonada ko‘rsatilgan tarif bo‘yicha. Onlayn yoki kuryerga to‘lov

ALDES sirop 150ml 2,5mg/5ml o'xshash dorilari

KLARITIN tabletkalari 10mg N10
Retseptsiz
KLARITIN tabletkalari 10mg N10
Germaniya
Vakil:
Bayer
Ishlab chiqaruvchi:
Bayer Consumer Care AG
•102 ta dorixonada bor
Narxi
30 000 so'm dan
ZODAK tabletkalari 10mg N30
Retseptsiz
ZODAK tabletkalari 10mg N30
Chexiya
Vakil:
Sanofi
Ishlab chiqaruvchi:
Zentiva k.s.
•137 ta dorixonada bor
Narxi
60 000 so'm dan
FENISTIL NYu tomchilar dlya priema vnutr 20ml 0,1%
Retseptsiz
FENISTIL NYu tomchilar dlya priema vnutr 20ml 0,1%
Shveytsariya
Ishlab chiqaruvchi:
Novartis Consumer Health S.A.
•118 ta dorixonada bor
Narxi
59 000 so'm dan
KLARITIN tabletkalari 10mg N10
Retseptsiz
KLARITIN tabletkalari 10mg N10
Germaniya
Vakil:
Bayer
Ishlab chiqaruvchi:
Bayer Consumer Care AG
•102 ta dorixonada bor
Narxi
30 000 so'm dan

ALDES sirop 150ml 2,5mg/5ml qo'llanmasi

Saytda e'lon qilingan ma'lumotlar mutaxassislar uchun mo'ljallangan. O'zingizni-o'zingiz davolash bilan shug'ullanmang. Sog'lig'ingizga zarar bermaslik uchun mutaxassis bilan maslahatlashishga ishonch hosil qiling!
Tarkibi va ishlab chiqarilish shakli

5 ml sirop quyidagilarni saqlaydi:
faol modda: dezloratadin - 2,5 mg;
yordamchi moddalar: sorbitol, propilenglikolь, limon kislotasining monogidrati, trinatriy sitrat digidrat, natriy benzoat, dinatriy edetat, saxaroza, qulupnay xushbo'yi, deionlashtirilgan suv.

Farmakodinamikasi

Dezloratadin N1-gistamin retseptorlarining uzoq ta'sirga ega antogonistdir. Sedativ ta'sir ko'rsatmaydi. Ichga qabul qilingandan keyin markaziy nerv tizimiga ta'sir qilmaydi.

Farmakokinetikasi

So'rilishi
Ichga qabul qilinganda kattalar va o'smirlarda dezloratadinning qon plazmadagi kontsentratsiyasi 30 minutdan so'ng aniqlaniladi. Dezloratadin yaxshi so'riladi; plazmadagi maksimal kontsentratsiyasiga taxminan 3 soatdan keyini erishiladi. Yarim chiqarilishning terminal davri taxminan 27 soatni tashkil etadi.
Taqsimlanishi
Qon plazmasi oqsillari bilan bog'lanishi 83-87% ni tashkil etadi. Pediatrik amaliyotda dezloratadinning bir martalik tavsiya qilingan dozalarda qo'llanilganda ta'siri AUC va Cmax ko'rsatkichi 5 mg sirop shaklida dezloratadin qabul qilgan kattalardagi ko'rsatkichlar bilan bir xil bo'lganligi aniqlangan.
Biotrasformatsiyasi
Dezloratadin jigarda metabolizmga uchraydi.
Chiqarilishi
Dezloratadinni bir martada 7,5 mg dozada qabul qilinganda ovqatlanish (yog'li va yuqori kaloriyali nonushta) dezloratadinni taqsimlanishiga ta'sir ko'rsatmaydi. Greypfurt sharbati ham dezloratadinga ta'sir qilmaydi.

Nojo'ya samaralari

Nojo'ya ta'sirlarni uchrash tezligi: juda tez-tez (≥1/10); tez-tez (≥1/100 dan ˂1/10 gacha); tez-tez emas (≥1/1000 dan ˂1/100 gacha); kam hollarda (≥10000 dan ˂1/100 gacha); juda kam hollarda (˂1/10000); tez-tezligi noma'lum (majud ma'lumotlar asosida baholab bo'lmaydi).
Nerv tizimi tomonidan
Tez-tez: charchoqlik Tez-tez emas: bosh og'rig'i
Ovqat hazm qilish tizimi tomonidan
Tez-tez emas: og'izni qurishi.
Postmarketing tadqiqotlar
Ruhiyat tomonidan:
Juda kam hollarda: gallyutsinatsiyalar
Nerv tizimi tomonidan
Juda kam hollarda: bosh aylanishi, uyquchanik, uyqusizlik, psixomotor qo'zg'aluvchanlik
Yurak qon-tomir tizimi tomonidan
Juda kam hollarda: taxikardiya, yurak urishini xis qilish.
Ovqat xazm qilish tizimi tomonidan
Juda kam hollarda: abdominal og'riqlar, ko'ngil aynishi, qusish, dispepsiya, diareya
Gepatobiliar tizim tomonidan
Juda kam hollarda: jigar fermentlari faolligi va bilirubin darajasini oshishi, gepatit
Suyak-mushak tizimi va biriktiruvchi to'qimalar tomonidan
Juda kam hollarda: mialgiya
Umumiy buzilishlar va mahalliy reaktsiyalar:
Juda kam hollarda: yuqori sezuvchanlik reaktsiyalari (anafilaksiya, angioedema, hansirash, qichishish, toshma, shish).
Shubxali nojo'ya reaktsiyalar kuzatilganda xabar berilishi
Dori preparati ro'yxatdan o'tkazilgandan so'ng shubxali nojo'ya reaktsiyalar kuzatilganda xabar berilishi muhim ahamiyatga ega. Bu dori vositasini qo'llashda xavf/foyda nisbatini uzoq muddat nazoratini o'tkazishga imkon beradi.

Maxsus saqlash sharoitlari

2 yoshdan kichik bolalarda allergik rinitni rinitning boshqa turlaridan differentsiatsiya qilish juda qiyin. Yuqori nafas yo'llarining infektsiyalari yoki struktur anomaliyalari bo'lmaganida, anamnez, patsiyentni fizikal tekshiruvi, muvofiq laborator tekshirishlar va teri sinamalari ayniqsa muhim ahamiyatga egadir.
Kattalar va 2-11 yoshdagi bolalarning taxminan 6% da metabolizmni fenotipik yetishmovchiligi va dezloratadinni yuqori kontsentratsiyasi kuzatiladi. Metabolizmni fenotipik yetishmovchiligi bo'lgan 2-11 yoshdagi bolalarda xavfsizlik profili metabolizmi normal bo'lgan bolalardagi xuddi shunday ko'rsatkich bilan bir xil. Metabolizmni buzilishi bo'lgan 2 yoshdan kichik bolalarda dezloratadinning samaradorligi aniqlanmagan.
Og'ir darajadagi buyrak yetishmovchiligida preparatni ehtiyotkorlik bilan buyurishda kerak.
Saxaroza va sorbitol: Aldes siropi saxaroza va sorbitol saqlaydi, shu boisdan sirop fruktozani o'zlashtiraolmaslik, glyukoza-galaktoza malьabsorbtsiyasi sindromi yoki saxarazo-izomalьtaza yetishmovchiligi kabi kam uchraydigan nasliy kasalliklari bo'lgan patsiyentlarga buyurilmaydi.
Natriy: Aldes siropining bitta dozasi 1 mmolь (23 mg) dan kam natriy saqlaydi; bunday miqdorlarda natriy bilan bog'liq biron-bir nojo'ya samaralar kutilmaydi.

Qo'llanilishi

Allergik rinitlarning siptomlari (masalan, burun oqishi, burun bitishi va qichishishi, ko'zni qichishishi va qizarishi, ko'z yoshini oqishi, tanglayni ta'sirlanishi, yo'tal) va eshakemi (masalan, terini shishi va qizarishi) ni yengillashtirishda qo'llaniladi.

Qo'llanilishi mumkin bo'lmagan holatlar

Faol moddaga, preparatning birorta komponentiga yoki loratadinga o'ta yuqori sezuvchanlikda qo'llash mumkin emas.

Dori vositalarining o'zaro ta'siri

Klinik tadqiqotlarda dezloratadin tabletkalarini eritromitsin va ketokonazol bilan birga qo'llaganda o'zaro ta'sir kuzatilmagan. Dezloratadin alkogolning salbiy samarasini potentsiya qilmaydi. Dezloratadin peroral kontratseptiv vositalar bilan o'zaro ta'sirga kirishishi mumkin. Shu sababdan, davolash vaqtida kontratseptsiyaning alьternativ samarali va xavfsiz usullaridan foydalanish tavsiya etiladi.

Dozirovkasi

Vaqti-vaqti bilan avj oluvchi allergik rinitda (haftada 4 kundan kam yoki yiliga 4 haftadan kam vaqt davomida simptomlarni bo'lishi) Aldes preparatini qo'llash mumkin. Davolashni, simptomlar o'tib ketgandan keyin to'xtatish va simptomlar qayta paydo bo'lgandan keyin qayta tiklash mumkin. Doimiy rivojlanib turuvchi allergik riniti bo'lgan patsiyentlarda (simptomlarni haftada 4 va undan ko'p kun va yiliga 4 haftadan ko'p vaqt davomida bo'lishi) allergenlar ta'sir ko'rsatganida preparatni uzoq vaqt qo'llash tavsiya qilinadi.
Dozani to'g'ri qabul qilish uchun maxsus o'lchov qoshiqchasi qo'llaniladi (5 ml). Aldes sirop ovqatlanishdan qat'iy nazar qabul qilinadi.
6-11 oydagi bolalarga 2 ml dan (1 mg) sutkada 1 marta buyuriladi.
1-5 yoshdagi bolalarga 2,5 ml dan (1,25 mg) sutkada 1 marta buyuriladi.
6-11 yoshdagi bolalarga 5 ml dan (1,25 mg) sutkada 1 marta buyuriladi.
Kattalar va 12 yoshdan kattalarga: 10 ml dan (5 mg) sutkada 1 marta buyuriladi.
Alohida guruh bemorlariga qo'shimcha ma'lumotlar
Buyrak yetishmovichligi
Og'ir buyrak yetishmovchiligi bo'lgan bemorlarga preparatni ehtiyotkorlik bilan buyuriladi.
Jigar yetishmovchiligi
Jigar yetishmovchiligi bo'lganda preparatni qo'llash bo'yicha alohida ma'lumotlar mavjud emas.
Geriatrik patsiyentlar
Keksa yoshdagi patsiyentlarda preparatni qo'llash bo'yicha spetsifik tadqiqotlar yo'q.

Dozani oshirib yuborilishi

Dozani oshrib yuborilishida so'rilmagan ta'sir etuvi moddani chiqarishga qaratilgan standart choralarni o'tkaziladi. Simptomaik va tutib turuvchi davolash tavsiya qilinadi. Dezloratadin gemodializ orqali chiqarilmaydi. Uni peritonial dializ orqali chiqarilishi noma'lum.

Homiladorlik va laktatsiya davrida qo'llanishi

Preparatni homilador ayollarda qo'llash yuzasidan ma'lumotlar yetarli emas.
Homiladorlik davrida preparatni qo'llashdan saqlanish tavsiya etiladi. Dezloratadin ko'krak sutiga o'tishi sababli uni laktatsiya davrida qo'llash mumkin emas.

Xususiyatlar ALDES sirop 150ml 2,5mg/5ml

ALDES sirop 150ml 2,5mg/5ml boshqa chiqarish shakllari

ALDES tabletkalari 5mg N20
ALDES tabletkalari 5mg N20
Turkiya
Ishlab chiqaruvchi:
Pharmactive Ilac San. Ve Tic. A.S.
•7 ta dorixonada bor
Narxi
67 000 so'm dan

ALDES sirop 150ml 2,5mg/5ml analoglari

ERIUS sirop 60ml 0,05%
Retseptsiz
ERIUS sirop 60ml 0,05%
Belgiya
Ishlab chiqaruvchi:
Shering-Plau Labo N.V.
ERIUS tabletkalari 5mg N10
Retseptsiz
ERIUS tabletkalari 5mg N10
Belgiya
Ishlab chiqaruvchi:
Shering-Plau Labo N.V.
•3 ta dorixonada bor
Narxi
210 000 so'm dan
EZLOR 0,005 tabletkalari N10
EZLOR 0,005 tabletkalari N10
Rossiya Federatsiyasi
Ishlab chiqaruvchi:
OOO «Ozon»
EZLOR SOLYUSHN TABLETS 0,005 tabletkalari N10
EZLOR SOLYUSHN TABLETS 0,005 tabletkalari N10
Rossiya Federatsiyasi
Ishlab chiqaruvchi:
OOO «Ozon»
LORDESTIN 0,005 tabletkalari N30
Retseptsiz
LORDESTIN 0,005 tabletkalari N30
Rossiya Federatsiyasi
Ishlab chiqaruvchi:
Gedeon Rixter, AO
LORDESTIN tabletkalari 5mg N10
Retseptsiz
LORDESTIN tabletkalari 5mg N10
Rossiya Federatsiyasi
Ishlab chiqaruvchi:
Gedeon Rixter, AO
•122 ta dorixonada bor
Narxi
35 700 so'm dan
LORANEKS tabletkalari 5mg N10
Retseptsiz
LORANEKS tabletkalari 5mg N10
Gruziya
Vakil:
GMP
Ishlab chiqaruvchi:
GM Pharmaceuticals Ltd.
•124 ta dorixonada bor
Narxi
25 000 so'm dan
LORDESTIN tabletkalari
Retseptsiz
LORDESTIN tabletkalari
Vengriya
Ishlab chiqaruvchi:
Gedeon Richter PLC
EDEM tabletkalari 5mg N10
EDEM tabletkalari 5mg N10
Ukraina
Ishlab chiqaruvchi:
Farmak, PAO
•2 ta dorixonada bor
Narxi
135 000 so'm dan
LORDESTIN sirop 60ml 0,5mg/ml
Retseptsiz
LORDESTIN sirop 60ml 0,5mg/ml
Vengriya
Ishlab chiqaruvchi:
Gedeon Richter PLC
•11 ta dorixonada bor
Narxi
20 000 so'm dan

ALDES sirop 150ml 2,5mg/5ml savollari

ALDES sirop 150ml 2,5mg/5ml fikr-mulohazalari

Reyting 0, 0 ta sharh asosida

Alifbo bo'yicha dori vositalar ro'yxati

scroll-top

Biz portalimiz ishini takomillashtirish maqsadida cookie-fayllardan foydalanamiz. Ishni davom ettirar ekansiz, ulardan foydalanishga rozilik bildirgan bo‘lasiz. Batafsil