ALDES
ALDES chiqarilish shakllari

ALDES haqida qo'llanma
Qo'llanilishi mumkin bo'lmagan holatlar
Faol moddaga, preparatning birorta komponentiga yoki loratadinga o'ta yuqori sezuvchanlikda qo'llash mumkin emas.
Farmakodinamikasi
Dezloratadin N1-gistamin retseptorlarining uzoq ta'sirga ega antogonistdir. Sedativ ta'sir ko'rsatmaydi. Ichga qabul qilingandan keyin markaziy nerv tizimiga ta'sir qilmaydi.
Farmakokinetikasi
So'rilishi
Ichga qabul qilinganda kattalar va o'smirlarda dezloratadinning qon plazmadagi kontsentratsiyasi 30 minutdan so'ng aniqlaniladi. Dezloratadin yaxshi so'riladi; plazmadagi maksimal kontsentratsiyasiga taxminan 3 soatdan keyini erishiladi. Yarim chiqarilishning terminal davri taxminan 27 soatni tashkil etadi.
Taqsimlanishi
Qon plazmasi oqsillari bilan bog'lanishi 83-87% ni tashkil etadi. Pediatrik amaliyotda dezloratadinning bir martalik tavsiya qilingan dozalarda qo'llanilganda ta'siri AUC va Cmax ko'rsatkichi 5 mg sirop shaklida dezloratadin qabul qilgan kattalardagi ko'rsatkichlar bilan bir xil bo'lganligi aniqlangan.
Biotrasformatsiyasi
Dezloratadin jigarda metabolizmga uchraydi.
Chiqarilishi
Dezloratadinni bir martada 7,5 mg dozada qabul qilinganda ovqatlanish (yog'li va yuqori kaloriyali nonushta) dezloratadinni taqsimlanishiga ta'sir ko'rsatmaydi. Greypfurt sharbati ham dezloratadinga ta'sir qilmaydi.
Homiladorlik va laktatsiya davrida qo'llanishi
Preparatni homilador ayollarda qo'llash yuzasidan ma'lumotlar yetarli emas.
Homiladorlik davrida preparatni qo'llashdan saqlanish tavsiya etiladi. Dezloratadin ko'krak sutiga o'tishi sababli uni laktatsiya davrida qo'llash mumkin emas.
Dozani oshirib yuborilishi
Dozani oshrib yuborilishida so'rilmagan ta'sir etuvi moddani chiqarishga qaratilgan standart choralarni o'tkaziladi. Simptomaik va tutib turuvchi davolash tavsiya qilinadi. Dezloratadin gemodializ orqali chiqarilmaydi. Uni peritonial dializ orqali chiqarilishi noma'lum.
Maxsus ko‘rsatmalari
2 yoshdan kichik bolalarda allergik rinitni rinitning boshqa turlaridan differentsiatsiya qilish juda qiyin. Yuqori nafas yo'llarining infektsiyalari yoki struktur anomaliyalari bo'lmaganida, anamnez, patsiyentni fizikal tekshiruvi, muvofiq laborator tekshirishlar va teri sinamalari ayniqsa muhim ahamiyatga egadir.
Kattalar va 2-11 yoshdagi bolalarning taxminan 6% da metabolizmni fenotipik yetishmovchiligi va dezloratadinni yuqori kontsentratsiyasi kuzatiladi. Metabolizmni fenotipik yetishmovchiligi bo'lgan 2-11 yoshdagi bolalarda xavfsizlik profili metabolizmi normal bo'lgan bolalardagi xuddi shunday ko'rsatkich bilan bir xil. Metabolizmni buzilishi bo'lgan 2 yoshdan kichik bolalarda dezloratadinning samaradorligi aniqlanmagan.
Og'ir darajadagi buyrak yetishmovchiligida preparatni ehtiyotkorlik bilan buyurishda kerak.
Saxaroza va sorbitol: Aldes siropi saxaroza va sorbitol saqlaydi, shu boisdan sirop fruktozani o'zlashtiraolmaslik, glyukoza-galaktoza malьabsorbtsiyasi sindromi yoki saxarazo-izomalьtaza yetishmovchiligi kabi kam uchraydigan nasliy kasalliklari bo'lgan patsiyentlarga buyurilmaydi.
Natriy: Aldes siropining bitta dozasi 1 mmolь (23 mg) dan kam natriy saqlaydi; bunday miqdorlarda natriy bilan bog'liq biron-bir nojo'ya samaralar kutilmaydi.
Dori vositalarining o'zaro ta'siri
Klinik tadqiqotlarda dezloratadin tabletkalarini eritromitsin va ketokonazol bilan birga qo'llaganda o'zaro ta'sir kuzatilmagan. Dezloratadin alkogolning salbiy samarasini potentsiya qilmaydi. Dezloratadin peroral kontratseptiv vositalar bilan o'zaro ta'sirga kirishishi mumkin. Shu sababdan, davolash vaqtida kontratseptsiyaning alьternativ samarali va xavfsiz usullaridan foydalanish tavsiya etiladi.
Saqlash sharoitlari
25°С dan yuqori bo'lmagan haroratda bolalar ololmaydigan joyda, original o'ramda saqlansin.
Qo‘llash usuli va dozirovkasi
Vaqti-vaqti bilan avj oluvchi allergik rinitda (haftada 4 kundan kam yoki yiliga 4 haftadan kam vaqt davomida simptomlarni bo'lishi) Aldes preparatini qo'llash mumkin. Davolashni, simptomlar o'tib ketgandan keyin to'xtatish va simptomlar qayta paydo bo'lgandan keyin qayta tiklash mumkin. Doimiy rivojlanib turuvchi allergik riniti bo'lgan patsiyentlarda (simptomlarni haftada 4 va undan ko'p kun va yiliga 4 haftadan ko'p vaqt davomida bo'lishi) allergenlar ta'sir ko'rsatganida preparatni uzoq vaqt qo'llash tavsiya qilinadi.
Dozani to'g'ri qabul qilish uchun maxsus o'lchov qoshiqchasi qo'llaniladi (5 ml). Aldes sirop ovqatlanishdan qat'iy nazar qabul qilinadi.
6-11 oydagi bolalarga 2 ml dan (1 mg) sutkada 1 marta buyuriladi.
1-5 yoshdagi bolalarga 2,5 ml dan (1,25 mg) sutkada 1 marta buyuriladi.
6-11 yoshdagi bolalarga 5 ml dan (1,25 mg) sutkada 1 marta buyuriladi.
Kattalar va 12 yoshdan kattalarga: 10 ml dan (5 mg) sutkada 1 marta buyuriladi.
Alohida guruh bemorlariga qo'shimcha ma'lumotlar
Buyrak yetishmovichligi
Og'ir buyrak yetishmovchiligi bo'lgan bemorlarga preparatni ehtiyotkorlik bilan buyuriladi.
Jigar yetishmovchiligi
Jigar yetishmovchiligi bo'lganda preparatni qo'llash bo'yicha alohida ma'lumotlar mavjud emas.
Geriatrik patsiyentlar
Keksa yoshdagi patsiyentlarda preparatni qo'llash bo'yicha spetsifik tadqiqotlar yo'q.
- 1. Dori vositalari va tibbiy buyumlar Davlat reestri (O‘zbekiston Respublikasi)
- 2. Ishlab chiqaruvchining rasmiy yo‘riqnomasi
- 3. Anatomik-terapevtik-kimyoviy tasnif (ATX)
























