AMOKSISILLIN EKOBOL tabletkalari 0,5g N20

AMOKSISILLIN EKOBOL tabletkalari 0,5g N20 qo'llanmasi
Farmakokinetikasi
So'rilishi - tez, yuqori (93 %), ovqat qabul qilish so'rilishga ta'sir qilmaydi, me'daning kislotali muhitida parchalanmaydi. Suspenziya (yoki tabletkalar) ko'rinishida 125 va 250 mg dozada ichga qabul qilinganda maksimal kontsentratsiya - mos ravishda 1,5-3 mkg/ml va 3,5-5 mkg/ml. Peroral qabul qilingandan so'ng maksimal kontsentratsiyaga erishish vaqti 1-2 soat. Katta taqsimlanish hajmiga ega - plazma, balg'am, bronxial sekret (yiringli bronxial sekretda taqsimlanish kuchsiz), plevral va peritoneal suyuqlik, siydik, teri pufakchalari tarkibi, o'pka to'qimasi, ichak shilliq qavati, ayollar jinsiy a'zolari, prostata bezi, o'rta quloq suyuqligi, suyak, yog' to'qimasi, o't pufagi (jigar funktsiyasi normal bo'lganda), homila to'qimalarida yuqori kontsentratsiyalar aniqlanadi. Doza 2 baravar oshirilganda kontsentratsiya ham 2 baravar ortadi. Safrodagi kontsentratsiya plazmadagi kontsentratsiyadan 2-4 baravar yuqori. Amniotik suyuqlikda va kindik qon tomirlarida amoksitsillin kontsentratsiyasi - homilador ayol plazmasida aniqlanadigan darajaning 25-30%. Gematoensefalik to'siq orqali yomon o'tadi, miya qobiqlari yallig'lanishida (meningit) orqa miya suyuqligidagi kontsentratsiya qon plazmasidagi darajaning taxminan 20%. Plazma oqsillari bilan bog'lanishi 17%.
Qisman faol bo'lmagan metabolitlar hosil qilib metabolizmga uchraydi. Yarim chiqarilish davri 1-1,5 soat. 50-70% buyraklar orqali o'zgarmagan holda naychalar sekretsiyasi (80%) va kalavalar filtratsiyasi (20%) yo'li bilan, jigar orqali - 10-20% chiqariladi. Oz miqdorda ko'krak suti bilan ajralib chiqadi. Buyrak funktsiyasi buzilganda (kreatinin klirensi 15 ml/daq dan kam yoki teng) yarim chiqarilish davri 8,5 soatgacha uzayadi. Amoksitsillin gemodializda chiqariladi.
Nojo'ya samaralari
Allergik reaksiyalar: eshakemi, teri giperemiyasi, eritema, angionevrotik shish, rinit, kon'yunktivit bo'lishi mumkin; kam hollarda - isitma, bo'g'imlarda og'riq, eozinofiliya, eksfoliativ dermatit, ko'p shaklli ekssudativ eritema, Stivens-Djonson sindromi; zardob kasalligiga o'xshash reaksiyalar; ayrim hollarda - anafilaktik shok.
Oshqozon-ichak trakti tomonidan: disbakterioz, ta'mning o'zgarishi, qusish, ko'ngil aynishi, diareya, stomatit, glossit, jigar funktsiyasining buzilishi, "jigar" transaminazalarining o'rtacha oshishi, soxtamembranoz enterokolit.
Asab tizimi tomonidan: qo'zg'alish, xavotir, uyqusizlik, ataksiya, ongning chalkashishi, xulq-atvorning o'zgarishi, depressiya, periferik neyropatiya, bosh og'rig'i, bosh aylanishi, tirishish reaksiyalari.
Laboratoriya ko'rsatkichlari: leykopeniya, neytropeniya, trombotsitopenik purpura, anemiya.
Boshqalar: nafas olishning qiyinlashishi, taxikardiya, interstitsial nefrit, qin kandidozi, superinfektsiya (ayniqsa surunkali kasalliklari bo'lgan yoki organizm qarshiligi pasaygan bemorlarda).
Maxsus saqlash sharoitlari
Kursli davolashda qon hosil qilish a'zolari, jigar va buyrak funksiyasi holatini nazorat qilishni o'tkazish zarur.
Amoksitsillinga rezistent mikrofloraning o'sishi hisobiga superinfektsiya rivojlanishi mumkin, bu antibakterial terapiyani tegishli o'zgartirishni talab etadi.
Bakteriemiyasi bo'lgan bemorlarni davolashda endotoksik shok reaksiyasi (Yarish-Gerksgeymer reaksiyasi) rivojlanishi mumkin.
Penitsillinlarga yuqori sezuvchanligi bo'lgan bemorlarda tsefalosporin antibiotiklar bilan kesishuvchi allergik reaksiyalar bo'lishi mumkin.
Kursli davolash fonida yengil diareyani davolashda ichak peristaltikasini susaytiruvchi diareyaga qarshi preparatlardan saqlanish kerak. Og'ir diareyada mutaxassis maslahati zarur.
Davolash kasallikning klinik belgilari yo'qolgandan so'ng yana 48-72 soat davomida albatta davom ettiriladi.
Estrogen saqlovchi peroral kontratseptivlar va amoksitsillin bir vaqtda qo'llanilganda, imkoni boricha boshqa yoki qo'shimcha kontratseptsiya usullaridan foydalanish kerak.
Qo'llanilishi mumkin bo'lmagan holatlar
Yuqori sezuvchanlik (shu jumladan boshqa penitsillinlarga, tsefalosporinlarga, karbapenemlarga), 3 yoshgacha bo'lgan bolalar (ushbu dori shakli uchun).
Ehtiyotkorlik bilan:
allergik kasalliklar (shu jumladan anamnezda), anamnezda me'da-ichak trakti kasalliklari (ayniqsa antibiotiklarni qo'llash bilan bog'liq kolit), buyrak yetishmovchiligi, jigar faoliyatining og'ir buzilishlari, homiladorlik, laktatsiya davri, infektsion mononukleoz, limfoleykoz.
Homiladorlik va laktatsiya:
Homiladorlik vaqtida preparatni qo'llash faqat ona uchun taxmin qilinadigan foyda homila uchun potentsial xavfdan ustun bo'lgan holdagina mumkin. Laktatsiya davrida preparatni tayinlash zarur bo'lganda emizishni to'xtatish kerak.
Dori vositalarining o'zaro ta'siri
Antatsidlar, glyukozamin, surgilar, ovqat, aminoglikozidlar - so'rilishni sekinlashtiradi va kamaytiradi; askorbin kislotasi so'rilishni oshiradi.
Bakteritsid antibiotiklar (shu jumladan aminoglikozidlar, sefalosporinlar, vankomitsin, rifampitsin) - sinergik ta'sir; bakteriostatik preparatlar (makrolidlar, xloramfenikol, linkozamidlar, tetratsiklinlar, sulfanilamidlar) - antagonistik. Bilvosita antikoagulyantlar samaradorligini oshiradi (ichak mikroflorasini bostirib, K vitamini sintezini va protrombin indeksini pasaytiradi); estrogen saqlovchi peroral kontratseptivlar, metabolizm jarayonida paraaminobenzoy kislotasi hosil bo'ladigan dori vositalari, etinilestradiol samaradorligini kamaytiradi - "yorib o'tuvchi" qon ketishlar rivojlanish xavfi.
Diuretiklar, allopurinol, oksifenbutazon, fenilbutazon, nosteroid yallig'lanishga qarshi preparatlar, naychalar sekretsiyasini bloklovchi preparatlar - naychalar sekretsiyasini kamaytirib, konsentratsiyani oshiradi.
Allopurinol teri toshmasi rivojlanish xavfini oshiradi.
Metotreksat klirensini kamaytiradi va toksikligini oshiradi.
Digoksin so'rilishini kuchaytiradi.
Hajm/og'irlik
AMOKSISILLIN EKOBOL tabletkalari 0,5g N20 o'xshash dorilari




Amoksitsillin boshqa chiqarish shakllari


AMOKSISILLIN EKOBOL tabletkalari 0,5g N20 analoglari













