BISEPTOL suspenziya

BISEPTOL suspenziya qo'llanmasi
Farmakokinetikasi
Peroral qabul qilinganda absorbtsiya tez va deyarli to'liq - 90%. 160 mg trimetoprim + 800 mg sulfametoksazol bir marta qabul qilingandan so'ng trimetoprimning Cmax - 1,5-3 mkg/ml, sulfametoksazolniki esa - 40-80 mkg/ml. Qon plazmasida Сmax 1-4 soatdan keyin erishiladi; kontsentratsiyaning terapevtik darajasi bir marta qabul qilingandan so'ng 7 soat davomida saqlanib turadi. 12 soatlik interval bilan ko'p marta qabul qilinganda minimal muvozanatli kontsentratsiyalar trimetoprim uchun 1,3-2,8 mkg/ml va sulfametoksazol uchun 32-63 mkg/ml oralig'ida barqarorlashadi. Preparatning Css iga 2-3 kun ichida erishiladi.
Organizmda yaxshi taqsimlanadi. Trimetoprimning Vd taxminan 130 l ni, sulfametoksazolniki - taxminan 20 l ni tashkil qiladi. Gematoensefalik to'siq, yo'ldosh to'sig'i orqali va ko'krak sutiga o'tadi. O'pka va siydikda plazmadagi miqdoridan yuqori kontsentratsiyalar hosil qiladi. Trimetoprim sulfametoksazolga qaraganda yallig'lanmagan prostata bezi to'qimasi, urug' suyuqligi, qin sekreti, - so'lak, sog'lom va - yallig'langan o'pka to'qimasi, safroga biroz yaxshiroq o'tadi, orqa miya suyuqligi va ko'zning suvli namligiga esa preparatning ikkala komponenti bir xil o'tadi. Trimetoprimning katta miqdori va sulfametoksazolning biroz kamroq miqdori qon oqimidan interstitsial va organizmning boshqa ekstravazal suyuqliklariga o'tadi, bunda trimetoprim va sulfametoksazol kontsentratsiyalari ko'pchilik patogen mikroorganizmlar uchun MPK dan oshadi. Plazma oqsillari bilan bog'lanishi - sulfametoksazolda 66%, trimetoprimda - 45%. Jigarda metabolizmga uchraydi. Ba'zi metabolitlar mikroblarga qarshi faollikka ega. Sulfametoksazol asosan N4-atsetillanish va, kamroq darajada, glyukuron kislotasi bilan kon'yugatsiya orqali metabolizmga uchraydi. Metabolitlar ko'rinishida (72 soat ichida 80%) va o'zgarmagan holda (sulfametoksazolning 20% i, trimetoprimning 50% i) buyraklar orqali chiqariladi; oz miqdori - ichak orqali. Ikkala modda ham, ularning metabolitlari ham buyraklar orqali kalavalar filtratsiyasi yo'li bilan ham, kanalchalar sekretsiyasi yo'li bilan ham chiqariladi, natijada siydikda ikkala faol modda kontsentratsiyasi qondagiga qaraganda ancha yuqori bo'ladi.
Sulfametoksazolning T - 9-11 soat, trimetoprimniki - 10-12 soat, bolalarda - sezilarli darajada kamroq va yoshga bog'liq: 1 yoshgacha - 7-8 soat, 1-10 yosh - 5-6 soat.
Keksa yoshdagi bemorlarda va/yoki buyrak funktsiyasi buzilgan bemorlarda (kreatinin klirensi (KK) 15-20 ml/daq) T ortadi, bu dozani to'g'irlashni talab etadi.
Farmakologik ta'siri
Ko-trimoksazol - sulfametoksazol va trimetoprimdan 5:1 nisbatda iborat majmuaviy mikroblarga qarshi preparat.
Tuzilishi bo'yicha para-aminobenzoy kislotasiga (PABK) o'xshash sulfametoksazol bakterial hujayralarda digidrofoliy kislotasi sintezini buzadi va PABK ning uning molekulasiga kirishiga to'sqinlik qiladi. Trimetoprim digidrofoliy kislotasini tetragidrofoliy kislotasiga - oqsil almashinuvi va mikrob hujayrasi bo'linishi uchun javobgar bo'lgan foliy kislotasining faol shakliga aylanishini buzib, sulfametoksazol ta'sirini kuchaytiradi.
Shunday qilib, har ikkala komponent mikroorganizmlar tomonidan purin birikmalari, keyin esa nuklein kislotalar (RNK va DNK) sintezi uchun zarur bo'lgan foliy kislotasi hosil bo'lish jarayonini buzadi. Bu oqsillar hosil bo'lishini buzadi va bakteriyalarning o'limiga olib keladi. In vitro sharoitda keng ta'sir doirasiga ega bakteritsid preparat hisoblanadi, ammo sezgirlik geografik joylashuvga bog'liq bo'lishi mumkin.
Odatda sezgir qo'zg'atuvchilar (sulfametoksazol bo'yicha minimal bostiruvchi kontsentratsiya (MBK) 80 mg/l dan kam): Moraxella (Branhamella) catarrhalis, Haemophilus influenzae (beta-laktamaza hosil qiluvchi va beta-laktamaza hosil qilmaydigan shtammlar), Haemophilus parainfluenzae, Escherichia coli (shu jumladan enterotoksogen shtammlar), Citrobacter spp. (shu jumladan Citrobacter freundii), Klebsiella spp. (shu jumladan Klebsiella pneumoniae, Klebsiella oxytoca), Enterobacter cloaceae, Enterobacter aerogenes, Hafnia alvei, Serratia spp. (shu jumladan Serratia marcescens, Serratia liquefaciens), Proteus mirabilis, Proteus vulgaris, Morganella morganii. Shigella spp. (shu jumladan Shigella flexneri. Shigella sonnet). Yersinia spp. (shu jumladan Yersinia enterocolitica), Vibrio cholerae, Edwardsiella tarda, Alcaligenes faecalis, Burkholderia (Pseudomonas) cepacia, Burkholderia (Pseudomonas) pseudomallei.
Shuningdek, Brucella spp.. Listeria monocytogenes, Nocardia asteroides, Pneumocystis carinii, Cyclospora cayetanensis sezgir bo'lishi mumkin.
Qisman sezgir qo'zg'atuvchilar (sulfametoksazol bo'yicha MBK 80-160 mg/l): koagulazomanfiy Staphylococcus spp. shtammlari (shu jumladan metitsillinga sezgir va metitsillinga chidamli Staphylococcus aureus shtammlari). Streptococcus pneumoniae (penitsillinga sezgir va penitsillinga chidamli shtammlar), Haemophilus ducreyi, Providencia spp. (shu jumladan Providencia rettgeri), Salmonella typhi. Salmonella enteritidis, Slenotrdphomonas maltophilia (ilgari Xanthomonas maltophilia deb atalgan), Acinetobacter Iwoffii, Acinetobacter baumanii, Aeromonas hydrophila.
Chidamli qo'zg'atuvchilar (sulfametoksazol bo'yicha MBK 160 mg/l dan ortiq): Mycoplasma spp., Mycobacterium tuberculosis, Treponema pallidum, Pseudomonas aeruginosa.
Agar preparat empirik tarzda tayinlansa, ma'lum bir infektsion kasallikning ehtimoliy qo'zg'atuvchilarining preparatga chidamliligining mahalliy xususiyatlarini hisobga olish kerak. Qisman sezgir mikroorganizmlar sabab bo'lishi mumkin bo'lgan infektsiyalarda qo'zg'atuvchi rezistentligini istisno qilish uchun sezgirlik sinovini o'tkazish tavsiya etiladi.
Nojo'ya samaralari
Nerv tizimi tomonidan: bosh og'rig'i, bosh aylanishi, aseptik meningit, periferik nevritlar, talvasalar, ataksiya, quloqlarda jaranglash, depressiya, gallyucinatsiyalar, apatiya, asabiylik.
Nafas olish tizimi tomonidan: o'pka infiltratlari: eozinofil infiltrat, allergik alveolit (yo'tal, hansirash).
Ovqat hazm qilish tizimi tomonidan: ko'ngil aynishi, qusish, ishtaha pasayishi, diareya, gastrit, qorinda og'riq, glossit, stomatit, xolestaz, jigar transaminazalari faolligining oshishi, gepatit (shu jumladan xolestatik), gepatonekroz, "yo'qoluvchi o't yo'li" sindromi (duktopeniya), giperbilirubinemiya, soxtamembranoz kolit, o'tkir pankreatit.
Qon yaratish a'zolari tomonidan: leykopeniya, neytropeniya, trombotsitopeniya, gipoprotrombinemiya, agranulotsitoz, anemiya (megaloblast, gemolitik/autoimmun yoki aplastik), metgemoglobinemiya, eozinofiliya.
Siydik chiqarish tizimi tomonidan: interstitsial nefrit, buyrak funksiyasining buzilishi, gematuriya, qonda mochevina miqdorining oshishi, giperkreatininemiya, oliguriya va anuriya bilan toksik nefropatiya, kristalluriya.
Suyak-mushak tizimi tomonidan: artralgiya, mialgiya, rabdomioliz (asosan OITSli bemorlarda).
Allergik reaksiyalar: tana haroratining oshishi, angionevrotik shish, qichishish, fotosensibilizatsiya, teri toshmasi, eshakemi, ko'p shaklli ekssudativ eritema (shu jumladan Stivens-Jonson sindromi), toksik epidermal nekroliz (Layell sindromi), eksfoliativ dermatit, allergik miokardit, konyunktiva, skleralar giperemiyasi, anafilaktik/anafilaktoid reaksiyalar, zardob kasalligi, gemorragik vaskulit (Shenleyn-Genox purpurasi), tugunli periarteriit, yuguriksimon sindrom.
Boshqalar: giperkaliemiya (asosan OITSli bemorlarda pnevmosist pnevmoniyani davolashda), giponatriemiya, gipoglikemiya, holsizlik, charchoq, uyqusizlik, kandidoz.
Maxsus saqlash sharoitlari
Ko-trimoksazolni faqat bunday kombinatsiyalangan terapiyaning afzalligi boshqa antibakterial monopreparatlarga nisbatan ehtimoliy xavfdan ustun bo‘lgan holdagina tayinlash kerak.
Bakteriyalarning in vitro antibakterial preparatlarga sezgirligi turli geografik hududlarda va vaqt o‘tishi bilan o‘zgarib turishi sababli, preparatni tanlashda bakterial sezgirlikning mahalliy xususiyatlarini hisobga olish kerak.
Uzoq muddatli davolash kurslarida qonning muntazam tahlillari zarur, chunki gematologik o‘zgarishlar (ko‘pincha asimptomatik) yuzaga kelishi ehtimoli mavjud. Bu o‘zgarishlar foliy kislotasi (3-6 mg/sut) tayinlanganda qaytuvchan bo‘lishi mumkin, bu preparatning mikroblarga qarshi faolligini sezilarli darajada buzmaydi.
Keksa bemorlarni yoki folatlar yetishmovchiligi shubha qilingan bemorlarni davolashda alohida ehtiyotkorlik ko‘rsatilishi kerak.
Foliy kislotasini tayinlash yuqori dozalarda uzoq muddat davolashda ham maqsadga muvofiq.
Qonning har qanday hujayralari soni sezilarli kamayganda preparatni bekor qilish kerak.
Shuningdek davolash fonida ko‘p miqdorda PABK saqlovchi oziq-ovqat mahsulotlarini - o‘simliklarning yashil qismlari (gulkaram, ismaloq, dukkaklilar), sabzi, pomidorni iste'mol qilish maqsadga muvofiq emas.
Uzoq muddatli kurslarda (ayniqsa buyrak yetishmovchiligida) muntazam ravishda umumiy siydik tahlilini o‘tkazish va buyrak funksiyasini nazorat qilish zarur.
Kristalluriya profilaktikasi uchun ajratilayotgan siydikning yetarli hajmini saqlab turish tavsiya etiladi.
Sulfanilamidlarning toksik va allergik asoratlari ehtimoli buyrakning filtrlash funksiyasi pasayganda sezilarli darajada oshadi. Teri toshmasi yoki har qanday boshqa og‘ir nojo‘ya reaksiya birinchi marta paydo bo‘lganda preparatni bekor qilish kerak.
Yo‘tal yoki hansirash to‘satdan paydo bo‘lganda yoki kuchayganda bemorni qayta tekshirish va preparat bilan davolashni to‘xtatish masalasini ko‘rib chiqish kerak.
Haddan tashqari quyosh va ultrabinafsha nurlanishidan saqlanish kerak.
OITS bilan og‘rigan bemorlarda nojo‘ya ta'sirlar xavfi ancha yuqori.
Shtammlarning keng tarqalgan rezistentligi tufayli A guruhi beta-gemolitik streptokokk chaqirgan kasalliklarda qo‘llash tavsiya etilmaydi.
Ko-trimoksazol qabul qilayotgan bemorlarda pansitopeniya holatlari ta'riflangan.
Trimetoprim inson degidrofolatreduktazasiga past yaqinlikka ega, ammo metotreksatning toksikligini kuchaytirishi mumkin, ayniqsa keksalik yoshi, gipoalbuminemiya, buyrak funksiyasi buzilishi, suyak ko‘migi susayishi kabi boshqa xavf omillari mavjudligida. Metotreksat katta dozalarda tayinlanganda bunday nojo‘ya reaksiyalar ehtimoli yuqori. Mielosupressiya profilaktikasi uchun bunday bemorlarga foliy kislotasi yoki kalsiy folinatini tayinlash tavsiya etiladi.
Trimetoprim fenilalanin almashinuvini buzadi, biroq bu tegishli dietaga rioya qilingan taqdirda fenilketonuriyasi bo‘lgan bemorlarga ta'sir qilmaydi.
Moddalar almashinuvi uchun «sekin asetillanish» xos bo‘lgan bemorlar ko‘proq
Davolash davomiyligi imkon qadar qisqa bo‘lishi kerak, ayniqsa keksa va qari yoshdagi bemorlarda.
Ko-trimoksazol va, xususan, uning tarkibiga kiruvchi trimetoprim zardobda metotreksat konsentratsiyasini aniqlash natijalariga ta'sir qilishi mumkin, agar bu ligand sifatida bakterial degidrofolatreduktazani qo‘llagan holda oqsillar bilan raqobatli bog‘lanish usuli yordamida o‘tkazilsa. Biroq metotreksatni radioimmun usul bilan aniqlashda interferensiya yuzaga kelmaydi.
Trimetoprim va sulfametoksazol Yaffe reaksiyasi natijalariga ta'sir qilishi mumkin (ishqoriy muhitda pikrin kislotasi bilan reaksiya orqali kreatininni aniqlash), bunda normal qiymatlar oralig‘ida natijalar taxminan 10% ga oshiriladi.
Avtotransportni haydash va mexanizmlarni boshqarish qobiliyatiga ta'siri
Ahamiyatli nojo‘ya ta'sirlar rivojlanishi mumkinligini hisobga olib, davolash davrida avtotransportni boshqarishda va diqqatni yuqori jamlash hamda psixomotor reaksiyalar tezligini talab qiluvchi potensial xavfli faoliyat turlari bilan shug‘ullanishda ehtiyotkorlikka rioya qilish kerak.
Qo'llanilishi mumkin bo'lmagan holatlar
- jigar va/yoki buyrak yetishmovchiligi (kreatinin klirensi 15 ml/min dan kam);
- aplastik anemiya, V-tanqislik anemiyasi, agranulotsitoz, leykopeniya;
- glyukoza-6-fosfatdegidrogenaza yetishmovchiligi;
- dofetilid bilan bir vaqtda qabul qilish;
- laktatsiya davri;
- 2 oygacha bo‘lgan bolalar yoki OIV infeksiyasi bo‘lgan onadan tug‘ilganda 6 haftagacha;
- sulfanilamidlarga, trimetoprimga va/yoki preparatning boshqa komponentlariga yuqori sezuvchanlik.
Ehtiyotkorlik bilan: qalqonsimon bez funksiyasi buzilishi, anamnezda og‘ir allergik reaksiyalar, bronxial astma, foliy kislotasi yetishmovchiligi, porfiriya, homiladorlik.
Dori vositalarining o'zaro ta'siri
Bilvosita antikoagulyantlarning antikoagulyant faolligini (antikoagulyant dozasini to'g'irlash), shuningdek gipoglikemik dori vositalari va metotreksat ta'sirini oshiradi (oqsillar bilan bog'lanish va buyrak transporti uchun raqobatlashadi, erkin metotreksat kontsentratsiyasini oshiradi).
Fenitoinning jigar metabolizmi intensivligini pasaytiradi (uning T yarim chiqarilish davrini 39% ga uzaytiradi), uning samarasi va toksik ta'sirini kuchaytiradi.
Ko-trimoksazolni pirimetamin bilan haftasiga 25 mg dan ortiq dozada bir vaqtda qo'llanilganda megaloblast anemiyasi rivojlanish xavfi ortadi.
Diuretiklar (ko'pincha tiazidlar va keksa bemorlarda) trombotsitopeniya rivojlanish xavfini oshiradi.
Digoksinning zardobdagi kontsentratsiyasini oshirishi mumkin, ayniqsa keksa bemorlarda, zardobdagi digoksin kontsentratsiyasini monitoring qilish zarur.
Tritsiklik antidepressantlarning samaradorligi ko-trimoksazol bilan kombinatsiyalangan qabul qilinganda pasayishi mumkin.
Buyrak ko'chirib o'tkazilgandan keyin ko-trimoksazol va siklosporin qabul qilayotgan bemorlarda buyrak funktsiyasining qaytuvchan yomonlashuvi kuzatilishi mumkin, bu kreatinin darajasining oshishi bilan namoyon bo'ladi.
Suyak ko'migi qon yaratishini susaytiruvchi dori vositalari mielosupressiya xavfini oshiradi.
Ko-trimoksazolni indometatsin bilan birga qo'llaganda qonda sulfametoksazol kontsentratsiyasining oshishi mumkin.
Ko-trimoksazol va amantadinni bir vaqtda qabul qilgandan keyin toksik deliriyning bitta holati tasvirlangan.
APF ingibitorlari bilan bir vaqtda qo'llanilganda, ayniqsa keksa bemorlarda, giperkaliemiya rivojlanishi mumkin.
Trimetoprim buyrak transport tizimini ingibitsiya qilib, dofetilidning AUC ni 103% ga va dofetilidning Cmax ni 93% ga oshiradi. Kontsentratsiya oshganda dofetilid QT oralig'ining uzayishi bilan qorinchalar aritmiyasini, shu jumladan "piruet" turidagi aritmiyani keltirib chiqarishi mumkin. Dofetilid va trimetoprimni bir vaqtda tayinlash mumkin emas.
Dozirovkasi
Ichga, ovqatdan keyin yetarli miqdordagi suyuqlik bilan.
Kattalar va 12 yoshdan katta bolalar: 960 mg dan har 12 soatda; og'ir kechuvchi infeksiyalarda - 1440 mg dan har 12 soatda; siydik yo'llari infeksiyasida - 10-14 kun, surunkali bronxit zo'rayishida - 14 kun, sayohatchilar diareyasi va shigellyozlarda - 5 kun. Minimal doza va uzoq muddatli davolash (14 sutkadan ortiq) uchun doza - 480 mg dan har 12 soatda.
Bolalar: 2 oylikdan (yoki OIV infeksiyasi bo'lgan onalardan tug'ilganda 6 haftalikdan) 5 oylikkacha - 120 mg dan, 6 oylikdan 5 yoshgacha - 240 mg dan, 6 yoshdan 12 yoshgacha - 480 mg dan har 12 soatda, bu sutkasiga taxminan 36 mg/kg dozaga to'g'ri keladi.
Siydik yo'llari infeksiyalari va o'tkir otitda davolash kursi - 10 kun, shigellyozlarda - 5 kun. Og'ir infeksiyalarda bolalar uchun dozani 50% ga oshirish mumkin.
O'tkir infeksiyalarda davolashning minimal davomiyligi - 5 kun; simptomlar yo'qolgandan keyin terapiyani 2 kun davomida davom ettiradilar. Agar 7 kunlik terapiyadan keyin klinik yaxshilanish kuzatilmasa, davolashni mumkin bo'lgan to'g'rilash uchun bemor holatini qayta baholash kerak.
Yumshoq shankr - 960 mg dan har 12 soatda; agar 7 kundan keyin teri elementining bitishi kuzatilmasa, terapiyani yana 7 kunga uzaytirish mumkin. Biroq samara bo'lmasligi qo'zg'atuvchining rezistentligidan dalolat berishi mumkin.
Ayollarga siydik yo'llarining o'tkir asoratsiz infeksiyalarida 1920-2880 mg bir martalik qabul qilish tavsiya etiladi, imkon qadar kechqurun ovqatdan keyin yoki uyqudan oldin.
Pneumocystis carinii chaqirgan pnevmoniyada - 30 mg/kg dan sutkasiga 4 marta 6 soat oraliq bilan 14-21 kun davomida.
Pneumocystis carinii chaqirgan pnevmoniyani oldini olish uchun, kattalar va 12 yoshdan katta bolalarga - 960 mg/sut. 12 yoshdan kichik bolalar uchun - 450 mg/m har 12 soatda, har hafta ketma-ket 3 kun davomida. Umumiy sutkalik doza 1920 mg dan oshmasligi kerak. Bunda quyidagi ko'rsatmalardan foydalanish mumkin: tana yuzasi 0,26 m ga - 120 mg, mos ravishda 0,53 m ga - 240 mg, 1,06 m ga - 480 mg.
Boshqa bakterial infeksiyalarda doza individual ravishda yosh, tana vazni, buyrak funksiyasi va kasallikning og'irligiga qarab tanlanadi, masalan, nokardiozda kattalarga - 2880-3840 mg/sut kamida 3 oy davomida (ba'zan 18 oygacha). O'tkir brutsellyozda davolash kursi - 3-4 hafta, qorin tifi va paratifda - 1-3 oy.
BISEPTOL suspenziya o'xshash dorilari



Biseptol boshqa chiqarish shakllari







BISEPTOL suspenziya analoglari







{
"data": {
"id": 56288,
"stores_apteka_id": null,
"slug": "biseptol-suspenziya",
"stores_apteka_slug": null,
"name": "BISEPTOL suspenziya",
"brand_name": "BISEPTOL",
"image": "uploads/iblock/4b1/4b1c187c214d1992b6288a8612b6556a.webp",
"atx_code": "J01EE01",
"drug_form_id": 5,
"over_the_counter": false,
"prescription_type": "prescription",
"availability": "not_available",
"reviews_count": 0,
"reviews_rating": 0,
"has_pickup": false,
"has_delivery": false,
"manufacturer": null,
"manufacturer_plain": "Medana-PolPharma S.A",
"representative": null,
"representative_plain": null,
"distributor": null,
"distributor_plain": null,
"is_manufacturer_advertiser": false,
"is_representative_advertiser": false,
"is_dietary_supplement": false,
"is_medical_device": false,
"category": {
"id": 480,
"slug": "antibiotiki",
"name": "Antibiotiklar",
"external_link_title": null,
"external_link": null
},
"drug_group": {
"id": 5588,
"slug": "biseptol",
"name": "Biseptol"
},
"is_purchasable": false,
"country": {
"id": 44,
"slug": "polsa",
"name": "Polsha"
},
"active_ingredients": [
{
"id": 8958,
"slug": "sulfametoksazola",
"name": "sulfametoksazola"
},
{
"id": 9242,
"slug": "trimetoprim",
"name": "Trimetoprim"
}
],
"tags": []
}
}








