Apteka.uz
SavatKirish

BISOPROLOL 0,005 tabletkalari N30

Retseptli
Mahsulot haqida tafsilotlar
Ishlab chiqarilgan joyi:Hindiston
Kategoriya:Yurak-qon tomir
Faol modda:Bisoprolol
Ishlab chiqaruvchi:Yunikem Laboratoriz Limited
Teglar:Yuqori qon bosimidan
ATX kodi:C07AB07
Barcha Bisoprolol dorilari
Mavjud emas
Dorixonadan topish
To‘lov va yetkazib berish usullari Toshkentda
Olib ketish
Ertaga yoki keyinroq 0 ta dorixonadan
Dorixonada karta yoki naqd to‘lov
Yetkazib berish
2 soat ichida yoki ertaga, yetkazib berish narxi onlayn dorixonada ko‘rsatilgan tarif bo‘yicha. Onlayn yoki kuryerga to‘lov

BISOPROLOL 0,005 tabletkalari N30 haqida qo'llanma

Farmakokinetikasi

So'rilishi. Bisoprolol me'da-ichak traktidan 80-90% ga so'riladi. Uning biologik kira olishligi jigardan «birlamchi o'tish»da arzimas metabolizatsiya (taxminan 10 % darajasida) tufayli ichga qabul qilingandan so'ng taxminan 90 % ni tashkil qiladi. Ovqat qabul qilish biologik kira olishlikka ta'sir qilmaydi. Bisoprolol chiziqli kinetikani namoyish etadi, bunda uning qon plazmasidagi kontsentratsiyalari 5 dan 20 mg gacha dozalar oralig'ida yuborilgan dozaga proportsionaldir. Qon plazmasidagi maksimal kontsentratsiyaga 1-3 soatdan keyin erishiladi. Taqsimlanishi. Bisoprolol ancha keng taqsimlanadi. Taqsimlanish hajmi 3,5 l/kg ni tashkil qiladi. Qon plazmasi oqsillari bilan bog'lanishi taxminan 30 % ga yetadi.

Metabolizmi. Keyingi konyugatsiyasiz oksidlanish yo'li bilan metabolizmga uchraydi. Barcha metabolitlar qutbli (suvda eriydi) va buyraklar orqali chiqariladi. Qon plazmasi va siydikda aniqlanadigan asosiy metabolitlar farmakologik faollik ko'rsatmaydi. Odam jigar mikrosomalari bilan in vitro o'tkazilgan eksperimentlar natijasida olingan ma'lumotlar shuni ko'rsatadiki, bisoprolol birinchi navbatda CYP3A4 izofermenti yordamida (taxminan 95%) metabolizmga uchraydi, CYP2D6 izofermenti esa faqat kichik rol o'ynaydi.

Chiqarilishi. Buyraklar orqali 98 %, ichak orqali - 2 % dan kamrog'i chiqariladi. Bisoprolol klirensi buyraklar orqali o'zgarmagan holda chiqarilishi (taxminan 50 %) va jigarda (taxminan 50 %) metabolitlargacha metabolizmga uchrashi o'rtasidagi muvozanat bilan belgilanadi, ular ham buyraklar orqali chiqariladi. Umumiy klirens 15 l/soatni tashkil qiladi. Yarim chiqarilish davri - 10-12 soat.

Nojo'ya samaralari

Quyida ko'rsatilgan noxush ta'sirlar ularning paydo bo'lish tezligining quyidagi darajalariga muvofiq keltirilgan: juda tez-tez (> 10 %); tez-tez (> 1%, 0,1%, 0,01%,
Allergik reaksiyalar: kam hollarda - teri qichishishi, toshma, eshakemi.

Markaziy asab tizimi tomonidan: tez-tez - bosh aylanishi, bosh og'rig'i, asteniya, yuqori toliqish, holsizlik, uyqu buzilishlari, depressiya, bezovtalik; kam hollarda - ongning chalkashishi yoki xotiraning qisqa muddatli yo'qolishi, dahshatli tushlar, gallyutsinatsiyalar, miasteniya, oyoq-qo'llarda paresteziyalar («oraliq» oqsoqlik va Reyno sindromi bo'lgan bemorlarda), tremor, mushak tirishishlari.

Teri qoplamalari tomonidan: kam hollarda - terlashning kuchayishi, teri giperemiyasi, ekzantema, psoriazsimon teri reaksiyalari; juda kam hollarda - alopetsiya, psoriaz kechishining kuchayishi.

Tayanch-harakat tizimi tomonidan: tez-tez emas - belda og'riq, artralgiya.

Ovqat hazm qilish tizimi tomonidan: tez-tez - ko'ngil aynishi, qusish, diareya, qabziyat, og'iz bo'shlig'i shilliq qavatining qurishi, qorinda og'riq; kam hollarda - gepatit, jigar funktsiyasining buzilishi (siydikning to'q rangga kirishi, skleralar yoki terining sarg'ayishi, xolestaz).

Nafas olish tizimi tomonidan: tez-tez emas - anamnezida bronxial astma yoki nafas yo'llarining obstruktiv kasalliklari bo'lgan bemorlarda laringo- va bronxospazm, yo'tal; kam hollarda - allergik rinit, burun bitishi.

Sezgi a'zolari tomonidan: kam hollarda - ko'rishning buzilishi, ko'z yoshi suyuqligi sekretsiyasining kamayishi, eshitishning buzilishi, quloqlarda jaranglash, quloqda og'riq; juda kam hollarda - ko'zlarning quruqligi va og'riqliligi, kon'yunktivit, ta'mning o'zgarishi.

Yurak-qon tomir tizimi tomonidan: juda tez-tez - sinusli bradikardiya, yurak urishini his qilish; tez-tez - qon bosimining yaqqol pasayishi, angiospazm ko'rinishi (periferik qon aylanishi buzilishining kuchayishi, pastki oyoq-qo'llarning sovushi, Reyno sindromi); tez-tez emas - miokard o'tkazuvchanligining buzilishi, ortostatik gipotenziya, AV-blokada (to'liq ko'ndalang blokada va yurak to'xtashi rivojlanishigacha), aritmiyalar, surunkali yurak yetishmovchiligining rivojlanishi (kuchayishi) (to'piq, oyoq shishi; hansirash), ko'krakda og'riq.

Endokrin tizim tomonidan: giperglikemiya (2-tur qandli diabeti bo'lgan bemorlarda), gipoglikemiya (insulin qabul qilayotgan bemorlarda), gipotireoid holat. Homilaga ta'siri: homila o'sishining bachadon ichi kechikishi, gipoglikemiya, bradikardiya.

Reproduktiv tizim tomonidan: juda kam hollarda - libidoning susayishi, potentsiyaning pasayishi.

Laboratoriya ko'rsatkichlari: kam hollarda - triglitseridlar kontsentratsiyasi, jigar transaminazalari (aspartataminotransferaza (AST), alaninaminotransferaza (ALT)), bilirubin faolligining oshishi; juda kam hollarda - trombotsitopeniya, agranulotsitoz, leykopeniya.

Boshqalar: «bekor qilish» sindromi (stenokardiya xurujlarining kuchayishi, qon bosimining oshishi).

Agar yo'riqnomada ko'rsatilgan har qanday nojo'ya ta'sirlar kuchaysa yoki Siz yo'riqnomada ko'rsatilmagan boshqa nojo'ya ta'sirlarni sezsangiz, bu haqda shifokorga xabar bering.

Maxsus ko‘rsatmalari

Preparatni quyidagi hollarda ehtiyotkorlik bilan qo'llash kerak:

- O'SOKning og'ir shakllari va bronxial astmaning og'ir bo'lmagan shakllari;

- qonda glyukoza konsentratsiyasining sezilarli o'zgarishlari bilan kechuvchi qandli diabet: glyukoza konsentratsiyasining yaqqol pasayishi (gipoglikemiya) simptomlari, masalan taxikardiya, yurak urishi yoki ko'p terlash niqoblanishi mumkin;

- qat'iy parhez;

- desensibilizatsiyalovchi terapiyani o'tkazish;

- I darajali AV blokada;

- Printsmetal stenokardiyasi;

- periferik arterial qon aylanishining yengil va o'rtacha darajadagi buzilishlari (terapiya boshida simptomlar kuchayishi mumkin);

- psoriaz (shu jumladan anamnezda).

Nafas tizimi:

Bronxial astma yoki O'SOKda bir vaqtda bronxodilatatsiyalovchi vositalarni qo'llash ko'rsatilgan. Bronxial astmasi bo'lgan bemorlarda nafas yo'llari qarshiligining oshishi mumkin, bu β2-adrenomimetiklarning yuqoriroq dozasini talab qiladi. O'SOK bo'lgan bemorlarda yurak yetishmovchiligini davolash maqsadida majmuaviy terapiyada tayinlanadigan bisoprololni eng kichik mumkin bo'lgan dozadan boshlash va bemorlarni yangi simptomlar (masalan, hansirash, jismoniy zo'riqishlarni ko'tara olmaslik, yo'tal) paydo bo'lishi yuzasidan sinchkovlik bilan kuzatish kerak.

Allergik reaksiyalar:

β-adrenoblokatorlar, shu jumladan Bisoprolol preparati, ularning ta'siri ostida adrenergi k kompensator boshqaruvning susayishi tufayli allergenlarga sezgirlikni va anafilaktik reaksiyalar og'irligini oshirishi mumkin. Epinefrin (adrenalin) bilan terapiya har doim ham kutilgan terapevtik samarani bermaydi.

Umumiy anesteziya:

Umumiy anesteziya o'tkazishda β-adrenoreseptorlar blokadasi yuzaga kelishi xavfini hisobga olish kerak. Agar jarrohlik aralashuvidan oldin Bisoprolol preparati bilan terapiyani to'xtatish zarur bo'lsa, buni asta-sekin amalga oshirish va umumiy anesteziya o'tkazilishidan 48 soat oldin tugatish kerak. Shifokor-anesteziologni Bisoprolol preparatini qabul qilayotganingiz haqida ogohlantirish lozim.

Feoxromotsitoma:

Buyrak usti bezi o'smasi (feoxromotsitoma) bo'lgan bemorlarda Bisoprolol preparati faqat α-adrenoblokatorlar qo'llanilishi fonida tayinlanishi mumkin.

Gipertireoz:

Bisoprolol preparati bilan davolashda qalqonsimon bez giperfunksiyasi (gipertireoz) simptomlari niqoblanishi mumkin.

Transport vositalarini, mexanizmlarni boshqarish qobiliyatiga ta'siri

Bisoprolol preparati YIK bo'lgan bemorlardagi tadqiqot natijalariga ko'ra avtotransportni boshqarish qobiliyatiga ta'sir qilmaydi. Biroq individual reaksiyalar oqibatida avtotransportni boshqarish yoki texnik murakkab mexanizmlar bilan ishlash qobiliyati buzilishi mumkin. Bunga ayniqsa davolash boshida, doza o'zgartirilgandan so'ng, shuningdek alkogol bir vaqtda iste'mol qilinganda alohida e'tibor berish kerak.

Qo'llanilishi mumkin bo'lmagan holatlar

- bisoprololga yoki preparatning har qanday komponentiga yuqori sezuvchanlik;

- o'tkir yurak yetishmovchiligi, inotrop terapiya talab etiladigan dekompensatsiya bosqichidagi surunkali yurak yetishmovchiligi;

- kardiogen shok;

- elektrokardiostimulyatorsiz atrioventikulyar (AV) II va III darajali blokada;

- sinus tuguni zaifligi sindromi;

- sinoatrial blokada;

- yaqqol bradikardiya (YuUQ minutiga 60 tadan kam);

- yaqqol arterial gipotenziya (sistolik AB 100 mm sim. ust. dan kam);

- bronxial astmaning og'ir shakllari;

- periferik arterial qon aylanishining yaqqol buzilishlari yoki Reyno sindromi;

- feoxromotsitoma (a-adrenoblokatorlarni bir vaqtda qo'llamasdan);

- metabolik atsidoz;

- 18 yoshgacha bo'lganlar (ushbu yosh guruhida samaradorlik va xavfsizlik bo'yicha ma'lumotlar yetarli emas).

Ehtiyotkorlik bilan

- desensibilizatsiya qiluvchi terapiya o'tkazish;

- Prinsmetal stenokardiyasi;

- gipertireoz;

- I turdagi qandli diabet va qondagi glyukoza konsentratsiyasining sezilarli o'zgarishi bilan kechuvchi qandli diabet;

- I darajali atrioventikulyar blokada;

- yaqqol buyrak yetishmovchiligi (kreatinin klirensi (KK) minutiga 20 ml dan kam);

- jigar funksiyasining yaqqol buzilishlari;

- psoriaz;

- restriktiv kardiomiopatiya;

- tug'ma yurak nuqsonlari yoki yaqqol gemodinamik buzilishlar bilan kechuvchi yurak klapanlari nuqsoni;

- so'nggi 3 oy ichida miokard infarkti bilan kechgan surunkali yurak yetishmovchiligi;

- o'pkaning surunkali obstruktiv kasalligining (O'SOK) og'ir shakllari;

- qat'iy dieta.

Homiladorlik va emizish davrida qo'llanilishi

Homiladorlik paytida Bisoprolol preparatini faqat ona uchun foyda homila va/yoki bola uchun nojo'ya ta'sirlar xavfidan yuqori bo'lgan hollarda qo'llash tavsiya etiladi.

Odatda, β-adrenoblokatorlar platsentada qon oqimini kamaytiradi va homila rivojlanishiga ta'sir qilishi mumkin. Platsenta va bachadondagi qon oqimini kuzatish, shuningdek, bo'lajak bolaning o'sishi va rivojlanishini kuzatish va homiladorlik va/yoki homilaga nisbatan istalmagan hodisalar paydo bo'lgan taqdirda muqobil davolash usullarini qo'llash kerak. Yangi tug'ilgan chaqaloqni tug'ruqdan keyin yaxshilab tekshirish kerak. Hayotning dastlabki 3 kunida bradikardiya va gipoglikemiya belgilari paydo bo'lishi mumkin.

Bisoprololning ko'krak suti bilan ajralib chiqishi haqida ma'lumotlar yo'q. Shuning uchun Bisoprolol preparatini emizish davrida qo'llash tavsiya etilmaydi. Agar laktatsiya davrida preparatni qabul qilish zarur bo'lsa, emizishni to'xtatish kerak.

Dori vositalarining o'zaro ta'siri

Verapamil va kamroq darajada, diltiazem turidagi "sekin" kaltsiy kanallari blokatorlari (SKKB) bisoprolol bilan bir vaqtda qo'llanilganda miokard qisqaruvchanligining pasayishiga va AV o'tkazuvchanlikning buzilishiga olib kelishi mumkin. Xususan, p-adrenoblokatorlarni qabul qilayotgan bemorlarga verapamilni tomir ichiga yuborish yaqqol arterial gipertenziya va AV blokadaga olib kelishi mumkin.

Markaziy ta'sirga ega gipotenziv vositalar (klonidin, metildopa, moksonidin, rilmenidin kabi) yurak qisqarishlari sonining kamayishiga va yurakdan qon otilib chiqishining pasayishiga, shuningdek markaziy simptomatik tonusning pasayishi oqibatida vazodilatatsiyaga olib kelishi mumkin. Keskin bekor qilish, ayniqsa β-adrenoblokatorlar bekor qilinishidan oldin, "rikoshet" arterial gipertenziya rivojlanish xavfini oshirishi mumkin.

Alohida ehtiyotkorlikni talab qiluvchi kombinatsiyalar Arterial gipertenziya va stenokardiyani davolash

I sinf aritmiyaga qarshi vositalar (xinidin, dizopiramid, lidokain, fenitoin, flekainid, propafenon) bisoprolol bilan bir vaqtda qo'llanilganda AV o'tkazuvchanlikni va yurakning qisqarish qobiliyatini pasaytirishi mumkin.

Qo'llash uchun barcha ko'rsatmalar

Digidropiridin hosilasi bo'lgan SKKB (nifedipin, felodipin, amlodipin) bisoprolol bilan bir vaqtda qo'llanilganda arterial gipotenziya rivojlanish xavfini oshirishi mumkin. Surunkali yurak yetishmovchiligi (SYY) bo'lgan bemorlarda yurak qisqarish funktsiyasining keyinchalik yomonlashishi xavfini istisno qilib bo'lmaydi.

III sinf aritmiyaga qarshi vositalar (amiodaron). AV o'tkazuvchanlikka salbiy ta'sirning ehtimoliy kuchayishi.

Mahalliy qo'llash uchun β-adrenoblokatorlar (glaukomani davolash uchun ko'z tomchilari) bisoprololning tizimli samaralarini (AB pasayishi, YQS kamayishi) kuchaytirishi mumkin. Parasimpatomimetiklar bisoprolol bilan bir vaqtda qo'llanilganda AV o'tkazuvchanlik buzilishini kuchaytirishi va bradikardiya rivojlanish xavfini oshirishi mumkin. Insulin yoki ichga qabul qilish uchun gipoglikemik vositalarning gipoglikemik ta'siri kuchayishi mumkin. Gipoglikemiya belgilari - xususan taxikardiya - niqoblanishi yoki bostirilishi mumkin. Bunday o'zaro ta'sirlar noselektiv β-adrenoblokatorlar qo'llanilganda ko'proq ehtimolga ega.

Umumiy anesteziya o'tkazish uchun vositalar kardiodepressiv ta'sir xavfini oshirib, arterial gipotenziyaga olib kelishi mumkin.

Yurak glikozidlari bisoprolol bilan bir vaqtda qo'llanilganda impuls o'tish vaqtining uzayishiga va shu tariqa bradikardiya rivojlanishiga olib kelishi mumkin. Nosteroid yallig'lanishga qarshi vositalar (NYAQV) bisoprololning gipotenziv samarasini pasaytirishi mumkin.

β-adrenomimetiklar (masalan, izoprenalin, dobutamin) bilan bir vaqtda qo'llash ikkala preparat samarasining pasayishiga olib kelishi mumkin.

Bisoprololning β- va α-adrenoretseptorlarga ta'sir qiluvchi adrenomimetiklar (masalan, norepinefrin, epinefrin) bilan kombinatsiyasi ushbu vositalarning α-adrenoretseptorlar ishtirokida yuzaga keladigan vazokonstriktor samaralarini kuchaytirib, AB ning oshishiga olib kelishi mumkin. Bunday o'zaro ta'sirlar noselektiv β-adrenoblokatorlar qo'llanilganda ko'proq ehtimolga ega.

Antigipertenziv vositalar, shuningdek ehtimoliy antigipertenziv samaraga ega boshqa vositalar (masalan, tritsiklik antidepressantlar, barbituratlar, fenotiazinlar) bisoprololning gipotenziv samarasini kuchaytirishi mumkin. Mefloxin bisoprolol bilan bir vaqtda qo'llanilganda bradikardiya rivojlanish xavfini oshirishi mumkin.

Monoaminoksidaza (MAO) ingibitorlari (MAO V ingibitorlaridan tashqari) β-adrenoblokatorlarning gipotenziv samarasini kuchaytirishi mumkin. Bir vaqtda qo'llash shuningdek gipertonik kriz rivojlanishiga olib kelishi mumkin.

Dozirovkasi

DozalashIchishga, ertalab och qoringa, chaynamasdan, bir marta.

2,5 mg 5 mg li tabletkaning ½ qismiga to'g'ri keladi.

Arterial gipertenziya va barqaror stenokardiya

Barcha holatlarda qabul qilish tartibi va dozani shifokor har bir bemorga individual ravishda, xususan, yurak urish tezligi (YuUT) va bemorning holatini hisobga olgan holda tanlaydi.

Boshlang'ich doza kuniga 1 marta 5 mg ni tashkil qiladi. Zarurat bo'lganda doza kuniga 1 marta 10 mg gacha oshiriladi. Maksimal sutkalik doza - 20 mg/sutka.

Surunkali yurak yetishmovchiligi

SYuE ni davolashning standart sxemasi angiotenzinga aylantiruvchi ferment (AAF) ingibitorlari yoki angiotenzin II reseptorlari antagonistlari (AAF ingibitorlarini o'zlashtira olmaslik holatida), beta-adrenoblokatorlar, diuretiklar va, fakultativ ravishda, yurak glikozidlarini qo'llashni o'z ichiga oladi. Surunkali yurak yetishmovchiligini davolashni boshlash maxsus titrlash bosqichini va muntazam shifokor nazoratini talab qiladi.

Davolashning dastlabki sharti zo'rayish belgilari bo'lmagan barqaror SYuE hisoblanadi.

Surunkali yurak yetishmovchiligini davolash quyidagi titrlash sxemasiga muvofiq boshlanadi. Bunda bemor belgilangan dozani qanchalik yaxshi o'zlashtirishiga qarab individual moslashuv talab qilinishi mumkin, ya'ni dozani faqat oldingi doza yaxshi o'zlashtirilgan taqdirda oshirish mumkin.

1-hafta: kuniga 1 marta 1,25 mg

2-hafta: kuniga 1 marta 2,5 mg

3-hafta: kuniga 1 marta 3,75 mg

4-7-haftalar: kuniga 1 marta 5 mg

8-11-haftalar: kuniga 1 marta 7,5 mg

12-hafta va keyin: kuniga 1 marta 10 mg ushlab turuvchi terapiya sifatida

Tegishli titrlash jarayonini ta'minlash uchun boshqa ishlab chiqaruvchilarning bisoprolol 2,5 mg li riskali tabletkalarini qo'llash mumkin.

Agar dozani oshirish bemor tomonidan yomon o'zlashtirilsa, dozani kamaytirish mumkin.

Surunkali yurak yetishmovchiligini davolashda tavsiya etilgan maksimal doza kuniga 1 marta 10 mg ni tashkil qiladi.

Titrlash vaqtida qon bosimi (AB), YuUT va SYuE simptomlarining namoyon bo'lish darajasini muntazam nazorat qilish tavsiya etiladi. Agar bemor preparatning tavsiya etilgan maksimal dozasini yomon o'zlashtirsa, dozani asta-sekin kamaytirish imkoniyatini ko'rib chiqish kerak.

Titrlash bosqichida yoki undan keyin SYuE kechishining vaqtincha yomonlashishi, arterial gipotenziya yoki bradikardiya paydo bo'lishi mumkin. Bunday holda, birinchi navbatda, hamrohlik qiluvchi terapiya preparatlari dozalarini to'g'rilash tavsiya etiladi. Agar bu chora samarasiz bo'lsa, Bisoprolol preparati dozasini vaqtincha kamaytirish yoki uni bekor qilish talab qilinishi mumkin.

Bemorning holati barqarorlashgandan so'ng, dozani qayta titrlashni o'tkazish yoki davolashni davom ettirish kerak.

Maxsus guruh bemorlari. Buyrak yoki jigar funksiyasining buzilishi

Jigar yoki buyrak funksiyasining yengil yoki o'rtacha darajadagi buzilishlarida odatda dozani to'g'rilash talab qilinmaydi.

Buyrak funksiyasining yaqqol buzilishlarida (KK < 20 ml/daq) va og'ir jigar kasalliklari bo'lgan bemorlarda maksimal sutkalik doza 10 mg ni tashkil qiladi. Bunday bemorlarda dozani oshirish juda ehtiyotkorlik bilan amalga oshirilishi kerak.

Keksa yoshdagi bemorlar

Keksa yoshdagi bemorlarga dozani to'g'rilash talab qilinmaydi.

Hozirgi vaqtda preparatni 1-toifa qandli diabet, buyrak va/yoki jigar funksiyasining yaqqol buzilishlari, restriktiv kardiomiopatiya, tug'ma yurak nuqsonlari yoki yaqqol gemodinamik buzilishlar bilan kechuvchi yurak klapan nuqsoni bilan birgalikdagi SYuE bo'lgan bemorlarda qo'llash bo'yicha ma'lumotlar yetarli emas. Shuningdek, so'nggi 3 oy ichida miokard infarkti bo'lgan SYuE bemorlari bo'yicha yetarli ma'lumotlar olinmagan.Dozani oshirib yuborishSimptomlari: aritmiya, qorincha ekstrasistoliyasi, yaqqol bradikardiya, AV blokada, gipoglikemiya, AB ning yaqqol pasayishi, o'tkir yurak yetishmovchiligi, barmoqlar yoki kaft tirnoqlarining цианози, nafas olishning qiyinlashishi, bronxospazm, bosh aylanishi, hushdan ketish, tirishishlar.

Davolash: birinchi navbatda, preparat qabul qilishni to'xtatish, me'dani yuvish, adsorbsiyalovchi vositalarni qabul qilish va simptomatik terapiyani o'tkazish kerak.

Yaqqol bradikardiyada: vena ichiga atropin yuborish. Agar samara yetarli bo'lmasa, ijobiy xronotrop ta'sirga ega vositani ehtiyotkorlik bilan yuborish mumkin. Ba'zan sun'iy ritm boshqaruvchisini vaqtincha o'rnatish talab qilinishi mumkin.

AB yaqqol pasayganda: plazma o'rnini bosuvchi eritmalar va vazopressor preparatlarni (epinefrin, dofamin, dobutamin - xrono- va inotrop ta'sirni ushlab turish va AB ning yaqqol pasayishini bartaraf etish uchun) vena ichiga yuborish.

AV blokadada: bemorlar doimiy nazorat ostida bo'lishlari va epinefrin kabi beta-adrenomimetiklar bilan davolanishlari kerak. Zarur bo'lganda - sun'iy ritm boshqaruvchisini o'rnatish.

SYuE kechishi zo'rayganda: diuretiklar, ijobiy inotrop ta'sirga ega preparatlar, shuningdek vazodilatatorlarni vena ichiga yuborish.

Bronxospazmda: bronxodilatatorlarni, shu jumladan beta2-adrenomimetiklar va/yoki aminofillinni buyurish.

Gipoglikemiyada: dekstroza (glukoza) ni vena ichiga yuborish.

Qorincha ekstrasistoliyasida: lidokain (IA sinfi preparatlari qo'llanilmaydi).

Tirishishlarda: vena ichiga diazepam yuborish.
Diqqat: ushbu sahifadagi preparat tavsifi rasmiy yo‘riqnomaning soddalashtirilgan va to‘ldirilgan versiyasidir. Ma’lumot faqat tanishish maqsadida taqdim etilgan va o‘z-o‘zini davolash uchun qo‘llanma sifatida foydalanilmasligi kerak. BISOPROLOL 0,005 tabletkalari N30 preparatini qabul qilishdan oldin albatta shifokor bilan maslahatlashing

BISOPROLOL 0,005 tabletkalari N30 o'xshash dorilari

ENAP tabletkalari 20mg N20
ENAP tabletkalari 20mg N20
Sloveniya
Vakil:
KRKA
Ishlab chiqaruvchi:
Krka d.d.
•79 ta dorixonada bor
Narxi
15 000 so'm dan
VALAM tabletkalari 5mg/80mg N28
VALAM tabletkalari 5mg/80mg N28
Pokiston
Ishlab chiqaruvchi:
CCL Pharmaceuticals (Pvt) Ltd
Narxi
71 800 so'm dan
L LIZINA ESSINAT eritma 5ml 1mg/ml N10
L LIZINA ESSINAT eritma 5ml 1mg/ml N10
Ukraina
Vakil:
Arterium
Ishlab chiqaruvchi:
GALICHFARM, AO
•95 ta dorixonada bor
Narxi
101 000 so'm dan
KASARK tabletkalari 16mg N30
Retseptli
KASARK tabletkalari 16mg N30
Ukraina
Vakil:
Arterium
Ishlab chiqaruvchi:
Kievmedpreparat, PAO
Narxi
60 000 so'm dan

BISOPROLOL 0,005 tabletkalari N30 xususiyatlari

Bisoprolol boshqa chiqarish shakllari

BISOPROLOL tabletkalari 5mg N30
Retseptli
BISOPROLOL tabletkalari 5mg N30
Polsha
Ishlab chiqaruvchi:
Sandoz Pharmaceuticals d.d., Sloveniya proizvedeno: Lek S.A.
•106 ta dorixonada bor
Narxi
5 544 so'm dan
BISOPROLOL tabletkalari 10mg N30
Retseptli
BISOPROLOL tabletkalari 10mg N30
Belarusiya
Ishlab chiqaruvchi:
Borisovskiy zavod medisinskix preparatov, OAO
•71 ta dorixonada bor
Narxi
7 500 so'm dan
BISOPROLOL tabletkalari 2,5mg N30
Retseptli
BISOPROLOL tabletkalari 2,5mg N30
Belarusiya
Ishlab chiqaruvchi:
Radiks, NPP
•62 ta dorixonada bor
Narxi
3 000 so'm dan
BISOPROLOL tabletkalari 2,5 mg N30
Retseptli
BISOPROLOL tabletkalari 2,5 mg N30
O'zbekiston
Ishlab chiqaruvchi:
NAVBAHOR SANOAT OOO
•62 ta dorixonada bor
Narxi
3 000 so'm dan
BISOPROLOL tabletkalari 2,5mg N30
Retseptli
BISOPROLOL tabletkalari 2,5mg N30
Belarusiya
Ishlab chiqaruvchi:
Borisovskiy zavod medisinskix preparatov, OAO
•62 ta dorixonada bor
Narxi
3 000 so'm dan
BISOPROLOL tabletkalari 2,5 mg N30
Retseptli
BISOPROLOL tabletkalari 2,5 mg N30
O'zbekiston
Ishlab chiqaruvchi:
LAFZ, OOO
•62 ta dorixonada bor
Narxi
3 000 so'm dan
BISOPROLOL tabletkalari 5mg N30
Retseptli
BISOPROLOL tabletkalari 5mg N30
Armaniston
Ishlab chiqaruvchi:
Arpimed, OOO
•106 ta dorixonada bor
Narxi
5 544 so'm dan
BISOPROLOL tabletkalari 10mg N30
Retseptli
BISOPROLOL tabletkalari 10mg N30
Belarusiya
Ishlab chiqaruvchi:
Radiks, NPP
•71 ta dorixonada bor
Narxi
7 500 so'm dan
BISOPROLOL tabletkalari 10 mg N30
Retseptli
BISOPROLOL tabletkalari 10 mg N30
O'zbekiston
Ishlab chiqaruvchi:
Remedy, CP OOO, Uzbeksko-Britanskoe
•71 ta dorixonada bor
Narxi
7 500 so'm dan
BISOPROLOL tabletkalari 5 mg N30
Retseptli
BISOPROLOL tabletkalari 5 mg N30
O'zbekiston
Ishlab chiqaruvchi:
NAVBAHOR SANOAT OOO
•106 ta dorixonada bor
Narxi
5 544 so'm dan
BISOPROLOL tabletkalari 10 mg N30
Retseptli
BISOPROLOL tabletkalari 10 mg N30
O'zbekiston
Ishlab chiqaruvchi:
NAVBAHOR SANOAT OOO
•71 ta dorixonada bor
Narxi
7 500 so'm dan
BISOPROLOL tabletkalari 5 mg N30
Retseptli
BISOPROLOL tabletkalari 5 mg N30
O'zbekiston
Ishlab chiqaruvchi:
Remedy, CP OOO, Uzbeksko-Britanskoe
•106 ta dorixonada bor
Narxi
5 544 so'm dan
BISOPROLOL tabletkalari 10 mg N30
Retseptli
BISOPROLOL tabletkalari 10 mg N30
O'zbekiston
Ishlab chiqaruvchi:
LAFZ, OOO
•71 ta dorixonada bor
Narxi
7 500 so'm dan
BISOPROLOL tabletkalari 5 mg N30
Retseptli
BISOPROLOL tabletkalari 5 mg N30
O'zbekiston
Ishlab chiqaruvchi:
LAFZ, OOO
•106 ta dorixonada bor
Narxi
5 544 so'm dan
BISOPROLOL tabletkalari 10mg N30
Retseptli
BISOPROLOL tabletkalari 10mg N30
Polsha
Ishlab chiqaruvchi:
Sandoz Pharmaceuticals d.d., Sloveniya proizvedeno: Lek S.A.
•71 ta dorixonada bor
Narxi
7 500 so'm dan
BISOPROLOL tabletkalari 5mg N30
Retseptli
BISOPROLOL tabletkalari 5mg N30
Belarusiya
Ishlab chiqaruvchi:
Borisovskiy zavod medisinskix preparatov, OAO
•106 ta dorixonada bor
Narxi
5 544 so'm dan

BISOPROLOL 0,005 tabletkalari N30 analoglari

BIDOP tabletkalari 2,5mg N28
Retseptli
BIDOP tabletkalari 2,5mg N28
Vengriya
Ishlab chiqaruvchi:
Gedeon Richter PLC
•11 ta dorixonada bor
Narxi
21 100 so'm dan
BIDOP tabletkalari 5mg N28
Retseptli
BIDOP tabletkalari 5mg N28
Vengriya
Ishlab chiqaruvchi:
Gedeon Richter PLC
•20 ta dorixonada bor
Narxi
24 000 so'm dan
BIDOP tabletkalari 10mg N28
Retseptli
BIDOP tabletkalari 10mg N28
Vengriya
Ishlab chiqaruvchi:
Gedeon Richter PLC
•91 ta dorixonada bor
Narxi
29 500 so'm dan
BISOPROL tabletkalari 2,5mg N30
Retseptli
BISOPROL tabletkalari 2,5mg N30
Ukraina
Ishlab chiqaruvchi:
Farmak, PAO
•74 ta dorixonada bor
Narxi
3 300 so'm dan
BISOPROL tabletkalari 5mg N30
Retseptli
BISOPROL tabletkalari 5mg N30
Ukraina
Ishlab chiqaruvchi:
Farmak, PAO
•119 ta dorixonada bor
Narxi
6 300 so'm dan
BISOPROL tabletkalari 10mg N30
Retseptli
BISOPROL tabletkalari 10mg N30
Ukraina
Ishlab chiqaruvchi:
Farmak, PAO
•119 ta dorixonada bor
Narxi
8 100 so'm dan
BISOPROL tabletkalari 10mg N20
Retseptli
BISOPROL tabletkalari 10mg N20
Ukraina
Ishlab chiqaruvchi:
Farmak, PAO
•4 ta dorixonada bor
Narxi
53 400 so'm dan
BISOPROLOL tabletkalari 5mg N30
Retseptli
BISOPROLOL tabletkalari 5mg N30
Belarusiya
Ishlab chiqaruvchi:
Arpimed
•106 ta dorixonada bor
Narxi
5 544 so'm dan
BISOPROLOL tabletkalari 2,5mg N30
Retseptli
BISOPROLOL tabletkalari 2,5mg N30
Belarusiya
Ishlab chiqaruvchi:
Radiks, NPP
•62 ta dorixonada bor
Narxi
3 000 so'm dan
BISOPROLOL tabletkalari 10mg N30
Retseptli
BISOPROLOL tabletkalari 10mg N30
Belarusiya
Ishlab chiqaruvchi:
Radiks, NPP
•71 ta dorixonada bor
Narxi
7 500 so'm dan
KONKOR tabletkalari 5mg N50
Retseptli
KONKOR tabletkalari 5mg N50
Germaniya
Ishlab chiqaruvchi:
Merck KGaA
•125 ta dorixonada bor
Narxi
74 960 so'm dan
KONKOR tabletkalari 10mg N50
Retseptli
KONKOR tabletkalari 10mg N50
Germaniya
Ishlab chiqaruvchi:
Merck KgaA
•69 ta dorixonada bor
Narxi
114 800 so'm dan

BISOPROLOL 0,005 tabletkalari N30 haqida savollar

BISOPROLOL 0,005 tabletkalari N30 haqida fikr-mulohazalar

Reyting 0, 0 ta sharh asosida

Ko‘rilgan mahsulotlar

Alifbo bo'yicha dori vositalar ro'yxati

scroll-top

Biz portalimiz ishini takomillashtirish maqsadida cookie-fayllardan foydalanamiz. Ishni davom ettirar ekansiz, ulardan foydalanishga rozilik bildirgan bo‘lasiz. Batafsil