logo
SavatKirish
Bosh sahifa  / Dori vositalari  / Yurak-qon tomir  / BISOPROLOL ALKALOID 0,0025 tabletkalari N30

BISOPROLOL ALKALOID 0,0025 tabletkalari N30

Retseptli
Mahsulot haqida tafsilotlar
Ishlab chiqarilgan joyi:Makedoniya
Kategoriya:Yurak-qon tomir
Faol modda:Bisoprolol
Ishlab chiqaruvchi:Alkaloid AO
Teglar:Yuqori qon bosimidan
ATX kodi:C07AB07
Barcha Bisoprolol dorilari
Mavjud emas
Dorixonadan topish
To‘lov va yetkazib berish usullari Toshkentda
Olib ketish
Ertaga yoki keyinroq 0 ta dorixonadan
Dorixonada karta yoki naqd to‘lov
Yetkazib berish
2 soat ichida yoki ertaga, yetkazib berish narxi onlayn dorixonada ko‘rsatilgan tarif bo‘yicha. Onlayn yoki kuryerga to‘lov

BISOPROLOL ALKALOID 0,0025 tabletkalari N30 o'xshash dorilari

TENOKS tabletkalari 10mg N30
Retseptli
TENOKS tabletkalari 10mg N30
Sloveniya
Vakil:
KRKA
Ishlab chiqaruvchi:
Krka d.d.
•122 ta dorixonada bor
Narxi
31 680 so'm dan
RAVEL SR tabletkalari 1,5mg N30
Retseptli
RAVEL SR tabletkalari 1,5mg N30
Sloveniya
Vakil:
KRKA
Ishlab chiqaruvchi:
KRKA d.d.
KARDEL tabletkalari 40 mg N30
KARDEL tabletkalari 40 mg N30
Hindiston
Ishlab chiqaruvchi:
Isshaan Healthcare Pvt Ltd.
•1 ta dorixonada bor
Narxi
67 100 so'm dan

BISOPROLOL ALKALOID 0,0025 tabletkalari N30 qo'llanmasi

Saytda e'lon qilingan ma'lumotlar mutaxassislar uchun mo'ljallangan. O'zingizni-o'zingiz davolash bilan shug'ullanmang. Sog'lig'ingizga zarar bermaslik uchun mutaxassis bilan maslahatlashishga ishonch hosil qiling!
Farmakokinetikasi

So'rilishi.

Bisoprolol me'da-ichak traktidan (MITY) deyarli to'liq (>90%) so'riladi, ovqat qabul qilish so'rilishga ta'sir qilmaydi. Bisoprolol chiziqli kinetikani namoyish etadi, bunda uning qon plazmasidagi kontsentratsiyalari 5 dan 20 mg gacha diapazonda yuborilgan dozaga proportsionaldir. Qon plazmasidagi maksimal kontsentratsiyaga 2-3 soatdan keyin erishiladi.

Taqsimlanishi.

Taqsimlanish hajmi 3,5 l/kg ni tashkil qiladi. Qon plazmasi oqsillari bilan bog'lanishi - taxminan 30%.

Metabolizmi.

Keyingi konyugatsiyasiz oksidlanish yo'li bilan metabolizmga uchraydi; jigardan «birinchi o'tish»da ozgina metabolizmga uchraydi (taxminan 10-15%). Barcha metabolitlar qutbli. Qon plazmasi va siydikda aniqlanadigan asosiy metabolitlar farmakologik faollik ko'rsatmaydi. Odam jigar mikrosomalari bilan in vitro o'tkazilgan eksperimentlar natijasida olingan ma'lumotlar shuni ko'rsatadiki, bisoprolol birinchi navbatda CYP3A4 izofermenti ishtirokida (taxminan 95%) metabolizmga uchraydi, CYP2D6 izofermenti esa faqat kichik rol o'ynaydi.

Chiqarilishi.

Bisoprolol ikki yo'l bilan chiqariladi: dozaning 50% jigarda faol bo'lmagan metabolitlar hosil bo'lishi bilan metabolizmga uchraydi; taxminan 98% buyraklar orqali chiqariladi, shundan 50% - o'zgarmagan holda, 2% dan kamrog'i - ichak orqali (safro bilan). Umumiy klirens 12-18 l/soatni tashkil qiladi, bunda buyrak klirensi 8-11 l/soatga teng, yarim chiqarilish davri (Т1/2) - 10-12 soat. Gematoensefalik va yo'ldosh to'sig'i orqali o'tkazuvchanlik past. Bisoprolol farmakokinetikasi chiziqli va yoshga bog'liq emas. Surunkali yurak yetishmovchiligi bo'lgan bemorlarda bisoprololning plazma kontsentratsiyasi sog'lom ko'ngillilarga qaraganda yuqori, Т1/2 esa uzoqroq.

Nojo'ya samaralari

Quyida keltirilgan nojo'ya reaksiyalarning rivojlanish tezligi quyidagi tasnifga muvofiq aniqlangan:

-juda tez-tez > 1/10;

-tez-tez >1/100,
-tez-tez emas > 1/1000,
-kam hollarda > 1/10 000,
-juda kam hollarda
Yurak-qon tomir tizimi tomonidan

juda tez-tez: bradikardiya (surunkali yurak yetishmovchiligi bo'lgan bemorlarda); tez-tez: surunkali yurak yetishmovchiligi kechishi simptomlarining kuchayishi (surunkali yurak yetishmovchiligi bo'lgan bemorlarda, oyoq-qo'llarda sovush yoki uvishish hissi, qon bosimining yaqqol pasayishi, ayniqsa surunkali yurak yetishmovchiligi bo'lgan bemorlarda;

tez-tez emas: AV o'tkazuvchanlikning buzilishi; bradikardiya (arterial gipertenziya yoki stenokardiya bo'lgan bemorlarda); surunkali yurak yetishmovchiligi kechishi simptomlarining kuchayishi (arterial gipertenziya yoki stenokardiya bo'lgan bemorlarda), ortostatik gipotenziya.

Markaziy asab tizimi tomonidan

tez-tez: bosh aylanishi, bosh og'rig'i; kam hollarda: hushdan ketish.

Ruhiy buzilishlar tez-tez emas: depressiya, uyqusizlik; kam hollarda: gallyutsinatsiyalar, dahshatli tushlar.

Ko'rish a'zosi tomonidan

kam hollarda: ko'z yoshi oqishining kamayishi (kontakt linzalarni taqishda hisobga olish kerak);

juda kam hollarda: kon'yunktivit.

Eshitish a'zosi tomonidan kam hollarda: eshitishning buzilishi.

Nafas olish tizimi tomonidan

tez-tez emas: anamnezida bronxial astma yoki nafas yo'llari obstruktsiyasi bo'lgan bemorlarda bronxospazm;

kam hollarda: allergik rinit.

Ovqat hazm qilish tizimi tomonidan

tez-tez: ko'ngil aynishi, qusish, diareya, qabziyat; kam hollarda: gepatit.

Tayanch-harakat tizimi tomonidan

tez-tez emas: mushak kuchsizligi, mushak tirishishlari.

Teri qoplamalari tomonidan

kam hollarda: teri qichishishi, toshma, teri qoplamalari giperemiyasi kabi o'ta yuqori sezuvchanlik reaksiyalari;

juda kam hollarda: alopetsiya; beta-adrenoblokatorlar psoriaz kechishi simptomlarining kuchayishiga yordam berishi yoki psoriazsimon toshmani keltirib chiqarishi mumkin.

Reproduktiv tizim tomonidan

kam hollarda: potentsiyaning buzilishi.

Umumiy buzilishlar

tez-tez: asteniya (surunkali yurak yetishmovchiligi bo'lgan bemorlarda), yuqori toliqish;

tez-tez emas: asteniya (arterial gipertenziya yoki stenokardiya bo'lgan bemorlarda).

Laboratoriya ko'rsatkichlari

kam hollarda: qonda triglitseridlar kontsentratsiyasi va «jigar» transaminazalari (aspartataminotransferaza va alaninaminotransferaza) faolligining oshishi.

Arterial gipertenziya yoki stenokardiya bo'lgan bemorlarda ushbu simptomlar ko'proq davolash kursi boshida paydo bo'ladi, odatda yengil xarakterga ega va qoida tariqasida davolash boshlanganidan keyin 1-2 hafta ichida o'tib ketadi

Maxsus saqlash sharoitlari

Bisoprolol qabul qilayotgan bemorlarni nazorat qilish YuK va AB ni kuzatish (davolash boshida - har kuni, keyin 3-4 oyda 1 marta), EKG, qandli diabeti bo'lgan bemorlarda qon glyukoza kontsentratsiyasini (4-5 oyda 1 marta) o'z ichiga olishi kerak. Keksa yoshdagi bemorlarda buyrak funksiyasini kuzatib borish tavsiya etiladi (4-5 oyda 1 marta). Surunkali yurak yetishmovchiligini 1,25 mg dozada davolash boshlangandan so'ng bemor 4 soat davomida tekshirilishi kerak (YuK, AB, EKG).

Bemorni YuK sanash usuliga o'rgatish va YuK 60 zarba/daq dan kam bo'lganda shifokor maslahati zarurligi haqida yo'riqnoma berish kerak.

Davolashni boshlashdan oldin og'irlashgan bronx-o'pka anamnezi bo'lgan bemorlarda tashqi nafas funksiyasini tekshirish tavsiya etiladi.

Stenokardiyasi bo'lgan bemorlarning taxminan 20% ida beta-adrenoblokatorlar samarasiz. Asosiy sabablar - past ishemiya bo'sag'asi (YuK 100 zarba/daq dan kam) bilan og'ir koronar ateroskleroz va subendokardial qon oqimini buzuvchi YuKDH ChQ ning oshishi. "Chekuvchilarda” beta-adrenoblokatorlar samaradorligi pastroq.

Kontakt linzalardan foydalanadigan bemorlar davolash fonida ko'z yoshi suyuqligi ishlab chiqarilishi kamayishi mumkinligini hisobga olishlari kerak.

Umumiy anesteziyaga duchor bo'lgan bemorlarda beta-adrenoblokatorlar induktsiya va intubatsiya vaqtida hamda operatsiyadan keyingi davrda aritmiya va miokard ishemiyasi rivojlanish xavfini kamaytiradi. Bemorlarga perioperatsion davrda beta-adrenoblokatorlarning tutib turuvchi dozasini qabul qilishni to'xtatish tavsiya etilmaydi. Jarrohlik aralashuvidan oldin anesteziologni beta-adrenoblokatorlar bilan davolash haqida xabardor qilish kerak, chunki bradiaritmiyaga, reflektor taxikardiyaning susayishiga va qon yo'qotilishini kompensatsiya qilish qobiliyatining pasayishiga olib kelishi mumkin bo'lgan boshqa preparatlar bilan o'zaro ta'sir ehtimoli mavjud. Operatsiyadan oldin beta-adrenoblokatorlarni bekor qilish zarurati bo'lganda dozani asta-sekin kamaytirish va qabulni anesteziyadan 48 soat oldin tugatish kerak.

Quyidagi kasalliklar va shartlari bo'lgan surunkali yurak yetishmovchiligini davolashda bemorlarda bisoprololni qo'llash bo'yicha terapevtik tajriba mavjud emas:

-NYHA bo'yicha II sinf yurak yetishmovchiligi;

-1-toifa qandli diabet (insulin-bog'liq);

-buyrak funksiyasi buzilishlari (zardob kreatinini >300 mkmol/l);

-jigar funksiyasi buzilishlari;

-80 yoshdan katta bemorlar;

-restriktiv kardiomiopatiya;

-yurakning tug'ma kasalliklari;

-gemodinamikani buzuvchi yurak klapanlari kasalliklari;

-o'tkazilgan miokard infarktidan keyin 3 oydan kam.

Bisoprololni verapamil va diltiazem guruhi kaltsiy kanallari blokatorlari bilan, I sinf aritmiyaga qarshi preparatlar va markaziy ta'sir etuvchi antigipertenziv preparatlar bilan bir vaqtda qo'llash tavsiya etilmaydi.

Bronxial astma yoki simptomlarni chaqirishi mumkin bo'lgan nafas yo'llarining boshqa surunkali obstruktiv kasalliklarida beta-adrenoblokatorlar bilan bir vaqtda bronxodilatatorlarni tayinlash kerak. Astmasi bo'lgan bemorlarda yuzaga kelishi mumkin bo'lgan nafas yo'llari qarshiligi oshganda, ehtimol, beta2-stimulyatorlar dozasini oshirish kerak bo'ladi.

Boshqa beta-adrenoblokatorlar kabi, bisoprolol bemorning allergenlarga sezuvchanligini va anafilaktik reaksiyalar og'irligini oshirishi mumkin. Adrenalin bilan davolash har doim ham kutilgan terapevtik samaraga olib kelmaydi.

Psoriazi bo'lgan bemorlarga beta-adrenoblokatorlarni faqat foyda va xavf o'rtasidagi sinchkov balansdan keyin tayinlash mumkin.

Tireotoksikozda bisoprolol tireotoksikozning ma'lum klinik belgilarini (masalan, taxikardiyani) niqoblashi mumkin. Tireotoksikoz bo'lgan bemorlarda keskin bekor qilish qarshi ko'rsatilgan, chunki simptomatikani kuchaytirishi mumkin.

Feoxromotsitomasi bo'lgan bemorlarda qo'llanilganda paradoksal arterial gipertenziya rivojlanish xavfi mavjud (agar oldindan samarali alfa-adrenoblokadaga erishilmagan bo'lsa).

Qandli diabetda gipoglikemiya chaqirgan taxikardiyani niqoblashi mumkin. Noselektiv beta-adrenoblokatorlardan farqli o'laroq, insulin chaqirgan gipoglikemiyani deyarli kuchaytirmaydi va qonda glyukoza kontsentratsiyasini normal qiymatgacha tiklanishini kechiktirmaydi.

Klonidin bir vaqtda qabul qilinganda uning qabuli bisoprolol bekor qilingandan keyin faqat bir necha kun o'tgach to'xtatilishi mumkin.

Adashgan nervning retsiprok faollashishini vena ichiga atropin (1-2 mg) yuborish bilan bartaraf etish mumkin.

Katexolaminlar zaxirasini kamaytiruvchi dori vositalari (masalan, rezerpin) beta-adrenoblokatorlar ta'sirini kuchaytirishi mumkin, shuning uchun DV ning bunday birikmalarini qabul qilayotgan bemorlar arterial gipotenziya yoki bradikardiyani aniqlash yuzasidan shifokorning doimiy nazorati ostida bo'lishlari kerak.

Keksa yoshdagi bemorlarda o'sib boruvchi bradikardiya (50 zarba/daq dan kam), arterial gipotenziya (sistolik AB 100 mm sim. ust. dan past), AV blokada, bronxospazm, qorinchalar aritmiyalari, jigar va buyrak funksiyasining og'ir buzilishlari paydo bo'lganda dozani kamaytirish yoki davolashni to'xtatish zarur.

Beta-adrenoblokatorlarni qabul qilish chaqirgan depressiya rivojlanganda terapiyani to'xtatish tavsiya etiladi.

Bisoprolol bilan davolashda antidoping nazoratining ijobiy natijasi bo'lishi mumkin.

Qon va siydikda katexolaminlar, normetanefrin va vanilinbodom kislotasi; antinuklear antitelalar titrlarini tekshirishdan oldin bekor qilish kerak.

Og'ir aritmiyalar va miokard infarkti rivojlanish xavfi tufayli bisoprolol bilan davolashni keskin to'xtatish mumkin emas. Bekor qilishni asta-sekin, 2 hafta va undan ortiq vaqt davomida dozani kamaytirish bilan o'tkazadilar (3-4 kunda 25 % ga kamaytiradilar).

Dori preparatining bir yoki bir nechta dozasini qabul qilish o'tkazib yuborilgandagi harakatlarning o'ziga xosligi:

O'tkazib yuborilgan dozani o'tkazib yuborishni aniqlashingiz bilanoq darhol qabul qiling. Agar keyingi dozani qabul qilishga 8 soatdan kam vaqt qolgan bo'lsa, qabulni o'tkazib yuborish va keyin davolashni odatdagi rejimda davom ettirish kerak. O'tkazib yuborilgan preparat qabulini qoplash uchun ikki baravar dozani qabul qilmang.

Transport vositalarini, mexanizmlarni boshqarish qobiliyatiga ta'siri.

Bisoprolol Alkaloid preparati bilan davolash davrida avtotransportni haydashda va diqqatni yuqori jamlashni hamda psixomotor reaksiyalar tezligini talab qiladigan boshqa potensial xavfli faoliyat turlari bilan shug'ullanishda ehtiyotkorlikka rioya qilish kerak.

Qo'llanilishi mumkin bo'lmagan holatlar

-Bisoprololga yoki preparatning har qanday komponentiga va boshqa beta-adrenoblokatorlarga yuqori sezuvchanlik;

-o'tkir yurak yetishmovchiligi;

-tomir ichiga ionotrop terapiya qo'llashni talab qiluvchi dekompensatsiya bosqichidagi surunkali yurak yetishmovchiligi;

-kardiogen shok;

-II va III darajali AV-blokada, elektrokardiostimulyatorsiz;

-sinus tuguni zaifligi sindromi;

-sinoatrial blokada;

-yaqqol bradikardiya (YUR
-og'ir arterial gipotenziya (sistolik AB
-kollaps;

-kardiomegaliya (yurak yetishmovchiligi belgilarisiz);

-anamnezda bronxial astma va O'SOK ning og'ir shakllari;

-periferik qon aylanishining og'ir buzilishlari, Reyno sindromi;

-feoxromotsitoma (alfa-adrenoblokatorlarni bir vaqtda qo'llamasdan);

-metabolik atsidoz;

-MAO ingibitorlarini bir vaqtda qabul qilish (MAO V turi bundan mustasno);

-floktafenin, sultopridni bir vaqtda qabul qilish;

-verapamil, diltiazemni bir vaqtda vena ichiga yuborish;

-18 yoshgacha bo'lganlar (samaradorlik va xavfsizlik aniqlanmagan).

Ehtiyotkorlik bilan:

Agar Sizda sanab o'tilgan kasalliklardan biri bo'lsa, preparatni qabul qilishdan oldin albatta shifokor bilan maslahatlashing.

Desensibilizatsiya terapiyasini o'tkazish; og'irlashgan allergologik anamnez; anamnezda bronxospazm (bronxial astma, o'pkaning surunkali obstruktiv kasalligi); sutkasiga 10 mg doza; Printsmetal stenokardiyasi; gipertireoz; 1-toifa qandli diabet va qonda glyukoza kontsentratsiyasining sezilarli o'zgarishlari bilan kechuvchi qandli diabet; I darajali AV-blokada; yaqqol buyrak yetishmovchiligi (kreatinin klirensi 20 ml/daq dan kam); jigar faoliyatining yaqqol buzilishlari; psoriaz; restriktiv kardiomiopatiya; tug'ma yurak nuqsonlari yoki yaqqol gemodinamik buzilishlar bilan kechuvchi yurak klapan nuqsoni; oxirgi 3 oy ichidagi miokard infarkti bilan kechuvchi surunkali yurak yetishmovchiligi; feoxromotsitoma (alfa-adrenoblokatorlarni birga qo'llashda); periferik qon aylanishining buzilishlari (ayniqsa terapiya boshida); depressiya (shu jumladan anamnezda); qat'iy dieta.

Homiladorlik va emizish davrida qo'llanilishi:

Homiladorlikda Bisoprolol Alkaloid preparatini faqat ona uchun davolash foydasi homila va/yoki bolada nojo'ya samaralar rivojlanish xavfidan ustun bo'lgan holdagina qo'llash tavsiya etiladi. Qoida tariqasida, beta-adrenoblokatorlar platsentadagi qon oqimini pasaytiradi va homila rivojlanishiga ta'sir qilishi mumkin. Platsenta va bachadondagi qon oqimini nazorat qilish, shuningdek bo'lajak bolaning o'sishi va rivojlanishini kuzatish kerak. Homiladorlik va/yoki homilaga nisbatan noxush ko'rinishlar paydo bo'lganda, muqobil terapiya usullariga o'tish kerak. Homiladorlik vaqtida beta-adrenoblokatorlar qo'llanilganda yangi tug'ilgan chaqaloqni tug'ruqdan keyin sinchkovlik bilan tekshirish kerak. Hayotning dastlabki uch kunida bradikardiya va gipoglikemiya belgilari paydo bo'lishi mumkin. Bisoprololning ko'krak sutiga ajralib chiqishi haqida ma'lumotlar yo'q. Shuning uchun Bisoprolol Alkaloid preparatini emizish davrida qabul qilish tavsiya etilmaydi. Agar emizish davrida preparatni qabul qilish zarur bo'lsa, emizishni to'xtatish kerak.

Dori vositalarining o'zaro ta'siri

Arterial gipertenziya va barqaror stenokardiyani davolash

Tavsiya etilmaydigan kombinatsiyalar

Verapamil va kamroq darajada diltiazem guruhi "sekin" kaltsiy kanallari blokatorlari: miokard qisqaruvchanligiga va AV-o'tkazuvchanlikka salbiy ta'sir. Beta-adrenoblokatorlar bilan terapiyada bo'lgan bemorlarda verapamilni tomir ichiga yuborish yaqqol arterial gipotenziya va AV-blokada rivojlanishiga olib kelishi mumkin.

Klonidin va boshqalar (masalan, metildopa, moksonidin, rezerpin) kabi markaziy ta'sirga ega gipotenziv vositalar: markaziy simpatik tonus pasayishi oqibatida yurak yetishmovchiligi rivojlanishiga olib keladi (YQS kamayishi, yurakdan qon otilib chiqishi kamayishi, vazodilatatsiya). Preparatni keskin bekor qilish, ayniqsa, beta-adrenoblokatorlar qabul qilish to'xtatilishidan oldin "rikoshet gipertenziya"ga olib kelishi mumkin. Floktafenin, sultoprid bilan kombinatsiyalar (faollik pasayishi mumkinligi sababli) mumkin emas.

Ehtiyotkorlik bilan qo'llash kerak bo'lgan kombinatsiyalar

Digidropiridin qatori "sekin" kaltsiy kanallari blokatorlari (masalan, nifedipin, felodipin va amlodipin): gipotenziya rivojlanish xavfi oshishiga olib keladi. Shuningdek, yurak yetishmovchiligi bo'lgan bemorlarda qorinchalar qisqarish funktsiyasining progressiv yomonlashishi xavfi oshishini istisno qilib bo'lmaydi.

I sinf aritmiyaga qarshi preparatlar (masalan, xinidin, dizopiramid): AV-o'tkazuvchanlikni susaytiradi va salbiy inotrop ta'sirni kuchaytiradi.

III sinf aritmiyaga qarshi preparatlar (masalan, amiodaron): AV-o'tkazuvchanlikni oshiradi.

Mahalliy qo'llash uchun beta-adrenoblokatorlar (masalan, glaukomani davolash uchun ko'z tomchilari): bisoprololning tizimli samaralarini kuchaytiradi.

Parasimpatomimetik vositalar: AV-o'tkazuvchanlikka salbiy ta'sir ko'rsatadi va bradikardiya rivojlanishiga yordam beradi.

Insulin yoki ichga qabul qilish uchun gipoglikemik vositalar: gipoglikemik samarani kuchaytirish. Beta-adrenoretseptorlar blokadasi rivojlanayotgan gipoglikemiya simptomlarini (taxikardiya, AB oshishi) niqoblay oladi.

Anesteziya uchun vositalar: reflektor taxikardiyani susaytiradi va antigipertenziv samarani kuchaytiradi.

Yurak glikozidlari: YQS ni pasaytiradi, AV-o'tkazuvchanlikni sekinlashtiradi.

Nosteroid yallig'lanishga qarshi preparatlar: bisoprololning gipotenziv samarasini susaytiradi.

Beta-simpatomimetiklar (masalan, izoprenalin, dobutamin): ikkala preparat samaralari susayishiga olib keladi.

Beta- va alfa-retseptorlarga ta'sir qiluvchi simpatomimetik vositalar (masalan, adrenalin, noradrenalin): ushbu preparatlarning alfa-adrenomimetik vazokonstriktor samarasini chaqiradi va kuchaytiradi, bu AB oshishiga va o'zgaruvchan oqsoqlik zo'rayishiga olib keladi. Ushbu o'zaro ta'sirlar noselektiv beta-adrenoblokatorlar bilan kombinatsiyada ko'proq xosdir.

Gipotenziv vositalar va gipotenziv potentsialga ega preparatlar (masalan, tritsiklik antidepressantlar, imipramin, fenelzin kabi MAO ingibitorlari, barbituratlar, xlorpromazin kabi fenotiazinlar): antigipertenziv samarani kuchaytiradi.

Hisobga olish kerak bo'lgan kombinatsiyalar Mefloxin: bradikardiya rivojlanish xavfini oshiradi.

Monoaminoksidaza ingibitorlari (MAO B turi ingibitoridan tashqari): beta-adrenoblokatorlarning antigipertenziv samarasini yoki gipertonik kriz yuzaga kelish xavfini kuchaytiradi.

Ergotamin hosilalari: periferik qon aylanishi buzilishi simptomlarini kuchaytiradi.

Surunkali yurak yetishmovchiligini davolash

Tavsiya etilmaydigan kombinatsiyalar

Verapamil va kamroq darajada diltiazem guruhi "sekin" kaltsiy kanallari blokatorlari: miokard qisqaruvchanligiga va AV-o'tkazuvchanlikka salbiy ta'sir. Beta-adrenoblokatorlar bilan terapiyada bo'lgan bemorlarda verapamilni tomir ichiga yuborish yaqqol arterial gipotenziya va AV-blokada rivojlanishiga olib kelishi mumkin.

I sinf aritmiyaga qarshi preparatlar (masalan, xinidin, dizopiramid, lidokain, fenitoin, flekainid, propafenon): AV-o'tkazuvchanlikni susaytiradi va salbiy inotrop ta'sirni kuchaytiradi.

Klonidin va boshqalar (masalan, metildopa, moksonidin, rezerpin) kabi markaziy ta'sirga ega gipotenziv vositalar: markaziy simpatik tonus pasayishi oqibatida yurak yetishmovchiligi rivojlanishiga olib keladi (YQS kamayishi, yurakdan qon otilib chiqishi kamayishi, vazodilatatsiya). Preparatni keskin bekor qilish, ayniqsa, beta-adrenoblokatorlar qabul qilish to'xtatilishidan oldin "rikoshet gipertenziya"ga olib kelishi mumkin. Floktafenin, sultoprid bilan kombinatsiyalar (faollik pasayishi mumkinligi sababli) mumkin emas.

Ehtiyotkorlik bilan qo'llash kerak bo'lgan kombinatsiyalar

Digidropiridin qatori "sekin" kaltsiy kanallari blokatorlari (masalan, nifedipin, felodipin va amlodipin): gipotenziya rivojlanish xavfi oshishiga olib keladi. Shuningdek, yurak yetishmovchiligi bo'lgan bemorlarda qorinchalar qisqarish funktsiyasining progressiv yomonlashishi xavfi oshishini istisno qilib bo'lmaydi.

III sinf aritmiyaga qarshi preparatlar (masalan, amiodaron): AV-o'tkazuvchanlikni oshiradi.

Mahalliy qo'llash uchun beta-adrenoblokatorlar (masalan, glaukomani davolash uchun ko'z tomchilari): bisoprololning tizimli samaralarini kuchaytiradi.

Parasimpatomimetik vositalar: AV-o'tkazuvchanlikka salbiy ta'sir ko'rsatadi va bradikardiya rivojlanishiga yordam beradi.

Insulin yoki ichga qabul qilish uchun gipoglikemik vositalar: gipoglikemik samarani kuchaytirish. Beta-adrenoretseptorlar blokadasi rivojlanayotgan gipoglikemiya simptomlarini (taxikardiya, AB oshishi) niqoblay oladi.

Anesteziya uchun vositalar: reflektor taxikardiyani susaytiradi va antigipertenziv samarani kuchaytiradi.

Yurak glikozidlari: YQS ni pasaytiradi, AV-o'tkazuvchanlikni sekinlashtiradi.

Nosteroid yallig'lanishga qarshi preparatlar: bisoprololning gipotenziv samarasini susaytiradi.

Beta-simpatomimetiklar (masalan, izoprenalin, dobutamin): ikkala preparat samaralari susayishiga olib keladi.

Beta- va alfa-retseptorlarga ta'sir qiluvchi simpatomimetik vositalar (masalan, adrenalin, noradrenalin): ushbu preparatlarning alfa-adrenomimetik vazokonstriktor samarasini chaqiradi va kuchaytiradi, bu AB oshishiga va o'zgaruvchan oqsoqlik zo'rayishiga olib keladi. Ushbu o'zaro ta'sirlar noselektiv beta-adrenoblokatorlar bilan kombinatsiyada ko'proq xosdir.

Gipotenziv vositalar va gipotenziv potentsialga ega preparatlar (masalan, tritsiklik antidepressantlar, imipramin, fenelzin kabi MAO ingibitorlari, barbituratlar, xlorpromazin kabi fenotiazinlar): antigipertenziv samarani kuchaytiradi.

Hisobga olish kerak bo'lgan kombinatsiyalar Mefloxin: bradikardiya rivojlanish xavfini oshiradi.

Monoaminoksidaza ingibitorlari (MAO B turi ingibitoridan tashqari): beta-adrenoblokatorlarning antigipertenziv samarasini yoki gipertonik kriz yuzaga kelish xavfini kuchaytiradi.

Ergotamin hosilalari: periferik qon aylanishi buzilishi simptomlarini kuchaytiradi.

Dozirovkasi
DozalashIchga, tabletkalarni oz miqdordagi suyuqlik bilan ertalab nonushtadan oldin, vaqtida yoki undan keyin, sutkasiga 1 marta qabul qilish kerak. Tabletkalarni chaynamaslik yoki kukun holatiga keltirmaslik kerak.

Bisoprolol Alkaloid preparati bilan davolash odatda uzoq muddatli bo'lib, har bir bemor uchun individual bo'lishi kerak. Odatda asta-sekin oshiriladigan past dozadan boshlaydilar. Agar davolashni to'xtatish zarur bo'lsa, preparat dozasini asta-sekin kamaytirish kerak.

Arterial gipertenziya va barqaror stenokardiyani davolash

Barcha bemorlarda doza individual tanlanadi. Odatda boshlang'ich doza - 5 mg 1 marta/sut. Ushlab turuvchi doza - 10 mg 1 marta/sut, maksimal tavsiya etilgan doza - 20 mg 1 marta/sut.

Surunkali yurak yetishmovchiligini davolash

Surunkali yurak yetishmovchiligini davolashni boshlash majburiy ravishda maxsus titrlash bosqichini o'tkazishni va muntazam shifokor nazoratini talab qiladi. Bisoprolol Alkaloid preparati bilan davolash uchun oldindan shart oxirgi olti hafta ichida zo'rayish belgilarisiz barqaror surunkali yurak yetishmovchiligi; oxirgi ikki hafta ichida deyarli o'zgarmagan bazaviy terapiya; APF ingibitorlari (yoki APF ingibitorlarini o'zlashtira olmaslik holatida boshqa tomir kengaytiruvchi preparatlar), diuretiklar va yurak glikozidlarining optimal dozalari bilan davolashdir. Surunkali yurak yetishmovchiligini davolash quyida keltirilgan sxemaga muvofiq boshlanadi, bunda bemor tayinlangan dozani qanchalik yaxshi o'zlashtirishiga qarab individual moslashtirish talab qilinishi mumkin, ya'ni dozani faqat oldingi doza yaxshi o'zlashtirilgan taqdirdagina oshirish mumkin. Bisoprolol Alkaloid preparatining tavsiya etilgan boshlang'ich dozasi 1,25 mg (2,5 mg dan 1/2 tabletka) 1 marta/sut (1 hafta), yaxshi o'zlashtirilganda doza 2,5 mg ga 1 marta/sut (2 hafta), yaxshi o'zlashtirilganda doza 3,75 mg ga 1 marta/sut (2,5 mg dan 1/4 tabletka) (3 hafta), yaxshi o'zlashtirilganda doza 5 mg ga 1 marta/sut (4-7 hafta), yaxshi o'zlashtirilganda doza 7,5 mg ga 1 marta/sut (5 mg dan 1 tabletka 2,5 mg dan 1 tabletka) (8-11 hafta), yaxshi o'zlashtirilganda doza ushlab turuvchi terapiya sifatida 10 mg ga 1 marta/sut (12 hafta va undan keyin) oshiriladi. Surunkali yurak yetishmovchiligini davolashda Bisoprolol Alkaloid preparatining maksimal tavsiya etilgan dozasi 10 mg 1 marta/sut ni tashkil qiladi. Agar preparat dozasini oshirish bemor tomonidan yomon o'zlashtirilsa, dozani kamaytirish mumkin. Titrlash vaqtida muntazam ravishda AB, YuQS va surunkali yurak yetishmovchiligi kuchayishi simptomlarini nazorat qilish tavsiya etiladi. Surunkali yurak yetishmovchiligi simptomlarining kuchayishi preparat 1,25 mg dozada qo'llanilgan birinchi kundanoq mumkin, shuning uchun 4 soat davomida bemorni qattiq kuzatish talab etiladi (YuQS, AB, o'tkazuvchanlik buzilishlari, yurak yetishmovchiligi yomonlashuvi belgilarini nazorat qilish). Titrlash bosqichida yoki undan keyin surunkali yurak yetishmovchiligi kechishining vaqtinchalik yomonlashuvi, arterial gipotenziya yoki bradikardiya paydo bo'lishi mumkin. Bunday holda, birinchi navbatda, hamroh standart terapiya dozalarini tanlashga e'tibor berish tavsiya etiladi. Shuningdek, Bisoprolol Alkaloid preparati dozasini vaqtinchalik kamaytirish yoki davolashni bekor qilish talab etilishi mumkin. Bemorning holati barqarorlashgandan so'ng dozani takroriy titrlashni o'tkazish yoki davolashni davom ettirish kerak. Hozirgi vaqtda qandli diabet 1-tipi, buyrak va/yoki jigar funktsiyasining yaqqol buzilishlari, restriktiv kardiomiopatiya, tug'ma yurak nuqsonlari, gemodinamik ahamiyatga ega yurak nuqsoni bilan bog'liq surunkali yurak yetishmovchiligi bo'lgan bemorlarda Bisoprolol Alkaloid preparatini qo'llash bo'yicha yetarli ma'lumotlar yo'q. Shuningdek, oxirgi 3 oy ichida miokard infarkti bo'lgan surunkali yurak yetishmovchiligi bo'lgan bemorlar bo'yicha yetarli ma'lumotlar olinmagan.

Bemorlarning alohida guruhlarida dozalash rejimi

Jigar yoki buyrak funktsiyasi buzilgan bemorlarga odatda dozalarni to'g'irlash talab etilmaydi.

Buyrak (KK <20 ml/daq) va jigar funktsiyasining og'ir buzilishlari bo'lgan bemorlar uchun maksimal sutkalik doza - 10 mg 1 marta/sut.

Preparat keksa yoshdagi bemorlarda qo'llanilganda dozani to'g'irlash talab etilmaydi.Dozani oshirib yuborishSimptomlari: yaqqol bradikardiya, aritmiya, AV blokada, qorincha ekstrasistoliyasi, arterial qon bosimining yaqqol pasayishi, nafas olishning qiyinlashishi, bronxospazm, o'tkir yurak yetishmovchiligi, barmoqlar yoki kaftlar tirnoqlarining tsianozi, bosh aylanishi, hushdan ketish, tirishishlar, gipoglikemiya.

Davolash: ushlab turuvchi va simptomatik terapiya.

-Bradikardiyada - v/i atropin yuborish; sun'iy ritm boshqaruvchisini vaqtinchalik o'rnatish;

-arterial gipotenziyada - plazma o'rnini bosuvchi eritmalar, vazopressor preparatlarni vena ichiga quyish;

-II yoki III darajali AV-blokadada - bemorlar doimiy kuzatuv ostida bo'lishlari va epinefrin kabi beta-adrenomimetiklar bilan davolash olishlari kerak. Zarurat bo'lganda - sun'iy ritm boshqaruvchisini o'rnatish;

-yurak yetishmovchiligi zo'rayganda diuretiklar, inotrop, vazodilyatator preparatlarni v/i yuborish zarur;

-bronxospazmda - bronxodilatatorlar (izoprenalin), beta2-simpatomimetiklar va/yoki aminofillin;

-gipoglikemiyada - dekstroza (glyukoza) ni vena ichiga yuborish.

Xususiyatlar BISOPROLOL ALKALOID 0,0025 tabletkalari N30

Bisoprolol boshqa chiqarish shakllari

BISOPROLOL 0,0025 tabletkalari N30
Retseptli
BISOPROLOL 0,0025 tabletkalari N30
Rossiya Federatsiyasi
Ishlab chiqaruvchi:
OOO «Ozon»
BISOPROLOL 0,01 tabletkalari N30
Retseptli
BISOPROLOL 0,01 tabletkalari N30
Rossiya Federatsiyasi
Ishlab chiqaruvchi:
OZON FARM, OOO
BISOPROLOL 0,0025 tabletkalari N30
Retseptli
BISOPROLOL 0,0025 tabletkalari N30
Rossiya Federatsiyasi
Ishlab chiqaruvchi:
Verteks Aksionernoe Obshestvo
BISOPROLOL 0,005 tabletkalari N30
Retseptli
BISOPROLOL 0,005 tabletkalari N30
Rossiya Federatsiyasi
Ishlab chiqaruvchi:
Verteks Aksionernoe Obshestvo
BISOPROLOL 0,005 tabletkalari N30
Retseptli
BISOPROLOL 0,005 tabletkalari N30
Rossiya Federatsiyasi
Ishlab chiqaruvchi:
Rafarma, AO
BISOPROLOL 0,005 tabletkalari N60
Retseptli
BISOPROLOL 0,005 tabletkalari N60
Rossiya Federatsiyasi
Ishlab chiqaruvchi:
Verteks Aksionernoe Obshestvo
BISOPROLOL 0,005 tabletkalari N30
Retseptli
BISOPROLOL 0,005 tabletkalari N30
Rossiya Federatsiyasi
Ishlab chiqaruvchi:
OZON FARM, OOO
BISOPROLOL 0,005 tabletkalari N50
Retseptli
BISOPROLOL 0,005 tabletkalari N50
Rossiya Federatsiyasi
Ishlab chiqaruvchi:
Biokom, ZAO
BISOPROLOL 0,005 tabletkalari N30
Retseptli
BISOPROLOL 0,005 tabletkalari N30
Rossiya Federatsiyasi
Ishlab chiqaruvchi:
Biokom, ZAO
BISOPROLOL 0,0025 tabletkalari N30
Retseptli
BISOPROLOL 0,0025 tabletkalari N30
Rossiya Federatsiyasi
Ishlab chiqaruvchi:
Rafarma, AO
BISOPROLOL 0,005 tabletkalari N50
Retseptli
BISOPROLOL 0,005 tabletkalari N50
Rossiya Federatsiyasi
Ishlab chiqaruvchi:
Rafarma, AO
BISOPROLOL 0,01 tabletkalari N60
Retseptli
BISOPROLOL 0,01 tabletkalari N60
Rossiya Federatsiyasi
Ishlab chiqaruvchi:
Verteks Aksionernoe Obshestvo
BISOPROLOL 0,01 tabletkalari N30
Retseptli
BISOPROLOL 0,01 tabletkalari N30
Rossiya Federatsiyasi
Ishlab chiqaruvchi:
Biokom, ZAO
BISOPROLOL 0,005 tabletkalari N30
Retseptli
BISOPROLOL 0,005 tabletkalari N30
Rossiya Federatsiyasi
Ishlab chiqaruvchi:
Izvarino Farma,OOO
BISOPROLOL tabletkalari 5mg N30
Retseptli
BISOPROLOL tabletkalari 5mg N30
Polsha
Ishlab chiqaruvchi:
Sandoz Pharmaceuticals d.d., Sloveniya proizvedeno: Lek S.A.
•110 ta dorixonada bor
Narxi
5 000 so'm dan
BISOPROLOL 0,005 tabletkalari N50
Retseptli
BISOPROLOL 0,005 tabletkalari N50
Rossiya Federatsiyasi
Ishlab chiqaruvchi:
Izvarino Farma,OOO

BISOPROLOL ALKALOID 0,0025 tabletkalari N30 analoglari

BIOL 0,0025 tabletkalari N30
BIOL 0,0025 tabletkalari N30
Germaniya
Ishlab chiqaruvchi:
Salyutas Farma GmbX
BISOPROLOL 0,01 tabletkalari N30
Retseptli
BISOPROLOL 0,01 tabletkalari N30
Rossiya Federatsiyasi
Ishlab chiqaruvchi:
Izvarino Farma,OOO
BIDOP 0,005 tabletkalari N56
Retseptli
BIDOP 0,005 tabletkalari N56
Irlandiya/Rossiya
Ishlab chiqaruvchi:
Nish Generiks Limited/Gedeon Rixter RUS, AO
BIDOP 0,01 tabletkalari N56
Retseptli
BIDOP 0,01 tabletkalari N56
Irlandiya/Rossiya
Ishlab chiqaruvchi:
Gedeon Rixter, AO
NIPERTEN 0,01 tabletkalari 0,01g N30
Retseptli
NIPERTEN 0,01 tabletkalari 0,01g N30
Rossiya Federatsiyasi
Ishlab chiqaruvchi:
OOO «KRKA-RUS»
NIPERTEN 0,0025 tabletkalari 0,0025g N30
Retseptli
NIPERTEN 0,0025 tabletkalari 0,0025g N30
Rossiya Federatsiyasi
Ishlab chiqaruvchi:
OOO «KRKA-RUS»
NIPERTEN 0,005 tabletkalari 0,005g N30
Retseptli
NIPERTEN 0,005 tabletkalari 0,005g N30
Rossiya Federatsiyasi
Ishlab chiqaruvchi:
OOO «KRKA-RUS»
BIPROL 0,005 tabletkalari N100
Retseptli
BIPROL 0,005 tabletkalari N100
Rossiya Federatsiyasi
Ishlab chiqaruvchi:
OOO «Xemofarm»
BIPROL 0,0025 tabletkalari N30
Retseptli
BIPROL 0,0025 tabletkalari N30
Rossiya Federatsiyasi
Ishlab chiqaruvchi:
OOO «Xemofarm»
BIPROL 0,005 tabletkalari N30
Retseptli
BIPROL 0,005 tabletkalari N30
Rossiya Federatsiyasi
Ishlab chiqaruvchi:
OOO «Xemofarm»
BIPROL 0,01 tabletkalari N30
Retseptli
BIPROL 0,01 tabletkalari N30
Rossiya Federatsiyasi
Ishlab chiqaruvchi:
OOO «Xemofarm»
BIPROL 0,005 tabletkalari N50
Retseptli
BIPROL 0,005 tabletkalari N50
Rossiya Federatsiyasi
Ishlab chiqaruvchi:
OOO «Xemofarm»

BISOPROLOL ALKALOID 0,0025 tabletkalari N30 haqida savollar

BISOPROLOL ALKALOID 0,0025 tabletkalari N30 haqida fikr-mulohazalar

Reyting 0, 0 ta sharh asosida

Alifbo bo'yicha dori vositalar ro'yxati

scroll-top

Biz portalimiz ishini takomillashtirish maqsadida cookie-fayllardan foydalanamiz. Ishni davom ettirar ekansiz, ulardan foydalanishga rozilik bildirgan bo‘lasiz. Batafsil