Ташкент
logo
SavatKirish
Bosh sahifa  / Dori vositalari  / Shamollash va gripp  / BROKS inyeksiya uchun eritma 2ml 15mg/2ml N10

BROKS inyeksiya uchun eritma 2ml 15mg/2ml N10

Retseptsiz
Mahsulot haqida tafsilotlar
Ishlab chiqarilgan joyi:O'zbekiston
Faol modda:Ambroksol
Farmakoterapevtik guruh:

mukolitik va balg‘am ko‘chiruvchi vosita

Ishlab chiqaruvchi:Jurabek Laboratories OT MChJ
ATX kodi:R05CB06
Barcha Broks dorilari
Mavjud emas
Dorixonadan topish
To‘lov va yetkazib berish usullari Toshkentda
Olib ketish
Ertaga yoki keyinroq 0 ta dorixonadan
Dorixonada karta yoki naqd to‘lov
Yetkazib berish
2 soat ichida yoki ertaga, yetkazib berish narxi onlayn dorixonada ko‘rsatilgan tarif bo‘yicha. Onlayn yoki kuryerga to‘lov

BROKS inyeksiya uchun eritma 2ml 15mg/2ml N10 o'xshash dorilari

BROKS inyeksiya uchun eritma 2ml 15mg/2ml N10 qo'llanmasi

Saytda e'lon qilingan ma'lumotlar mutaxassislar uchun mo'ljallangan. O'zingizni-o'zingiz davolash bilan shug'ullanmang. Sog'lig'ingizga zarar bermaslik uchun mutaxassis bilan maslahatlashishga ishonch hosil qiling!
Sotish shartlari

Retsept bo‘yicha.

Tarkibi

1 ampula quyidagilarni saqlaydi: faol modda: ambroksol gidroxloridi – 7,5 mg; yordamchi moddalar: suvsiz limon kislotasi, natriy xloridi, natriy gidrofosfat geptagidrati, in’eksiya uchun suv - 1 ml gacha.

Tarkibi va ishlab chiqarilish shakli
Tarkibi: 1 ampula quyidagilarni saqlaydi:

faol modda: ambroksol gidroxloridi – 7,5 mg;

yordamchi moddalar: suvsiz limon kislotasi, natriy xloridi, natriy gidrofosfat geptagidrati, in’eksiya uchun suv - 1 ml gacha.

Chiqarilish shakli

15 mg/2ml li in’eksiya va ingalyatsiya uchun eritma №5 (1x5), №10 (2x5) (ampulalar).


Farmakodinamikasi

Ambroksol bu bromgeksin metaboliti – benzilamin. Bromgeksindan metil guruhining mavjud emasligi va siklogeksil halkasining para-trans holatida gidroksil guruhi mavjudligi bilan farq qiladi. Mukolitik, sekretolitik va balg‘am ko‘chiruvchi ta’sirga ega. Klinik oldi tadqiqotlar ambroksol bronxlar shilliq qavati bezlarining seroz hujayralarini rag‘batlantirishini ko‘rsatgan. Kipriksimon epiteliy hujayralarini faollashtirib hamda balg‘am qovushqoqligini pasaytirib mukotsiliar transportni yaxshilaydi. Ambroksol 2-turdagi alveolyar pnevmotsitlar va mayda nafas yo‘llarining Klar hujayralariga bevosita ta’sir etgan holda o‘pka surfaktanti hosil bo‘lishini faollashtiradi. Ambroksol bronxial bezlarning seroz hujayralari faolligini, fermentlar ishlab chiqarilishini rag‘batlantiradi, balg‘amning reologik xususiyatlarini yaxshilaydi, balg‘am polisaxaridlari o‘rtasidagi bog‘liqlikni parchalaydi, surfaktant paydo bo‘lishini va bevosita bronxlar kiprikchalari faolligini yaxshilaydi, ularning yopishib qolishiga to‘sqinlik qiladi. Hayvonlarda o‘tqazilgan in vivo sharoitidagi tadqiqotlar hamda hujayra kulturalarida o‘tkazilgan tadqiqotlarda ambroksol homila va katta yoshlilarda alveolalar va bronxlar yuzasida faol bo‘lgan surfaktant hosil bo‘lishi va sekretsiyasini rag‘batlantirishi ko‘rsatilgan. Shuningdek, klinik oldi tadqiqotlarida ambroksolning antioksidant samarasi isbotlangan. Ambroksol antibiotiklar (amoksitsillin, sefuroksim, eritromitsin va doksitsiklin) bilan birga qo‘llanganida ularning balg‘am va bronxial sekretidagi konsentratsiyasini oshiradi.

Farmakokinetikasi

Parenteral yuborilganda preparat ta’siri tez boshlanadi va 6-10 soat davomida davom etadi. Taqsimlanishi Vena ichiga yuborilganda biokiraolishligi 100% ni tashkil etadi. To‘qimalarga tez o‘tadi, eng yuqori konsentratsiyalari o‘pkalarda aniqlanadi. Qonda maksimal konsentratsiyasiga (Smax) 1-3 soatdan keyin erishiladi. Plazma oqsillari bilan bog‘lanishi taxminan 85% (80-90%) ni tashkil etadi. Ambroksol orqa miya suyuqligiga va yo‘ldosh to‘sig‘i orqali o‘tadi, shuningdek ko‘krak suti orqali ajraladi. Metabolizmi va chiqarilishi Jigarda metabolitlar hosil qilib metabolizmga uchraydi. Yarim chiqarilish davri (T½) 7 dan 12 soatgacha tashkil etadi, ambroksol va metabolitlarning umumiy T½ taxminan 22 soatni tashkil qiladi. Ko‘proq - 90% buyraklar orqali metabolitlar shaklida chiqariladi, 10% dan kamrog‘i esa o‘zgarmagan holda chiqariladi. Alohida klinik holatlardagi farmakokinetikasi Plazma oqsillari bilan yuqori bog‘liqlik, katta taqsimlanish hajmi (Vd) va to‘qimalardan qonga sekin qayta taqsimlanishini hisobga olgan holda, dializ yoki jadallashtirilgan diurezda ambroksolning ahamiyatli chiqarilishi yuz bermaydi. Og‘ir darajali jigar kasalliklari bo‘lgan patsiyentlarda ambroksol klirensi 20-40%ga kamayadi. Og‘ir darajali buyraklar funksiyasi buzilishlari kuzatilgan patsiyentlarda ambroksol metabolitlarining T1/2 uzayadi.

Farmakoterapevtik guruh

mukolitik va balg‘am ko‘chiruvchi vosita

Dori shakli

In’eksiya va ingalyatsiya uchun eritma.

Nojo'ya samaralari

Allergik reaksiyalar: juda kam hollarda - teri toshmasi, et uvishishi (tez yuborilgan holda), angionevrotik shish (Kvinke shishi), ko‘p shaklli ekssudativ eritema (shu jumladan, havfli ekssudativ eritema yoki Stivens-Djonson sindromi), toksik epidermal nekroliz (Layell sindromi), et uvishishi bilan birga harorat reaksiyasi; ayrim hollarda- kontakt dermatit; anafilaktik shok rivojlangan bir holat qayd etilgan. Nerv tizimi tomonidan: bosh og‘rig‘i. Yurak va qon tomirlari tomonidan: arterial qon bosimni oshishi (tez yuborilganida). Nafas tizimi tomonidan: rinoreya, kam hollarda – nafas yo‘llarini qurishi, nafasni buzilishi, hansirash (tez yuborilganida). Ovqat hazm qilish tizimi tomonidan: kam hollarda – og‘izni qurishi, so‘lak oqishi, gastralgiya, ko‘ngil aynishi, qusish, diareya, qabziyat. Siydik ayirish tizimi tomonidan: dizuriya. Boshqalar reaksiyalar: holsizlik, ekzantema, charchoqlik va oyoqlar og‘irlashishi hissi, qotib qolishi, gipertermiya (tez yuborilganida).

Maxsus saqlash sharoitlari

Qo‘llaniladigan eritma tiniq, hona haroratida, ampula esa - germetik bo‘lishi kerak. Xiralashgan eritma yoki shikastlangan ampuladan olingan eritma yuborilmasligi kerak. Tomchilab yuborishda yangi tayyorlangan eritmadan foydalanish kerak. Tayyorlangan eritmani 6 soat davomida qo‘llash lozim. 2 yoshgacha bo‘lgan bolalarni davolash faqat shifokor nazorati ostida o‘tkazilishi zarur. Preparatni qo‘llash vaqtida ko‘p suyuqlik ichish tavsiya etiladi. Davolash kursining davomiyligi kasallikning kechish hususiyatiga bog‘liq. Preparatni shifokor tavsiyasisiz 4-5 kundan ko‘p qo‘llash tavsiya etilmaydi. Avtotransport hamda boshqa mashinalar va mexanizmlarni boshqarish qobilyatiga tasiri hozirgi vaqtgacha malum emas. Homiladorlik va laktatsiya davrida qo‘llanilishi. Ambroksol yo‘ldosh orqali o‘tadi, ko‘krak suti bilan chiqarilishi mumkin. Hozirgi vaqtgacha ambroksolning homila va chaqaloqlarga salbiy tasiri to‘g‘risida asosli malumotlar yo‘qligiga qaramay, ambroksol homiladorlik davrida, ayniqsa, I uch oyligida va emizish davrida ona uchun taxmin qilinadigan foyda homila uchun potensial xavfdan yuqori bo‘lgan holatlardagina qo‘llanilishi mumkin.

Qo'llanilishi

Tez terapevtik samara olish zarur bo‘lgan va/yoki preparatni ichga qabul qilish imkoni bo‘lmagan holatlarda qovushqoq balg‘am ajralishi va balg‘am ko‘chishining qiyinlashishi bilan kechuvchi nafas yo‘llari kasalliklari: - o‘tkir va surunkali bronxitlar; - pnevmoniya; - bronxial astma; - bronxoektatik kasallik; - chala tug‘ilgan chaqaloqlar va yangi tug‘ilgan chaqaloqlarda respirator distress - sindromida surfaktant sintezini rag‘batlantirish uchun (majmuaviy davolash tarkibida) qo‘llaniladi.

Qo'llanilishi mumkin bo'lmagan holatlar

- ambroksolga va/yoki preparatning boshqa komponentlariga yuqori sezuvchanlik; - me’da va o‘n ikki barmoq ichak yara kasalligini zo‘rayish bosqichi; - tutqanoq sindromida qo‘llash mumkin emas; Ehtiyotkorlik bilan: -bronxlarning motor funksiyasini buzilishlari bo‘lgan va balg‘amni hosil bo‘lishi ko‘paygan patsiyentlarda (harakatsiz kiprikchalar sindromida); - homiladorlik va laktatsiya davrida; - buyraklar funksiyalari buzilishlarida va og‘ir darajali jigar kasalliklarida (dozani kamaytirish va yuborilishlar o‘rtasidagi oraliq vaqtni uzaytirish kerak).

Dori vositalarining o'zaro ta'siri

Ambroksol yo‘talga qarshi preparatlar (masalan, kodein saqlovchi preparatlar) bilan bir vaqtda qo‘llanilganida yo‘tal refleksining susayishi tufayli sekret turib qolishi paydo bo‘lishi mumkin. Shu sababli bunday kombinatsiyalar ehtiyotkorlik bilan tanlanishi kerak. Glautsin + efedrin + oddiy rayhon yog‘ majmuasini balg‘am ko‘chishini qiyinlashtirgani sababli ambroksol bilan bir vaqtda qo‘llash tavsiya etilmaydi. Ambroksol va amoksitsillin, sefuroksim, eritromitsin hamda doksitsiklin kabi antibiotiklar birga qo‘llanilganida bu preparatlarning balg‘am va bronxial sekretdagi konsentratsiyalari oshadi va antibiotiklarning o‘pkaga o‘tishi yaxshilanadi. Doksitsiklin bilan bunday o‘zaro ta’siri terapevtik maqsadlarda keng qo‘llaniladi. Kromoglitsiy kislotasi va ambroksol eritmalarini bir shpritsda aralashtirish mumkin emas. Ambroksolning rN 6,3 dan yuqori bo‘lgan eritmalar bilan aralashmasidan in’eksiya uchun foydalanish mumkin emas (ambroksol asosidan cho‘kma hosil bo‘lishiga olib keladi).

Ta'rifi

Tiniq, rangsiz yoki bir oz sarg‘ish suyuqlik.

Dozirovkasi

Vena ichiga (asta-sekin oqim bilan yoki tomchilab), mushak ichiga, teri ostiga va nebulayzer yordamida ingalyatsiya shaklida yuboriladi. Doza kasallikning og‘irlik darajasiga, organizm holatiga, laborator tekshiruvlarining ma’lumotlariga, patsiyent yoshiga, vazniga va buyraklari funksiyalariga bog‘liq. Kattalarga sutkada 2-3 marta 1 ta ampuladan (30-45 mg/sutka). Og‘ir holatlarda doza sutkada 2-3 marta 2 ta ampulagacha (60-90 mg/sutka) oshirilish mumkin. Bolalarga odatda, preparat tana vazniga nisbatan 1,2-1,6 mg/kg sutkalik dozada buyuriladi. 2 yoshgacha bo‘lgan bolalarga sutkada 1 ml (1/2 ampula)dan 2 marta (15 mg\sutka) buyuriladi. 2 yoshdan dan 5 yoshgacha bo‘lgan bolalarga sutkada 1 ml (1/2 ampula) dan 3 mahal (22,5 mg/sutka) buyuriladi. 5 yoshdan katta yoshdagi bolalarga sutkada 2 ml ( 1 ta ampula) dan 2-3 marta (30-45 mg/sutka) buyuriladi. Eritma vena ichiga yuborilganida kamida 5 minut davomida asta-sekin yuborilishi lozim. Chala tug‘ilgan chaqaloqlarda va yangi tug‘ilgan chaqaloqlarda respirator distress-sindromida preparatning sutkalik dozasi 30 mg ni tashkil etadi va odatda 4 marta alohida yuborish uchun taqsimlanadi. Kasallikning o‘tkir darajali belgilari yo‘qolgandan keyin in’eksiya to‘xtatiladi va ambroksolning boshqa dori shakllarini ichga qabul qilishga o‘tiladi. Vena ichiga qo‘llanilishi Erituvchi sifatida 0,9% li natriy xlorid eritmasi yoki 5% li dekstroza eritmasi qo‘llaniladi. Og‘ir hollarda bir martalik doza ikki barovar oshirilishi mumkin. Nebulayzer yordamida ingalyatsiya: Broks ingalyatsiya shaklida qo‘llanilganida istalgan zamonaviy uskunadan foydalanish mumkin (bug‘li ingalyatsiyalardan tashqari). Ingalyatsiyadan avval preparat 0,9 % li natriy xlorid eritmasi bilan (1:1 nisbatda) aralashtiriladi va tana haroratigacha isitiladi. Ingalyatsiyani chuqur nafas olmasdan (yo‘talni qo‘zg‘atmaslik uchun) oddiy nafas olish tartibida o‘tkazish kerak. Bronxial astmasi bo‘lgan bemorlarda nafas yo‘llarining nospetsifik ta’sirlanishi va ularning spazmlaridan saqlanish uchun ingalyatsiyani bronxolitik preparatlardan so‘ng o‘tkazish tavsiya etiladi. Odatda, quyidagi dozalardan foydalaniladi (1 ml Broks eritmasida 7,5 mg ambroksol saqlanadi): 2 yoshgacha bo‘lgan bolalarga bir kunda 1-2 marta (7,5-15 mg/sutka) 1 ml eritmadan ingalyatsiya qilinadi. 2 yoshdan 6 yoshgacha bo‘lgan bir kunda 1-2 marta (15-30 mg/sutka) 2 ml eritmadan ingalyatsiya qilinadi. 6 yoshdan katta yoshdagi bolalarga va kattalarga bemorlarga bir kunda 1-2 marta (15-45 mg/sutka) 2-3 ml eritmadan ingalyatsiya qilinadi. Alohida klinik holatlarda qo‘llash usuli va dozalar Og‘ir darajali buyrak yetishmovchiligida (kreatinin klirensiga ko‘ra) dozani kamaytirish va yuborishlar o‘rtasidagi oraliq vaqtni uzaytirish kerak.

Dozani oshirib yuborilishi

Simptomlari: so‘lak ajralishining oshishi, ko‘ngil aynishi, qusish, arterial qon bosimini pasayishi.
Davolash: gemodinamik ko‘rsatkichlarni nazorat qilish va zarur hollarda, simptomatik terapiya o‘tkazilishi zarur.

BROKS inyeksiya uchun eritma 2ml 15mg/2ml N10 analoglari

XALIKSOL sirop 100ml 0,03/10ml
XALIKSOL sirop 100ml 0,03/10ml
Vengriya
Ishlab chiqaruvchi:
Egis Farmasevticheskiy zavod OAO
XALIKSOL 0,03 tabletkalari N20
XALIKSOL 0,03 tabletkalari N20
Vengriya
Ishlab chiqaruvchi:
Egis Farmasevticheskiy zavod OAO
FLAVAMED MAKS 0,06 tabletkalari N10
FLAVAMED MAKS 0,06 tabletkalari N10
Germaniya
Ishlab chiqaruvchi:
Germes Arsnaymittel GmbX/Berlin-Xemi AG
FLAVAMED eritma dlya priema vnutr 100ml 0,015/5ml
FLAVAMED eritma dlya priema vnutr 100ml 0,015/5ml
Germaniya
Ishlab chiqaruvchi:
Berlin-Xemi AG
FLAVAMED 0,03 tabletkalari N20
FLAVAMED 0,03 tabletkalari N20
Germaniya
Ishlab chiqaruvchi:
Menarini-Fon Xeyden GmbX/Berlin-Xemi AG
LAZOLVAN 0,03 tabletkalari N50
LAZOLVAN 0,03 tabletkalari N50
Gretsiya
Ishlab chiqaruvchi:
Beringer Ingelxaym Ellas A.Ye
LAZOLVAN 0,03 tabletkalari N20
LAZOLVAN 0,03 tabletkalari N20
Gretsiya
Ishlab chiqaruvchi:
Beringer Ingelxaym Ellas A.Ye
LAZOLVAN MAKS 0,075 kapsulalar  N10
Retseptsiz
LAZOLVAN MAKS 0,075 kapsulalar N10
Germaniya/Frantsiya
Ishlab chiqaruvchi:
Beringer Ingelxaym Farma GmbX i Ko.KG/ Delfarm Reyms

BROKS inyeksiya uchun eritma 2ml 15mg/2ml N10 savollari

BROKS inyeksiya uchun eritma 2ml 15mg/2ml N10 fikr-mulohazalari

Reyting 0, 0 ta sharh asosida

Alifbo bo'yicha dori vositalar ro'yxati

scroll-top

Biz portalimiz ishini takomillashtirish maqsadida cookie-fayllardan foydalanamiz. Ishni davom ettirar ekansiz, ulardan foydalanishga rozilik bildirgan bo‘lasiz. Batafsil