BROMGEKSIN AKRIXIN 0,004/5ML sirop 100ml

BROMGEKSIN AKRIXIN 0,004/5ML sirop 100ml haqida qo'llanma
Farmakokinetikasi
Ichga qabul qilinganda bromgeksin deyarli to'liq (99 %) 30 daqiqa ichida so'riladi. Bromgeksinning taxminan 80 % jigardan birinchi "o'tish" effekti oqibatida jadal metabolizmga uchraydi. Plazmada bromgeksin oqsillar bilan bog'lanadi, gematoensefalik va yo'ldosh to'siqlari orqali o'tadi. Jigarda bromgeksin faol metabolit - ambroksol hosil bo'lishi bilan demetillanish va oksidlanishga uchraydi. Yarim chiqarilish davri to'qimalardan sekin qayta diffuziya oqibatida 15 soatni tashkil qiladi. Buyraklar orqali chiqariladi. Surunkali buyrak yetishmovchiligida bromgeksin metabolitlarining chiqarilishi buziladi. Ko'p marta qo'llanilganda bromgeksin kumulyatsiya qilinishi mumkin.
Nojo'ya samaralari
Allergik reaksiyalar, dispepsiya, shu jumladan ko'ngil aynishi, qusish; oshqozon va 12-barmoqli ichak yara kasalligining kuchayishi, bosh aylanishi, bosh og'rig'i, "jigar" transaminazalari faolligining oshishi.
Maxsus saqlash sharoitlari
Davolashda yetarli miqdorda suyuqlik qabul qilish zarur, bu bromgeksinning balg'am ko'chiruvchi ta'sirini oshiradi.
Bolalarda davolashni postural drenaj yoki ko'krak qafasining vibratsion massaji bilan birga olib borish kerak, bu bronxlardan sekret chiqarilishini osonlashtiradi.
Transport vositalarini va boshqa mexanizmlarni boshqarish qobiliyatiga ta'siri:
Davolash davrida transport vositalarini boshqarishda va yuqori diqqatni jamlash hamda psixomotor reaksiyalar tezligini talab qiluvchi boshqa potensial xavfli faoliyat turlari bilan shug'ullanishda ehtiyotkorlikka rioya qilish kerak.
Qo'llanilishi mumkin bo'lmagan holatlar
Gipersezuvchanlik, me'da peptik yarasi, homiladorlik (I trimestr); laktatsiya davri.
Ehtiyotkorlik bilan:
Buyrak va/yoki jigar yetishmovchiligi; bronxlarda ortiqcha sekret to'planishi bilan kechuvchi kasalliklar, anamnezda - me'dadan qon ketishi.
Dori vositalarining o'zaro ta'siri
Yo'tal markazini bostiruvchi dori vositalari (shu jumladan kodein) bilan bir vaqtda tayinlanmaydi, chunki bu suyultirilgan balg'am ko'chishini qiyinlashtiradi (nafas yo'llarida bronxial sekret to'planishi).
Ishqoriy eritmalar bilan nomutanosib.
Bromgeksin antibiotiklarning (amoksitsillin, eritromitsin, sefaleksin, oksitetratsiklin), sulfanilamid dori vositalarining mikroblarga qarshi terapiyaning dastlabki 4-5 kunida bronxial sekretga kirishiga yordam beradi.
Dozirovkasi
Kattalar va 14 yoshdan katta bolalarga: 8-16 mg dan (10-20 ml) sutkada 3-4 marta.
2 yoshgacha bo'lgan bolalarga - 2 mg (2,5 ml) sutkada 3 marta, 2 dan 6 yoshgacha - 2-4 mg (2,5-5 ml) sutkada 3 marta, 6 dan 14 yoshgacha - 4-8 mg (5-10 ml) sutkada 3 marta.
Davolash kursi - 4 kundan 28 kungacha.Dozani oshirib yuborishSimptomlari: dispeptik buzilishlar, shu jumladan ko'ngil aynishi, qusish, diareya.
Davolash: sun'iy qusish, me'dani yuvish (qabul qilingandan keyingi dastlabki 1-2 soat ichida).
BROMGEKSIN AKRIXIN 0,004/5ML sirop 100ml o'xshash dorilari



BROMGEKSIN AKRIXIN 0,004/5ML sirop 100ml xususiyatlari
Bromgeksin boshqa chiqarish shakllari





BROMGEKSIN AKRIXIN 0,004/5ML sirop 100ml analoglari













