DEKSAMETAZON 0,0005 tabletkalari N56

DEKSAMETAZON 0,0005 tabletkalari N56 o'xshash dorilari

DEKSAMETAZON 0,0005 tabletkalari N56 qo'llanmasi
So'rilishi
Ichga qabul qilingandan so'ng tez va to'liq so'riladi, deksametazonning qon plazmasidagi maksimal kontsentratsiyasi – 1-2 soat.
Taqsimlanishi
Qonda o'ziga xos tashuvchi oqsil – transkortin bilan bog'lanadi (60 – 70 %). Gistogematik to'siqlar orqali (shu jumladan gematoensefalik va yo'ldosh to'siqlari orqali) oson o'tadi.
Metabolizmi
Jigarda (asosan glyukuron va sulfat kislotalari bilan konyugatsiya yo'li bilan) faol bo'lmagan metabolitlargacha metabolizmga uchraydi.
Chiqarilishi
Buyraklar orqali chiqariladi (deksametazonning oz miqdori ko'krak sutiga o'tadi). Yarim chiqarilish vaqti – 3-5 soat.
Nojo'ya ta'sirlarning rivojlanish tezligi va ifodalanishi qo'llash davomiyligiga, ishlatilgan doza miqdoriga va sirkad ritmga rioya qilish imkoniyatiga bog'liq. Odatda deksametazon yaxshi o'zlashtiriladi. U past mineralokortikoid faollikka ega, ya'ni uning suv-elektrolit almashinuviga ta'siri katta emas. Qoida tariqasida, deksametazonning past va o'rtacha dozalari organizmda natriy va suv tutilishini, kaliy chiqarilishining oshishini keltirib chiqarmaydi. Quyidagi nojo'ya ta'sirlar ta'sirlangan:
Endokrin tizim tomonidan buzilishlar: glyukozaga tolerantlikning pasayishi, «steroidli» qandli diabet yoki latent qandli diabetning namoyon bo'lishi, buyrak usti bezi funktsiyasining susayishi, Itsenko-Kushing sindromi (oyimon yuz, gipofizar turdagi semirish, hirsutizm, qon bosimining oshishi, dismenoreya, amenoreya, miasteniya, striyalar), bolalarda jinsiy rivojlanishning kechikishi.
Qon va limfa tizimi tomonidan buzilishlar: o'rtacha leykotsitoz, leykotsituriya, limfopeniya, eozinopeniya, politsitemiya.
Oshqozon-ichak trakti tomonidan buzilishlar: ko'ngil aynishi, qusish, qorinda og'riq, epigastral sohada noqulaylik hissi, pankreatit, oshqozon va 12-barmoqli ichakning «steroid» yarasi, eroziv ezofagit, qon ketishi va oshqozon va ichak devorining perforatsiyasi, ishtahaning oshishi yoki pasayishi, meteorizm, hiqichoq. Kam hollarda – «jigar» transaminazalari va ishqoriy fosfataza faolligining oshishi.
Yurak va tomirlar tomonidan buzilishlar: aritmiyalar, bradikardiya (yurak to'xtashigacha); SYuY rivojlanishi (moyilligi bo'lgan bemorlarda) yoki kuchayishi, gipokaliemiyaga xos elektrokardiografik o'zgarishlar, qon bosimining oshishi, giperkoagulyatsiya, trombozlar va tromboemboliyalar, vaskulit, kapillyarlar mo'rtligining oshishi. O'tkir va o'tkir osti miokard infarkti bo'lgan bemorlarda – nekroz o'chog'ining tarqalishi, chandiq to'qimasi shakllanishining sekinlashishi, bu yurak mushagining yorilishiga olib kelishi mumkin.
Asab tizimi tomonidan buzilishlar: kalla ichi bosimining oshishi, miyacha soxta o'smasi, bosh og'rig'i, tirishishlar.
Ruhiy buzilishlar: asabiylik yoki bezovtalik, uyqusizlik, hissiy labillik, delriy, dezorientatsiya, eyforiya, gallyutsinatsiyalar, maniakal-depressiv psixoz, depressiya, paranoyya, suitsidga moyillik.
Ko'rish a'zosi tomonidan buzilishlar: orqa subkapsulyar katarakta, ko'z ichi bosimining oshishi, ko'ruv nervining shikastlanishi ehtimoli bilan, ko'zlarning ikkilamchi bakterial, zamburug'li yoki virusli infektsiyalari rivojlanishiga moyillik, shox pardaning trofik o'zgarishlari, ekzoftalm, shox parda perforatsiyasi, markaziy seroz xorioretinopatiya.
Eshitish a'zosi va labirint buzilishlari: bosh aylanishi, vertigo.
Moddalar almashinuvi va oziqlanish tomonidan buzilishlar: giperxolesterinemiya, kaltsiy ionlari chiqarilishining oshishi, gipokaltsiemiya, tana vaznining oshishi, manfiy azot balansi (oqsillarning parchalanishi kuchayishi), ko'p terlash, epidural lipomatoz.
Mineralokortikosteroid faollik bilan bog'liq bo'lgan – suyuqlik va natriy ionlarining tutilishi (periferik shishlar), gipernatriemiya, gipokaliemik sindrom (gipokaliemiya, aritmiya, mialgiya yoki mushak spazmi, g'ayrioddiy holsizlik va toliqish).
Skelet-mushak va biriktiruvchi to'qima tomonidan buzilishlar: bolalarda o'sish va suyaklanish jarayonlarining sekinlashishi (epifizar o'sish zonalarining muddatidan oldin yopilishi), osteoporoz (juda kam hollarda – suyaklarning patologik sinishi, yelka va son suyagi boshchasining aseptik nekrozi), mushak paylarining uzilishi, «steroid» miopatiya, mushak massasining kamayishi (atrofiya).
Teri va teri osti to'qimalari tomonidan buzilishlar: yaralarning bitishining sekinlashishi, petexiyalar, ekximozlar, terining yupqalashishi, teri va teri osti kletchatkasining atrofiyasi, giper- yoki gipopigmentatsiya, «steroid» husnbuzarlar, striyalar, piodermiya va kandidozlar rivojlanishiga moyillik, teri pigmentatsiyasining buzilishi (gipo – yoki giperpigmentatsiya), teleangioektaziyalar.
Immun tizimi tomonidan buzilishlar: tarqalgan (teri toshmasi, teri qichishishi, anafilaktik shok), mahalliy allergik reaksiyalar.
Infeksion va parazitar kasalliklar: infektsiyalarning rivojlanishi yoki kuchayishi (bu nojo'ya ta'sirning paydo bo'lishiga birgalikda qo'llaniladigan immunodepressantlar va emlash yordam beradi), infektsiyalarning niqoblanishi.
Umumiy buzilishlar va yuborish joyidagi buzilishlar: «bekor qilish» sindromi.
Deksametazonni interkurrent infektsiyalarda, septik holatlarda va sil kasalligida tayinlashda, bir vaqtda maxsus antibakterial terapiya bilan davolashni o'tkazish kerak; preparat latent sil kasalligi, BSJ vaktsinatsiyasidan keyingi limfadenit, poliomiyelit, o'tkir va surunkali bakterial, parazitar infektsiyalari bo'lgan bemorlarda qo'llanilganda; me'da va/yoki ichak yara kasalligi, osteoporoz bo'lgan bemorlarda maxsus terapiya o'tkazish zarur.
Har kuni qo'llanilganda davolashning 5 oyiga kelib buyrak usti bezlari po'stlog'i atrofiyasi rivojlanadi.
Infektsiyalarning ba'zi simptomlarini niqoblashi mumkin; davolash vaqtida immunizatsiya o'tkazish foydasiz.
GKS to'satdan bekor qilinganda, ayniqsa yuqori dozalarda oldingi qo'llash holatida, GKS "bekor qilish" sindromi (gipokortitsizm bilan bog'liq emas) yuzaga keladi: ishtaha pasayishi, ko'ngil aynishi, tormozlanish, tarqalgan mushak-skelet og'riqlari, asteniya, shuningdek o'tkir buyrak usti bezi yetishmovchiligi (arterial bosim pasayishi, aritmiya, terlash, holsizlik, oligoanuriya, qusish, qorinda og'riqlar, ich ketishi, gallyutsinatsiyalar, hushdan ketish, koma) yuzaga kelishi mumkin.
Bekor qilingandan so'ng bir necha oy davomida buyrak usti bezi po'stlog'ining nisbiy yetishmovchiligi saqlanib qoladi. Agar ushbu davrda stressli vaziyatlar yuzaga kelsa, vaqtinchalik GKS, zarurat tug'ilganda mineralokortikosteroidlar bilan birgalikda (ko'rsatmalar bo'yicha) tayinlanadi.
Terapiya vaqtidagi stressli vaziyatlarda (jarrohlik aralashuvi, jarohat) deksametazon dozasini vaqtincha oshirish kerak. Stressli vaziyatlarda preparat dozasini vaqtincha oshirish stressdan oldin ham, keyin ham zarur.
Bolalarda uzoq muddatli davolash vaqtida o'sish va rivojlanish dinamikasini sinchkov kuzatish zarur. Davolash davrida qizamiq yoki suvchechak bilan og'rigan bemorlar bilan muloqotda bo'lgan bolalarga profilaktika maqsadida maxsus immunoglobulinlar tayinlanadi.
Deksametazon bilan davolash vaqtida (ayniqsa uzoq muddatli) okulist kuzatuvi, arterial bosim va suv-elektrolit balansi, shuningdek periferik qon manzarasi va qondagi glyukoza kontsentratsiyasini nazorat qilish zarur. Nojo'ya ta'sirlarni kamaytirish maqsadida anabolik steroidlar, antatsidlar tayinlash, shuningdek organizmga kaliy ionlari kirishini oshirish (kaliy va kaltsiyga boy ovqat iste'mol qilish yoki kaliy, kaltsiy va D vitamini preparatlarini qabul qilish) mumkin. Ovqat oqsillar, vitaminlarga boy, oz miqdorda yog'lar, uglevodlar va tuz saqlovchi bo'lishi kerak.
O'sish davridagi bolalarda GKS faqat mutlaq ko'rsatmalar bo'yicha va davolovchi shifokorning o'ta sinchkov nazorati ostida qo'llanilishi kerak.
Deksametazon qo'llanilganda og'ir anafilaktik reaksiyalar, bradikardiya rivojlanish xavfi mavjud.
Preparat bilan terapiya fonida strongiloidoz faollashishi xavfi ortadi.
Preparat bilan terapiya vaqtida SYuYe, nazorat qilinmaydigan arterial gipertenziya, jarohatlar va shox pardaning yarali shikastlanishlari, glaukomasi bo'lgan bemorlar holatini sinchkov nazorat qilish zarur.
Miasteniya kechishining yomonlashishi mumkin.
GKS qo'llash fonida spermatozoidlar harakatchanligi o'zgarishi mumkin.
Preparatni qabul qilish me'da yoki ichak devori teshilishi bo'lgan bemorlarda "qorin pardasi ta'sirlanishi" simptomlarini niqoblashi mumkin.
Jigar sirrozi bo'lgan bemorlarda preparat ta'siri kuchayadi. Gipotireozi bo'lgan bemorlarda deksametazon klirensi pasayishini, tireotoksikozi bo'lgan bemorlarda esa - oshishini hisobga olish kerak.
Qandli diabeti bo'lgan bemorlarda qon glyukoza kontsentratsiyasini nazorat qilish va zarurat tug'ilganda gipoglikemik preparatlar dozasini to'g'irlash kerak.
Transport vositalarini va mexanizmlarni boshqarish qobiliyatiga ta'siri
Deksametazon preparati bilan terapiya davrida mumkin bo'lgan nojo'ya ta'sirlarni hisobga olgan holda, transportni boshqarishda va mexanizmlar bilan ishlashda, diqqatni yuqori jamlashni va psixomotor reaksiyalar tezligini talab qiladigan boshqa faoliyat turlari bilan shug'ullanishda ehtiyotkorlikka rioya qilish zarur.
«Hayotiy» ko'rsatmalar bo'yicha qisqa muddatli qo'llash uchun yagona qarshi ko'rsatma bu yuqori sezuvchanlik; tizimli mikoz; preparatning immunosupressiv dozalari bilan tirik va kuchsizlantirilgan vaktsinalarni bir vaqtda qo'llash; saxarozani o'zlashtiraolmaslik, izomaltaza/saxaraza tanqisligi, glyukoza-galaktoza malabsorbtsiyasi; emizish davri; 3 yoshgacha bo'lgan bolalar.
Ehtiyotkorlik bilan
Virusli, zamburug'li yoki bakterial tabiatli parazitar va infektsion kasalliklar (hozirgi vaqtda yoki yaqinda o'tkazilgan, shu jumladan yaqinda bemor bilan muloqot) – oddiy gerpes, o'rab oluvchi gerpes (viremik faza), suvchechak, qizamiq; amebiaz, strongiloidoz (aniqlangan yoki gumon qilingan); faol va latent tuberkulyoz. Og'ir infektsion kasalliklarda qo'llash faqat spetsifik mikroblarga qarshi terapiya fonida mumkin.
Vaktsinatsiyadan oldingi va keyingi davr (vaktsinatsiyadan oldin 8 hafta va keyin 2 hafta), BTsJ emlashdan keyingi limfadenit. Immunitet tanqisligi holatlari (shu jumladan orttirilgan immunitet tanqisligi sindromi yoki odam immunitet tanqisligi virusi (OIV bilan infektsiyalanish)).
Me'da-ichak trakti kasalliklari: me'da va 12-barmoqli ichak yara kasalligi, ezofagit, gastrit, o'tkir yoki latent peptik yara, yaqinda hosil qilingan ichak anastozi, teshilish yoki abstsesslanish xavfi bilan yarali kolit, divertikulit.
Yurak-qon tomir tizimi kasalliklari, shu jumladan yaqinda o'tkazilgan miokard infarkti (o'tkir va o'tkir osti miokard infarkti bo'lgan bemorlarda nekroz o'chog'ining tarqalishi, chandiq to'qimasi shakllanishining sekinlashishi va buning oqibatida – yurak mushagining yorilishi mumkin), dekompensatsiyalangan surunkali yurak yetishmovchiligi (SYuE), arterial gipertenziya, giperlipidemiya.
Endokrin kasalliklar – qandli diabet (shu jumladan uglevodlarga tolerantlikning buzilishi), tireotoksikoz, gipotireoz, Itsenko-Kushing kasalligi, semirish (III-IV bosqich).
Og'ir surunkali buyrak va/yoki jigar yetishmovchiligi, nefrourolitiaz.
Gipoalbuminemiya va uning paydo bo'lishiga moyillik yaratuvchi holatlar.
Tizimli osteoporoz, miasteniya gravis, o'tkir psixoz, poliomielit (bulbar entsefalit shaklidan tashqari), ochiq va yopiq burchakli glaukoma.
Keksa yoshdagi bemorlarda preparatni qo'llash (osteoporoz va arterial gipertenziya rivojlanish xavfi yuqori bo'lganligi sababli).
O'tkir psixoz, og'ir affektiv buzilishlar (shu jumladan anamnezda).
Oddiy gerpes virusi chaqirgan ko'z infektsiyasi (shox parda teshilishi xavfi tufayli).
Homiladorlikda.
O'sish davridagi bolalarda GKS faqat mutlaq ko'rsatmalar bo'yicha va davolovchi shifokorning alohida sinchkov nazorati ostida qo'llanilishi kerak.
Homiladorlik va emizish davrida qo'llanilishi
Deksametazon platsenta orqali (homila organizmida yuqori kontsentratsiyalarga yetishi mumkin) va ko'krak sutiga o'tadi. Homiladorlik davrida, ayniqsa I trimestrda, yoki homiladorlikni rejalashtirayotgan ayollarda Deksametazon preparatini qo'llash faqat kutilayotgan davolash samarasi ona yoki homila organizmiga salbiy ta'sir xavfidan ustun bo'lgan holdagina ko'rsatilgan. Homiladorlikda GKS faqat mutlaq ko'rsatmalar bo'yicha buyurilishi kerak. Homiladorlik davrida uzoq muddatli terapiyada homila rivojlanishining buzilishi ehtimoli istisno qilinmaydi. Homiladorlikning III trimestrida qo'llanilganda homilada buyrak usti bezi po'stlog'i atrofiyasi yuzaga kelish xavfi mavjud, bu yangi tug'ilgan chaqaloqda o'rinbosar terapiya o'tkazishni talab qilishi mumkin. Agar emizish vaqtida preparat bilan davolash zarur bo'lsa, u holda emizishni to'xtatish kerak.
Deksametazon yurak glikozidlarining toksikligini oshiradi (yuzaga keladigan gipokaliemiya tufayli aritmiyalar rivojlanish xavfi oshadi).
Asetilsalitsil kislotasining chiqarilishini tezlashtiradi, uning qondagi konsentratsiyasini kamaytiradi (deksametazon bekor qilinganda qonda salitsilatlar konsentratsiyasi oshadi va nojo'ya ko'rinishlar rivojlanish xavfi ortadi).
Tirik virusli vaktsinalar bilan bir vaqtda va immunizatsiyalarning boshqa turlari fonida qo'llanilganda viruslar faollashuvi va infektsiyalar rivojlanishi xavfini oshiradi.
Izoniazid, meksiletin metabolizmini oshiradi (ayniqsa "tez atsetilatorlar"da), bu ularning plazma konsentratsiyalari pasayishiga olib keladi.
Paratsetamolning gepatotoksik ta'siri rivojlanish xavfini oshiradi ("jigar" fermentlari induktsiyasi va paratsetamolning toksik metaboliti hosil bo'lishi).
Foliy kislotasi miqdorini oshiradi (uzoq muddatli terapiyada).
GKS tomonidan chaqiriladigan gipokaliemiya miorelaksantlar fonida mushak blokadasining yaqqolligi va davomiyligini oshirishi mumkin.
Yuqori dozalarda somatropin samarasini kamaytiradi.
Antatsidlar GKS vositalarining so'rilishini kamaytiradi.
Deksametazon gipoglikemik dori vositalarining ta'sirini kamaytiradi; kumarin hosilalarining antikoagulyant ta'sirini kuchaytiradi.
Ichak bo'shlig'ida kaltsiy ionlarining so'rilishiga D vitamini ta'sirini susaytiradi. Ergokalsiferol va paratgormon GKS tomonidan chaqiriladigan osteopatiya rivojlanishiga to'sqinlik qiladi.
Qonda prazikvantel konsentratsiyasini kamaytiradi.
Siklosporin (metabolizmni susaytiradi) va ketokonazol (klirensni kamaytiradi) toksiklikni oshiradi.
Tiazid diuretiklari, karboangidraza ingibitorlari, boshqa GKS va amfoteritsin B gipokaliemiya, natriy saqlovchi dori vositalari – shishlar va arterial bosim oshishi rivojlanish xavfini oshiradi.
Nosteroid yallig'lanishga qarshi preparatlar va etanol MTY shilliq qavati yaralanishi, qon ketish xavfini oshiradi, artritni davolash uchun nosteroid yallig'lanishga qarshi preparatlar bilan kombinatsiyada terapevtik samara jamlanishi tufayli GKS dozasini kamaytirish mumkin.
Indometatsin deksametazonni albuminlar bilan bog'lanishdan siqib chiqarib, uning nojo'ya samaralari rivojlanish xavfini oshiradi.
Amfoteritsin B va karboangidraza ingibitorlari osteoporoz rivojlanish xavfini oshiradi.
GKS ning terapevtik ta'siri fenitoin, barbituratlar, efedrin, teofillin, rifampitsin va "jigar" mikrosomal fermentlarining boshqa induktorlari ta'sirida kamayadi (metabolizm tezligi oshishi).
Mitotan va buyrak usti bezlari po'stloq qavati funktsiyasining boshqa ingibitorlari GKS dozasini oshirish zaruratini keltirib chiqarishi mumkin.
GKS klirensi qalqonsimon bez gormonlari fonida oshadi.
Immunodepressantlar infektsiyalar va limfoma yoki Epshteyn-Barr virusi bilan bog'liq boshqa limfoproliferativ buzilishlar rivojlanish xavfini oshiradi.
Estrogenlar (shu jumladan peroral estrogen saqlovchi kontratseptivlar) GKS klirensini kamaytiradi, yarim chiqarilish davrini va ularning terapevtik va toksik samaralarini uzaytiradi.
Girsutizm va husnbuzarlar paydo bo'lishiga boshqa steroid gormonal dori vositalarini – androgenlar, estrogenlar, anabolik steroidlar, peroral kontratseptivlarni bir vaqtda qo'llash yordam beradi.
Tritsiklik antidepressantlar deksametazon qabul qilish bilan chaqirilgan depressiya yaqqolligini kuchaytirishi mumkin (ushbu nojo'ya samaralarni davolash uchun ko'rsatilmagan).
Katarakta rivojlanish xavfi boshqa GKS, antipsixotik dori vositalari (neyroleptiklar), karbutamid va azatioprin fonida qo'llanilganda oshadi.
M-xolinoblokatorlar (shu jumladan antigistamin dori vositalari, tritsiklik antidepressantlar), nitratlar bilan bir vaqtda tayinlash ko'z ichki bosimi oshishi rivojlanishiga yordam beradi.
Ftorxinolonlar bilan bir vaqtda qo'llanilganda keksa yoshdagi bemorlarda va pay kasalliklari bo'lgan bemorlarda tendopatiya (asosan axill payi) yuzaga kelish xavfi oshadi.
Bezgakka qarshi vositalar (xloroxin, gidroksixloroxin, mefloxin) deksametazon bilan birgalikda miopatiya, kardiomiopatiya rivojlanish xavfini oshirishi mumkin.
Angiotenzin-aylantiruvchi ferment ingibitorlari deksametazon bilan bir vaqtda tayinlanganda periferik qon tarkibini o'zgartirishi mumkin.
O'rtacha sutkalik doza – 0,75-9 mg. Og'ir holatlarda katta dozalar ham qo'llanilishi mumkin, 3-4 qabulga bo'lingan.
Maksimal sutkalik doza – odatda 15 mg.
Terapevtik samaraga erishilgandan so'ng, doza asta-sekin (odatda 3 kunda 0,5 mg ga) ushlab turuvchigacha kamaytiriladi – 2-4,5 mg/sut.
Minimal samarali doza – 0,5-1 mg/sut.
Bolalarga (yoshiga qarab) 3-4 qabulda 83,3-333,3 mkg/kg yoki 2,5-10 mg/kv.m/sut tayinlanadi.
Deksametazonni qo'llash davomiyligi patologik jarayonning xarakteriga va davolash samaradorligiga bog'liq va bir necha kundan bir necha oygacha va undan ko'proqni tashkil qiladi.
Davolash asta-sekin to'xtatiladi (oxirida bir nechta kortikotropin in'ektsiyalari tayinlanadi).
Bronxial astma, revmatoid artrit, yarali kolitda – 1,5-3 mg/sut;
tizimli qizil yugurukda – 2-4,5 mg/sut;
onkogematologik kasalliklarda – 7,5-10 mg.
O'tkir allergik kasalliklarni davolash uchun parenteral va peroral yuborishni kombinatsiya qilish maqsadga muvofiqdir:
1-kun – 4-8 mg parenteral; 2-kun – ichga, 4 mg dan kuniga 3 marta; 3, 4-kun – ichga, 4 mg dan kuniga 2 marta; 5, 6-kun – 4 mg/sut, ichga; 7-kun – preparatni bekor qilish.
Deksametazon bilan sinov (Liddl sinovi). Kichik va katta testlar shaklida o'tkaziladi.
Kichik testda deksametazon bemorga bir sutka davomida har 6 soatda 0,5 mg dan beriladi (ya'ni ertalab soat 8 da, soat 14 da, 20 da va tunda soat 2 da).
17-oksikortikosteroidlar yoki erkin kortizolni aniqlash uchun siydik ertalab soat 8 dan ertalab soat 8 gacha deksametazon tayinlanishidan oldin 2 kun va shuningdek deksametazonning ko'rsatilgan dozalari qabul qilingandan keyin o'sha vaqt oraliqlarida 2 kun yig'iladi. Deksametazonning bu dozalari deyarli barcha deyarli sog'lom shaxslarda kortikosteroidlar hosil bo'lishini susaytiradi. Deksametazonning oxirgi dozasidan 6 soat o'tgach, plazmadagi kortizol miqdori 135-138 nmol/l dan past bo'ladi (4,5-5 mkg/100 ml dan kam). 17-oksikortikosteroidlar chiqarilishining 3 mg/sut dan pastga va erkin kortizolning 54-55 nmol/sut dan pastga (19-20 mkg/sut dan past) kamayishi buyrak usti bezi po'stlog'i giperfunktsiyasini istisno qiladi. Itsenko-Kushing kasalligi yoki sindromidan aziyat chekadigan shaxslarda kichik test o'tkazilganda kortikosteroidlar sekretsiyasining o'zgarishi kuzatilmaydi.
Katta test o'tkazilganda deksametazon 2 sutka davomida har 6 soatda 2 mg dan tayinlanadi (ya'ni kuniga 8 mg deksametazon). Shuningdek, 17-oksikortikosteroidlar yoki erkin kortizolni aniqlash uchun siydik yig'ish o'tkaziladi (zarurat bo'lganda plazmadagi erkin kortizol aniqlanadi). Itsenko-Kushing kasalligida 17-oksikortikosteroidlar yoki erkin kortizol chiqarilishining 50% va undan ko'proqqa kamayishi kuzatiladi, buyrak usti bezi o'smalari yoki adrenokortikotrop-ektopiyalangan (yoki kortikoliberin-ektopiyalangan) sindromda esa kortikosteroidlar chiqarilishi o'zgarmaydi. Adrenokortikotrop-ektopiyalangan sindromi bo'lgan ba'zi bemorlarda kortikosteroidlar chiqarilishining kamayishi hatto deksametazon 32 mg/sut dozada qabul qilingandan keyin ham aniqlanmaydi.Dozani oshirib yuborishAllergik reaktsiyalardan tashqari dozaga bog'liq nojo'ya hodisalarning kuchayishi mumkin. Deksametazon dozasini kamaytirish kerak.
Davolash: simptomatik.
Deksametazon boshqa chiqarish shakllari



DEKSAMETAZON 0,0005 tabletkalari N56 analoglari
















