DIAZOLIN 0,1 tabletkalari N10

DIAZOLIN 0,1 tabletkalari N10 o'xshash dorilari


DIAZOLIN 0,1 tabletkalari N10 qo'llanmasi
Ichga qabul qilingandan so‘ng MIYdan tez absorbtsiya qilinadi. Biokiraolishligi 40-60% ni tashkil qiladi. GET orqali deyarli o‘tmaydi. Jigarda metillanish yo‘li bilan metabolizmga uchraydi. Jigar mikrosomal fermentlari induksiyasini chaqiradi. Buyraklar orqali chiqariladi.
Ovqat hazm qilish tizimi tomonidan: kam hollarda - og‘iz qurishi, me'da shilliq qavatining ta'sirlanishi oqibatida dispeptik holatlar.
MNS va periferik nerv tizimi tomonidan: bosh aylanishi, paresteziyalar, yuqori toliqish, tremor, uyquchanlik bo‘lishi mumkin.
Qon yaratish tizimi tomonidan: yakka hollarda - granulotsitopeniya, agranulotsitoz.
Siydik chiqarish tizimi tomonidan: yakka hollarda - dizuriya.
Jigar va/yoki buyrak yetishmovchiligida ehtiyotkorlik bilan qo'llaniladi (doza va qabul qilish oraliqlariga tuzatish kiritish talab qilinishi mumkin).
Avtotransportni va mexanizmlarni boshqarish qobiliyatiga ta'siri
Davolash davrida yuqori diqqat va psixomotor reaksiyalar tezligini talab qiluvchi potensial xavfli faoliyat turlari (transport vositalarini boshqarish yoki mexanizmlar bilan ishlash) bilan shug'ullanishdan saqlanish kerak.
Prostata bezi gipertrofiyasi, yopiq burchakli glaukoma, me'da va o'n ikki barmoqli ichak yara kasalligi, zo'rayish bosqichidagi MIY yallig'lanish kasalliklari; mebgidrolinga yuqori sezuvchanlik, pilorostenoz, epilepsiya, yurak ritmining buzilishi (vagolitik ta'sirga ega bo'lganligi sababli, AV-o'tkazuvchanlikni yaxshilashi va qorinchalar usti aritmiyalarining rivojlanishiga yordam berishi mumkin), homiladorlik, laktatsiya davri.
Mebgidrolin sedativ vositalar va etanol ta'sirini kuchaytiradi.
Xususiyatlar DIAZOLIN 0,1 tabletkalari N10
Diazolin boshqa chiqarish shakllari

DIAZOLIN 0,1 tabletkalari N10 analoglari



















