EUFILLIN 0,15 tabletkalari N30

EUFILLIN 0,15 tabletkalari N30 haqida qo'llanma
Farmakokinetikasi
Eufillinning 60% (sog'lom kattalarda) va 36% (yangi tug'ilgan chaqaloqlarda) plazma oqsillari bilan bog'lanadi va qonda, hujayradan tashqari suyuqlikda va mushak to'qimasida taqsimlanadi. Eufillin platsenta to'sig'i orqali o'tadi, yog' to'qimasida to'planmaydi. Preparatning 90% jigarda metabollanadi. Metabolitlar buyraklar orqali chiqariladi, preparatning 7-13% o'zgarmagan holda chiqariladi.
Yarim chiqarilish davri chekmaydigan kattalarda 5 dan 10 soatgacha, 10 oylikdan katta bolalarda 2,5 dan 5 soatgacha tashkil qiladi. Chekish va spirtli ichimliklar preparatning metabolizmi va chiqarilishiga sezilarli ta'sir qiladi, xususan chekuvchilarda bu davr sezilarli darajada qisqaradi va 4 dan 5 soatgacha tashkil qiladi. Nafas yetishmovchiligi, jigar va yurak yetishmovchiligi, virusli infektsiyalar va gipertermiyada preparatning chiqarilishi uzayadi.
Nojo'ya samaralari
MIT tomonidan: ko'ngil aynishi, qusish, kamdan-kam hollarda - eroziv-yarali shikastlanish, shilliq qavatning ta'sirlanishi, ishtahaning yo'qolishi.
MNT tomonidan: bosh og'rig'i, bezovtalik, bosh aylanishi, kamdan-kam hollarda - tirishishlar, ko'ngil aynishi, qusish.
Yurak-qon tomir tizimi tomonidan: taxikardiya, yurak ritmining buzilishi, arterial qon bosimining pasayishi.
Allergik reaksiyalar: eksfoliativ dermatit, isitma reaksiyasi.
Maxsus saqlash sharoitlari
Preparat jigar funksiyasining yaqqol buzilishlari, oshqozon va o'n ikki barmoqli ichak yara kasalligi bo'lgan bemorlarga ehtiyotkorlik bilan tayinlanadi.
Keksa bemorlarga preparatning organizmdan chiqarilishi sekinlashganligi sababli dozani kamaytirish tavsiya etiladi. Chekuvchi bemorlarga preparatning organizmdan chiqarilishi tezlashganligi sababli dozani oshirish tavsiya etiladi.
Homiladorlik va laktatsiya davrlarida preparatni tayinlash zarurati tug'ilganda ona uchun kutilayotgan foyda va homila yoki yangi tug'ilgan chaqaloq uchun potensial xavfni solishtirish kerak.
Qo'llanilishi mumkin bo'lmagan holatlar
Yaqqol arterial gipotoniya, paroksizmal taxikardiya, ekstrasistoliya, yurak ritmi buzilishlari bilan kechuvchi miokard infarkti, epilepsiya, gipertrofik obstruktiv kardiomiopatiya, gipertireoz, preparatga yuqori sezuvchanlikda qo‘llash mumkin emas.
Dori vositalarining o'zaro ta'siri
Efedrin, beta-adrenostimulyatorlar, kofein va Furosemid preparat samaralarini kuchaytiradi. Fenobarbital, difenin, rifampitsin, izoniazid, karbamazepin yoki sulfinpirazon bilan kombinatsiyada eufillin samaradorligining pasayishi kuzatiladi, bu preparatning qo'llaniladigan dozalarini oshirishni talab qilishi mumkin. Preparat klirensi uni makrolidlar guruhi antibiotiklari, linkomitsin, allo-
purinol, simetidin, izoprenalin, beta-adrenoblokatorlar, peroral kontratseptivlar bilan kombinatsiyada tayinlaganda pasayadi, bu dozani kamaytirishni talab qilishi mumkin.
Enoksatsin va boshqa ftorxinolonlar bilan kombinatsiyada qo'llanilganda eufillin dozasini kamaytiradilar.
Preparat litiy karbonati va beta-adrenoblokatorlarning terapevtik samaralarini bostiradi. Beta-adrenoblokatorlarni tayinlash eufillinning bronxodilatatsiyalovchi ta'siriga to'sqinlik qiladi va bronxospazmni keltirib chiqarishi mumkin. Eufillin siydik haydovchi vositalar ta'sirini
kalava filtratsiyasini oshirish va kanalchalar reabsorbtsiyasini kamaytirish hisobiga potentsirlaydi. Eufillinni antikoagulyantlar, boshqa teofillin yoki purin hosilalari bilan bir vaqtda ehtiyotkorlik bilan tayinlaydilar.
Dozirovkasi
Ichga qabul qilinganda kattalar uchun eufillinning yuqori dozalari: bir martalik 0,5 g, sutkalik 1,5 g.
Bolalar uchun yuqori dozalar: ichga bir martalik 7 mg/kg, sutkalik 15 mg/kg.Dozani oshirib yuborishDozani oshirib yuborilganda yurak urishi, tremor, giperventilyatsiya, talvasalar, qon bosimining keskin pasayishi, qusish kuzatiladi.
Dozani oshirib yuborishni davolash klinik manzaraga bog‘liq. Talvasalarni bartaraf etish uchun diazepam qo‘llaniladi.
Barbituratlarni qo‘llash mumkin emas. Yaqqol intoksikatsiyada (eufillin miqdori 50 g/l dan ortiq) gemodializ tavsiya etiladi.
EUFILLIN 0,15 tabletkalari N30 o'xshash dorilari



EUFILLIN 0,15 tabletkalari N30 xususiyatlari
Eufillin boshqa chiqarish shakllari




EUFILLIN 0,15 tabletkalari N30 analoglari




1


