logo
SavatKirish

FLUKONAZOL 0,15 kapsulalar N2

Mahsulot haqida tafsilotlar
Ishlab chiqarilgan joyi:Rossiya Federatsiyasi
Faol modda:Flukonazol
Ishlab chiqaruvchi:Biokom, ZAO
ATX kodi:J02AC01
Barcha Flukonazol dorilari
Mavjud emas
Dorixonadan topish
To‘lov va yetkazib berish usullari Toshkentda
Olib ketish
Ertaga yoki keyinroq 0 ta dorixonadan
Dorixonada karta yoki naqd to‘lov
Yetkazib berish
2 soat ichida yoki ertaga, yetkazib berish narxi onlayn dorixonada ko‘rsatilgan tarif bo‘yicha. Onlayn yoki kuryerga to‘lov

FLUKONAZOL 0,15 kapsulalar N2 o'xshash dorilari

FUZAR tabletkalari 150mg N1
Retseptli
FUZAR tabletkalari 150mg N1
Hindiston
Vakil:
Farmalife
Ishlab chiqaruvchi:
Scott-Edil Pharmacia Limited
•29 ta dorixonada bor
Narxi
17 000 so'm dan
FLUASK kapsulalar  150 mg N 1
FLUASK kapsulalar 150 mg N 1
O'zbekiston
Vakil:
Nika Pharm
Ishlab chiqaruvchi:
Nika Pharm
•22 ta dorixonada bor
Narxi
9 300 so'm dan
TRINAZOL krem 15g
Retseptsiz
TRINAZOL krem 15g
Hindiston
Ishlab chiqaruvchi:
Avantika Medex PVT.LTD
Narxi
48 665 so'm dan
METAKANDID eritma 200mg/100 ml 100ml N1
Retseptli
METAKANDID eritma 200mg/100 ml 100ml N1
Hindiston
Vakil:
NUTRIMED
Ishlab chiqaruvchi:
M/S PEK PHARMA
•1 ta dorixonada bor
Narxi
38 000 so'm dan

FLUKONAZOL 0,15 kapsulalar N2 qo'llanmasi

Saytda e'lon qilingan ma'lumotlar mutaxassislar uchun mo'ljallangan. O'zingizni-o'zingiz davolash bilan shug'ullanmang. Sog'lig'ingizga zarar bermaslik uchun mutaxassis bilan maslahatlashishga ishonch hosil qiling!
Farmakokinetikasi

Ichga qabul qilingandan so'ng flukonazol, yaxshi so'riladi, uning biokiraolishligi - 90 %. 150 mg och qoringa ichga qabul qilingandan so'ng maksimal kontsentratsiya 2,5 - 3,5 mg/l dozada vena ichiga yuborilganda plazmadagi miqdorining 90 % ini tashkil qiladi. Ovqat bilan bir vaqtda qabul qilish ichga qabul qilingan preparatning absorbtsiyasiga ta'sir qilmaydi. Maksimal kontsentratsiya qabul qilingandan 0,5-1,5 soat o'tgach erishiladi, flukonazolning yarim chiqarilish davri taxminan 30 soatni tashkil qiladi. Plazmadagi kontsentratsiyalar dozaga to'g'ri proportsional bog'liqlikda bo'ladi. 90 % muvozanatli kontsentratsiya darajasi preparat bilan davolashning 4-5-kuniga kelib erishiladi (sutkada 1 marta qabul qilinganda).

Odatdagi sutkalik dozadan 2 baravar yuqori bo'lgan "zarba" dozasini yuborish (birinchi kuni), ikkinchi kunga kelib 90 % muvozanatli kontsentratsiyaga mos keladigan darajaga erishish imkonini beradi. Aniq taqsimlanish hajmi organizmdagi suvning umumiy miqdoriga yaqinlashadi. Plazma oqsillari bilan bog'lanishi - 11-12 %.

Flukonazol organizmning barcha biologik suyuqliklariga yaxshi kirib boradi. Preparatning so'lak va balg'amdagi kontsentratsiyalari plazmadagilarga o'xshash. Zamburug'li meningiti bo'lgan bemorlarda flukonazolning orqa miya suyuqligidagi miqdori uning plazmadagi darajasining 80 %iga yetadi.

Shox qavat, epidermis, derma va ter suyuqligida zardobdagidan yuqori bo'lgan yuqori kontsentratsiyalar erishiladi.

Jigarda CYP2C9 izofermenti ingibitori hisoblanadi.

Flukonazol farmakokinetikasi buyraklarning funktsional holatiga sezilarli darajada bog'liq, bunda yarim chiqarilish davri va kreatinin klirensi (KK) o'rtasida teskari bog'liqlik mavjud. Flukonazol asosan buyraklar orqali chiqariladi; kiritilgan dozaning taxminan 80 % i siydik bilan o'zgarmagan holda chiqariladi. Periferik qonda flukonazol metabolitlari aniqlanmagan.

Nojo'ya samaralari

Noxush reaksiyalar tezligi Jahon sog'liqni saqlash tashkiloti (JSST) tasnifiga muvofiq taqdim etilgan: juda tez-tez (> 1/10), tez-tez (> 1/100 va < 1/10), tez-tez emas (> 1/1000 va < 1/100), kamdan-kam (> 1/10000 va < 1/1000), juda kamdan-kam (< 1/10000).
Nerv tizimi tomonidan: tez-tez - bosh og'rig'i; tez-tez emas - bosh aylanishi, talvasalar, ta'm bilishning o'zgarishi, paresteziya, uyqusizlik, uyquchanlik; kamdan-kam - tremor.

Ovqat hazm qilish tizimi tomonidan: tez-tez - qorinda og'riq, diareya, ko'ngil aynishi, qusish; tez-tez emas - meteorizm, dispepsiya, og'iz bo'shlig'i shilliq qavatining qurishi, qabziyat.

Gepatobiliar tizim tomonidan: tez-tez - aminotransferazalar (alaninaminotransferaza (ALT) va aspartataminotransferaza (ACT)), ishqoriy fosfataza zardob faolligining oshishi; tez-tez emas - xolestaz, sariqlik, bilirubin konsentratsiyasining oshishi; kamdan-kam - gepatotoksiklik, ba'zi hollarda o'lim bilan yakunlanuvchi, jigar funksiyasining buzilishi, gepatit, gepatotsellyular nekroz, gepatotsellyular shikastlanish.

Teri qoplamalari tomonidan: tez-tez - toshma; tez-tez emas - teri qichishishi, eshakemi, ko'p terlash, dori toshmasi; kamdan-kam - eksfoliativ teri shikastlanishlari, shu jumladan Stivens-Jonson sindromi va toksik epidermal nekroliz, o'tkir generalizatsiyalangan ekzantematoz pustulyoz, yuz shishi, alopesiya.

Qon yaratish a'zolari va limfa tizimi tomonidan: kamdan-kam - leykopeniya, shu jumladan neytropeniya va agranulotsitoz, trombotsitopeniya, anemiya.

Immun tizimi tomonidan: tezligi noma'lum - anafilaksiya (shu jumladan angionevrotik shish).

Moddalar almashinuvi tomonidan: kamdan-kam - qon plazmasida xolesterin va triglitseridlar konsentratsiyasining oshishi, gipokaliemiya.

Yurak-qon tomir tizimi tomonidan: kamdan-kam - EKGda QT intervalining oshishi, aritmiya, «piruet» turidagi qorinchalar taxisistoliyasi.

Tayanch-harakat apparati tomonidan: tez-tez emas - mialgiya.

Boshqalar: tez-tez emas - holsizlik, asteniya, yuqori toliqish, isitma, vertigo.

Maxsus saqlash sharoitlari

Davolashni klinik-gematologik remissiya paydo bo‘lguncha davom ettirish kerak. Davolashni muddatidan oldin to‘xtatish qaytalanishlarga olib keladi.

Davolashni ekma yoki boshqa laboratoriya tahlillari natijalari bo‘lmaganda boshlash mumkin, ammo ular mavjud bo‘lganda fungitsid terapiyani tegishli ravishda to‘g‘irlash tavsiya etiladi.

Davolash jarayonida qon ko‘rsatkichlari, buyrak va jigar funksiyasini nazorat qilish zarur. Buyrak va jigar funksiyasi buzilishlari yuzaga kelganda preparatni qabul qilishni to‘xtatish kerak.

Kamdan-kam hollarda flukonazolni qo‘llash jigarning toksik o‘zgarishlari, sh.j. o‘lim holati bilan kechgan, asosan jiddiy yo‘ldosh kasalliklari bo‘lgan bemorlarda. Flukonazol bilan bog‘liq gepatotoksik samaralar holatida ularning umumiy sutkalik doza, terapiya davomiyligi, bemorning jinsi va yoshiga aniq bog‘liqligi qayd etilmagan. Flukonazolning gepatotoksik ta'siri odatda qaytuvchan bo‘lgan; uning belgilari terapiya to‘xtatilgandan so‘ng yo‘qolgan. Flukonazol bilan bog‘liq bo‘lishi mumkin bo‘lgan jigar shikastlanishining klinik belgilari paydo bo‘lganda, preparatni bekor qilish kerak. OITS bilan og‘rigan bemorlar ko‘pchilik preparatlarni qo‘llashda og‘ir teri reaksiyalari rivojlanishiga ko‘proq moyil bo‘ladilar. Yuzaki zamburug‘li infeksiyasi bo‘lgan bemorlarda toshma rivojlangan va u flukonazol bilan aniq bog‘liq deb baholangan hollarda preparatni bekor qilish kerak. Invaziv/tizimli zamburug‘li infeksiyalari bo‘lgan bemorlarda toshma paydo bo‘lganda, ularni sinchkovlik bilan kuzatish va bullyoz o‘zgarishlar yoki ko‘p shaklli eritema paydo bo‘lganda flukonazolni bekor qilish kerak.

Flukonazolni sizaprid, rifabutin yoki sitoxrom R 450 tizimi orqali metabolizatsiyalanuvchi boshqa preparatlar bilan bir vaqtda qabul qilishda ehtiyotkorlikka rioya qilish kerak.

Transport vositalarini va mexanizmlarni boshqarish qobiliyatiga ta'siri

Flukonazol transport vositalarini boshqarish va diqqatni yuqori jamlash hamda psixomotor reaksiyalar tezligini talab qiluvchi boshqa potensial xavfli faoliyat turlari bilan shug‘ullanish qobiliyatiga ta'sir qilmaydi.

Qo'llanilishi mumkin bo'lmagan holatlar

- flukonazolga, preparatning boshqa komponentlariga yoki flukonazolga o‘xshash tuzilishga ega azol moddalariga yuqori sezuvchanlik;

- flukonazolni sutkada 400 mg va undan ortiq dozada ko‘p marta qo‘llash vaqtida terfenadinni bir vaqtda qabul qilish («Boshqa dori preparatlari bilan o‘zaro ta'siri» bo‘limiga qarang);

- QT intervalini uzaytiruvchi va CYP3A4 izofermenti yordamida metabolizmga uchraydigan, sizaprid, astemizol, eritromitsin, pimozid, xinidin va amiodaron kabi preparatlar bilan bir vaqtda qo‘llash («Boshqa dori preparatlari bilan o‘zaro ta'siri» bo‘limiga qarang);

- galaktozani o‘zlashtira olmaslik, laktaza yetishmovchiligi va glyukoza/galaktoza so‘rilishining buzilishi;

- 3 yoshgacha bo‘lgan bolalar.

Ehtiyotkorlik bilan

Jigar va/yoki buyrak yetishmovchiligi, potensial gepatotoksik dori vositalarini bir vaqtda qabul qilish, alkogolizm, yuzaki zamburug‘li infeksiyasi va invaziv/tizimli zamburug‘li infeksiyalari bo‘lgan bemorlarda flukonazol qo‘llanilganda toshma paydo bo‘lishi, terfenadin va flukonazolni sutkasiga 400 mg dan kam dozada bir vaqtda qabul qilish, ko‘plab xavf omillari (yurak organik kasalliklari, elektrolitlar muvozanatining buzilishi, aritmiya chaqiruvchi dori vositalarini bir vaqtda qabul qilish) bo‘lgan bemorlarda potensial proaritmogen holatlar.

Homiladorlik va emizish davrida qo‘llash

Homilador ayollarda flukonazolni qo‘llash bo‘yicha adekvat va nazoratli tadqiqotlar o‘tkazilmagan. Homiladorlik vaqtida flukonazolni qo‘llashdan saqlanish kerak, og‘ir va hayotga xavf soluvchi zamburug‘li infeksiyalar bundan mustasno, qachonki davolashdan ona uchun kutilayotgan foyda homila uchun ehtimoliy xavfdan ustun bo‘lsa.

Tug‘ish yoshidagi ayollarda davolashning butun davri davomida va preparatning oxirgi dozasini qabul qilgandan keyin taxminan bir hafta davomida (5-6 yarim chiqarilish davri) samarali kontratseptsiya usullarini ko‘rib chiqish zarur («Farmakokinetika» bo‘limiga qarang),

Onalari homiladorlikning birinchi uchoyligida bir marta yoki takroran 150 mg dozada flukonazol qabul qilgan chaqaloqlarda o‘z-o‘zidan abort va tug‘ma anomaliyalar rivojlanishi holatlari haqida xabar berilgan. Onalari birinchi uchoylikning katta qismi yoki butun davri davomida yuqori dozada (sutkada 400-800 mg) flukonazol terapiyasini olgan yangi tug‘ilgan chaqaloqlarda ko‘plab nuqsonlar holatlari tavsiflangan. Quyidagi rivojlanish buzilishlari qayd etilgan: braxisefaliya, bosh suyagi yuz qismining rivojlanishi buzilishi, bosh suyagi gumbazi shakllanishining buzilishi, bo‘ri tanglay, son suyaklarining qiyshayishi, qovurg‘alarning ingichkalashishi va uzayishi, artrogripoz va tug‘ma yurak nuqsonlari. Flukonazol ko‘krak sutida plazmadagiga yaqin konsentratsiyalarda aniqlanadi, shuning uchun uni ayollarda emizish davrida qo‘llash tavsiya etilmaydi.

Dori vositalarining o'zaro ta'siri

Flukonazolni 50 mg dozada bir marta yoki ko'p marta qabul qilish fenazon (Antipirin) metabolizmiga ular bir vaqtda qabul qilinganda ta'sir qilmaydi. Flukonazolni quyidagi preparatlar bilan bir vaqtda qo'llash mumkin emas:

Sisaprid bilan: yurak tomonidan nojo'ya reaktsiyalar, shu jumladan «piruet» turidagi qorinchalar taxisistolik aritmiyasi bo'lishi mumkin. Flukonazolni sutkada 1 marta 200 mg dozada va sisapridni sutkada 4 marta 20 mg dozada qo'llash sisapridning plazmadagi kontsentratsiyasining yaqqol oshishiga va EKG da QT oralig'ining uzayishiga olib keladi.

Terfenadin bilan: QT oralig'ining uzayishi natijasida jiddiy aritmiyalar paydo bo'lishi mumkin. Flukonazolni 200 mg/sut dozada qabul qilganda QT oralig'ining uzayishi aniqlanmagan, biroq, flukonazolni 400 mg/sut va undan yuqori dozalarda qo'llash qon plazmasida terfenadin kontsentratsiyasining sezilarli oshishini keltirib chiqaradi.

Astemizol yoki metabolizmi P450 sitoxrom tizimi orqali amalga oshiriladigan boshqa preparatlar bilan bir vaqtda qo'llash ushbu vositalarning zardobdagi kontsentratsiyasining oshishi bilan kechishi mumkin. Qonda astemizolning yuqori kontsentratsiyasi QT oralig'ining uzayishiga va ba'zi hollarda «piruet» turidagi qorinchalar taxisistolik aritmiyasi rivojlanishiga olib kelishi mumkin.

Pimozid bilan: pimozid metabolizmining susayishiga olib kelishi mumkin. O'z navbatida pimozid plazma kontsentratsiyasining oshishi QT oralig'ining uzayishiga va ba'zi hollarda «piruet» turidagi qorinchalar taxisistolik aritmiyasi rivojlanishiga olib kelishi mumkin.

Xinidin bilan: xinidin metabolizmining susayishiga olib kelishi mumkin. Xinidinni qo'llash QT oralig'ining uzayishi va ba'zi hollarda «piruet» turidagi qorinchalar taxisistolik aritmiyasi rivojlanishi bilan bog'liq.

Eritromitsin bilan: potentsial ravishda kardiotoksiklik rivojlanish xavfining oshishiga (QT oralig'ining uzayishi, «piruet» turidagi qorinchalar taxisistolik aritmiyasi) va oqibatda to'satdan yurak o'limiga olib keladi.

Amiodaron bilan: flukonazol va amiodaronni birga qo'llash amiodaron metabolizmining ingibitsiya qilinishiga olib kelishi mumkin. Amiodaronni qo'llash QT oralig'ining uzayishi bilan bog'liq edi. Flukonazol va amiodaronni bir vaqtda qo'llash mumkin emas («Qo'llash mumkin bo'lmagan holatlar» bo'limiga qarang).

Quyidagi preparatlar va flukonazolni bir vaqtda qo'llashda ehtiyot bo'lish va ehtimol dozalarni to'g'irlash kerak: Flukonazolga ta'sir qiluvchi preparatlar:

Gidroxlorotiazid: flukonazol bilan bir vaqtda ko'p marta qo'llash qon plazmasida flukonazol kontsentratsiyasining 40% ga oshishiga olib keladi. Bunday darajada namoyon bo'lgan samara bir vaqtda diuretiklar qabul qilayotgan bemorlarda flukonazolning dozalash tartibini o'zgartirishni talab qilmaydi, ammo shifokor buni hisobga olishi kerak.

Rifampitsin: flukonazol bilan bir vaqtda qo'llash AUC ning 25% ga va flukonazolning yarim chiqarilish davri davomiyligining 20% ga kamayishiga olib keladi. Bir vaqtda rifampitsin qabul qilayotgan bemorlarda flukonazol dozasini oshirish maqsadga muvofiqligini hisobga olish kerak.

Flukonazol ta'sir qiladigan preparatlar:

Flukonazol P450 sitoxromining CYP2C9 va CYP2C19 izofermentining kuchli ingibitori va CYP3A4 izofermentining o'rtacha ingibitori hisoblanadi. Bundan tashqari, quyida sanab o'tilgan samaralardan tashqari, flukonazol bilan bir vaqtda qabul qilinganda CYP2C9, CYP2C19 va CYP3A4 izofermentlari tomonidan metabolizmga uchraydigan boshqa dori vositalarining qon plazmasidagi kontsentratsiyasi oshishi xavfi mavjud. Shu munosabat bilan, sanab o'tilgan preparatlarni bir vaqtda qo'llashda ehtiyot bo'lish kerak, bunday kombinatsiyalar zarur bo'lganda esa bemorlar qattiq tibbiy nazorat ostida bo'lishlari kerak. Flukonazolning ingibitsiya qiluvchi ta'siri preparat bekor qilingandan keyin 4-5 kun davomida saqlanib qolishini hisobga olish kerak, bu uzoq yarim chiqarilish davri bilan bog'liq.

Alfentanil: klirens va taqsimlanish hajmining kamayishi, alfentanilning yarim chiqarilish davrining uzayishi qayd etiladi. Ehtimol, bu flukonazol tomonidan CYP3A4 izofermentining ingibitsiya qilinishi bilan bog'liq. Alfentanil dozasini to'g'irlash talab qilinishi mumkin.

Amitriptilin, nortriptilin: samaraning oshishi. 5-nortriptilin va/yoki S-amitriptilin kontsentratsiyasini flukonazol bilan kombinatsiyalangan terapiya boshida va boshlangandan bir hafta o'tgach o'lchash mumkin. Zarurat bo'lganda amitriptilin/nortriptilin dozasini to'g'irlash kerak.

Amfoteritsin B: sichqonlarda (shu jumladan immunosupressiya bilan) o'tkazilgan tadqiqotlarda C. albicans chaqirgan tizimli infektsiyada kichik additiv zamburug'ga qarshi samara, shuningdek Cryptococcus neoformans chaqirgan kalla ichi infektsiyasida o'zaro ta'sirning yo'qligi va A. fumigatus chaqirgan tizimli infektsiyada antagonizm qayd etilgan. Ushbu natijalarning klinik ahamiyati aniq emas.

Antikoagulyantlar: boshqa zamburug'ga qarshi vositalar (azol hosilalari) kabi flukonazol varfarin bilan bir vaqtda qo'llanilganda protrombin vaqtini oshiradi (12% ga), shu munosabat bilan qon ketishlar (gematomalar, burun va oshqozon-ichak traktidan qon ketish, gematuriya, melena) rivojlanishi mumkin. Kumarin antikoagulyantlari va flukonazol qabul qilayotgan bemorlarda terapiya davrida va bir vaqtda qo'llashdan keyin 8 kun davomida protrombin vaqtini doimiy ravishda nazorat qilish kerak. Shuningdek varfarin dozasini to'g'irlash maqsadga muvofiqligini baholash kerak.

Azitromitsin: ichga flukonazolni 800 mg bir martalik dozada azitromitsin bilan 1200 mg bir martalik dozada bir vaqtda qo'llanilganda ikkala preparat o'rtasida yaqqol farmakokinetik o'zaro ta'sir aniqlanmagan. Benzodiazepinlar (qisqa ta'sir etuvchi): midazolam ichga qabul qilingandan so'ng flukonazol midazolam kontsentratsiyasini va psixomotor samaralarni sezilarli darajada oshiradi, bunda bu ta'sir flukonazolni tomir ichiga qo'llashga qaraganda ichga qabul qilingandan keyin ko'proq namoyon bo'ladi. Benzodiazepin dozasini to'g'irlash talab qilinishi mumkin.

Triazolamning bir martalik dozasini bir vaqtda qabul qilganda flukonazol triazolam metabolizmini susaytirishi tufayli triazolamning AUC ni taxminan 50% ga, Cmax ni - 25-50% ga va yarim chiqarilish davrini 25-50% ga oshiradi. Triazolam dozasini to'g'irlash kerak bo'lishi mumkin.

Karbamazepin: flukonazol karbamazepin metabolizmini susaytiradi va karbamazepinning zardobdagi kontsentratsiyasini 30% ga oshiradi. Karbamazepin toksikligi rivojlanish xavfini hisobga olish kerak. Karbamazepin dozasini to'g'irlash talab qilinishi mumkin.

Kaltsiy kanallari blokatorlari: ba'zi kaltsiy kanallari antagonistlari (nifedipin, isradipin, amlodipin, verapamil va felodipin) CYP3A4 izofermenti tomonidan metabolizmga uchraydi. Flukonazol kaltsiy kanallari antagonistlarining tizimli ekspozitsiyasini oshiradi. Nojo'ya ta'sirlar rivojlanishini nazorat qilish tavsiya etiladi.

Nevirapin: flukonazol bilan birga qabul qilish nevirapinning alohida qo'llanilishi bo'yicha nazorat ma'lumotlariga nisbatan nevirapin ekspozitsiyasini taxminan 100% ga oshiradi.

Siklosporin: buyragi ko'chirib o'tkazilgan bemorlarda flukonazolni 200 mg/sut dozada qo'llash siklosporin kontsentratsiyasining sekin oshishiga olib keladi. Biroq, suyak ko'migi retsipientlarida flukonazolni 100 mg/sut dozada ko'p marta qabul qilganda siklosporin kontsentratsiyasining o'zgarishi kuzatilmagan. Flukonazol va siklosporin bir vaqtda qo'llanilganda qonda siklosporin kontsentratsiyasini nazorat qilish tavsiya etiladi.

Siklofosfamid: flukonazol bilan bir vaqtda qo'llanilganda bilirubin va kreatininning zardobdagi kontsentratsiyasi oshadi. Ushbu kombinatsiya bilirubin va kreatinin kontsentratsiyasining oshishi xavfini hisobga olgan holda joizdir.

Fentanil: flukonazol bilan bir vaqtda qabul qilish bilan bog'liq bo'lishi mumkin bo'lgan bitta o'lim holati haqida xabar mavjud. Buzilishlar fentanil bilan intoksikatsiya bilan bog'liq deb taxmin qilinadi, chunki flukonazol fentanilning chiqarilish vaqtini sezilarli darajada uzaytiradi va fentanil kontsentratsiyasining oshishi nafas olish funktsiyasining susayishiga olib kelishi mumkin.

Galofantrin: flukonazol CYP3A4 izofermentini ingibitsiya qilishi munosabati bilan qon plazmasida galofantrin kontsentratsiyasini oshirishi mumkin. Flukonazol bilan bir vaqtda qo'llanilganda, boshqa azol qatori zamburug'ga qarshi preparatlar kabi «piruet» turidagi qorinchalar taxisistolik aritmiyasi rivojlanishi mumkin, shuning uchun ularni birga qo'llash tavsiya etilmaydi. GMG-KoA-reduktaza ingibitorlari: flukonazolni CYP3A4 izofermenti tomonidan metabolizmga uchraydigan (masalan, atorvastatin, simvastatin) yoki CYP2D6 izofermenti tomonidan (masalan, fluvastatin) GMG-KoA-reduktaza ingibitorlari bilan bir vaqtda qo'llaganda miopatiya va rabdomioliz rivojlanish xavfi ortadi. Kreatininkinaza kontsentratsiyasini va miopatiya va rabdomioliz simptomlari paydo bo'lishini nazorat qilish kerak. Kreatininkinaza kontsentratsiyasi sezilarli darajada oshganda yoki miopatiya yoki rabdomioliz rivojlanishi tashxislansa yoki shubha qilinsa, GMG-KoA-reduktaza ingibitorlari bilan davolashni to'xtatish kerak.

Lozartan: flukonazol lozartanning uning faol metabolitiga (E-31 74) metabolizmini susaytiradi, u angiotenzin-N retseptorlari antagonizmi bilan bog'liq samaralarning katta qismi uchun javobgardir. Arterial qon bosimini muntazam nazorat qilish zarur.

Metadon: flukonazol metadonning plazmadagi kontsentratsiyasini oshirishi mumkin. Metadon dozasini to'g'irlash kerak bo'lishi mumkin.

Nosteroid yallig'lanishga qarshi preparatlar (NYQV): Flurbiprofenning Cmax va AUC mos ravishda 23% va 81% ga oshadi. Xuddi shunday, flukonazolni ratsemik ibuprofen (400 mg) bilan bir vaqtda qo'llaganda farmakologik faol izomer [S-(+)-ibuprofen] ning Cmax va AUC mos ravishda 15% va 82% ga oshadi.

Flukonazolni 200 mg/sut dozada va selekoksibni 200 mg dozada bir vaqtda qo'llaganda selekoksibning Cmax va AUC mos ravishda 68% va 134% ga oshadi. Ushbu kombinatsiyada selekoksib dozasini ikki baravar kamaytirish mumkin. Flukonazol shuningdek CYP2C9 izofermenti tomonidan metabolizmga uchraydigan boshqa NYQV (masalan, naproksen, lornoksikam, meloksikam, diklofenak) ning tizimli ekspozitsiyasini oshirishi mumkin. NYQV dozasini to'g'irlash talab qilinishi mumkin.

NYQV va flukonazol bir vaqtda qo'llanilganda NYQV bilan bog'liq nojo'ya hodisalar va toksiklik namoyon bo'lishini nazorat qilish kerak. Peroral kontratseptivlar: kombinatsiyalangan kontratseptivni flukonazol bilan 50 mg dozada bir vaqtda qo'llanilganda gormonlar darajasiga sezilarli ta'sir aniqlanmagan, holbuki har kuni 200 mg flukonazol qabul qilinganda etinilestradiol va levonorgestrelning AUC mos ravishda 40% va 24% ga oshadi, haftada bir marta 300 mg flukonazol qabul qilinganda esa etinilestradiol va noretindronning AUC mos ravishda 24% va 13% ga oshadi. Shunday qilib, flukonazolni ko'rsatilgan dozalarda ko'p marta qo'llash kombinatsiyalangan peroral homiladorlikka qarshi vosita samaradorligiga ta'sir qilmaydi.

Fenitoin: flukonazol bilan bir vaqtda qo'llash fenitoin kontsentratsiyasining klinik ahamiyatli oshishi bilan kechishi mumkin. Fenitoin dozasini to'g'irlash talab qilinishi mumkin.

Prednizon: jigar transplantatsiyasidan keyin bemorda uch oylik terapiya kursidan so'ng flukonazol bekor qilinganligi fonida o'tkir buyrak usti bezi po'stlog'i etishmovchiligi rivojlanishi haqida xabar mavjud. Taxminan, flukonazol bilan terapiyani to'xtatish CYP3A4 fermenti faolligining oshishini keltirib chiqargan, bu prednizon metabolizmining kuchayishiga olib kelgan.

Buyrak usti bezi po'stlog'i holatini nazorat qilish kerak.

Rifabutin: flukonazol bilan bir vaqtda qo'llash rifabutinning zardobdagi kontsentratsiyasini 80% gacha oshishiga olib kelishi mumkin. Shuningdek bir vaqtda qo'llanilganda uveit holatlari tasvirlangan.

Sakvinavir: AUC taxminan 50% ga, Cmax - 55% ga oshadi, sakvinavir klirensi CYP3A4 izofermentining jigar metabolizmi ingibitsiya qilinishi va P-glikoprotein munosabati bilan taxminan 50% ga kamayadi. Sakvinavir dozasini to'g'irlash kerak bo'lishi mumkin.

Sirolimus: qon plazmasida sirolimus kontsentratsiyasining oshishi, taxminan, CYP3A4 izofermenti va P-glikoproteinni susaytirish orqali sirolimus metabolizmining ingibitsiya qilinishi bilan bog'liq. Sirolimus dozasini to'g'irlash talab qilinishi mumkin.

Sulfonilmochil preparatlari: flukonazol bilan bir vaqtda qabul qilish peroral sulfonilmochil preparatlari (xlorpropamid, glibenklamid, glipizid va tolbutamid) ning yarim chiqarilish davri uzayishiga olib keladi. Qandli diabeti bo'lgan bemorlarga flukonazol va peroral sulfonilmochil preparatlarini birgalikda qo'llashni tayinlash mumkin, ammo bunda gipoglikemiya rivojlanishi mumkinligini hisobga olish kerak, shuningdek qonda glyukozani muntazam nazorat qilish va zarurat bo'lganda sulfonilmochil preparatlari dozasini to'g'irlash kerak.

Takrolimus: flukonazol bilan (ichga) bir vaqtda qo'llash ichakda CYP3A4 izofermenti orqali sodir bo'ladigan uning metabolizmining ingibitsiya qilinishi hisobiga takrolimusning zardobdagi kontsentratsiyasini 5 baravar oshishiga olib keladi. Takrolimus tomir ichiga qo'llanilganda preparatlar farmakokinetikasining sezilarli o'zgarishlari qayd etilmagan. Nefrotoksiklik holatlari tasvirlangan. Takrolimus dozasini to'g'irlash talab qilinishi mumkin.

Teofillin: flukonazol bilan 200 mg dozada 14 kun davomida bir vaqtda qo'llanilganda teofillinning plazma klirensi o'rtacha tezligi 18% ga kamayadi. Yuqori dozalarda teofillin qabul qilayotgan bemorlarga yoki teofillinning toksik ta'siri rivojlanish xavfi yuqori bo'lgan bemorlarga flukonazol tayinlanganda teofillinning dozasini oshirib yuborish simptomlari paydo bo'lishini kuzatish va zarurat bo'lganda terapiyani tegishli ravishda to'g'irlash kerak.

Tofasitinib: tofasitinib ekspozitsiyasi u bir vaqtning o'zida CYP3A4 izofermenti ingibitorlari va CYP2C19 izofermentining kuchli ingibitorlari (masalan, flukonazol) bo'lgan preparatlar bilan birga qo'llanilganda oshadi. Ehtimol, tofasitinib dozasini to'g'irlash kerak bo'lishi mumkin.

Bo'riugul alkaloidi: flukonazol qon plazmasida bo'riugul alkaloidlari (masalan vinkristin va vinblastin) kontsentratsiyasini oshirishi va shu tariqa neyrotoksiklikka olib kelishi mumkin deb taxmin qilinadi, bu CYP3A4 izofermentining susayishi bilan bog'liq bo'lishi mumkin.

A vitamini: to'liq transretinoy kislotasi va flukonazolni bir vaqtda qo'llaganda miya soxta o'smasi ko'rinishida markaziy asab tizimi (MAT) tomonidan bitta nojo'ya reaktsiya haqida xabar mavjud. Zidovudin: flukonazol bilan bir vaqtda qo'llanilganda zidovudinning Cmax va AUC mos ravishda 84% va 74% ga oshishi qayd etiladi. Ushbu samara, ehtimol, oxirgisining o'zining asosiy metabolitiga qadar metabolizmining pasayishi bilan bog'liq. OITS va ARC (OITS bilan bog'liq kompleks) bilan og'rigan bemorlarga 15 kun davomida 200 mg/sut dozada flukonazol qo'llash bilan terapiyadan oldin va keyin zidovudinning AUC oshishi (20%) aniqlangan.

Vorikonazol (CYP2C9, CYP2C19, CYP3A4V izofermentlari ingibitori) vorikonazol (birinchi kuni sutkada 2 marta 400 mg dan, keyin 2,5 kun davomida sutkada ikki marta 200 mg dan) va flukonazol (birinchi kuni 400 mg, keyin 4 kun davomida sutkada 200 mg dan) bir vaqtda qo'llanilganda vorikonazol kontsentratsiyasi va AUC mos ravishda 57% va 79% ga oshishiga olib keladi. Ushbu samara har qanday preparatning dozasi kamaytirilganda va/yoki qabul qilish soni kamaytirilganda saqlanib qolishi ko'rsatilgan. Vorikonazol va flukonazolni bir vaqtda qo'llash tavsiya etilmaydi.

Ivakaftor: mukovistsidoz transmembrana o'tkazuvchanligi regulyatori (CFTR) stimulyatori ivakaftor bilan bir vaqtda qo'llanilganda ivakaftor ekspozitsiyasining 3 baravar va gidroksimetil-ivakaftor (Ml) ekspozitsiyasining 1,9 baravar oshishi kuzatilgan. Flukonazol va eritromitsin kabi CYP3A4 izofermentining o'rtacha ingibitorlarini bir vaqtda qabul qilayotgan bemorlarga ivakaftor dozasini sutkada bir marta 150 mg gacha kamaytirish tavsiya etiladi.

Flukonazolning peroral shakllarining o'zaro ta'sirini o'rganish bo'yicha tadqiqotlar uning ovqat, simetidin, antatsidlar bilan bir vaqtda qabul qilinganda, shuningdek suyak ko'migi ko'chirib o'tkazishga tayyorgarlik ko'rish uchun tanani to'liq nurlantirishdan keyin ushbu omillar flukonazolning so'rilishiga klinik ahamiyatli ta'sir ko'rsatmasligini ko'rsatdi.

Sanab o'tilgan o'zaro ta'sirlar flukonazol ko'p marta qo'llanilganda aniqlangan.

Dozirovkasi
DozalashIchga. Kapsulalar butunligicha yutiladi.

Terapiyani ekma va boshqa laboratoriya tekshiruvlari natijalari olinguncha boshlash mumkin. Biroq ushbu tekshiruvlar natijalari ma'lum bo'lganda zamburug'larga qarshi terapiyani tegishli ravishda o'zgartirish zarur. Bemorni vena ichiga yuborishdan peroral qabul qilishga yoki aksincha o'tkazishda sutkalik dozani o'zgartirish talab etilmaydi.

Flukonazol preparatining sutkalik dozasi zamburug'li infeksiyaning xarakteri va og'irligiga bog'liq. Preparatni takroriy qabul qilishni talab etadigan infeksiyalarda davolashni faol zamburug'li infeksiyaning klinik yoki laboratoriya belgilari yo'qolguncha davom ettirish kerak. Kriptokokkli meningit yoki qaytalauvchi orofaringeal kandidozi bo'lgan OITS bilan og'rigan bemorlarda odatda infeksiya qaytalanishini oldini olish uchun ushlab turuvchi terapiya zarur.

Kattalarda qo'llash

1. Kriptokokkli meningit va boshqa lokalizatsiyadagi kriptokokkli infeksiyalarda birinchi kuni odatda preparat 400 mg dozada qo'llaniladi, keyin esa davolash 200-400 mg dozada sutkasiga bir marta davom ettiriladi. Kriptokokkli infeksiyalarni davolash davomiyligi klinik va mikologik samara mavjudligiga bog'liq; kriptokokkli meningitda davolash odatda kamida 6-8 hafta davom ettiriladi. Hayotga xavf soluvchi infeksiyalarni davolash hollarida sutkalik dozani 800 mg gacha oshirish mumkin. Qaytalanish xavfi yuqori bo'lgan bemorlarda kriptokokkli meningit qaytalanishini oldini olish uchun, birlamchi davolashning to'liq kursi tugagandan so'ng, Flukonazol preparati bilan 200 mg/sut dozadagi terapiyani noaniq vaqt davomida davom ettirish mumkin.

2. Koksidioidomikozda preparatni 200-400 mg/sut dozada qo'llash talab qilinishi mumkin. Ba'zi infeksiyalar uchun, ayniqsa miya pardalari shikastlanishi bilan, sutkasiga 800 mg doza ko'rib chiqilishi mumkin. Terapiya davomiyligi individual belgilanadi, u 2 yilgacha davom etishi mumkin; terapiya koksidioidomikozda 11-24 oy, parakoksidioidomikozda - 2-17 oy, sporotrixozda - 1-16 oy va gistoplazmozda - 3-17 oyni tashkil qiladi.

3. Kandidemiya, tarqalgan kandidoz va boshqa invaziv kandidoz infeksiyalarida to'yintiruvchi doza birinchi kuni 800 mg, keyingi doza 400 mg/sut. Terapiya davomiyligi klinik samaradorlikka bog'liq. Kandidemiyani davolash davomiyligi bo'yicha umumiy tavsiya - qon ekmasining birinchi salbiy natijasi va kandidemiya belgilari va simptomlari yo'qolgandan keyin 2 hafta.

Shilliq qavat kandidozini davolash

• Orofaringeal kandidozda to'yintiruvchi doza birinchi kuni 200-400 mg, keyingi doza 100-200 mg sutkasiga bir marta 7-21 kun davomida. Zarurat bo'lganda, immun funksiyasi yaqqol susaygan bemorlarga davolashni uzoqroq vaqt davomida davom ettirish mumkin.

• Kandiduriyada samarali doza odatda 200-400 mg/sut ni tashkil qiladi, davolash davomiyligi 7-21 kun. Immun tizimi funksiyasi og'ir buzilishi bo'lgan bemorlarda uzoqroq terapiya davrlarini qo'llash mumkin.

• Teri va shilliq qavatlarning surunkali kandidozida 50-100 mg sutkasiga 28 kungacha davolashda qo'llaniladi. Infeksiya kechishining og'irligi yoki immun tizimi va infeksiyaning hamroh buzilishiga qarab uzoqroq terapiya davrlarini qo'llash mumkin.

• Qizilo'ngach kandidozida to'yintiruvchi doza birinchi kuni 200-400 mg, keyingi doza 100-200 mg sutkasiga. Davolash kursi 14-30 kunni tashkil qiladi (qizilo'ngach kandidozi remissiyasiga erishilguncha). Zarurat bo'lganda, immun funksiyasi yaqqol susaygan bemorlarga davolashni uzoqroq vaqt davomida davom ettirish mumkin.

• Qaytalanish xavfi yuqori bo'lgan OIV-infeksiyalangan bemorlarda orofaringeal kandidoz qaytalanishini oldini olish uchun flukonazol 100-200 mg sutkasiga yoki 200 mg haftasiga 3 marta surunkali pasaygan immunitetli bemorlarda noaniq vaqt davomida qo'llaniladi.

• Qaytalanish xavfi yuqori bo'lgan OIV-infeksiyalangan bemorlarda qizilo'ngach kandidozi qaytalanishini oldini olish uchun Flukonazol preparati 100-200 mg sutkasiga yoki 200 mg haftasiga 3 marta surunkali pasaygan immunitetli bemorlarda noaniq vaqt davomida qo'llaniladi.

• Tish protezlarini taqish bilan bog'liq og'iz bo'shlig'i surunkali atrofik kandidozida preparat odatda 50 mg dozada sutkasiga bir marta 14 kun davomida protezga ishlov berish uchun mahalliy antiseptik vositalar bilan birgalikda qo'llaniladi.

• O'tkir vaginal kandidoz, kandidoz balanitida flukonazol bir marta 150 mg dozada ichga qo'llaniladi. Vaginal kandidoz qaytalanishi chastotasini kamaytirish uchun preparatni 150 mg dozada har uch kunda - jami 3 doza (1-chi, 4-chi va 7-kunlari), keyin ushlab turuvchi doza - 150 mg haftasiga bir marta qo'llash mumkin. Ushlab turuvchi dozani 6 oygacha qo'llash mumkin.

Dermatomikozlarni davolash

• Teri infeksiyalarida, shu jumladan oyoq panjalari dermatofitiyasi, tana dermatofitiyasi, chov dermatofitiyasi va kandidoz infeksiyalarida tavsiya etilgan doza 150 mg haftasiga bir marta yoki 50 mg kuniga bir marta. Terapiya davomiyligi odatda 2-4 haftani tashkil qiladi, oyoq panjalari mikozlarida 6 haftagacha uzoqroq terapiya talab qilinishi mumkin.

• Rang-barang temiratkida tavsiya etilgan doza 300-400 mg haftasiga bir marta 1-3 hafta davomida. Muqobil davolash sxemasi preparatni 50 mg dan kuniga bir marta 2-4 hafta davomida qo'llash hisoblanadi.

4. Onixomikozda tavsiya etilgan doza 150 mg haftasiga bir marta. Davolashni infeksiyalangan tirnoq almashguncha (infeksiyalanmagan tirnoq o'sib chiqquncha) davom ettirish kerak. Qo'l va oyoq barmoqlarida tirnoqlarning qayta o'sishi uchun odatda mos ravishda 3-6 oy va 6-12 oy talab qilinadi. O'sish tezligi turli odamlarda, shuningdek yoshga qarab keng chegaralarda o'zgarib turishi mumkin. Uzoq vaqt saqlanib turgan surunkali infeksiyalarni muvaffaqiyatli davolagandan so'ng ba'zida tirnoq shaklining o'zgarishi kuzatiladi.

5. Xavfli o'smalari bo'lgan bemorlarda kandidozni oldini olish uchun Flukonazol preparatining tavsiya etilgan dozasi zamburug'li infeksiya rivojlanish xavfi darajasiga qarab 200-400 mg sutkasiga bir marta. Umumlashgan infeksiya xavfi yuqori bo'lgan bemorlar uchun, masalan, yaqqol yoki uzoq vaqt saqlanib turuvchi neytropeniya bilan, tavsiya etilgan doza 400 mg sutkasiga bir marta. Flukonazol preparati kutilayotgan neytropeniya rivojlanishidan bir necha kun oldin qo'llaniladi va, neytrofillar soni mm3 da 1000 dan oshgandan keyin, davolash yana 7 kun davom ettiriladi.

Bolalarda qo'llash

Kattalardagi o'xshash infeksiyalarda bo'lgani kabi, davolash davomiyligi klinik va mikologik samaraga bog'liq. Bolalar uchun preparatning sutkalik dozasi kattalar uchun dozadan oshmasligi kerak. Flukonazol preparati har kuni sutkasiga bir marta qo'llaniladi.

Shilliq qavatlar kandidozida Flukonazol preparatining tavsiya etilgan dozasi 3 mg/kg/sut. Birinchi kuni muvozanat konsentratsiyasiga tezroq erishish maqsadi bilan 6 mg/kg zarb dozasini qo'llash mumkin.

Invaziv kandidoz va kriptokokkli meningitni davolash uchun tavsiya etilgan doza kasallik og'irligiga qarab 6-12 mg/kg/sut ni tashkil qiladi.

OITS bilan og'rigan bolalarda kriptokokkli meningit qaytalanishini bostirish uchun Flukonazol preparatining tavsiya etilgan dozasi 6 mg/kg/sut ni tashkil qiladi.

Sitotoksik kimyoterapiya yoki nur terapiyasi natijasida rivojlanadigan neytropeniya bilan bog'liq infeksiya rivojlanish xavfi bo'lgan immuniteti bostirilgan bolalarda zamburug'li infeksiyalarni oldini olish uchun preparat induksiyalangan neytropeniyaning yaqqolligi va saqlanish davomiyligiga qarab 3-12 mg/kg/sut qo'llaniladi (kattalar uchun dozaga qarang; buyrak yetishmovchiligi bo'lgan bolalar uchun - buyrak yetishmovchiligi bo'lgan bemorlar uchun dozaga qarang).

Kapsula ko'rinishidagi Flukonazol preparatining dori shaklini bolalarda to'g'ri ishlatish imkoni bo'lmaganda preparatning boshqa dori shakllariga (ichga qabul qilish uchun suspenziya tayyorlash uchun kukun yoki vena ichiga yuborish uchun eritma) ekvivalent dozalarda almashtirish imkoniyatini ko'rib chiqish kerak.

Keksa bemorlarda qo'llash

Buyrak yetishmovchiligi belgilari bo'lmaganda Flukonazol preparati odatdagi dozada qo'llaniladi. Buyrak yetishmovchiligi bo'lgan bemorlarga (kreatinin klirensi < 50 ml/daq) preparat dozasi quyida tavsiflanganidek to'g'rilanadi. Buyrak yetishmovchiligi bo'lgan bemorlarda qo'llash Bir marta qabul qilinganda dozani o'zgartirish talab etilmaydi. Buyrak funksiyasi buzilgan bemorlarda (shu jumladan bolalarda) preparat ko'p marta qo'llanilganda dastlab 50 mg dan 400 mg gacha zarb dozasini yuborish kerak, shundan so'ng sutkalik doza (ko'rsatmaga qarab) quyidagi jadvalga muvofiq belgilanadi:

Kreatinin klirensi (ml/daq) Tavsiya etilgan dozaning foizi

> 50 100 %

≤ 50 (dializsiz) 50 %

muntazam dializ har bir dializdan keyin 100 %

Muntazam dializda bo'lgan bemorlar har bir dializ seansidan keyin tavsiya etilgan dozaning 100 % ini olishlari kerak. Dializ o'tkazilmaydigan kunlarda bemorlar preparatning kamaytirilgan (kreatinin klirensiga qarab) dozasini olishlari kerak.

Buyrak funksiyasi buzilgan bolalarda preparatning sutkalik dozasini (kattalardagi kabi xuddi shunday proportsional bog'liqlikda) buyrak yetishmovchiligining yaqqollik darajasiga muvofiq kamaytirish kerak.Dozani oshirib yuborishSimptomlari: gallyutsinatsiyalar, paranoid xulq-atvor.

Davolash: simptomatik, oshqozonni yuvish, jadallashtirilgan diurez. Gemodializ 3 soat davomida plazmadagi konsentratsiyani taxminan 50 % ga kamaytiradi.

Flukonazol boshqa chiqarish shakllari

FLUKONAZOL kapsulalar  100mg N7
FLUKONAZOL kapsulalar 100mg N7
O'zbekiston
Ishlab chiqaruvchi:
Radiks, CHNPP
•3 ta dorixonada bor
Narxi
6 000 so'm dan
FLUKONAZOL kapsulalar  150mg N2
FLUKONAZOL kapsulalar 150mg N2
Ukraina
Ishlab chiqaruvchi:
OOO «ASTRAFARM»
•14 ta dorixonada bor
Narxi
6 500 so'm dan
FLUKONAZOL tabletkalari 150mg N1
FLUKONAZOL tabletkalari 150mg N1
O'zbekiston
Ishlab chiqaruvchi:
O´zkimyofarm, AO im. S.K. Islambekova
•76 ta dorixonada bor
Narxi
3 900 so'm dan
FLUKONAZOL kapsulalar  50mg N7
FLUKONAZOL kapsulalar 50mg N7
O'zbekiston
Ishlab chiqaruvchi:
Radiks, CHNPP
•5 ta dorixonada bor
Narxi
5 000 so'm dan
FLUKONAZOL kapsulalar  50 mg N10
FLUKONAZOL kapsulalar 50 mg N10
O'zbekiston
Ishlab chiqaruvchi:
NAVBAHOR SANOAT OOO
•2 ta dorixonada bor
Narxi
15 000 so'm dan
FLUKONAZOL 0,15 kapsulalar  N1
FLUKONAZOL 0,15 kapsulalar N1
Rossiya Federatsiyasi
Ishlab chiqaruvchi:
Farmproekt, AO
FLUKONAZOL KANON 0,05 kapsulalar  N7
FLUKONAZOL KANON 0,05 kapsulalar N7
Rossiya Federatsiyasi
Ishlab chiqaruvchi:
Kanonfarma prodakshn, ZAO
MR FLUKONAZOL kapsulalar  150 mg N4
MR FLUKONAZOL kapsulalar 150 mg N4
O'zbekiston
Ishlab chiqaruvchi:
MERRYMED FARM, OOO
MR FLUKONAZOL kapsulalar  150 mg N20
MR FLUKONAZOL kapsulalar 150 mg N20
O'zbekiston
Ishlab chiqaruvchi:
MERRYMED FARM, OOO
MR FLUKONAZOL kapsulalar  150 mg N2
MR FLUKONAZOL kapsulalar 150 mg N2
O'zbekiston
Ishlab chiqaruvchi:
MERRYMED FARM, OOO
MR FLUKONAZOL kapsulalar  50 mg N2
MR FLUKONAZOL kapsulalar 50 mg N2
O'zbekiston
Ishlab chiqaruvchi:
MERRYMED FARM, OOO
MR FLUKONAZOL kapsulalar  50 mg N5
MR FLUKONAZOL kapsulalar 50 mg N5
O'zbekiston
Ishlab chiqaruvchi:
MERRYMED FARM, OOO
MR FLUKONAZOL kapsulalar  100 mg N3
MR FLUKONAZOL kapsulalar 100 mg N3
O'zbekiston
Ishlab chiqaruvchi:
MERRYMED FARM, OOO
MR FLUKONAZOL kapsulalar  150 mg N6
MR FLUKONAZOL kapsulalar 150 mg N6
O'zbekiston
Ishlab chiqaruvchi:
MERRYMED FARM, OOO

FLUKONAZOL 0,15 kapsulalar N2 analoglari

DIFLAZON 0,15 kapsulalar  N1
DIFLAZON 0,15 kapsulalar N1
Sloveniya/Rossiya
Ishlab chiqaruvchi:
KRKA d.d. Novo mesto AO/ Vektor-Medika, ZAO
MIKOSIST 0,15 kapsulalar  N4
MIKOSIST 0,15 kapsulalar N4
Rossiya Federatsiyasi
Ishlab chiqaruvchi:
Gedeon Rixter - Rus ZAO
MIKOSIST 0,15 kapsulalar  N1
MIKOSIST 0,15 kapsulalar N1
Rossiya Federatsiyasi
Ishlab chiqaruvchi:
Gedeon Rixter - Rus ZAO

FLUKONAZOL 0,15 kapsulalar N2 haqida savollar

FLUKONAZOL 0,15 kapsulalar N2 haqida fikr-mulohazalar

Reyting 0, 0 ta sharh asosida

Alifbo bo'yicha dori vositalar ro'yxati

scroll-top

Biz portalimiz ishini takomillashtirish maqsadida cookie-fayllardan foydalanamiz. Ishni davom ettirar ekansiz, ulardan foydalanishga rozilik bildirgan bo‘lasiz. Batafsil