GEPTRAL 0,4 tabletkalari N20

GEPTRAL 0,4 tabletkalari N20 qo'llanmasi
Farmakokinetikasi
So‘rilishi
Plazmada ademetioninning maksimal konsentratsiyalari (Cmax) dozaga bog‘liq bo‘lib, 400 dan 1000 mg gacha dozalarda ichga bir marta qabul qilingandan so‘ng 3-5 soat o‘tgach 0,5-1 mg/l ni tashkil qiladi. Biokiraolishlik och qoringa qabul qilinganda ortadi. Plazmadagi ademetioninning Cmax ko‘rsatkichlari 24 soat ichida dastlabki darajagacha pasayadi.
Taqsimlanishi
Ademetionin 500 mg dozada qo‘llanilganda taqsimlanish hajmi (Vd) 0,44 l/kg ni tashkil qiladi. Qon plazmasi oqsillari bilan bog‘lanish darajasi arzimas va ≤ 5% ni tashkil qiladi.
Metabolizm
Ademetioninning hosil bo‘lishi, sarflanishi va qayta hosil bo‘lishi jarayoni ademetionin sikli deb ataladi. Ushbu siklning birinchi bosqichida ademetioninga bog‘liq metilazalar ademetioninni S-adenozilgomotsistein ishlab chiqarish uchun substrat sifatida ishlatadi, u keyinchalik S-adenozilgomotsisteingidralaza yordamida gomotsistein va adenozingacha gidrolizlanadi. Gomotsistein o‘z navbatida 5-metiltetragidrofolatdan metil guruhini ko‘chirish yo‘li bilan metioningacha teskari transformatsiyaga uchraydi. Natijada metionin I turdagi metionin-adenozil-transferaza yordamida ademetioningacha aylanishi va siklni yakunlashi mumkin.
Chiqarilishi
Sog‘lom ko‘ngillilarda o‘tkazilgan tadqiqotlarda nishonlangan (metil 14C) S-adenozil-L-metionin ichga qabul qilinganda 48 soatdan keyin siydikda 15,5 ± 1,5% radioaktivlik, 72 soatdan keyin esa axlatda 23,5 ± 3,5% radioaktivlik aniqlangan. Shunday qilib, taxminan 60% modda depolangan.
Nojo'ya samaralari
2100 dan ortiq bemorlar ishtirokidagi klinik tadqiqotlar davomida aniqlangan eng tez-tez uchraydigan nojo‘ya reaksiyalar orasida: bosh og‘rig‘i, ko‘ngil aynishi va diareya bo‘lgan. Quyida klinik tadqiqotlar (n=2115) davomida va ademetioninni postmarketing qo‘llash paytida ("spontan" xabarlar) kuzatilgan nojo‘ya reaksiyalar to‘g‘risidagi ma'lumotlar keltirilgan. Barcha reaksiyalar a'zolar tizimlari va rivojlanish tez-tezligi bo‘yicha taqsimlangan: juda tez-tez (≥1/10); tez-tez (≥1/100, <1/10); tez-tez emas (≥1/1000, <1/100); kam hollarda (≥1/10000, <1/1000); juda kam hollarda (<1/10000).
A'zolar tizimi
Tez-tezligi
Noxush samaralar
Infektsion va parazitar kasalliklar
Tez-tez emas
Siydik chiqarish yo‘llari infektsiyalari
Immun tizimi tomonidan buzilishlar
Tez-tez emas
O‘ta yuqori sezuvchanlik reaksiyalari
Anafilaktoid yoki anafilaktik reaksiyalar (shu jumladan teri qoplamalarining giperemiyasi, hansirash, bronxospazm, belda og‘riq, ko‘krak qafasi sohasida noqulaylik hissi, qon bosimining o‘zgarishi (arterial gipotenziya, arterial gipertenziya) yoki puls chastotasi (taxikardiya, bradikardiya))*
Ruhiyat buzilishlari
Tez-tez
Xavotir
Uyqusizlik
Tez-tez emas
Ajitatsiya
Ongning chalkashishi
Nerv tizimi tomonidan buzilishlar
Tez-tez
Bosh og‘rig‘i
Tez-tez emas
Bosh aylanishi
Paresteziya
Tomirlar tomonidan buzilishlar
Tez-tez emas
"Qizib ketishlar"
Arterial gipotenziya
Flebit
Nafas olish tizimi, ko‘krak qafasi a'zolari va ko‘ks oralig‘i tomonidan buzilishlar
Tez-tez emas
Hiqildoq shishi*
Me'da-ichak yo‘llari tomonidan buzilishlar
Tez-tez
Qorinda og‘riq
Diareya
Ko‘ngil aynishi
Tez-tez emas
Og‘iz qurishi
Dispepsiya
Meteorizm
Me'da-ichak og‘rig‘i
Me'da-ichakdan qon ketishi
Me'da-ichak buzilishlari
Kam hollarda
Qusish
Qorin dam bo‘lishi
Ezofagit
Teri va teri osti to‘qimalari tomonidan buzilishlar
Tez-tez
Teri qichishishi
Tez-tez emas
Ko‘p terlash
Angionevrotik shish*
Teri-allergik reaksiyalari (shu jumladan toshma, terining qichishishi, eshakemi, eritema)*
Skelet-mushak va biriktiruvchi to‘qima tomonidan buzilishlar
Tez-tez emas
Artralgiya
Mushak spazmlari
Umumiy buzilishlar va yuborish joyidagi buzilishlar
Tez-tez emas
Asteniya
Shish
Isitma
Et uvishishi*
Yuborish joyidagi reaksiyalar*
Yuborish joyida teri nekrozi*
Kam hollarda
Holsizlik
* - klinik tadqiqotlar davomida kuzatilmagan, ademetioninni postmarketing qo‘llash paytida ("spontan" xabarlar) aniqlangan noxush samaralar "tez-tez emas" uchrash tezligiga ega bo‘lgan noxush samaralar qatoriga kiritilgan, chunki uchrash tezligini baholashning 95% ishonch oralig‘ining yuqori chegarasi 3/X dan oshmaydi, bunda X = 2115 (klinik tadqiqotlarda kuzatilgan sub'ektlarning umumiy soni).
Maxsus saqlash sharoitlari
Preparatning tonuslovchi samarasini hisobga olib, uni uyqudan oldin qabul qilish tavsiya etilmaydi. Geptral® preparati giperazotemiya fonida jigar sirrozi bo'lgan bemorlar tomonidan qo'llanilganda qonda azot miqdorini tizimli nazorat qilish zarur. Uzoq muddatli terapiya vaqtida qon zardobida mochevina va kreatinin miqdorini aniqlash kerak.
Ademetioninni bipolyar buzilishlari bo'lgan bemorlarga qo'llash tavsiya etilmaydi. Ademetionin qabul qilgan bemorlarda depressiyaning gipomaniya yoki maniyaga o'tishi haqida xabarlar bor.
Depressiyasi bo'lgan bemorlarda suitsid va boshqa jiddiy noxush hodisalar xavfi yuqori, shuning uchun ademetionin bilan davolash vaqtida bunday bemorlar depressiya simptomlarini baholash va davolash uchun shifokorning doimiy nazorati ostida bo'lishlari kerak. Bemorlar ademetionin bilan terapiyada ularda kuzatilayotgan depressiya simptomlari kamaymasa yoki chuqurlashsa shifokorga xabar berishlari kerak.
Shuningdek ademetionin qabul qilayotgan bemorlarda xavotirning to'satdan paydo bo'lishi yoki kuchayishi haqida xabarlar mavjud. Ko'pchilik hollarda terapiyani bekor qilish talab etilmagan, bir necha hollarda xavotir doza kamaytirilgandan yoki preparat bekor qilingandan so'ng yo'qolgan.
Sianokobalamin va foliy kislotasi tanqisligi xavf guruhi bemorlarida (anemiya, jigar kasalliklari bo'lgan, homiladorlikda yoki boshqa kasalliklar yoki parhez, masalan, vegetarianlarda vitamin yetishmovchiligi ehtimolida) ademetionin miqdorini pasaytirishi mumkinligi sababli, qon plazmasida vitaminlar miqdorini nazorat qilish kerak. Agar yetishmovchilik aniqlansa, ademetionin bilan davolashni boshlashdan oldin yoki ademetionin bilan bir vaqtda sianokobalamin va foliy kislotasini qabul qilish tavsiya etiladi.
Ademetioninni qabul qilish immunologik usullar bilan olingan qon plazmasidagi gomotsisteinni aniqlash natijasiga ta'sir qilishi mumkin.
Ademetionin qabul qilayotgan bemorlar uchun gomotsistein miqdorini aniqlash uchun tahlilning noimmunologik usullaridan foydalanish tavsiya etiladi.
Preparatning transport vositalarini va mexanizmlarni boshqarish qobiliyatiga ta'siri:
Ba'zi bemorlarda Geptral® preparatini qabul qilishda bosh aylanishi yuzaga kelishi mumkin. Bemorlar terapiya bunday turdagi faoliyat bilan shug'ullanish qobiliyatiga ta'sir qilmasligiga ishonch hosil qilmagunlaricha Geptral® preparatini qabul qilish vaqtida transportni boshqarish va mexanizmlar bilan ishlash tavsiya etilmaydi.
Qo'llanilishi mumkin bo'lmagan holatlar
Metionin sikliga ta'sir qiluvchi va/yoki gomotsistinuriya va/yoki gipergomotsisteinemiyani keltirib chiqaruvchi genetik buzilishlar (masalan, sistationin beta-sintaza yetishmovchiligi, siyanokobalamin metabolizmining buzilishi).
Preparatning har qanday komponentiga gipersezuvchanlik.
18 yoshgacha bo'lganlar (bolalarda tibbiy qo'llash tajribasi cheklangan).
Ehtiyotkorlik bilan:
Bipolyar buzilishlar ("Maxsus ko'rsatmalar" bo'limiga qarang).
Homiladorlik (I trimestr) va emizish davri ("Homiladorlik va emizish davrida qo'llanilishi" bo'limiga qarang).
Serotonin qayta qamrab olinishi selektiv ingibitorlari (SQQSI), tritsiklik antidepressantlar (masalan, klomipramin), shuningdek retseptsiz beriladigan preparatlar va triptofan saqlagan o'simlik preparatlari bilan bir vaqtda qabul qilish ("Boshqa dori preparatlari bilan o'zaro ta'siri" bo'limiga qarang).
Keksa yosh.
Buyrak yetishmovchiligi.
Homiladorlik va laktatsiya:
Klinik tadqiqotlarda ademetioninni homiladorlikning III trimestrida qo'llash hech qanday nojo'ya ta'sirlarni keltirib chiqarmaganligi ko'rsatilgan. Geptral® preparatini homiladorlarga I va II trimestrlarda, shuningdek emizish davrida qo'llash faqat ona uchun potensial foyda homila yoki bola uchun mumkin bo'lgan xavfdan yuqori bo'lgandagina mumkin.
Dori vositalarining o'zaro ta'siri
Ademetionin va klomipramin qabul qilgan bemorda serotonin ortiqchaligi sindromi haqida xabar bor. Bunday o'zaro ta'sir bo'lishi mumkin deb hisoblanadi va ademetioninni serotoninni qayta qamrab olinishining selektiv ingibitorlari, tritsiklik antidepressantlar (klomipramin kabi), shuningdek triptofan saqlovchi o'tlar va preparatlar bilan birga ehtiyotkorlik bilan qo'llash kerak.
Dozirovkasi
Geptral® preparati tabletkalarini bevosita ichishdan oldin blisterdan chiqarish kerak. Agar tabletkalar oqdan oq-sarg'ish ranggacha bo'lgan rangdan farq qilsa (alyuminiy folganing germetik emasligi sababli), Geptral® preparatini ishlatish tavsiya etilmaydi.
Boshlang'ich terapiya
Tavsiya etilgan doza 10-25 mg/kg/sutkani tashkil qiladi.
Jigar ichi xolestazi
Doza 800 mg/sutkadan 1600 mg/sutkagacha.
Depressiya
Doza 800 mg/sutkadan 1600 mg/sutkagacha.
Terapiya davomiyligi shifokor tomonidan belgilanadi. Geptral® preparati bilan terapiya vena ichiga yoki mushak ichiga yuborish bilan boshlanishi va keyinchalik Geptral® preparatini tabletka ko'rinishida qo'llash bilan davom ettirilishi yoki darhol Geptral® preparatini tabletka ko'rinishida qo'llash bilan boshlanishi mumkin.
Keksa yoshdagi bemorlar
Geptral® preparatini qo'llash bo'yicha klinik tajriba keksa yoshdagi bemorlar va yoshroq bemorlarda uning samaradorligida hech qanday farqlarni aniqlamadi. Biroq, jigar, buyrak yoki yurak funksiyasining mavjud buzilishlari, boshqa yondosh patologiya yoki boshqa dori vositalari bilan bir vaqtda terapiya ehtimolini hisobga olgan holda, keksa bemorlarga Geptral® preparati dozasini ehtiyotkorlik bilan tanlash, preparatni qo'llashni dozalar oralig'ining quyi chegarasidan boshlash kerak.
Buyrak yetishmovchiligi
Buyrak yetishmovchiligi bo'lgan bemorlarda Geptral® preparatini qo'llash bo'yicha cheklangan klinik ma'lumotlar mavjud, shu munosabat bilan bunday bemorlarda Geptral® preparatini qo'llashda ehtiyotkorlikka rioya qilish tavsiya etiladi.
Jigar yetishmovchiligi
Ademetionin farmakokinetikasi parametrlari sog'lom ko'ngillilar va surunkali jigar kasalliklari bo'lgan bemorlarda o'xshash.
Bolalar
Geptral® preparatini bolalarda qo'llash mumkin emas (samaradorlik va xavfsizlik aniqlanmagan).Dozani oshirib yuborishGeptral® preparatining dozasini oshirib yuborish ehtimoli kam. Dozani oshirib yuborish holatida bemorni kuzatish va simptomatik terapiya o'tkazish tavsiya etiladi.
GEPTRAL 0,4 tabletkalari N20 o'xshash dorilari




GEPTRAL 0,4 tabletkalari N20 xususiyatlari
Geptral boshqa chiqarish shakllari



GEPTRAL 0,4 tabletkalari N20 analoglari




{
"data": {
"id": 27445,
"stores_apteka_id": null,
"slug": "geptral-0-4-n20-tabl-p-kishechnorastvor-oboloch",
"stores_apteka_slug": null,
"name": "GEPTRAL 0,4 tabletkalari N20",
"brand_name": "GEPTRAL 0,4",
"image": "uploads/iblock/9ca/9ca868930df9d76ed33acf47a364662c.webp",
"atx_code": "A16AA02",
"drug_form_id": 1,
"over_the_counter": false,
"prescription_type": "unknown",
"availability": "not_available",
"reviews_count": 0,
"reviews_rating": 0,
"has_pickup": false,
"has_delivery": false,
"manufacturer": null,
"manufacturer_plain": "EbbVi S.r.L., C.P",
"representative": null,
"representative_plain": null,
"distributor": null,
"distributor_plain": null,
"is_manufacturer_advertiser": false,
"is_representative_advertiser": false,
"is_dietary_supplement": false,
"is_medical_device": false,
"category": {
"id": 487,
"slug": "pishchevaritelnyy-trakt-i-obmen-veshchestv",
"name": "Hazm qilish va moddalar almashinuvi tizimi",
"external_link_title": "Gastroenterolog maslahati",
"external_link": "https://med24.uz/uz/doctors/gastroenterolog"
},
"drug_group": {
"id": 4741,
"slug": "geptral",
"name": "Geptral"
},
"is_purchasable": false,
"country": {
"id": 13,
"slug": "italiya",
"name": "Italiya"
},
"active_ingredients": [
{
"id": 6159,
"slug": "ademetionin",
"name": "Ademetionin"
}
],
"tags": [
{
"id": 155,
"slug": "dlya-pecheni",
"name": "Jigar uchun"
}
]
}
}








