logo
SavatKirish

KETOPROFEN 0,05/ML eritma 2ml N5

Mahsulot haqida tafsilotlar
Ishlab chiqarilgan joyi:Bolgariya
Faol modda:Ketoprofen
Ishlab chiqaruvchi:VETPROM AD
Teglar:Bo'g'imlar uchun
ATX kodi:M01AE03
Barcha Ketoprofen dorilari
Mavjud emas
Dorixonadan topish
To‘lov va yetkazib berish usullari Toshkentda
Olib ketish
Ertaga yoki keyinroq 0 ta dorixonadan
Dorixonada karta yoki naqd to‘lov
Yetkazib berish
2 soat ichida yoki ertaga, yetkazib berish narxi onlayn dorixonada ko‘rsatilgan tarif bo‘yicha. Onlayn yoki kuryerga to‘lov

KETOPROFEN 0,05/ML eritma 2ml N5 o'xshash dorilari

FORSIL LIGHT kapsulalar  400mg N10
Retseptsiz
FORSIL LIGHT kapsulalar 400mg N10
O'zbekiston
Vakil:
Nika Pharm
•24 ta dorixonada bor
Narxi
20 000 so'm dan
NUROFEN EKSPRESS kapsulalar  200mg N16
Retseptsiz
NUROFEN EKSPRESS kapsulalar 200mg N16
Niderlandlar
Ishlab chiqaruvchi:
Pateon Softdjels B.V., De Postoxooonstraat 7
•65 ta dorixonada bor
Narxi
49 000 so'm dan
P ZERO gel 30g
Retseptsiz
P ZERO gel 30g
Hindiston
Ishlab chiqaruvchi:
Avantika Medex Pvt. Ltd., Indiya proizvedeno: Nucleus Formulation Pvt. Ltd.
Narxi
35 000 so'm dan
XONDROKSID maz 30g 5%
Retseptsiz
XONDROKSID maz 30g 5%
Rossiya Federatsiyasi
Ishlab chiqaruvchi:
Nijfarm, AO
Narxi
84 000 so'm dan

KETOPROFEN 0,05/ML eritma 2ml N5 qo'llanmasi

Saytda e'lon qilingan ma'lumotlar mutaxassislar uchun mo'ljallangan. O'zingizni-o'zingiz davolash bilan shug'ullanmang. Sog'lig'ingizga zarar bermaslik uchun mutaxassis bilan maslahatlashishga ishonch hosil qiling!
Farmakokinetikasi

So'rilishi

Ketoprofen ichga qabul qilinganda me'da-ichak yo'lidan oson so'riladi. 200 mg uzoq muddatli ta'sirga ega ketoprofen kapsulalarini peroral qabul qilgandan so'ng qon plazmasidagi maksimal konsentratsiyalar (Smax) 3,1 dan 3,4 ± 1,2 mg/l gacha, 5 soat ichida erishiladi.

Preparatning biokiraolishligi 90% ni tashkil qiladi. Ovqat qabul qilish ketoprofenning umumiy biokiraolishligiga ta'sir qilmaydi, ammo so'rilish tezligini kamaytiradi.

Taqsimlanishi

Ketoprofen qon plazmasi oqsillari bilan, asosan albumin fraksiyasi bilan 99% ga bog'langan. Taqsimlanish hajmi 0,1 l/kg ni tashkil qiladi. Ketoprofen sinovial suyuqlikka kirib boradi va u yerda qon plazmasidagi konsentratsiyaning 50% iga teng konsentratsiyaga erishadi. Ketoprofenning plazma klirensi taxminan 0,08 l/kg/soatni tashkil qiladi. Ketoprofenning samarali konsentratsiyalari qabul qilinganidan keyin hatto 24 soat o'tgach ham qonda aniqlanadi.

Metabolizmi va chiqarilishi

Ketoprofen jigar mikrosomal fermentlari ta'sirida jadal metabolizmga uchraydi, yarim chiqarilish davri 2 soatdan kamroqni tashkil qiladi. Ketoprofen glyukuron kislotasi bilan bog'lanadi va organizmdan glyukuronid ko'rinishida chiqariladi. Ketoprofenning faol metabolitlari yo'q. Ketoprofenning 80% gacha qismi buyraklar orqali 24 soat ichida, asosan ketoprofen glyukuronidi shaklida chiqariladi. Og'ir buyrak yetishmovchiligi bo'lgan bemorlarda preparatning katta qismi ichak orqali ajralib chiqadi. Yuqori dozalar qabul qilinganda jigar klirensi ham ortadi. Ichak orqali preparatning 40% gacha qismi chiqariladi.

Jigar yetishmovchiligi bo'lgan bemorlarda ketoprofenning plazmadagi konsentratsiyasi ikki baravar oshadi (ehtimol, gipoalbuminemiya va buning natijasida bog'lanmagan faol ketoprofenning yuqori darajasi hisobiga), bunday bemorlarga preparatni minimal terapevtik dozada buyurish kerak.

Buyrak yetishmovchiligi bo'lgan bemorlarda ketoprofen klirensi pasaygan, ammo dozani to'g'irlash faqat og'ir buyrak yetishmovchiligi bo'lgan hollarda talab etiladi.

Keksa yoshdagi bemorlarda ketoprofen metabolizmi va chiqarilishi sekinroq kechadi, bu faqat og'ir buyrak yetishmovchiligi bo'lgan bemorlar uchungina klinik ahamiyatga ega.

Farmakologik ta'siri

Og'riq qoldiruvchi Yallig'lanishga qarshi

Nojo'ya samaralari

Jahon sog‘liqni saqlash tashkiloti (JSST) ma'lumotlariga ko‘ra, nojo‘ya ta'sirlar rivojlanish tez-tezligiga qarab quyidagicha tasniflangan: juda tez-tez (1/10 dan ko‘p yoki teng), tez-tez (1/100 dan ko‘p yoki teng, < 1/10), tez-tez emas (1/1000 dan ko‘p yoki teng, < 1/100), kam hollarda (1/10000 dan ko‘p yoki teng, < 1/1000), juda kam hollarda (< 1/10000), tez-tezligi noma'lum (mavjud ma'lumotlar bo‘yicha tez-tezlikni baholab bo‘lmaydi).

Qon yaratish tizimi va limfa tizimi tomonidan:

Kam hollarda: gemorragik anemiya, leykopeniya;

Tez-tezligi noma'lum: agranulotsitoz, trombositopeniya, suyak iligi funktsiyasining buzilishi.

Immun tizimi tomonidan:

Tez-tezligi noma'lum: anafilaktik reaksiyalar (shu jumladan anafilaktik shok).

Nerv tizimi tomonidan:

Tez-tez emas: bosh og‘rig‘i, bosh aylanishi, uyquchanlik;

Kam hollarda: paresteziyalar;

Tez-tezligi noma'lum: talvasalar, ta'm bilishning buzilishi.

Sezgi a'zolari tomonidan:

Kam hollarda: ko‘rishning xiralashishi, quloqlarda shovqin.

Yurak-qon tomir tizimi tomonidan:

Tez-tezligi noma'lum: yurak yetishmovchiligi, gipertoniya, vazodilatatsiya.

Nafas olish tizimi tomonidan:

Kam hollarda: astma, burun qonashi, hiqildoq shishi;

Tez-tezligi noma'lum: bronxospazm (ayniqsa, NYQPga yuqori sezuvchanligi bo‘lgan bemorlarda), rinit.

Me'da-ichak yo‘llari tomonidan:

Tez-tez: ko‘ngil aynishi, qusish, dispepsiya, qorin sohasida og‘riq;

Tez-tez emas: qabziyat, diareya, qorin dam bo‘lishi, gastrit;

Kam hollarda: peptik yara, stomatit;

Juda kam hollarda: yarali kolit yoki Kron kasalligining kuchayishi, me'da-ichakdan qon ketishi, perforatsiya.

Jigar va o‘t chiqarish yo‘llari tomonidan:

Kam hollarda: gepatit, "jigar" fermentlari va bilirubin darajasining oshishi.

Teri qoplamalari tomonidan:

Tez-tez emas: teri toshmasi, teri qichishishi;

Tez-tezligi noma'lum: fotosensibilizatsiya, alopesiya, eshakemi, angionevrotik shish, eritema, bullyoz toshma, toksik epidermal nekroliz.

Siydik chiqarish tizimi tomonidan:

Juda kam hollarda: o‘tkir buyrak yetishmovchiligi, interstitsial nefrit, nefrotik sindrom, buyrak funktsiyasi ko‘rsatkichlarining anomal qiymatlari.

Boshqalar:

Tez-tez emas: shishlar, toliqish;

Kam hollarda: tana vaznining ortishi.

Maxsus saqlash sharoitlari

NYQP uzoq muddat qo'llanilganda klinik qon tahlilini vaqti-vaqti bilan baholash, shuningdek jigar va buyrak funktsiyasini nazorat qilish, ayniqsa keksa yoshdagi bemorlarda (65 yoshdan katta), axlatni yashirin qonga tahlilini o'tkazish zarur.

Arterial gipertenziyasi, organizmda suyuqlik tutilishiga olib keladigan yurak-qon tomir kasalliklari bo'lgan bemorlarni ketoprofen bilan davolashda ehtiyotkorlikka rioya qilish va arterial qon bosimini tez-tez nazorat qilish zarur.

Ko'rish a'zolari tomonidan buzilishlar yuzaga kelganda davolashni darhol to'xtatish kerak.

Boshqa NYQP kabi, ketoprofen infektsion-yallig'lanish kasalliklari simptomlarini niqoblashi mumkin. Infektsiya belgilari aniqlanganda yoki preparatni qo'llash fonida ahvol yomonlashganda darhol shifokorga murojaat qilish zarur.

Anamnezida OIT tomonidan qarshi ko'rsatmalar (qon ketishlar, perforatsiya, yara kasalligi) mavjud bo'lganda, uzoq muddatli terapiya o'tkazilganda va ketoprofenning yuqori dozalari qo'llanilganda bemor shifokorning qat'iy nazorati ostida bo'lishi kerak.

Buyrak qon oqimini saqlab turishda prostaglandinlar muhim rol o'ynashi sababli, yurak yoki buyrak yetishmovchiligi bo'lgan bemorlarga, shuningdek diuretiklar qabul qilayotgan keksa bemorlarga va biron-bir sababga ko'ra aylanib yuruvchi qon hajmi pasayishi kuzatilayotgan bemorlarga (masalan, jarrohlik amaliyotidan keyin) ketoprofenni tayinlashda alohida ehtiyotkorlik ko'rsatish kerak.

Ketoprofenni qo'llash ayollar fertilligiga ta'sir qilishi mumkin, shuning uchun bepushtligi bo'lgan (shu jumladan tekshiruvdan o'tayotgan) bemor ayollarga preparatni ishlatish tavsiya etilmaydi.

Transport vositalarini va mexanizmlarni boshqarish qobiliyatiga ta'siri:

Ketoprofen bilan davolash davrida ruhiy va harakat reaktsiyalari tezligi pasayishi mumkin, shuning uchun transportni boshqarishdan va diqqatni yuqori jamlashni hamda psixomotor reaktsiyalar tezligini talab qiluvchi boshqa potentsial xavfli faoliyat turlari bilan shug'ullanishdan saqlanish zarur.

Qo'llanilishi mumkin bo'lmagan holatlar

- Ketoprofenga yoki preparatning boshqa komponentlariga, shuningdek salitsilatlarga yoki boshqa NYaQVlarga gipersezuvchanlik;

- bronxial astma, burun va burun yondosh bo'shliqlari polipozining qaytalanishi va atsetilsalitsil kislotasi yoki boshqa NYaQVlarga toqat qilolmaslikning to'liq yoki to'liq bo'lmagan kombinatsiyasi (shu jumladan anamnezda);

- me'da-ichak trakti va o'n ikki barmoqli ichak eroziv-yarali shikastlanishlari;

- ichakning yallig'lanish kasalliklari (yarali kolit (zo'rayish), Kron kasalligi (zo'rayish));

- gemofiliya va qon ivishining boshqa buzilishlari;

- dekompensatsiyalangan yurak yetishmovchiligi;

- me'da-ichak, serebrovaskulyar yoki boshqa qon ketishlar (yoki bosh suyagi ichiga qon quyilishiga shubha);

- og'ir darajadagi buyrak yetishmovchiligi (kreatinin klirensi minutiga 30 ml dan kam), progressiv buyrak kasalliklari;

- og'ir darajadagi jigar yetishmovchiligi (Chayld-Pyu shkalasi bo'yicha 10-15 ball) yoki faol jigar kasalligi;

- aortokoronar shuntlash o'tkazilgandan keyingi holat;

- tasdiqlangan giperkaliemiya;

- bolalar yoshi (18 yoshgacha);

- surunkali dispepsiya;

- homiladorlik III trimestr;

- emizish davri.

Ehtiyotkorlik bilan:

Anemiya, bronxial astma, alkogolizm, chekish, alkogolli jigar sirrozi, giperbilirubinemiya, jigar yetishmovchiligi, degidratatsiya, sepsis, surunkali yurak yetishmovchiligi (SYuY), shishlar, arterial gipertenziya, qon kasalliklari (shu jumladan leykopeniya), stomatit, yurak ishemik kasalligi (YuIK), serebrovaskulyar kasalliklar, dislipidemiya/giperlipidemiya, qandli diabet, periferik arteriya kasalliklari, surunkali buyrak yetishmovchiligi (SBY) (KK 30-60 ml/min), anamnezda me'da-ichak trakti (MIY) yara shikastlanishlari, Helicobacter pylori infeksiyasi mavjudligi, NYaQVni uzoq muddat qo'llash, og'ir somatik kasalliklar, peroral glyukokortikosteroid vositalarni (GKS) (shu jumladan prednizolon), antikoagulyantlarni (shu jumladan varfarin), antiagregantlarni (shu jumladan klopidogrel), serotonin qayta qamrab olinishi selektiv ingibitorlarini (shu jumladan tsitalopram, fluoksetin, paroksetin, sertralin) bir vaqtda qo'llash, keksa yosh.

Homiladorlik va laktatsiya:

Ketoprofenni homiladorlikning III trimestrida qo'llash mumkin emas. Homiladorlikning I va II trimestrlarida Ketoprofenni qo'llash ona uchun potensial foyda homila uchun potensial xavfdan yuqori bo'lgan hollarda mumkin, faqat shifokor nazorati ostida qo'llash kerak.

Agar laktatsiya davrida Ketoprofenni qo'llash zarur bo'lsa, emizishni to'xtatish tavsiya etiladi.

Dori vositalarining o'zaro ta'siri

Ketoprofen diuretiklar va gipotenziv vositalar ta'sirini susaytirishi va peroral gipoglikemik va ba'zi tirishishga qarshi preparatlar (fenitoin) ta'sirini kuchaytirishi mumkin.

Boshqa NYQPV, salitsilatlar, glyukokortikosteroidlar, etanol bilan birgalikda qo'llash oshqozon-ichak trakti tomonidan istalmagan hodisalar rivojlanish xavfini oshiradi.

Antikoagulyantlar (geparin, varfarin), trombolitiklar, antiagregantlar (tiklopidin, klopidogrel) bilan bir vaqtda tayinlash qon ketish xavfini oshiradi.

Kaliy tejovchi diuretiklar, AO'F ingibitorlari, NYQPV, past molekulyar og'irlikdagi geparinlar, siklosporin, takrolimus va trimetoprim bilan bir vaqtda qo'llash giperkaliemiya rivojlanish xavfini oshiradi.

Qon plazmasida yurak glikozidlari, sekin kaltsiy kanallari blokatorlari, litiy preparatlari, siklosporin, metotreksat va digoksin kontsentratsiyasini oshiradi.

Metotreksat toksikligini va siklosporin nefrotoksikligini oshiradi.

Probenetsid bilan bir vaqtda foydalanish qon plazmasida ketoprofen klirensini sezilarli darajada kamaytiradi.

Glyukokortikoidlar va boshqa NYQPV (shu jumladan SOG-2 selektiv ingibitorlari) bilan birgalikda qabul qilish nojo'ya ta'sirlar (xususan, oshqozon-ichak trakti tomonidan) yuzaga kelish ehtimolini oshiradi.

Nosteroid yallig'lanishga qarshi preparatlar mifepriston samaradorligini kamaytirishi mumkin. NYQPV qabul qilishni mifepriston bekor qilingandan keyin 8-12 kundan oldin boshlamaslik kerak.

Dozirovkasi
DozalashVena ichiga, mushak ichiga.

Mushak ichiga yuborish: 100 mg dan (1 ampula) kuniga 1-2 marta.

Vena ichiga infuzion yuborish faqat stasionar sharoitida o'tkazilishi kerak.

Qisqa muddatli vena ichiga infuziya: 100 ml 0,9% natriy xlorid eritmasida suyultirilgan 100-200 mg (1-2 ampula) ketoprofen 0,5-1 soat davomida yuboriladi; 8 soatdan keyin takroriy yuborish mumkin.

Uzoq muddatli vena ichiga infuziya: 500 ml infuzion eritmada (0,9% natriy xlorid eritmasi, laktat saqlovchi Ringer eritmasi, 5% dekstroza eritmasi) suyultirilgan 100-200 mg (1-2 ampula) ketoprofen 8 soat davomida yuboriladi; 8 soatdan keyin takroriy yuborish mumkin.

Ketoprofenni markaziy ta'sir qiluvchi analgetiklar bilan birgalikda qo'llash mumkin; uni opioidlar (masalan, morfin) bilan bitta flakonda aralashtirish mumkin, cho'kma tushishi sababli tramadol bilan bitta flakonda aralashtirish mumkin emas.

Preparatni parenteral yuborishni peroral shakllar (tabletkalar, kapsulalar) yoki rektal suppozitoriylarni qo'llash bilan birgalikda o'tkazish mumkin.

Terapiya davomiyligi 48 soat (2 sutka).

Ketoprofenning maksimal dozasi 200 mg/sutkani tashkil qiladi.Dozani oshirib yuborishKetoprofen dozasini oshirib yuborishda ko'ngil aynishi, qusish, qorin sohasida og'riq, qon bilan qusish, ongning buzilishi, nafas olishning susayishi, tirishishlar, buyrak funksiyasining buzilishi va buyrak yetishmovchiligi kuzatilishi mumkin.

Dozani oshirib yuborganda me'dani yuvish va faollashtirilgan ko'mirni qo'llash ko'rsatilgan. Davolash - simptomatik; ketoprofenning oshqozon-ichak traktiga ta'sirini proton pompasi ingibitorlari va prostaglandinlar yordamida susaytirish mumkin. Buyrak yetishmovchiligi rivojlanganda gemodializ o'tkazish tavsiya etiladi.

Xususiyatlar KETOPROFEN 0,05/ML eritma 2ml N5

Ketoprofen boshqa chiqarish shakllari

KETOPROFEN gel 30g 2,5%
KETOPROFEN gel 30g 2,5%
Rossiya Federatsiyasi
Ishlab chiqaruvchi:
Sintez, OAO
•6 ta dorixonada bor
Narxi
13 000 so'm dan
KETOPROFEN eritma 2 ml 50 mg/ml N5
KETOPROFEN eritma 2 ml 50 mg/ml N5
O'zbekiston
Ishlab chiqaruvchi:
REKA-MED FARM SP OOO
KETOPROFEN gel 30g 5%
KETOPROFEN gel 30g 5%
Rossiya Federatsiyasi
Ishlab chiqaruvchi:
Sintez AKOMPiI,OAO (&amp;quot;Sintez&amp;quot; OAO)
NPP KETOPROFEN eritma 100 mg/2 ml N10
NPP KETOPROFEN eritma 100 mg/2 ml N10
O'zbekiston
Ishlab chiqaruvchi:
Namangan Pharm Plant, OOO
KETOPROFEN gel 50g 2,5%
KETOPROFEN gel 50g 2,5%
Rossiya Federatsiyasi
Ishlab chiqaruvchi:
OOO «Ozon»
•14 ta dorixonada bor
Narxi
19 000 so'm dan
KETOPROFEN gel 30g 5%
KETOPROFEN gel 30g 5%
Rossiya Federatsiyasi
Ishlab chiqaruvchi:
Verteks Aksionernoe Obshestvo
KETOPROFEN ORGANIKA 0,05 kapsulalar  N20
KETOPROFEN ORGANIKA 0,05 kapsulalar N20
Rossiya Federatsiyasi
Ishlab chiqaruvchi:
Organika, AO
KETOPROFEN gel 30g 2,5%
KETOPROFEN gel 30g 2,5%
Rossiya Federatsiyasi
Ishlab chiqaruvchi:
OOO «Ozon»
•6 ta dorixonada bor
Narxi
13 000 so'm dan
KETOPROFEN 0,05/ML eritma 2ml N10
KETOPROFEN 0,05/ML eritma 2ml N10
Rossiya Federatsiyasi
Ishlab chiqaruvchi:
Sintez AKOMPiI,OAO (&amp;quot;Sintez&amp;quot; OAO)
NPP KETOPROFEN eritma 100 mg/2 ml N5
NPP KETOPROFEN eritma 100 mg/2 ml N5
O'zbekiston
Ishlab chiqaruvchi:
Namangan Pharm Plant, OOO
KETOPROFEN gel 50g 2,5%
KETOPROFEN gel 50g 2,5%
O'zbekiston
Ishlab chiqaruvchi:
Radiks, NPP
•14 ta dorixonada bor
Narxi
19 000 so'm dan
KETOPROFEN REMEDY kapsulalar  50mg N10
KETOPROFEN REMEDY kapsulalar 50mg N10
O'zbekiston
Ishlab chiqaruvchi:
Remedy, SP OOO Uzbeksko-Britanskoe
KETOPROFEN gel 50g 2,5%
KETOPROFEN gel 50g 2,5%
Bolgariya
Ishlab chiqaruvchi:
VETPROM AD
•14 ta dorixonada bor
Narxi
19 000 so'm dan
KETOPROFEN gel 50g 2,5%
KETOPROFEN gel 50g 2,5%
Rossiya Federatsiyasi
Ishlab chiqaruvchi:
Verteks Aksionernoe Obshestvo
•14 ta dorixonada bor
Narxi
19 000 so'm dan
KETOPROFEN gel 30g 2,5%
KETOPROFEN gel 30g 2,5%
Belarusiya
Ishlab chiqaruvchi:
Borisovskiy zavod medisinskix preparatov, OAO
•6 ta dorixonada bor
Narxi
13 000 so'm dan

KETOPROFEN 0,05/ML eritma 2ml N5 analoglari

ARTRUM 0,15 tabletkalari N20
ARTRUM 0,15 tabletkalari N20
Rossiya Federatsiyasi
Ishlab chiqaruvchi:
Biosintez, PAO
FASTUM gel 100g 2,5%
FASTUM gel 100g 2,5%
Italiya
Ishlab chiqaruvchi:
A.Menarini Menyufekchering Lodjistiks end Servisiz S
FASTUM gel 30g 2,5%
FASTUM gel 30g 2,5%
Italiya
Ishlab chiqaruvchi:
A.Menarini Menyufekchering Lodjistiks end Servisiz S
•25 ta dorixonada bor
Narxi
42 000 so'm dan
FASTUM gel 50g 2,5%
FASTUM gel 50g 2,5%
Italiya
Ishlab chiqaruvchi:
A.Menarini Menyufekchering Lodjistiks end Servisiz S
•23 ta dorixonada bor
Narxi
56 000 so'm dan
FLEKSEN 0,05 kapsulalar  N30
FLEKSEN 0,05 kapsulalar N30
Frantsiya/Italiya
Ishlab chiqaruvchi:
Kapsudjel Ploermel/Italfarmako S.p.A.
FLEKSEN 0,1 rektal suppozitorialar N12
FLEKSEN 0,1 rektal suppozitorialar N12
Italiya
Ishlab chiqaruvchi:
Fulton Farmacheutichi S.r.L./Italfarmako S.p.A.
KETOPROFEN 0,1 tabletkalari N20
KETOPROFEN 0,1 tabletkalari N20
Rossiya Federatsiyasi
Ishlab chiqaruvchi:
Biokom, ZAO
KETOPROFEN MV 0,15 tabletkalari N20
KETOPROFEN MV 0,15 tabletkalari N20
Rossiya Federatsiyasi
Ishlab chiqaruvchi:
Biokom, ZAO
KETOPROFEN gel 30g 5%
KETOPROFEN gel 30g 5%
Rossiya Federatsiyasi
Ishlab chiqaruvchi:
Sintez AKOMPiI,OAO (&amp;quot;Sintez&amp;quot; OAO)
KETOPROFEN gel 30g 2,5%
KETOPROFEN gel 30g 2,5%
Rossiya Federatsiyasi
Ishlab chiqaruvchi:
Verteks Aksionernoe Obshestvo
•6 ta dorixonada bor
Narxi
13 000 so'm dan
KETOPROFEN gel 30g 5%
KETOPROFEN gel 30g 5%
Rossiya Federatsiyasi
Ishlab chiqaruvchi:
Verteks Aksionernoe Obshestvo

KETOPROFEN 0,05/ML eritma 2ml N5 haqida savollar

KETOPROFEN 0,05/ML eritma 2ml N5 haqida fikr-mulohazalar

Reyting 0, 0 ta sharh asosida

Alifbo bo'yicha dori vositalar ro'yxati

scroll-top

Biz portalimiz ishini takomillashtirish maqsadida cookie-fayllardan foydalanamiz. Ishni davom ettirar ekansiz, ulardan foydalanishga rozilik bildirgan bo‘lasiz. Batafsil