KETOPROFEN 0,1 tabletkalari N20

KETOPROFEN 0,1 tabletkalari N20 o'xshash dorilari




KETOPROFEN 0,1 tabletkalari N20 qo'llanmasi
So'rilishi
Ketoprofen me'da-ichak yo'lidan (MIY) oson so'riladi, biokiraolishligi – 90 %. Qon plazmasi oqsillari bilan bog'lanishi – 99 %. 100 mg ketoprofen ichga qabul qilinganda qon plazmasidagi maksimal konsentratsiya (Smax) (10,4 mkg/ml)
1 soat 22 daqiqadan keyin erishiladi.
Taqsimlanishi
Ketoprofen qon plazmasi oqsillari bilan, asosan albumin fraksiyasi bilan 99 % bog'lanadi. Taqsimlanish hajmi 0,1 l/kg ni tashkil qiladi. Ketoprofen sinovial suyuqlikka kirib boradi va u yerda qon plazmasidagi konsentratsiyaning 30 % iga teng konsentratsiyaga erishadi. Sinovial suyuqlikdagi ketoprofen konsentratsiyasi barqaror (30 soatgacha saqlanadi), natijada uzoq vaqt davomida og'riq sindromi va bo'g'imlar qotib qolishi kamayadi. Ketoprofenning plazma klirensi taxminan 0,08 l/kg/soatni tashkil qiladi.
Metabolizmi va chiqarilishi
Ketoprofen jigar mikrosomal fermentlari ta'sirida jadal metabolizmga uchraydi, yarim chiqarilish davri (T1/2) 2 soatdan kamroqni tashkil qiladi. Ketoprofenning faol metabolitlari yo'q. Ketoprofen glyukuron kislotasi bilan bog'lanadi va organizmdan glyukuronid ko'rinishida buyraklar orqali (60-80 %) 24 soat ichida chiqariladi.
Tez va yetarlicha to'liq chiqarilishi tufayli kumulyativ xususiyatlarga ega emas.
Maxsus guruh bemorlarda farmakokinetikasi
Buyrak funksiyasi buzilgan bemorlar
Og'ir darajadagi buyrak yetishmovchiligi bo'lgan bemorlarda ketoprofenning katta qismi ichak orqali chiqariladi. Yuqori dozalar qabul qilinganda jigar klirensi ham ortadi. Ketoprofenning 40 % gacha qismi ichak orqali chiqariladi.
Buyrak yetishmovchiligi bo'lgan bemorlarda ketoprofen klirensi pasaygan, ammo dozani to'g'irlash faqat og'ir darajadagi buyrak yetishmovchiligi bo'lgan hollarda talab etiladi.
Jigar funksiyasi buzilgan bemorlar
Og'ir darajadagi jigar yetishmovchiligi bo'lgan bemorlarda ketoprofenning plazmadagi konsentratsiyasi ikki baravar oshadi (ehtimol, gipoalbuminemiya oqibatida bog'lanmagan faol ketoprofenning yuqori darajasi hisobiga); bunday bemorlarga preparatni minimal terapevtik dozada buyurish kerak.
Keksa yoshdagi bemorlar
Keksa yoshdagi bemorlarda ketoprofen metabolizmi va chiqarilishi sekinroq kechadi, bu faqat og'ir darajadagi buyrak yetishmovchiligi bo'lgan bemorlar uchungina klinik ahamiyatga ega.
Og'riq qoldiruvchi Yallig'lanishga qarshi
Nojo‘ya ta'sirlar rivojlanish tez-tezligining Jahon sog‘liqni saqlash tashkiloti (JSST) tavsiyalariga muvofiq tasnifi:
juda tez-tez ≥ 1/10;
tez-tez ≥ 1/100 dan < 1/10 gacha;
tez-tez emas ≥ 1/1000 dan < 1/100 gacha;
kam hollarda ≥ 1/10000 dan < 1/1000 gacha;
juda kam hollarda < 1/10000;
tez-tezligi noma'lum – mavjud ma'lumotlar bo‘yicha uchrash tezligini aniqlab bo‘lmaydi.
Qon va limfa tizimi tomonidan buzilishlar:
kam hollarda – agranulotsitoz, anemiya, gemorragik anemiya, trombositopeniya, leykopeniya.
Ketoprofenning yuqori dozalari trombositlar agregatsiyasini ingibirlashi mumkin, shu bilan qon ketish vaqtini uzaytiradi, va burun qonashi va gematomalar hosil bo‘lishiga sabab bo‘lishi mumkin.
Immun tizimi tomonidan buzilishlar:
tez-tez emas – nafas olish tizimining reaktivligi, shu jumladan bronxial astma va uning kuchayishi; bronxospazm yoki hansirash (ayniqsa asetilsalitsil kislotasi va boshqa NYQPga yuqori sezuvchanligi bo‘lgan bemorlarda);
juda kam hollarda – angionevrotik shish va anafilaksiya.
Nerv tizimi tomonidan buzilishlar:
tez-tez emas – bosh og‘rig‘i, bosh aylanishi, uyquchanlik, uyqusizlik, qo‘zg‘alish, asabiylik, depressiya, asteniya;
kam hollarda – ongning chalkashishi yoki yo‘qolishi, unutuvchanlik, xotira buzilishi, migren, periferik nevropatiya, bosh aylanishi.
Ko‘rish tomonidan buzilishlar:
kam hollarda – ko‘rishning xiralashishi, kon'yunktivit, ko‘z shilliq qavatining qurishi, ko‘zlarda og‘riq, kon'yunktiva giperemiyasi.
Eshitish a'zosi va labirint buzilishlari:
kam hollarda – quloqlarda shovqin, eshitishning pasayishi, vertigo.
Yurak tomonidan buzilishlar:
tez-tezligi noma'lum – yurak yetishmovchiligi;
kam hollarda – taxikardiya.
Tomirlar tomonidan buzilishlar:
tez-tez emas – qon bosimining oshishi;
tez-tezligi noma'lum – vazodilatatsiya.
Nafas olish tizimi, ko‘krak qafasi a'zolari va ko‘ks oralig‘i tomonidan buzilishlar:
tez-tez emas – qon tupurish, hansirash, faringit, rinit, bronxospazm (xususan, NYQPga yuqori sezuvchanligi bo‘lgan bemorlarda), hiqildoq shishi (anafilaktik reaksiya belgilari);
kam hollarda – bronxial astmaning kuchayishi.
Me'da-ichak yo‘llari tomonidan buzilishlar:
tez-tez – NYQP-gastropatiya, qorinda og‘riq, dispepsiya (ko‘ngil aynishi, qusish, jig‘ildon qaynashi, meteorizm, ishtahaning pasayishi, diareya);
tez-tez emas – stomatit;
kam hollarda – eroziv-yarali shikastlanishlar;
juda kam hollarda – me'da-ichakdan qon ketishi va perforatsiya, ta'm bilishning o‘zgarishi.
Jigar va o‘t chiqarish yo‘llari tomonidan buzilishlar:
kam hollarda – gepatit, «jigar» transaminazalari faolligining oshishi, bilirubin kontsentratsiyasining oshishi.
Teri va teri osti to‘qimalari tomonidan buzilishlar:
tez-tez – teri toshmasi (sh. j. eritematoz eshakemi), teri qichishishi;
kam hollarda – eksfoliativ dermatit;
tez-tezligi noma'lum – bullyoz toshma, shu jumladan Stivens-Djonson sindromi, toksik epidermal nekroliz.
Buyrak va siydik chiqarish yo‘llari tomonidan buzilishlar:
tez-tez emas – shish sindromi;
kam hollarda – tsistit, uretrit, buyrak funktsiyasining buzilishi, interstitsial nefrit, nefrotik sindrom;
juda kam hollarda – gematuriya.
Boshqalar:
tez-tez emas – shishlar, ko‘p terlash;
kam hollarda – burun qonashi, mialgiya, mushaklarning tortishishi, hansirash, chanqoq, fotosensibilizatsiya, yuqori dozalarda uzoq vaqt qo‘llanilganda – vaginal qon ketishi.
Ketoprofen preparatini boshqa NYQP va/yoki TSOG-2 ingibitorlari bilan birga qabul qilmaslik kerak.
NYQP uzoq muddat qo'llanilganda klinik qon tahlilini vaqti-vaqti bilan baholash, jigar va buyrak funktsiyasini nazorat qilish, ayniqsa keksa yoshdagi bemorlarda (65 yoshdan katta), axlatni yashirin qonga tahlilini o'tkazish zarur.
Arterial gipertenziyasi, organizmda suyuqlik tutilishiga olib keladigan yurak-qon tomir kasalliklari bo'lgan bemorlarni Ketoprofen preparati bilan davolashda ehtiyotkorlikka rioya qilish va arterial qon bosimini tez-tez nazorat qilish zarur. Ahvol yomonlashganda preparatni qabul qilishni to'xtatish kerak.
Ko'rish a'zosi tomonidan buzilishlar yuzaga kelganda Ketoprofen preparatini qo'llashni darhol to'xtatish kerak.
Boshqa NYQP kabi, ketoprofen infektsion-yallig'lanish kasalliklari simptomlarini niqoblashi mumkin. Infektsiya belgilari aniqlanganda yoki preparatni qo'llash fonida ahvol yomonlashganda darhol shifokorga murojaat qilish zarur.
Antiagregantlar, antikoagulyantlar, glyukokortikosteroidlarni bir vaqtda qabul qilayotgan bemorlarda oshqozon-ichakdan qon ketish, yaralanish rivojlanish xavfi oshadi.
Anamnezida OIT tomonidan qarshi ko'rsatmalar (qon ketishlar, perforatsiya, yara kasalligi) mavjud bo'lganda, uzoq muddatli terapiya o'tkazilganda va Ketoprofen preparatining yuqori dozalari qo'llanilganda bemor shifokorning qat'iy nazorati ostida bo'lishi kerak. Oshqozon-ichakdan qon ketish yoki yara shikastlanishi yuzaga kelganda, Ketoprofen preparatini qo'llashni to'xtatish kerak. Ketoprofenni qo'llash anamnezida oshqozon-ichak kasalliklari (yarali kolit, Kron kasalligi) bo'lgan bemorlarga mumkin emas, chunki ushbu kasalliklar zo'rayishi mumkin.
Boshqa NYQP kabi, ketoprofen trombotsitlar agregatsiyasini ingibitsiya qilishi va prostaglandinlar sintezini ingibitsiya qilish hisobiga qon ketish vaqtini uzaytirishi mumkin. Shu munosabat bilan, Ketoprofenni gemostaz tizimiga ta'sir qiluvchi preparatlarni (masalan, varfarin, kumarin hosilalari, geparinlar) bir vaqtda qabul qilayotgan bemorlarda qo'llash tavsiya etilmaydi.
Ba'zi NYQP ni qo'llash arterial trombozlar (miokard infarkti, insult) rivojlanish xavfi bilan bog'liq bo'lishi mumkin. Ketoprofen uchun bunday xavfni istisno qilish uchun ma'lumotlar yetarli emas.
Boshqa NYQP kabi, ketoprofen qon plazmasida kreatinin va azot kontsentratsiyasi oshishiga olib kelishi mumkin. Prostaglandinlar sintezi ingibitorlari kabi, Ketoprofen siydik chiqarish tizimiga salbiy ta'sir ko'rsatishi mumkin, bu glomerulonefrit, interstitsial nefrit, papillyar nekroz, nefrotik sindrom va o'tkir buyrak yetishmovchiligi rivojlanishiga olib kelishi mumkin.
Buyrak qon oqimini saqlab turishda prostaglandinlar muhim rol o'ynashi sababli, yurak yoki buyrak yetishmovchiligi bo'lgan bemorlarni, shuningdek diuretiklar qabul qilayotgan keksa bemorlarni va biron-bir sababga ko'ra aylanib yuruvchi qon hajmi kamayishi kuzatilayotgan bemorlarni davolashda Ketoprofen preparatini qo'llashda alohida ehtiyotkorlik ko'rsatish kerak.
Ketoprofen preparatini qo'llash katta jarrohlik amaliyotidan oldin to'xtatilishi kerak.
Boshqa NYQP qo'llanilganda bo'lgani kabi, Ketoprofen bilan davolash fonida "jigar" transaminazalari faolligining biroz o'tkinchi oshishi kuzatilishi mumkin. Tegishli ko'rsatkichlar sezilarli darajada oshganda preparatni qo'llashni to'xtatish kerak.
Ketoprofen preparatini nazorat qilib bo'lmaydigan arterial gipertenziya, yurak ishemik kasalligi, dimlangan yurak yetishmovchiligi, periferik arteriyalar kasalliklari va/yoki tserebrovaskulyar kasalliklari bo'lgan bemorlarga ehtiyotkorlik bilan qo'llash kerak. Yurak-qon tomir kasalliklari rivojlanish xavf omillari (arterial gipertenziya, dislipidemiya, qandli diabet, chekish) bo'lgan bemorlarga ham Ketoprofenni ehtiyotkorlik bilan qo'llash kerak.
Ketoprofen ayollar fertilligiga ta'sir qilishi mumkin, shuning uchun bepushtligi bo'lgan (shu jumladan tekshiruvdan o'tayotgan) bemor ayollarga preparatni qo'llash tavsiya etilmaydi.
NYQP qo'llanilganda kamdan-kam teri reaktsiyalari (eksfoliativ dermatit, Stivens-Jonson sindromi, toksik epidermal nekroliz kabi) yuzaga kelishi haqida ma'lumotlar mavjud. Teri toshmasi, shilliq qavatlarning shikastlanishi yoki allergik reaktsiyaning boshqa belgilari birinchi marta namoyon bo'lganda Ketoprofen preparatini qabul qilishni darhol to'xtatish va shifokorga murojaat qilish kerak.
Transport vositalarini va mexanizmlarni boshqarish qobiliyatiga ta'siri
Ketoprofenning tavsiya etilgan dozalarda avtomobilni boshqarish yoki mexanizmlar bilan ishlash qobiliyatiga salbiy ta'siri haqida ma'lumotlar yo'q. Shu bilan birga, preparatni qo'llash fonida uyquchanlik, bosh aylanishi yoki nerv tizimi tomonidan boshqa noxush hislar, shu jumladan ko'rish buzilishi paydo bo'ladigan bemorlar avtotransportni boshqarishdan va diqqatni yuqori jamlashni hamda psixomotor reaktsiyalar tezligini talab qiluvchi potentsial xavfli faoliyat turlari bilan shug'ullanishdan saqlanishlari kerak.
ketoprofenga yoki preparatning boshqa komponentlariga, shuningdek salitsilatlar va boshqa NYaQVlarga gipersezuvchanlik;
bronxial astma, burun va burun yondosh bo'shliqlari polipozining qaytalanishi va atsetilsalitsil kislotasi yoki boshqa NYaQVlarga toqat qilolmaslikning to'liq yoki to'liq bo'lmagan kombinatsiyasi (shu jumladan anamnezda);
anamnezda atsetilsalitsil kislotasi yoki boshqa NYaQV qabul qilish sababli kelib chiqqan rinit yoki eshakemi;
me'da yoki o'n ikki barmoqli ichak yara kasalligi zo'rayish bosqichida;
yarali kolit, Kron kasalligi;
gemofiliya va qon ivishining boshqa buzilishlari;
bolalar yoshi (15 yoshgacha);
og'ir darajadagi jigar yetishmovchiligi;
og'ir darajadagi buyrak yetishmovchiligi (kreatinin klirensi (KK) minutiga 30 ml dan kam);
dekompensatsiyalangan yurak yetishmovchiligi;
aorto-koronar shuntlashdan keyingi operatsiyadan keyingi davr;
me'da-ichak, serebrovaskulyar va boshqa qon ketishlar (yoki qon ketishiga shubha);
buyrakning progressiv kasalliklari, divertikulit, faol jigar kasalliklari, ichakning yallig'lanish kasalligi, tasdiqlangan giperkaliemiya;
laktozaga toqat qilolmaslik, laktaza yetishmovchiligi, glyukoza-galaktoza malabsorbsiyasi sindromi;
surunkali dispepsiya;
homiladorlikning III trimestri;
emizish davri.
Ehtiyotkorlik bilan
Anemiya, anamnezda bronxial astma, klinik jihatdan yaqqol yurak-qon tomir, serebrovaskulyar kasalliklar va periferik arteriya kasalliklari, dislipidemiya, jigar progressiv kasalliklari, jigar yetishmovchiligi, giperbilirubinemiya, alkogolli jigar sirrozi, buyrak yetishmovchiligi
(KK 30-60 ml/min), surunkali yurak yetishmovchiligi, arterial gipertenziya, qon kasalliklari, degidratatsiya, qandli diabet, anamnezda MIY yara shikastlanishi rivojlanishi to'g'risida ma'lumotlar, Helicobacter pylori infeksiyasi mavjudligi, og'ir somatik kasalliklar, sepsis, shishlar, stomatit, keksa yosh, chekish, antikoagulyantlar (masalan, varfarin), antiagregantlar (masalan, atsetilsalitsil kislotasi), ichga qabul qilish uchun glyukokortikosteroidlar (masalan, prednizolon), serotonin qayta qamrab olinishi selektiv ingibitorlari (masalan, sertralin) bilan yondosh terapiya, NYaQVni uzoq muddat qo'llash; diuretiklarni qabul qiluvchi keksa yoshdagi bemorlar; aylanib yuruvchi qon hajmi kamaygan bemorlar.
Homiladorlik va emizish davrida qo'llanilishi
Homiladorlik
Prostaglandinlar sintezi ingibitsiyasi homiladorlik kechishiga va/yoki embrional rivojlanishga salbiy ta'sir ko'rsatishi mumkin. Homiladorlikning erta muddatlarida prostaglandin sintezi ingibitorlarini qo'llash bo'yicha epidemiologik tadqiqotlar davomida olingan ma'lumotlar o'z-o'zidan tushish va yurak nuqsonlari shakllanishi xavfi oshishini tasdiqlaydi (taxminan 1-1,5%).
Homilador ayollarda homiladorlikning I va II trimestrlarida preparatni qo'llash faqat terapiyadan kutilayotgan samara homila uchun potensial xavfdan yuqori bo'lgan hollardagina mumkin.
Bachadon tonusiga va/yoki arterial yo'lning muddatidan oldin yopilishiga ta'siri, qon ketish vaqtining oshishi, kam suvlik va buyrak yetishmovchiligi rivojlanishi mumkinligi sababli Ketoprofen preparatini homilador ayollarda homiladorlikning III trimestrida qo'llash mumkin emas.
Emizish davri
Preparatni qo'llash zarurati tug'ilganda emizishni to'xtatish kerak.
Fertillik
NYaQV fertillikka ta'sir qilishi mumkin va homiladorlikni rejalashtirayotgan ayollarga qo'llash tavsiya etilmaydi.
Ketoprofen urikozurik dori vositalari, diuretiklar va gipotenziv vositalar ta'sirini susaytirishi va ichga qabul qilish uchun gipoglikemik preparatlar va ba'zi tirishishga qarshi preparatlar (fenitoin) ta'sirini kuchaytirishi mumkin.
Boshqa NYQPV, salitsilatlar, glyukokortikosteroidlar, etanol bilan birgalikda qo'llash OIT tomonidan istalmagan hodisalar rivojlanish xavfini oshiradi.
Antikoagulyantlar (geparin, varfarin), trombolitiklar, antiagregantlar (tiklopidin, klopidogrel), pentoksifillin bilan bir vaqtda qo'llash qon ketish xavfini oshiradi.
Kaliy tuzlari, kaliy tejovchi diuretiklar, angiotenzin o'zgartiruvchi ferment ingibitorlari, NYQPV, past molekulyar og'irlikdagi geparinlar, siklosporin, takrolimus va trimetoprim bilan bir vaqtda qo'llash giperkaliemiya rivojlanish xavfini oshiradi.
Ketoprofen qon plazmasida yurak glikozidlari, "sekin" kaltsiy kanallari blokatorlari, litiy preparatlari, siklosporin, metotreksat va digoksin kontsentratsiyasini oshiradi.
Ketoprofen metotreksat toksikligini va siklosporin nefrotoksikligini oshiradi.
Probenetsid bilan bir vaqtda qo'llash qon plazmasida ketoprofen klirensini sezilarli darajada kamaytiradi.
Glyukokortikosteroidlar va boshqa NYQPV (shu jumladan SOG-2 selektiv ingibitorlari) bilan birgalikda qo'llash nojo'ya ta'sirlar (xususan, OIT tomonidan) yuzaga kelish ehtimolini oshiradi.
NYQPV mifepriston samarasini kamaytirishi mumkin. NYQPV qabul qilishni mifepriston bekor qilingandan keyin 8-12 kundan oldin boshlamaslik kerak.
Odatda preparat kattalar va 15 yoshdan katta bolalarga buyuriladi.
Tayanch-harakat aparatining yallig'lanish va degenerativ kasalliklari
1 tabletkadan (100 mg) kuniga 2 marta.
Og'riq sindromi, shu jumladan kuchsiz, o'rtacha va kuchli
1 tabletkadan (100 mg) kuniga 2 marta.
Keksa bemorlar
Keksa yoshdagi bemorlar Ketoprofen preparatini minimal tavsiya etilgan dozadan boshlab qabul qilishlari kerak.
Ketoprofenning maksimal sutkalik dozasi 200 mg ni tashkil qiladi.
Preparatning maksimal sutkalik dozasidan oshirish tavsiya etilmaydi.
O'IT tomonidan nomaqbul hodisalar rivojlanish xavfini kamaytirish maqsadida, xavf omillari bo'lgan bemorlarga bir vaqtning o'zida proton pompasi ingibitorlarini qabul qilishni tayinlash tavsiya etiladi.Dozani oshirib yuborishEhtimoliy simptomlar
Boshqa NYaQV larda bo'lgani kabi, ketoprofen dozasini oshirib yuborganda ko'ngil aynishi, qusish, qorinda og'riq, qon bilan qusish, melena, ongning buzilishi, nafas olishning susayishi, tirishishlar, buyrak funksiyasining buzilishi va buyrak yetishmovchiligi kuzatilishi mumkin.
Dozani oshirib yuborganda me'dani yuvish va faollashtirilgan ko'mirni qo'llash ko'rsatilgan.
Davolash
Simptomatik. Ketoprofenning O'IT ga ta'sirini me'da bezlari sekretsiyasini kamaytiruvchi vositalar (masalan, proton pompasi ingibitorlari) va prostaglandinlar yordamida susaytirish mumkin.
Xususiyatlar KETOPROFEN 0,1 tabletkalari N20
Ketoprofen boshqa chiqarish shakllari


KETOPROFEN 0,1 tabletkalari N20 analoglari
























